OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Turkum:Ahmad A’zam
Ahmad A’zamАҳмад Аъзам
Ahmad Aʻzam – yozuvchi, munaqqid, ssenarist, telejurnalist. 1949 yili Samarqand viloyati, Jomboy tumanidagi Gʻazira qishlogʻida tugʻilgan.

Аҳмад Аъзам – ёзувчи, мунаққид, сценарист, тележурналист. 1949 йили Самарқанд вилояти, Жомбой туманидаги Ғазира қишлоғида туғилган.

1971 yili Samarqand davlat universitetining oʻzbek va tojik filologiyasi fakul'tetini bitirgan. Shu yili Alisher Navoiy nomidagi muzeyda ish boshlagan. Keyin “Guliston” jurnali, “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʻati” gazetasi, “Sovet Oʻzbekistoni sanʻati” jurnali redaksiyalarida, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida ishlagan, siyosiy faoliyat bilan shugʻullangan, “Birlik” xalq harakati hamraisi, “Erk” demokratik partiyasi bosh kotibi boʻlgan. Oliy Majlis deputatligiga saylangan (1999-2004 yillar).

1971 йили Самарқанд давлат университетининг ўзбек ва тожик филологияси факультетини битирган. Шу йили Алишер Навоий номидаги музейда иш бошлаган. Кейин “Гулистон” журнали, “Ўзбекистон адабиёти ва санъати” газетаси, “Совет Ўзбекистони санъати” журнали редакцияларида, Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмасида ишлаган, сиёсий фаолият билан шуғулланган, “Бирлик” халқ ҳаракати ҳамраиси, “Эрк” демократик партияси бош котиби бўлган. Олий Мажлис депутатлигига сайланган (1999-2004 йиллар).

1995 yildan Oʻzbekiston televideniyesida bosh muharrir, Oʻzbekiston” telekanali bosh direktori,. “Oʻzbektelefil'm” studiyasi bosh direktori lavozimlarida ishlagan. Oʻzbekiston televideniyesida yuzlab koʻrsatuvlar va hujjatli fil'mlar qilgan, ulardan eng mashhurlari: “Oʻzlik”, “Xalqning koʻngli”, Toʻrtinchi hokimiyat”.

1995 йилдан Ўзбекистон телевидениесида бош муҳаррир, Ўзбекистон” телеканали бош директори,. “Ўзбектелефильм” студияси бош директори лавозимларида ишлаган. Ўзбекистон телевидениесида юзлаб кўрсатувлар ва ҳужжатли фильмлар қилган, улардан энг машҳурлари: “Ўзлик”, “Халқнинг кўнгли”, Тўртинчи ҳокимият”.

Faoliyati

Фаолияти

“Oyning gardishi”, “Bu kunning davomi”, “Asqartogʻ tomonlarda”, “Soyasini yoʻqotgan odam”, “Hali hayot bor” degan nasriy asarlar,“Masʻul soʻz” degan adabiy-tanqidiy maqolalar toʻplamlari, “Oʻzi uylanmagan sovchi”, “Roʻyo yoxud Gʻulistonga safar” romanlari chop etilgan.

“Ойнинг гардиши”, “Бу куннинг давоми”, “Асқартоғ томонларда”, “Соясини йўқотган одам”, “Ҳали ҳаёт бор” деган насрий асарлар,“Масъул сўз” деган адабий-танқидий мақолалар тўпламлари, “Ўзи уйланмаган совчи”, “Рўё ёхуд Ғулистонга сафар” романлари чоп этилган.

"Ahmad A’zam" turkumidagi asarlar.

Ushbu turkumda quyidagi 46 asarlar, hammasi boʻlib 46ta asar mavjud.

A / А


B / Б


D / Д


G / Г


H / Ҳ


K / К


N / Н


O / О

O / О davomi


Q / Қ


S / С


T / Т


V / В


/ Ў


"Ahmad A’zam" turkumidagi sahifalar.

Ushbu turkumda quyidagi 47 sahifalar, hammasi boʻlib 47 ta sahifa mavjud.

A

A davomi

A davomi