OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifVasiliy Shukshin
Asar nomiTanqidchilar (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Rus adabiyoti
Boʻlimlar
   - Sotsialist realizm
Mualliflar
   - Vasiliy Shukshin
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonOʻrinboy Usmon (Ruschadan)
Hajm18KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/10/08
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Tanqidchilar (hikoya)
Vasiliy Shukshin

Bobo yetmish uch yoshda, Petka esa oʻn uchga kirgandi. Bobo sharttaki va asabiy edi, qulogʻi ogʻirligidan azob chekardi. Petka yoshiga qaraganda mustaqil, novcha, uyatchan va oʻjar edi. Ular doʻstlashib qolgandilar

Ular bu dunyoda hammadan koʻra kinoni yaxshi koʻrishardi. Boboning pensiya puli-ning yarmisi chipta sotib olish uchun ketardi. Odatda oy oxirida pulini sanarkan, bobo Petkaga alamli quvonch bilan e’lon qilardi:
— Ikkovimiz besh soʻmning boshiga suv quyibmiz!

Petka odob yuzasidan qiyofasiga taajjublangan tus berdi.
— Hech qisi yoʻq, boqib olishadi, - dedi bobo ( u Petkaning otasi va onasini koʻz-da tutayotgandi. Petkaning otasi boboning oʻgʻli edi). - Bu ikkalamizning foydamiz.

Ular doim birinchi qatorda oʻtirishar, bu yerda bobo yaxshiroq eshita olardi. Lekin baribir u soʻzlarning yarmisini tushuna olmas, aktyorlarning labiga qarab nima deyotgani-ni taxminlardi. Ba’zan bobo hech bir sababsiz toʻsatdan xo-xolashga tushardi. Tomosha zalida esa boshqa hech kim kulmasdi. Petka bobosining biqiniga turtar va achchigʻlanib pichirlardi:
— Senga nima boʻldi? Tentakka oʻxshab ...
— U nima dedi boʻlmasa? – soʻrardi bobo.

Petka bobosining naq qulogʻiga shivirlab, aktyorning nima deganini aytardi:
— Sur’atni pasaytirmasdan.
— He-he-he, - bobo oʻz ustidan ohista kulardi. - Men boshqacha eshitibman.

Ba’zan kimdir aybsiz insonni oʻldirganida bobo yigʻiga tushardi.
— Eh siz ... odamlar! – u alam bilan shivirlardi va roʻmolchasiga burun qoqardi.

Umuman u ekranda koʻrgani haqida gapirishni yaxshi koʻrardi. Kinoda qattiq oʻpishib qolishsa, u jilmayar va pichirlardi :
— Shaytonning ishi!.. Sen qara, qaragin... Heh!

Kinoda urushib qolishsa, qoʻllarini stulga tirab olib, berilgancha diqqat bilan mushtlashuvni tomosha qilardi ( aytishlaricha u yoshligida janjallashishga oʻch boʻlgan. Va janjallashish qoʻlidan kelgan.)
— Yoʻq, anovinisi boʻlmagʻur … e, nima… nimjon. Bunisi boʻlsa yomon emas, abjir. Bordi-yu, yasamalik boʻlsa darrov ilgʻab olardi
— O-la, - derdi u xafa boʻlib, - buni yolgʻondan qilishdi.
— Qon chiqayapti-ku, - Petka norozi boʻlardi.
— Sho-osh-ma ... qon. Nima boʻpti? Burun deganlari nozik keladi: salgina tushir-sang, darrov qonaydi. Aslida nomiga mushtlashyapti.
— Nomiga mushtlashyapti emish!
— Albatta, nomiga-da .

Ortdagilar ularni turtishdi va jim boʻlib qolishdi.

Bahsning kattasi klubdan chiqishgandan soʻng boshlandi. Gap ayniqsa qishloqqa bagʻishlangan filmlarga kelganda boboning qattiq jahli chiqardi.
— Hammasi boʻlmagʻur, - derdi u. – Bunaqasi boʻlmaydi.
— Nega boʻlmas ekan ?
— Nima, seningcha anovi yigitning ishi oʻziga yarashadimi?
— Qaysi yigitni aytyapsiz?
— Garmoshka koʻtargan-chi. Derazadan kirmoqchi boʻlgan yigit-da.
— U derazadan kirgani yoʻq, - Petka bobosining gapini toʻgʻriladi; u film voqealarini boshdan-oxir aniq eslardi, bobosi aralashtirib yuborar va bu Petkaning gʻashiga tegardi,- U qoʻshiq aytish uchun derazaga rafiga chiqib oldi, xolos.
— Chiqdimi, axir. Mana men, esimda turibdi, bir marta derazaga chiqqandim…
— Nima u senga yoqmayaptimi?
— Kim?
— Namuncha kimlading!.. Ana qaysi bir yigit derazaga chiqibdi. Uni oʻzing ayt-madingmi?
— Hech ham bunday emas, - bobo jimjilogʻining uchini koʻrsatdi. - Allaqanday bir Vanya-tentak. Ashula aytadi va yurgancha ashula aytadi... Bizda bitta Vanya-tentak boriydi – yurgan yoʻlida ashula aytgani-aytgan edi.
— Axir u sevib qolgan-ku! - Petka asabiylasha boshladi.
— Sevsa nima boʻpti?
— Sevganiychun ashula aytadi-da.
— A?
— Ashula aytishining sababi bor, deyapman !
— Bunaqalarni qachonlardir kulgiga koʻmib tashlashardi! Yoʻlini yurolmasdi. Sevar-mishlar ... Sevgan odam, uyaladi. U boʻlsa qishloqning toʻrt tomonini boshiga koʻtarib yuribdi... Qaysi ahmoq qiz unga tegadi! U ji-id-diy yigit emas. Esimda turibdi, bizga biron qiz yoqib qolsa, ikki koʻcha naridan oʻtardik – chunki uyalardik. Sevarmish… Sevsang-sevaver istaganingcha, lekin nega bunday ashula aytib…
— Nima - nega?
— Odamlarga kulgi boʻlib nima? Esimda bor, biz ...
— Yana «biz, biz»;. Hozir odamlar boshqacha boʻlishgan !
— Nimaga boshqacha boʻlishgan ekan? Har doim odamlar bir xil boʻlishgan. Nima sen oʻzimizda bunaqa tentaklarni koʻp koʻrganmisan?
— Bu bir kino-da. Oʻxshatish yaxshi emas.
— Men oʻxshatayotganim yoʻq. Men yigitning harakatlari oʻxshamagan, deyapman, vassalom, - bobo soʻzida turib oldi.
— Ana hammaga yoqyapti-ku! Kulishdi-ku! Men ham kuldim.
— Sen halli kichkinasan, shuniychun senga kulgili. Mana men duch kelgan narsaga kulavermayman.

Bobo kattalar bilan san’at borasida kamdan-kam bahslashardi – qoʻlidan kelmasdi. Bahs boshlanishi bilan asabiylashar, haqoratlashga tushardi.

U bir marta kattalar bilan aytishib qoldi, oʻsha bir martagina ham boshiga gʻavgʻo olib keldi.

Bu voqea bunday boʻlgandi.

Ular – Petka ikkov komediya koʻrib, klubdan chiqishdi va biri olib-biri qoʻyib uni danagidan magʻzigacha chaqishga tushishdi.
— Bilasanmi, odamga nimasi alam qiladi: shaytonlar, anov aktyorlar-da oʻzlari qah-qahlashadi, sen esa oʻtiraverasan, qitiqlashsa-da, kulging kelmaydi! – bobo qattiq achchigʻ-landi. – Seni kulging qistadimi nima?
— Yoʻq - tan oldi Petka. – Faqat bir martagina, ular mashina bilan agʻdarilib ketishganda.
— Ana koʻrdingmi! Biz-chi pulini toʻlab qoʻyganmiz – eski pulga ikki soʻmdan! Ularchi, oʻzlari kulishdi, tamom.
— Muhimi, «Komediya»; deb yozishdi.
— Komediya!.. Bunaqangi komediya uchun ularning tishlarini urib sindirish zarur.

Ular uyga qahru-gʻazabga toʻlib qaytishdi.

Bu paytda uylarida televizorda qishloq hayotiga oid qandaydir bir film koʻrib oʻtirishardi.

Uylariga Petkaning xolasi, ya’ni onasining singlisi mehmonlikka kelgandi. Bir oʻzi emas, eri bilan. Ha, shahardan. Mana endi hammasi oʻtirib olib televizor tomosha qilishyapti. ( Bobo va Petka ikkovlonning televizorni hech jinlari suymasdi. " Hali men boʻydoq edim, akam, Mikita, uylandi, ana shunda men ularning xonalariga teshikdan moʻra-lash uchun borishni yaxshi koʻrardim. Televizor ularniki-da: nazaringda moʻralaganingcha hammasini koʻrayotgandaysan» - dedi bobo bir-ikki marta televizion koʻrsatuvlarni tomosha qilgach.)

Ana, demak, hamma oʻtiribdi, tomosha qilyapti.

Petka dars tayyorlash uchun tezda dahlizga chiqib ketdi, bobo esa boshqalar bilan birga qoldi, besh daqiqacha televizordagi yaltir-yulturlarga qarab oʻtirdi va hammani oʻziga qaratdi:
— Boʻlmagʻur narsalar. Bunday boʻlmaydi.

Petkaning otasi xafa boʻldi:
— Ota, jim boʻlgin, xalaqit berma..
— Yoʻq, bu qiziqarli, - dedi shaharlik xushtakalluf kishi. – Otaxon, nega bunday boʻlmaydi, deb oʻylaysiz? Nega boʻlmas ekan?
— A?
— U yaxshi eshitmaydi, - tushuntirdi Petkaning otasi.
— Men nega bunday boʻlmaydi, deb soʻrayapman. Sizningcha qanday boʻladi? - shahar-lik kishi oldindan negadir jilmayib qoʻyar ekan, baland ovozda takrorladi.

Bobo unga shubhali koʻz tashladi:
— Bunday boʻlmaydi, ana shunday. Man-na sen unga qarab rostdan ham duradgor deb oʻylayapsan, lekin men bunday nazar solib, uning hech qanday bir duradgor emasligini darrov bilib oldim. U hatto boltani toʻgʻri ushlashni bilmaydi.
— Otam bilan Petka ikkovlari bizning tanqidchilarimiz, - dedi Petkaning otasi boboning soʻzlash ohangini biroz yumshaytirish maqsadida.
— Qiziq, - shaharlik yana ogʻiz ochdi. – Nega siz u boltani toʻgʻri ushlashni bilmay-di degan qarorga keldingiz?
— Chunki men bir umr duradgorlik qilganman. «Nega bunday qarorga keldingiz?»; emish.
— Ota, - Petkaning ammasi gapga qoʻshildi, - nima qipti shunga?
— Nimaga?
— Menga bu odamning oʻzi qiziqarliroq .Tushundingizmi? Men uning haqiqiy duradgor emasligini bilaman, u – aktyor, lekin menga qiz… menga juda qiziq…
— Xuddi mana shunaqalar studiyada oʻtirvolib yozishadi, - dedi yana jilmaygancha Petkaning ammasining eri.

Petkaning ammasi va uning eri oʻta aqlli va hamma narsani bilishardi. Ular bobo bilan kulgancha gaplashishardi. Bu boboning achchigʻini chiqardi.
— Bu senga muhim emas, menga esa muhim, - u qizini ogʻiz ochirgani qoʻymadi, -- Ular senga pufakni puflab oʻtqazishadi, lekin menga oʻtqazisholmaydi.
— Xa-xa-xa, - shaharlik kishi kuldi. – Haqingni oldingmi?

Petkaning ammasi ham tirjaydi.

Petkaning otasi va onasi boboning gaplaridan xijolatga tushishdi.
— Ota, seni koʻnglingni topish rosayam qiyin, - dedi Petkaning otasi. – Yaxshisi Petkaning oldiga bor, unga yordamlash. – Petkaning otasi shaharlikka tomon burildi va past tovushda tushuntirdi:
— Oʻgʻlimga dars tayyorlashga yordam beradi, lekin oʻzi hech narsani bilmaydi. Ikkov-lari tortishgani-tortishgan. Kulging qistaydi!
— Qiziq chol, - shaharlik Petkaning otasi gapini ma’qulladi.

Hammalari cholni unutib, yana kino koʻrishga tushishdi. U orqada xuddi basharasiga tupurib tashlangan odamday turardi. Yana birpas turdi-da Petkaning oldiga ketdi.
— Kulishyapti, - dedi u Petkaga.
-Kimlar?
— Ana... - chol mehmonxona tomon bosh irgʻadi – Mayli, sen qari toʻnka hech narsa-ni bilmaysan deyishyapti. Ular-chi, tushunishadi!
— E’tibor berma, - maslahat berdi Petka.

Chol stol yoniga borib oʻtirdi, ogʻiz ochmadi. Birozdan soʻng yana gapga tushdi.
— Sen ahmoqsan, deyishdi, aqlingni yeb qoʻygansan…
— Nima, shunday deyishdimi?!
— Nima?
— Seni ahmoq deyishdimi?
— Oʻtirib olib kulishgani-kulishgan. Ular juda koʻp narsani bilishadi-da ! - Pet-kaning ta’biri bilan aytganda bobo tobora «oʻt olardi».
— E’tibor bermagin, - Petka yana maslahat berdi.
— Savodxonlar… Kelishdi! – Bobo oʻrnidan turib sandiq titkiladi, pul olib, chiqib ketdi.

Bir soatdan keyin mast qaytib keldi.
— O-o! – Petka hayratga tushdi (bobosi kamdan-kam ichardi). – Senga nima boʻldi?
— Tomosha qilishyaptimi? – soʻradi bobo.
— Tomosha qilishyapti. U yoqqa kirma. Kel, yechintirib qoʻyay. Nega ichding?

Bobo yogʻoch katga ogʻir choʻkdi.
— Ular tushunishadi, sen bilan men tushunmaymiz ! – bobo ovozini baralla qoʻydi -Sen ahmoqsan, bobo, deyishdi! Sen hayotda hech narsani tushunmaysan. Ular-chi, tushuni-shadi! Pullari koʻpmi?! – bobo endi baqira boshladi. – Puling bijgʻib yotgan boʻlsa-da, burningni koʻtarma! Men bir umr egilib-bukilib halol mehnat qildim. Endi men jim-gina oʻtirishim kerak ekan. Hey, sen oʻzing umringda qoʻlingga bolta ushlaganmisan?! – Bobo eshik bilan gaplashardi, uning ortida televizor koʻrib oʻtirishardi.

Petka oʻzini yoʻqotib qoʻydi..
— Kerak emas, kerak emas , - u bobosini xotirjam boʻlishga undardi . – Kel, men seni yechintirib qoʻyaman. Ularni qoʻyaver !..
— Yoʻq, toʻxta, men unga aytadiganimni aytaman ... – Bobo oʻrnidan turishga urindi, lekin Petka uni ushlab qoldi:
— Bobojon, kerak emas !
— Shaharlik ichi poʻk oliftalar . – Bobo tinchlanganday boʻlib, jimib qoldi.

Petka uning bitta etigini tortdi.

Lekin shu payt chol nimagadir bosh chayqadi.
— Sen mening ustimdan kulmoqchi boʻlyapsanmi? - uning koʻzlari yana alamli chaqnab ketdi. – Men senga bitta soʻzni aytishim mumkin!.. – Bobo etikni oldi-da, mehmonxonaga qarab yurdi. Petka uni toʻxtatib qola olmadi.

Chol mehmonxonaga kirdi-da, qoʻlini siltab etikni televizorga irgʻitdi:
— Mana sizlarga!.. Sizlarning duradgorlaringizga ham!

Ekran chil-chil sindi.

Hamma oʻrnidan irgʻib turdi. Petkaning ammasi hatto chinqirib yubordi.
— Masxara qilmoqchi boʻldinglarmi! – baqirdi chol. – Sen biron marta qoʻlingga bolta ushlaganmisan?!

Petkaning otasi cholni qoʻltiqlashga urindi, lekin u qarshilik koʻrsatdi. Kursi-lar toʻrt tomonga sharaqlab uchdi. Petkaning ammasi yana chinqirdi va koʻchaga qarab otildi.

Petkaning otasi baribir cholni boʻysundirishga muvaffaq boʻldi, uning qoʻllarini orqaga qayirdi va sochiq bilan bogʻlashga tushdi.
— Rosa vaqtingni topding-da, otaginam, meni tilimni qisib qoʻyding, - Petkaning otasi cholning qoʻllarini qattiq bogʻlarkan gʻazabini tuta olmadi. – Rahmat senga.

Petka oʻlgudek qoʻrqdi, u koʻzini katta ochgancha boʻlayotgan voqealarni kuzatardi. Shaharlik kishi chetda turar va ahyon-ahyon boshini chayqab qoʻyardi. Petkaning onasi shisha siniqlarini yigʻishtirardi.
— Tilimni qisib qoʻyding... – Petkaning otasi hadeb bir gapni takrorlardi va tishini gizlatdi.

Chol yerga qarab yotar, boʻyalgan polga soqolini ishqar va baqirardi:
— Sen mening ustimdan kulavergin, men esa senga – bitta soʻzni aytaman!.. Bu soʻzni aytganimdan soʻng ovozing oʻchadi. Agar sen aytganingday men ahmoq boʻlsam…
— Nima men shunday dedimmi? – soʻradi shaharlik kishi.
— U bilan gaplashmang, - dedi Petkaning onasi. - Hozir uning qulogʻi butkul tom bitgan. Vijdonsiz.
— Meni siz bilan bitta dasturxon atrofiga oʻtirishimni istamaysiz, ha, mayli! Lekin sen menga... Bu… mayliga! – chol baqirdi. – Lekin sen menga aytginchi – umringda bitta daraxt kesganmisan? A-a!.. Ana shunday. Sen meni duradgorlikni tushunmaydi de-yapsan! Qishloqdagi uylarning yarmini men oʻz qoʻllarim bilan qurganman!..
— Rosa vaqtini topib tilimni qisding, Xudoyim olsin seni, tilimni qisding, -gʻuldullardi Petkaning otasi.

U gapirib turarkan Petkaning ammasi va milisa xodimi, shu qishloqlik Yermolay Kibyakov kirib kelishdi.
— Oʻhu-u! – dedi Yermolay yoyilib kularkan. – Timofey amaki, nega bunday qilding? A?
— Xursandchiligimni naq burnimdan chiqardi, - dedi Petkaning otasi oʻrnidan turar ekan.

Milisa «hm-hm»ladi, kafti bilan jagʻini siladi va Petkaning otasiga qaradi. U rozi boʻlib bosh irgʻadi va dedi:
— Shunday qilish kerak. Oʻsha yerda tong ottirsin-chi…

Yermolay furajkasini boshidan oldi, uni avaylab mixga ildi, planshetdan bir varaq qogʻoz oldi va stol yoniga kelib oʻtirdi.

Chol jimib qoldi.

Petkaning otasi boʻlgan voqeani qoʻshib-chatmasdan hikoya qildi. Yermolay qorayib ketgan dagʻal kafti bilan xumdek boshidagi yogʻ bosgan sochini siladi, yoʻtaldi va stolga koʻkragini tiragancha, boshini chap tarafga qiyshaytirib, yozishga tushdi.

«Grajdanin Novoskoltsev Timofey Makarich, bir ming ...»;
— U nechanchi yil tugʻilgan?
— Toʻqsoninchi yilda .

«... Bir ming sakkiz yuz toʻqsoninchi yilda tugʻilgan, sobiq duradgor, hozir pensiyaga chiqqan. Ajralib turadigan belgisi yoʻq. Yuqorida koʻrsatilgan Timofey joriy yil yigirma beshinchi sentyabrida uyiga oʻtkir araq ichgan holda kelgan. Bu paytda uning oila-si televizor koʻrib oʻtirgan boʻlgan. Mehmonlar ham boʻlishgan...»;
— Nima degan kinofilm edi ?
— Bilmayman. Televizor qoʻyganimizda kino boshlangandi, - tushuntirdi Petka-ning otasi. – Kolxoz haqida .

«... Filmning nomini eslashmaydi. Bir narsani bilishadi: kolxoz haqida. Timo-fey ham televizor koʻra boshlagan. Keyin u: »; Bunday duradgorlar boʻlmaydi«, degan. Hamma Timofeydan oʻzini tutib olishini soʻragan. Lekin u tutaqib, oʻz bilganidan qol-magan. U yana bunday duradgorlar boʻlmaydi, hammasi yolgʻon, degan. »;Duradgorlarning qoʻli bunday boʻlmaydi, hech qachon". Va qoʻllarini qarsillatib ura boshlagan. Undan yana bir marta oʻzini tutib olishini soʻrashgan. Shunda Timofey oʻng oyogʻidagi etigini yechgan

( bichimi - 43-45 , yungi toʻkilgan) va televizorga qarab otgan.

Albatta, dunyodagi bor narsani, ya’ni odatda koʻz bilan koʻrish mumkin boʻlgan nar-salarni irgʻitdi.

KIBYaKOV, milisa katta leytenanti".

Yermolay oʻrnidan turdi, protokolni ikki qatladi, planshetiga yashirdi.
— Timofey amaki, ketdik!

Petka nima yuz berayotganini haligicha anglab yetmasdi. Lekin Kibyakov va otasi ikkovlon bobosini yotgan yeridan turgʻazishayotganda uni qafasga olib ketishayotganini tushundi. U dodlab yigʻladi va bobosini himoya qilish uchun otildi:
— Uni qaerga opketyapsizlar?! Bobojon, seni qaerga opketishyapti!.. Ota, bunday qilma, kerak emas!..

Otasi Petkani itarib tashladi, Kibyakov boʻlsa, kula boshladi:
— Bobongga achinyapsanmi? Hoz-zir biz uni turmaga tiqamiz. Hoz-zir...

Petka yanada qattiqroq yigʻladi.

Onasi uni burchak tomon olib ketdi va yupata boshladi:
— Sen nimaga yigʻlaysan, unga hech narsa boʻlmaydi! U yerda bir kecha yotadi va qaytib keladi. Ertaga oʻzi uyalib qoladi. Yigʻlamagin, oʻgʻlim.

Cholning etigini kiygazishdi va uydan olib chiqib ketishdi. Petka piqillab yigʻ-ladi. Shaharlik ammasi ham Petkani yupatishga tushdi:
— Petenka, senga nima boʻldi? Uni hushgakeltirgichga olib ketishdi, hushgakeltir-gich-ga! U tezda qaytib keladi. Bizda, Moskvada qancha odamni hushgakeltirgichga olib ketishlarini bilasanmi!..

Petka milisani ammasining oʻzi olib kelganini esladi, uni qattiq itarib tash-ladi, pechka ustiga chiqib oldi va yostiqqa yuzini bosgancha uzoq-uzoq yigʻladi.