OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Ubaydiy. Ruboiyot
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifUbaydiy
Asar nomiRuboiyot
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mumtoz adabiyoti
Boʻlimlar
   - Lirika
Mualliflar
   - Ubaydiy
Uslub
   - She’riyat
Shakl
   - Ruboiylar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonЭргаш Очилов
Hajm63KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2013/07/19
Manbahttp://forum.ziyouz.com/ind...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Mundarija

Logo.png





Ruboiyot
Ubaydiy

Forsiy Devondan Ruboiylar

1

Bu jon mudom sening adoying boʻlsin!
Bu dil hamisha mubtaloying boʻlsin!
Bir jon ne boʻlar — senga fido etmak uchun
Yuz jonim agar boʻlsa, fidoying boʻlsin!

2

Dil dardi uning davosiga arzimagay,
Jon rohati ham jafosiga arzimagay.
Ey dil, tilama ikki jahon ayshini hech,
Arzirmi gʻamishta u va yo arzimagay?!

3

Ey dil, gar shohlik taxtida oʻltirasan,
Har dam meni oshuftayu hayron koʻrasan.
Bu shohlig-u, bu shuhrat-u, bu dabdabadan
Darveshu faqirlik yaxshiroq gar soʻrasang!

4

Tortar oʻziga ishqu havosi yorning,
Aylar meni lol husni safosi yorning.
Koʻzimga qilib surma oyogʻi gardin,
Boshimni etarman xokiposi yorning...

5

Hukmingda magar mamlakati Misru Yaman,
Farmoningda mulki Xitoy hamda Xoʻtan,
Bor boyligini yigʻsang-da yer yuzining,
Ey shoh, jahondan eltasan bitta kafan!

6

Boʻldi ishim ishqingda mening hayronlik,
Har lahza falak misoli sargardonlik.
Yaxshi bilasan Oʻzing mening holimni,
Oshiq ishi devonaligu nodonlik.

7

Bizga bu falak gohi vafo, gohi sitam,
Goh shodlig-u, goh farogʻat-u, gohi alam.
Hech dil gʻamu shodlikdan emasdir xoli,
Dunyoni(ng) gʻamu shodligi birga har dam.

8

Inson zoti doim asiri hoyu havas,
Har sufraki, koʻrsa — ustida misli magas[1].
Donu suv ilinjida zabun qush monand
Har lahza balo domida-yu, bandi qafas.

9

Qosh qoqadi ishva bilan ul sarvi ravon,
Qalbimni qilib kiprigi oʻqiga nishon.
Oʻqdek oʻziga tortishidan dilda hadik,
Oʻqdek oʻzidan otmasin uzoqqa debon.

10

Baxsh etgusi Olloh oʻzi ne’mat bizga,
Ilmu ma’rifat, gavhari hikmat bizga.
Uzmasmiz umid rahmatidan, qilgʻaydir —
Har ikki jahonda Oʻzi rahmat bizga!

11

Nuri yaqiningdan bu nuri koʻngilning,
Nash’angdan erur ham sururi koʻngilning.
Hech dilda huzur boʻlmas Oʻzingsiz, Sensan —
Har ikki jahonda huzuri koʻngilning!

12

Dildan sira ham qilma yiroq iymonni,
Har lahza yaqin ayla iymonga jonni.
Zikring ila har nafas safo ahli kabi
Quv dildan Oʻzing vasvasai shaytonni.

13

Xush ulki, tutar maqom fano dayri aro,
Aylab diliga mudom Xudo yodini jo.
Sidq ila qadam qoʻyib vafo koʻyiga ul,
Haq yoʻlida boqmas ikki dunyoga qiyo.

14

Yoriga boʻlar hamisha yor chin oshiq,
Qilmas sira uzlatni shior chin oshiq.
Ishq olamida oʻzgani ilmas koʻzga,
Yoriga etar jonni nisor chin oshiq.

15

Ishqing asari ruhimda boʻlgach paydo,
Koʻz birla koʻngil Oʻzingga boʻldi shaydo.
Ismingni agarchi keltirarman tilga,
Maqsud menga ismingdan erur musammo[2].

16

Gar boʻldi ziyoda qaygʻuga eshligimiz,
Yolgʻizlik hasratida dilreshligimiz[3],
Ollohga shukr, afzal erur shohlikdan,
Ey darveshlar, hamisha darveshligimiz!

17

Yo Rab, menga duch ayla dili ogohni,
Koʻrsatsin u solik kabi menga rohni.
Lutfu karaming birla bu dam ogoh et
Ul Ka’bai vaslingdan Ubaydullohni.

18

Mahsharda soʻralgay — ahdingga ayla vafo,
Ahdingni buzib, oʻz-oʻzishta qilma jafo.
Kim chiqsa mudom oʻz ahdining uddasidan,
Bilgil uni mardlar aro mardi Xudo!

19

Ey xoni jahon, boʻlsin Haq yor senga!
Shohlar bari qullik etsin izhor senga!
Boʻldi Hirot mulki muyassar, endi —
Boʻlsin yetti iqlim giriftor senga![4]

20

Mastman hidiga Hirot boʻstonlarining!
Oshuftasiman sarvi xiromonlarining!
Tengsiz barisi husnu malohat ichra,
Dod dastidan-ey Hirot jononlarining!

21

Ey dil, kezamiz olib Hirot yoshlarini,
Endi bu shahar bogʻlari, suv boshlarini.
Ul «Bogʻi xiyobon»[5] ichra bir davra tuzib,
Soqiy qilamiz Hirot qalamqoshlarini!

22

Men sarv kabi Hirotda sokin boʻldim,
Har bogʻu xiyoboniga maftun boʻldim.
Oy yuzli goʻzallarining husniga boqib,
Aqlu hush uchib, misoli Majnun boʻldim.

23

Ishqingda dilim gʻuncha kabi bogʻlab qon,
Devona boʻlibman, ey sahroyi jonon!
Men — banda: jonu dildan ado etgayman,
Podshohim — oʻzing: har nima qilsang farmon.

24

Sen kiyma yashil libosing, ey sarv, aslo,
Kiysang, boʻlasan gul kabi shoʻxu ra’no,
Bir kun bu jahon boshdan-oyoq boʻlsa fano,
Yoʻq guldek oʻzingni bezatishda ma’no.

25

Soʻz birla koʻrar esang, shariat shuldir,
Fe’l birla koʻrar esang, tariqat shuldir.
Xomush oʻtir-u, dam urma hech holingdan,
Nazdida muhaqqiqni(ng) haqiqat shuldir.

26

Sen bilsang agar, bu koʻzagarlar, ey dil,
Tuprogʻimiz uzra qurib olib manzil,
Mayxoʻrlar uchun tuprogʻimizdan bizning
Koʻza yasamoq bilan boʻlarlar mashgʻul.

27

Ey Tangri, zafar qadahini suz menga,
Yor boʻlsin tole’ kecha-kunduz menga.
Shavqingda ziyod boʻlishini istayman
Kayfiyatu dardu holatu soʻz[6] menga.

28

Ey dil, olam elidan uzilgan yaxshi,
Xilvatni oʻziga goʻsha qilgan yaxshi,
Gʻayr ahlidan qochgan-u qutulgan yaxshi,
Begona qoshida xomush oʻjan yaxshi.

29

Ey dil, Ka’ba orzusida yurmoq na xush!
Oʻzni riyozat yoʻliga burmoq na xush!
Boshingni qoʻyib Ka’ba ostonasiga,
Koʻnglingni ochib, yuzingni surmoq na xush!

30

Mayxona aro qoʻysa qadam jonona,
Maydan koʻpirar sogʻaru ham paymona.
Kayf ichra chunon na’ra urarmiz, arshga —
Yetgay bemalol bu na’rai mastona.

31

Ul shoʻx hamisha dilrabo erdi menga,
Undan necha mehru vafo erdi menga.
Faryodki, tark ayladi oshnolikni,
Yot boʻldi oʻshalki, oshno erdi menga.

32

Hech tutma oʻzingga yor bekorlarni,
Koʻrdik hamisha xor bekorlarni.
Bir ish boshini tut — sira bekor yurma,
Tark ayla bekorlikni-yu, bekorlarni.

33

Ey shoʻx, qilarmisan sira tarki jafo?
Javring kabi kosh yetsa edi menga vafo.
Tokay etasan jafoyu bedodu sitam,
Qil manga vafo — sen-da musulmoni Xudo!

34

Mardlar bilar asrorini dilu jonning,
Kayfiyatu holini bani insonning.
Sof, toza koʻngilni(ng) qadrini bilgaylar
Sohibnazaru soʻfiylari davronning.

35

Orzum shu: Xudo porsolik baxsh etsa,
El tashvishidan judolik baxsh etsa.
Aylab u oʻzimdan oʻzgadan begona,
Aql ila mudom oshnolik baxsh etsa.

36

Hirot shohi, xrlingni yomon qilgayman,
Gʻuncha kabi bagʻring toʻla qon qilgayman.
Tigʻ zarbi bilan seni Hirotdan haydab,
Bir umr ovorai jahon qilgayman.

37

Ey doʻst, yomon ish qilsang, men na qilay?
Iblisni agar pir bilsang,.men na qilay?
Men borma desam-da, bording-u, gʻam koʻrding,
Sen oʻzingga oʻzing qilsang, men na qilay?

38

Ishqingda boʻlak yor na qilar oshiqda,
Begona bilan kor na qilar oshiqda.
Izlab seni ishq dashti aro misli sabo
Oromu qaror na qilar oshiqda.

39

Uchratmadim Olloh siridan ogohni,
To boshlasa Haq yoʻlga u men — gumrohni.
Ollohim, etib lutf chaqirsang netgay,
Qoshishta yaqin bilib Ubaydullohni.

39

Uchratmadim Olloh siridan ogohni,
To boshlasa Haq yoʻlga u men — gumrohni.
Ollohim, etib lutf chaqirsang netgay,
Qoshingga yaqin bilib Ubaydullohni.

40

Bir dam xayoling aylasa hamroz meni,
Undan sira etmagin judo boz meni.
Yoʻq senga yaqinrogʻi muqarrablardan,
Oʻzishta muqarrab etganing soz meni!

41

Koʻying tuprogʻi boʻldi to manzilimiz,
Ketsin qoʻshilib somonu suvu gilimiz.
Ka’ba kabi bizni dilni-da ayla tavof,
Ka’badan emas kam sira bizning dilimiz.

42

Ey dil, ey dil, Xudoga xos et oʻzni,
Ham xosi oʻshal ahli xavos et oʻzni.
Zinhor seni gʻofil etmasin shirki nihon,
Ul shirki nihondan xalos et oʻzni.

43

Men yor sari qay kunki safar qilgayman,
Ishq karvoni orqali xabar qilgayman.
Rihlat kuni yetsa, jonni aylab sarbon,
Karvon yoʻlini tinch, bexatar qilgayman.

44

Rind ahli bebodayu qadah boʻlgaymi?
Bejomu may olamda farah boʻlgaymi?
Demang sira majlis ichra ur-sur qilmang,
Bejanggu jadal ayshu tarab boʻlgaymi?

45

Dunyo molu mulkini netarman, ey yor,
Hajringda oʻlim topish menga soz ming bor.
Yolgʻiz umidim: ikki jahonda, yo Rab,
Zor qilma oʻzingdan oʻzga zotga zinhor!

46

Yoʻq boʻlsa yuzing, gulni uraymi boshga?
Yoʻqdir nazarim lola kabi sirdoshga.
Kiprikda tizilgan qatra-qatra qonni
Ne deb atayin bahor gulidan boshqa?!

47

To koʻrdim-u husningni — seni suydim men,
Dil oʻgʻirida oʻzga oʻyin tuydim men.
Vaslingdan uzoq har kecha hajring gʻamida
Hasrat uyi ichra sham’ kabi kuydim men.

48

Ey Tangri, hamisha ayla firoʻz meni,
Tark etmasin iqbol kecha-kunduz meni.
Shavqingda mudom oʻrtashini istayman
Kayfiyatu dardu holatu soʻz meni.

49

Olloh yoʻlida kimki agar zar oʻynar,
Bir kuni, tong yoʻq, boshini gar oʻynar.
Oʻldirsa-yu yuz bor, yana jon baxsh etsa,
Jon birla u yangidan muqarrar oʻynar.

50

Olamda biror sabotu bunyod yoʻqdir,
Bir xotiri xurramu dili shod yoʻqdir.
Ogʻir ham uzoq safar turar oldingda,
Bezod uni qanday oʻtasan, zod[7] yoʻqdir.

51

Lutfing ila berding dili ogoh menga,
Ber xilvati xosing sari yoʻl, oh, menga.
Ishq ahliga boʻldi ismim avrodi[8] namoz,
To boʻldi noming virdi[9] sahargoh menga.

52

Xayringni darigʻ tutmading avboshlardan,
Tavfiqni-da lutfing ila ayyoshlardan[10].
Ollohim, umid Oʻzingdan — Od qavmi kabi
Yer yuzini pok ayla qizilboshlardan![11]

53

Har ikki jahonda ishq erur rahbarimiz,
Irfon nuri dil dengizida gavharimiz.
To koʻhna libosi ma’rifat bor tanda,
Kechdik zaru ziynati jahondan barimiz!

54

Charx etdi judo mendan oʻshal mohimni,
Yetkazdi falakka nolai ohimni.
Sham’dek kuyar-u, yigʻlagusi holimga
Har kim eshitar ohi sahargohimni.

55

Xalq suhbatidan chekkaga tortdim oʻzni,
Dunyodan uzildim, Haqqa qotdim oʻzni.
Koʻz qorachigʻidek seni koʻrgan lahza
Behud boʻlib, ey doʻst, yoʻqotdim oʻzni.

56

Yo Rab, karaming qildi Senga yor meni,
Lutfing oʻzgadan ayladi bezor meni.
Har lahza Oʻzing asra — urib til tigʻini
Qilmoqchi esa har kishi bemor meni.

57

Ey sen — shior etgan dinini Hazratning[12],
Gar istar esang ravnaqini millatning,
Toʻk qonini sunnat tigʻi birlan doim
Kim yoqsa agar otashini bid’atning!

58

Yorning joni yorga nisor boʻlsa, na xush!
Dard ahliga darmonu mador boʻlsa, na xush!
Oshiq kishi oshuftayu xor boʻlsa, na xush!
Oʻz koʻngli kabi asiru zor boʻlsa, na xush!

59

Ka’ba qiblasi erur har insu jonning,
Pok rutbasi, chunki uyidir Rahmonning.
Sen qora qoʻngil ila tavof etma uni,
Bu dargohi oliy mahaki[13] insonning!

60

Ey doʻst, agar ishim yurishsa, na xush!
Maqsadga yetib, dilim yorishsa, na xush!
Men tashrifidan doʻstning ajab xushholman,
Doʻst doʻsti bilan mudom koʻrishsa, na xush!

61

Dilga oʻt soldi nozu istigʻnosi,
Aqlu hushim oddi qomati ra’nosi.
Zulfi kabi aylab meni sargashtayu zor,
Hayron etdi husni olamorosi.

62

Bir toifada havoi nafsu shayton,
Bir toifada rizoi dinu Rahmon,
Bir toifada umidi vasli jonon,
Bir toifaning koʻksida dogʻi hijron.

63

Men gʻamzadaga ishing adovat mangu,
Solmish bu adovat yuragishta qaygʻu.
Qilding-ku gunoh — endi nedir uzr aytmoq?
Uzri gunohidan battar degani shu!

64

Bu mash’alga jon gulshani maskan boʻlsin!
Misli sarv uning makoni gulshan boʻlsin!
Shu mash’aladan barcha omilliklarning[14]
Zulmat kechada koʻzlari ravshan boʻlsin!

65

Biz kelmadik olamga faqat istab jon,
Yo surgali doʻstlar ila davru davron.
Biz bunda jamoling koʻrgali kelganmiz,
Bas, maqsadimiz emas tamoshoi jahon.

66

Ul qavm asiri dogʻi hijrondirlar,
Tuproq bilan yakrang-u, yaksondirlar.
Darvesh kabi boʻlsa-da ular suvratda,
Ma’no olamida shohu sultondirlar.

67

Tokay yigʻlay dardu gʻamingdan, ey dil?
Oshiqligu oshuftaligingai bas qil!
Tutsam yoʻlini soz edi darveshlikning,
Podshohlikdan boʻlmadi maqsad hosil.

68

Men oʻzga goʻzallarni netay, boʻlmasa yor?
Gar turmasa qoshimda mudom erka nigor?
Koʻz gavhari u vale koʻzimning yoshidek
Gar topmasa na koʻzda-yu, na yuzda qaror?

69

Davron gʻamidan zarracha gʻam yoʻq menda,
Charx aylanishidan-da alam yoʻq menda.
Ishqingda yoʻqotmishman oʻzimni andoq —
Parvo senga ham, oʻzgaga ham yoʻq menda.

70

Anduh toʻla olam gʻamidan dam urma!
Sindirma safo jomini — barham urma!
Kofirtabiat nafsing uchun tir boʻlsang,
Yuz bor senga tigʻ ursa-da, sen dam urma!

71

Tokay koʻraman turqini avboshlarning?
Tokay eshitay ayshini ayyoshlarning?
Dunyoda qizilboshdek yomon toifa yoʻq,
Ber margini, ey Xudo, qizilboshlarning!

72

Ey Tangri, hamisha ayla manzur meni,
Gʻam olamida xurramu masrur meni.
Lutfing bois Nishopur azizlarining
Pok ruhi bu kun qoʻlladi oxir meni!

73

Hech kimsaga tekkizma zaboni poking,
Boʻlsin, desang, osuda bu joni poking.
Iflos qiladi ogʻizni gʻiybat, bilsang,
Bas, bulgʻama hech qachon dahoni poking.

74

Bermish hamma narsani Olloh senga,
Tutmish nusrat yalovin, ey shoh, senga.
Qayga qadaming yetsa, Xudo hukmi bilan
Ochilgʻusi fath eshigi har goh senga.

75

Ey dil, ikki dunyo gʻamidan dam urma!
Bas, koʻrgan emassan uni san, dam urma!
Nokas eli boshishta agar tigʻ ursa,
Yuz bor tigʻ urgani bilan dam urma!

76

Ey Tangri, seningsiz menga jo(y) berguchi yoʻq,
Shafqat-la mudom lutfu ato berguchi yoʻq.
Sen bermasang dardimga davo — kim bergay?
Sendan oʻzga menga davo berguchi yoʻq.

77

Fayz yetgusi zikr ila dili ogohga,
Ul fayz egasi yaqin boʻlar Ollohga.
Soʻz derlar-u «lo iloha»dan, yetgaylar —
Mohiyati «lo iloha illalloh»ga.

78

Ul barchani toʻygʻazar oʻlim sharbatiga,
Ul barchani oʻtqazar balo masnadiga.
Yotqizga-yu bir kuni fano tobutiga,
Ul barchani bir-bir tiqar tuproq qatiga...

79

Ey Tangri, karamingni fuzun ayla menga,
Qoʻllab meni, lutfing tunu kun ayla menga.
Tortar esa qayda fitna girdobi meni,
Ul fitna balosini zabun ayla menga.

80

Yor ayladi to nafsi sitamkor meni,
Sust etdi oʻz ilkim ila ham xor meni.
Xorlikka sabab sustlik ekan, bas, yo Rab,
Bul ikkisiga qilma giriftor meni!

81

Intilsam agar sohibi gavhar boʻlaman,
Oʻz dushmanim ustidan muzaffar boʻlaman!
Noumid emasman sira — Haq lutfi bilan
Balki butun olam uzra sarvar boʻlaman!

82

Haq lutfi bilan agar nazar topgayman,
Qayga qadamim yetsa, zafar topgayman.
Har fathu zafarning ketidan paydarpay,
Haq lutfi bilan fathi digar topgayman!

83

Dunyoda zoʻr oʻgʻri Ahmadi Afshordir,
Ustozi Said Gʻiyosaki ayyordir.
Har yerda tuban oʻgʻri, qaroqchi bordir,
Homiysi ularni(ng) mana shu murdordir.

84

Tokay koʻrasan xoru parishon oʻzni,
Har lahza xarobu xonavayron oʻzni.
Majnun kabi devona boʻl-u, ayla xalos
Olam elining qoʻlidan, ey jon, oʻzni!

85

Yor sehru fusun bandiga soldi bu kecha,
Yuz ishva bilan dilimni oldi bu kecha.
Boshim nega koʻkka yetmasin bu baxtdan —
Dil oʻrnida koʻksimda u qoldi bu kecha.

86

Bulbul kabi koʻnglim nola etsa, ne ajab?
Parvoz kilib, arshga yetsa, ne ajab?
Aylansam-u tuproqqa vafosi yoʻlida,
Hokim-da vafo hidin taratsa, ne ajab?

87

Koʻz haqqi, liqoyingni sevarman, ey doʻst,
Har lahza safoyingni sevarman, ey doʻst.
«Sev, — desang, — itimni», seni deb ul itni —
Timsoli vafoyingni sevarman, ey doʻst.

88

Ey doʻst, zafar nasimlari yelmoqda,
Bizga gʻalaba xabarlari kelmoqda.
Bir gʻoziy oʻzini dushman ustiga otib,
Yov boshini jismidan judo qilmoqda...

89

Afsuski, davri ishratu mul kechdi,
Vaqti sumanu lolayu sunbul kechdi.
Qayda meni(ng) gulchehram — uning orazisiz,
Faryodu figʻonki, mavsumi gul kechdi!

90

Ishq olami ichra porsolik xushdir!
Nokasdan ilik yuvish — judolik xushdir!
Yor boʻlsa agarda nomuvofiq — kechmoq,
Yor boʻlsa muvofiq oshnolik xushdir!

91

Ishi bu jahon xoʻblarining ayyorlik,
Ul kampiri shumdek qiligʻi gʻaddorlik.
Zinhor ular makridan oʻlma gʻofil,
Ezgu sifatin koʻrdim esa pargorlik[15].

92

Yor dardida jon hamisha hayronim erur,
Dil kuygan oʻshal siynai soʻzonim erur.
Ul barcha parishon dillar jam’iyati —
Sohibi dili zoru parishonim erur.

93

Koʻyingda topilmas kishi to Majnun emas,
Dil yoʻqki, chekib gʻamingni u mahzun emas.
Koʻzlarga nigoh tashladim-ey koʻz uyidan,
Bir diydani koʻrmadimki, ul purxun[16] emas.

94

Ishq olami ichra dilda bir zor qani?
Siynam kabi bir siynai afgor qani?
Dil ohi kabi hamdamu dildor qani?
Dildosh joʻralar, hamnafasu yor qani?

95

Ul shoʻxki, dilozoru jafokorim erur,
Ham yori vafodoru havodorim erur,
Yuz nozu karashma ichra makkorim erur,
Harchand sitamkoru dilozorim erur.

96

Bul koʻxna jaxrn boshdan-oyoq vayrondir,
Obodligi tuproq ila yaksondir.
Sen unda makon tutma sira — koʻhna jahrn
Oromgahi devu dadu[17] shaytondir.

97

Har sunbuli toza zulfi dildor emish-ey,
Har lola jamoli lolaruxsor emish-ey,
Har sarvi baland qomati yor emish-ey,
Har gʻuncha dili bir oshiqi zor emish-ey.

98

Ey diyda, degil, menga yetar binolik,
Ey aql, dema, na xush bu donolik!
Biz jumla gunohkoru xatokorlarmiz,
Afv etmasa Ul, boʻlgay ajab rasvolik.

99

Bir shoʻx sanamu soyai shamshod boʻlsa!
Dillar yana gʻam qaydidan ozod boʻlsa!
Xushdir juda may jomiyu mahbub husni
Anhoru saroyi Astrabod boʻlsa!

100

Muhtojga qayish — asli karomat shuldir,
Bir ishki, yoʻq ortida malomat — shuldir.
Har ikki jahonda, soliko, iymonni
Qutqarguchi chin rohi salomat shuldir.

101

Ilm asli hama tasavvuru tasdiqdir,
Bilmoq uni Haq lutfi bilan tavfiqdir.
Chunki bu tasavvurot tasdiq juz’i,
Nazdida muhaqqiqni(ng) bari tahqiqdir.

102

Sendan rizo koʻzlagan Ubaydullohdir,
Lutfing soʻrab boʻzlagan Ubaydullohdir.
Har ikki jahonda koʻzu koʻngil birlan
Sendan seni izlagan Ubaydullohdir.

103

Rind ahlini(ng) sarmanzilidir manzilimiz,
Olam elidan ozodlik hosilimiz.
Ul dilki, jahonda yarar ishga — boshqa,
Ul dilki, yaramas ishga — bizning dilimiz.

104

Oʻz ilmiyu fazli bila kim magʻrurdir,
Oʻz baxtiga dushmanlik ila mashhurdir.
Har dilki, Xudo nuri bilan ma’murdir,
Jahl zulmatidan forigʻu ham masrurdir.

105

Har yoʻl bila Haq vasfini qilmoq na xush!
Yor-koʻk zikr aytishini bilmoq na xush!
Sokin boʻlibon yolgʻizlik goʻshasida
Har lahza Xudo yodi-la boʻlmoq na xush!

106

Ul shoʻxi jafopeshaki, dildor bizga,
Har yerda qilar u qasdi ozor bizga.
Jom birla qadah misoli la’li labisiz
Qon yigʻlash-u, qon ichish erur kor bizga.

107

Yor orazining husnu safosi oʻzga,
Yor manzilining obu havosi oʻzga.
Firdavs agarchi yaxshi joydir, ammo,
Yor turgan oʻshal joyni(ng) bahosi oʻzga.

108

Mavjudligim boisi gʻamingdir, jonon,
Koʻnglim mulki sening gʻamingsiz vayron.
Qoʻrqar kishilar namuncha jon bermoqdan?
Ioʻlingda berish jonni juda ham oson.

109

Diydorini bir koʻrish uchun zor boʻldim,
Diydorining orzusida bemor boʻldim.
Bas, davlati diydoriga yetkaz, yo Rab,
Umrim boricha tolibi diydor boʻldim.

110

Bulbul biz uchun oʻqiydi bogʻ ichra gʻazal,
Shodlik ulashar koʻngilga gullarki, goʻzal.
Ul pirniki, mugʻ dayri aro koʻrgaysan,
Mayxonalar ichra bizga yoʻlboshchi oʻshal.

111

Ollohi karimning karami yor menga!
Pok ruhi ulugʻlarni(ng) madadkor menga!
Haq yoʻlida boshdan jonu dil birla kechib,
Kuffor qonini toʻkish erur kor menga!

112

Har kimsaki, Haq ishlaridan mahrumdir,
Ul ham Haq-u, ham xalq oldida mazmumdir.
Soʻz ochmak emas ravo kishining ishidan,
Haq oldida chunki hammasi ma’lumdir.

113

Kimning dili toshdan-da esa mustahkam,
Dilmas oʻsha toshdir chinakam, yoʻq shubham.
Undandir uzoq saodatu davlatu baxt,
Bedavlatu besaodatu badbaxt ham.

114

Yor bizga agar yor boʻlsa — davlat shu!
Gʻamxoʻru talabgor boʻlsa — davlat shu!
Yor boʻlsa-yu bizga u vafo rasmi ila,
Begonaga agʻyor boʻlsa — davlat shu!

115

Har ranji gʻazot yoʻlini rohat bizga,
Aksincha, unutmoq uni mehnat bizga.
Biz yoʻlida sidq ila tikibmiz boshni,
Bosh ketsa agar yoʻlida — davlat bizga!

116

Koʻnglingda agar maraz yoʻq boʻlsa, na xush!
Sevgida biror gʻaraz yoʻq boʻlsa, na xush!
Zoʻr doʻstlarimiz agarchi bordir, ammo
Bu doʻstlik aro gʻaraz yoʻq boʻlsa, na xush!

117

Aldamchi jahon gulshani gulxan bizga,
Moʻmin eliga zindonu maskan bizga.
Gʻayr ahliga koʻngil berish — eng rasvo ish,
Bundan hazar aylaki, u dushman bizga.

118

Oʻldirsam agar rofiziylarni, bu — ravo,
Bu ish ila Haq hukmini etgayman ado.
Kim ogʻiz-burun oʻpishsa bu qavm bilan,
Dushman erur u bizga, emas doʻst aslo.

119

Shukri hamaning arzimagay ehsonga,
Zikri hamaning loyiq emas gʻufronga.
Bizning hama toatdan ulugʻ rizvoni,
Toat bari shoyista emas rizvonga.

120

Olam elining sherlari roʻboh[18] sesha,
Sarvarlari bir xodimi dargoh senga.
Nusrat jilovini tortma hech bu yoʻldan,
Har yerda zafar hamisha hamroh senga.

121

Ey yor, nima gap, zamona fosid[19] boʻldi,
Ul kayfu safo bozori kosid[20] boʻldi.
Qilmasdi birov bizga hasad — endi esa
Makr ila hasad etdi-yu, hosid[21] boʻldi.


122

Bu bogʻni bugun havosi bisyor xushdir!
Husning nuridan sabzayu gulzor xushdir!
Olloh haqi, gul gʻunchasidek pardada boʻl,
Chehrangni sening koʻrmasa agʻyor xushdir!

123

Har kimga ayon boʻlsa sirri Olloh,
Olam elining barcha siridan ogoh.
Kimning dilida: «lo iloha illalloh»,
Sir olamida u zot erur shohanshoh.

124

Mardlar ishi behukmu befarmon boʻlmas,
El birlan ularning ishi oson boʻlmas.
Ranjitma kishini — seni ranjitsa-da u,
Tariqi futuvvatda bu arkon boʻlmas.

125

Dunyoda, netay, nomu nishonni sensiz?
Ham Xizr kabi umri jovidonni sensiz?
Sensiz menta darkor emas bu jonu jahon,
Jono, ne qilay jonu jahonni sensiz?!

126

Yor boʻlsa haqiqiy, bevafolik qilmas,
Oʻz yoriga bir lahza judolik qilmas.
Yorlar safiga kirsa-da yotlar nogoh,
Begona bilan u oshnolik qilmas.

127

Har kimda bu gʻam uyida manzil boʻlgay,
Shodlikka u ne tarika moyil boʻlgay?
Gʻam-qaygʻuli bu zamonda, ey yori aziz,
Bir kishi topilmaski, u xushdil boʻlgay.

128

Yo Rab, senga dil hamisha moyil boʻlgay,
Doim xayoli vasl ila vosil boʻlgay.
Ul dil sanalur gʻofil emas gar sendan,
Ul dilmas, agar sendan u gʻofil boʻlgay.

129

Haq lutfiga gar loyiq esam men — gʻamnok,
Gʻam zangidan dil oyinasi boʻlgay pok.
Bu quvvat ila zeru zabar qilgʻumdur
Qal’ang seni boʻlsa-da qal’ayi aflok!

130

Dil ahliga men yoru yaqin boʻlgim bor,
Ham doʻsti azizi ahli din boʻlgim bor.
Bir lahzada har ikki jahonni unutib,
Dil ahli kabi goʻshanishin boʻlgim bor.

131

Mard ulki, agar mute’i farmon boʻlsa,
Bir nojoʻya ish qilsa, pushaymon boʻlsa.
Kam koʻrmak oʻzin — mardlar kamoli, toki
Qar narsada oʻz aybi namoyon boʻlsa.

132

Kim Haqni unutsa — oʻsha gʻofil boʻlgay,
Koʻngli oʻlar-u, tuproq ila gil boʻlgay.
Kim koʻngliga Haq yodi bilan bersa hayot,
Ul ikki jahonda barhayot dil boʻlgay!

133

Ishqing gʻami koʻnglimda fuzun boʻlgaydir,
La’lingni koʻrolmay, diyda xun boʻlgaydir.
Koʻz gavharisan — ketma sira koʻzdan uzoq,
Koʻz gavhari birla koʻz butun boʻlgaydir.

134

Har bodki, oʻshal Buxoro yoqdan yelgay,
Gardeki, menga yo u tarafdan kelgay,
Har lahza oʻshal epkin-u xoli mushkin
Ul «Bogʻi diloro» hidin ma’lum qilgay.

135

Gʻam-gʻussa oʻtida yoving har on kuysin!
Oʻz dardiga qovrilsin-u, pinhon kuysin!
Sunniylar yoqqan bu urush otashida
Din dushmani — rofiziy beomon kuysin!

136

Ey Tus, bu kun xarobu vayron boʻlding,
Sovrilding-u yellarga — parishon boʻlding.
Ostin-ustun qildi balo togʻi seni,
Tuproq bilan sen yana yakson boʻlding.

137

Tus mulkida Haq bizga ato baxsh etgay!
Bor boʻlsa shaharda har vaqo — baxsh etgay!
Muhlat bering-u, mening kabi sabr aylang,
Har qal’aki bor, bizga Xudo baxsh etgay!

138

Dunyoda Xudo lutfu ato baxsh etgay!
Uqboda huri nozik ado baxsh etgay!
Har ikki jahonda nimani istar esam,
Ul istaganim menga Xudo baxsh etgay!

139

Koʻzim kuyar ul sarvi ravon furqatida,
Koʻnglim kuyar yori mehribon furqatida.
Dard otashi birla chorasizlik gʻamidan
Koʻksim kuyar, oʻrtanadi jon furqatida.

140

Doʻstlar, dilima balo boʻlishga ne sabab?
Xasta jonima jafo boʻlishga ne sabab?
Har lahza mening hamdamu yorim edingiz,
Bir bora bu kun judo boʻlishga ne sabab?!

141

Joning vujuding tufayli gʻamnok boʻlgay,
Aybu kinadan garchi diling pok boʻlgay.
Ziyrak koʻzim-ey, koʻrib turibsan-ku oʻzing:
Bor boʻlsa nima, oqibat u xok boʻlgay...

142

Tus shahrini qal’asi to vayron boʻlmas,
Zarra kabi har yoqqa parishon boʻlmas,
Boʻlmas bu shahar yangidan aslo obod,
To Tus qaro yer ila yakson boʻlmas!

143

Bu koʻz yoshlar diydai giryondandir,
Dilning koʻzidan-u, diydai jondandir.
Boʻlgay ular muzdi[22] afvu rahmat, chunki
Haq qoʻrquvidan-u, zikri Qur’ondandir.

144

Dushman dili bu jahonda mahzun boʻlsin!
Dil qoni tepib koʻziga, purxun boʻlsin!
Bu lahza menga yetipgdi yangi nusrat,
Bu fathu zafar qutlugʻu ma’mun[23] boʻlsin!

145

Tokaygacha fisq ahli bilan yor boʻlasiz?
Olamdan-u, oʻzdan necha bezor boʻlasiz?
Pandim shu: qiling fisqu fujurdan tavba,
Gar qilmasangiz tavba — keyin xor boʻlasiz!

146

Oshiqlik udum-rasmi to paydo boʻldi,
Oshufta dilim jahonda yakto boʻldi.
Har dil u pari zulfiga shaydo boʻldi,
Devona dilim kabi u rasvo boʻldi.

147

Farzona dilim koʻyingda Majnun boʻlsin!
Koʻnglimda yuzingning ishqi afzun boʻlsin!
To rashku hasad ichra yumuq gʻuncha kabi
Oshufta koʻngillar bari mahzun boʻlsin!

148

Noshukur kishi podshodan noligay,
Har mehnatu ranju har balodan noligay.
Haq dushmani u — hech gana qilmas oʻzidan,
Ham doʻsti Xudoyu, ham Xudodan noligay!

149

Ishrat uyiga soʻfiyimiz kam kirdi,
Bu gʻamzadalarga ta’na tigʻin urdi.
Kirdi-yu hasad birla parishon qildi,
Qay damki, bizing davrani koʻzi koʻrdi.

150

Ul toifa koʻnglim asiri gʻam qildi,
Mazlum kishilarning koʻzini nam qildi.
Bizning bu karamlarni karam birla etib,
Ne tong, bekaramlar karam ham qildi.

151

Umrim u goʻzal ishqi bilan oʻtgusidir,
Gʻam gardi aro misli tuman oʻtgusidir.
Koʻz bogʻladim Haqdan oʻzgadan, chunki umr
Koʻzni yumib-ochguningcha san oʻtgusidir...

152

Ich yonganidan koʻzimda ob qolgan emas,
Betob boʻlib, tanimda tob qolgan emas.
Tortdim gʻamingda shu qadar bexoblik,
Gʻamdida bu koʻzim ichra xob qolgan emas.

153

Ey doʻst, koʻying to menga manzil boʻldi,
Vaslishta yetishmak orzui dil boʻldi.
Dil orzusi yolgʻiz shu edi vaslingdan,
Yuz shukr, koʻngil maqsudi hosil boʻldi.

154

Ezgu ishimizga nafs mone’ boʻldi,
Oʻtkinchi jahon ayshiga qone’ boʻldi.
Afsuski, bir ish qilmadik Olloh yoʻlida,
Qimmatli hayot shu xilda zoye’ boʻldi.

155

Haqdan u azizlarki, xabar topmishlar,
Yuz bor valilardan-da nazar topmishlar.
Maqsudu murodini ular-da doim
Tun yarmida yoinki sahar topmishlar.

156

Na holi dilim charxi falak bilgaydir,
Na sirri nihonimni samak[24] bilgaydir.
Holimdan emas Xudodan oʻzga ogoh,
Na ins-u, na jin-u na malak bilgaydir.

157

Ollohni tanishni eng ulugʻ davlat bil!
Har ikki jahonda izzatu hurmat bil!
Tuz haqqin unutmak — oʻgʻrilikdan battar,
Tuz haqqini oqlashni buyuk ne’mat bil!

158

Ey shohi zamon, Haq karami yor boʻlsin!
Pok ruhi ulugʻlarni(ng) madadkor boʻlsin!
Tigʻ boʻlsa agar jang kunida har dushman,
Ul tigʻ kabi qoʻlingga giriftor boʻlsin!

159

Haq yoʻlida jonimga urarman paykon,
Dushmanga bu dunyoni qilarman zindon.
Haq dushmani deb naq Xoja Abdulxoliq
Dunyosiga shamshir uraman bearmon!

160

Farzand agar mute’i farmon boʻlgay,
Haq lutfi unga mudom farovon boʻlgay,
Beshubha, buningdek farzand har doim
Koʻzing nuri-yu, rahmati Rahmon boʻlgay!

161

Ul qavmki, mol-dunyoga magʻrur boʻldi,
Haq lutfidan mosuvoyu ma’zur boʻldi.
Ul qavmki, anglab buni, tark etdi uni,
Har ikki jahonda shodu masrur boʻldi.

162

Yetganda ajal bu koʻzlaring koʻr boʻlgay,
Ul damda maqomu manziling goʻr boʻlgay.
Goʻr ichra taning boʻlga-yu pora-pora,
Har porasi bitta ulushi moʻr boʻlgay.

163

Ruhim begumon senga har on yor erdi,
Oshufta bu jonim-da mudom zor erdi.
Dil boʻlgan emas endi giriftor senga,
Ul asli azal senga giriftor erdi.

164

Har kim senga bir omonatin keltirdi,
Va’dangni olib, senga ishonch bildirdi.
Bas, aslo omonatga xiyonat qilma,
Ul yukni diyonat yuzidan qoldirdi.

165

Ey yor, agar xayr etsang, xush boʻlgay,
Oʻzni gʻanimi gʻayr etsang, xush boʻlgay.
Xush boʻlsa-da olam senga dil olamidan,
Dil olamiga sayr etsang, xush boʻlgay.

166

Har kimsaki, johillar ila boʻlgaydir,
Din hukmicha, gʻofillar ila boʻlgaydir.
Har kimsa yaqin boʻlsa kamol ahli bilan,
Haq lutfi-la komillar ila boʻlgaydir.

167

Chin dildan ibodating ado qilgayman,
Har dam seni(ng) haqqingga duo qilgayman.
Izlab bu jahon ichinda diydoringni,
Vaslingni u dunyoda da’vo qilgayman.

168

Haq yodidan ayri koʻngil eng mazmumdir[25],
Shayton bilan aloqasi ma’lumdir.
Har kimki Xudo yodi bilan bedor emas,
Bunday kishini tirik dema, marhumdir.

169

Sargashtasi yorning dilu jondan kechgay,
Ovvorasi boʻlsa, xonumondan kechgay.
Devonasi aqlu hushini tark aylab,
Bir lahzada har ikki jahondan kechgay.

170

Afsus, bebaho umr ravon oʻtgusidir,
Bu bebaho umr kabi jahon oʻtgusidir.
Yetmak uchun lomakonga parvoz aylab,
Jon qushi jahondan begumon oʻtgusidir.

171

Ishqingda har oshiq dilu jondan kechgay,
Ham naqdi hayoti jovidondan kechgay.
Vasl orzusida koʻzni yumib-ochguncha
Ham jonidan-u, ham bu jahondan kechgay.

172

Kim toʻkkali obroʻying shitob qilgaydir,
Xalq oʻrtasida ta’na-itob qilgaydir,
Sen unga javob aylama-yu, jim oʻltir,
Oʻrnishta farishtalar javob qilgaydir.

173

Boʻlgʻay na xush ichish bahor faslida may,
Gulzor oralab, dastalasang gul-da atay.
May tut menga to yangrar ekan nolai nay,
Men may ichay eslab seni, koʻzi quralay.

174

Qildim-u sahar tavofi Sulton Sanjar[26],
Dedim: koʻrsat zafar yoʻlin, ey rahbar!
Dedi: zafar istab, duo qilsang sahar,
Haq lutfi-la topga(y)sen sahar vaqti zafar.

175

Oʻtkinchi jahondan padaring qildi safar,
Bil, ushbu safardan senga yetmaydi xabar.
Pandimni qulogʻingga il, ey joni padar:
Sen oʻz tashvishingni qil-u, chekma gʻami zar!

176

Ushla otining jilovidan ishratning,
Shodlik bu — shamol, tut etagin davlatning.
Olam elining azizi boʻlmoq ersang,
Solik kabi tanla yoʻlini uzlatning.

177

Sabr ayla jafoga, ey koʻngil, boʻlma tez,
Solik kabi Haqdan oʻzgadan et parhez.
Aylar seni lutf etsa muqarrablardan,
Qahr aylasa-da, etmagil isyon hargiz.

178

Gʻam xayliga[27] dardiga mudom malham boʻl,
Bechora sagʻirlarga yoru hamdam boʻl.
Topmoq tilasang Haq nazaridan asare,
Darvesh elini yaqin tutib, mahram boʻl.

179

Yor ishqida oʻzni zor qilmoq yaxshi,
Bir goʻshani ixtiyor qilmoq yaxshi.
Sokin boʻlib ul tanholik goʻshasida,
Yor yodini dilga yor qilmoq yaxshi.

180

Yodingdan uzoq etma bu dilsoʻzlarni,
Zulmatga mubaddal[28] aylama koʻzlarni.
Berganda visol mujdasini xoslarga,
Qahr etib, mahrum aylama bizlarni.

181

Ishq bodasidan agarchi mastsan — shod boʻl!
Qildingmi najot yoʻliga qasd san — shod boʻl!
Xalqdan uzilib gar kecha-kunduz, ey dil,
Yoʻqlik goʻshasida haqparastsan — shod boʻl!

182

Har yerda nayu maydan esa joʻshu xuroʻsh,
Bul joʻshu xuroʻsh ichra ichish boda na xush!
Zohid kabi bozorga oʻzish solma-yu hech,
Porsoliging el ichra sira aylama pesh.

183

Ey mard, oʻzingga berma koʻp oroyish,
Oroyishi dunyoni erur oloyish[29].
Osoyishi yoʻqdir bu vujud shahrining-ey,
Ul mulki adamda bor magar osoyish.

184

Haq yod etishini istasang, zokir boʻl!
Bir dam gʻofil oʻlma Undan-u, hozir boʻl!
Ne’mat tilasang visoli bogʻidan agar,
Har bir nafasingga shukr et-u, shokir boʻl!

185

Oʻtli yuragimni ayladi sard firoq,
Etdi yana bagʻrimni toʻla dard firoq.
Xokiy vujudimdan meni xorij aylab,
Tuproq kabi qildi meni-da gard firoq.

186

Topsa nazaringdan bahra bir zarra xok,
Boʻlgay oʻsha zarraning maqomi aflok.
Mayxonai ishqing ichra beboklarmiz,
Lutfing ila bizlarni-da sen qilgil pok.

187

Har lahza goʻzal yuzingni koʻrmoq mushkul,
Har dam oyogʻingga yuzni surmoq mushkul.
Vaslishta yetishmoq qiyindir, jono,
Hajr ichra visolsiz-da yurmoq mushkul.

188

Ey homiyi dinu hofizi[30] mulku milal[31],
Ey qotili kufru dofe’i jangu jadal.
Har qaydaki qoʻzgʻalsa biror fitnayu shoʻr,
Aylarsan uni daf’ etib tadbiru hiyal[32].


189

Ey shoʻx, qilarsanmi sira chorai dil,
Tokay boʻlasan qotilu xunxorai dil.
Qondir labi har itingning — dil qoni u, boq:
Yotar har yer-har yerda bir porai dil.

190

Boʻldi-yu Xudo lutfi menga yor, ey dil,
Etdim u qizilbosh guruhin xor, ey dil.
Olloh karamidan bor umidim: boʻlgay —
Ul toʻdani shohi-da giriftor, ey dil.

191

Ey ishq eli shohi, dil koshonasida,
Kel soʻzlashayik, mavzu: dil afsonasi-da.
Koʻrsatsang agar gul yuzing ummid bogʻida,
Porlar edi ming quyosh koʻngil xonasida.

192

Qilgancha tavakkal Xudoga keldik,
Mardona niyat bilan gʻazoga keldik.
Bir-ikki qadam ilgari chiq sen ham, yov,
Olis yoʻldan biz istiloga keldik.

193

Dunyosida yaxshilikni men kam koʻrdim,
Har holatu raftorida[33] motam koʻrdim.
Hech tinglamay unda shodlik nagʻmasini,
Olam-olam mashaqqatu gʻam koʻrdim.

194

Tokaygacha dil otashidan gʻash boʻlaman?
Yigʻlab uning ishqida mushavvash[34] boʻlaman?
Ichdan otashu tashdan esa koʻz yoshi,
Tokay asiri obu otash boʻlaman?

195

Qon yosh toʻkaman — diydalarim namnokdir,
Ohlar uraman — dilimda ming bir chokdir.
Tuprogʻim oʻshal qon tufayli qizgʻish,
Jismim oʻsha ohdan yelga uchgan xokdir.

196

Yuz shukr, yuzimni oyogʻingga surdim,
Yillab men shu orzu-tilakda yurdim.
Jon bor ekan tanda, topmadim osoyish,
Jon bahridan oʻtdim-u, osoyish koʻrdim....

197

Keldik barimiz-da mustaqim[35] yoʻl birlan,
Koʻying sari pokiza, salim[36] dil birlan.
Oyoqni qabartirib vafo yoʻlida,
Koʻrishgani keldik shu qadim el birlan.

198

Bir dard dilimda bor — davo xohlayman,
Haq dorushshifosidan shifo xohlayman.
Hech narsani Haqdan oʻzgadan soʻrmasman,
Har narsani ham bersa Xudo xohlayman.

199

Qirgʻogʻi yoʻq ummon olam ichra odam,
Ummon aro inson umri bir kemai gʻam.
Gar qilsa hujum ajal nahangi nogoh,
Gʻarq aylar-u, tortar oʻziga komi adam.

200

Qizgʻonaman ishq bodasshsh Odamdan,
Bir tomchisi ortiq uni mulki Jamdan.
Etgay dilu jondan ikki olam gʻamini,
Bir qatrasi a’lo har ikki olamdan!

201

Ey dil, meni na dev-u, na dad qoʻrqitgay,
Yo aybu gunohlar beadad qoʻrqitgay.
Olamda bulardan sira yoʻq xavfim, lek
Doʻst koʻnglidagi kinu hasad qoʻrqitgay.

202

Oshiqligu oshuftalik boʻlgach ishim,
Ul ahli safoni(ng) suhbatidir xohishim.
Sargashta koʻzim gavharidek zor-hayron,
Ezgu yuziga Rasulnidir navozishim.

203

Gʻam goʻshasi ichra ulfati gʻam — bizmiz,
Ham gʻamzadalarga doʻstu hamdam — bizmiz.
Kamdek shu yogʻi, qarang, bu dunyo ishiga:
Angushtnamoyi[37] ahli olam — bizmiz.

204

Koʻrgum u safo ahlida bir nuru safo,
Koʻrgum u nuru safo kabi mehru vafo.
Har lahza basirat ahli yangligʻ, yo Rab,
Koʻrgum nimaga boqsam Oʻzingni tanho.

205

Rindeki, halollik ichra yakto — bizmiz,
Oʻz rindligi-la jahonda tanho — bizmiz.
Gʻam dahrida bozori fano rindi kabi
Rindeki, alam-gʻamga beparvo — bizmiz.

206

Yor hajrini vahmi bila bemor boʻldim,
Gʻam toshining ostiga koʻp afgor boʻldim.
Zulfiga asir qildi meni zor koʻngil,
Zor koʻngilni dastidan giriftor boʻldim.

207

Oshuftasimiz qomati ra’nosini biz,
Devonasi sunbuli sumansosini biz.
Ul boʻlsa jahonning joni — koʻz gavharidek
Hayroni jamoli olamorosini biz.

208

Ey doʻst, na darvesh-u, na xoqon boʻldim,
Na shohu biror mulkka, na sulton boʻldim.
Olamda oʻzimcha na u, na bu boʻldim,
Haq xohlagani kabi bir inson boʻldim.

209

Oshufta bu jon sening fidoying boʻlsin!
Sargashta bu boshim xoki poying boʻlsin!
Har ish boʻladi sening rizoying birlan,
Alqissa, menga sening rizoying boʻlsin!

210

Mugʻ dayrida biz may xumiga bosh urdik,
Mugʻlar ila may oʻpib koʻzu qosh urdik.
Taqvoyu vara’ni bizdan istarlar, biz —
Taqvoyu vara’ shishasiga tosh urdik.

211

Tokay bu zamon gʻamidan afsona boʻlay,
Afsonai har oqilu farzona boʻlay.
Oshiq boʻla-yu, ikki jahrndan kechibon
Bir Laylisifat ishqida parvona boʻlay.

212

Tokay firoq zahrini tun-tun ichaman?
Tokay gʻamida jomi purxun ichaman?
Tokay yashayin yor labisiz tashnajigar?
Eslab labini bodai gulgun ichaman!

213

Haddan oʻtdi gʻamu malolim, na qilay?
Gʻaddor zamon berdi zavolim, na qilay?
Dodimni Oʻzingga aytaman shomu sahar,
Gar tinglamasang sen-da bu holim, na qilay?..

214

Na maykada-yu, na jomi Jam koʻrgayman,
Na mardi karim-u, na karam koʻrgayman.
Sayri adam asbobini taxt aylash shart,
Qasdi adam etmish hamma ham — koʻrgayman.

215

Ishqing ulugʻ ummonida bir xas — bizmiz,
Shavq gulshani ichra guli navras[38] — bizmiz.
Bizlarga muruvvat et, gʻarib shahr ichra
Darveshi gʻarib, bexeshu bekas — bizmiz.

216

Ul shoʻx firoqi tigʻidan afgorman,
Hijroni balosi vahmidan bemorman.
Har oʻqki, undan yetadi jonimga,
Jon ichra alif aylagali tayyorman.

217

Yuz shukrki, men ahli shariat boʻldim,
Ham mashhuri arbobi tariqat boʻldim.
Maqsad menga asrori haqiqat, shundan —
Men oshiqi asrori haqiqat boʻldim.

218

Ey yor, sening ishqingda giriftor men ham,
Yuz gʻam bilan oshuftaman, ey yor, men ham.
Koʻrsatgil uzoqdan gahi diydoringni,
Ey yor, senga tolibi diydor men ham.

219

Mushtoqiman husni olamoroyingni,
Ham bandasi turrai[39] sumansoyingni[40].
Ey gul, talab vodiysida misli sabo
Izlab yelaman qomati ra’noyingni.

220

Ey husn elining shohi, gadoying boʻldim,
Majnun kabi zoru mubtaloying boʻldim.
Begona boʻlib hammadan-u, jondan ham,
Chin dil bila men sening fidoying boʻldim.

221

Lutf etsa Xudo menga ne bok vahmi jahim,
Uzmasman umidni sira sendan-da, naim.
Har ikki jahonda men gunohdan choʻchimam,
Har ikki jahonda Haq karim hamda rahim.

222

Ey doʻst, fano dayrida hamxona boʻlay,
Sarhalqai[41] ahli dayru rindona boʻlay.
Bezdim juda xonaqohdan-u, istayman —
Rind ahli kabi sokini mayxona boʻlay.

223

Oshuftasimiz qomati shamshodingning,
Bandasi hamisha sarvi ozodingning.
Har shoʻxiga har shaharning oshiqmasmiz,
Biz oshigʻi shoʻxi Astrabodingning!

224

Tokaygacha bechorayu hayron boʻlaman?
Zulfi kabi shoʻxlarni parishon boʻlaman?
Ixlos ila xizmatin qilish orzusida
Men navkari sultoni Xuroson boʻlaman!

225

Ey Tangri, hamisha notavoningman oʻzim,
Pinhona yuzingta nigoroningman oʻzim.
Muhtoj agarchi senga koʻpdir vale,
Eng bandai zor — bexonumoningman oʻzim!

226

Tokaygacha soʻz darozu koʻtoh deyman,
Yoʻl ranji, safar azobidan oh deyman.
Demakka bu bari hasbatanlilloh[42] deb,
Bas, endi mudom hasbatanlilloh deyman.

227

Dunyoi tuban ham bevafoni na qilay?
Ul ma’shuqi har shohu gadoni na qilay?
Dilu din uchun u bir baloyi ofat,
Soʻyla, bu kabi turfa baloni na qilay?

228

Sensiz menga jon chikora — jonni na qilay?
Jon olami ichra bu jahonni na qilay?
Gar kavnu makonu[43] lomakon sensiz esa,
Ul kavnu makonu lomakonni na qilay?

229

Oʻzdan oʻtibon, yoriman bexeshlarning,
Ham zaxmiga malham bari dilreshlarning.
Tuproq uyida oʻzni baland tutmoq bas,
Xoki qadamiman jumla darveshlarning.

230

Ey yor, yuzingga qachonki tushdi nazarim,
Yoʻqdir hech oʻshandan beri oʻzdan xabarim.
Gʻam tunida ohimdan hazar et zinhor,
Nogoh seni to tutmasin ohi saharim.

231

Ka’bani tavof etgali Bagʻdod boramiz,
Koʻngilni qilib xurramu ham shod boramiz.
Ka’ba safari anjomini shay aylab,
Botin uyini etgali obod boramiz.

232

Ming qatla shukr — har kun ahad deyman men,
Yuz bor uni, ming bor — beadad deyman men.
Ixlos ila anjumandayu xilvatda
Ollohu ahad, samad, samad deyman men!

233

Ishq maktabida bu kun sabaq ayturman,
Safha-safha, varaq-varaq ayturman.
Sen tingla soʻzimni-yu, itoat ayla,
Men chunki hadisi hukmi Haq ayturman.

234

Yuz shukrki, Haq dushmaniga yormasman,
Haq doʻsti bilan yorman-u, agʻyormasman.
Dushman kabi nafsimga giriftormasman,
Zorman Unga-yu, oʻzgaga hech zormasman.

235

Bu kulol, bilsang agar, ey shayxi kirom,
Qilgay butun elning xokidan koʻza tamom.
Jismingni ajal bir kuni tuproq etsa,
Bir koʻza qilar seni-da qoyilmaqom.

236

Hasrat chekaman misoli ahli motam,
Har yoqdan yetar koʻnglimga lashkari gʻam.
Umring qadaxiga sira magʻrur boʻlma,
Chil-chil sinar u jafo tigʻi tekkan dam.

237

Ochlik gʻamidan yetdi bu jon labga, ajab,
Tark ayladi-ketdi meni bor ayshu tarab.
Men vositayu sababni, yo Rab, ne qilay?
Bevosita rizqni berasan ham besabab.

238

Hamrozu azaldan unga, hamxona manam,
Hamkosai doimiyu begona manam.
Mayxona bilan yaqinligim bordir azal,
Shundan mudom sokini mayxona manam.

239

Ishq axlidek ishq elida afsona oʻzim!
Afsona-yu, yor bazmida begona oʻzim!
Laylisifat ul yor ishqining dashti aro
Aqlu hushidan begona devona oʻzim!

240

Yov ta’na toshin boʻynima ilsa, ne qilay?
Bagʻrimni jafo tigʻi-la tilsa, ne qilay?
Asli ikki pulga qimmat olam shuni deb,
Boʻgʻzimga mening kelib tiqilsa, ne qilay?

241

Yetkazgusi Olloh sari xilvat kishini,
Toat etay, unutib jahon tashvishini.
Umr avvalida ortmadim dunyo ishidan,
Umr oxirida endi qilay din ishini.

242

Vasling harami ichinda xos ayla meni!
Hajring gʻami bandidan xalos ayla meni!
Xoslar ila suhbat tuzadi mahramlar,
Koʻrsat karam-u, Oʻzingga xos ayla meni!

243

Har lahza talab qilar visolingni dilim,
Vasling talabidir koʻnglim ichra hosilim.
Bir kuni vafo koʻyida oʻlsam, ey doʻst,
Orzum shu: taratsa vafo boʻyini gilim.

244

Ishq ichra manam yagonai ikki jahon,
Oshnoyu kamolda toq sanamga, nigaron.
Ishqida falakdek eruram sargardon,
Boʻlmaydi tutib bu sirni eldan pinhon.

245

Haq nomisiz, ey, soʻzingni yelga sochma,
Gapni ba’zilardek sira olib qochma.
Yum koʻzni-yu Haqdan oʻzgasidan doim,
Zinhor uni Haqdan oʻzgasiga ochma.

246

Zulfing havasi yashaydi koʻnglimda mudom,
Yuz shavqi base yashaydi qoʻnglimda mudom.
Qoshing kabi biz tarafga ham bir qayril,
Qoshing qorasi yashaydi koʻnglimda mudom.

247

Na mehnati dardu dogʻ bor koʻnglimda,
Na hasrati bogʻu rogʻ bor koʻnglimda.
Har ikki jahondan oʻldi koʻnglim forigʻ,
Har ikkisidan charchoq bor koʻnglimda.

248

Ey Tangri, meni xalqqa rahbar ayla!
Sardaftaru sarfarozu sarvar ayla!
Gʻam dashti aro falak kabi sargardon —
Etma meni-yu, dilim munavvar ayla!

249

Jon olamida sen kabi bir jon boʻlmas,
Husningni koʻrib, men kabi hayron boʻlmas.
Koʻying kabi menga bogʻi rizvon boʻlmas,
Mendek unda bir bulbuli nolon boʻlmas.

250

Ey rofiziylar, sizni halok qilgayman!
Sizlar kabi nopokni pok qilgayman!
Tokay ketingiz koʻrsatasiz qumtepadek?
Shul qumtepadek sizni-da xok qilgayman!

251

Din yoʻliga tik boshni — sarafrozlik qil,
Doim jihod ahli ila hamrozlik qil.
Tez vasliga yetmoq tilasang Ollohning,
Topshir Xudoga jonni-yu, jonbozlik qil.

252

Ahdingga xilof ish sira, ey yor, qilma,
Har yerda oʻzingni bu bilan xor qilma.
Va’daga ba’zan vafo qilolmassan ham,
Bas, hech kishiga va’dani bisyor qilma.

253

Ka’baga kishi borsa — na xush davlat bu!
Unda yugurib, horsa — na xush davlat bu!
Olloh uyida bori jahonni unutib,
Rabbiga dilin yorsa — na xush davlat bu!

254

Ul oʻtli muhabbating koʻnglimda mudom,
Fikri gʻami furqating koʻnglimda mudom.
Sensiz oʻtirgan esam-da har majlisda,
Andishai suhbating koʻnglimda mudom.

255

Keltirmadi yorim yodiga koʻnglimni,
Ham yetmadi bir bor dodiga koʻnglimni.
Dil orzusi undan ushalarmi desam-ey,
Yetkazmadi hech murodiga koʻnglimni.

256

Ishq etagidan qoʻlingni koʻtoh ayla,
Yoʻl gardidek oʻzingni xoki roh ayla.
Har ishni Xudo yoʻlida qilmoq boʻlsang,
Olloh haqi, xolisanlilloh ayla!

257

Haq doʻstiga, ey doʻst, madadkorlik qil,
Yorligu havodorligu gʻamxorlik qil.
Olloh yoʻlida qilib har ezgu ishni,
Haq lutfu karamiga umidvorlik qil.

258

Bir lahza, koʻngil, xurramu masrur boʻlma,
Uz toatu zuhding ila magʻrur boʻlma.
Sen oʻzni unut — muqarrabi Haq boʻlasan,
Lek Haqni unutma sira — kofir boʻlma!

259

Rahmat tarafdorligu sardorligingga!
Rahmat vafodorligu ham yorligishta!
Rahmat vafo yoʻlida bizga qilgan
Olloh karami birla madadkorligingga!

260

Haq yoʻlida, ey doʻst, uchrashish bor bizga,
Ollohning oʻzi pushtu panoh, yor bizga.
Haq qoʻllamasa — zafar muyassar boʻlmas,
Gar moʻru malaxdek jangchi bisyor bizga.

261

Ey dil, vujudingni tark etib, foniy boʻl!
Nafsingni taloq ayla-yu, ruhoniy boʻl!
Hech tinglama yolton ila nohaq soʻzni,
Haqni eshit-u, Haqni de — haqqoniy boʻl!

262

Yetkazgay u shoʻx jabru jafo oshiqqa,
Yuz turfa gʻamu dardu balo oshiqqa.
Shu kungacha hech kimga vafo qilmadi, bas,
Qilmogʻi gumon endi vafo oshiqqa.

263

Sindi qadahi-yu, ketdi Jam ham izidan,
Chekib alamu anduhu motam izidan.
Bu gʻamkadada[44] birgina shodlik tilasang,
Kelgay qidirib shu lahza ming gʻam izidan.

264

Hech soʻzlama yolgon, ey yaxshi inson,
El oldida noravo gapirmoq yolgʻon.
Bossin desang oldinga ishim rostlik ila,
Kasb ayla-yu rostlikni, rost soʻzla har on.

265

Mayxona aro tolibi kommiz barimiz,
Rindmiz, agarchi neknommiz barimiz.
Bizdan sira jom birla karomat tilama,
Zeroki, muridi shayxi xommiz barimiz.

266

Ey, ezgu jamoling tarabafzoyi[45] hama,
Diydoringni koʻrish tamannoyi hama.
Tortmasman oyogʻingni xoki koʻyingdan,
Zero, xoki koʻying erur joyi hama.

267

Yoʻq jismim aro mador, oh dardingdan!
Dilda gʻam oʻqi qator, oh dardingdan!
Tokay chekay, ey nigor, oh dardingdan!
Oh dardingdan, ming bor oh dardingdan!

268

Yolgʻizlikdan nolima, ey yaxshi kishi,
Haqdan tila — Haqdan bitadi banda ishi.
Olloh degil, hasbatanlilloh degil,
Boʻlsin desang Ollohni(ng) mudom navozishi.

269

Tokaygacha yigʻlar dilu jon dardingdan?
Tokay qilaman nola-figʻon dardingdan?
Dunyodan oʻtarman gʻamu hasrat birlan
Faryod etibon, oh chekibon dardingdan!

270

Ey, qiblai hojot Sening dargohing,
Qilgay tavof har zot Sening dargohing.
Qoldirmagay olamda biror kimsani ham
Bechorayu benajot Sening dargohing.

271

Yayrar vujudim ne’matining lazzatidan,
Osuda dilim furqatining mehnatidan.
Yuz qatla shukrki, bahramand etdi Oʻzi
Lutfi buluti-la yogʻdirib rahmatidan.

272

Na oʻz ishimizdan malulmiz[46] barimiz,
Na gʻofilu nodon-u, na goʻlmiz barimiz.
Yuz qatla shukrki, ahli olam ichra
Biz ummati hazrati Rasulmiz barimiz!

273

Ey Tangri, bu qulga karamingni yor qil!
Bandangni Oʻzingdan oʻzgadan bezor qil!
Tunlar meni gʻaflat uyqusiga qoʻyma,
Et ogoh Oʻzingdan-u, mudom bedor qil!

274

Ishqida goʻzallarni xarobdir barcha,
Shavq oʻtida oʻrtanib, kabobdir barcha.
Oydek esa-da uyquda qadr tunidagi,
Oydek yuzi birla oftobdir barcha.

275

May majlisida may ila sarxushlik soz!
Hushyorlikdan hamisha behushlik soz!
Sen borsang agar majlisga odob ila
Xomush oʻltir, baridan xomushlik soz!

276

Oʻtkinchi jahonni tark etib ketdi hama,
Ruhning qafasin bir-bir silkitdi hama.
Aslida yaralgandi qaro tuproqdan,
Aylandi yana tuproqqa — yitdi hama...

277

Yolgʻiz oʻzi na ranju alam boʻlgaydir,
Na zulmu sitam, na dardu gʻam boʻlgaydir.
Har qayda quvonch bor — qaygʻu ham boʻlgaydir,
Ikkisi mudom birga — baham boʻlgaydir.

278

Bir lahza nafs mute’i farmon boʻlmas,
Oʻz qilmishidan sira pushaymon boʻlmas.
Dunyodagi bor mazhablar hukmi bilan
Kofir atalur u — hech musulmon boʻlmas!

279

Olsang-da jahonni zoʻr bilan — oxiri hech,
Yuz yil yashasang-da unda san — oxiri hech.
Dunyodagi bor shohlar oyogʻingni oʻpib,
Tursa seni(ng) xizmatingda shan — oxiri hech.

280

Ey yori aziz, kishi mazallat[47] chekmay,
Yetgaymi xazinaga mashaqqat chekmay?
Din davlatini qoʻlga kiritolmassan,
Din yoʻlida to jafoyu mehnat chekmay.

281

Yo Rab, hamma dardga davo qilgaysan,
Dorushshifoyingdan shifo qilgaysan.
Quldir eshigingda shohlari dunyoning,
Sen kimni shoh-u, kimni gado qilgaysan.

282

Berguvchisan, ey Tangri, murodimni oʻzing,
Ham tinglaguchisan arzu dodimni oʻzing.
Sen qoʻllamasang — yurishmagay hech bir ish,
Berguvchisan har ishda kushodimni oʻzing.

283

Ey solik, agar boʻlsang mardlar fardi,
Pok dilishta qoʻnmasin riyoning gardi.
Mardona suluk aylagil andoq, toki
Mardlar atasinlar seni mardlar mardi!

284

Yoʻq oʻzga gʻami agarda yorim boʻlsang,
Nechuk chekayin gʻam — gʻamgusorim boʻlsang.
Yaldo tunidek boʻldi kunim hajringda,
Koshki uni yoritguchi norim boʻlsang.

285

Boʻldim Xudo lutfi bilan xoni Hirot,
Boshim bezadi afsari sultoni Hirot.
Boz ustiga, boʻldim koʻzim gavharidek
Oy yuzli goʻzallaringni(ng) hayroni, Hirot!

286

Boʻlmay turib, ey yor, hanuz xoni Hirot,
Boshim bezamay afsari sultoni Hirot,
Aqlu hushim oldilar Hirot hurlari-yu,
Toʻldi bu dilim ohiga osmoni Hirot.

287

Ey marhami jon, menga davo keltirding,
Bul xasta dilu jonga shifo keltirding.
Izlardim uni oʻzga shifoxonadan-ey,
Lutf aylab Oʻzshgg, menga davo keltirding.

288

Orzum shu: meni xalq ichra mumtoz[48] ayla!
Lutfu karamingni men sari boz ayla!
Yo Rab, menga in’oming farovon aylab,
Vaqt keldi, bu bandangni sarafroz ayla!

289

Ey, koshki Vatan «Bogʻi xiyobon» boʻlsa,
Yo «Bogʻi safid»u, «Bogʻi zogʻon» boʻlsa,
Yo «Bogʻi diloro»yu, «Jahonoro» ham,
Yo «Bogʻi guliston»u, «Gulafshon» boʻlsa![49]

290

Chiqmaydi sira yodimdan yodi Hirot,
Haq qoʻllasa gar bergayman dodi Hirot!
Boʻlgay yana yangidan ishratobod
Aysh-ishrat ila mehnatobodi Hirot.

291

Haq lutfi bilan boʻlsam agar xoni Hirot,
Insofu adolat ila sultoni Hirot,
Haq lutfi bilan oʻshal zamon boʻlgayman
Hamsuhbatu hamnishini xoʻboni[50] Hirot.

292

Jon gulshanida gʻunchai xandonim oʻzing,
Dunyo bogʻida sarvi xiromonim oʻzing.
Sensiz bu koʻzim hech nimani koʻrmaydir,
Ey gavhari bu diydai giryonim oʻzing!

293

Ey dil, mendan na koʻz, na jon topgaysan,
Na nola-yu faryodu figon topgaysan.
Topay seni deb oʻzni yoʻqotdim andoq —
Mendan endi na nomu nishon topgaysan.

294

Ey banda, sira bermagil ozor kipgaga,
To bor ekan umring, boʻlaver yor kishiga.
Qil andisha — hech dilni giriftor etma,
To nogoh oʻzing boʻlma giriftor kishiga.

295

Bosmaydi ishing olgʻa tavakkul qilmay,
Andishai juz’u fikrati kul(l) qilmay.
Gul qoshida dam urma vafodan aslo,
To jabri tikaniga tahammul[51] qilmay.

296

Hech vaqti gʻazot uzru takalluf qilma,
Oʻzingni shu tarz ahli taassuf qilma.
Aytay senga, ey pokiza tiynat gʻoziy,
Zinhor gʻazo oni taxalluf[52] qilma!

297

Kechib vujudingdan agar hur boʻlasan,
Haq mehriga yor, lutfiga ma’mur boʻlasan.
Vosil boʻlasan vasliga-yu Ollohning,
Nur olamida boshdan-oyoq nur boʻlasan!

298

Ey Tangri, bashar ahliga koring bordir,
Pinhon nazaring tushguchi yoring bordir.
Har ikki jahonning egasi Sendirsan,
Har kim bila gohi ixtiyoring bordir.

299

Dunyoda topilmaydi oʻzingdan xubroq,
Ham husnu jamol olamida margʻubroq[53].
Zebolar ichinda yoʻq oʻzingdan oʻtari,
Sendan koʻra boʻlmaydi kishi mahbubroq.

300

Tokay bu tiriklik mayidan mast boʻlasan?
Xorlikka tutib yuz, bir kuni past boʻlasan.
Olloh yoʻlida sen oʻzligingdan kechgil,
To Oʻzi bilan manguga payvast boʻlasan!

301

Sen mardsan agar boʻlsang amir nafsingga,
Ogohu hazir boʻl bir umr nafsingga.
Olamda sira ozodlik topmassan,
Ey banda, agar tushsang asir nafsingga!

302

Umr oʻtdi gʻamu gʻussa bilan, ey voliy,
Bir lahza dilim boʻlmadi gʻamdan xoli.
Xushhollikdan bormi jahonda xabare,
Yo xushhollik ketdi jahondan bosh olib?!.

303

Gar boʻlsa jahon zeru zabar, gʻam chekma!
Yo boʻlsa u bundan-da batar, gʻam chekma!
Sendan soʻramaydi hech kishi hech narsa,
Boʻlsang baridan bas, bexabar, gʻam chekma!

  1. Magas — pashsha, chivin.
  2. Musammo — nomlangan, ism berilgan.
  3. Dilreshlik — xasta dillik, dilafgorlik.
  4. Bu ruboiy Ubaydulloxonning amakisi Muhammad Shayboniyxonning 1507 yili Xirotni qoʻlga kiritishi munosabati bilan yozilgan.
  5. «Bogʻi xiyobon» — Hirotdagi mashhur bogʻ.
  6. Soʻz — quydirish, oʻrtash; olov, alanga.
  7. Zod — bu yerda: ruhiy oziq.
  8. Avrod — zikrlar, duolar. Bomdod namozidan soʻng oʻqiladi.
  9. Vird — duo.
  10. Ayyosh — ishratparast, aysh-ishratni sevuvchi.
  11. Shia mazhabidagi Ismoil Safaviy sipohiylari oʻn ikki xil rangdagi lenta oʻralgan bosh kiyimida yurgani uchun qizilboshlar deb atalgan.
  12. Bu yerda Muhammad alayhissalom qoʻzda tutilmoqda.
  13. Mahak — oltin-kumushga surtilib, ularning toza-notozaligini aniqlaydigan tosh; sinov toshi.
  14. Omil (Omul) — hozirgi Chorjoʻi shahrining qadimgi nomi.
  15. Pargor — sirkul'. Bu yerda majozan sarson qilish, oʻz atrofidan aylantirish, ovora qilish ma’nosida kelayapti.
  16. Purxun — qonli, qonga toʻla.
  17. Dad — yirtqich, yovvoyi hayvon.
  18. Roʻboh — tulki.
  19. Fosid — buzilgan, buzuq, nojoʻya.
  20. Kosid — kasod.
  21. Hosid — hasadgoʻy.
  22. Muzd — xizmat xaqi, ish haqi; mukofot.
  23. Ma’mun — xavf-xatarsiz, tinch-omon.
  24. Samak — bu yerda yer osti ma’nosida kelib, falakka qarshi qoʻyilayapti.
  25. Mazmum — ayblangʻan, yomonlangan, nafratlangan.
  26. Sulton Sanjar — saljuqiylar sulolasidan sakkizinchi hukmdor (1118—1157).
  27. Xayl — toʻda, guruh, toifa; el, jamoa.
  28. Mubaddal — almashtirish, oʻzgartirish.
  29. Oloyish — ifloslik, kirlik.
  30. Hofiz — saqlovchi, ximoya qiluvchi.
  31. Milal — millatlar, xalqlar.
  32. Hiyal — hiylalar, firiblar, aldovlar.
  33. Raftor — yurish, xirom aylash, xarakat.
  34. Mushavvash — tashvishli, parishon, beorom.
  35. Mustaqim — toʻgʻri, rost.
  36. Salim — sogʻlom, salomat, omon.
  37. Angushtnamo — mashhur, dong taratgan.
  38. Navras — yangi oʻsib kelayotgan, yosh.
  39. Turra — kokil, soch oʻrimlari, zulf.
  40. Sumanso — sumanga oʻxshagan.
  41. Sarqalqa — yetakchi, boshliq.
  42. Hasbatanlilloh — Xudo uchun, Xudo haq-hurmati uchun.
  43. Kavnu makon — borliq, koinot.
  44. Gʻamkada — gʻam uyi; majozan: gʻamgin dunyo, qaygʻuli olam.
  45. Tarabafzo — xursandlikni oshiruvchi.
  46. Malul — ranjigan, gʻamgin, xafa, jafo chekkan.
  47. Mazallat — xor-zorlik, bechoralik.
  48. Mumtoz — sarbaland; tanlangan, saralangan, afzal.
  49. Bu yerda Hirotning mashhur bogʻlari tilga olingan.
  50. Xoʻbon — goʻzallar, zebo qiz va ayollar.
  51. Tahammul — sabr, bardosh, chidam.
  52. Taxalluf — ixtilof, nomuvofiqlik, qarshilik.
  53. Margʻub — yoqimli, sevimli, ma’qul; dilkash, xushroʻy.