OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Turkum:Abulqosim Mamarasulov
Abulqosim MamarasulovАбулқосим Мамарасулов
Abulqosim Mamarasulov 1958 yil 5 fevralda Samarqand (hozirgi Jizzax) viloyati Bulungʻur (hozirgi Baxmal) tumanidagi Barlos qishlogʻida tugʻilgan.

Абулқосим Мамарасулов 1958 йил 5 февралда Самарқанд (ҳозирги Жиззах) вилояти Булунғур (ҳозирги Бахмал) туманидаги Барлос қишлоғида туғилган.

1979 yili Alisher Navoiy nomli Samarqand Davlat universitetining rus filologiyasi fakultetini tugatib, Jizzaxdagi «Boʻston» gazetasida tarjimachilik bilan oʻz ish faoliyatini boshlagan. 1996 yilga qadar «Oʻzbekiston adabiyoti va san'ati», «Xalq soʻzi», «Turkiston», «Inson va qonun» gazetalarining Jizzax viloyatidagi muxbiri vazifalarida ishlagan. 1996 yildan beri fermerlik, tadbirkorlik bilan shugʻullanadi.

1979 йили Алишер Навоий номли Самарқанд Давлат университетининг рус филологияси факултетини тугатиб, Жиззахдаги «Бўстон» газетасида таржимачилик билан ўз иш фаолиятини бошлаган. 1996 йилга қадар «Ўзбекистон адабиёти ва санъати», «Xалқ сўзи», «Туркистон», «Инсон ва қонун» газеталарининг Жиззах вилоятидаги мухбири вазифаларида ишлаган. 1996 йилдан бери фермерлик, тадбиркорлик билан шуғулланади.

1984 yildan Yozuvchilar uyushmasi a'zosi. «Suyunchi» (1982), «Xayotning bir lahzasi» (1985), «Sen uchun yonib» (1988, jamoa), «Svidaniye na perevale» (1988, jamoa, Moskva), «Barlos qishlogʻining zumrad tonglari» (1990), «Sevishganlar» (1992) hikoyalar toʻplamlarining muallifi.

1984 йилдан Ёзувчилар уюшмаси аъзоси. «Суюнчи» (1982), «Xаётнинг бир лаҳзаси» (1985), «Сен учун ёниб» (1988, жамоа), «Свидание на перевале» (1988, жамоа, Москва), «Барлос қишлоғининг зумрад тонглари» (1990), «Севишганлар» (1992) ҳикоялар тўпламларининг муаллифи.

Jizzax viloyatining Boʻston shaxarchasida yashaydi. Oilali. Sakkiz nafar qizi bor.

Жиззах вилоятининг Бўстон шахарчасида яшайди. Оилали. Саккиз нафар қизи бор.

"Abulqosim Mamarasulov" turkumidagi asarlar.

Ushbu turkumda quyidagi 66 asarlar, hammasi boʻlib 66ta asar mavjud.

A / А


B / Б


E / Э


F / Ф


H / Ҳ


I / И


J / Ж


L / Л


M / М


O / О

Q / Қ


S / С


T / Т


U / У


Y / Й


Ya / Я


Yo / Ё


Z / З


"Abulqosim Mamarasulov" turkumidagi sahifalar.

Ushbu turkumda quyidagi 67 sahifalar, hammasi boʻlib 67 ta sahifa mavjud.

A

A davomi

A davomi