OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

5 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifUchqun Nazarov
Asar nomiAlangali salom (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/sovet adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Uchqun Nazarov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm23KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2011/06/03
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Alangali salom (hikoya)
Uchqun Nazarov

Reja shunaqa— rahbar u rayondan chiqishi bilanoq kimdir bu rayonta qoʻngiroq qiladi, Parpiev boshchiligidagi bir toʻda rayon amaldorlari mashinalarga oʻtirib kanalga borishadi, rahbarni — «qoʻldan qoʻlga» degandek — qabul qilib olishadi. Kanal ikkala rayonning chegarasi boʻyida zamonaviy tusda ishlangan minora bor, taklif soʻzlari bitilgan. Bunaqangi minoralar deyarli hamma rayonlar chegarasiga oʻrnatilgan boʻlib koʻrgan kishi boʻ minoralarga qarab, rayon salmogʻini taxmin qiladi. Har joyda albatta, choraga aylanib qol-gan jabhalar — ya’ni, partiya komiteti va uning oldidagi Lenin haykali, Savdo Markazi, Madaniyat Saroyi va rayon faxri hisoblangan bironta yo atlas, yo kashtachilik yoki kulolchilik muassasasi boʻladi. Bular qatoriga rayonning chetida boʻlsa ham yutuqlar ramzi hisoblanmish marmar zinali GAIning ikki qavatli oynaband binosy kiradi. Kiraverishda qanday inshoat boʻlmasin, Parpiev ularni «rayon darvozasi»deydi, mablagʻ ayamaydi. Pribaltikami, Gruziyami, G’arbiy Ukrainami — qayoqqa bormasin, Parpiev rayon me’morini olib ketadi, koʻziga jozybali koʻringan narsalardan nusxa koʻtartiradi, oʻz rayonida qurdiradi, bitishini sabrsizlik bilan kutadi, boshqa rayonda bironta antiqa osor koʻrsa, halovatini yoʻqotadi-qoʻyadi, undan oshrib qurdirmaguncha koʻngli oʻrniga tushmaydi. Qaysi byr rayonda «Ona-er», «Abadiy mash’al», «G’alaba jangchisi» deb nomlangan obidalarni koʻrdiyu, yana tinchini yoʻqotdi, darhol me’morni chaqirtirib, topshiriq berdi. U uchchala mazmunni mujassamlab, bitta yaxlit yodgorlik— ya’ni, yaralangan Jangchi jasadini mushtipar va matonatli Ona tizzasida ifoda qildi, oldidagi mash’al alangasi esa bu mardonavor siymoga fojiali yolqin tashlab turadigan eskizni chizib koʻrsatdi.
— Qora granitdan yasaymiz!— dedi Parpiev ruhlanib me’morga.
— Qora granit ham yaxshi, — dedi me’mor ikkilanib. — Ammo haykal yuzida mash’al yalligʻlanmaydi. Tosh qorada. Bronza boʻlsa kunduziyam, kechasiyam yaxshi koʻrinadi.
— Juda soz!

Umuman, rayon markazida qanday koʻzga koʻrinarli yodgorlik qad koʻtarmasin, barisini odamlar Parpiev nomi bilai bogʻlaydilar, Parpiev ham bu narsalarni oʻzi barpo qilgandek juda gʻamxoʻrlik bilan asrashga intiladi. Bir yigitcha «Mash’al» supachasiga chiqib, alanga oʻtidan sigareta tutashtirgan ekan, Parpiev uni oyogini yerga tekkizmay oʻn besh sutkaga qamattirib qoʻydi:Bir bola fontanda choʻmilgan ekan, otasini vazifasidan oldirib tashladi, memorial kompleksiga qorovul tayynladi — haykallarga qush qoʻnsa qorovul baloga qoladi, sigaret tutatish, fontanda choʻmilish qayoqda! «Muzeyga aylantiraman markazni!»— deydi Parpiev doim. Yashovchilar «Muzeyni» chetlab oʻtishga harakat qylishadi...

Mana hozir maydonda tumonat odam, respublika rahbarini tantana bilan kutib olish, Madaniyat Saroyida miting oʻtkazish uchun rayonning barcha joylaridan amaldorlar toʻplangan. Maktab mashgʻulotlari toʻxtatilgan, baraban sadolari tinmaydi shippak fabrikasi ayollari bashang kiyinib, jazirama oftobda tovlanib, tuda boʻlib turishipti.

Parpiev goh tashqariga chiqadi, goh raykom idorasiga kiradi — qoʻshni rayondan rahbar yoʻlga chiqqani haqida qoʻngiroq boʻlishi kerak, telefondan uzoq keta olmaydi, rahbar esa hadeganda kelavermayapti. Parpiev qoʻshni rayon partiya kotibidan ijirgʻana boshladi, rahbar u yordagi limonxonalar, stadion va internatni koʻrayotganini koʻz oldita keltirdi, gʻashi keldi. «Toʻp oʻynaydigan komandasi yoʻgʻ-u, stadionga balo bormi?»— deb oʻyladi. Parpiev shu yildanoq stadion qurilishini boshlab yuborishni diliga tugib qoʻydi. «Uniki besh ming oʻrinli, men oʻn besh ming oʻrinli qurdiraman, oblast musobaqalari menikida oʻtadigan boʻladi»...

Xona sovib ketdi. Parpiev derazalarga oʻrnatilgan uchta kondintsionerdan birini oʻchirdi, vajillash tovushi pasaydi.

Eshikni taqillatmay raykomning uchinchi kotibi Moʻydinov kirdi, stol yoniga kelib toʻxtadi. Parpiev savol nazari bilan unga qaradi — nigohida anday asabiylik sezilardi. Moʻydinov aytmoqchi boʻlib kelgan gapni qay yoʻsinda ochishni bilmay, pikilandi, qiyshayib turgan stulni toʻgʻrilab stol tagiga surib qoʻydi. Uning sochlari nam, yuzi terdan yiltirar, qora kostyumining tugmalari yechilgan edi.
— Xoʻsh?— dedi Parpiev, tirsagini stol oynasidan olib.
— Odamlar betoqat boʻlishyapti, — dedi Moʻydinov bir oz hadiksirab, goʻyo bunda oʻzi aybdordek. — Kun issiq, hamma ochiqda, atrofga alanglashayapti, gaz-budkaning oldi tumonat, stakan yetishmaydi.
— Militsiya nima qilayapti?— ijirgʻanib soʻradi Parpiev. — Kapitan qayoqqa qarayapti?
— Kapitan oʻsha yerda, odam koʻpda, epaqaga solish qiyin.
— Ayting, yana naryad chaqirsin, — dedi Parpiev oʻrnidan turib. — Agar tarqab ketsa, byuroda shaxsan javob beradi.
— Xoʻp, — deya Muydinov eshik tomon qayrildi.
— Nega laparchilar indamay qolishdi, nega mashshoqchilarnnig muzikasi eshitnlmaydi, — ovozini koʻtarib soʻradi Parpiev eshik oldiga borib qolgan Muydinovdan.
— Bir oz dam soʻrashdi, ertalabdan beri tinishgani yoʻq. — toʻxtab dedi Moʻydinov uzr ohangida. — Quloqni qomatga keltirib yuborishdi, ruxsat berdim. O’n besh minutga. Mehmondardan darak boʻlishi bilan yana boshlashadi.

Parpiev noxush bosh silkib qoʻydi.

Moʻydinov bir-ikkn qadam Parpiev tomon yaqinlashdi.
— Hali qoʻngʻiroq boʻlmadimi?— jur’at qilib soʻradi u.
— Qilib qolishar, shuncha vaqt oʻtdi-ku, — dedi Parpiev telefonga ishora qilib, keyin toqatsiz nazar bilan deraza orqali tashqariga qaradi.
— Havo qizib ketyapti, — deya Moʻydinov yana yaqinroq keldi. — Odamlarni parkka oldirsak nima deysiz? Soya bor, terlari qotadi. Suv-puv ichishadi.
— Yoʻq, — dedi Parpiev qat’iy. — Maysalarni bosib tashlashadi.
— Soyaga olmasak, qiynalib ketdi xalq, rost, — dedi Moʻydinov samimiy va oʻz samimiyligidan hijolatga tushgandek, koʻzlarini pirpiratdi. — «Ilich» kolxozining kutubxonachisi hushidan ketib qoldi.
— Nega hushidan ketadi?
— Oftob urganmish, doktorlar shunaqa deyishtsi...
— Yana bir oz kutaylik, — dedi Parpiev oʻylanib, — Koʻpi ketib ozi qoldi. Muzikachilarga ayting, chalgʻitib turishsin karnay-parnaylarini chalib.
— Karnaylari qizib ketyapti, qoʻl tekkizib boʻlmaydi. .
— Boshqa narsa chalishsin, — dedi Parpiev ijirgʻanib. — O’yin-poʻyin qilishsin.
— Guldastalar ham soʻlib qoldi, chelaklarga soldirib qoʻydim, lekin jonlanishi qiyin...

Parpievning rangi oʻchib ketdi.
— Boqqa mashina joʻnating, yangilarini keltirishsin— dedi u buyruq ohangida. — Boring tez, hali-zamon kelib qolishsa, xunuk boʻladi.

Moʻydinov shoshib idoradan chiqib ketdi.

Parpiev asabiy holda kabinetining bu boshidan u boshiga yura boshladi. Telefon apparati hamon jiringlamas, Parpiev esa borgan sayin toqatsizlanar, ich-ichidan gʻazabi uygʻonar, xonadan otilib chiqib ketgisi kelar, biroq, chiqib ketsa shu ondayoq qoʻngʻiroq boʻlib gʻaflatda kolishidan hayiqardi. «Nahot telefon qoqish eslaridan chiqan boʻlsa?— xunob boʻlib oʻylardi Parpiev. — Axir kelishgan edikku!Rahbar yoʻlga chiqishi bilan qoʻngʻiroq qilamiz, deb va’da berishuvdiku. Ipsiz bogʻlanib oʻtiribmana!. Agar telefon qilishni unutgan boʻlishsa, Rahbar yoʻlga chiqqanu, qatorma-qator mashinalar maydonga kirib kelayotgan boʻlsa shu topda, u yerda esa men, ya’ni, rayon partiya komitetining birinchi sekretari boʻlmasam, ne azob bilan toʻplangan xalq pana-panada mudrab oʻtirgan, guldastalar soʻligan, kimdir hushidan ketib yotgan boʻlsa, unda nima deb nom topaman, qanday oʻzimni oqlay olaman? Telefon kutayotuvdim, qoʻngʻiroq qilishmadi, deymanmi? Kim gapimga quloq solar-di? Qaytaga ayblashadi, jazo axtarishadi. Oblast komitetining birinchisi meni aslida uncha xush koʻrmaydi, rayon koʻrsatkichlarining bitta moddasi chatoq boʻlsag allaqachon masalamni byuroga qoʻygan boʻlardi. Mana endi bu gal unga qoʻl keladi, Rahbarning qulogʻiga visir-visir qiladi, Rahbar ham narigi rayondagi dabdabalardan keyin bu yerdagi ahvolni koʻrib, obkomning visir-visiriga e’tiroz bildirmaydi, masalam oʻsha zahotiyoq hal boʻladi... Kimga dod deysan, agar respublikaning birinchi odami shunday qarorga kelsa?.. Nima qilish kerak ekan? Nima?... Men bu yerda xayol surib oʻtiribman, Rahbar allaqachon kelib, men yoʻqligimni koʻrib, shartta orqasiga qayrilib joʻnab qolgan boʻlsachi?»

Parpiev oʻz gumonlaridan oʻzi qoʻrqib ketdi, telefonga otildi, Moʻydinovni chaqirdi.
— Nima boʻldi, kelishdimi?— xovriqishini bosa olmay soʻradi Parpiev dagʻal ovoz bilan.
— Kim? Militsionerlarmi?— — trubkadan eshitildi Moʻydinovning choʻchinqiragan ovozi.
— Yoʻq! Mehmonlar!— dedi Parpiev uchinchn kotibning ziyrakmasligidan tutoqib.
— Yoʻq, — dedi Moʻydinovning ovozi biroz sukut saqlab. — Xabar berishlari kerak edi-ku, oʻzingizga.
— Jimjit, — dedi Parpiev andak tinchlanib. — Kutayapman. Hali-zamon qoʻngʻiroq boʻlib qoladi. Siz oʻshatdan jilmang. Men telefondan nari ketolmayman. Ishqilib sharmanda boʻlmaylik, — dedi Parpiev va bir nafas jim turgach, soʻradi. — Militsionerlar keladimi? Yangi naryad?
— Kapitan idorasiga telefon qildi, — dedi Moʻydinov sarosimadan holi boʻlgandek. — Kelishadi.
— Nega jimjit?Nega qoʻshiq eshitilmaydi?
— Aytishayapti, — dedi Muydinov darrov. — Mikrofonlar oʻchirib qoʻyilgan.
— O’chirishmasin, — dedi Parpiev e’tirozsiz. — Sovutishmasin. Axir rayon uchun tantana, bayram-ku bugun. Hali miting bor, Rahbarning nutqi bor-a! Butun respublika matbuoti, radio, televizor xabar berishadi. Kechqurun «axborot» koʻrsatadi. Siyosiy tadbir-a?
— Xalq tushunayapti, Vali Parpievich, — dedi Muydinov. — Mas’uliyatni sezayapti. Lekin...
— Xoʻsh?— Moʻydinovning jimib qolganidan bezovtalanib soʻradi Parpiev. — Nima «lekin»?
— Maktab bolalari betoqat boʻlishayapti-da, transporant-portretlarni bir-birndan yulishayapti...
— Ehtiyot boʻling, Safar Moʻydinovich, — dedi Parpiev Moʻydinovnning gapini boʻlib. — Ayniqsa, Bosh sekretarnikiga qarang, omonat tutishsin, Rahbarnikini ham!
— Chetta oldirib qoʻydim, — dedi Moʻydinov hozirjavoblik bilan. — Mashinalar koʻrinishi bilan odamlarning qoʻllariga tutqazamiz.
— Nega chetga oldirnb qoʻydingiz?— xadiksirab soʻradi Parpiev. — Lop etib kelib qolishsa ulgurmaysizlar-ku!
— Chetga oldirmasam, Vali Parpievich, — dedi Moʻydinov uzrli ohangda. — Siyosiy tusi bor.
— Siyosiy tusi? — tushunmay soʻradi Parpiev.
— Ha-da, Vali Parpievich, — dedi Moʻydinov iymanib. .
— Odamlar portret-u alvonlarni boshlariga koʻtarib, soyabon qilishayapti...
— Juda toʻgʻri qilibsiz, Safarjon, — dedi Parpiev katta bir xatodan holi boʻlgandek. — Ishqilib portretlar panadami? Oftobdan qovjirab yotgan boʻlmasin.
— Yoʻq, — dedi Moʻydinov dadil ovoz bilan. — Panada. Skameykaga taxlattirib qoʻydim. Yoʻlakdagi skameykaga. Daraxtning soyasida.
— Gullar nima boʻldi?— mamnun holda soʻradi Parpiev. — Buketlar?
— Hozir olib kelishadi, — dedi Moʻydinov bosiq-xotirjam ovozda. — Suvga soldirib qoʻyamiz. Kechirasiz...

Trubka qisqa dudulay boshladi, Parpiev hayron boʻlib, trubkani telefon apparatiga qoʻydm, koʻngli yana allanechuk gʻulgʻulaga toʻla boshladi.

«Bunaqa odati yoʻq edi-ku Moʻydinovning— Deb oʻyladi Parpiev taajjubda, — men gapgya chek qoʻymagunimcha suhbatni boʻlmasdi... Yana nima hol roʻy berdi ekan? Yo yana bironta ayol hushidan ketib qoldimikin?Boyagi kutubxonachi ayol nim qorongʻi zax xonaga oʻrgangan, tashqa-riga kam chiqadi, oftob urgan boʻlishi mumkin, ammo boshqalar dala odami-ku, unaqa-munaqa jaziramani pisand qilishmaydi ham... Ammo nima uchoʻn Moʻydnnov trubkani tashladi? Nima boʻlishi mumkin?

Shunday notinch xayollar iskayjasida Parpiev yana kabinetning u boshndan bu boshiga yura boshladi. Qizil telefon apparati hamon jim, portlash moddasi oʻrnatilgandeq sirli sukut saqlar, Parpievning sabrini asbob toridek tarang ushlar, asabinn zirqiratardi.

Parpiev bir necha kunlar mobaynida Rahbarni kutib olish bilan bogʻliq tuzilgan tadbirlar roʻyxatini birma- bir xayolidan oʻtkaza boshladi, raykom bogʻidagi marmar jigʻali soy boʻyida, bahaybat chinorlar ostida ziyofat uchun qurilgan stollar, masalliqlar, ichimliklar taxt, qoʻylar soʻyilgan, nimtalangan, goʻsht parchalari qovurgʻa suyaklari bilan sixlangan, baligʻu parrandalar xam tayyor, oshpazlar, mashshoqlar, raqqosa qizlar shay, imoni kutib oʻtirishibdib, koʻchalarga bir necha martalab mashinalar suv sepib chiqqan. Madaniyat Saroyyda gilamlar solingan, oʻttizta sovuq havo beroʻvchi kbnditsionerlar tundan beri tinmay ishlab turipti, hamma qandillar yonib yotipti, mikrofoilar oʻrnatilgan, Leniining yarim tonna keladigan oq byusti sahnaning orqasida magʻrur turigpti, savat gullar, duxoba parda, lentalar, projektorlarning nurlari, militsiya, tez-yordam...

Shu payt telefon jiringlab, Parpievni seskantirib yubordi. Biroq bu qizil telefon apparati emas, mahalliy aloqa uchun oʻrnatilgan apparat edi.
— Alyo, — dedi Parpiev trubkani olib. Qizil telefon jiringlamagani uchun uning hafsalasi pir boʻlgan-
— Vali Parpievich, bu men, — dedi Muydinovniig uzrli tovushi, — Boya toʻsatdan trubkani tashlab qoʻydim, kechirasiz...
— Nima gap, tinchlikmi?— bezovtalanib soʻradi Parpiev.
— Nima desamikin, — dedi Moʻydinov mijgʻovlanib.
— Ayting, odamni xunob qilmay!— keskin dedi Parpiev.
— Dohiylarimiz portretlarini chetga, skameykaga taxlatib qoʻydim, devdim sizga...
— Xoʻsh? — oʻshqirdi Parpiev va hapqira boshlagan yuragiga kaftini bosdi.
— Shu, deng, suv sepadigan mashina shalabbo qilib ketdi, hammayoq shovqin, ha-xu deganimizni shofer eshitmadi. — Moʻydinovning ovozi oʻlim hukmini kutayotgan mah-busnikidek dagʻillar, najot kutar edi.
— Yaramaydimi?
— Rasvo, — dedi Moʻydinov arang. — Ranglari suykalib ketipti.
— Koʻz-quloq boʻlib turing desam, menta koʻrsatgan karomatingiz shu boʻldimi?!— dedi Parpiev tutoqib. — Vaqt tigʻiz paytda! Toʻrt-besh minut qolganda mehmonlarning kelishiga! E, oʻrgildim sizdan!Shunaqayam noshud boʻladimi odam degan?— Parpievning boshi qotib sukut qildi.
— Musofirchilarga aytdim, Vali Parpievich, — bir necha daqiqali sukutdan soʻng arang botinib soʻz qoqdi Moʻydinov, — maktablardan qidirishadi, madaniy mollar magaziniga odam yugurtirdim, unaqa portretlar defitsit emas, topib kelishadi. Ulgursak boʻlgani. Ammo lekin...
— Yana nima «ammo-lekin»?— oʻta xunob boʻlib baqirdi Parpiev.
— Maydon siyraklashib qolyapti, Vali Pariievich, — dedi Moʻydinov nigʻlagudek ohangda. — Ming xil bahona birovi suv deb gʻoyib boʻlayapti, birovi hojat, deb.
— Militsiyachi? Haliyam naryad kelmadimi?
— Keldi, eplay olmayapti...
— Menga qarang! — dedi Parpiev qat’iy tarzda Moʻygdinovning gapini boʻlib— Hammani Madaniyat Saroyiga olib kiringlar!Tezlik bilan! Tushundingizmi? Vestibyulda toʻplanglar. Tarqalib ketishmasin. Zalga qoʻyilmasin, kreslolarni rasvo qilishadi.
— Vestibyulga sigʻishmaydi, Vali Parpievich...
— Sigʻishmasa, ikkinchi qavat bor, uchinchi... Faqat zalga kirishmasa boʻlgani — dimiqib ketadi. Tushundingizmi?
— Tushundim, Vali Parpievich, — bir oz yengil tortib javob berdi Moʻydinov. — Hozir aytaman, olib kirishadi...
— Boʻpti, bajaring!-— dedi Parpiev. — Meni vaziyatdan xabardor qilib turing.
— Xoʻp boʻladi, Vali Pargshevich.
— Rasmlar esingizdan chiqmasin, imillamang, oqibatini oʻylang, ish buzilsa, rahmat deyishmaydi. Yuguring, bajariig tez!

Parpiev telefon trubkasini sharaqlatib qoʻydi, qoʻlinn koʻksidan olib orqasiga suyandi, koʻzlarini yumdi.

Qizil telefon hamon jnringlamas, asabiy vaziyatni battar keskinlashtirgandek edi.

Parpiev stol galadonidan validol olib, tilining ostiga tashladi. Yuragi shu bugungi mash-mashaga chidab bersa koshki, shu bugungi marosimlar ishkalsiz oʻtib olsa mayli edi, ertasiga nima boʻlmasin, u yogʻi bir nav. Axir respublnkaning Rahbari— mana Parpiev rayonni qabul qilib olganiga toʻrt yil boʻlibdi — birinchi marta kelishi. Ertangi kun, kelajagi bugungi taassurotga bogʻliq, biron jihati Rahbarni qoniqtirmasa, tamom, shuncha qilgan toat-ibodati chippakka chiqadi. Qoyil qolib ketishi kerak! Loaqal qoʻshni rayonnikidan kam boʻlmasligi shart.

Parpiev ermak xayollarga choʻmib, oʻzini Rahbar roʻpa-rasida koʻrdi — Rahbar betinim kular, gul tutgan qizaloqni bagʻriga bosib, peshonasidan oʻpar, Parpievning yelkasiga qoqar, obkom sekretarga mamnun holda nimalarnidir uqtirar, obkom sekretari itoatkorona bosh silkir, Rahbarning gaplarini ma’qullar, Parpiev tomon qarab, ma’nodor iljayib qoʻyar, Parpiev esa oʻzini tushunmaganga olar, atrofga sarak-sarak boqar, ammo Rahbar bilan obkom sekretari bu, Parpiev haqida gap olib borayotgayaini his qilar, ich-ichidan quvnab ketar edi...

«Yaxshi taassurot qoldirishda gap koʻp», — deb oʻyladi Parpiev xayollariga xotima yasab. Abjir, ish koʻzini biladigan yigit ekan, degan taassurot bilan qaytsa Rahbar. kifoya, Parpievning yoʻli oʻzidan-oʻzi ochilaveradi, hech kim toʻgʻanoq boʻla olmaydi. Hatto xush koʻrmaydigan obkom sekretari ham...

Yana Parpievni choʻchitib telefon jiringladi, xayolning beliga tepdi. Qiznl apparat emas, yana zangori telefon, yana Moʻydinovning sarosimali tovushi Parpievning jinidan battar yomon koʻrinib ketdi. Moʻydinovning oʻziyam ovoziyam. Soʻtak!Rasmlarni suvga boʻktirib oʻtiribdi, landovur. Odam boʻlmaydi.
— Alyo, — dedi Parpiev noxush ovozda va yana bir koʻngilsiz xabar kelishini chamalab, xoʻmraydi.
— Vali Parpievich, — dedi Moʻydinovning aybli ovozn.
— Xoʻsh, yana biron ishkalmi?
— Ishkalmas, Vali Parpievich, odamlar tashqariga chiqaylik. deyishyapti...
— Chiqarmang, bittasiniyam chiqarmang!
— Hojatga deyishyaiti...
— Yoʻq, ishtonlariga qilib qoʻysayam, chiqarmang!
— Bosib kelishayapti, Vali Parpievich, militsiyaning ham kuchi yetmayaati.
— Yoptiring eshikni!Qulflating!— deya Parpiev dargazab holda baqirdi. — Eshitdingizmi? Qulflating, kalitini oʻzimga olib kelib bering! Darrov! Buzgʻunchilik qilayotganlarni yozib bering!Tashqariga militsiya qoʻydiring. Derazalarni ochtirmang. Tamom. Gap shu! Bajaring! — Parpiev Moʻydinovning mingʻirlagan ovozidan ijirgʻaiib trubkani tashladi, qoʻngʻiroq tugmasini bosdi.

Qabulxona eshigi ochilib, sekretar qiz moʻraladi.
— Shofernn chaqirang, — dedi Parpiev qovoqlari ostidan qizga tikilib.
— Xoʻp.

Tezda shofer yigit kirdi, raykom hovlisidagi ishkom ostida narda oʻynayotgan boʻlsa kerak, turqi tumtaygan edi.
— «Baland koʻprikka» hayda, — dedi Parpiev yuz tusida hech qanday hayajonni ifoda qilmay. — Mehmonlarning qorasi koʻrinishi bilan telefon qil.
— U yerda tayinlangan odam borku.
— Ehtiyot shart, — dedi Parpiev qiyofasini buzmay.
— Siz nimada borasiz, men u yoqqa ketsam?— mulohaza qilgaya aytdi shofer.
— Sheriginga ayt, tayyor tursin.
— Xoʻp.

Shofer chiqib ketgandan keyin bir oz vaqt oʻtgach, eshik tirqishnda yana sekretar qiz koʻrindi.
— Hm?
— Kalit tashlab ketishdi, — dedi qiz eshitilar-eshitilmas ovozda. — Sizga.
— Opkeling.

Sekretar qiz yaqinlashib, kalitni stol burchagiga omonatgina qoʻydi.
— Choy olib kiraymi?— soʻradi qiz eshik oldidan.
— Mayli.

Parpiev kalitni shim choʻntagiga solib, soatiga qara-i. Uch boʻlibti. O’n ikkiga kelishlari, bir oz rayonni koʻzdan kechirgach mitingga kirishlari kerak edi. Hamma balo oʻsha rayonning birinchisi, mahmadona Eshmuhamedovda!Tovuqxonasi ham qolmagandir Rahbarga koʻrsatmagan!Kani endi zamon koʻtarsa-yu, shartta borib revolverni tirab, la’natining peshonasndan qoʻyvorsang-da, armondan yayqsang!

Qabulxona eshigi ochilib, ijrokom raisi Sottiev kirib keldi. U baland boʻyli, dukkipeshona. ola-kula koʻzli, yoshi qirqlardan oshgan mallasoch odam edi. Stol qarshisiga kelib toʻxtadi. Parpievni avzoynni koʻrib aytmoqchi boʻlgan gapini yutdi. — Hm?— dedi Parpiev oʻrnidan turmay.
— Shtabdagilar iltimos qilishdi, Vali Parpievich — dedi u yuragi betlamay. — Shu choqqacha mehmonlar kelishmadi, oʻzimiz boraqolaylik, bizni koʻrib, ioʻlga tushishadi, deyishyapti. — Sottievning «Shtab» degani, ijrokom binosnning majlislar zali — u yerda Rahbarni kutib olish boʻyicha rayon ilgʻorlaridan iborat komissiya yigʻilgan, taxminan qirq nafar odam mehnat qahramonlari, veteranlar, nomi chiqqan mexanizatoru — sut sogʻuvchi juvonlar, hammalarining koʻkraklarida orden-medallar...
— Shu maslahatga nima deysiz, Vali Parpievich? Kutaverib tars yorilishga tayyor turgan Parpievga bunaqangi fikr ma’qul tushgandek boʻldi.
— Juda soz, — dedi Parpiev va keskin oʻrnidan turdi. — O’zimiz ham bir aylanib kelamiz. Xamma ham siqilib ketdi. Ketdik!

Bir boshdan elektr lampadagi simlar qizib-qizarib lahcha choʻgʻga aylandi, ustida qobigʻi erib, laklangan polga toma boshladi, keyin chars-chars uchqunlar sachradi, olov yolqinlanib tepaga urdi, sahna pardalari lovullay ketdi, sahna — zal tutunga toʻldi, tutun tirqishlardan sizib foyelarni chulgʻay boshladi, xash-pash deguncha oʻt shitob bilan alangaga aylanib, jihozlarni yamlap ketdi, vestibyulda dod-voy, vahima, boshlandi, tepa qavatdagilar pastga, pastdagilar tepaga yugurishdi, ur-yiqit boshlandi, kimlardir birgalashib qulf eshikka kift urdilar, eshik qattiq, qulf mustahkam edi, ochilmadi, derazalar qars-qurs sindi, odamlar biri birini tepkilab, bosib oʻsha yoqqa otilishdi, yangi kirgan havo oqimi yongʻinga dalda berdi, tutun aralash alanga buzilgan derazalardan burqsib chiqa boshladi, hamma yoqni tutun qoplagan, odamlar vahimadan bir-byriga urilishar, yonayotgan zar pardalarga oʻralib qolgan ayollar dod deyishar, atlas koʻylaklari aralash sochlari lovullab, qiychuv, ur-toʻpalon avjiga chiqar, deraza oynalari jaranglab sinar, goh u yerda, goh bu yerda lop etib olov yashnar, sharsharadek shovullab na’ra tortar, oʻz qilmishidan oʻzi zavqlangandek edi. Yenayotgan koʻylaklar, kuyayotgan odamlar, ikkinchi, uchinchi qavatdan oʻzlarini pastga otishar, irgʻishar, gurs-gurs asfaltga urilib, mayib boʻlishar, tura olmay gulxanga aylanishar, hamma yoqni qora tutun va jizgʻanak hidi qoplar edi...

Uzoqdan esa turna-qator mashinalar maydon sari yaqinlashar, rayoi markazi ularni qiy-chuv, ayuhannos va qudratli mash’ala bilan kutib olar edi.