OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

5 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifVirginiya Vulf
Asar nomiArvohlar uyi (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Britaniya adabiyoti
Boʻlimlar
   - Modernizm
Mualliflar
   - Virginiya Vulf
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonDilmurod Usmonov (ingliz tilidan)
Hajm6KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2011/07/19
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Arvohlar uyi (hikoya)
Virginiya Vulf

Qanday qoʻrqinchli onlar!... Uygʻonganingizda xona eshigining sharaqlab yopilayotgan tovushi, koʻzga koʻrinmas qandaydir sharpalarning xonadan-xonaga juft-juft boʻlishib yurgan tovushlari, kimnidir zinadan xonangiz tomon koʻtarilayotgan tovushi va eshikning asta ochilishi … etingiz beixtiyor junjikib ketishi tabiiy!
— Biz bu yerdan tezda koʻchishimiz kerak,- deya koʻrpaga burkangancha shivirladi ayol eriga.
— Eh, axir bu yerda bizning qimmatbaho buyumlarimiz, dastgohlarimiz bor-ku, - dedi eri.
— Ular chordoqda! – deya shivirladi ayol.
— Bunday sharpalar bogʻimizda ham bor, - pichirlab qoʻshimcha qildi er ham.
— Jim!!! Aks holda biz ularni uygʻotib yuborishimiz mumkin.
— Vaholanki, siz bizni uygʻotmagan edingiz. Eh, yoʻq! Ular bir nimani qidirishmoqda. Mana ular pardani tortqilab koʻtarmoqdalar! Biri kitob sahifalarini varaqlab nimanidir qidirar edi. «Hozir ular uni topib olishadi. Bu aniq !»

Daftar uzra yozib turgan qalam birdan oʻzidan-oʻzi toʻxtab qoldi. Aftidan, arvohlardan biri oʻqishdan charchadi shekilli, kitob asta yopilib koʻrinmas sharpaing qoʻzgʻalgan tovushi eshitildi. Uy ichi boʻm-boʻsh, uy egalaridan tashqari hech zogʻ koʻrinmas, biroq uy eshiklarining ochilib-yopilgan tovushi, yogʻoch tortmalar ichidagi narsalarning sharaqlashi hamda ferma tomondan kelayotgan yanchish mashinasining gʻuvillagan ovozi – bularning bari bir-biriga ayqashib dahshatli bir manzara hosil qilardi.
— «Men oʻzi nima uchun keluvdim bu yerga? Nimani qidirmoqchiman oʻzi?» Qoʻlarim boʻsh edi. Ehtimol, u yuqoridadir. Olma daraxti shoxlari buralib chordoqqa boʻylashib yotibdi. Olmalar yerga toʻkilib tusha boshladi. Maysa ustida yastanib yotgan bir kitobni hisobga olmaganda, faqat bogʻgina har doimgi holatida edi.

Sharpalar uni qidirib yana pardali xonaga kirishdi. Ularni hech kim koʻrolmasdi. Deraza oynalari bogʻ ichidagi olmalarni, maysalarni oʻzida koʻzgudek aks ettirar edi. Maysa ustida toʻkilib yotgan yaproqlar yashil tusda edi. Voajab, sharpalar bogʻ qoʻynidan sirgʻalib xona ichiga kirib kelishganlarida yaproqlar sariq tusga oʻzgarib qolishdi. Bir fursatdan keyin xona eshigi asta ochildi. Uy poli uzra sharpalar koʻlkasi yoyilib, devoriy suratlar, shift ustidagi qandil shokilalari silkinib ketdi, - Bu nima boʻldi ekan? Mening qoʻllarim boʻsh edi.

Yel soyasi gilam uzra uchib oʻtdi. Tortmalar ichidagi qimmatbaho buyumlar yana sharaqlay boshladi. «Seyf», «Seyf», «Seyf», «Sizning xonangizda xazina koʻmilgan!»- degan qoʻrqinchli tovush xona ichra jaranglab ketdi.

Tovush ham ohista toʻxtadi. Oh, bu oʻsha koʻmilgan xazinami?

Bir fursatdan keyin chiroq ham oʻchib qoldi. Bogʻning ichi nima boʻldiykin? Quyosh shul’asini daraxtlarning quyuq koʻlkasi berkita boshladi. Yogʻdulik oʻrnini salqinlik koʻlankasi egalladi. Men doimo mana shu shisha ortidagi koʻmilgan xazinani izlayman. Bu shishada oʻlim bor! Oʻlim bizning yonginamizda! Birdan bu hovlida bundan yuz yillar burun istiqomat qilgan ayol arvohi paydo boʻldi. Xona ichi qorongʻulashdi. U bu narsani meros qilib qoldirgandi. U bu narsani shu ayolga meros qilib qoldirgan edi. Shu payt osmonning janubiy tomonida yulduzlar chiqa boshladi. U bu hovliga shu narsani topish uchun kelgandi. Nihoyat u oʻziga kerakli narsani Zina ostidan topganday boʻldi. «Seyf!», «Seyf!», «Seyf!» , degan quvnoq, lekin dahshatli tovush yan xona boʻylab qoʻrqinchli tusda yangrab ketdi. «Sizning xazinangiz!»

Shamolning koʻcha boʻylab vahimali oʻkirigi eshitilar, daraxtlar qaddi kamonday bukchayib muttasil chayqalar edi. Shunga qaramay, yomgʻir aralash boʻronda ham oy nuri yerga sutday quyulib turar, derazadan tushgan yogʻdu esa tashqi hovlini yoritolmay sinar, xona ichidagi sham hali ham yonib turardi. Hovli boʻylab sharpalarning charx urib uchayotgan tovushlari, deraza tirqishlaridan esa « Bizni uygʻotmanglar», - degan qoʻrqinchli ovozlar hamda xunuk sharpalarning juft-juft boʻlib qiyqirgan tovushlari yangrar edi.
— Biz shu yerda uxlaymiz, - dedi ayol. Eri luqma tashladi: «Arvohlarning navbatsiz boʻsalari…», «Tongdagi sapchib uygʻonishlar…», «Daraxtlar ortidagi kumush buyumlar…», «Oppoq qorga burkangan izgʻirinli qish…», « Xona eshiklarining gʻiyqillashi hamda ohista tiqillashi yuraklarni beixtiyor taka-puka qilib tashlaydi.

Koridor boʻylab kelayotgan sharpa birdan eshik oldida toʻxtab qoldi. Ular kelishmoqda! Ular shundoqqina eshik qarshisida! Tashqarida shamol uvillar, yomgʻir tomchilaridan yer bagʻirlab toʻplangan koʻlmakchalar billur shisha toʻshalgan kabi kumushday yaltirardi.

Koʻzlarimiz oldi qorongʻulashdi. Biz shundoqqina qarshimizda koʻrinmas sharpaning oyoq tovushlari eshitib turardik. Bizning yuzimizga ayollar kiyadigan yengsiz keng kiyim etagi tegib turardi, biroq kiyim ichidagi odam koʻrinmasdi. Erkak qoʻlidagi fonus bilan yuzini pana qildi. –Uni qara!... – dedi qoʻrquvdan hansirab ayoliga. Tirik odamning nafas tovushni sezyapman. Uning lablarining tafti shundoq yuzimga urilib turibdi!

Shundoqqina tepamizda qandaydir koʻrinmas sharpa bukchaygan holda kumushrang chiroqchani ushlab turardi. Ularning chuqur va uzun nafas olishi va anchadan keyin uzun-uzun nafas chiqarayotgani eshitilib turardi. Shamol toʻgʻridan va ohista esa boshladi. Alanga yolqini xiyol qiyshayib ketdi. Shul’a koʻlankasi xona devorlariga urilar, pol uzra yoyilib qoʻrqinchli manzara hosil qilardi. Sham yogʻdusi birdan dogʻli va xunuk qiyofali basharalarni yoritib yubordi. Qoʻrqinchli basharalar uxlovchilar orasidan ular berkitgan xursandchilikni qidirishardi. Uy markazida “Seyf !”, “Seyf !”, “Seyf !”, - degan dimogʻdor tovush yangradi. “ - Uzoq yillardan beri, - dedi sharpa xoʻrsiniq aralash tovush bilan, - nihoyat sizlar meni topdingiz. “ Ular shu yerda!...-dedi ayol shivirlab. Sharpalarning ba’zilari mudrashmoqda, ba’zilari bogʻda oʻqishmoqda, ba’zilarining xunuk qiyqiriqlari quloqqa chalinadi. Ba’zilari chordoqdan olma uloqtirmoqda. – Biz shu joyga xazina qoldirib ketgandik. Koʻzlarim oldida ularning qovoqlari egilib tusha boshladi. “Xazina!” , “Xazina !” , “Xazina!” - degan etni junjiktiruvchi yovvoyi tovush soʻnggi bor xona devorlariga urildi. Uygʻoninglar! Uygʻoninglar! - deya qichqira boshladim. “ Oh mana bu yerda ekan biz koʻmgan xazina! – boyagi sharpa yaqinlasha boshladi. “Xazina sizlarning yuragingizda!”…