OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Uchqun Nazarov. Umr (hikoya)
 
Asarga baho bering

4 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifUchqun Nazarov
Asar nomiUmr (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/sovet adabiyoti
Boʻlimlar
   - Sotsialist realizm
Mualliflar
   - Uchqun Nazarov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm2KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2011/08/18
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Umr (hikoya)
Uchqun Nazarov

Muxtor koʻp hunar bilan shugʻullandi. Baliqchilik qildi, gʻisht quydi, tunuka koqdi, elektr tuzatdi, maktabda badan tarbiyasidan dars berdi — xullas qoʻlidan kelmagan ish yoʻq. Hozir savat toʻqiydi. Oʻn yil avval Zumrad ismli qizni yaxshi koʻrib qoldi. Zumrad rayon kutubxonasida ishlar, chiroyli qiz edi. Muxtor kitob bahonasida kutubxonaga borar, Zumradni koʻrish uchun kitobni tez oʻqir, Zumrad bilan asarni muhokama qilar, mulohazalari Zumradga yoqardi. Biroq qiz Muxtorning kutubxonaga tez kirishini kutsa-da, odamlar mish-mishidan hayiqar, boshqa joyda uchrashishni ep koʻrmas edi. Muxtor Zumradga sovchi koʻyishni chamalaganida, Zumradning onasi dunyodan oʻtdi, sovchi yuborish noqulay koʻrindi, yili oʻtishini kutishga toʻgʻri keldi; yili oʻtgach, Muxtorning onasi oʻldi. Vaqtni yana surishdi. Shu orada Zumrad boshqa oilaga uzatilib ketdi.

Onasining vafotidan keyin Muxtorning otasi ham koʻz yumdi, Muxtorning oʻzi tanho koldi. Shunda aka-ukasi yoʻqligidan oʻksindi. Qoʻshnilar tevarak-atrofdan qiz topishdi, lekin Muxtor Zumraddan boshqasiga uylanishga koʻnmadi. Bir necha yil oʻtdi.

«Koʻkbuloq» qishlogʻidan ish chiqdi — yangi uyning tomiga tunuka qoqish kerak ekan. Muxtor rozi boʻldi, tomga chiqdi, tunuka qoqa boshladi. Uy egalari oldingi hovlida turishar edi. Tush paytida oʻsha hovlidan ovqat keldi, ovqatni Zumrad olib kelgan edi. Muxtorning koʻzi tindi, tomdan quladi. Zumrad chinqirib yubordi.

Muxtorning boʻydoq oʻtishini, hamon sevishini Zumrad bilar, yoshlik tuygʻusi deb oʻylar edi; choʻntagidan sochilgan qogʻozlar orasidan Zumradning rasmi chiqqach, sarosimaga tushdi. Foto-suvratni eriga koʻrsatmadi.

Muxtorning oʻligini oʻz hovlisidan koʻtarishdi. Hovlida xivichdan toʻqilgan toʻrt gʻildirakli foytun turar, uning yoniga novdadan «Zumrad», deb yozilgan edi. Zumradning eri Fozil novdadan terilgan ismga ajablandi, tasodif deb oʻyladi.