OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifXans-Yohim Arndt
Asar nomiVenalik tanish (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Olmon adabiyoti
Boʻlimlar
   - Ilmiy taxayyulot
Mualliflar
   - Xans-Yohim Arndt
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonHomidbek Rahmonov (Nemis tilidan)
Hajm2KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/05/16
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


Nashr belgilari
«Ma’rifat gulshani»; gazetasidan olindi.


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Venalik tanish (hikoya)
Xans-Yohim Arndt

— Mutlaqo-ya? - begona kishi ajablandi. - Siz meni tanimayapsizmi? Ruxsatingiz bilan aytmoqchimanki, siz Vena Akademiyasi professori Foyerbahsiz, shunday emasmi?
— Ha.
— Yana meni tanimayapman, deysiz-a? Ruxsatingiz bilan shuni aytmoqchimanki, biz Venada oʻn martalab, ha, ha, eng kamida oʻn martalab, turli vaziyatlarda uchrashganmiz - koʻrgazmalar, uyushmalar va hokazolarda. - Shularni aytarkan u sigareta qutisini uzatib, rassomga sigareta taklif qildi. - Biz tez-tez birgalikda sigareta chekib turardik!
— Men umuman chekmayman, - e’tiroz bildirdi qisqa qilib rassom, begona odamning borgan sari joniga tegayotganidan jahli chiqib.
— Qiziq, siz meni tanimadingiz, sigareta ham chekmaysiz. Men qasam ichishga ham tayyorman... - begona kishi ajablanib boshini sarak-sarak qildi. Keyin mingʻirlab, uzr soʻradi-da, ketdi.

Ammo taxminan besh daqiqalardan keyin u yana qaytib keldi.
— Ruxsatingiz bilan, janob professor, men haliyam ishonolmayapman, siz eslagan boʻlishingiz kerak, - u savollarini yana takrorlay boshladi va Foyerbah bilan Venada yoʻq deganda oʻn martalab uchrashganini qat’iy turib ta’kidladi.
— Siz chindan ham chekmaysizmi? - soʻradi u hayratini yashirolmay.
— Yoʻq, men umuman chekmayman! - javob berdi rassom undan qanday qutulishni bilmay.

Begona kishi yanada ajablanib bosh chay¬qadi. Mingʻirlab yana uzr soʻradi va ketdi. Bu safar qaytib kelmadi. Bir qancha vaqtdan keyin Anzelm Foyerbah segareta chekmoqchi boʻldi, ammo choʻntagidan unga Bavariya qiroli sovgʻa qilgan oltin sigareta qutisini topolmadi. Uning oʻrniga, choʻntagida bir parcha qogʻoz turardi:

«Chekmaydigan kishiga sigareta qutisining keragi yoʻq!».