OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

5 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifVasiliy Shukshin
Asar nomiOydindagi suhbatlar (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Rus adabiyoti
Boʻlimlar
   - Sotsialist realizm
Mualliflar
   - Vasiliy Shukshin
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonOʻrinboy Usmon (Ruschadan)
Hajm28KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/10/08
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Oydindagi suhbatlar (hikoya)
Vasiliy Shukshin

Marya Selezneva bolalar bogʻchasida ishlardi, lekin undan allaqanday bir xas-talik tarqatuvchi tayoqchalar topishdi-da, oʻzingizga boshqa ish toping, qayta ixtisos-lashing, deyishdi
— Qaerdan ish topaman? - achchigʻlandi Marya. - Pensiyaga bor-yoʻgʻi bir yarim yil qolgan boʻlsa. «Boshqa ish top», deyish oson - ogʻizning bir chetidan chiqib ketadi. Nima men sizlarga toʻngʻizmanmi… u yonimdan bu yonimga agʻdarilgani? – u «qayta ixtisos-lashing»ni « u yoningizga qayta agʻdariling» tarzidagi hazil deya tushundi.

Maryaning ustidan bir kulishdi-bir kulishdi... Va keyin qishloq magazini - «sel-mag»ga qorovullik qilishni taklif etishdi Marya oʻylab koʻrgach, bunga koʻndi.

Ana shunday qilib u selmagni qoʻriqlay boshladi.

Baev degan bir chol tunlari uning oldiga kelishga oʻrgandi. Baev umrini idoralar-da gʻimirsish bilan oʻtkazdi – bir qarasang qishloq jamoatida, undan keyin teri tayyor-lash idorasida, yana bir koʻrsang, kolxoz boshqaruvida – qaerda boʻlmasin, choʻt soqqa-larini shiqillatardi, butun hayoti davomida uning u yon-bu yon surgan soqqalari jamlan-sa, katta bir uydan ham balandroq boʻlar. U koʻzga tashlanmaydigan bir odamgina edi, hech qachon safning oldiga chiqmagan, biron-bir marta boʻlsin, odamlar ogʻziga tushadigan ah-moqlik qilmagan, lekin bir umr biron aql talab etiladigan foydali ishni ham eplama-gan.

Shunday qilib na katta-yu na kichik qadam tashlab, oltmish uch yoshgacha yetib keldi, ana shunday odam edi u. Ikki qiz, bir oʻgʻil oʻstirdi, tuzukkina uy qurib oldi… Borib-borib, bunday qarashsa – bu Baev deganlari aqlli ekan! Qaranglar-a, shuncha yoshga yetib bir mar-tagina «oh» chekmabdi, hamma narsaga erishibdi, bari joyida va yaxshi. Baev aslida kal-lasi tupa-tuzuk ishlaydigan erkakligiga oʻzi ham ishonib qoldi va turli suhbatlarda oʻzining aqlli ekanligiga ishora qila boshladi. Lekin u xoh aqlli erkaklar boʻlsin, xoh aqlli ayollar boʻlsin, esini tanigandan buyon ularni yoqtirmasdi, hech qachon ular bilan bahslashmasdi, bu odamlarning oʻzidan har taraflama ustunligini xotirjamgina tan olardi. Lekin mana endi uning yuragi gʻalati tepa boshladi – bundan biron xavf koʻrmay qoldi va yurak tepishi kech boʻlsa-da, uni bir fikrga boshladi - u noyob bir aql egasi.

Keyingi paytlarda Baevga uyqusizlik azob berardi, shundanmi, u magazin qoro-vuli Maryaning oldiga suhbatlashish uchun borishga odatlandi.

Marya tunda sartaroshxonada oʻtirardi. Ya’ni Marya tunda kunduzi soch-soqol Oli-nadigan uychada oʻtirardi, chunki uning oynalaridan selmag kaftdagiday koʻrinardi.

Sartaroshxona joylashgan uychada oʻtkir atir hidi anqir, xona issiq va qandaydir bir oʻta qulay edi. Yana qoʻrqinchli emasdi. Selmag va uycha orasidagi maydon boshdan-oyoq yop-yorugʻ, tunlari esa oydin edi. Ajib bir goʻzal tunlar edi - oy koʻkdan argʻamchida tortib tushirilgandayin – u ana shunday yaqin va katta edi. Kunduzi qor erir, tunga borib esa, tosh qotardi. Muz atrofga yoyilgan moviy nurda gʻoyatda chiroyli yaltillardi.

Uychada chiroqni yoqishmasdi, faqatgina devor va shiftda pechkadan yonayotgan oʻtdan taralayotgan nur dogʻlari oʻyinga tushardi. Va bu tez oqayotgan yorugʻ chehralar bir-biriga qorishib ketar, ajralar, tebranar va shivirlashardi.

Ana shu tarzda bu ajoyib tebranayotgan kashtali dunyochada oʻtirish ham, suhbat-lashish ham maroqli edi. Derazadan tashqarida katta bir hayot kechayotganini va uning qoʻy-nida oʻzing ham borligini his etayotganday boʻlarding. Va ertaga yana bir kun boshlanadi, sen unda ham borsan va balki biron-bir yaxshi voqea sodir boʻladi. Agar aqlli yashasang, yaxshilikka ishonishing mumkin.
— Odamlarchi, ular faqat bugungi kunni oʻylab yashashadi, Baev mulohaza yuritardi. –Hayotda esa hech bir narsani nazardan qochirmaslik kerak. Qat’iy reja!.. – Baev qiyofasiga ma’noli tus berdi, bunda uning yuqori labi qaergadir, burni tomonga qarab tortildi, koʻzi esa qisildi - goʻyoki hozir u «nim-ma» deydiganday tuyuldi. – Reja! Qaysi bir aql-li xoʻjayin oldindan nimasi borligini va qancha turishini bilmasdan uy buzishga tusha-di. Hisob-kitob ishida buni reja deydilar. Birda yashab turgan kulbamizni buzishga shaylandim – koʻngil kengroq, kattaroq uyda yashashni tusab qoldi, lekin bunday kallani ishlatsam, yarmiga kuchim yetadimi-yoʻqmi? Oʻttiz yoshinggacha olovday yashaysan, undan keyin – daming chiqib qolibdi.

Marya quvvatlab bosh chayqadi.

Chindan ham Baev aqlliga oʻxshaydi, idoralarda oʻtirib kuchini behuda sarflama-gan, uni bir umr uchun saqlagan – ana shundan u hozirda toʻq, tiqmachoqdek, yana kamida yigirma besh yillik umrni moʻljallab turibdi.
— Abjirlar ham koʻp-da ! Men birda bemorxonada yotgandim … meni u yerga Neverov olib borgandi, urush paytida ijroqoʻmga rais edi, esladingmi?
— Yoʻq. Unaqalardan nechtasi …
— Neverov, Vasiliy Ilich. Oʻshanda sut yetkazib berishni eplasholmaganmi - u nima qilishini bilmay qolgan, tiriklay goʻrga koʻmishsa ham mayli edi. Men bir marta uning kabinetiga kirdim va dedim: «Vasiliy Ilich, sut yetkazib berish topshirigʻini bajarish-ni oʻrgatishimni istaysizmi?»; - «Qani»;, - dedi u . « Bizda-chi kolxozchilar hammasini topshirishdimi?»; - « Hammasini topshirishgandayin , - dedi u. - Nimaydi?»; Men soʻzim-da davom etdim: «Siz tekshirib koʻring, ha, tekshirib koʻringchi, hammasini topshirishgan-mikan?»;
— Eh, oʻshanda qancha sut eltib topshirardik ! – esladi Marya. – He, shunday sigirni sogʻishing bilanoq topshirgan paytlarimiz boʻlgan. Bolalarga bir piyoladan berarding, qolganini sut olib ketuvchilar idishiga quyarding. Haligi reja deganlari ham qanday edi-ya… qip-qizil ahmoqona!
— Sen gaplarimni eshit! - Baev olis yillardagi kashfiyotini eslarkan jonlanib ketdi. - « Hammasini topshirishganmi? Yo yoʻqmi?»; U bir qizni chaqirdi: « Ma’lumotni, - dedi , - olib kel»;. Koʻrib chiqdik: deyarli hammasini topshirishgan, gapirishga arzimagani qolgan .« Mana, - dedi, - deyarli hammasi»;. - « Endi bunday qilamiz, - bu gapni men unga aytdim, - keling, mulohaza yuritamiz: davlat topshirigʻiga mana shuncha yetmaydi, hozir qanchaligini eslolmayman, shundaymi? Kolxozchilar oʻzlarida deyarli borini topshi-rishgan ... Sutni qaerdan olamiz?»; U menga: «Sen, - dedi, - mening miyamni… eshit-ganing, boʻladigan gapni gapir!»; U olamda yoʻq soʻkongʻich edi. Men qoʻlimga choʻt oldim : keling, bir hisoblaylik. Aytaylik, sen sut yigʻadiganlarga besh yuz litr topshirishing kerak. - Baev xayolidagi choʻtda xayolidagi besh donani surdi, Maryaga toqat bilan va mulo-yim boqdi. - Shundaymi? Bu sening sigiring sutida yogʻ shuncha-shuncha boʻlishi hisobidan. – Baev xayolidagi yana bir necha soqqani oldingilaridan balandroqda surdi. – Lekin sigiringni sutidagi yogʻ besh yuz litrga yetadigan darajada emasligi, undan pastligi aniq boʻldi. Tushunyapsanmi? Unda sen besh yuz litr emas, aytaylik, besh yuz yetmish besh litr olib borishing zarur. Tushundingmi?

Marya hozircha tushunib yetmadi.
— Oʻshanda u ham tushunmadi : menga qarab koʻzlarini pirpiratdi : tushunmayapman, nima demoqchisan. Hammadan, dedim, bir foizdan yogʻlilikni olib tashlang - ana sizga - qoʻshimcha sut. Siz bu sutni kolxozchilardan olinayotgan davlat topshirigʻidek koʻrsatasiz. Sut boʻlsa boʻlgani, uni qogʻozda istaganingcha oʻzgartirish mumkin. Eh, u oʻshanda xursand-ligidan oʻtirgani joy topolmay qoldi. Ogʻzingga siqqanini soʻra, deydi. Bilasanmi, nima dedim: meni shahar bemorxonasiga yotqizishga olib bor. Olib bordi.

Marya davlat topshirigʻini bajarishdagi qiyin ahvoldan qanday chiqa olishgan-larini haligacha hech aqliga sigʻdira olmasdi.
— Yo Xudo-ya! – hayajonlandi Baev. – Mana sen besh yuz litringni olib bording, keyin senga grajdanka Selezneva hali yana yetmish besh litr gardaningda turibdi, deyisha-di. Sen albatta, nega ekan, deysan. Menga oʻxshagan qoʻlida choʻt, qandaydir bittasi keling birga hisoblaymiz, deydi… Yogʻga kelganda xatoga yoʻl qoʻyilibdi-da. Xodim qaramagan-da… Men boʻlsam – bemorxonadaman. Hozirdayam u yerga qishloqdan borganlarni yaqin yoʻlatishmaydi. Men esam qanday bir paytda bemorxonada yotdim.
— Nega endi?.. Ogʻrib qoldingmi, niyma?
— Senga nima desamikan... Yoʻq. Menda bir qusur boridi: oʻshandayam koʻzim… deyar-li koʻr edim. Anna shuning uchun urushga olishmagan. Lekin men bemorxonaga buning uchun emas… qanday ifodalasam ekan… Shahar bemorxonasida yotishni koʻnglim tusab qoldi. Esimdan chiqqan emas, unda yosh yigit edim, lekin bir narsani oʻylaganim-oʻylagan edim: shahar bemorxonasiga qanday qilib yotsam ekan? Ana shunda oʻsha voqea qoʻl kelib qoldi. Ha. Bemorxonaga bordim, demak, menga koyka ajratilgan, hamma narsa yogʻ tushsa, yalagudek, choyshablar, koyka oldida javoncha ... Palatada tagʻgʻin beshta joʻrttaga inqillagan yotibdi, har qaysi har xil sabab bilan, bittasining qoʻli mayib, boshqasining boshi oʻrab tashlan-gan, bitta traktorchini kuragining yarmi kuyib ketgan, benzin yongan yerga oʻzini uribdi-chi. Anna shunnaqa. Ha, mayli, deb oʻylayman, mening orzum amalga oshadi.
— Han nimma, hech bir sababsiz yotishmi, boʻlgani shumi? - Maryaning aqli yetmasdi.
— Boʻlgani. Qani, bu yerda menga qanday qarasharkin, deya oʻylayman. Boshqacha qarashadi deya eshitganim bor-da. Hech qanday bir maxsus qarashni koʻrmadim - faqat «Nimadan bezovtasiz? Qaeringiz ogʻriyapti?»; deb soʻrashgani-soʻrashgan. Yuragim ogʻriyapti, kel, qoʻlingdan kelsa, unga davo topgin, deyman. Hamma yerimni mushtlab chiqishdi, quloq tutishdi, biron-bir natija yoʻq.. E, bemorxona haqida gapirib nima, odamlarga kelay-lik… Demak, men palataga kirganimda oʻsha mollar yotishgandi… Men ularga yaxshilikcha

«Xoʻsh, salom, yigitlar!» dedim. Va yoʻl charchogʻi yengib, birpasgina mizgʻimoqchi boʻldim: yoʻl uzoq edi-da, arava chayqab tashlagandi. Birpasgina mizgʻib olay, dedim.

Koʻzim ilinibdi, demak, u qoʻtir echkilar menga nima deyishdi de: «Analiz olish zarur»;. - «Qanaqa analiz ?»; - « Najas, - deyishdi, - toʻqqiz yuz gramm va yana haligi koʻpik-langan ter»;. Men taajjubga tushdim, albatta, lekin ...

Ana shunda Maryaning ich-ichidan kulgi otilib chiqdi, qoʻzlaridan yosh tirqirab otilgancha kuldi. Baev ham avvaliga «hm-hm»lab turdi, lekin keyin Maryaning kulgidan toʻxtatishini kutib qiyofasi jiddiylashdi.
— Ha, nima boʻldi keyin? - Marya koʻzini jun roʻmoli uchi bilan artgancha soʻradi . -

Aytganlarini toʻplab berdingmi?
— Avvaliga ular terlarini toʻplashga, ha, artishga tushishdi, - Baev davom etdi, u hikoyasi masxaraga aylanganidan norozi edi, u saboq chikaradigan xulosa topishga intil-di. – Ustimga toʻshaklar yopishdi, ustidan ikkita koʻrpa tashlashdi, koʻpikni boʻlsa qoʻl-tigʻim ostidan siqib chiqarishga urinishdi, nimaymish, ter tomchilarmish. Qaragin, odam-larning kallasini nima egallagan: kasallikka solyapti, deyishadi-da! Qaragin, oʻylab koʻrsalar boʻlmasmidi – dahshatli urush ketayotgan boʻlsa, ularni, mexanizatorlar kabi hozircha bronda tutib turishibdi: bunday paytda soʻlib-sargʻayganlikka olgin-da bu dunyo-da yoʻkdayin ogʻzingga tolqon sol. Yoʻq, ular qayoqdagi jin urgur gaplarni oʻylab topisha-di. U yotganicha oʻylaydi, hayoti oldinda, uni qanday qilib boʻlsada rejalashtirish, izmi-da bor narsani hisoblashi kerak, aytishlaricha?.. Sen nima! U tish qayraydi va oʻylanib oʻtirgandan koʻra yotgancha qotib-qotib kulgan ma’qul deydi.

Marya toʻqqiz yuz gramm haqida eslab qoldi va yana xoxoladi. U Baevning hozirgi-dayin jiddiy gaplaridan soʻng kulish yaxshi emasligini tushunardi, lekin baribir oʻzini kulgidan toʻxtata olmasdi.
— Shunnaqqa, qanday qip … anovini ?.. Yigʻib beroldingmi? - ayol yana koʻzlarini artdi. - Nima qilayin, oʻzimga kuchim yetmayapti, Nikolay Ferapontich, sen meni kechir, lekin rosa kulgili-da, Toʻqqiz yuz grammni yigʻib berdingmi-yoʻqmi?
— Nima-nima, biz shunaqamizda – oʻzimizga kuchimiz yetmaydi-da, - Baev ranjidi, - Entak-tentak yashaymiz – oʻzimizga kuchimiz yetmaydi, ichamiz- sayoq yuramiz - oʻzimizga kuchi-miz yetmaydi, fosiq ishlarga qoʻl uramiz – yana oʻzimizga kuchimiz yetmaydi. Ana mening kuyovim, ishni ajralishgacha olib bordi, yaramas soʻyloq, oʻziga kuchi yetmaydi. Aygʻirlar. Razillar. - Baev jahli chiqqanidan qizarib-boʻzardi. – Bir katta mixni olsang-da, ular-ning klubiga borsang, hammasini qatorlashtirib mix bilan teshsang. Qah-qahlashni oʻr-ganishibdi-da? Oyoqlari tuproq sochishni oʻrganishibdi-da?.. Ana endi boshingni eggin, men senga yashashni oʻrgataman! Sassiq takalar.

Oʻrtaga sukunut choʻkdi. Marya ogʻir uh tortdi: unda-da qizi bor, uning oilaviy hayoti ham boʻlmagan.
— Sen ularga qanday yordam berasan ? – dedi ayol - . Mayli, koʻngling taskin topsin, lekin aytgin, qanday yordam berasan?
— Hech qanday, - Baevning baqirishiga sal qoldi. - Masalalarini oʻzlari hal qilib olishsin.

Ular yana jim qolishdi.

Baev hidlanadigan tamaki solingan shishacha oldi, burun kataklariga tortdi – birinchisiga, ikkinchisiga, - xiralashgan kichkina koʻzlarini pirpiratdi va roʻmolchaga maza qilib aksa urdi.
— Koʻzingga foydasi bormi oʻzi? - Marya tamaki halqachalariga ishora etib soʻradi.
— Agar bu boʻlmaganda allaqachon koʻr boʻlib qolardim. Faqat shu tamaki ushlab turibdi-da.
— Koʻzing qachon xiralashib qoldi, qaerda? Urugʻlaringda hammaning koʻzi oʻtkir edi-ku.
— Oʻtkir... – Baev nafasini ichiga yutdi. – Hammasining koʻzi oʻtkir, lekin hammasi ham aqlli emas. – Baev shishachani choʻntagiga yashirdi, oʻylangancha jim qoldi. - Marhum otam meni nima qilganini na qalam bilan yozib boʻladi, na…nima deydilar?.. Mening maktabga bormasligim uchun u oʻylab topgan ishlarni aqlingga sigʻdira olmaysan. Men esa oʻlgiday oʻqishni istardim. Oʻshshanda diniy maktab edi… Ruhoniy otaxon otamning ol-diga kelib, qobiliyatli bola, maktabga borsin, dedi. Keyin! Mening otamga faqat… Yomonlikni eslash gunoh, lekin … tagʻin… Men qanchalik iltimos qilmadim, oyogʻining tagiga yotib oldim, nola qilib, koʻz yosh toʻkdim – maktabga borishga ijozat bering! U Piy-mani tokchaga otadi va tamom. Pech yonida oʻtir, oyogʻingni issiq qilgin – otamning topgan gapi shu. Eh-h!.. - Baev achchigʻlangancha yana jim qoldi. - Shunaqqa, hamma uyquga ketgach, qorachiroqni yoqamanda, pech burchagiga tiqilaman va oʻqiyveraman-oʻqiyveraman. Tun boʻyi oʻqib chiqaman – ana shunda koʻzimdan nur qochgan-da.
— Shunaqqa qilib, nega otang seni bunday?..
— Buni oʻzidan soʻragin! Oʻqish erkaklarning ishi emasmish.Oʻjar, savodsiz odam edi. Bir umr men uning qilguliklarini yuragimda saqlab keldim.. Esimda turibdi, oʻla-yotganda: «Kechir, Kolka, oʻqishingga toʻsqinlik qildim ...»;, dedi. Bunday paytlarda nima deyish kerakligini yaxshi bilaman, lekin til aylanmaydi. «Mayli, - deyman, - oʻtganni qaytarib boʻlarmidi.»; Ana shunday yuragim tosh qotdi! Chunki uning tili achchiq edi! Mening kallam esa joyida edi! Ba’zan, she’rni ikki marta oʻqisam, hech bir tutilmasdan yoddan sharillataverdim.
— Koʻrdingmi, agar «kechir» degan boʻlsa, keyin tushunib yetibdi-da.
— Ha, keyin- keyin-da ... Mening oldimga kelishadi-da, " Xudo haqqi, ariza yozib bergin», deyishadi yo boshqa bir narsani iltimos qilishadi, qup-quruqqa emas, bitta tovuqmi yo oʻnta tuxummi, ba’zan yung… ikki funtcha olib kelishadi... Men oʻtiramanda, yozishga tushaman, iltimosnoma yozish men uchun tupurgandek bir gap: bir joyida qattiq olaman, boshqa yerida boʻyoqni quyuqlashtiraman, zarur boʻlsa, oʻzingni uvolgina koʻrsatasan, yo boʻlmasa, yuqori tashkilotlar haqida gap qistirib oʻtasan… Buni katta bir ilm deydi-lar. Yozib boʻlib, iltimoschining qoʻliga tutqazasan: «Ma, oyogʻingni qoʻlingga olib, yoʻlga tush»;. Bu inson ogʻzi qulogʻiga yetib ketyapti. Bir soatmi-yarim soatdami tovuqlik boʻlib olganingni ham sezmaydi. Otam esa buni koʻrib turadi, burnini tortadi - albatta oʻzi-ning aybini biladi-da. Ha, seni-ya, oʻylayman, oʻqigani qoʻyganingdami, men hozir… Mayli. Unda tovuqning oʻzi nari tursin, hidi bormidi! Axir, men hammasiga oʻzim oʻqib-oʻrganib erishdim - avval hisobchi, soʻng buxgalter boʻldim. Hozirgi dangasalarni oʻqit-gandek meni oʻn yil oʻqitganlarida, men nimalar qilmagan … bilmadim. Eh-h! Mayli. – Baevga chindan ham alam qilayotgandi, hatto koʻzlari yoshlandi, u bukilgan koʻrsatkich bar-mogʻi bilan artib oldi. - Hozir nimasini aytasan. Albatta, alam qiladi… Mana endi hammasi oʻtdi-ketdi - bu qoʻllarimdan qancha ish oʻtganini bir tasavvur qilib koʻrgin! Axir meni boshqa tumanlarga revizor qilib joʻnatishdi! Boryapman, xayolimdan ketmaydi: kattalar mening bizda bittasi hazillashgandayin – cherkov diniy maktabi – ChDB da bor-yoʻgʻi bir yarim sinf oʻqiganimni bilishgandami. Bor-yoʻgʻi bir yarim qish bordi-keldi qildim, sizlar boʻlsangiz, boshqalarni taftish qilishga joʻnatyapsiz! Indamadim-qoʻy-dim…
— Xudo senga oʻqish uchun bir intilish baxsh etgan ekan-ku! - Marya chinakamiga hur-mat bilan soʻzladi. - Bu intilish qaerdan paydo boʻlgan?
— Kuzatuvchanlik, - Baev tushuntirdi. – Men esimni taniganimdan buyon bir narsani bilaman – har doim kuzatuvchan edim. Doʻmboqqina bolaligimda tizzamgacha suvga kirib turgan paytim koʻp boʻlgan. Esingdami, qishloq yaqinida koʻl bor edi? Ramenskoe deb ata-shardi- suvga tushardim va turaverardim. Yarim kungacha harakatsiz turardim – suvda nimalar boʻlayotganini kuzatardim. Bu Xudo tomonidan beriladi. Bu hech qachon odamlar tomonidan emas. Men otamdan aqlli maslahat oʻrniga tepki olardim, xolos.
— Qaranglar-a, - Marya yana hurmat bilan soʻzladi. - Menga esa, nima boʻlsa, bari-bir! Koʻchada oʻynab toʻymasdim. Kun boʻyi koʻchadan uyga kirgim kelmasdi.
— Men gunoh ish deb oʻylayman... – Baev atrofga qarab oldi va ovozini pasaytirdi. - Men oʻylayman: marhum onam meni boshqa birontasidan orttirganmi yo?
— Yo Xudoyim! – Marya hayajonga tushdi, lekin u ham past ovozda soʻzlandi va at-rofga alanglashiga oz qoldi. – Anisya xolla-ya! Ferapontich, nimalar deyapsan...

Xudoyim! Senmi, sen otangga oʻxshaysan. Faqat sen toʻlaroq va soqoling yoʻq, boʻlmasa… Nima boʻldi senga, Xudoni oʻyla! U bu ishni … kim bilan qilishi mumkin?
— Endi-ii!.. - Baev yana shishachani qoʻliga oldi. - Mening kallamni ishlashi kimga tortgan ekan? Men bir narsani oʻylayman : amerikaliklar-chi oʻshshanda bizda hammayoqni qazib tashlashgandi – togʻlarda nimadir qidirishardi... E, it biladimi! Ular-chi… anovi… tinib-tinchimas xalq…
— Shunaqqa, oʻxshaysanmi oʻzi?
— Endi-ii!.. Oʻxshayman! Kichikligingdan bir odam atrofida uymalashaversang, oʻxshab qolasan. Ana it xoʻjayiniga oʻxshab boradi-yu, odam-chi… E, it biladimi! Balki, boʻynimga gunoh yuklarman. Lekin otam ikkovimizning qarashlarimiz osmon bilan yercha.

Yuragim sezib turadi: mening xamirturushim dehqoncha emas. Tugʻilganimdan buyon na shudgorlashga, na ekishga… biron-bir dehqonchilikka havasim yoʻq.. Sharobga ham hech qachon koʻngil qoʻymaganman - Baev dehqon zotidan emasligini isbotlash uchun qattiq tirishmasdan, koʻproq mulohaza yuritar va ikkilanardi. - Agar bunday oʻylab qaraganda, nega bu narsalar menda yoʻq? Men yer olish uchun intilishim kerak edi yo bayram kunlari… olishib-solishib yurishim. Yoʻq! Oʻzimning polizimizda gʻimirlashni yoqtirmayman. Men idorada oʻtirish uchun yaratilganman …
— Shunaqqaqip, oʻtirib kelishgan - issiqqinada va hurmatda,- Marya oʻrnidan turdi.
— Oʻtir ! - Baev hayajonlanib baqirdi. - Nega sen erkak oʻrniga tun boʻyi ishlab chiqasan? Idorada oʻtir va vaqt oʻtkazaver.
— Vaqt oʻtkazaver...
— An-na! Kalla boʻlishi kerak? Mana men kalla toʻgʻrisida gapiryapman. Agar kelib chiqishim dehqon boʻlsa, bu kallani qaydan olganman?
— Nima, seningcha, dehqonlardan katta odamlar chiqmaganmi? Ana urushda…
— U-u-urushda! – Baev ayolning gapini boʻldi. - nagan koʻtarib va tomoq yirtib chopib yurish – bu hali eng buyuk donolik emas. Tomoqyirtarlar bizda koʻp boʻlgan emas. Birgina Vanya Kisani olgin... Bolaligidan qoʻlida pichoq edi. Boshi turmadan chiqmasdi, yurakkasal. Ana shuyam botirlarning botiri sanalardi…
— Oʻxshatishni qoyillatding-da!
— Oʻxshataman-da? Botirlikda Kisadan oʻtadigan boʻlganmi?.. Bironta shunaqasi bormi?
— Kisa - qaroqchi. Qaroqchi, boʻlgan-turgani qaroqchi. Men yaxshi erkaklar haqida gapiraman. Ana Ivan Kozlovni olgin... Oddiy askar edi, komandir boʻldi. Ordenining sanogʻiga yetmaysan, oʻshshanda fotosuratini yuborganda butun qishloq tomosha qilishga chopgandik.
— Bu ... shunchaki bir, - Baev chuqur nafas oldi. U chalasavod Maryaning oʻziga teng emasligini yashirmasdi, u bilan bahslashib nima, baribir oʻzining kalta oʻyi bilan biron nimaning tagiga yetmasa. – Albatta, komandir, ordenlar … shaqar-shuqur, gʻarchillaydigan etik…Bularning hammasi ta’sir koʻrsatadi. Lekin baribir boshni hech qanday orden bilan almashtira olmaysan. Balki bosh degani bordir, balki … shunday - shapka kiyadi-gan bir narsadir.

Baev Marya bilan ana shunday suhbatlashardi. Uchgacha, toʻrtgacha oʻtirishardi. Koʻpincha nimagalardir kelisha olishmas, gaplari qochib qolib, qizishishar, lekin tinch-gina xayrlashishardi. Baev maydon orqali joʻnab qolardi, toʻgʻri kesib chiqsa – uyi, Marya esa divanga choʻzilib, tong otguncha xotirjam uxlardi. Soʻngra – sershovqin, sertashvish, samarasiz kun boshlanardi... Va soʻng yana tun yer uzra qora chodirini yozar, yana suhbat, oʻyga choʻmish, eslash – turmushning tinchgina, zoʻrgʻa ilgʻab qolinadigan shodliklariga shoʻngʻish istagi yetaklab ketardi.

... Birda Baev Marya bilan tungi uchlargacha suhbatlashib oʻtirishdi. Baev xushboʻy ermagi – tamakining oxirgi qismini valeryanka tomchilariga qoʻshib burniga tiqdi-da, ketishga chogʻlandi. Ana shunda Marya, doʻkon ayvonchasiga bir kishi kirib borayotganini koʻrdi.... Kirdi, qulfni tortdi va ortiga oʻgrildi. Marya kursiga qapishib ketdi.
— Ferapontich, - Marya dahshatga tushib shivirladi, - qaragin!

Baev tikilib qaradi va qoʻrquvdan yuzi burishib ketdi.

Ayvonchadagi odam depsindi, yana qulfga qoʻl choʻzdi… Temirning sharaqlagani eshitildi.
— Ot! - Baev Maryaga pichirladi. - Ot!.. Toʻgʻri derazadan oʻq uz!

Marya qimirlamadi. U derazadan koʻz uzmasdi..
— Ot! - Baev yana undadi.
— Men qanday qip otaman?! Tirik odamga... «Ot!»; Qanday?! Nima demoqchisan?

Ayvonchadagi odam uycha derazasi tomon qaradi, pastga tushdi va toʻgʻri Maryalar tomon yoʻnaldi.
— Yetti olam xoʻjayini, oʻzing asragin, - Marya shivirladi, - qiyomat yaqinlashyapti. Xudoyim, gunohkor bandangni oʻzing kechir…

Baev boʻlsa shivirlashga ham majol topolmas, faqat barmoqlari bilan miltiqqa va derazaga imo qilar – otgin, dermidi.

Deraza tagida qorni gʻarchillatgan qadam tovushi eshitildi... Notanish odam toʻx-tab, derazadan tikildi. Ana shunda Marya uni tanidi. Shodon qichqirdi:
— E, bu Petka-ku! Petka Sibirsev!
— Nimaga hech kim yoʻq ? – soʻradi Petka .
— Kir, kiraqol! - Marya qoʻl silkidi. – Makkor, yaramas! Hozir naq yuragim yorilib ketadi, deb qoʻrqdim. Yarim tunda tentirab yuradigan shayton! Boshogʻriq tutib qolib kun bilan tunning farqiga bormay qolgan u.

Petka ichkari kirdi.
— Nima hozzir tunmi? – soʻradi u.
— Qip-qizil tentak-ku bu! - Marya yana koyindi. - Sen nima doʻkonga choraktalikka keldingmi?

Petka tunligini hayrat va alam bilan angladi.
— Uxlab qolibman ...

Nihoyat Baevning qoʻl-oyogʻi harakatga keldi, bir-ikki marta tamaki hidladi, ak-sirmadi, roʻmolchaga burun qoqdi.
— Ha-a, - dedi u. - Esini yoʻqotganicha ichadimi odam, tun bilan kunning farqiga bormay qolsa-ya…

Petka Sibirsev uzun taxta «eshak»ka oʻtirdi, boshini ushladi.
— Shunchalikka boradimi! - Marya haligacha hayratlanardi. – Otib qoʻyganimda nima boʻlardi?

Petka boshini koʻtardi, Maryaga qaradi - yo uning nima deyotganini tushunmadi, yo gapiga tuzuk ahamiyat bermadi.
— Uning boshi ogʻriyapti, - Baev kuyinganday soʻzlandi. - Eh-h... Odamlar! - Baev roʻmolcha bilan lablaridan tamaki changini qoqdi, koʻzlarini artdi. - Nabiram menga bir kitobchani oʻqib beryapti: Aleksandr Nevskiyning rus yerini himoya qilganini... Yaxshi yozilgan, lekin men undagi bironta soʻzga ishonmayman.

Marya va Petka cholga oʻgirilishdi.
— Ishonmayman! - Baev bor kuchini jagʻiga toʻplab baqirdi. - Yozgan odam oʻylab top-gan... va jaraq-jaraq pul olgan .
— Qandayiga? – Marya tushunmadi.
— Yolgʻonni eshvorgan! Nima, aldashmaydimi?
— Axir bu tarixiy voqea-ku - dedi Petka. – Qanday qilib yolgʻon toʻqishi mumkin? Albatta, u oʻt-betini boʻyagan, lekin bu boʻlgan voqea.
— Boʻlmagan.
— Shundaymi! – Petka ogʻriyotgan boshini tebratdi. - Hm...
— Xoʻp, unda kimlar bilan birga himoya qilgan? Senga oʻxshagan jangchilar bilan-mi?

Petka yana cholga qaradi ... Lekin indamadi.
— Agar sizlar bilan biron nima qila olmayotgan boʻlishsa – toʻrt tomonda turib tarbiya qilayotgan, aqlingizni oʻstirayotgan … har tomonlama kurashayotgan boʻlishsa, - u paytda ongni qanday oʻstirish mumkin boʻlgan?

Petka choʻntagiga qoʻl tiqdi - chekishga bir nima izladi, lekin na papiros, na gugurt topdi.
— Gazetaga yoz - maslahat berdi u. – Inkor et.

Shunday dedi-da, oʻrnidan shartta turib uychadan chiqib ketdi.

Marya va Baev derazadan Petkaning yurishini kuzatib turishdi. Yigitning oyoq-lari ostida tungi ayozda muzlagan qorning shisha sinayotganday qarsillashi eshitildi, birozdan soʻng doʻkon muyulishi tarafda burilgach, uning qadam tovushi yanada qattiqroq eshitildi.
— Ular toʻy qilishmoqda, shekilli, - dedi Marya. – Petkaning singlisi anovinga… anovinga… oti nimaydi… oʻshanga tegyapti. Akasi agronom qizimiz deb kelgandi-ku… Oti nimaydi?
— Men ularni qaerdan taniyman? Tanishniyam istamayman… Qayoqdagi qalangʻi-qasangʻilar . – Baev birdaniga boʻshashib ketganini, ayniqsa oyoqlari boʻshashayotganini – xuddi paxtaga oʻxshab qolganini his qildi. Nima boʻlganda ham u qattiq qoʻrqqandi, - Shunaqayam ichadimi odam, tun bilan kunni ajratolmasa!
— Qaragin, tunlar ham qanday yop-yorugʻ. Balki uyqusidan sapchib turgandir, qarasa, atrof yorugʻ va doʻkonga chopgan.
— Bu ey-y... u oyni quyosh deb oʻylaganmi?

Marya kuldi:
— Qattiq maishat qilishgan koʻrinadi.

Baevning qorni tatalab qoldi, u shosha-pisha tamaki shishachasi ogʻzini yopdi-da, choʻntagigi yashirib, qoʻzgʻaldi.
— Men borayin. Sen navbatchilikni tinchgina oʻtkazib olgin.
— Salomat boʻl, Ferapontich. Ertaga kelgin, men kartoshka olib kelaman, pishira-miz
— Pishiramiz, pishiramiz, - dedi Baev. Va tezda tashqariga chiqdi.

Marya uning maydonni kesib oʻtganini va koʻcha tarafga yurganini koʻrdi. U oyoq-lari ostiga qaragancha shoshib-pishib borardi. Uning oyoqlari ostida ham muz gʻarchillar-di, lekin yumshoqqina – Baev valenka kiyib olgandi.

Atrof esa musaffo, shundayin sokin va musaffo edi - kichkina bir narsa boʻlsa-da, koʻrishing, past ovoz boʻlsa-da, eshitishing mumkin edi. Lekin negadir xotirjam emas edi. Koʻkrakdanimadir bezovta qilayotgandayin. Xuddi yuragingga qaynoq bir narsani tegizishayotganday, tovoningga ham, chakkangga ham ohista urishayotgandayin. Va quloq-laringda siltab-siltab qon shangʻillaydi. Boʻlgani shu, yerda esa, boshqa hech narsa eshitil-maydi. Oy boʻlsa argʻamchiga osilib turadi.