OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifXedli Barker
Asar nomiMash’um tuz (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Amerika adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Xedli Barker
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonDilshodbek Asqarov (rus tilidan)
Hajm6KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2011/07/19
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Mash’um tuz (hikoya)
Xedli Barker

Gerbert Dolishning fikricha, anavi imillagan ofitsiant qiz boʻlmaganida u qotilga aylanmagan boʻlardi.

Poezd ketishiga oʻn daqiqa qolganida ochlikdan qorni surnay chalayotgan Gerbert stantsiya tamaddixonasiga kirdi. Ofitsiant qiz sudralib qadam bosib uning oldiga keldi, Dolish esa joyida oʻtirolmas, tinmay soatiga qarardi. Unga taom keltirishganida poezd ketishiga bor-yoʻgʻi ikki-uch daqiqa qolgandi.

Choyni chala-chulpa hoʻplagan Gerbert perronga oʻqdek yetib keldi, ammo poezd joyidan siljigan va u odatda yoʻlovchi hamrohlar bilan qarta oʻynab ketadigan vagon ancha oldinda edi.

Ajoyib qarta oʻyini haqidagi fikrdan voz kechgan Dolish soʻnggi vagonga zoʻrgʻa osilib chiqib oldi.

U yuk xaltasini orqasiga osgancha yagona yoʻlovchi oʻtirgan kupega kirdi. Yoʻlovchi bashang kiyingan, boʻyinbogʻ taqqan olifta edi. Olifta Dolishga bir sidra koʻz tashlagach, yurib ketayotgan poezdga sakrab chiqish xavfli ekanligi haqida mingʻirladi. Keyin esa Dolishdan farqli oʻlaroq ketayotgan poezdga sakrab chiqolmagan va gʻildirak ostida qolib ketgan allaqanday Tomas Biggs haqida batafsil hikoya qildi.

Bu paytda qotillik qilish xayolida yoʻq boʻlgan Gerbert oliftaga tikilib turardi. U ahmoq odamlarga toqat qilolmasdi, roʻparasidagi hamrohi unga ana shunday ahmoqlardan biridek tuyuldi. Ammo u qarta oʻynashni taklif qilgach, Dolish quvonchdan sakrab yuborishiga sal qoldi. U ashaddiy qartaboz boʻlgani uchun bu taklifga darrov rozi boʻldi.
-Menda qarta bor,-dedi Gerbert qoʻlini choʻntagiga solib. Barmoqlari qattiq narsaga urildi. Dolish choʻntagidan toʻpponcha chiqardi.-Qoʻrqmang,-dedi u kulimsirab va qurolni stol ustiga qoʻydi.-Men talonchi emasman. Bugun tasodifan sotib oldim. Mahalliy tirda toʻpponchadan oʻq otish boʻlimi ochilgandi. Ishonavering, bu judayam zoʻr sport.

Hamrohi bosh irgʻadi.
-Maylimi,-dedi u va toʻpponchani qoʻliga olib tomosha qildi.-Zoʻr qurol! Jin ursin, oʻqlangan ekan!
-Hm... oʻq ham sotib olgandim, ammo tashvishlanmang. Xoʻsh, nima oʻynaymiz? «Oltmish olti»ni bilasizmi?
-Ha, oʻynaganman. Hech esimdan chiqmaydi, bir marta...

Gerbert qarta tarqatishni boshladi.
-Qanchadan tikamiz?-soʻradi u.
-Besh shillingdan tikamiz, boʻladimi?

Dolish ajablandi. Odatda u bunchalik katta puldan oʻynamasdi, ammo oʻz tajribasiga ishonib taklifga e’tiroz bildirmadi.

Gerbertga roʻparasida oʻtirgan boʻyinbogʻli olifta shunchaki havaskor emasligi tez orada ayon boʻldi. U qartalarni epchillik bilan aralashtirar, tarqatardi.

Dolish yutqaza boshladi. Besh shilling, oʻn, oʻttiz besh, ellik... U olti funt yutqazib qoʻydi. Asabiylashganidan yuzlari qizarib ketdi. U endi yutish uchun astoydil oʻynay boshladi. Ammo poezd Chetemga yetib kelguncha qirq besh funtdan ayrildi. Pulini qanday qilib boʻlsa ham qaytarish maqsadida Dolish oʻyinni davom ettirdi. Vahimadan uning yuragi taka-puka boʻlayotgandi. Uning omadi kelmas, tinmay yutqazardi. Bugun qarzlari uchun pul toʻlaydigan kun. Hozir yutqazayotgan pullari aynan qarzni toʻlashga moʻljallangandi...

Yetmish funtni boy bergach, Gerbert oʻzini orqaga tashladi va qaltiroq qoʻllari bilan peshonasidagi terni artdi. Uning rangi oqarib ketgan, lablari pirpirab uchardi.
-Afsuski,-dedi u,-men oʻyinni davom ettirolmayman. Yonimda bir shilling ham qolmadi.
-Rostdanmi? Mayli, oshna, omadingiz kelmadi. Afsus, oʻyin zoʻr ketayotgandi.
-Menga qarang,-dedi Gerbert soxta tabassum qilgancha,-bilaman, iltimosim gʻalati, lekin... yutgan pullaringizni menga qaytarib bera olasizmi? Keyin qaytaraman, ammo hozir... Bilasizmi, men...

Qartaboz unga koʻz qiri bilan qaradi va xoxolab kuldi.
-Qoyil! Uyga borishim bilan xotinimga aytaman. Kulaverib ichagi uzilib ketsa kerak. Yutqazdingizmi, oshna, yutqazdingiz. Men sizga xayriya jamgʻarmasi emasman.
-Iltimos,-yolvordi Dolish.-Meni notoʻgʻri tushundingiz...
-Sizga maslahatim, oshna, bu pullarni unuting va...
-Qoʻlingni koʻtar!-xirilladi Dolish toʻpponchasini oʻqtalib.

Ayni daqiqalarda ham u qotillik qilishni oʻylamayotgandi. U shunchaki qartabozni qoʻrqitish va undan yutqazib qoʻygan yetmish funt pulini qaytarib olishni xayol qilayotgandi.

Ammo olifta kutilmaganda Dolishga tashlandi. Dolish qoʻrqib ketib tepkini bosdi.

Qartaboz xuddi latta-putta solingan qopdek yerga quladi. Uning peshonasidan tirqirab qon chiqdi.

Dolish oʻziga keldi va endi nima qilish kerakligini oʻylay boshladi.

U jasadni poezddan uloqtirib tashlash uchun engashdi va uning qoʻlida soat borligini koʻrib qoldi. Dolish soat milini orqaga-oʻntakam oltiga surib qoʻydi. Jasad yerga tushganida zarbadan soat toʻxtab qoladi va politsiya u bundan oldingi poezdda oʻldirilgan deb oʻylaydi.

U kupe eshigini ochdi, jasadni uloqtirdi va yengil nafas oldi.

Skotland-Yard inspektori Venner London elektropoezdiga ertalab sakkizu qirqda oʻtirdi. Kupeda ikki kishi oʻtirgandi. Bir ozdan soʻng ular Dolishni hazil-huzullar bilan qarshi olishdi. Oʻn yildirki toʻrtalasi ishga bitta kupeda, manzilga yetguncha qarta oʻynab ketishardi.
-Qarta esingdan chiqmadimi?-qichqirishdi hamrohlar.-Kecha kechqurun qaerda eding?
-Kech qolib ketdim,-dedi Dolish.-Oxirgi vagonga zoʻrgʻa chiqib oldim. Kecha soat beshdagi poezdda yuz bergan qotillik haqida oʻqidinglarmi?

Dolish uzatgan qartani sanayotgan Smit bosh silkidi.
-Bechoraning boshi majaqlanib ketibdi. Venner, gazetada yozilmagan boshqa ma’lumotlardan ham xabaring bordir?
-Koʻp narsadan xabarim bor, faqat aytib boʻlmaydi,-dedi inspektor.-Qotillik yuz berganidan uch soat oʻtgach, meni jasadni koʻrishga chaqirishdi.
-Menga qara, Dolish,-dedi Smit,-qarta oz-ku. Mash’um tuz qani?

Smit tuz qargʻani shunday atardi.
-Choʻntagimda qolib ketibdi, shekilli,-dedi Gerbert.
-Choʻntakdaligi aniq, faqat sening choʻntagingda emas,-dedi kutilmaganda Skotland-Yard inspektori.-Adashmasam, mana u.

Venner shu soʻzlarni aytib tuz qargʻani stol ustiga qoʻydi.
-Qoyil! Xuddi oʻsha yetmayotgan tuz!-qichqirib yubordi Smit.-Venner, bu qartani qanday qilib olib qoʻyding?

Venner Dolishga qaradi.

-Janob Dolish, -dedi u Gerbertning yelkasiga qoʻlini qoʻygancha,-qanchalik ogʻir boʻlmasin, men sizni hibsga olishim shart. Bu tuz oʻldirilgan shaxsning kiyimi yengidan topilgan...