OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

1 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifViktor Gyugo
Asar nomi«Qoʻrquv» (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Fransuz adabiyoti
Boʻlimlar
   - Romantizm
Mualliflar
   - Viktor Gyugo
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonFurqat Soatov (Nemis tilidan)
Hajm2KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/04/03
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





«Qoʻrquv» (hikoya)
Viktor Gyugo

Fransiyadagi siyosiy tuzumni agʻdarib, hokimiyat boshiga kelishni oʻziga maqsad qilgan bir qancha bir-biriga qarama-qarshi guruhlar butun Parijni qamal qilgan. Kun-u tun Parij koʻchalarida tinimsiz qurol oʻqlari izgʻir, oʻqlar zarbiga uy devorlari bagʻri qalqon edi. Goʻyo dod solgancha devorlar toʻkila boshlar, deraza oynalari parchalanib, goʻdakdek chinqirardi tinmay.

Ana shunday notinch davrning kunlaridan birida jajji bir bolakay uy devorlariga biqinganicha oʻta ehtiyotkorlik bilan ketib borar, ortiga esa matoga oʻrab qoʻyilgan nimanidir yashirganicha oʻzi bilan olib olgandi. Koʻchaning har bir yeriga ehtiyotkorlik bilan koʻz yugurtirarkan, shundan keyingina asta qadam tashlardi. Bu holni sinchikovlik bilan kuzatib turgan bir necha oʻspirin yoshdagi bolakaylar uni mazaxlagancha qichqira boshlashdi: «Quyonyurak!»

Shunda ikki oʻspirin bola bolakayning ikki qoʻlidan torta boshlaydi, yana biri esa uning ortidan turtgancha koʻchaning qoq oʻrtasiga sudrab kelishadi. Bolakay tipirchilarkan:»Qoʻyib yuboringlar!»- deya qichqirardi.
- Sen qoʻrqoqsan! Quyon yurak!, - deya bolakayni haqorat qilishadi.

Shu on kutilmaganda qaerdandir miltiqdan otilgan daydi oʻqlardan biri gʻoʻngʻillab kelib bolakayning bogʻliq tuguniga uriladi. Tugun ichida esa nimadir tarsillab sinib ketadi.

«Nima qilib qoʻydinglar! Endi dadamga yeyishlari uchun nima olib boraman?», -deya hoʻngrab yigʻlab yuboradi bolakay.
- Dadang qaerda? - hayratda soʻrashadi bolalar.
- Mudofaa devorlari ortida, urushda. Uyimizdagi soʻnggi ushoqqacha uning xuzuriga eltmoqchi edim.

Shu soʻzlarni achchiq oʻkingancha aytarkan, bolakay hushtak chalib daydiyotgan oʻqlar toʻfoniga qaramay sochilib ketgan kartoshka va non boʻlaklarini terib oldi, soʻng hech bir hadiksiz mudofaa devorlari ortiga, dadasining huzuriga shaxdam qadam tashlab yoʻlida davom etadi.