OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Xoja Abdulloh Ansoriy. Ruboiyot
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifXoja Abdulloh Ansoriy
Asar nomiRuboiyot
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Fors adabiyoti
Boʻlimlar
   - Sufizm
Mualliflar
   - Xoja Abdulloh Ansoriy
Uslub
   - She’riyat
Shakl
   - Ruboiylar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonЖамол Камол
Hajm5KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2013/07/17
Manbahttp://forum.ziyouz.com/ind...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Ruboiyot
Xoja Abdulloh Ansoriy

1

Haq yoʻlida ikki Ka’ba boʻlmish hosil,
Bir — Ka’bayi suvrat esa, bir — Ka’bayi dil.
Sen sayla va dillarni ziyorat ayla.
Ming Ka’badin ortiqroq emishdir bir dil.

2

Maqsudi diling, murodi joning ishqdir,
Sarmoyayi umri zindagoning ishqdir.
Yod aylaki, ishqdin baqo topdi Xizr,
Ya’niki, hayoti jovidoniig ishqdir.

3

Mastingman oʻzim, jur’avu jom bilmasmen,
Saydingman oʻzim, donavu dom bilmasmen.
Ul Ka’bayu butxonada maqsad — sensan,
Sensiz nadir ul ikki jahon, bilmasmen...

4

Sendin na hayoti jovidon istarmen,
Na ayshi tarab, gashti jahon istarmen.
Na komi dilu rohati jon istarmen,
Har neki ravo ayla — hamon istarmen...

5

Har kimsa seni bilsa, bu jonni na qilar?
Farzandu ayolu xonumonni na qilar?
Devona qilib, ikki jahon bergaysen,
Devona quling ikki jahonni na qilar?

6

Payvasta dilim mudom rizoying aytsin,
Jonim nafas olganda duoying aytsin.
Qabrim boshida agar oʻtar boʻlsa giyoh,
Yaprogʻi atir sochib, vafoying aytsin.

7

Keldim kecha, qon kildi yurishmay korim,
Bul kun qizimay, kasod erur bozorim.
Erta ketadurman, bilmayin asrorim,
Ne afzal emish boʻyla yoʻqimdin borim?..

8

Diydamda oʻzing ayon ekansen, bildim,
Siynamda oʻzing nihon ekansen, bildim.
Izlab seni shu jumla jahondin soʻradim,
Shu jumlayu shu jahon ekansen, bildim...

9

Koʻnglim, malagim dardini da’vo etma,
Jonim, gʻamipi oʻzingga oshno etma.
Dardu gʻami ne uning, sira aytmasmen,
Koʻksim kuyigi, sen meni rasvo etma...

10

Yo Rab, yoʻlingda rost nishon istarmen,
Tuproq ila tanimga jon istarmen.
Yetdim bori ne’matingga, evoh, endi
Shukrimni deyishga bir zabon istarmen...

11

Yo Rab, dilimga himmatingdan jon ber,
Shu dardi dilimga sabr ila darmon ber.
Bu banda na bilsinki — ne aytmoq lozim?
Har neki bilarsan, ber uni, chandon ber...

12

Mahshar kuni oshiqqa boʻlak kor boʻlmas,
Yor yuziga boqmas ersa ul, bor boʻlmas.
Vasling koʻyidin bihisht sari boshlasalar,
Bormasmen, agar va’dayi diydor boʻlmas...

13

Har yerda inoyati xudolik boʻlgay,
Fisq oxiri poku porsolik boʻlgay.
Har yerdaki qahru kibriyolik boʻlgay,
Sajjodani qoʻy, kalisiyolik boʻlgay...

14

Jonim chu ajal yoʻlingda hosil boʻlmish,
Aybsiz boʻlibon koʻzingga doxil boʻlmish.
Siz ilmsizu men hamon aybsizmen,
Ters boqma, bu joy oʻzingga ma’qul boʻlmish...

15

Yo Rab, shu holimga boqib, rahmat qil,
Hajring oʻti bagʻrimni yoqib, rahmat qil.
Rahmat soʻramasmen notavon koʻksim uchun,
Oʻrtar meni koʻz yoshim oqib, rahmat qil...

16

Kibrim ipidin oʻzing xalos et, yo Rab,
Nafsim itidin oʻzing judo et, yo Rab.
Begona erurmen, oshnolik koʻrgiz,
Kel, endi oʻzingga oshno et, yo Rab...

17

Ey lutfi kabir, lutfu karam ehson qil,
Gar lutfi karam aylar esang, chandon qil.
Bandangni gunohlar yukidin ozod et...
Charchoq shu faqirlar ishini oson qil...

18

Ishq keldiyu oshufta boʻlib jonu koʻngil,
Doʻst mehriyu doʻst yodiga toʻldim butkul.
A’zoyi vujudimni tamom doʻst oldi,
Nom qoldi faqat mengayu qolgan bari ul...

19

Yuz yil yonamen olovda, yonmoq ne emish,
Yonmoq menga oʻyla rohati kavsar emish.
Suhbat qila koʻrma noahllar bila hech,
Oʻlmoq oʻshalar suhbatidin afzal emish...

20

Shart ulki, mudom sohibi dard boʻlgaysen,
Tuproq ila chang boʻlishda gard boʻlgaysen.
Har kimsa murodin kam etar, mard boʻlgay,
Koʻp orzu-havas aylama, mard boʻlgaysen.

21

Har goʻshada boʻyla hoziru borsan oʻzing,
Yoʻl koʻrsat oʻzing, yoʻlovchiga yorsan oʻzing.
Ilkimni choʻzib, ne madad etgaymen?
Zeroki, ularga chin madadkorsan oʻzing...

22

Yo Rab, oʻzimni bir gado istarmen,
Shu telba koʻngilni podsho istarmen.
Har kimsa kelib, ayricha hojat soʻrgay,
Men ersam oʻzingni, ey Xudo, istarmen...

23

Yo Rab, menga shu omonatim bergaysen,
Loyiq sharafim — ibodatim bergaysen.
Hissamga tushibdir u jahonu bu jahon,
Har ikkisida farogʻatim bergaysen...

24

Ul subhi visoldin yiroq erdi adam,
Ishqing bila bir goʻshada erdik hamdam.
Kunduzlari, oh, qoshimda hamdam yoʻqdir,
Tunlarda gʻaming hamdan erur menga, ne gʻam...

25

Mendin necha yuz jurmu gunoh koʻrmishsen,
Lek lutfu karam birla ayab turmishsen,
Sen menga suyuksen, ahli olamga suyuk,
Chin lutfu karam sohibi sen ermishsen...