OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifUmar Sayfiddin
Asar nomiQurbaqa duosi (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Turk adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Umar Sayfiddin
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonZamira Hamidova (turk tilidan)
Hajm14KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2011/07/19
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Qurbaqa duosi (hikoya)
Umar Sayfiddin

«
Rashot Nuri Guntekinga
»

Shahar tashqarisi… Istambulning tashqarisida oʻtgan hayot, qanchalar hush! Buni faqat boshidan oʻtgan kishi biladi. Bir tarafda nomdor kishilar, ziyolilar! Narigi tarafda esa davlat xizmatchilari, zobitlar, muallimlar…Soʻngra qasabaning yer-mulk egasi, shu yerlik insonlar… Har tabaqaning, har toifaning ayri-ayri qahvaxonasi, farqli koʻngilxushligi, bir-biridan farqli zavqlanishlari bor. «Hamma bilan bir xil tabaqada» deya olishimiz mumkin boʻlgan yagona kishi, nohiyaning davlatda ishlaydigan doktori edi. U har doim hamma bilan suhbat qurar, ularning har turli ishlariga qatnashardi. Muallimlarning, ishchilarning, zobitlarning oʻtirgan qahvaxonasiga kirardi. Dorixona esa «nomdor kishilarning klubidir». Yuksak unvonli davlat xizmatchilari ham u yerni ziyorat qilardilar. Advokatlarning idoralari ham bir navi dorixonlarga oʻxshardi.

Xullas, shahar tashqarisi oʻziga yarasha gʻoyat yoqimli olam sanaladi. Yetti, sakkiz, balki toʻqqiz sana boʻlgandir, men ham Istambulga unchalik uzoq boʻlmagan bir qasabada tayyorlov maktabida muallim edim. Oʻziga yarasha ayri dunyo boʻlgan shaharchaning maktabi ham ayri olam sanalardi. Goʻyo olam ichidagi olamday edi! Dasturlari, gʻoyalari bir biriga zid, toʻrt-besh maktabning yetishtirgan keksa, yosh, aqilli, ahmoq, safsataboz, kamgap hammasi boʻlib yigirma xildan ortiq odam: Mudir, uning muovini, muallimlar, yordamchi oʻqituvchilari… Idora xizmatchilari… Eski zamonlardan qolgan, haligi bir tarafidan quyosh botar ekan, narigi tarafidan quyosh chiqqan eski buyuk sulolamizning eng uzoq burchaklaridan kelgan yotoqxonada qolib oʻqiydigan talaba… Har irqdan, har jinsdan. Tillaridan boshqa hech narsalari turklashmagan bir toʻda bola…Faqat, bunchalik ochiq-oydin qarama-qarshiliklar orasida bu qanchalar samimiy ohang edi! Diniga bogʻliq kishilar, yangiliklarga qarshi boʻlgan kishilar, liberallar, soʻngra esa hech bir aniq maslak sohibi boʻlmagan kishilar aka-ukaday yashar edilar. Bir riyoziyot muallimi juda ochiq fikirli edi. Tabiat muallimi hammamizga oʻqimagan johil nazari bilan qarab, ichidan bizga juda achingan jiddiy, yoshgina yigit edi. Men adabiyot muallimi edim. Fransuzcha muallimi esa Yahudiy millatidan edi. Maktabda kecha navbatchisi boʻlgan vaqtlarida, kechqurun bolalar bilan qilgan suhbatlarida talabalarning undan soʻragan soʻzlarini lotin harflari bilan yon daftariga yozar, ertasi kuni ma’nolarini mendan soʻrar edi. Bir kuni “Jezbeyi Rahmon”[1]ning nimaligini bechoradan soʻrashibdi. Domla yaxshi tushinmabdi, daftariga “Jezveyi Rahman”[2] deb qayd qilibdi. Oʻqituvchilar xonasida meni toʻxtatib:
— «Jevzei Rahmon» nima degani?, deb soʻradi.
— Unaqa narsa yoʻq, deb kuldim. U esa bor, deb oyoq tirab oldi. Oʻzidan bu soʻzni soʻragan bolani topib keltirdi. Kitobni ochdik. Notoʻgʻri tushungani ma’lum boʻlgandan keyin esa bu mavzu oramizda masxaraga sabab boʻldi. Bechoraning laqabi «Jazvai Rahmon» boʻldi-qoldi.

Eng qiziq kishilardan biri mudir edi… Bu dunyoda uning qadar intizomparvar, qonunparvar, usulparvar bir odam koʻrmadim. Birinchidan qoʻl ostida ihslagan kishilarning hech biri bilan shaxsiy munosabatda boʻlmas; maktab hay'atining tashqarisida xuddi afsonalardagi ma’bud kabi yashardi. Oramizda laqabi «shu sababdan» edi. Oʻta ahamiyat bergan narsasi - majlis kunlari, xonasida toʻplangan vaqtimiz hech birimizni gapirtirmas, hammamizga «shu sababdan, shu sababdan» deb ayri-ayri rasmiy yozuvlar yozdirardi. Har qanaqangi masala boʻlsa, ayni soʻzlar bilan ayni jumlalarning oxiriga yuqoridagi «shu sababdan»ni qoʻshib yozdrirgandan keyin, masalani hal qildim deb oʻylardi.

Oʻrtoqlarimning orasida eng yaxshi koʻrganim din ilimlari fani domlasi Bahir Afandi edi. Madrasadan keyin dorulfununni ham tamomlagan edi. Yoshi ellikka yaqinlashayotgandi. Oʻz fikrida qat'iy turadigan, insonlar bilan tez kirishadigan, biroz makkor, gʻalatiroq va hushchaqchaq odam edi. Men bilan doʻst boʻlishining sababi tarbiya haqidagi fikrlarimizning bir xil boʻlishi edi. Chunki men har qancha milliyatparvar bir liberal boʻlsamda “tarbiya”ning doimo “muhofazakorona” boʻlishi lozimligiga” ishongan kishi edim. Ijtimoiy inqilobning joyi maktab emas, hayotdir. Muallimlarning vazifasi bolalarga eski hayotning tarbiyasini majburan oʻrgatishdir. U ham menday oʻylagani uchun majlislarda ikkalamiz tarafdorlarimiz bilan birga quvvat tashkil qilar, liberallarga, yangi asrning tarbiya tarafdorlariga kun bermasdik. Bahir domlaning eng maftun boʻlgan taraflari kirishuvchanligi bilan “mebni aleyh, mebni bih, mebni leh”[3] kabi ta’birlari edi. Xuddi urishayotganday gapirar, soʻzlariga xuddi musht shakli vujudlar bermoqchi boʻlganday oʻng qoʻlini bir Qorakoʻz[4] qulayligi bilan chayqardi. Kamchiligi faqat nargilasi[5] edi. Unga shunchalar mubtalo ediki, qahvaxonada, maktabda kunda oʻnta chekmasdan turolmasdi. Nargila bu… sigaret kabi narsa emas. Shishaning yonida qoʻshimcha shlangi boʻlgani uchun mudirdan, taftishchidan saqlamoq lozim… Bir kuni qahvaxonada oʻtirib, sayyor va qulay nargila shakli oʻylay boshladik. Masalan, nargilani chekib boʻlgandan keyin ust qismi chiqarilsin, keyin grafinga oʻxshab qolsin, ust qismini esa choʻntakka yashira olsin. Bahir Domla :
— Shlangni nima qilaman, dedi.
— Toʻn ostiga, belinga oʻrab olasan.
— Qayrilib sinadi.
— Boʻlmasa oʻrab shapkangning ichiga sol.
— Sigʻmaydi…

Biz bularni gaplashar ekanmiz shahar hokimligi doktori ichkariga kirib keldi. Doktor yonimizga keldi, biz bilan salomlashib yonimizga oʻtirdi. Juma kuni Bektoshiy[6] Takyasiga ketar emishlar. Qoʻzi goʻshti, soz, biroz may bor emish. Bizni ham davat etdi. Men:
— Borolmaymiz!, dedim. Biz muallim edik. Unaqa sozli, ashulali, ichkili bazmlarga borolmasdik. Doktor majbur qildi:
— Sizlar ichmaysizlar. Quloqlaringga paxta tiqib, koʻzlaringizni yumasizlar, dedi. Zotan oʻrtoqlardan bazilari rozi boʻlipdi… Bahir domla:
— Agar nargilamni ham olsak kelaman, dedi. Doktor:
— Olamiz. Hamda rostanam men oʻzim olib boraman, domla!, deb qasam ichdi.

Juda nash'ali, sodda odam edi. Goʻyo qasabaning jonli nash'asiydi. Kasallari dorisidan koʻra koʻproq uning soʻzlaridan shifo topishardi.

Juma kuni koʻpchilik boʻlib Bektoshiy Takyasiga qarab yoʻl oldik. Bu yer eski zamonlardan top-toza qolgan bir jannatning hayoliga oʻhshardi. Tarih deb atalmish boʻron bu asirlik chinorlarning orasidan, oppoq yakka binoning sokin tomi ustidan hech esmagandaydi goʻyo. Atrofida devorlari boʻlmasa tabiiy bir koʻl deb hisoblanarlik darajada buyuk hovuz, zumrad rangidagi koʻlankalar ichida nilufarlar gullar ochgan holda uxlar edi. Darvishlarning yoygan, qamishdan qilingan toʻshaklariga choʻzildik. Telegrammachi udini, koʻchmas mulk birjasi xodimi qonunini qoʻliga oldi. Bazmga skripka ustasi Aleko ham kelgandi. Musiqa boshladi. Doktor:
— Soqiy menman, deb hammaga ichki ikrom etar, Bahir domlaning yoniga kelganda esa toʻhtab qolardi.
— Mana mening nargilam bor…
— Bir qultum bersam?...
— Umrimda bir tomchi ham ogʻzimga olmaganman.
— Bir qultum ogʻzingga ol, gʻargʻara qilib keyin tupirib tashla.
— Nima foydasi bor?
— Xudo haqqi muzadd-i taaffun, ya’ni yomon hidlarga qarshi keladi.

Bahir Domla bu kabi mavzularda oʻjar koʻrinishni xohlamasdi. Ogʻziga bir qadah aroq oldi. Faqat doktor domlani qitiqlab bir necha tomchi yuttirdi. Domla yutganini inkor etsada bu bir necha tomchi unga bir nechta koʻzaning nashasini berdi. Kula boshladik. Bazmimiz davom etardi. Lekin kallamiz qozon kabi edi! Bu yashil jannatda oxiri yoʻq bir jahannam shovqini bor edi: buyuk hovuzning ichida balki bir milliyonta qurbaqa ovozlarini boricha hayqirardilar. Shu darajada ediki hatto bir birimizning nima deganimizni ham eshitmasdik.

Doktor:
— Obbo!.. - dedi, bularni ovozini qanday qilib oʻchiramiz? Qulogʻimiz portlab ketadiku endi.

Darvishlar:
— Nima qilsalaring qilinglar lekin ovozini oʻchirolmaysizlar, deyishardi.

Bahir dolmadan boshqa hammamiz stoldan turdik. Chunki ortiq chidab boʻlmaydigan shovqin boshlangandi. Tosh, kesak nima topsak hovuzga ota boshladik. Qurbaqalar bizning bu hujumlarimizdan gʻazablanganday yana ham battar qurullay boshladilar. Doktor gazetalarni yoqib ularning ustiga qoʻrqib qochishsin, deb ota boshladi. Yoʻq, yoʻq…Nima qilsak qilaylik ovozlari tinmas, yana ziyoda qurillay boshladilar. Musiqani eshitish also mumkin emasdi. Ichimizdagilardan bittasi:
— Bu yerdan qochishdan boshqa choramiz yoʻq!, - dedi.
— Qaerga ketaylik?
— Hovuzdan uzoq bir yerga…
— Biz buning kabi koʻchish muzokarasi qilar ekanmiz nargilasining yonida esimizdan chiqqan Bahir domlaning:
— Hohlasam ularni bir onda jim-jit qilaman, deganini eshittik.
— Qanday qilib?...
— Suflayman.
— E qanday qilib? …
— Darrov jim boʻlishadi. Shovqindan nashamiz qochgandi, birdaniga yana kula boshladik. Doktor:
— Bu qurbaqalar yarim bosh ogʻrisi emaski bir nafasda toʻxtasin, derdi, bular bosh balosi.

Faqat Bahir domla yana gʻazablangan Qorakoʻz kabi shijoatlandi. Mushtini choʻzib hammamizni e’tiqodsizligimiz uchun soʻkardi. Uning baqirishi bir tarafdan, bir milyon qurbaqaning chiqargan shovqini bir tarafdan…Valhosil qorishiq bir ur-toʻpolon davom etardi. Oʻtirishimizning nashasi qolmagandi. Bahir domla:
— Hamma joyiga oʻtirsin, dedi, men hovuzning boʻyiga borib dam uray. Jim boʻlishmasa yuzimga tupiringlar….
— Ha mayli mayli boʻlmasa domla…

Ishonmayotgandik, lekin bir masxara boʻlar, deb joyimizga oʻtirdik. Domla oʻrnidan turdi. Nargilasini qoʻliga oldi. Bizga orqasini oʻgirib olgandi. Suvga qarab suflaganini koʻrdik. Oradan bir daqiqa oʻtmadi. Qurbaqalar birdaniga jim boʻlishdi. Kattakon hovuzdan tiq degan ovoz chiqmasdi. Hayron boʻlib qoldik. U esa mushtini koʻtarib zafar qozongan kishiday qaytib keldi.
— Nima qilding, xudo haqqi!, - deb soʻraganlarga esa:
— Koʻrmadilaringmi. Koʻzlaringga ham ishonchlaring yoʻqmi, dam urdim, - deb javob berdi.

Yarim soatdan keyin qurbaqalar yana sayray boshladilar. Ortiq qoʻrmasdik. Bahir domla oʻrnidan turib hovuzning boʻyiga borar, bir nafasda qurbaqalarni tinch qilardi. Hovuz tarafga ketarkan, sevimli nargilasini “mastsizlar, sindirib qoʻyasizlar”, deb yonimizda qoldirmasdi. Oqshomgacha koʻngilhushlik qildik. Bahir domlaning dam urishiga Aleko ham ishondi. Doktor bunga ishonmas, lekin koʻzi bilan koʻrgan natijani ham inkor qilishga jasorat etolmasdi. Shu yerlik xizmatchilar hayratga tushib qolishganindan boshqa aroq ichishga jur'at etolmadilar. Bektoshiy darvishlari oʻychan-oʻychan nafas egasiga qarashar, kim biladi ichlaridan nimalar deyishardi.

Ertasi kuni qahvaxonada Bahir domla bilan yonma-yon oʻtirib Istambuldan kelgan gazetalarini oʻqirdik. Men oʻqiganlarimni tushunmas, uning Bektoshiy Takyasidagi qurbaqalarni buyruq berganday jim qilganini oʻylardim. Toʻgʻridan-toʻgʻri soʻrasam aminmanki yana “Koʻzlaringga ishonmaysanmi, dam urdim, koʻrmiding?” deb meni ham qurbaqalarday jim qilishi aniq edi. Faqat men ovsar emasdim. Unga zehniy, ilmiy bir tuzoq qurdim. Avvalambor gazetalarni stolga qoʻydirdim. Gʻoyat totli, ruhlar haqidagi suhbatga boshladim. Bunaqa mavzularga juda qiziqardi. Hayvonlarda ruh boʻlmaganligini, maxluqotlarning ma’naviyat tashqarisida xuddi oʻsimliklar kabi yashashlarini anglatardim.
— Men ham bu fikrdaman, - dedi.
— Yoʻq, yolgʻon aytyapsan, - dedim.
— Xudo haqqi…
— Yoʻq yolgʻon….
— Qaerdan bilasan?
— Chunki sen qurbaqalarga dam urding. Demakki hayvonlarning ma’naviyat tashqarisida yashashlarini bilmaysan. Qoʻllarini stolning ustidan tortdi. Orqasiga suyandi, oʻylandi. Koʻzlarimga tikka qaradi. Pastga tupirsa soqoli, yuqori tupirsa moʻylovi edi. Shunaqangi vaziyatga solgan edimki….Qalin qoshlarini chimirdi:
— Men qurbaqalarga dam urmadim!, - dedi.
— E boʻlmasa qanday qilib jim qilding ularni?

Bahir domla ogʻzini ocholmasdi, chunki tuzoqqa tushgandi. Oʻz aqliga qarab, yo johilligini qabul qilishi, yoki haqiqatni soʻylashi kerak edi.
— Ayt boʻlmasa, nima qilganing uchun qurbaqalar jim boʻlib qolishdi?
— Hm, haligi azizim…..Ovsarmisan? Dam degan narsa boʻladimi?... Haligi nima qilgandim a….
— Nima qilding?
— Nargilaning shlangini koʻlga tashladim…
— Haa?
— Qurbaqalar uni ilon deb oʻylashdi. Tezda koʻl tubiga qochdilar.

…Faqat qasaba hayotining bir xususiyatlaridan biri ham sir saqlamoqdir.

Bahir domla: “Sof kishilarning e’tiqodlarini buzmaslik kerak. Ularga ilmiy haqiqatlarning keragi yoʻq. Zinhor, shlangni qurbaqalarga koʻrsatganimni hech kimga aytma. Mayli qoʻyaver dam urdi, deb oʻylasinlar. Men bu sirni hech fosh etmadim. Butun qasaba xalqi domlaning nafas karomatini eshitdi. Hatto Bektashiylar ham bunga shohid edilar. Doktorning ham shubhalari sekin-sekin yumshadi, yoʻqoldi. Bahir domlaning bir suflash bilan qurbaqalarni jim qilganligidan gap ketgani zamon bechora boʻynini bukib:
— Dunyoda qanchalar majhul narsalar bor. Ilmimiz esa bu majhullarning yuz milliyonda biri ham emas!..., - der va u har paytdagi shoʻx qahqahasini otolmasdi…


  1. Jezbeyi Rahmon - Ollohning ishqidan hushdan ketish
  2. Jezveyi Rahman - Qahva qaynatadigan idish.
  3. Mebni aleyh, mebni bih, mebni leh - Unga qarshi qilingan, Oʻziga qarshi qilingan. Uning foydasi uchun, foydasiga.
  4. Qorakoʻz - Turk folklorida qoʻgʻirchoq oʻynatishning ismi.
  5. Nargila - Asil vatani Osyo boʻlib, “toʻmbeki” nomli tamaki turining suvda suzib chekilishida ishlatiladigan, shishadan qilingan idish.
  6. Bektoshiy - Hoji Bektoshi Valiy tariqati.