OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifUmid Ali
Asar nomiNega doʻppi kiymay qoʻydik?
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Milliy adabiyot
Mualliflar
   - Umid Ali
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm4KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/10/08
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Nega doʻppi kiymay qoʻydik?
Umid Ali

Har bir xalqning oʻziga xos oʻlmas an’analari, qadriyatlari bor. Deylik, toʻy marosimi har bir xalqda har xil, udumlari mutlaqo bir-biriga oʻxshamaydi. Qachonlardir yaratilgan noyob san’at asari ham goʻzalligi, notakrorligi bilan ma’lum bir milliy madaniyat belgisi sifatida namoyon boʻlib, qadriyat sifatida qadrlanadi.

Asrlar davomida ajdodlarimizdan avlodlarga meros sifatida yetib kelgan urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz, an’analarimiz ham milliyligimiz ramzi boʻlib, katta qadr, umrboqiylikka ega. Biroq bugungi kundagi odamlar ongida mavjud zamon bilan hamnafas yashash, zamondan ortda qolmaslik tushunchasi ba’zi bir milliy urf-odatlarimizning, madaniyatlarimizning unutilishiga, yoʻqolishiga sababchi boʻlayotgandek. Hatto, qadriyatlarimizga nisbatan «eskilik sarqiti», «eski turmush tarzi» deya nopisandlik bilan munosabatda boʻladiganlar ham єoʻq emas. Istiqlol sharofati bilan milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, an’analarimiz qayta tiklandi, milliy oʻzlikni anglashga e’tibor kuchaydi. Shu nuqtai nazardan men hozirgi globallashuv jarayonida urfdan chiqayotgan ba’zi bir milliyligimiz ramzi boʻlmish narsaga e’tiboringizni qaratmoqchiman. Shu kunlarga qadar umrbod ota-bobolarimiz boshini asragan, ularga «qalqon» boʻlgan milliy bosh kiyimimiz - doʻppini nazarda tutyapman. Bugungi kunda negadir ana shu «qalqon» yigitlarga erish tuyulmoqda. Aksariyat yoshlarimizda bu bosh kiyimni koʻrmay oʻrganib ham qoldik. Albatta, biz demokratik, ozod va erkin jamiyatda yashayapmiz. Shunday ekan, har kimning tanlovi oʻz ixtiyorida, ammo gʻarbona shlyapa, kepka, buretka, vandamka kiygan yoshlarimiz nega doʻppini unutayozdi? Vaholanki, oʻzbek yigitlarining koʻrki, husnini oshiradigan, oʻziga yarashiqli doʻppisi ularni boshqa xalq vakillaridan ajratib turadi. Ayniqsa, toʻy yoki boshqa marosimlarda zarurat yuzasidan doʻppi kiygan yoshlarni koʻrib, havasim keladi. Xayriyatki, shu marosimlar bor ekanu, yoshlarimizga zeb bergan doʻppini koʻrarkanmiz...

Bir paytlar marhum shoir Muhammad Yusuf ham kuyunchaklik bilan «Doʻppi kiymay qoʻydi yigitlar» nomli she’rini yozganda ayni shu bosh kiyimni «yomon koʻrib qolgan» yigitlarni moʻljaliga olgandi. Yuqorida aytganimizdek, hech kimga doʻppini kiyish majburiyati yuklanmagan. Har kim oʻzi xohlagan, didiga mos kiyimni kiyishi mumkin. Biroq inson qalbida millatparvarlik, gʻurur, faxr tuygʻulari sabab, gʻarbona kiyinish har doim ham qabul qilinmaydi. Qolaversa, doʻppi butun dunyoda oʻzbek xalqini tanitadigan milliy kiyimlar sirasiga kiradi. Bundan uch yil oldin bir doʻstim Rossiyada boʻlib qaytdi. Suhbatlardan birida u safar taassurotlari haqida gapira turib, shunday degandi:
-Kremlni tomosha qilib yurgandim. Bir payt ikkita qirgʻiz erkakni oʻrtaga olib rasmga tushayotgan xorijlik sayyohlarga koʻzim tushdi. Biram havasim keldi. Qirgʻizlarning boshida oʻz milliy qalpoqlari bor ekan. Men ham doʻppimni kiyib borsam boʻlar ekan, degan xayolga bordim.

Shundan keyin doʻstim «xatosini tuzatib», qaerga borsa, oʻzi bilan birga doʻppisini olib yurishni kanda qilmadi.

Ha, zamon oʻzgardi, zamon yangilandi deb oʻzimizni oqlashga urinamiz. Vaholanki, zamonni oʻzgartiradigan, yangilaydigan ham inson.

Bugun yurtimiz mustaqillikka erishganiga yigirma yildan oshdi. Bu davr ichida koʻp yutuqlarni qoʻlga kiritdik. Qadriyatlarimiz, milliy urf-odatlarimiz qayta tiklandi, madaniy meroslarimizni oʻrganishga va uni targʻib qilishga sharoit tugʻildi. Shunday ekan, madaniyatimiz, uzoq yillik tarixga ega madaniy merosimiz, milliy kiyimimiz-doʻppini qadrlaylik, uni boshdan qoʻymaylik. Zero qayga borsam, boshda doʻppim, gʻoz yurarman gerdayib deya kuylagan mashhur shoirimiz ham oʻzligimiz, oʻzbekligimizning alomati sifatida ayni shu milliy kiyimni ta’kidlagan, uni ulugʻlagan.