OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Turobjon Maqsudov. Lola (hikoya)
 
Asarga baho bering

1 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifTurobjon Maqsudov
Asar nomiLola (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Milliy adabiyot
Mualliflar
   - Turobjon Maqsudov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm1KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/10/08
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Lola (hikoya)
Turobjon Maqsudov

Zavq-shavqqa toʻlib shahar bogʻidan ketib borardim. Nogoh qoʻngʻiroqdek tovush diqqatimni tortdi:
— Amatijon, mana shu pulga bitta lolayizdan belasizmi?

Ovoz kelgan tomonga qaradim. Atlas koʻylakchasi ustidan qizil kofta kiygan, qop-qora sochlariga qoʻnib turgan kapalakdek oq, lenta bogʻlab olgan jajji qizcha. U darvoza yonida lola sotib oʻtirgan cholga kaftidagi tangani uzatib turar, qalin kipriklarini pirpiratib togʻoradagi lolalarga zavq bilan tikilar edi. Qip-qizil lolalar esa olovdek lovillardi.

Qora chopon kiygan chol qizchaning oppoq kaftidan chaqani olib koʻzlariga yaqinlashtirdi. U kipriklariga tegay deb turgan qoshlarini chimirib tangaga tikildiyu basharasi tundlashib, goh oʻziga, goh lolalarga moʻltirab turgan qizchaning qoʻliga tashladi.

Qizchaning hozirgina zavq bilan yashnab turgan koʻzlaridagi uchqun birdan soʻndi.

Gʻazabim qaynab ketdi, tez-tez yurib cholning oldiga yaqinlashdim. U meni koʻrishi bilan ildam qimirlab qoldi:
— Keling, mullo, keling, loladan beraymi?

Men indamadim. U choʻntakka qoʻl solishim bilan kaftini tutdi. Bor tangamni cholning kaftiga tashladim. Hayratdan baqrayib turishiga ham qaramay, bir dona lola oldim-da, yigʻlamsirab ketayotgan qizchaga uzatdim. U bir zum ishonqiramay qarab turdi-da, yana koʻzlari yashnab, yuziga sevinch qalqidi. Qoʻlimdagi lolani darrov olib, shirin til bilan:
— Lahmat... togʻa! — deya xiyobonning ozoda yoʻlakchasidan chopqillab ketdi...

Shu kuni qizcha, lolalar va chol takror-takror yodimga tusharkan, sekin bosh chayqab qoʻyardim.