OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Umar Sayfiddin. Karomat (hikoya)
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifUmar Sayfiddin
Asar nomiKaromat (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Turk adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Umar Sayfiddin
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonZamira Hamidova (turk tilidan)
Hajm5KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2011/07/19
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Karomat (hikoya)
Umar Sayfiddin

Yongʻin yarim soatdan beri davom etardi. Mahalla aholisi yongʻinning ikkita uydan nariga oʻtmay soʻnishiga ishonishardi. Chunki oʻrtada bir ulugʻ zotning maqbarasi bor edi. Bu yerning yonishi aslo mumkin emasdi! Shiddatli janub shamoli esar, olov va uchqunlarini sochgan taxta parchalari maqbaraning ustiga, pastdagi uylarning tomlariga uchib tushardi. Yongʻin ochiruvchilar soʻng gʻayratlarini sarf qilardi. Politsiyachilar atrofni qurshab olishgan, buyumlarning oʻgʻirlanishini oldini olishardi. Ahmat tirriq atrofga nazar tashladi. Bu kishi mahallaning tajribali bezorisi edi. Uning fikricha yongʻin - mollarni osongina qolga kiritish degani edi. Ammo mahalla xalqi faqir edi. Shu onda yongan kulbalar ichida koʻrpa-toʻshakdan boshqa narsa yoʻqligini u yaxshi bilardi. Holbuki, yongʻinda uning odati «yuki yengil, bahosi qimmat» ashyolarni topish edi.
— Alloh balosini bersin! Foydasiz yongʻin!, - deb boshini chayqadi.

Aholi maqbaraning oldiga toʻplangan edi. Bu yerga kelguncha olov soʻnadi, deyishardi. Ahmat tirriq yashil rangdagi maqbaraning derazasidan moʻraladi.

Xira yongan mumning yengilgina yoritayotgan mozor sagʻanasiga qaradi. Bosh tarafida ikkita katta shamdon turardi. Sagʻananing ikki tarafiga ikkita joynamoz solingan edi. Ochiq lavhlarda buyuk Quroni Karimlar «yonboshlab yotardi». Ozgʻin Ahmat arzon molni koʻrganda porlaydigan yahudiy koʻzi bilan bularga qaradi. Oʻzicha ashyolarning eng arzon narxini hisobladi. Ichidan:
— Shamdonlar oʻn liradan yigirma….Joynamozlar oʻn besh liradan oʻttiz…Kitoblar aniq qoʻl yozma boʻlsa kerak. Yigirma lira ularga …Jami yetmish»…, dedi.

Yashil rangga boʻyalgan eshikning yoniga bordi. Ozgʻin suyakli yelkasi bilan eshikning qanchalik mustahkamligini tekshirib koʻrdi. Soʻngra qulfiga qaradi. Sekin-sekin eshikni itara boshladi. Xalq yongʻin bilan ovora edi.

Ahmat tirriq juda quvvatli edi. Bu mahalladagi urushqoq odamlargagina xos boʻlgan, kuchli mushagi boʻlmasa ham, sport bilan shugʻullanmasa ham oʻzidan oʻzi yuzaga keladigan telba kuch edi. U eshikni butun kuchi bilan itargani uchun eshik qirsillab, nihoyat “qars” etib ochildi. Tirriqning ichkariga kirgandan keyingi ilk ishi xira mumni puflab ochirish boʻldi. Faqat oladigan narsalari har qancha qiymatli boʻlsa ham yuki unchalik yengil emas edi. Oʻgʻirlik rejasi uning zehnida tartiblana boshladi. Bezorining rejasi tayyor boʻlguncha, “natija”ni kutmasdan, harakatni boshladi. Shamdonlarning mumlarini chiqarib yerga tashladi. Lavhlardagi kitoblarni olib belidan yechgan Trablus belbogʻiga oʻradi. Soʻngra biroz tin olib, burnini qashidi. Asta-sekin joynamozlarni yigʻishtirib, bularni otning ustiga jul yopganday qilib sagʻananing ustini oʻradi. Endi eshikdan chiqishi lozim edi. Ammo tashqari odam bilan toʻla edi. Sagʻanaga suyandi. Biroz oʻyladi. Salla ham tashlab ketiladigan narsa emasdi, ustida kumush ip bilan tikilgan naqsh bor edi. Birdan sagʻana siljiy boshladi. Ahmat tirriq yiqilmaslik uchun oʻzini zoʻrgʻa ushlab qoldi. “Ajabo, avliyo tirilyaptimikan?” – deb oʻzicha oʻyladi. Joyida turib qoldi. U yerga qaradi va kulimsiradi. “Uh seni, yerga mixlanmagan ekan-ku”,- dedi. Egildi, ostiga qarash uchun sagʻana qopqasini koʻtardi. Qopqa ancha yengil edi. Ingichka yogʻochdan yasalib, ustiga yashil mato qoplangan edi. Zehnidagi “chiqish rejasi” tamomlandi. Kitoblar bilan shamdonlarni quchoqlab sagʻana qopqasining ostiga kirdi. Sekin-asta yura boshladi. Toʻxtadi. Qopqa ostidan qoʻlini chiqarib asta-sekin eshikni ochdi. Chap taraf koʻchaga chiqqani uchun ushlanib qolish ehtimoli bor edi. Oʻng tarafdagi koʻchada hech kim yoʻq, tanho edi. Koʻchada vayronalar koʻp edi. Ammo yongʻin ham shu tarafda edi. Barcha oʻsha tarafga yigʻilgandi. Ahmat tirriq qopqaning ostida koʻp oʻylab oʻtirmadi. Patir-putur qilib eshikdan chiqdi.

Shovqinni eshitib qayrilib qaragan xalq hayron edi. Hamma joyida dong qotib qolgandi. Ana.. Avliyo oʻrnidan turib yura boshlagan edi. Nasoslar toʻxtadi. Shiddatli shamol ham birdaniga tindi. Oʻt oʻchiruvchilar qoʻrquvlaridan qoʻllaridagi bolta, changak, shlanglarni tashlab yubordilar. Sagʻana qopqasi yongʻinga qarab yura boshladi. Ikki yonga ochilib yoʻl bergan aholi qoʻrquvdan titrardi. Sagʻana qoʻrquv toʻla, ma’naviy haybat bilan silkina silkina-silkina oralaridan oʻtib, qorongʻulikda koʻzdan yoʻqoldi.

Maqbaradan oldingi ikki uy ham olovdan omonda qoldi.

Yonmasdan avliyosiz qolgan maqbara yana mahallaning aziz maskani boʻlib qolaverdi. Faqat duo qilganlar yuzlarini oldingiday boʻshab qolgan binoga emas, qiblaga qarab “Koʻzimning nuri, yongʻin kechasi bu tarafga qarab ketdi” deyishardi.