OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifVarlen Strongin
Asar nomiBaxtiyor oyoqlar (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Rus adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Varlen Strongin
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonHabib Siddiq (Ruschadan)
Hajm3KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/04/03
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Baxtiyor oyoqlar (hajviya)
Varlen Strongin

Yozda talabalar ishlashadi. Mana, bizning guruh bolalari yoz boʻyi vagondan sabzavot tushirishdi, Zoyka ofitsiantlik qildi, Ninka boʻlsa kinoda suratga tushdi. Ommaviy koʻrinishda. Ammo, bir gal uning omadi kelib qoldi. Shunda Ninka kichik bir alohida koʻrinishda suratga tushdi. Aniqrogʻi, Ninkaning oʻzi emas, oyoqlari. Film oxirida qahramon yangi shoh koʻcha boʻylab yuradi. Yirik tasvirda Ninkaning oyoqlari. Uzun, chiroyli, zamonaviy oyoqlar. Bu haqdagi gap bir zumda butun institutga tarqaldi. Gazetada Ninka bilan suhbat e’lon qilindi.
— Ciz tasvirga olish paytida qiyinchiliklarga duch keldingizmi? — qiziqdi muxbir.
— Duch keldim, anchagina, — javob berdi Ninka. — Tuflim siqib qoʻydi. Ikki marta paypogʻim tushib ketdi.

Oʻzining keyingi ijodiy rejalari haqidagi savolga, Ninka navbatdagi filmlarda qisman emas, toʻlaligicha suratga tushmoqchi ekanligi haqida gapirdi.

Film ekranlarga chiqdi va Ninkaga xatlar kela boshladi. Nijniy Tagildan oʻrta maktabni bitiruvchi qiz oʻzining oyoqlari ham xuddi shunaqaligi haqida yozib, bunday oyoqlar bilan kinematografiya institutiga tanlovsiz kirish mumkinmi, deb soʻragan. Kutaisidan kelgan xat muallifi esa faqat shu oyoqlar sababligina filmni yigirma olti marta koʻrganligini yozgan.
— Bizning jangovar kinodugonamiz, — deya murojaat qilishgan Ninkaga N. qism jangchilari. — Uzoq uyqusiz tunlari har birimiz sizning siymongizni koʻz oldimizga keltirishga harakat qilamiz. Kimdir sizni taniqli kinoaktrisa Sofi Loren, yana kimdir zobitlar oshxonasining ovqat tarqatuvchisi Veradek tasavvur qiladi. Ninka, bizga fotosuratingizni yuboring. Bu bizning bahslarimizni yechadi va shu bilan umumjismoniy tayyorgarligimizni oshiradi...

Ninka kekkayib ketdi, taniqli sportchilarga oʻxshab ma’ruzalarga qatnamay qoʻydi. «Kinoyulduz» sifatida u shunday kalta yubka kiya boshladiki, unga roʻbaroʻ boʻlgan birinchi bosqich talabalari beixtiyor qizaradigan, sochlari oqargan tajribali professorlar ham ma’ruzalarining mavzusini esidan chiqarib qoʻyadigan boʻldi.

Tez orada Ninka oʻqishni tashladi. Unga avvalgi holda boʻlsa ham bir yoʻla ikki filmda suratga tushishni taklif qilishdi. «Nafaqat boʻrini oyogʻi boqadi» nomli ilmiy-ommabop filmda hamda «Bu Oyoqqoʻrgʻonda boʻlgan edi» nomli badiiy filmda. Yozda Ninkani qandaydir detektivda beligacha, kuzda esa yana bir taniqli rejissyor uni naq yelkasigacha suratga oldi.

Film ekranlarga chiqdi va Ninka N. qism jangchilaridan yangi xat oldi.

«Bizning jangovar kinodugonamiz! — deb yozishgandi ular. — Sendan fotosurat ololmagan boʻlsak ham bizning tanishishimiz davom etyapti. Endi biz seni ancha koʻp bilamiz. Bizning qoʻshigʻimizda kuylanganidek, «yana yuqoriroq, yana yuqoriroq, yana va yana!» Eng jasur harbiylarimiz qoʻlingni soʻrashga tayyor boʻlib turishibdi. «Yuziga suv quyib icharmidik!» — deyishdi ular. — Oʻzi yaxshi boʻlsa boʻldi-da!».

«Qadrli Nina, — deb maktublarini davom ettirishgan jangchilar. — Hamma narsa birdaniga boʻlmasligini bilamiz. Shuning uchun keyingi filmda jagʻinggacha suratga tushishingni tilaymiz. Agar jiddiy, hazilsiz aytadigan boʻlsak, sen hali kech boʻlmasdan hayotda toʻgʻri yoʻlni tanlashingni istaymiz. Chiroyli oyoqlar — bu yaxshi! Ularni hatto Pushkin ham kuylagan. Ammo hayot yoʻlini tanlashda, avvalo boshga ega boʻlish kerakligini unutmagan ma’qul».