OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Uchqun Nazarov. Insho (hikoya)
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifUchqun Nazarov
Asar nomiInsho (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/sovet adabiyoti
Boʻlimlar
   - Sotsialist realizm
Mualliflar
   - Uchqun Nazarov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm5KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2011/08/18
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Insho (hikoya)
Uchqun Nazarov

Sakkizinchi sinf oʻquvchisi Xurshid shaxmat qutisini qoʻymaydi, qoʻltiqlab yuradi. Faqat shaxmat oʻynaydigan bolalar bilan oʻrtoq tutinadi. Oʻqituvchilar ichidan geografiya muallimi Daler akani alohida hurmatlaydi. Daler aka oʻz fanini qiziqarli olib boradi. Biron mamlakat haqida dars oʻtsa, albatta, oʻsha mamlakatga xos bir hislatni, masalan, Tanzaniyada yozuvchi Xeminguey ov qilganini gapirib beradi, oʻsha yozuvchining «Frensis Makomberning omonat baxti» nomli hikoyasini topib oʻqib chiqinglar, deydi. Oʻquvchilar bu hikoyani topib oʻqishadi, keyin geografiya darsida muhokama qilishadi — dars nafaqat geografiya, hatto adabiyot mashgʻulotiga aylanadi. Qiziqarli oʻtadi. Oʻquvchilar, shuning uchun boʻlsa ajabmas, uy topshiriqlarini geografiyadan boshlashadi. Geografiya darslariga kanda qilmay borishadi. Daler aka soʻz boshlashi bilan jimib qolishadi. Koridordan oʻtgan odam bu sinfda dars boʻlayotganini sezmaydi ham.

Darslarning birida Daler aka, Angliya haqida soʻzlab, uning shahzodasi Eduard bir ayolni sevib qolganini, parlament a’zolari bu oshiqlikni ma’qul koʻrmagach, shahzoda Eduard qirollik taxtidan voz kechganini gapirib berdi. Dars sevgi muhokamasiga aylandi.

Daler akaning qoʻlida oʻqigan talabalarning koʻpi geografiya, adabiyot, tarix fakultetlariga alo baholar bilan kirishgan. Tarix oʻqituvchisi bu muvaffaqiyatni oʻziga yozdi. Uning darslari zerikarli oʻtar, aftidan Tursun Sobirov oʻz fanini sevmas, tasodif ravishda tarix oʻqituvchisi boʻlib qolgandek tuyulardi. Umuman, xonlar, shohlar, amirlar, sultonlarni oldin zolim-ekspluatator, Amir Temurni bosqinchi, der edi, keyin mamlakat mustaqil boʻlgach, Sohibqironni «Ulugʻ sarkarda, millatimiz otasi», deydigan boʻldi.

Xurshid Daler Saidovich bilan hech qachon shaxmat oʻynamaganliga sababli, domla bu oʻyinga qiziqmaydi, deb oʻylar edi. Bir kuni Xurshid boʻsh sinfda bolalar bilan shaxmat oʻynab oʻtirganida, sinfga Daler Saidovich kirib qoldi. U uy kalitini qidirib yurgan ekan, bolalar kalitni axtarishga kirishishdi, topa olishmadi. Daler aka Xurshid bilan shaxmat oʻynashga oʻtirdi. Yarim soat oʻtgach, Xurshid mot boʻldi. Daler Saidovich yaxshi oʻynar ekan, hech kimga taslim boʻlmagan Xurshidni yutdi, bolalar angrayib qolishdi. Xurshid yana bellashgisi keldi, Daler Saidovich soatiga qaradi: qizchasini bogʻchasidan olishi, xotini ishdan kelishiga uy eshigini ochishi, boshqa qulf oʻrnatishi kerak edi, ikkinchi oʻyinga rozi boʻlmadi.

Xurshid ba’zan darslarga kechikib kiradi, tarix darsiga kirmaydi. Bugun «besh» olsa, ertasiga «ikki» olishi hech gap emas. Parvo qilmaydi. Adabiyot darsida ijobiy, salbiy qahramon degan tushunchalarni ta’bi koʻtarmaydi. Bir kuni «Qutlugʻ qon» romani mavzusida insho yozishdi. Xurshid erkin mavzu tanladi, ammo yozgani oʻzini qoniqtirmadi, sahifaga chiziq tortib, gʻijimlab, sinfdan chiqib ketdi. Kelasi darsda adabiyot oʻqituvchisi gʻijim varaqlarni yozib, oʻquvchilarga qaradi. Xurshid bu darsga ham kirmagan, zalda boshqa bolalar bilan shaxmat oʻynab oʻtirardi. Adabiyot oʻqituvchisi Odil Toʻraev Xurshid yozgan inshoni sinfdagi oʻquvchilarga oʻqib berdi: «Mansur shaharga kelib, institutga kirdi, amakisinikida tura boshladi. Amakisi Dilshod xotini Toliya bilan yashar, farzandsiz edilar, — oʻqiy boshladi Odil Toʻraev. — Ular tez-tez tortishib turishar, yon berishmas, arazlab yurishar, Mansur orkali «gaplashishar» edi. Oxirgi mojarodan keyin amakisi uydan chiqib ketdi, bir haftacha qorasini koʻrsatmadi. Kecha keldi, eshikni Toliya ochdi, erini koʻrib, qayrilib ketdi. Oʻrtada Mansur serrayib qoldi. «Kiyimimga keldim, ayt, bersin» — dedi amakisi ovozini tumtayib gurgan xotiniga eshittirib. Mansur kelin ayasiga qaradi. «Kiyimini sharabarachiga berib yubordim, yoʻq, — dedi Toliya zarda bilan. — Da’vosini manjalaqisiga qilsin, u koʻtaradi!». «Kim u?» — dedi Mansur tushunmay. «Oʻynashi, — dedi Toliya oʻchakishib. — Ana, rasmda yonma-yon oʻtirishipti». «Yonma-yon boʻlsa, nima qipti? Xodimlardan biri, — dedi amakisi oʻshqirib. «Xodimlardan biri boʻlsa, nega bitta buyragini berdi, soʻra!» — dedi Toliya da’vosini roʻkach qilib. «Qonim gruppasi oʻshanikiga toʻgʻri keldi, — dedi amakisi. — Bitta buyrak bilan yashash mumkin ekan, mana yashayapman. Bir odamni saqlab qoldim...».

Mansur oʻrtada serrayib turib koldi, keyin xonasiga kirib ketdi. Ular yana bir oz aytishishgach, jimib qolishdi. Mansur, mojaro tugadi, deb oʻylab, yoʻlakka moʻraladi: amakisi bilan kelin ayasi quchoqlashib turishar edi. Mansur xonasiga qaytib kirib ketdi».

Odil Toʻraev inshoni oʻqib boʻlib, termulib oʻtirgan oʻquvchilarga nazar gashladi.
— Qalay? — dedi. Oʻquvchilar indashmadi. — Besh qoʻysam, arziydimi?
— Arziydi! — deyishdi oʻquvchilar bir ovozdan, oʻqituvchi qarorini olqishlab.

Tanaffusda oʻquvchilar zalga chopishdi. U yerda Xurshid hamon shaxmat ustida oʻtirgan edi. Oʻquvchilar keltirgan xabarni eshitib, Xurshid indamadi.

— Shah! — dedi raqibiga.