OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Xoja Ahmad Yassaviy. Devoni Hikmat
 
Asarga baho bering

5 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifXoja Ahmad Yassaviy
Asar nomiDevoni Hikmat (yangi topilgan namunalar)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mumtoz adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Xoja Ahmad Yassaviy
Uslub
   - She’riyat
Shakl
   - Kitoblar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm148KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/06/20
Manbahttp://forum.ziyouz.com/ind...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Devoni Hikmat (yangi topilgan namunalar)
Xoja Ahmad Yassaviy

1

Ayo moʻmin, kirgil yoʻlgʻa murod istab,
Jon bahridin oʻtgin Rahim Rahmon uchun.
Gunohingga pushaymon boʻl sidqing birla,
Tavba qilgʻil rahm etguvchi Gʻufron uchun.

Tanda joning mehmon erur necha kunlar,
Qon yigʻlagʻil qaygʻu birla uzoq tunlar.
Nechuk boʻlgʻoy holim debon yiroq yoʻllar,
Shoyad qabul qilgʻoy sandek hayron uchun.

Lutf aylasa, mushkul ishlar boʻlur oson,
Ugʻon Izim bandam desa qolmas armon,
Ne’mat berur dunyo ichra turluk alvon,
Bino qildi sakkiz behisht mehmon uchun.

Zohid qullar taqvo qilib namoz oʻqur,
Nasib qilsa anda borib hurlar quchur,
Oshiq qullar Mansur yangligʻ jondin kechur,
Qurbon boʻlur dor ustida jonon uchun.

Harom erur oshiqlargʻa gʻayr az Xudo,
Xato erur talab qilsa har du saro.
Muhabbatsiz toatlaring - bodi havo,
Magʻrur boʻlma dunyo, uqbo, rizvon uchun.

Yo Rabbano, xoʻb bilursan jumla asror,
Koʻbtur munda jurmu isyon, qilma izhor,
Qahr aylama man osiyga Izim Jabbor,
Bagʻishlagʻil ul hurmati Furqon uchun.

Qul Xoja Ahmad, lof urubon ayding muni,
Lof urursan muhabbatdin, ahding qani?
Na eranlar bu dunyodin boʻldi foniy,
Nafs ilgida oʻldung misli hayvon uchun.

2

Oshiqlari zikrin oytib hormas ermish,
Borgʻon sori yigit boʻlur, qormas ermish.
Halqa topsa, oshiq ishga hormas ermish,
Kahf itidek orif soʻngidin qolmas ermish.

Orif soʻngigʻa erishgonlar mazo topti,
Mazo topib, Haq yoʻlida rizo topti.
Jismu jonin fido qilib gʻizo topti,
Chin oshiqlar ursa-soʻksa tonmas ermish.

Qitmir itdin ibrat olgʻil oshiq ersang,
Oqsoqlanib yoʻldin qolma sodiq ersang.
Erlar sevur yaxshi qulgʻa loyiq ersang,
Loyiq boʻlgʻon qullar yoʻlda qolmas ermish.

Tavfiq tilab eranlargʻa yovuqlangʻil,
Koʻngul uzub taalluqdin sovuqlangʻil.
Dunyo qoʻyub, oxiratgʻa ozuqlangʻil,
Ozuq olgʻon aro yoʻlda qolmas ermish.

Oshiq qullar jafo tortsa, qonlar yutar,
Harna jafo tegsa, oni rohat tutar,
Mehnat tortmay, jafo chekmay qachon yetar,
Bu holatda boʻlgʻon oshiq qolmas ermish.

Oshiq qullar ingroyurlar tun-kun tinmay,
Zor ingrabon na’ra uror bagʻri tolmay,
Zokir qullar arra tortor doim hormay,
Suhbat topsa jon oʻynotib hormas ermish.

Ergashgonlar yaxshilargʻa zoe’ qolmas,
Sidqi birla chin ixlosligʻ topmay qolmas,
Chin yoʻllargʻa qadam qoʻygʻon ursa qoytmas,
Tolib qullar matlubidin qolmas ermish.

Qul Xoja Ahmad, oriflargʻa moyil boʻlgil,
Harna desa, boʻyunsunib qoyil boʻlgil,
Xizmat qilib yugrub yurub soyil boʻlgil,
Xizmat qilgʻon murodina yetor ermish.

3

Oxir zamon shayxlaridin soʻzloyin,
Iymon-islom bilmay shayxliq qilor ermish,
Ilm oʻrganmay, amal qilmay, ma’ni uqmay,
Oxiratda qaro yuzluk boʻlor ermish.

Shayxman teyu mehrob ichra oʻlturgʻoylar,
Halqa ichra xalqgʻa zahmat yetkurgoylar,
Hoyu Hu deb sarmastligʻin bildurgoylar,
Ondogʻ johil qandogʻ shayxliq qilor ermish.

Mundogʻ shayxning qiyomatda yuzi qaro,
Nodonliqda shayxliq qilur – ishi riyo,
Roʻzi mahshar rasvo boʻlur, koʻzi a’mo,
Avval-oxir zalolatda boʻlor ermish.

Shayx boʻlmoqgʻa jam’ ul-jam’ adno maqom,
Hozir boʻlub, ogoh boʻlsang alad-davom,
Pir xizmatin necha yillar qilsa tamom,
Yoʻq ersa, zolu muzill boʻlor ermish.

Omi shayxlar quloq, dumsiz himor boʻlgʻoy,
Himmatlari dunyo molin yigʻor boʻlgʻoy,
Xaloyiqni yoʻl ozgʻurub ketor boʻlgʻoy,
Ondogʻ shayxlar bahoyimdin batar ermish.

Oʻzlarini xalqlar aro tutqoy ulugʻ,
Botinlari ichra yoʻqtur zarra furugʻ,
Man ortuq, deb yurgonlarni joyi tamugʻ,
Doʻzax ichra qottiq azob tortor ermish.

Aybin oytsa, ochchigʻlanib urushqoylar,
Oʻzi bilmay yamon ishga yurushgoylar,
Qaro yuzluk mahshar kuni turushqoylar,
Nadomatda boshi qotib yurur ermish.

Ey moʻminlar, oʻshal shayxni bayonini,
Man oytoyin, yaxshi tinglang ayonini,
Qiyomatda yuklar murid gunohini,
Sirot uzra titrab-qaqshab turor ermish.

Mundogʻ shayxning oqilini degil ahmoq,
Omiliqda shayxliq qilur ermish mutloq.
Botin ichra anga tegor doim toʻqmoq,
Qiyomatda hasrat qilib yuror ermish.

Chin shayx boʻlsa, dunyo molin suymas, biling,
Tongla borsa, doʻzax ichra kuymas, biling,
Alloh debon kechalarda uymas, biling,
Yuzin koʻrsang, toʻlgʻon oydek boʻlor ermish.

Qoʻlin tutsang dunyo mehri dildin ketor,
Halqasida moumanlik jumla ketor,
Nazar qilsa, ikki olam ishing bitor,
Ondogʻ murshid lomakonda yuror ermish.

Shayxliq otin anga qilmoq erur vabol,
Jon berorda iymonigʻa xavfu zavol.
Oxiratda anga boʻlur har dam nakol,
Rahmon egam mundogʻ quldin bezor ermish.

Odam ersang, toʻgʻri yoʻlda yuro koʻrgil,
Paygʻambarni qilmishlarin qilo koʻrgil,
Jonu dilda tabiatin oyto koʻrgil,
Bu yoʻl yurgon maqsudigʻa yetor ermish.

Qul Xoja Ahmad, agar boʻlsa aqling salim,
Quruq otqa takya qilmoq xuni azim.
Tavba qilsang, shoyad qabul qilgʻoy Rahim,
Tavba qilsang, Xudo rahmat qilor ermish.

4

Aqlim ketti, boshim qotti, nechuk oytoy?
Rahmon egam, aro yoʻlda qoldim mano.
Umrum oʻtti, vaqtim yetti, qoyda boray?
Rahmon egam, aro yoʻlda qoldim mano.

Vo darigʻo, tong otquncha koʻpub yottim,
Shayton bilan ishrat qilib, dinim sottim,
Bu olamda Haqni suymay begʻam oʻtdim,
Rahmon egam, aro yoʻlda qoldim mano.

Gunohimdin togʻu tuzlar hazar qildi,
Na yer ketoy, yozuqlarim malak bildi,
Kotiblari shohid boʻlub, xatgʻa oldi,
Rahmon egam, aro yoʻlda qoldim mano.

Gunohim koʻb yolboroyin dargohinga,
Yaqom tutub, yigʻlab boroy borgohinga,
Sattor egam, yoʻl koʻrsatgil gumrohinga,
Rahmon egam, aro yoʻlda qoldim mano.

Tavfiq bersa boʻynum egib yoʻlgʻa kiray,
Xizmat qilib eranlardin yoʻlni soʻray.
Sensan meni panohimsan, qoyda boray?
Rahmon egam, aro yoʻlda qoldim mano.

Yo Qodiro, gunohimdin sharmandaman,
Ilgim olib afv etmasang, darmondaman,
Ojiz qulman, harna qilsang - farmondaman,
Rahmon egam, aro yoʻlda qoldim mano.

Gunohim bor benihoyat, sanga ma’lum,
Lab tashnaman, qiyomatda qilma mahrum,
Qoʻl qovshurub uzrim oytoy gʻarib, mazlum,
Rahmon egam, aro yoʻlda qoldim mano.

Yuz ming-yuz ming gunohimdin lutfung baland,
Shayton lain yoʻldin ursa, qilmam pisand,
Ming bir oting tasbeh qilsam, ogʻzimda qand,
Rahmon egam, aro yoʻlda qoldim mano.

Gunohimdin uyotligʻman, oting Rahim,
Rahmatingdin qatra bersang, oting Karim,
Dargohinga yigʻlab keldim, Hayyu Qadim,
Rahmon egam, aro yoʻlda qoldim mano.

Qul Xoja Ahmad, gunohkorman boshim quyi,
Roʻzi mahshar pok etmasa kavsar suyi,
Osiy, jofiy, tarso, juhud fe’li xoʻyi,
Rahmon egam, aro yoʻlda qoldim mano.

5

Ishqim toshti, bagʻrim shishti, ruhum qochti-
Yigʻlamaymu, jon mahramin tobmasmano?
Aqlim shoshti, oʻpkam shishti, haddin oshti-
Yigʻlamaymu, jon mahramin tobmasmano?

Muhabbatning jomin ichib devonaman,
Majnunsifat xelu xeshdin begonaman.
Ey yoronlar, sham’in koʻrub parvonaman,
Yigʻlamaymu, jon mahramin tobmasmano?

Yurak pora, koʻnglum yora, aqlim hayron,
Diydor izlab fano boʻlgʻon xonavayron,
Qoyda borsam, motam tutub koʻzum giryon,
Yigʻlamaymu, jon mahramin tobmasmano?

Ishq oʻtigʻa kuygon oshiq bilmas oʻzin,
Behush yurar, xaloyiqgʻa oytmas soʻzin.
Haqqa boqar, dunyo sori solmas koʻzin,
Yigʻlamaymu, jon mahramin tobmasmano?

Tong otquncha yoshim oqor, holim xarob,
Koʻnglum sinuq, rangim sorigʻ, bagʻrim kabob,
Haq sorigʻa banda boʻlsang qilgʻil shitob,
Yigʻlamaymu, jon mahramin tobmasmano?

Baxtim qaro - bir qatra may totolmadim,
Ahlu iyol, xonumondin oʻtolmadim,
Jondin kechib pir etogin tutolmadim,
Yigʻlamaymu, jon mahramin tobmasmano?

Shum tole’man, tegmas qoʻlgʻa mani jomim,
Toatim yoʻq, a’mo sifat tobmam yoʻlum,
Bulbul sifat nola qildim, kelmas gulim,
Yigʻlamaymu, jon mahramin tobmasmano?

Vo darigʻo, shavq oʻtigʻa kuymay oʻtdum,
Dunyo tilab yalgʻuz Haqni suymay oʻttum,
Gʻaflat birlan pir etogin tutmay oʻtdum,
Yigʻlamaymu, jon mahramin tobmasmano?

Turluk-turluk alomatlar boʻldi, doʻstlar,
Rostliq ketib, yalgʻon da’vo toʻldi, doʻstlar,
Haq Mustafo oygʻonlari keldi, doʻstlar,
Yigʻlamaymu, jon mahramin tobmasmano?

Haq Mustafo oygʻonlarin bil nasihat,
Hayf odam, bir-birini qilmas izzat.
Masjid kirib, toat qilmay qilur gʻiybat,
Yigʻlamaymu, jon mahramin tobmasmano?

Qul Xoja Ahmad, qulman dersan, soʻzung yalgʻon,
Bu dunyoda sendek yoʻqtur yoʻlda qolgʻon,
Haqdin kechib, shayton bilan ulfat boʻlgʻon,
Yigʻlamaymu, jon mahramin tobmasmano?

6

Tavba qilib Haqqa yonsam boʻlormukin,
Tavbasizdin oʻlub ketsam, netgum mano.
Piri mugʻon mani yoʻlgʻa solormukin,
Yoʻlgʻa kirmay oʻlub ketsam, netgum mano?

Yamon soʻzdin bu tilimni emdi yigʻsam,
Egri yoʻlgʻa kirgonlarni urub-soʻksam.
Namoz oʻqub, riyozatda belim buksam,
Belim bukmay oʻlub ketsam, netgum mano?

Tavba qilsam, piri mugʻon tortormukin?
Kundin-kunga toatlarim ortormukin?
Nafsim mani yomon yoʻldin qoytormukin,
Qoytormayin oʻlub ketsam, netgum mano?

Tavba qilsam, Xojam qabul etormukin?
Hama nodon bu dunyodin oʻtormukin?
Hasrat bilan gʻaflat tongi otormukin,
Tong otmayin oʻlub ketsam, netgum mano?

Azroil bir kun kelsa jon olgʻoli,
Ul holatda majol boʻlmas soʻz oygʻoli.
Azroil qoʻymas sani dam urgʻoli,
Dam urolmay oʻlub ketsam, netgum mano?

Ahlu iyol, xonumoning turub qolur,
Barchasini hisobini sandin olur.
Holing nechuk kechor ermish - Tangrim bilur,
Bu holatda oʻlub ketsam, netgum mano?

Imonliq qul oʻlub borsa, jannat kirgoy,
Jannat kirib, hurlar bilan ishrat qilgʻoy.
Har yonidin Rizvon kelib salom qilgʻoy,
Javob oytmay oʻlub ketsam, netgum mano?

Haq bandasin nomalarin qoʻlgʻa berur,
Xos bandalar qoʻlgʻa olib ani oʻqur.
Uchor qushdek parvoz qilib qanot toʻqur,
Parvoz qilmay oʻlub ketsam, netgum mano?

Qul Xoja Ahmad, tavba qilgʻil oʻlmas burun,
Haq taolo soʻroʻgʻ-savol qilmas burun.
Roʻzi mahshar tarozusin qurmas burun,
Amal qilmay oʻlub ketsam, netgum mano

7

Oriflarni suhbatidin bahra olgʻon,
Xudoyigʻa yaqin boʻldi, bildim mano.
Piri komil mukammilga xizmat qilib,
Ixlos bilan sir-asrorin bildim mano.

Sir-asrorin bilgonlarga - rahmat in’om,
Xos bandam deb Haq yubormish ming yoʻl salom,
Ondin soʻngra Haqdin kelgoy anga payom,
Hozir turub Arsh ustida koʻrdum mano.

Arsh ustida namoz oʻqub, tizim buktum,
Rozim oytib, Haqqa boqib yoshim toʻktum,
Yalgʻon oshiq, yalgʻon soʻfiy koʻrdum, soʻktum,
Ma’shuqimgʻa ming bir savol qildim mano.

Savolimgʻa Haqdin keldi yaxshi javob,
Roʻzi mahshar a’molingni qilmam hisob,
Qudrat birlan kotib bitib berdi xitob,
Haq «kul!»; dedi, ta’zim bilan kuldum mano.

Yoʻlsiz erdim, ulugʻ bobom qildi madad,
Duo qilib, xos buzruglar berdi quvvat,
Xizr bobom hozir boʻlub, qildi shafqat,
Shafqatidin xosiyatlar koʻrdum mano.

Xosiyatni sizga oytoy xalqi jahon,
Bandasigʻa nido keldi, Haqdin pinhon,
«Kel abdi!»; deb sahar chorlar Haq mehribon,
Yelib-yugrub, eranlardin soʻrdum mano.

Qayu tolib hikmatimni tutsa aziz,
Qoyda borsa, boshi - aziz, soʻzi - laziz,
Yaxshi soʻzni fahm aylamas har betamiz,
Ul sababdin dono izlab yurdum mano.

Mayxonagʻa kirgon bilur may qadrini,
Ishqdin xabar olgʻon bilur nay qadrini,
Har nojinsdin soʻrsang bilmas ishq qadrini,
Ishq qadrini bilgonlardin soʻrdum mano.

Men daftari soniy oydim, solgʻil quloq,
Qon yosh toʻkub yigʻlamaslar misli buloq,
Banda boʻlsang, dunyo uqbin qilgʻil taloq,
Taloq qilib diydorini koʻrdum mano.

Haq taolo oshiqlargʻa berdi ishqin,
Toliblargʻa tuhfa berdi shavqu zavqin,
Kazzoblargʻa shayton berdi riyo dalqin,
Riyoliqni soʻzlar bilan urdum mano.

Riyo qilgʻon shayxni koʻrdum - bezor boʻldum,
Zarra boʻyi tegdi menga, bemor boʻldum,
Haq yoʻlida sarmast edim, hushyor boʻldum,
Oning uchun dushman tutub yurdum mano.

Qul Xoja Ahmad, toat qilsang, pinhon qilgʻil,
Lab nomahram, dam nomahram, oʻzung bilgil,
Balki dil ham nomahramdur, hozir boʻlgʻil,
Haqdin oʻzga talablarni surdum mano.

8

Avval saning hamding oytoy, Qodir Xudo,
San zabonim joriy qilgʻil hozir iloh.
Gunah dardi bemor qildi, bergil davo,
Gunohimdin sanga yigʻlab keldim mano.

Gunohimni bayon qilsam, yerga sigʻmas,
Sandin oʻzga kimga boroy, qoʻlum olmas,
Hodiy oʻzung, sansiz hech kim yoʻlgʻa solmas,
Gunohimdin yigʻlab sanga keldim mano.

Gunahkorman, harna boʻlsam sanga boʻldum,
Rahmon egam, yuz oʻgurma, sigʻnib keldim.
Ayo mahbub, lutf etmasang, yoʻlda qoldim,
Gunohimdin sanga yigʻlab keldim mano.

Yo Iloho, gunohimdin darmondaman,
Sanga loyiq amal qilmay armondaman.
Harna qilsang, oʻzung qilgʻil, sharmandaman,
Gunohimdin sanga yigʻlab keldim mano.

Gunohimni har kim koʻrsa, mandin bezor,
Lutfu karam oʻzung qilsang, hama bekor.
Giyoh unmas yerga boqsang, boʻlur gulzor,
Gunohimdin sanga yigʻlab keldim mano.

San ozodligʻ barotini bersang oson,
Rahmat daryo qatra tomsa, holim xandon.
Fayzu futuh toʻlo bersang jonim qurbon,
Gunohimdin sanga yigʻlab keldim mano.

Tavba qilib, gunohimdin sanga yigʻlay,
Muhabbatni oʻti birlan yurak dogʻlay.
Haq yoʻlida boshim berib, iymon oʻynay,
Gunohimdin sanga yigʻlab keldim mano.

Banda boʻlsang, tavba qilgʻil holo fursat,
Yigitlikda riyozat qil, dam gʻanimat.
Qarib-choʻkub qilolmassan Haqqa toat,
Gunohimdin sanga yigʻlab keldim mano.

Ikki olam bandangdurman, Gʻafforimsan,
Shayton lain yoʻldin ursa, gʻamxorimsan.
Yerga sigʻmas gunoh qildim, Sattorimsan,
Gunohimdin sanga yigʻlab keldim mano.

Bu yoʻllarni uqbasi koʻb boshim qotti,
Yigʻlamaymu, gʻariblikni oʻqi oʻtti.
Mandin burun borcha tolib Haqqa yetti,
Gunohimdin sanga yigʻlab keldim mano.

Jonim guvoh - jismim gunoh, dilim gunoh,
Na til birlan munda man dey sanga, iloh.
Man yigʻlamay kim yigʻlasun, holim taboh?!
Gunohimdin sanga yigʻlab keldim mano.

Tanim isyon, soʻzum yalgʻon, korim xato,
Gunohim koʻb behad erur, vo hasrato.
Rahmat lutfung qamugʻ qilsang bizga ato,
Gunohimdin sanga yigʻlab keldim mano.

Rahmon egam nafsni berding manga, lo-lo,
Na til birlan oytoy sanga hamdu sano.
Dargohingga yigʻlab keldim, bergil davo,
Gunohimdin sanga yigʻlab keldim mano.

Ey yoronlar, kofir nafsga oltmish bosh bor,
Har boshida yuz ming shayton lashkari bor.
Xos buzurglar nafs ilgida tufroqdin xor,
Gunohimdin sanga yigʻlab keldim mano.

Riyozatni qirq kun chekib bir bosh ketti,
Subhi sodiq boqib koʻrdi: unub chiqti.
Gʻarib Adham nafs ilgida turfa shoshti,
Gunohimdin sanga yigʻlab keldim mano.

Ilgin ochib, munojotin Haqqa qildi,
Jonu dilda tavba qilib, bexud boʻldi.
Nadomatda sochu saqol yulub oldi,
Gunohimdin sanga yigʻlab keldim mano.

Gʻarib Adham nafs ilgida dod ayladi,
Taxtdin kechib, Rahmonini yod ayladi.
Gʻarib, yetim koʻnglin ovlab, shod ayladi,
Gunohimdin sanga yigʻlab keldim mano.

Dargohingga yigʻlab keldi Qul Xoja Ahmad,
Umidim koʻb, qiyomatda qilsang rahmat.
Parvoyim yoʻq shayton lain qilsa zahmat,
Gunohimdin sanga yigʻlab keldim mano.

9

Ishq dardini oshiqlargʻa tuhfa berdi,
Shavq oʻtida oʻrtab-yonib kuydum mano.
Muhabbatni sharobini toʻyo berdi,
Sarmast boʻlub raqsu samoʻ urdum mano.

Ishqi tushti gʻarib boshgʻa, turolmadim,
Xalq ichinda toqat qilib yurolmadim.
Majnun sifat xelu xeshim koʻrolmadim,
Biyobonni vatan qilib yurdum mano.

Biyobonni qumlarini koʻzga surttum,
«Jondin kech!»; deb nido keldi jondin oʻttum.
Bu dunyoda yuz ming turluk jafo torttum,
Bihamdilloh vafosini koʻrdum mano.

Koʻzum ochtim, Layli demay Alloh dedim,
Dunyo demay oxiratni gʻamin yedim.
Shak kelturmay birligingga boʻyunsundim,
To oʻlguncha bir ahdimda turdum mano.

Ixlosimni koʻrub ma’shuq qoʻlum oldi,
Fayzu futuh toʻla berib yoʻlgʻa soldi.
Boʻynum egib moumanlik yakson qildi,
Tufroq boʻlub oʻlmas burun oʻldum mano.

Oshiqlargʻa ishqin berib oshiq qildi,
Rahmon egam oʻz yoʻligʻa sodiq qildi,
Chin tolibni dargohigʻa loyiq qildi,
Loyiq boʻlub tariqatga kirdim mano.

Ishq xanjari koʻksum teshti, qildi xarob,
Yigʻlamaymu, shavq oʻtida bagʻrim kabob.
Mehnat torttim hech bermadi (mango) sharob,
Choʻllar aro hasrat qilib yurdum mano.

Xos ishqidin bahra olgʻon hayron boʻlur,
Rasvo boʻlub, xalq ichinda vayron boʻlur.
Diydorini talab qilib giryon boʻlur,
Yigʻlay-yigʻlay boʻyi Xudo oldim mano.

Ishq kulbasi bagʻrim ichra makon qildi,
Gʻamu shukri aqlim olib payhon qildi.
Kimdin yigʻlay, harna qildi, jonon qildi?!
Jononimgʻa arz olgʻali keldim mano.

Qul Xoja Ahmad, oygʻon soʻzung boldin shirin,
Koʻzung yoshligʻ, koʻnglung sinuq, soʻzung hazin.
Inshaalloh, boʻlgʻung oxir Haqqa yaqin,
Sajda aylab dargohigʻa keldim mano.

10

Alloh, Alloh, subhanalloh, qayon ketay?
Yozuqlarim yerga sigʻmas kimga oytoy?
Sattor egam, aybim yobsang oʻlub ketay,
Qaro yerning orosinda qoldim mano.

Sochu soqol xoʻb oqordi, koʻngul qaro,
Tongla borsam yo puchakman yoxud saro.
Kim «alastu bi rabbikum»; demish vaqto,
Bilolmasman qayu jam’din boʻldum mano.

Gʻariblikni oʻqi tegdi boshim qotti,
Essiz, umrum gʻaflat bilan zoe’ oʻtti.
Kofir nafsim tugʻyon qilib mani yutti,
Vo hasrato, na yuz birla borgʻum mano.

11

Muhabbatning daryosigʻa oʻzum ottim,
Rahmat suyi - ulugʻ daryo choʻmub bottim.
Ming oltunliq qiymatimni birga sottim,
Banda boʻlub tegdi qulluq yoʻli mango.

Kichiklikda qilgʻon ishdin emdi yondim,
Tavba toʻnin kiydim, tavfiq qurin tongdim.
Nafs qofini markab qilib, tepib mindim,
Ondin tegdi tariqatni yoʻli mango.

Tiriklikda hayron oʻlub yoʻlda qoldim,
«Rabbi»; deyu kecha yigʻlab, kunduz kuldum.
Boshdin sochu yuzdin saqol anda yuldum,
Ondin soʻngra ruhlar salom qildi mango.

Kecha Alloh, kunduz Alloh dedim munda,
Subhon Azim, Subhon Alloh dedim munda.
Sakkiz uchmoh qabul qilib turdi anda,
Ochib salom qildi behisht huri mango.

Qul Xoja Ahmad, kundek yorur koʻnglum nuri,
Holatim yoʻq, qonim yoʻq, rangim sori.
Qudrat qanot berdi, uchtum Arshdin nori,
Roʻzi qildi dargohida borin mango.

12

Irodatqa kelduk ersa, ey yoronlar,
Kalomidin xush ajoyib sirni koʻrdum.
«Mutu qabla an tamutu»; xabar berdi,
Ul sababdin necha yillar yoʻlni koʻrdum.

Havzi Kavsar toʻrt burjida toʻrt chahoryor,
Yuzlaridin oqib turgʻon nurni koʻrdum.
Arshdin farshga uchor ul dam hayrat ichra,
Lavh ul-mahfuz taxtasida durni koʻrdum.

Jon bulbuli sayrab qoʻbti soʻzni boshlab,
Bu soʻzlarni daftar qilgʻon durni koʻrdum.
Oshiqlarni kirguzurlar behisht ichra,
Kecha-kunduz boqib turgʻon hurni koʻrdum.

Koʻzum yoshi ravon boʻldi chashma yangligʻ,
Gʻurbat ichra irodatni qorshu koʻrdum.
Haq rizosin bilgonlarga hamroh boʻldum,
Eranlarni xizmatida hurni koʻrdum.

(Qul) Yassaviy, kech uygʻonding deb oydilar,
Eranlar(ni) pandin olib, yoʻlni koʻrdum.

13

Ishqsiz yurub toat qilur nodon zohid,
Betuz oshdek toatingni mazosi yoʻq,
Oshiqman deb da’vo qilur yalgʻon oshiq,
Valloh-billoh, chin oshiqni havosi yoʻq.

Ishq oʻtida kuyub-yonib toat qilgʻil,
Oqil ersang, yigʻlamoqni odat qilgʻil,
Tunlar qotib, mehnat tortib, rohat koʻrgil,
Mehnat tortmay sango lutfi a’losi yoʻq.

Xalq ichinda toat qilding, barcha riyo,
Ayo zohid, qilgʻon ishing bori havo,
Hech naf’i yoʻq ushbu toat, balki riyo,
Mundogʻ ishga Haqni aslo rizosi yoʻq.

Pinhon yurub toat qilgʻil, Xudo bilsun,
Koʻz yoshingni daryo qilgʻil, rahmi kelsun,
Ondin soʻngra Haq dardinga davo qilsun,
Ayo doʻstlar, koʻz yoshini riyosi yoʻq.

Tasbeh, tahlil ushbularni havosi bor,
Tongla borsa yuz ming ofat-balosi bor,
Yoshdin boʻlak barcha ishni riyosi bor,
Yigʻlab yurgil, koʻz yoshini riyosi yoʻq.

Banda boʻlsang, Haq qahridin qoʻrqmasmusan?
Har tun, sahar nadomat deb turmasmusan?
Dargohigʻa yoshing toʻkub bormasmusan?
Yigʻlab yurgil, koʻz yoshini riyosi yoʻq.

Koʻp nodonlar koʻz yoshini qadrin bilmas,
Haq qoshida koʻz yoshidek tuhfa boʻlmas,
Tasbeh, tahlil koʻz yoshigʻa teng kelolmas,
Yigʻlab yurgil koʻz yoshini riyosi yoʻq.

Bu olamda Haq Mustafo yigʻlab oʻtgan,
Yigʻlamoqdin koʻzlarining nuri ketgan,
Yigʻlay-yigʻlay murodini hosil etgan,
Yigʻlab yurgil, koʻz yoshini riyosi yoʻq.

Necha yillar yigʻlab oʻtti Odam ato,
Ondin soʻngra rahm ayladi boqib Alloh,
Koʻzda yoshin qurutmadi Haq Mustafo,
Yigʻlab yurgil, koʻz yoshini riyosi yoʻq.

Koʻb eranlar yigʻlamoqdin tobti murod,
Necha osiy duosidin tobti najot,
Yaxshi bilsang, koʻz yoshidur obi hayot,
Yigʻlab yurgil, koʻz yoshini riyosi yoʻq.

Yetti ming yil ul Azozil toat qildi,
Magʻrur boʻlub toatiga, havo qildi,
Riyo qilib dargohidin mardud boʻldi,
Yigʻlab yurgil, koʻz yoshini riyosi yoʻq.

Gʻarib Mansur bir tun, sahar koʻb yigʻladi,
Holin koʻrub eranlar rahm ayladi,
Ondin soʻngra chiltan boqib sharob berdi,
Yigʻlab yurgil, koʻz yoshini riyosi yoʻq.

Tongla boʻlsa qiyomat kun, ayo doʻstlar,
Paydo boʻlgʻoy turluk-turluk alomatlar,
Yuz ming qaygʻu, dogʻu hasrat, nadomatlar,
Yigʻlab yurgil, koʻz yoshini riyosi yoʻq.

Oʻshal vaqtda maloikka farmon boʻlgʻoy,
Avval-oxir barcha xalqni hozir qilgʻoy,
Bir-birini, yaxshi-yamon holin soʻrgʻoy,
Yigʻlab yurgil, koʻz yoshini riyosi yoʻq.

Avval boshlab xos qullardin ulamoni,
Olib kelgay dargohigʻa ushbularni,
Tangrim degay: «Olib kelgon tuhfang qoni?»;
Yigʻlab yurgil, koʻz yoshini riyosi yoʻq.

"Tinmay yurub olimlardin ilm oʻrgonduk,
Harna bilgon ilmimizga amal qilduk,
Yo Qodiro, ulugʻ zoting anglab bilduk..."
Yigʻlab yurgil, koʻz yoshini riyosi yoʻq.

Alloh aydi: "Bandam, muni yalgʻon ayding,
Qachon Meni rizom uchun ilm oʻrgonding?
Yotsang-tursang hozir erdim, har ish qilding...
Yigʻlab yurgil, koʻz yoshini riyosi yoʻq.

Aytib erding ilm oʻrganib ulugʻ boʻlsam,
Xalq ichinda oncha izzat-hurmat koʻrsam,
Dunyo yigʻib yesam-ichsam, oʻynab-kulsam..."
Yigʻlab yurgil, koʻz yoshini riyosi yoʻq.

Ondin soʻngra shahidlarni olib kelgay,
Dargohigʻa barchalari boqib turgʻay,
Olib kelgon tuhfang boʻlsa keltur, degay,
Yigʻlab yurgil, koʻz yoshini riyosi yoʻq.

"Din toloshib kofir birlan urush qilduq,
Ba’zilarni oʻlturubon gʻoziy boʻlduq,
Ba’zilarin imon-islom yoʻlgʻa solduq,
Yigʻlab yurgil, koʻz yoshini riyosi yoʻq.

Oxir qoʻymay kofir oldi jonimizni,
Boshni kesib yerga toʻkdi qonimizni,
Sarf ayladuk ham yoʻlingda molimizni..."
Yigʻlab yurgil, koʻz yoshini riyosi yoʻq.

"Ayo bandam, bu soʻzlarni bari yolgʻon,
Koʻngul sirrin mendin tutub boʻlmas pinhon,
Zohir-botin har ishingdur menga isyon,
Yigʻlab yurgil, koʻz yoshini riyosi yoʻq.

Hollaringni, bandalarim, xoʻb bilurman,
Qayda boʻlsang, saning bilan hozirdurman,
Dilingdagi neku badni men bilurman,
Yigʻlab yurgil, koʻz yoshini riyosi yoʻq.

Aytur erding, kofir bilan urush qilsam,
Urush qilib gʻoziy boʻlub boshin olsam,
Ulugʻlarni in’omini toʻla olsam..."
Yigʻlab yurgil, koʻz yoshini riyosi yoʻq.

Ondin soʻngra olib kelgoy zohidlarni,
Tangrim degay: "Olib kelgon tuhfang qani?
Izzat-hurmat bilan tuttum man silarni..."
Yigʻlab yurgil, koʻz yoshini riyosi yoʻq.

Zohid aytur: "Rizong uchun toat qilduq,
Tong otquncha namoz oʻqub qiyom turduk,
Kecha namoz kunduzlari soim boʻlduq..."
Yigʻlab yurgil, koʻz yoshini riyosi yoʻq.

Qachon toat qilding meni rizom uchun,
Xalq ichinda izzat-hurmat koʻrmogʻ uchun,
Xalqni yoʻldin urub molin olmogʻ uchun,
Yigʻlab yurgil, koʻz yoshini riyosi yoʻq.

Ondin soʻngra gʻaniylarni olib kelgay,
Dunyo molin oncha sanga berdum degay,
Menga qani olib kelgon tuhfang, degay,
Yigʻlab yurgil, koʻz yoshini riyosi yoʻq.

Gʻaniy aytur: "Rizong uchun xayr qilduq,
Taom berib yaxshilardin duo olduq,
Faqir, miskin, yetimlarni holin soʻrduq..."
Yigʻlab yurgil, koʻz yoshini riyosi yoʻq.

Alloh aytur: "Ori, qilding xayru saxo,
Xalq ichida qilding hama, barcha riyo,
Riyo ishni, valloh, qabul qilmam aslo...
Yigʻlab yurgil, koʻz yoshini riyosi yoʻq.

Eshitib, oʻqub olim pandin olmadinglar,
Pinhon yurub xayru ehson qilmadinglar,
Dunyoda hech rizoligʻim tobmadinglar..."
Yigʻlab yurgil, koʻz yoshini riyosi yoʻq.

Ondin soʻngra kelgoy hama devonalar,
Haq ishqida jonu tandin begonalar,
Diydor izlab har tarafga joʻyonalar,
Yigʻlab yurgil, koʻz yoshini riyosi yoʻq.

Oshiqlarni dargohigʻa olib borgʻay,
Bari Haqdin qoʻrqub yana yigʻlab turgay,
Ugʻon Izim tuhfang boʻlsa keltur degay,
Yigʻlab yurgil, koʻz yoshini riyosi yoʻq.

Oshiq aytur: "Tuhfamiz yoʻq gʻayr az gunoh,
Qilgʻonimiz doim erur jurmu xato,
Lutfung bilan afv etmasang holim taboh,
Yigʻlab yurgil, koʻz yoshini riyosi yoʻq.

Barchalari yigʻlab aytur: "Sen bilursan,
Izzing ulugʻ, harna qilsang, Sen erursan,
Lutf aylasang, yoʻlsizlargʻa yoʻl berursan,
Yigʻlab yurgil, koʻz yoshini riyosi yoʻq.

Qay kun bizga ishqing tushti, oshiq qilding,
Fahmu xirad aqlimizni tugal olding,
Kayfiyyatni jomin berib behush qilding,
Yigʻlab yurgil, koʻz yoshini riyosi yoʻq.

Alloh aytur: "Oshiqlarim, rost aytursiz,
Mendin qoʻrqub bagʻringizni qon qilibsiz,
Hasrat qilib, koʻzlaringdin yosh toʻkubsiz,
Yigʻlab yurgil, koʻz yoshini riyosi yoʻq.

Koʻz yoshidin menga yaxshi tuhfa boʻlmas,
Mundin yaxshi dargohimgʻa hadya boʻlmas,
Farishtalar toatlari teng kelolmas,
Yigʻlab yurgil, koʻz yoshini riyosi yoʻq.

Koʻz yoshini shisha uzra quyub olgʻay,
Maloiklar gʻassol boʻlub, ani yuvgʻay,
Haq taolo amri bilan ani yuvgʻay,
Yigʻlab yurgil, koʻz yoshini riyosi yoʻq.

Koʻrdunguzmu, maloiklar, bandam, degay,
Bu oshiqdur, men ma’shuqman, biling, degay,
Hurlar qarshu chiqib anga salom qilgʻay,
Yigʻlab yurgil, koʻz yoshini riyosi yoʻq.

Tuydungmu, deb oshiqlargʻa nido kelgay,
Kimni koʻrsang shafoatni sen qil, degay,
Gohi behisht, gohi Arshqa uchub qoʻngʻay,
Yigʻlab yurgil, koʻz yoshini riyosi yoʻq.

Huru jannat Xudoyigʻa arz aylagʻay,
Ushbu aziz kimdur, bayon qilgʻil, degay,
Bir soatki bizga mehmon boʻlsun degay,
Yigʻlab yurgil, koʻz yoshini riyosi yoʻq.

Nido kelgay ilohimdin «doʻstum»; dedi,
Bagʻri kuyub, yoshin toʻkub, koʻb yigʻladi,
Xorliq, zorliq, mashaqqatni rohat bildi,
Yigʻlab yurgil, koʻz yoshini riyosi yoʻq.

Ondin soʻngra Buroq, hulla keturgoylar,
Boshiga toj, hulla, Buroq mindurgoylar,
Taxti behisht uzrasiga qoʻndurgʻoylar,
Yigʻlab yurgil, koʻz yoshini riyosi yoʻq.

Banda boʻlsang, ishqqa qadam qoʻymasmusan,
Ishqdin ulugʻ toat yoʻqtur, koʻrmasmusan,
Hasrat qilib, bagʻring ezib yurmasmusan,
Yigʻlab yurgil, koʻz yoshini riyosi yoʻq.

Qul Xoja Ahmad ishq dardidin aydi muni,
Necha ulugʻ kitoblardin oldi muni,
Hasrat qilib, yigʻlar erdi tuni-kuni,
Yigʻlab yurgil, koʻz yoshini riyosi yoʻq.

14

Eranlar tubsiz daryo ichra pinhon,
Tekma gʻavvos andin guhar olgʻoni yoʻq,
Oshiqlari ul tengizgʻa choʻmub oʻynar,
Jondin kechmay, ul guharni olgʻoni yoʻq.

Tariqatning boʻstonidur xush guliston,
Toliblari bulbul sifat qilur javlon.
Muyassar boʻlgʻoymu deb durru marjon,
Ixloslik qul mahrum boʻlub qolgʻoni yoʻq.

Bu yoʻllarning jafolarin har kim tortsa,
Tosh yostonib, pir eshigin saqlab yotsa,
Subh yangligʻ koʻngul tongi nogoh otsa,
Ixlosliq qul mahrum boʻlub qolgʻoni yoʻq.

Qul Xoja Ahmad, savdo qilgʻil bozor oʻtmay,
Ajal kuni tugʻib, nogoh oyi botmay.
Mavt sharobin Azroildin nogoh totmay,
Ixlosliq qul mahrum boʻlub qolgʻoni yoʻq.

15

Qudrat bilan farmon qilsa bandasigʻa,
Bu olamda hech kim oʻlmay qolgʻoni yoʻq,
Bu omonat jonni berdi Mavlom bizga,
Qobiz kelib ani olmay qoʻygʻoni yoʻq.

Qobiz kelib aziz jonni qoʻymay olgʻay,
Dunyoparast nojins odam gʻofil qolgʻay,
Jonin kelib qabz etorda tavba qilgʻay,
Tavbasini Xojam qabul qilgʻoni yoʻq.

Sihatlikda tavba qilgʻil, maqbul boʻlsun,
Saharlarda zori qilgʻil, qoʻlung olsun,
Eranlarga xizmat qilgʻil, yoʻlgʻa solsun,
Xizmat qilmay hech kim yoʻlni bilgoni yoʻq.

Quloqsizga oyat, hadis, hikmat harom,
Essiz, hikmat ich-qornimda boʻlsun tamom,
Nodonlargʻa tokay aytib, yigʻlay mudom,
Dod aylasam, hech kim quloq solgʻoni yoʻq.

Yer ostigʻa kirib yedim xuni jigar,
Imon-islom qoʻlgʻa olib qildim safar,
Shayton lain qilolmadi menga zarar,
Munkar, Nakir mendin savol qilgʻoni yoʻq.

Munkar, Nakir haddi boʻlmas qilsa savol,
Imon-islom hozir turub tobsa kamol,
Goʻr ichinda Haq koʻrsatsa menga jamol,
Ondogʻ qullar ikki olam oʻlgoni yoʻq.

Soʻzni aytgil soʻz qadrigʻa yetgonlarga,
Ixlos bilan soʻzga quloq solgʻonlargʻa,
Soʻzni chaynab mazosigʻa yetgonlarga,
Beixloslar soʻz qadrigʻa yetgoni yoʻq.

Soʻzga yetmas bexabarga essiz ma’ni,
Soʻzni aytsang, donogʻa ayt, durni koni,
Xizmat qilmay yetgon bormu, bilsang muni,
Xizmat qilmay eranlargʻa yetgoni yoʻq.

Dur konini mendin soʻrsang shayxi sodiq,
Ondogʻ qulni xulqi xushi Haqqa loyiq,
Koʻngli vosi’, joni masih, oʻzi oshiq,
Ondogʻ eshon Haqdin mahrum qolgʻoni yoʻq.

Ondogʻ eshon paydo boʻlsa, joning bergil,
Har bir bosqon izlarini koʻzga surgil,
Piri komil mukammildur, beshak bilgil,
Gilaroʻlar pir qadrini bilgoni yoʻq.

Gilaroʻni yomon-yaxshi har kim piri,
Ixlosi yoʻq pirga ma’lum doim siri,
Necha aytsam, ketmas andin koʻngul kiri,
Gilaroʻlar pirdin ulush olgʻoni yoʻq.

Haryon boqsang Xudo hozir gilaroʻlar,
Alloh yodin baland aytib yigʻlasanglar,
Yalgʻonu chin Haqqa ma’lum, rost yigʻlanglar,
Yalgʻon girya Haqqa maqbul boʻlgʻoni yoʻq.

Chin darvishlar tosh ustida toat qildi,
Qottiq yerni bistar qilib, odat qildi,
Yuz ming balo boshqa tushsa, toqat qildi,
Toqat qilmay Haq vasligʻa yetgoni yoʻq.

Tavbam qabul boʻlsun desang, sahar yigʻla,
Jondin kechib, moldin kechib, beling bogʻla,
Muhabbatning oʻti bilan yurak dogʻla,
Mundogʻ boʻlmay Haqqa vosil boʻlgʻoni yoʻq.

Xos darvishlar Haqni izlab jondin kechti,
Riyozatni qottiq tortib, koʻksin teshti,
Ondin soʻngra vahdat maydin toʻyo ichti,
Yalgʻonchilar vahdat maydin totqoni yoʻq.

Ishq poyasi Arshdin baland qoʻlung yetmas,
Vahdat maydin toʻyo ichgon taom totmas,
Ishq soyasi tushgon oshiq xalqqa boqmas,
Yalgʻonchidur men deb eshitib koʻrgoni yoʻq.

Mayxonagʻa kirgon tolib holi oʻzga,
Oyat, hadis bayon qilsang, yetar soʻzga,
Ahlin tobsa, izin olib, surar koʻzga,
Ondogʻ oshiq bu olamda turgʻoni yoʻq.

Haqparastlar har yon boqib Haqni koʻrar,
Jazba kelsa, har tarafga oʻzin urar,
Yalgʻonchilar koʻrdum debon doʻkon qurar,
Koʻrdum derlar, Alloh haqqi, koʻrgoni yoʻq.

Yalgʻon darvish bayonini oytor sanga,
Qoʻlda tasbeh, dilda - hiyla, fikr - tanga,
Oqil ersang, ixlos qilma zinhor anga,
Ul nodondin hech kim bahra olgʻoni yoʻq.

Haqni tobqon tufroq boʻlub yoʻlda yotor,
Tufroq sifat olam ani bosib oʻtor,
Manmanliklar boshin bosib, tebib ketor,
Bosh koʻtorib anga suxan qilgʻoni yoʻq.

Qul Xoja Ahmad, harna boʻlsang faqir boʻlgʻil,
Qoyda borsang, boʻynung qisib, haqir boʻlgʻil,
Oshiq boʻlsang, ishq ilgida asir boʻlgʻil,
Asir boʻlmay hech kim murod tobqoni yoʻq.

16

Oshiqlari oʻynasa, bu halqaning ichinda,
Hu-Hu teyu jon bersa, bu halqaning ichinda.
Ishq oʻtigʻa qoynasa, aqlu hushi oʻynasa,
Alloh teyu jon bersa, bu halqaning ichinda.

Jomi sharob ichilur, durru guhar sochilur,
Jonni koʻzi ochilur, bu halqaning ichinda.
Ishq bahrigʻa choʻmsam men, nola-faryod qilsam men,
«Hu-Hu»; teyu oʻlsam men, bu halqaning ichinda.

Ruhi holat zikrulloh, la ilaha illalloh,
Ismi a’zam huvalloh, bu halqaning ichinda.
Har kimiga zavq hola, boʻlsa boʻlur bu vola,
Soqiy sunar piyola, bu halqaning ichinda.

Zokir qullar jam’ boʻlub, faryod urub, jon uzub,
Soqiy yuror oʻrgulub, bu halqaning ichinda.
Kuysa-yonsa, kul boʻlur, oʻlsa, uchsa, oʻz boʻlur,
Kongʻa tushsa, tuz boʻlur, bu halqaning ichinda.

Xizru Ilyos hozir ul, gʻavsu gʻiyos nozir ul,
Botin koʻzi zohir ul, bu halqaning ichinda.
Toliblarni murshidi, Qul Xoja Ahmad deb oydi,
Bosh oʻynagʻil sen dedi, bu halqaning ichinda.

17

Oshiqlari doim tilar diydorini,
Saharlarda gʻaflat birla yotmas boʻlur.
Nodonlardin ushbu sirni pinhon qilib,
Johillargʻa oshiqman deb oytmas boʻlur.

Orif, oshiq dunyo uchun gʻam yemadi,
Bu dunyoda izzat-hurmat ber demadi.
Kecha-kunduz koʻz yoshidin oyrilmadi,
Faflat birla gʻamlarigʻa botmas boʻlur.

Oriflarning dargohidur guhar koni,
Ul tengizda la’lu guhar yoʻq imkoni,
Hisobini bilur anda Ishq Sultoni,
Oshiqlarni aqli anga yetmas boʻlur.

Oshiqlari gʻavvos boʻlub choʻmsa daryo,
Chiqsa andin ulugʻ durlar boʻlur paydo.
Jondin kechmay jonon yuzin koʻrmoq qoyda?
Emgak birlan tobgʻon qoʻldin ketmas boʻlur.

Foniy fano boʻlmay koʻrmas fano mulkin,
Oshiq boʻlsa, pinhon qilur vujud koʻrkin.
Hasrat tongi hasrat birla oʻtormukin?
Gʻam togʻidin emgonmayin oʻtmas boʻlur.

Ul uqbadin himmat birla oshomagʻing,
Toʻrt yuz qirq toʻrt yoshing (birla) yoshomagʻing,
Uch yuz oltmish bandi bogʻing boʻshomagʻing,
Mehnat tortmay rohat tongi otmas boʻlur.

Qul Xoja Ahmad eranlarni yod aylabon,
Hikmat oytib, ushbu soʻzni qildi bayon,
Tinglangizlar, ushbu soʻzni, barcha yoron,
Yalgʻon soʻzni xaloyiqgʻa yoymas boʻlur.

18

Kecha-kunduz Haq yodini oygʻon oshiq,
Ma’shuq yodin tildin hargiz qoʻymas boʻlur.
Xorliq-zorliq mashaqqatni rohat bilgon,
Bu dunyoning izzatini suymas boʻlur.

Fikru zikri Haq egamni sanosidur,
Diydor talab qilib yurgon gadosidur,
Haqni zikri jumla dardni davosidur,
Dunyoligʻdin qoʻlgʻa zarra olmas boʻlur.

Rahm aylasang, boʻston qilgʻung togʻu choʻlni,
Yo Allohim, yorliqagʻil jumla qulni.
Yoʻldin ozgʻon gumrohlargʻa koʻrguz yoʻlni,
Oshiqlarni izin izlab qolmas boʻlur.

Ayo oshiq, kecha-kunduz Haqni izla,
Zohir yurub, botiningda Arshni koʻzla.
Hikmat oʻqub oyat-hadis soʻzin soʻzla,
Xazon yangligʻ qizil yuzi soʻlmas boʻlur.

Domlar qoʻyub xaloyiqni yoʻldin urgon,
Yalgʻon oshiq boʻlub (davu) doʻkon qurgʻon.
Kecha-kunduz ishrat qilib davron surgon,
Dunyo molin koʻrub koʻzi toʻymas boʻlur.

Saharlari erta qoʻpub zori qilgʻon,
Yaxshilarga xizmat qilib duo olgʻon.
Piri mugʻon sori yurub xizmat qilgʻon,
Piri mugʻon etogini qoʻymas boʻlur.

Piri mugʻon - Haq Mustafo beshak biling,
Oti chiqsa, durud oytib, ta’zim qiling.
Sunnatlarin mahkam tutub, ummat boʻlung,
Ummat boʻlgʻon shar’ yoʻlidin yonmas boʻlur.

Oshiq boʻlsang, saharlarda tinmay yigʻla,
Gʻariblarni izin izlab, koʻnglin ovla.
Dunyoparast nojinslardin boʻyun tovla,
Chin oshiqlar bu dunyoda kulmas boʻlur.

Qul Xoja Ahmad, oshiq boʻlsang, zori qilgʻil,
Halqa qurub kim zikr oytsa, yori bergil.
Zikrin oytib, suhbat ichra durlar tergil,
Guhar olgʻon hargiz gʻofil boʻlmas boʻlur.

19

Orif-oshiq jon mulkida alam tortsa,
Yetti a’zo toqat qilmay larzon boʻlur.
Ishq daryosi vujud ichra joʻsh aylasa,
Bexud boʻlub girdob ichra hayron boʻlur.

Gʻavvos kerak ul daryogʻa oʻzin solsa,
Qarmoq solib nahanglarin sayd aylasa,
Durru maqsud andin keyin qoʻlgʻa olsa,
Ondogʻ murshid xalq ichinda pinhon boʻlur.

Tariqatning yoʻli uzoq qilsang safar,
Kimi yetar, kimi yetmas, kimga xatar.
Izlaganlar eranlargʻa oxir yetar,
Er nazari tekkon kishi mardon boʻlur.

Yoʻlun topqon mardonlargʻa xizmat qilur,
Koʻb anjuman orosida xilvat qilur.
Ahlu iyol, molu mulkdin uzlat qilur,
Mushkul ishlar bilmon nechuk oson boʻlur.

Har kim kiysa malomatning xil’atini,
Botin rostlab, vayron qilsa suratini.
Hech tortmasa maxluqotning minnatini,
Mundoq oshiq borsa, anda sulton boʻlur.

Oqil ersang, toʻgʻri yoʻlgʻa qadam urgʻil,
Mardonlarni suhbatidin bahra olgʻil.
Ashobi Kahf itin koʻrub, ibrat olgʻil,
Ibrat olgʻon xos qullari jonon boʻlur.

«Yo Rabbano, fagʻfirlano, zunubano!»;,
Gunohimgʻa iqror boʻlub keldim mano.
Qahr aylasang, qohir sano, qodir sano,
Lutf aylasang, yuz ming osiy xandon boʻlur.

Qul Xoja Ahmad, uzoq yoʻlda hayron boʻldung,
Amaling yoʻq, kundin kunga giryon boʻldung,
Eranlarga yeta bilmay sarson boʻldung,
Onda borsang nadomatlar chandon boʻlur.

20

Haq Mavlomning nazari kimga tushsa,
Nodon boʻlsa, bir lahzada dono boʻlur.
Uch yuz oltmish tomurlari nurga toʻlur,
Toʻrt yuz qirq toʻrt soʻngaklari bino boʻlur.

Ondin soʻngra vahdat maydin toʻyo ichor,
Ahlu iyol, xonumondin tugal kechor.
Alloh deyu qoyda borsa, shayton qochor,
Yetti a’zo hamdin oytib goʻyo boʻlur.

Vahdat maydin ichgon oshiq bexud boʻlar,
Mansur yangligʻ jondin kechib dorgʻa minar.
Ixlos birla pir etogin mahkam tutar,
Piri mugʻon nazar qilsa goʻyo boʻlur.

Jismim: «Rabbim - jon Alloh»; deb yoʻlgʻa kirgil,
Jonu dilim bir Alloh deb sahar turgʻil.
«Ma fi qalbi illalloh»; deb yigʻlab yurgʻil,
Yoʻlsizlargʻa Haq Mustafo hudo boʻlur.

Ishq bahrigʻa choʻmgon oshiq guhar olur,
Bulhavaslar oshiqman deb yoʻlda qolur.
Tekma nodon, xomtama’lar neni bilur?
Guhar olgʻon chin oshiqlar daryo boʻlur.

Dunyo suygon gʻofil odam Haqni suymas,
Bu yoʻllarni uqbasi koʻb hargiz bilmas.
Saharlarda chorzarb urub hargiz qoʻymas,
Tongla borsa oxiratda xandon boʻlur.

Haqgʻa oshiq boʻlgʻon kishi jondin kechor,
Bexud boʻlub, shavq sharobin toʻyo ichor.
Roʻzi qilsa jannat kirib hurlar quchor,
«La ilaha illalloh» deb shaydo boʻlur.

Fe’ling ozdi, xaloyiqdin shafqat ketti,
La’nat yogʻdi, kundin kunga rahmat ketti.
Xoja, mullo, yaxshilardin izzat ketti,
Turluk-turluk alomatlar paydo boʻlur.

Munofiqlar fisq etibon oʻzni bilmas,
Oning uchun yaxshilarni koʻzga ilmas.
Koʻngli qottigʻ, yaxshi soʻzga quloq tutmas,
Qiyomatda Haq qoshida rasvo boʻlur.

Kunda yuz ming Alloh desang, anga yoqar,
Koʻz yoshingni daryo qilsang, ma’shuq boqar.
Bagʻring ichra darding boʻlsa, yoshing oqar,
Alloh oʻzi chin dardlikka davo boʻlur.

Qul Xoja Ahmad, mehnat qilgʻil, olam kuysun,
Farishtalar sandin kelib ulush olsun.
Arshu Kursi, Lavhu Qalam nurgʻa toʻlsun,
Nurdin bahra olgʻon koʻngul safo boʻlur.

21

Ishq tajalli qilsa kimni vujudinda,
Na qilurin bilmay tun-kun hayron boʻlur.
Zikri fikri Haq visoli boʻlur mudom,
Yosh oʻgʻlondek ikki koʻzi giryon boʻlur.

Dunyo birla qolmas ani zarra ishi,
Zikrin oytsa, nurga toʻlur ichi, tashi.
Alloh degach, ravon boʻlur koʻzda yoshi,
Ishq oʻtida kuyub-yonib, biryon boʻlur.

Moumanni, nafsu havo, hirsni qoʻysa,
Piri murshid mukammilgʻa oʻzin solsa.
Adhamlayin koʻngul mulkin sivo qilsa,
Barcha mushkul ishi ani oson boʻlur.

Shariatdin tariqatga qadam qoʻygon,
Dunyo ishin tark aylabon Haqni suygon.
Haqiqatning asroridin ma’no olgʻon,
Ma’rifatni maydonida uryon boʻlur.

Mundogʻ boʻlgʻon oshiqlarni nishoni bor,
Haq yodini tun-kun oytib qilmas qaror.
Umid etmas bu dunyodin molu dunyo,
Na soʻzlagon soʻzi aning imon boʻlur.

Qaysi oshiq halqa ichra jonin bersa,
Jondin kechib, shahodatning toʻnin kiysa.
Zuhd aylabon oʻz nafsini koʻzin oʻysa,
Eranlarni qatorida mardon boʻlur.

Qul Xoja Ahmad, minay desang qushdek Buroq,
Nodonlardin etgil mudom oʻzung yiroq.
Qaygʻu birla hajru mehnat, tortgil firoq,
Firoq tortgon oshiq tongla sulton boʻlur.

22

Ey doʻstlarim, oriflar xolis suhbat etorlar,
Ul suhbatda ma’rifat durlarini sochorlar.
Suhbat vaqti hozir boʻl, eranlargʻa nozir boʻl!
Ul holatda eranlar, erga nazar qilurlar.

Holat vaqti eranlar daryolargʻa yuzlansa,
Tobonlari nam boʻlmay, daryolarni kechorlar.
Murid boʻlsang murshidgʻa, mahkam boʻlgʻil, ey tolib,
Muridlarin murshidlar har bob bilan sinorlar.

Himmat tutsa eranlar koʻzni yumub ochquncha,
Daryolarni bukarlar, togʻlarni ham kesorlar.
Tangri suygon kishining, ishi aning bilandur,
Har kimni Haq suyubdur, borcha ani suyorlar.

Oʻzlarining murodin chin oshiqlar tilamas,
Ma’shuqining murodin doim alar tilarlar.
Qul Xoja Ahmad, voqif boʻl, fayzu rahmat eshigin,
Zikru toat vaqtida, farishtalar ochorlar.

23

Koʻngul ichra kirib javlon qilduq ersa,
Ishq otligʻ sultonini koʻrduq ersa.
Soni’ qudrat ilohimgʻa boqtuq ersa,
Oʻshal yerda hol ilmini koʻrung, doʻstlar.

Ishq sultoni gʻorat qildi aqlimizni,
Ham quvladi nafsu shayton, kibrimizni.
Shukru lillah, bilduk emdi rabbimizni,
Ilhom birla beror ma’no, sezduk, doʻstlar.

Ilhom indi Haq taolo rahmatidin,
Xojam sundi ushbu vahdat sharbatidin.
Boʻlduq emdi ul Muhammad ummatidin,
Qol ilmimiz holgʻa badal boʻldi, doʻstlar.

Avval fano, oxir fano, boʻlmoq fano -
Ul maqomgʻa yetgon oshiq qilmas sano.
Jononimiz jamolini haqdur koʻrduk,
Jon jonga ulandi, bilduk, doʻstlar.

Jonimiz jamoli haqdur koʻrduk,
Jon ichra bilinur emdi tahqiq bilduk.
Ilhom yetti Subhonimdin, emdi sezduk,
Na kim kelsa, Haqdin ilhom bilduk, doʻstlar.

24

Ayo doʻstlar, xabar berib shariatdin,
Tariqatda Alloh yodin oyting, doʻstlar
Orif jonlar xabar berur haqiqatdin,
Alloh teyu Haq zikrini oyting, doʻstlar.

Er - ul turur, qulman teyu qulluq qilsa,
Qoʻrqub Qahhor otidin ul farmon tutsa.
Yetti tamugʻ uchqunigʻa qarshu kelsa,
Alloh desa andin qaytar, biling, doʻstlar.

Kimki Alloh dedi, anda oʻzin tobti,
Haqiqatning soʻzin soʻzlar oʻlar vaqti.
Necha yillar Shaddod, koʻrung, uchmoh yopti,
Kirolmadi, andin ibrat oling, doʻstlar.

Bormu eran, ondogʻ ishdin rozi boʻlsa?
Inonmasun dunyosigʻa Qorun boʻlsa.
Ming yashagʻon Luqmon hakim oʻlar boʻlsa,
Yoʻqtur oʻlmay qolgʻon munda, biling, doʻstlar.

Uchmoh ichra oʻrun bergay qayu jongʻa,
Kimki toat birla ishlab chiqsa tonggʻa.
Isrofilni suri kirsa qayu jongʻa,
Biz Muhammad ummatimiz, biling, doʻstlar.

Qul Xoja Ahmad, Haq zikrini oysang mudom,
Rahmat yogʻor boshing uzra alad-davom.
Eranlarning xizmatida boʻlsang mudom,
Ozod qilsa, dorus-salom borur, doʻstlar.

25

Oshiqlari qolni oʻqub holgʻa kirsa,
Hol bahrigʻa choʻmsa, gʻarqob boʻlor, doʻstlar.
Qol birla hol bir kemadur, muni bilsa,
Qolsiz, holsiz ul daryodin oʻtmas, doʻstlar.

Bu hol yoʻli nozik yoʻldur, xatari bor,
Olim qolsiz qadam ursa, uqbalar bor.
Piri komil-mukammilsiz oʻtmak dushvor,
Qol ilmini bilgon omon oʻtor, doʻstlar.

Ushbu yoʻlda rahbarsizlar bisyor erur,
Shayton lain kashf koʻrsotib koʻb ozgʻurur.
Beilm odam bu nisbatga magʻrur erur,
Oning uchun aro yoʻlda qolor, doʻstlar.

Qulluq uldur Qur’on oʻqub amal qilsa,
Qolni oʻqub, holni oʻzga darbar qilsa,
Piri komil mukammilga xizmat qilsa,
Ikki dunyo charogʻi deb oyting, doʻstlar.

Beilm odam shayxliq qilsa, rivoj tobmas,
Nozuk yoʻldur, beilm hargiz bilsa boʻlmas.
Ey doʻstlarim, shayx boʻlmaqliq oson emas,
Rahbar teyu shar’ yoʻlida yurung, doʻstlar.

Piri komil har tolibga bermas irshod,
Tolib boʻlsa tun uyqusin qilsa barbod.
Koʻb poygada oʻzub kelmas har yaxshi ot,
Riyozatni qottiq chekkon oʻzor, doʻstlar.

Jumla tolib ibodatqa ojiz kelgoy,
Tahajjudni vaqti birla tuzolmagʻoy,
Nisfi shabdin turub virdin qilolmagʻoy,
Piri komil anga ruxsat bermas, doʻstlar.

Alloh degon bandalarni inoyati,
Talabida yurgon banda Haq rahmati,
«Fazkuruni azkurukum»; Haq oyati,
Dam gʻanimat, Alloh zikrin oyting, doʻstlar.

Mardu zanga, oʻgʻul-qizga ilm farz dedi,
«Talab ul-ilmi farizatun»; deb rasul oydi,
«Ma yajuzu bihis-solat»; ilm zaruriy,
Tirik borsiz, to oʻlguncha oʻqung, doʻstlar.

Mullo boʻlub, ma’no oʻqub, kitob oytsa,
Yoʻlni topib, yamon yoʻldin rostga qoytsa,
Pir etogin mahkam tutub xizmat etsa,
Toatlik qul oʻlsa armon qilmas, doʻstlar.

Ushbu yoʻlgʻa riyozatlik tolib kerak,
Nafs-havoni qoʻyub toat qilmoq kerak,
Jafo tortib pir nisbatin tutmoq kerak,
Riyozatsiz Haqqa vosil boʻlmas, doʻstlar.

Beilm shayxliq da’vosini qilib boʻlmas,
Aso boʻlmay qarongʻuda yurub boʻlmas,
Koʻrmas boʻlsa, chuqur yerni koʻrub boʻlmas,
Quduq ichra tushgon omon qolmas, doʻstlar.

Piri murshid qilsa mudom amri ma’ruf,
Muruvvatlik, shirin soʻzlik, yaxshi xoʻyluk,
Kecha-kunduz riyozatni cheksa ul xoʻb,
Ondogʻ pirni xizmatida yurung, doʻstlar.

Haqqa oshiq boʻlub aydi Qul Xoja Ahmad,
Alloh kafil dardimizga, qil ibodat,
Qolu holni jondin tortib qil riyozat,
Toatlik qul jamolini koʻror, doʻstlar.

26

Qaro otiga minmaguncha, qaro koʻrmas,
Qaro lochin qoʻnmaguncha, sirni koʻrmas.
Sirni koʻrgon oriflari munda turmas,
Sahar vaqtda jonni qiynab turung, doʻstlar.

Qaro lochin qayrilibon qanot qoqar,
Oshiq uldur, tan-jonini oʻtqa yoqar.
Piri mugʻon nazar qilib anga boqar,
Shunqor yangligʻ qanot qoqib uchar, doʻstlar.

Davlat yangligʻ shunqor qushi kimga qoʻnar,
Lochin yangligʻ halqa ichra oʻzin urar.
Jonni qushi parvoz qilib hozir turar,
Hozir boʻlub tavba qilib yurung, doʻstlar.

Ayo doʻstlar, oxir boʻldi zamonamiz,
Hech qolmadi bu dunyoda nishonamiz.
Xabar berdi «aduvvan»; deb jononamiz,
Alloh zikrin tinmay oytib yurung, doʻstlar.

Roʻzi «nahnu qasamno»;da ulush berdi,
Ulush olgʻon bandalari yoʻlgʻa kirdi.
Sham’in koʻrub parvonadek oʻzin urdi,
Jonni jongʻa payvand qilib yurung, doʻstlar.

Haq rasulning oygʻonlari keldi, boʻlgʻoy,
Oxir zamon nishonasi boʻldi, boʻlgʻoy.
Fisqu fasod dunyo ichra toʻldi, boʻlgʻoy,
Turluk-turluk da’vo ishni koʻrung, doʻstlar.

27

Olimni tutqil izzat, qilgʻil ikrom,
Olimni Qur’on ichra oʻgor, doʻstlar.
Olimlar ochor jumla mushkulotni,
Johillar jahlini kim toʻkor, doʻstlar.

Haq-nohaq(ni) bayonini olim bilur,
Halol-harom farqin omi qoydin bilur?!
Olimlardin omilar koʻb foyda olur,
Bu dunyoda yaxshi otin qoʻllar, doʻstlar.

Johil avom olim soʻzin hech tinglamas,
Tekma johil oʻzini hech oʻnglamas.
Olimni Alloh omigʻa teng aylamas,
Har olim yuz ming omigʻa yetor, doʻstlar.

Boʻlmasa olim avom nega yaror,
Qilmas erdi yeru koʻk, olam qaror.
Qilmishi uchun olim yozuq koʻror,
Koʻk tabo oshmas yerda turor, doʻstlar.

Dinu dunyo olim bilan boʻlur hosil,
Ibodat qilsa qabul, Haqqa vosil.
E’tiqod qil, kerak boʻlsa arigʻ nasl,
Chin oshiq bir soʻzga bosh egor, doʻstlar.

Avom tandur olim erur tanda jontek,
Shoh Husayn boʻlsa olim kerak ham tek,
Insu jinda olim-malak omi jintek,
Tutmangiz ishkal zinhor inkor, doʻstlar.

Olimlarni xor koʻrmak ermas ravo,
Xor koʻrmagoy ul ham yana yer-koʻk, havo.
Nechakim faqir, miskin ul benavo,
Olimni xor koʻrmangiz zinhor, doʻstlar.

Olimni xor koʻrsa ul kufru nifoq,
Nass hadis bor insu jin bil-ittifoq,
Olimni suygon moʻmin yuzi offoq,
Savoli yoʻq yozuqidin inkor, doʻstlar.

Xoja Ahmadga ilhom berdi oysun teyu,
(Har) olimni e’zozini bilsun teyu,
Har kim bilsa, muni amal qilsun teyu,
Olim izzatin qilgʻon jannat kiror, doʻstlar.

28

Sahar sayrar bulbullar, gul yodidin har zamon,
Sen sayrasang na boʻlgʻoy, Haq yodidin har zamon.
Har qurtu qush oytodur har nav’ birla sanoni,
Qurtu qushcha boʻlmading, Hu demading har zamon.

Subhidamda turgʻoylar, roz oytushur Haq bilan,
Senda himmat boʻlmadi, roz oytmading bir zamon.
Dunyogʻa gʻarqob boʻldung, kufru isyongʻa toʻldung,
Emdi oʻzungga kelding, fikr qilgʻil har zamon.

Qoʻygʻil dunyo fikrini, qilgʻil Haqni zikrini,
Buzgil shayton mulkini, zokir boʻlgʻil har zamon.
Chin oʻlarsan begumon, buzulur bu xonumon,
Necha oʻqusang Qur’on, imon etgil bir zamon.

Qul Xoja Ahmad, belingni ikki yerdin bogʻlagil,
Kelsa ajal qoʻymasdur, joning olur shul zamon.

29

Keling, doʻstlar, pir xizmatin bayon aylay,
Eshitib, uqung, xizmat qiling, doʻstlarimo.
Xorliq-zorliq, mashaqqatni ayon aylay,
Eshitib, uqub, xizmat qiling, doʻstlarimo.

Ursa-soʻksa pir etogin mahkam tutgil,
Ayo tolib xizmat ichra qonlar yutgil.
Jon ber desa ixlos birla jondin oʻtgil,
Eshitib, uqub, xizmat qiling, doʻstlarimo.

Tolib boʻlsang, yoʻl ostida boʻlgʻil tufroq,
Vaqti kuzda daraxtlardin tushgon yafroq.
Oshiq boʻlsang, diydorigʻa boʻlgʻil mushtoq,
Eshitib, uqub, xizmat qiling, doʻstlarimo.

Chin tolibgʻa pirdin tegar kunda sonchiq,
Zohir sonchiq botin ichra boldin totliq.
Jazbi holat in’om qilgʻoy ishqi qottigʻ,
Eshitib, uqub, xizmat qiling, doʻstlarimo.

Ingronmagʻil pirdin teksa har dam jafo,
Diydor talab ikki olam soʻrmas vafo.
Roʻzi mahshar dillarini qilgʻoy safo,
Eshitib, uqub, xizmat qiling, doʻstlarimo.

Piru komil mukammilni taniy desang,
Xuni jigar yegil, agar tolib boʻlsang.
Gʻoziy der(lar) bul maqomda oʻlub borsang,
Eshitib, uqub, xizmat qiling, doʻstlarimo.

Piru komil mukammilni farqi boʻlgʻoy,
Piru komil xulqlar birla qoʻlung olgʻoy.
Mukammal (pir) botin ichra yoʻlgʻa solgʻoy,
Eshitib, uqub, xizmat qiling, doʻstlarimo.

Pir amrini tutmagonni valloh koʻrdim,
Doʻzax ichra nechuksan deb holin soʻrdim.
Maloiklar ura berdi, men ham urdim,
Eshitib, uqub, xizmat qiling, doʻstlarimo.

Bu olamda yaxshilardin qochib oʻttum,
Haqdin kechib shayton soʻzin mahkam tuttum.
Ey noinsof, dunyo uchun qonlar yuttum...
Eshitib, uqub, xizmat qiling, doʻstlarimo.

Pir xizmatin qilgʻon kishi nuri ravshan,
Diydoriga Alloh oʻzi va’da qilgʻon.
Shak kelturub, yalgʻon tolib yoʻlda qolgʻon,
Eshitib, uqub, xizmat qiling, doʻstlarimo.

Pir xizmatin qilgʻonlarni boʻyni sinuq,
Xizmat qilgʻon toliblardin qochgʻoy tamugʻ.
Pir ta’rifin hech tuganmas, oytsam qamugʻ,
Eshitib, uqub, xizmat qiling, doʻstlarimo.

Pir xizmatin qilgʻon kishi dasti daroz,
Ul sababdin dunyo birla doim aroz.
Ashki surxi, rangi, zardi Haqqa niyoz,
Eshitib, uqub, xizmat qiling, doʻstlarimo.

Xizmat qilgʻon yetor oxir Xudoyiga,
Piri mugʻon zomin boʻldi gunohiga.
Pir yetkurgoy Haq taolo panohiga,
Eshitib, uqub, xizmat qiling, doʻstlarimo.

Pir xizmati, ey toliblar, oson emas,
Toliblari pir oldida misli magas.
Adab saqlab, pir oldida taom yemas,
Eshitib, uqub, xizmat qiling, doʻstlarimo.

Pirni lutfi Haqni lutfi tariqatda,
Haq in’omi pirga yetar haqiqatda.
Hodiy boʻlub yoʻlgʻa solgʻon ma’rifatda,
Eshitib, uqub, xizmat qiling, doʻstlarimo.

Pir xizmati - Haq xizmati adab qilung,
Sahar vaqtda nazar qilur, ogoh boʻlung.
Ey toliblar, bedor boʻlub yoʻlgʻa kiring,
Eshitib, uqub, xizmat qiling, doʻstlarimo.

Xizmat qilgʻon toliblari Haqqa yaqin,
Kimni koʻrsa tavoze’liq, soʻzi hazin.
Inshaalloh, ondogʻ tolib Haqqa yaqin,
Eshitib, uqub, xizmat qiling, doʻstlarimo.

Piring - gʻassol, murid - murda soʻzlayolmas,
Koʻngul bergon pirdin oʻzga koʻzlayolmas.
Haqni tobgon Haqdin oʻzga izlayolmas,
Eshitib, uqub, xizmat qiling, doʻstlarimo.

Pirsizlarning bayonini oytoy sizga,
Roʻzi mahshar rangi roʻyi boʻlgʻoy oʻzga.
Tolib boʻlsang, quloq soling yaxshi soʻzga,
Eshitib, uqub, xizmat qiling, doʻstlarimo.

Zori qilib kimga borsa, qoʻlin olmas,
Hidoyatda dod aylasa, yoʻlgʻa solmas.
Ondogʻ qulda iymon-islom dini boʻlmas,
Eshitib, uqub, xizmat qiling, doʻstlarimo.

Hodiyman deb shayton lain yoʻlgʻa boshlar,
It suratlik boʻlub ani qopib tishlar.
Haybat qilib, doʻzax ichra eltib tashlar,
Eshitib, uqub, xizmat qiling, doʻstlarimo.

Doʻzax ichra vo vaylato, nadomato,
Nola qilgʻon, qachon boʻlgʻoy qiyomato.
Haqqa qullugʻ qilmadim deb nadomato,
Eshitib, uqub, xizmat qiling, doʻstlarimo.

Xuni jigar yutub aydim sizga hikmat,
Duo qilay, sizlarni ham qilgʻoy rahmat.
Gʻayrat qilib, Haq soriga bogʻlang himmat,
Eshitib, uqub, xizmat qiling, doʻstlarimo.

Qul Xoja Ahmad, sodiq boʻlub pirga borgil,
Etagiga yuzing surub, ulush olgʻil.
Ilig-ayogʻ qoim qilib hozir turgil,
Eshitib, uqub, xizmat qiling, doʻstlarimo.

30

Yigʻlamaymu tavba qilmay haddin oshtim?!
Shayton lain makri birla turfa shoshtim.
Nazar qildi piri mugʻon sori qoshtim,
Tavba qilib, diydor koʻrung, doʻstlarimo.

Haq rasulning inoyati boʻldi mango,
Oyat-hadis soʻzin bayon qildim sango,
Tobe’ boʻlub, oytgonlarin qilgʻil anga,
Tobe’ boʻlub, diydor koʻrung, doʻstlarimo.

Ummat boʻlsang, durud oytib tobe’ boʻlgʻil,
Oti chiqsa, durud oytib ta’zim qilgʻil,
Rizqu roʻzi harna bersa qone’ boʻlgʻil,
Qone’ boʻlub, diydor koʻrung, doʻstlarimo.

Haqiqatlik bandalarga roʻzi berur,
Yeyib-ichib ne’matlarin yodin oytur.
Otin eshitib, adab qilib ta’zim qilur,
Ta’zim qilib, diydor koʻrung, doʻstlarimo.

Haq taolo boʻyin olgon munda turmas,
Johil qullar oʻzin koʻrar-aybin koʻrmas.
Jinsi odam oshiqliqda dam urolmas,
Oshiq boʻlub, diydor koʻrung, doʻstlarimo.

Chin ummatlar jondin kechib diydor koʻrdi,
Nav tolibdek halqa ichra oʻzin urdi,
Qoyda borsa ishq doʻkonin anda qurdi,
Doʻkon qurub, diydor koʻrung, doʻstlarimo.

Ummatman deb tilda oytur, dilda - yalgʻon,
Nafsi uchun oʻz jonini oʻtga solgon.
Shayxman teyu kishi molin zoʻr(la) olgon,
Nazrin olmay diydor koʻrung, doʻstlarimo.

Qul Xoja Ahmad, dunyo koʻrsang, qocho koʻrgil,
Qanot qoqub havo sori ucho koʻrgil.
Ahlu iyol dushman sango, kecho koʻrgil,
Judo boʻlub, diydor koʻrung, doʻstlarimo.

31

Xilvat kirib, doʻstlarim, yod etoluk doimo,
Muhabbatni sharobin noʻsh etoluk doimo.
Muhabbatning sharobin hech kishiga bermaslar
Bagʻir qonin oquzub, oshiq ichor doimo.

Muhabbatning sharobin ichgon oshiq nishoni,
Vola boʻlgʻon bulbuldek, faryod qilur doimo.
Murid - murda, pir - gʻassol, oʻqub yurur hasbi hol,
Koʻray debon ul jamol, javlon qilur doimo.

Muridlarin tarbiyat, kunda yuz ming xosiyat,
Oʻzlarin choʻpon sifat, choʻpon qilur doimo,
Halqa qurub eranlar, Hu zikrini boshlasa,
Ul Zikriyo paygʻambar hozir boʻlur doimo.

Ondin soʻngra Haq nurin zokirlarga sochorlar,
Maloiklar saf toʻlub, arra boshlar doimo.
Muhabbat sharobini qoʻlgʻa olib Muhammad,
Zokirlargʻa sunubon, soqiy boʻlur doimo.

Muhabbatni sharobin ichgon uchun Xoja Ahmad,
Arsh ustiga qoʻnubon, parvoz qilur doimo.

32

Ma’rifat boʻstoni ichra kirib,
Avval tavhid daraxtini koʻrdum anda.
Ul daraxtning har shoxida mevasi bor,
Subhon Izim roʻzi qildi oldim mano.

Ul daraxtning aslin bilsang, Hudin ermish,
Tafrid, tajrid chashmalari suvdin ermish.
Ul daraxt oshiqlarning yeri ermish,
Mushohada qilduq, doʻstlar, hazratinda.

Tekma nodon ul daraxtning yeri ermas,
Nafsim degon ul mevadin hargiz yemas.
Xomtama’lar nafsi uchun nelar demas,
Nafsdin kechgon yaqin boʻlur qurbatinda.

Nafsdin kechdim, jon hijobi oʻtru keldi,
Jondin kechtim, jonim jongʻa qorshu keldi.
Gʻaybgʻa tushub, gʻaybgʻa kirib gʻoyib boʻldi,
Hasrat uzra hasrat oʻti gʻurbatinda.

Avval himmat maqomigʻa kirgil dedi,
Azamatliq podshohligʻim koʻrgil dedi.
Ul tavhid mevasidin yegil dedi,
Lutfi birlan yedurdi ishq ne’matinda.

Kimga baxshish berdi ersa, boʻlsun qutlugʻ,
Sad hazoron jonim boʻlsa, boʻlsun bulugʻ.
Ul daraxtning sifati(dur), doʻstlar, ulugʻ,
Shukrin oytur, qulluq qilsun xizmatinda.

Ul daraxtning soyasinda oʻlturgoylar,
Shavq sharobin ichib ruhin qondurgoylar.
Mosuvodin oʻzni tamom yigʻdurgoylar,
Qaror qilmas ishq tilayu himmatinda.

Doʻst tilagon ul boʻstonda qaror qilmas,
Haqiqatlik oshiqlari ishqsiz boʻlmas.
Koʻngul mulkin bersa anga koʻzga ilmas,
Taqvo qilur ichor nabot sharbatinda.

Doʻst uchun dunyo uqbo mulkin solib,
Mavt oʻti ichra kirib kuyub-yonib,
Necha quvsa dargohidin qorshu kelib,
«Arini!»; deb zor yigʻlayur hazratinda.

Qul Xoja Ahmad kirdi koʻrung maydon ichra,
Koʻrdi tavhid daraxtini boʻston ichra.
Ul daraxtning sifati(dur) Qur’on ichra,
Xabar berdi ul Ibrohim surasinda.

33

Ogohsizin kechti doʻstlar essiz umrim,
Vo darigʻo, borib anda na oygʻoyman.
Fazli birla hukm qilsa - davlat mango,
Adli birla soʻror boʻlsa, na oygʻoyman?

Oʻttuz oshti, qirqgʻa yetti yoshim mani,
Bilmasmankim, nechuk kechti umrum mani.
Tongla kuni nechuk boʻlgʻoy ishim mani,
Miskin boʻlub qayon sori qoyrilgʻoyman?

Ma’siyatni daryosigʻa gʻariq boʻlub,
Yurumishman shayton birla rafiq boʻlub.
Tun-kun yigʻlab, koʻzda yoshim arigʻ boʻlub,
Rasvo boʻlub borib anda na oygʻoyman?

Ozuqsiz(in) yoʻlgʻa kirgon oʻlmogʻi bor,
Koʻksiz daraxt chechaklanib soʻlmogʻi bor.
Mujrim qullar borsa anda soʻrmogʻi bor,
Soʻrar boʻlsa, man qul anda na oygʻoyman?

Bu dunyoni mungu yoʻqin emdi bildim,
Bu asigʻ ishlarimdin emdi yondim.
Qul Xoja Ahmad, dargohinggʻa sigʻnib keldim,
Qoʻrqadurman qayu soʻzgʻa tutulgʻoyman.

34

Saharlarda chorzarb urub Rabbim desam,
Dargohida Xojam qabul qilarmukin?!
Hasratida boshdin ayoq vird aylasam,
Dargohida Xojam qabul qilarmukin?

Tunlar qoʻpub dargohigʻa sano qilsam,
Boshim qoʻyub hazratigʻa duo qilsam.
Qon yosh toʻkub koʻzlarimdin, bagʻrim tilsam.
Dargohida Xojam qabul qilarmukin?

Alloh uchun mardonavor jonim bersam,
Zor ingrayub zokir boʻlub Rabbim desam.
Ahlu iyol, xonumonim yatim qilsam,
Dargohida Xojam qabul qilarmukin?

Mansurdek «Analhaq»; deb yigʻlab yursam,
Shibliydek oshiq boʻlub samoʻ qilsam.
Boyaziddek tun-kun tinmay Ka’ba borsam,
Dargohida Xojam qabul qilarmukin?

Yaxshilarni suhbatida qoim boʻlsam,
Hu-Hu teyu zikrin aytib doim boʻlsam.
Oshiqlardek charx urubon jonim bersam,
Dargohida Xojam qabul qilarmukin?

Ayyub sifat qurt ranjigʻa sobir boʻlsam,
Yahyo sifat koʻzlarimdin qon yosh toʻksam.
Muso sifat Tur togʻida toat qilsam,
Dargohida Xojam qabul qilarmukin?

Yunusdek daryo ichra baliq boʻlsam,
Yusufdek quduq ichra tun-kun qolsam.
Ya’qubdek Yusuf uchun qon yigʻlasam,
Dargohida Xojam qabul qilarmukin?

Ayo doʻstlar, hech qilmadim yaxshi amal,
Eranlarni izin izlab qilmay jadal.
Bexabarman, sharmandaman roʻzi azal,
Dargohida Xojam qabul qilarmukin?

Men daftari soniy aydim dardga davo,
Tufroq sifat bosib oʻtsa mani ravo.
Yigʻlab keldim eshigingga man benavo,
Dargohida Xojam qabul qilarmukin?

Tili bilan ummatman deb yalgʻon soʻzlar,
Va’zin aytib xaloyiqqa, dunyo izlar.
Kishi molin olmogʻ uchun har yon darlar,
Dargohida Xojam qabul qilarmukin?

Alloh teyu sidqim bilan tavba qilsam,
Gʻiybat qilgʻon tillarimni yuz ming tilsam.
Haqdin qoʻrqub dunyo ishin ortqa solsam,
Dargohida Xojam qabul qilarmukin?

Hikmat oʻqub ixlos qilib yoʻlgʻa kirgon,
Yaxshilarni izin izlab duo olgʻon.
Bulhavaslar oshiqman deb yoʻlda qolgʻon,
Dargohida Xojam qabul qilarmukin?

Qul Xoja Ahmad, hikmat oygʻil oshiqlargʻa,
Sidq bilan yoʻlgʻa kirgon sodiqlargʻa,
Ixlos bilan Haqni degon loyiqlargʻa,
Dargohida Xojam qabul qilarmukin?

35

Subhon Izim hidoyatni roʻzi qildi,
Telim hijob koʻnglimizdin ketormukin?
Tuni-kuni hazratiga Alloh desam,
Munglugʻ banda maqsudigʻa yetormukin?

Ma’rifatning boʻstonida bulbul boʻlub,
Haq yodida doim mudom mashgʻul boʻlub.
Qulluq qilsam hazratigʻa chin qul boʻlub,
Bu holatda rihlat tongi otormukin?

Egri yoʻlgʻa yurdum, doim xato qildim,
Emdi bildim, oʻz jonima jafo qildim.
Dargohinga yaqom tutub yano keldim,
Lutf aylabon tavbam qabul etormukin?

Eranlarni izin izlab yoʻlgʻa kirsam,
Ostonangda duo qilib yuzum sursam.
Gʻariblarni koʻnglin ovlab duo olsam,
Bu ish birlan mani ishim bitormukin?

Nadomatda tuni-kuni yoshim toʻksam,
Xudoyimgʻa zori qilib arz aylasam.
Yaxshilarni hazratigʻa shafi’ boʻlsam,
Qul niyozi beniyozgʻa yetormukin?

Ahmad, sani essiz umrung yeldek oʻtti,
Dunyo tilab oxiratni sham’i oʻchti.
Ma’siyat(ni) paymonasi toʻldi-toshti,
Rahmon Tangrim gunohimdin oʻtormukin?

36

Qorongʻu tun ichinda yoʻl adashtim,
Yorugʻligʻ tongi nogoh otormukin?
Qulovuzsiz yoʻlgʻa kirib turfa shoshtim,
Sayqal bersam zangorlarim ketarmukin?

Ayo doʻstlar, bu yoʻllarda hayron boʻldum,
Boshim qotti, aqlim ozdi, sarson boʻldum,
Ikki olam barbod urub uryon boʻldum,
Otqon tongi gʻaflat bilan botarmukin?

Eranlar ushbu yoʻlda jondin kechti,
Zikrin aytib saharlarda bagʻrin teshti,
Jafo tortib bu dunyoning zahrin ichti,
Ondogʻ oshiq rohat bilan yetarmukin?

Oshiqlari tunlar qoʻpub zori qilgʻon,
Muhabbatning daryosidin guhar olgʻon,
Bulhavaslar oshiqman deb yoʻlda qolgʻon,
Boyaziddek oʻzin bir kun sotarmukin?

Kecha-kunduz samoʻ qilib yigʻlagʻonlar,
Xizmat qilib ishq sirrini anglagʻonlar,
Himmat qurin belga mahkam bogʻlagʻonlar,
Shundogʻ boʻlmay vahdat maydin totarmukin?

Jafo chekmay, mehnat tortmay vafo yoʻqtur,
Jafo tortqon oshiqlarni koʻngli toʻqdur,
Jafo tortmay, mehnat koʻrmay rohat yoʻqtur,
Gʻofillar(i) hasrat bilan oʻtarmukin?

Ayo oshiq, kecha-kunduz tinmay yigʻla,
Muhabbatning foʻtasini belga bogʻla,
Chor zarb urub saharlarda yurak dogʻla,
Oshiqlari rohat bilan yetarmukin?

Vo darigʻo, oʻtti umrum, toʻymay qoldim,
Bu dunyoning muhabbatin qoʻlgʻa oldim,
Dunyo izlab din ishini ortqa soldim,
Tavba qilsam Xojam qabul qilarmukin?

Ayo doʻstlar, saharlarda nola qilgʻil,
Koʻz yoshingni oquzubon jola qilgʻil,
Haq zikrini aytib oʻzung vola qilgʻil,
Vola qilgʻon Haq vasliga yetarmukin?

Qul Xoja Ahmad, kechalarda qoim boʻlgʻil,
Toat qilib kunduzlari soim boʻlgʻil,
Mansur yangligʻ «Analhaq»; deb doim boʻlgʻil,
Oshiq boʻlgʻon boshi dorda ketarmukin?

37

Rabbim Alloh debon koʻzdin yoshim sochsam,
Qulum debon maning holim soʻrgʻoymukin?
Yuz ming turluk gunohimdin tavba qilsam,
Rahmi kelib tavbam qabul qilgʻoymukin?

Tilim bilan Alloh zikrin joriy qilsam,
Sahar vaqtda qoʻpub yigʻlab zori qilsam.
Himmat qilib kecha-kunduz kori qilsam,
Dargohida Xojam nazar solgʻoymukin?

Masjid kirib namoz qilsam zohidlardek,
Ishq oʻtigʻa kuyub yongʻon oshiqlardek.
Yalgʻon soʻzni tilga olmay sodiqlardek,
Oriflardek Haqqa vosil boʻlgʻoymukin?

Pir etogin tutub Haqdin qilgʻoy talab,
Har maqsudum boʻlsa pirdin qilsam talab.
Ushbu yoʻlda doim pirdin madad tilab,
Madad boʻlsa, ishim ravon boʻlgʻoymukin?

Yo Rabbano, yoding bilan boʻlsam mudom,
Bori umrum zikring bilan boʻlsa tamom.
………….
Talab qilsam hojat ravo boʻlgʻoymukin?

Qoʻl koʻtorib pirdin duo olsam derman,
Belin bogʻlab xizmatida tursam derman.
Himmat qilib rost yoʻligʻa kirsam derman,
Koʻngul borib anda nishon boʻlgʻoymukin?

Har kechani qadr bilib uygʻoq tursam,
Xizr bilib kimni koʻrsam, duo olsam.
Quli boʻlub ma’no soʻray, kimni koʻrsam,
Ushbu ishdin murod hosil boʻlormukin.

Gʻayrat qilib dargoh sori qadam qoʻysam,
Erta sahar gʻaflatdaman yotmay tursam.
Sivo boʻlub barchasidin Haqni soʻrsam,
Sivo boʻlsam Haqdin madad boʻlgʻoymukin?

Qul Xoja Ahmadni ushbu soʻzi orzu erur,
Orzusigʻa yetolmayin qaygʻu yeyur.
Taqlid qilib Hu zikrini oytib yurur,
Hu-Hu desam sohibdilon boʻlgʻoymukin?

38

Ishq kimyoyi ahmar, olam doʻkon emasmu?
Mardi Xudogʻa ma’lum, usta doʻkon emasmu?
Koʻnglumda ishq Turi, tushti tajalli nuri,
Har bir oting zuhuri, sham’i jahon emasmu?

Sartosari jahongʻa, boqsa baloyi toʻfon,
Ey qavmi Nuh qoʻrqing, Haq kishtibon emasmu?
Eman daraxtidinkim Musogʻa oʻt koʻrundi,
«Inni analloh»; oytur, asrori jon emasmu?

Isoyi ruhparvar, tarki taalluq aylar,
Koʻk sahnida qalandar, yaxshi makon emasmu?
Yahyoni yigʻi tutti, Odam oʻzin unutti,
Yunusni nahang yutti, bu imtihon emasmu?

Xush har Hayyu Subhon, xush qudrat, xush ilhon,
Jannat ichinda Rizvon, bir bogʻbon emasmu?
Oshiq murodi dilbar, zohidni mayli minbar,
Jomi xurramni istar, Haq lomakon emasmu?

Ayni sahardadur gul, oshufta misli bulbul,
Koʻrgoch ani qizil gul, ruxsori qon emasmu?
Zinhor, ey suxan var, behuda toʻkma gavhar,
Koʻngul xazonasigʻa til, posbon emasmu?

Maxdumi pokbozi, parvozi shohbozi,
Sohib xuruj gʻoziy, chun Arslon emasmu?
Maxmur oldi dilu jon, quydi mayi argʻuvon,
Sulton Sotuq Bugʻroxon, piri mugʻon emasmu?

Dargohlari kibriyo, islom ochib beriyo,
Sarhalqai avliyo, sohib Qur’on emasmu?
Avlodi anbiyodur, sardori avliyodur,
Mardi rahi Xudodur, oliy nishon emasmu?

Davr davri Ahmad, xoyr ul-bashar Muhammad,
Dunyovu dingʻa sarmad, shar’i bayon emasmu?

39

«Mutu qabla an tamutu»; hadisi bor,
Ul olami faxri rasul oytmadimu?
Mustafoning soʻzin emdi oʻqumading,
Sen uqmasang, burungʻilar uqmadimu?

Uqoy desang, pir etogin mahkam tutqil,
Tavba qilib dunyo molin ortqa solgʻil,
Urub nafsni shayxing uchun oʻzung sotqil,
Shundogʻ pirga murid oʻzin sotmadimu?

Erga ilging bergil, joning fido qilgʻil,
Yurma yiroq, boʻlma nohaq, beri kelgil,
Oʻlmak haqdur, oʻlmas burun tavba qilgʻil,
Koʻb kishilar tavbasizin oʻtmadimu?

Oʻlsa, vale nafsi oʻlar, ruhi oʻlmas,
Sir soʻzini nodonlargʻa oytsa boʻlmas.
Sir soʻzini nodon, johil qabul qilmas,
Boʻlsa mahal oqil qabul qilmadimu?

Haqiqatliq er soʻzini nodon bilmas,
Qilu qoldin soʻz soʻzlasa, majoz emas.
Yancha chobsang, qilich boʻlsa, toshqa oʻtmas,
Loygʻa chobsang, qilich anga oʻtmadimu?

Bersa ilig, tutsa etak, soʻzga yetor,
Yuz ming aning halovati bekor oʻtor.
Pirni suygon dunyo molin toshlab ketor,
Oxiratligʻ dunyo toshlab ketmadimu?

Yetgoymukin tirikligim yozu kuzga,
Kelgoy xazon yeli yangligʻ ajal bizga.
Jonimizni tanimizdin oyrur oʻzga,
Kim ul jonni oyrib tandin ketmadimu?

Tavba bilan tirikligin qilsa bu qul,
Qilsa toat, etsa tavba doim bu qul,
Nafsu havo bu shaytongʻa bermasa yoʻl,
Tavba yoʻlin yaxshi qullar tutmadimu?

Qul Xoja Ahmad, tavba qurin bogʻlagʻil san,
Nafsu havo dushmanlarni quvlagʻil san.
San, Tangrini xos qulidek yigʻlagʻil san,
Yigʻlagʻon qul Haq diydorin koʻrmadimu?

40

Ayo doʻstlar, umrum tongi otor boʻldi,
Emdi izlab, yo Rab, sani toparmanmu?
Jonim tandin oyrilibon yotor boʻldi,
Emdi izlab, yo Rab, sani toparmanmu?

Beshdin oʻngʻa kirdim ersa yoshman dedim,
Yigirmada taxt ustida sulton boʻldum.
Oʻttuz yoshni olib qoʻlgʻa oʻtru turdum,
Emdi izlab, yo Rab, sani toparmanmu?

Qirqqa kirib, qanot qoqib qoyrilmadim,
Gunoh(lar)im toʻldi-toshdi, oyrilmadim.
Isyon qilib oʻlorimni man bilmadim,
Emdi izlab, yo Rab, sani toparmanmu?

Ellik yoshab yoshim maning boʻldi tamom,
Gʻanimatdur, bilsang, ani har xosu om.
Moʻmin qulning quloqigʻa budur kalom,
Emdi izlab, yo Rab, sani toparmanmu?

Oltmish uchdur paygʻambarning yoshin bilsang,
Farzu sunnat buyrugʻini ado qilsang.
Qazo yetsa, oxiratqa safar qilsang,
Emdi izlab, yo Rab, sani toparmanmu?

Qul Xoja Ahmad, qoʻygʻil emdi dunyo fikrin,
Jahd aylagil, tinmay oygʻil Haqni zikrin.
Hozir boʻlub oʻloringni emdi bilgin,
Emdi izlab, yo Rab, sani toparmanmu?

41

Bildim emdi hazratingʻa koʻb yozmishman,
Qamugʻ doʻst-la bu yoʻl ichra (koʻb) ozmishman.
Qulovuzsiz qorongʻuga yoʻl ozmishman,
Koʻnglum tongi otib, koʻrub qoʻbmayinmu?

Koʻngul tongi otti ersa, qurdi bozor,
Tafakkurni daryosigʻa kirib soʻzlor,
Shavq sharobin ichsam deyub koʻnglum sezor,
Sir sharobin quyo berdi, qoʻymayinmu?

Qamugʻ doʻstlar, kechti, koʻrung, keldi sazo,
Yurumishman telbalardek yoʻldin ozo.
Sir sharobin ichtim ersa berdi mazo.
Oxiratni asbobini qurmayinmu?

Oxiratni asbobini qurdi yoron,
Haq rasulni sunnatini tutti yoron.
Qani avval sizdin burun oʻtgon karvon,
Man alarni izin izlab, yetmayinmu?

Vo darigʻo, kechti umrum gʻaflat birlan,
Savol soʻrsa, javobi yoʻq hujjat birlan.
Bermagoysiz oʻtru kelsa, mehnat birlan,
Emdi muzlab, qordek erib, oqmayinmu?

Vo darigʻo, kechti umrum, qoldi boqo,
Yigitligim yeldek oʻtti, suvdek oqo.
Miskinlikni maqomida yirtib yaqo,
Tutub tavba oʻti birlan kuymayinmu?

Qul Xoja Ahmad yetti ishqni bisotina,
Inshaalloh, Haq yetkurgoy niyyatina.
Ishondim man Haq kalomi oyatina,
Boʻldim rafiq, oʻtgulardin oʻtmayinmu?

42

Haq rasuli oʻlmas burun oʻlung dedi,
Diydor uchun oʻlmas burun oʻlmayinmu?
«Mutu qabla an tamutu»; boʻlung dedi,
Diydor uchun oʻlmas burun oʻlmayinmu?

Ayo doʻstlar, diydor uchun ado boʻldum,
Bu dunyoda mehnat tortib gado boʻldum,
Fano boʻlub xonumondin judo boʻldum,
Diydor uchun oʻlmas burun oʻlmayinmu?

Muhabbatning daryosida choʻmub botib,
Gʻavvos kabi ul daryodin guhar topib,
Jonim berib shavq sharobin toʻyo ichib,
Diydor uchun oʻlmas burun oʻlmayinmu?

Avval-oxir xoʻblar ketti, qoldim yalgʻuz,
Nodonlardin eshitmadim bir yaxshi soʻz,
Dilim yoʻqtur, tilim yoʻqtur, quloq ham koʻz,
Diydor uchun oʻlmas burun oʻlmayinmu?

Anbiyolar oʻlmay turub tirik oʻldi,
Bu dunyoda jafo tortib nurgʻa botti,
Kofirlardin koʻb malomat, jafo tortti,
Oʻlmas burun diydor uchun oʻlmayinmu?

Avliyolar bu olamda gado boʻldi,
Kechib ahlu iyolidin, sivo boʻldi,
Jondin kechib diydor uchun, fano boʻldi,
Diydor uchun oʻlmas burun oʻlmayinmu?

Muhabbatning bozorida savdo qilsam,
«Faqru faxri»; malomatin anda tortsam,
Ikki olam savdosini koʻzdin solsam,
Oʻlmas burun diydor uchun oʻlmayinmu?

Qul Xoja Ahmad.....
«Mutu qabla an tamutu»; oʻqub erib,
Haq Mustafo hadisini mahkam tutub,
Diydor uchun oʻlmas burun oʻlmayinmu?

43

Dedi olim Qur’on oʻshal Tangri soʻzi,
Qul koʻngligʻa soldi nazar Haq kunduzi.
Ul maqomni har dam koʻrar koʻngul koʻzi,
Koʻzum koʻrdi, koʻnglim iqror qilmayinmu?

Pir kelgon soʻng oʻn sakkiz ming olam muqirr,
Yetti qat yer, yetti qat koʻk tasbeh oʻqur.
Zaif qulman, oʻzum munglugʻ, miskin, faqir,
Boʻldum oxir, dunyo orqa solmayinmu?

Zaif oʻzum yonarqudek qudrat bila,
Majoz oʻzum qushdek uchar himmat bila.
Kechti umrum, keldi, koʻrung, navbat bila,
Doʻstlarimgʻa soʻzum yodgor qoʻymayinmu?

Oytadurman Izim Alloh yodi birlan,
Ichim-tashim nurga yorur yodi birlan.
Ehson qildi Alloh kunduz fazli birlan,
Tashim guhar xaridorga sotmayinmu?

Zaif oʻzum Izim Haqni kalomina,
Koʻz ochibon boqma dunyo haromina.
Kekurdilar mayi ishqing oʻtogʻina,
Kirib anda hazor doston oytmayinmu?

Na berurlar oxiratda qurugʻ soʻzga,
Qilmish fe’ling uyrulmasun yordin oʻzga.
Uzoq safar kelib turur emdi bizga,
Keyin qoldim ul karvongʻa yetmayinmu?

Xulqliq qilib yigʻlagʻuncha kuysang kerak,
Egri boʻlub yuruguncha oʻlsang kerak.
Qul Xoja Ahmad, tavba birla oʻlsang kerak,
Asal yangligʻ ul dam zahrin totmayinmu?

44

Subhon Izim xos ishqini qildi in’om,
Oshiq boʻlub pok ishqida kuymayinmu?
Oʻzdin oʻzga talablarni qildi harom,
Banda boʻlsam yalgʻuz oʻzin suymayinmu?

Qayu banda yalgʻuz suysa podshoh qilay,
Oʻn sakkiz ming olam ichra ifsho qilay,
Xaloyiqlar toji, saroy insho qilay,
Bu soʻz eshitib onga jonim bermayinmu?

Haq taolo oshiqlargʻa berdi xil’at,
Jon berorda yogʻib oʻtti obi rahmat,
Oshiqlarni har moʻyida ming xosiyat,
Mehnat tortib xosiyatlar koʻrmayinmu?

Alloh aydi: «Rahmatimdin ishq yarattim»;,
Oning uchun oshiqlarni koʻb yigʻlattim,
Dardu balo, mehnatlarga bel bogʻlattim,
Belim bogʻlab ishq yoʻlida oʻlmayinmu?

Oshiqlargʻa va’da qildi diydorini,
Oʻzi bilur diydor uchun bemorini,
Tunlar qotib koʻb yigʻlagʻon bedorini,
Bedor boʻlub Haqqa qulluq qilmayinmu?

Dunyo talab harislarni bandam demas,
Roʻzi mahshar yoʻldin ozsa yoʻlgʻa solmas,
Suvsab, chanqab dod aylasa, qoʻlin olmas,
Dunyo tebib oxiratni suymayinmu?

Xojam aydi: "Chin bandaga beroy ulush,
Sharti uldur manga sori qilsa yurush,
Nafsdin kechib shayton bilan qilsa urush...
Nafsdin kechib riyozatda soʻlmayinmu?

Rahmatimdin umid tutsang, sahar turgʻil,
Kecha yotmay, kunduz yigʻlab Haqni tobqil,
Ondin soʻngra arigʻ boʻlub nafsni tebgil...
Nafsni tebib Haqqa qulluq qilmayinmu?

Sirot kechmay banda boʻlsang, qah-qah kulma,
Jannat kirmay bu dunyoda xurram yurma,
Diydor koʻrmay yigʻlamaqni zinhor qoʻyma",
Munda yigʻlab oxiratda kulmayinmu?

Essiz umrum Haqqa yonmay bejo ketti,
Muhabbatning jomin ichmay vaqtim yetti,
Kimga oytib, kimga yigʻlay, boshim qotti,
Nadomatda sochu soqol yulmayinmu?

Osiy, jofiy qulung ichra man gunahkor,
Gunohimni afu aylasang, oʻzung Gʻaffor!
Rahmat bilan aybim yobsang, oting Sattor,
Umid tutub dargohinga kelmayinmu?

Haq taolo rahmat birlan manga boqti,
Rahmat suyi koʻzlarimdin tinmay oqti,
Oshiqlargʻa ishq chaqmoqin yoqib choqti,
Ishqin oʻqub xaloyiqgʻa yoymayinmu?

Qulluq ichra odat qilay qilsang qabul,
Yoʻqluq ichra ado boʻlsam misli rasul,
Bu olamda hech kim yoʻqtur mandek malul,
Gʻarib boʻlub ostonangda oʻlmayinmu?

Lutfu karam ehson qildi, bilolmadim,
Shokir boʻlub aning shukrin qilolmadim,
Parvonadek ming tasadduq boʻlolmadim,
Parvonadek kuyub axgar boʻlmayinmu?

Tun saharlar bedor qildi yigʻlasun deb,
Yoshin toʻkub ishqqa belin bogʻlasun deb,
Oʻrtab-kuyub yurak bagʻrin dogʻlasun deb,
Dogʻin olib Haq qoshigʻa bormayinmu?

Vahdoniyat daryosidin xabar berdi,
Alloh oʻzi Hodiy boʻlub yoʻlgʻa soldi,
Doʻzax ichra qolmasun deb qoʻlum oldi,
Jonu dilim ondogʻ Haqqa bermayinmu?

Alloh aydi: "Jonni berdim toat qilgʻil,
Yuz ming balo sanga solsam toqat qilgʻil",
Mani izlab yigʻlamaqni odat qilgʻil,
Balosigʻa sobir boʻlub yurmayinmu?

Haq taolo salom aydi kuygonlarga,
Qonlar toʻkub ikki koʻzin oʻygʻonlargʻa,
Jonni jongʻa payvand qilib yurgonlarga,
Xanjar olib koʻzlarimni oʻymayinmu?

Haq partavi kimga tushsa, dono qilur,
Koʻngli yorub botinlarin bino qilur.
Ma’rifatni oytib oʻzin goʻyo qilur,
Goʻyo boʻlub Haq yoʻllarin oymayinmu?

Salom aydi doʻstlarigʻa Haq mehribon,
«Munda yigʻlang, oxiratda qilay xandon»;.
Haq yoʻlida oshiqlarni joni qurbon,
Bu soʻz eshtib yuz ming jonim bermayinmu?

Man daftari soniy oydim dardga darmon,
Biru borim bandam desa qolmas armon.
Harna qilsa, Oʻzi qilur, Haqdin farmon,
Farmonida hozir boʻlub yurmayinmu?!

Qul Xoja Ahmad, bu dunyoda begʻam oʻtdung,
Haqdin qoʻrqmay tong otquncha koʻpub yotding.
Dunyo tilab Haq zikrini toshlab otding,
«Tubu ilayh»; oʻquy-oʻquy oʻlmayinmu?!

45

Oʻlum elchisi keldi,
yarogʻing nega qilmassan?
Soqol-soching oqorub,
yarogʻing nega qilmassan?

Taningda qolmadi quvvat,
vujuding borchasi zahmat,
Alardin olmayin ibrat,
yarogʻing nega qilmassan?

Oʻlumni elchisi keldi,
sango emdi xabar berdi,
Sango na boʻldi, kelib
yarogʻing nega qilmassan?

Qamugʻ yoronlaring ketti,
koʻrsatti boʻyini tutti,
Kelib yer qoʻynida yotti,
yarogʻing nega qilmassan?

Bu dunyoni nega suydung,
gʻalat qilding, xato qilding,
Qani uqbogʻa na qilding,
yarogʻing nega qilmassan?

Bu tandin joning olmoqqa,
malak keldi oyirmoqqa,
Sani qoʻymas dam urmoqqa,
yarogʻing nega qilmassan?

Qul Xoja Ahmad, na ish qilding,
oʻzung asragu qilding,
Bu dunyo jirkanib yigʻding,
yarogʻing nega qilmassan?

46

Shaki yoʻqtur, qiyomat kun kelur, doʻstlar,
«La uqsimu bi yavmil-qiyamah»; deb oytmadimu?
Oʻzin boqiy, oʻzgalarni foniy biling,
«Kullu shay’in halikun»; deb oytmadimu?

Jumla jonlar yer qoʻynigʻa oxir kirgoy,
Mangu, boqiy Ugʻon Izim oʻzi qolgʻoy.
Zamona oxir boʻlsa, koʻk yorilgʻoy,
«Izas-sama’un-shaqqat»; deb oytmadimu?

Qiyomatning alomati bisyor kechgoy,
Kalomulloh ma’no ketib, xati oʻchgoy.
Bulut kukrab, yer tebronib, togʻlar koʻchgoy,
«Yavma tarjifur-rojifah»; deb oytmadimu?

Alloh bilur kimga rohat, kimga azob,
Ugʻon Izim qozi boʻlub soʻrgʻoy hisob.
Vo hasrato, banda nechuk bergoy javob,
«Yavma yaqumul-hisab»; deb oytmadimu?

Qul Xoja Ahmad oytur tun-kun, yo Rab, sani,
Zor yigʻlagʻil ishqing bilan tuni-kuni.
Topar banda yursa doim istab sani,
«Fatlubni tajidni»; deb oytmadimu?

48

Ayo doʻstlar, ketmak uchun munda kelduk,
Kelib ketmak boisini bildingizmu?
Asli vatan uldur, munda musofirsan,
Savdo uchun kelib savdo qildingizmu?

Karvonboshi xabar berdi kulli jongʻa,
Savdo qil deb buyurdilar har qayongʻa,
Savdosini qildi ziyon koʻb nodongʻa,
Sudu ziyon qilgʻonini bildingizmu?

Oqil qullar savdosini qildilar taxt,
Savdosini qilgʻon qullar boʻlur nekbaxt.
Bozorini qilib bogʻlar yuklarin saxt
Tayyor boʻldi, siz ham tayyor boʻldungizmu?

Sardori karvonboshi qilsa xabar,
Savdo qilgʻon, ozuq olgʻon qilur safar,
Yuk tongugʻligʻ shodu xandon (yoʻlgʻa tushar),
Jahdu jadal qilib yukni tongdungizmu?

Ba’zi nodon kirdi bozor oldi doʻkon,
Hamroh boʻldi ul nodongʻa anda shayton,
To qurugʻligʻ oʻlturdilar shodu xandon,
Oʻshal doʻkon dunyo erur, bildingizmu?

Savdo qiloy desa shayton qoʻymas, bilgil,
Oytur anga qoʻygʻil bugun, tongla qilgʻil.
Umrung uzoq, dam gʻanimat, ishrat qilgʻil,
Oytur anga, ishrat qilib toʻydungizmu?

Bu soʻz birla naqdi umrin qoʻldin bergoy,
Umrung boʻldi bu doʻkondin chiqqil degoy.
Vo darigʻ deb qoʻlin tishlab afsus yegoy,
Savdo uchun emdi afsus yedingizmu?

Bu holatda amir karvon kelgoy yetib,
Yurugil deb asl vatan hukmin oytib.
Savdo qilmay muncha oʻtdung netak yotib,
Ozuq olmay yoʻlgʻa kirib yeldingizmu?

Qul Xoja Ahmad, savdo qilgʻil bozor oʻtmay,
Umrung kuni bitmas, ajal kuni yetmay.
Nogahon(da) ajal kelib yaqong tutmay,
Ajal kelur vaqtin, doʻstlar, bildingizmu?

49

Ayo shayxo, toliblarga yoʻlni koʻrguz,
Shariatning bayonini qilmasmusan?
Tariqatda qulovuzsiz yoʻlgʻa kirsa,
Haqiqatning yoʻllarini oytmasmusan?

Shayxman teyu ulugʻ tutding oʻzing doim,
Koʻnglung kibru manlik bilan, tiling soim.
Nafsing uchun uzun tunlar turub qoim,
Oʻqub Qur’on hech oʻzungga kelmasmusan?

Shayxman teyu zolimlarga xizmat qilding,
Mulozamat pesha aylab izzat qilding.
Ne’mat bersa joning birla hurmat qilding,
Johil boʻlub zolim sifat boʻlmasmusan?

Ma’ni Qur’on tuz bilmading havo birlan,
Toat qilding xalq ichinda riyo birlan,
Zangor bosgʻon koʻngul yoʻqtur ziyo birlan,
Ma’no oʻqub riyo qurin solmasmusan?

Faqir boʻlub malomatni toʻsha qilgʻon,
Dunyo solur oxiratni pesha qilgʻon.
Dil ayvonin xilvat qilib goʻsha qilgʻon,
Ondogʻ erning xizmatida boʻlmasmusan?

Qul Xoja Ahmad, kimga oyding ushbu soʻzni,
Xoʻb bilursan, hech bilmassan rohi tuzni.
Bilur qarib yoʻl bilguchi qulovuzni,
Gardi poyin qaro yuzga surtmasmusan?

50

Umrung oʻtti, ayo gʻofil, zoe’ munda,
Gʻaflat koʻzin ochib bedor boʻlmasmusan?
Yotur yering tor lahaddur yalgʻuz goʻrda,
Oʻlmas burun fikrin munda qilmasmusan?

Ajab yoʻldur borur yering, xatar bisyor,
Qaroqchilar doim anda turur tayyor,
Himmat qilib bu dunyodin aylab guzor,
Oxiratning yarogʻini qilmasmusan?

Yurdung doim shodu xurram, surur birlan,
Magʻrur boʻldung hoyu havas, gʻurur birlan,
Yeding shubha-haromlarni makruh birlan,
Doʻzax ichra jazosini tortmasmusan?

Moʻmin degon boʻlur doim tafakkurda,
Fikr aylab zikrin oytur uzoq tunda,
Boʻlmas manlik bir zarrae vujudinda,
Ondogʻ erni etogini tutmasmusan?

Aro yoʻlda paydo boʻlur ikki manzil,
Ondogʻ qulgʻa qilgʻil munda joning sabil,
Solgʻoy sani yaxshi yoʻlgʻa yori qobil,
Xizmat qilib jannat mulkin olmasmusan?

Jon olgʻoni bir kun kelur malakul-mavt.
Oʻlmas burun oʻlum birla boʻlgʻil ulfat,
Uzoq yoʻlgʻa ozuq olgʻil - tort riyozat,
Izzat raxtin sotib, xorliq olmasmusan?

Oshiq boʻlsang, malomatdin qilgʻil vatan,
Gʻam tigʻidin zaxm aylasun mulki badan,
Ham ochilsun botiningda turluk chaman,
Jondin kechib diydorini koʻrmasmusan?

Rohat topar mehnat sori qadam qoʻygʻon,
Zoe’ qoʻymas xizmat qilsang piri mugʻon,
Xizmat qilmay da’vo qilsang bari yalgʻon,
Qul Xoja Ahmad, pir oldida oʻlmasmusan?

51

Ayo doʻstlar, bu yoʻllardur qorongʻuluq,
Shayton yoʻlin oʻzdin yiroq solmasmusan?
Band etibon shayton sani gumroh qilur,
Haq qoshida yuzi qaro boʻlmasmusan?

Tama’ qilma xojaman deb eshiklarda,
Aql yoʻqtur ixlos qilgʻon kishilarda.
Sharmu hayo ketti ulugʻ-kichiklarda,
Oxir zamon nishonasin bilmasmusan?

Shayxman teyu ma’rifatni qildi bayon,
Zohir-botin, avval-oxir qilsa ayon.
Shunqor yangligʻ ruhi aning qilsa tayron,
Mundogʻ boʻlub murid yoʻlgʻa solmasmusan.

Tuni-kuni toat qildi Sayyid abror,
Yemay-ichmay yoshligʻida yaxshi kirdor.
Ummat uchun qaygʻu birla boʻldi bedor,
Rasululloh tab’iyatin bilmasmusan.

Tong otquncha ikki ayoq tamom shishti,
Oto-ono, Ibrohimdin taqi kechti.
Tilab ummat qaygʻu birlan aqli shoshti,
Ayo shayxo, koʻrub ibrat olmasmusan?

Qul Xoja Ahmad, bu yoʻllarni oson bilma,
Haq rahmati bisyor yetib magʻrur boʻlma.
Xavfu rajo ichra turgʻil, koʻngul qoʻyma,
Qahr ichinda lutfin anglab yurmasmusan.

52

Na muhabbat ermish,
man oʻtorimni bilmasman,
Shaydo qildi ishq mani,
qoyda borgʻum bilmasman.

Kuyor bagʻrim toshlari,
oqor koʻzum yoshlari,
Ayo Haqning doʻstlari,
qoyda borgʻum bilmasman.

Oʻt na boʻlur yolinsiz,
suv na boʻlur jilosiz,
Mani dardim davosiz,
izlab doru tobmasman.

Dardim bilar tabib yoʻq,
holim soʻror rafiq yoʻq,
Mandek munglugʻ gʻarib yoʻq,
mungu zorim oymasman.

Oʻtlarni suv oʻchirur,
bu oʻt suvni kuydurur,
Oʻtlar oʻti bu erur,
yalgʻon teyu oymasman.

Kim kish kiyar, kim chopon,
kim podshohdur, kim choʻpon,
Kim tuz yurur, kim yamon,
muni aslo bilmasman.

Qul Xoja Ahmad, haqirman,
yozuqumni oʻqurman,
Doʻstum guhar, faqirman,
faqirliqdin tonmasman.

53

Yo ilohim, ishqing solib oshiq etgil,
Tongla mahshar oshiqlarni Alloh chorlar.
Oshiq boʻlsang, ayo tolib, mehnat tortgil,
Tongla mahshar oshiqlarni Alloh chorlar.

Mehnat tortgon oshiqlardin Xudo rozi,
Oshiqlarni Arshga yetgoy, bil, ovozi.
Ul oshiqdin Alloh oʻzi boʻldi rozi,
Tongla mahshar oshiqlarni Alloh chorlar.

Ayo tolib, oshiq boʻlsang, boʻzlab yurgil,
Dargohiga yetgung oxir izlab yurgil.
San sirringni nodonlardin asrab yurgil,
Tongla mahshar oshiqlarni Alloh chorlar.

Oshiqlarni koʻzlaridin qoni oqar,
Koʻzni qonin koʻrub anda ma’shuq boqar.
Ma’shuq oʻzi oshiqlargʻa oʻtlar yoqar,
Tongla mahshar oshiqlarni Alloh chorlar.

Alloh suygon oshiqlari ingrab yurar,
Oriflarni suhbatigʻa oʻzin urar.
Mehnat tobsa oshiqlari javlon qilar,
Tongla mahshar oshiqlarni Alloh chorlar.

Oshiqlarni ma’shuq oʻzi chorlagʻusi,
Qoydasan deb, qoydasan deb ingrangʻusi.
Alloh dardin tortib oshiq boʻzlagʻusi,
Tongla mahshar oshiqlarni Alloh chorlar.

Alloh suygon oshiq tongla Buroq minar,
Buroq minib mahshargohda javlon qilar.
Huru qusur koʻzlamaslar, diydor tilar,
Tongla mahshar oshiqlarni Alloh chorlar.

Mahshargohda oshiqlarni boʻynida gʻul,
Gʻul toqilgʻon oshiq ishi Haqqa maqbul.
Ul oshiqqa Alloh oʻzi koʻrsatur yoʻl,
Tongla mahshar oshiqlarni Alloh chorlar.

Maloyiklar zanjir toqib olib yurgoy,
Ul oshiqni ahvolini Alloh soʻrgoy.
Allohimga oshiqligi maqbul boʻlgoy,
Tongla mahshar oshiqlarni Alloh chorlar.

Mehnat tortgon oshiqlarni Alloh suydi,
«Kel beri»; deb ul oshiqqa sharob berdi.
Sharob ichgon oshiqlarni Alloh suydi,
Tongla mahshar oshiqlarni Alloh chorlar.

Qul Xoja Ahmad, oshiqlarga oʻzungni qot,
Kecha-kunduz mehnat qilib alamlar tort.
Oriflarni bozorida oʻzungni sot,
Tongla mahshar oshiqlarni Alloh chorlar.

54

Oshiqlarga Tangrim oʻzi qilgʻoy rahmat,
Qabr ichra partav solib qilgʻoy shafqat.
Jannat kirib, diydor koʻrub, ayshu rohat,
Lutfu karam ato qilib yurur boʻlgʻoy.

Oshiqlari qoyda borsa xilvat istar,
Erga hojat ermas yaxshi bolin bistar.
Haqni topmay yigʻlab yurub boʻlub muztar,
Ishq bogʻida navo qilib yurur boʻlgʻoy.

Oshiq kuyor, jondin toʻyor, Haqni sevor,
Alloh uchun dunyo, uqbo taloq qoʻyor.
Bagʻrin teshib, boshdin ayoq qongʻa boʻyor,
Oshiq oʻzi yakto boʻlub yurur boʻlgʻoy.

Ey yoronlar, ishq elini somoni yoʻq,
Davo soʻrmang, ishq dardini darmoni yoʻq.
Bu yoʻllarda oshiq oʻlsa, tovoni yoʻq,
Jonin tandin judo qilib yurur boʻlgʻoy.

Joni judo oʻtda kuygoy tani oʻzga,
Kimni koʻrsa, izin olib surtor koʻzga.
Hikmat oʻqub, tolib boʻlub, yetsa soʻzga,
Aqlu hushin dono qilib yurur boʻlgʻoy.

Bulhavasni tani kuysa, joni kuymas,
Ani uchun ishq qadrigʻa yetib boʻlmas.
Yaxshilarni suhbatidin bahra olmas,
Rizqi duo riyo qilib yurur boʻlgʻoy.

Bu olamdin sivo qilgʻon Alloh oʻzi,
Ey ummatlar, Haq Mustafo oygʻon soʻzi.
Roʻzi mahshar ravshan boʻlgʻoy xalqgʻa yuzi,
Dillarini safo qilib yurur boʻlgʻoy.

Chin oshiqlar tirik oʻlgʻon joni bejo,
Parvoz qilib uchay desa saxlar Xudo.
Ichmish-emish, talablari dardu balo,
Ishqin boshqa balo qilib yurur boʻlgʻoy.

Qul Xoja Ahmad, darvish boʻlsang, bedor boʻlgil,
Javru jafo, dardu mehnat, gʻam istagil.
Yuz ming balo boshgʻa tushsa, ingronmagil,
Alloh oʻzi jafo qilib yurur boʻlgʻoy.

55

Haqni tobgon devonalar behush soʻzlar,
Dardu holat paydo qilib yurur boʻlgʻoy.
Maqomlari baland maqom, Arshni koʻzlar,
Xalqqa oʻzin rasvo qilib yurur boʻlgʻoy.

Eldin qochib togʻu choʻlni qilgʻoy vatan,
Choʻllar aro hamrohlari zogʻu zagʻan.
Ketor boʻlsa churuk egni anga kafan,
Tuyur vahshiy hamroh qilib yurur boʻlgʻoy.

Mundogʻ boʻlmay jon ma’shuqin tanib boʻlmas,
Bu yoʻllarni uqbasi koʻb, oshib boʻlmas.
Jondin kechmay vahdat maydin totib boʻlmas,
May noʻsh etib, samoʻ qilib yurur boʻlgʻoy.

Jononani tobgon kishi oʻzi bilmas,
Omi xalqi tolib boʻlsa, qochib kelmas.
Yuz ming nosih boʻlsa, andin pandin olmas,
Elga oʻzin gumroh qilib yurur boʻlgʻoy.

Yuz ming oshiq kuysa-yonsa boʻlur xurram,
Haq yodini har kim oytsa boʻlur hamdam.
Roʻzi mahshar diydorigʻa boʻlur mahram,
Joni imon fido qilib yurur boʻlgʻoy.

Alloh uchun jonin bergon zoe’ qolmas,
Ikki olam anga boʻston hargiz boʻlmas.
Chin oshiqni sirri nihon xalq bilolmas,
Koʻz yoshini guvoh qilib borur boʻlgʻoy.

Oshiq oʻlmas, qurbi soʻlmas, ishqi javon,
Xalq ichida ogʻzi xandon kuyar pinhon.
Choʻllar kezib boʻzlab yurur Haq lomakon,
Haq ishqini sano qilib yurur boʻlgʻoy.

Ishq bogʻini kezgon oshiq oʻzin bilmas,
Kecha-kunduz mastu hayron oʻzga kelmas.
Goʻsha istar xaloyiqqa ulfat boʻlmas,
Haq vaslini fano qilib yurur boʻlgʻoy.

Chin dardliklar dardsizlarni koʻzga ilmas,
Zohid, obid, soliklarni tilga olmas.
Qayda koʻrsa ishqsizlarni nazar qilmas,

Chin dardlikka davo qilib yurur boʻlgʻoy.
Oshiqlarni bilgonlarin xalq bilolmas,
Huru gʻilmon jumla malak xayl kelolmas.
«Saqohum rabbuhum»;ni orzu qilmas,

Diydorigʻa vafo qilib yurur boʻlgʻoy.
Huru qusur an-tahurdin olib kelgoy,
Rizvon malak qadah sunub, ta’zim qilgʻoy.
Oshiqlari koʻzin yumub behush boʻlgʻoy,

«Voshuqo!»;, deb qir ichinda yurur boʻlgʻoy.
Haq tomosha qilib, anga rahmat qilgʻoy,
Nur ichinda partav solib, shafqat qilgʻoy.
Yetmish fariq maloikni ulfat qilgʻoy,
Lutfi karam ato qilib yurur boʻlgʻoy.

56

Odam oʻgʻli oʻlgusi,
er ostigʻa kirgusi,
Kim yaxshidur kim yamon,
anda ma’lum boʻlgʻusi.

Munda oʻzin bilgonlar,
Haqqa qulluq qilgʻonlar,
Haq yoʻligʻa kirgonlar,
yorugʻ yuzluq boʻlgʻusi.

Manman, qulman degonlar,
er yuziga kelgonlar,
Harom-harish yegonlar
bir-bir javob bergʻusi.

Munda oʻzin bilmagon,
nasihatni olmagon,
Besh vaqt namoz qilmagʻon,
anda rasvo boʻlgʻusi.

Agar oqil boʻlsangiz,
nasihatni olsangiz,
Besh vaqt namoz qilsangiz,
anda foyda boʻlgʻusi.

Qullugʻ qilgʻil quligʻa,
kirgil Haqni yoʻligʻa,
Yorliqogʻon quligʻa,
hurlar qorshu kelgusi.

Haqdin farmon boʻlgʻonda,
Azroil jon olgʻonda,
Soʻrugʻ-savol qilgʻonda,
anda hayron qolgʻusi.

Hayron boʻlmas ul kishi,
oqsa koʻzini yoshi,
Haq bilan boʻlsa ishi,
javob oson boʻlgʻusi.

Toat qilgʻil qishu yoz,
Qul Xoja Ahmad, boʻl gudoz,
Yuzi qaro benamoz,
anda rasvo boʻlgʻusi.

57

Shariatning sharoitin tark etmayin,
Tariqatning ishlarini ado qilsun.
Tariqatda parhez qilib taqvo qilgʻon,
Koʻrub, bilib, halolidin judo qilsun.

Haqiqatning daryosidin guhar olgʻon,
Ma’rifatning maydonida javlon qilgʻon.
Kuyub-pishib ich bagʻrini oʻtqa solgʻon,
Ondogʻ oshiq alif qaddin duto qilsun.

Qiyomatning shiddatidin motam qursang,
Nav tolibdek halqa ichra oʻzung ursang.
Qiyomatning shiddatidin na’ra tortsang,
Mahshargohda koʻz yoshini guvoh qilsun.

Ushbu yoʻlgʻa kirgon oshiq jondin kechor,
Jondin kechib shavq sharobin toʻyo ichor.
Rihlat qilsa churuk egnin kafan bichor,
Faryod urub eshiklarda sado qilsun.

Qiyomatning shiddatini bilmagonlar,
Gʻarib, faqir koʻrsa koʻzga ilmagonlar.
Amri ma’ruf, nahy munkar qilmagʻonlar,
Xos boʻzurglar sani na deb duo qilsun?!

Haq zikrini oygʻonlarni dushman tutqon,
Manlik qilib yaxshilarni bosib oʻtgon.
Halol-harom farqin qilmay olib yutqon,
Ul fosiqni dilin na deb safo qilsun.

Takabburu manlik bilan havo qilgʻon,
Xalq ichinda harna qilsa riyo qilgʻon.
Kecha-kunduz dunyo uchun savdo qilgʻon,
Ul bandani oxiratda gado qilsun.

Xalq ichinda tasbeh qoʻlgʻa olib yurgon,
Shayxmen teyu nodonlargʻa va’zin oygʻon.
Nazrin olib kelgoymu deb qarab turgʻon,
Pir ul turur zohir, botin safo qilsun.

Kecha-kunduz Haqdin qoʻrqub turgʻon kishi,
Oʻzin bilur oʻzga bilan yoʻqtur ishi.
Ondin soʻngra nurgʻa toʻlur ichu tashi,
Haqdin qoʻrqub koʻzda yoshin ravon qilsun.

Qulman teyu Haq amrini qilmagʻonlar,
Nasihatni quloqigʻa olmagʻonlar.
Sudu ziyon boʻlgʻonini bilmagonlar,
Ul fosiqlar Haqqa na deb vafo qilsun.

Hikmat eshtib, yigʻlamagʻon odam emas,
Koʻngli qattigʻ, koʻzi aning namligʻ emas.
Beshak biling, dini aning mahkam emas,
Qon yigʻlagʻil, koʻzing yoshi davo qilsun.

Ayo gʻofil, nodon bilan ulfat boʻlma,
Nodonlarni suhbatigʻa oʻzung urma.
Haq qahridin qoʻrqub yigʻla hargiz kulma,
Qul Xoja Ahmad oshiqlardek navo qilsun.

58

Haq taolo tavfiq bersa himmat qilib,
Saharlarda tinmay yodin oygʻum kelur.
Junbush qilib a’zolarim dard aylasa,
Tavba qilib hazratigʻa yongʻum kelur.

Tolib boʻlub, ixlos qilib yoʻlgʻa kirsam,
Bedor boʻlub, Haq diydorin toʻyo koʻrsam,
Parvonadek sham’in koʻrub oʻzum ursam,
Yoʻq ersa tiriklikni otqum kelur.

Oshiqlarni davosidur Haqni yodi,
Zokirlarni murodidur Haq diydori,
Kecha-kunduz yigʻlab qilur Haqqa dodi,
Chin dardlikdin dardu mehnat tortqum kelur.

Tariqatga kirgon oshiq Haqni izlar,
Na soʻzlasa hol ilmini soʻzin soʻzlar,
Saharlarda yodin oytib Arshni koʻzlar,
Boyaziddek bir kun oʻzum sotqum kelur.

Haqiqatni daryosigʻa choʻmgʻon oshiq,
Ul daryodin guhar olib chiqqon oshiq,
Guhar olgʻon dargohigʻa boʻlur loyiq,
Loyiq boʻlub guhar olib chiqqum kelur.

Fano boʻlub bu dunyodin yigʻlab oʻtsam,
Haq sharobin ichorman deb tashna ketsam,
Shibliy yangligʻ oshiq boʻlub, samoʻ qilsam,
Mundogʻ boʻlub shavq sharobin ichgum kelur.

Qul Xoja Ahmad, oshiqlardek jondin kechgil,
Jondin kechib shavq sharobin toʻyo ichgil,
Toliblarga hikmat oytib, durlar sochqil,
Piri mugʻon etogini tutqum kelur.

59

Ayo doʻstlar, tavakkulni qilichini,
Belga bogʻlab yoʻlgʻa qadam qoʻygʻum kelur.
«La taqnatu»; rahmatidin umid tutub,
Mavaddatning gulzorinda yelgum kelur.

Oshiqlari javlon qilor ul maydonda,
Ilon qamchi qilib minor ul arslongʻa,
Sir soʻzini oytib boʻlmas har nodongʻa,
Sir soʻzini donolargʻa oygʻum kelur.

Orif boʻlub oshiq boʻlsa dono ketor,
Ondogʻ oshiq diydor uchun jonin beror.
Ondogʻ qulgʻa tongmi otor, kunmi botor,
Tuni-kuni tinmay zori qilgʻum kelur.

Nishonasi uldur, ani rangi sorigʻ,
Ondogʻ kishi bu dunyodin boʻlur forigʻ.
Mosivodin yigʻib, oʻzni koʻngli yorigʻ,
Ma’rifatlar anga raxtin sotqum kelur.

Ayo doʻstlar, tariqatda bozor koʻrdum,
Raxtim tobib ul bozorda doʻkon qurdum.
Gʻofil koʻnglum, oʻzum anda bedor boʻldum,
Roʻzi bersa, tun-kun savdo qilgʻum kelur.

Oshiqlari Oʻzi birla bozor qilur,
Johil qullar moʻmin koʻnglin ozor qilur.
Gʻofillardin Xudo, rasul bezor boʻlur,
Hozir boʻlub, Haq zikrini oygʻum kelur.

Sidq birlan gʻofil hargiz tavba qilmas,
Essiz umrin gʻofil kechrur hargiz toʻymas.
Foniy umrung ming ishonsang boqiy boʻlmas,
Tavba teyu tavba toʻnin kiygum kelur.

Qul Xoja Ahmad, kechti umrung, gʻofil boʻlma,
Nafsing soʻzin qilibon botil yurma.
Jahd etibon tun-kun zinhor johil yurma,
Hozir boʻlub, Haqqa qulluq qilgʻum kelur.

60

«Yo Ahmadu, abdi»; degon Subhon Izim,
Bordur ani sharbatlari sonsiz telim.
Oshiq qullar ichsun dedi ani Mavlim,
Oshiq boʻlub ul sharbatdin ichgum kelur.

Kecha-kunduz ushbu jondin oshiq boʻlmas,
Oshiqlarni koʻzda yoshi hargiz tinmas.
Jon ayasa yaxshi yoʻlgʻa kirsa boʻlmas,
Jondin kechib jononagʻa borgʻum kelur.

Himmat qurin mardonlardek belga bogʻlab,
Mansur sifat jondin kechib dorda oʻynab.
Oshiqlar(dek) suhbat ichra qonlar yigʻlab,
Subhon Izim dargohiga borgʻum kelur.

Qoldin kechmay hol tilini bilsa boʻlmas,
Muhabbatni sharobidin ichsa boʻlmas.
Ma’rifatni bozoriga kirsa boʻlmas,
Qoldin kechib boʻston ichra kirgum kelur.

Oshiq boʻlmay vafo nayni cholsa boʻlmas,
Hozir boʻlmay Haq zikrini oytsa boʻlmas.
Changu rubob sozlarini tuzsa boʻlmas,
Sozin tuzub hamdu sano oygum kelur.

Sadaf yangligʻ ishq oʻrnida guharlaring,
Moʻmin qulga yaqin turur rahmatlaring,
Oshiq qulga rohat turur zahmatlaring,
Mehnat tortib, Xojam, sanga borgum kelur.

Oshiqlari har goʻshada gʻavgʻo qilur,
Qatra-qatra koʻz yoshini daryo qilur,
Ul daryoda ishq guhari sonsiz turur,
Gʻavvos boʻlub ul guhardin olgum kelur.

Qul Xoja Ahmad, uzun tunlar uygʻoq boʻlgil,
Johillardin doim yiroq qocho koʻrgil,
Koʻz yoshingni sorigʻ yuzga socho koʻrgil,
Yoshim sochib hamdu sano oygʻum kelur.

61

Haq taolo habibi, yo Mustafo Muhammad,
Dardliklarni tabibi, yo Mustafo Muhammad.
Izhor qildi Odamgʻa, Odamdin to Xotamgʻa,
Nuri toʻldi olamgʻa, yo Mustafo Muhammad.

Mahbubi pok sirdon, matlubi shohi mardon,
Maxdumi kulli inson, yo Mustafo Muhammad.
Me’roj yoʻligʻa oshqon,..... dek ulashqon,
Ummat uchun talashqon, yo Mustafo Muhammad.

Yetim qoldi otodin ham mehribon onodin,
Taqdir boʻldi Xudodin, yo Mustafo Muhammad.
Yetim boshin siladi, teva boʻldi Muhammad,
Jonni jongʻa uladi, yo Mustafo Muhammad.

Yetti yoshar yosh oʻgʻlon, dur qadrini bildi,
Olti yongʻoqqa sotti, yo Mustafo Muhammad.
Teva boʻldi «af»; dedi, ummatini tiladi,
Jabroil yetib keldi, yo Mustafo Muhammad.

Bu dunyoni suymadi, farcha nongʻa toʻymadi,
Haq qullugʻin qoʻymadi, yo Mustafo Muhammad.
Tilamadi otosin ham mehribon onosin,
Qildi ummat duosin, yo Mustafo Muhammad.

Tangri(si)gʻa talabgor, kecha-kunduz yigʻlar zor,
Boʻldi ummatga muxtor, yo Mustafo Muhammad.
Muhit daryoga tushti, Arshi a’lo(ni) oshti,
Mavlosiga rozlashti, yo Mustafo Muhammad.

Shariatni soʻzladi, tariqatni izladi,
Haqiqatni koʻzladi, yo Mustafo Muhammad.
Sabr ayladi qanoat, taqvo aylab qilovat.
Kecha-kunduz ibodat, yo Mustafo Muhammad.

Ichib kavsar suyini, uzub jannat gulini,
Izlab ani yoʻlini, yo Mustafo Muhammad.
Qul Xoja Ahmad, qil toat, tinmay oytgil salovot,
Rasululloh boʻlgʻoy shod, yo Mustafo Muhammad.

62

Ayo doʻstlar, yurak bagʻrim boʻldi kabob,
Ishqsiz odam ishq qadrini bilgon bormu?
Tuni-kuni gʻurbat tortib ishq yoʻlida,
Bevosita Haq diydorin koʻrgon bormu?

Toshqin turgon daryolardek qaynab yurgon,
Dunyo molin koʻrub, anga magʻrur boʻlgʻon.
Hoyu havas, moumanlik da’vo qilgʻon,
Qorun yangligʻ dunyo molin koʻrgon bormu?

Ishq shiddati boshqa tushsa oshiq bilar,
Begonalar toshlar otib anga kular.
Devona deb boshin yorib qongʻa boʻyar,
Mansur yangligʻ ishq dorigʻa mingon bormu?

Oshiq Mansur «Analhaq»; deb yoshi oqti,
Chiltan birla hamroh boʻlub qabugʻ qoqti.
Yurak bagʻri kabob boʻlub erib oqti.
Gʻor ichinda chiltanlarni koʻrgon bormu?

Shayx Shibliy samoʻ qilib doim yurdi,
Taxtu baxtin tashlab Adham doʻkon qurdi,
Parvonadek sham’in koʻrub oʻzin urdi,
Parvonadek axgar boʻlub kuygon bormu?

Layli teyu sahrolarda Majnun oʻtti,
Laylini koʻrgan zamon hushi ketti.
Hayron boʻlub, sarson boʻlub, boshi qotti,
Oʻtgon oshiq eranlarni koʻrgon bormu?

Shirinni deb togʻlar qazib oshiq Farhod,
Shirinni koʻrgon zamon qildi faryod.
Aqlu hushin taroj qilib berdi barbod,
Oshiq boʻlub oʻlmay turub oʻlgon bormu?

Zunnun Misriy oʻz shahridin chiqib ketti,
Shayx Boyazid yetmish yoʻli oʻzin sotti.
Oʻzin bilmay vola boʻlub boshi qotti,
Ondogʻ erlar da’vosini qilgʻon bormu?

Ibrohim oʻz oʻgʻlini qurbon qildi,
Ismoil diydor teyu jonin berdi.
Koʻzin ochib Haq jamolin hozir koʻrdi,
Ismoildek Haq jamolin koʻrgon bormu?

Koʻb oshiqlar bu dunyodin oʻtub ketti,
Goʻruston manziligʻa borib yetti.
Ahlu iyol, xonumonin toshlab otti,
Ibrat olib qizil yuzi soʻlgʻon bormu?

Qul Xoja Ahmad, dardsiz oʻtti umrung, angla!
Xizmat qilib, eranlarni soʻzin tingla.
Nadomatda yoshing toʻkub, tinmay yigʻla,
Munda yigʻlab oxiratda kulgon bormu?

63

Bu gʻaribliq dushvor ermish, ayo doʻstlar,
Hech kim kelib, gʻarib holin soʻrgʻon bormu?
Tuni-kuni gʻurbat tortib ishq yoʻlida,
Ichi kuyub, hasrat birla toʻlgʻon bormu?

Gʻurbat ichra kechor ermish gʻarib holi,
Hech qolmadi koʻngul ichra qilu qoli.
Har bir kunda oʻlor ermish yuz ming yoʻli,
Namozu shom, gʻarib holin soʻrgʻon bormu?

Gʻaribligʻda yurdum man ayshi noxushgʻa,
Dushvor ermish takya, yostuq anda boshgʻa.
Munglugʻ boʻlub oto-ono qorindoshgʻa,
Rahim qilib, gʻarib holin soʻrgon bormu?

Qorindoshlar hasratinda boʻldum xarob,
Yurak-bagʻrim kuyub-yonib boʻldum kabob.
Gʻariblargʻa rahm aylasang, koʻbtur savob,
Ayo doʻstlar, bu dardimgʻa davo bormu?

Davom oʻrtor koʻring, mani gʻurbat oʻti,
Gʻaribligʻda topmadim man halovati.
«Man mota gʻariban»; deb hadis oytti,
«Faqod mota shahidan»; deb oʻlgʻon bormu?

Gʻaribligʻda yururdum man gʻurbat tortib,
Malomatlar birla xalqdin soʻz eshtib.
Tengi toʻshum koʻngul yorutub majol tortib,
Diydor uchun jonin fido qilgʻon bormu?

Diydor uchun jonin fido qildi ersa,
Tuni-kuni Haq zikrini aydi ersa,
Qul Xoja Ahmad, bu gʻurbatga tushti ersa,
Eshiting, doʻstlar, oʻlmaslikka imkon bormu?

64

Oshiqlarning soʻrogʻi, sodiqlarning yarogʻi,
Anbiyolar charogʻi, xoksor boʻlgʻon Muhammad.
Oʻzin solib mehnatga, turluk-turluk zahmatga,
Osiy, jofiy ummatga, kavsar boʻlgʻon Muhammad.

Otodin yetim qolib, oʻzini gʻamga solib,
Xadicha molin olib, chokar boʻlgʻon Muhammad.
Rozi boʻlgon qazoga, rozin oytgon Xudoga,
Koʻkdin kelgon baloga, sobir boʻlgʻon Muhammad.

Himmat qurini bogʻlab, yurak bagʻrini dogʻlab,
Sahar vaqtida yigʻlab, bedor boʻlgʻon Muhammad.
Haqni qullugʻin qilib, Haq amrini xalqqa oytib,
Kofir, juhudni qoʻrqutub, ajdar boʻlgʻon Muhammad.

Anbiyolar xotami, sir-asrori mahrami,
Miskinlarni hamdami, yodgor boʻlgʻon Muhammad.
Kunduz roʻzayu namoz, kechasi ajzu niyoz,
Tilab ummatni qish-yoz, muztar boʻlgʻon Muhammad.

Shomu sahar yigʻlar zor, ummat uchun dilafkor,
Xalqi olamgʻa yodgor, yaksar boʻlgʻon Muhammad.
Miskinlargʻa yor boʻlgʻon, (ummat) tilab zor boʻlgʻon,
Bolsizlargʻa (bol) boʻlgʻon, shahpar boʻlgʻon Muhammad.

Munglugʻ boʻlgʻon muztarga, hozir boʻlgʻon gumrohga,
Yetim boʻlgʻon gʻaribga, sarvar boʻlgʻon Muhammad.
Qul Xoja Ahmad miskindur, miskinlardin ma’no soʻr,
Miskinliq koni huzur, basar boʻlgʻon Muhammad.

65

Tong otquncha gʻaflatdaman hayron qolgʻon,
Yo Mustafo! Ilgim oling yoʻlda qoldim.
Vo hasrato ichu tashim isyon toʻlgʻon,
Yo Mustafo! Ilgim oling, yoʻlda qoldim.

Ummat boʻlub ummat ishin qilolmadim,
Bedor boʻlub Haq yoʻligʻa kirolmadim.
Yalgʻon ummat xizmatida boʻlolmadim,
Yo Mustafo! Ilgim oling, yoʻlda qoldim.

Saharlarda jonim qiynab, qon yigʻlamay,
Alloh oytub, qonlar yutub, zor ingramay.
Yelib-yugurub, eranlardin sir anglamay,
Yo Mustafo! Ilgim oling, yoʻlda qoldim.

Yo Muhammad, yomon qulni mahrum qoʻymang,
Osiy, jofiy ummatlarni yoʻlda qoʻymang.
Roʻzi mahshar osiylardin yuz oʻgirmang,
Yo Mustafo! Ilgim oling, yoʻlda qoldim.

Banda boʻlsam, yalgʻuz Haqni suymasmudim?
Ummat boʻlsam, yoʻlgʻa qadam qoʻymasmudim?
Qonlar toʻkub, koʻzlarimni oʻymasmudim?
Yo Mustafo! Ilgim oling, yoʻlda qoldim.

Ummat debon hech uxlamay oʻtti rasul,
Osiy, jofiy ummat uchun boʻldi malul.
Haq taolo qilgʻoymu deb bizni qabul,
Yo Mustafo! Ilgim oling, yoʻlda qoldim.

Qiyomatda termulturgʻoy ummat degil,
Magʻzi sirrim qoynagʻonda qoʻlum olgil.
Ojiz qulung yoʻl odoshsa, yoʻlgʻa solgil,
Yo Mustafo! Ilgim oling, yoʻlda qoldim

Gunohimgʻa togʻu toshlar toqat qilmas,
Tarso, juhud, kofir mandek gunoh qilmas.
Haq qoshinda sharmandaman hech kim bilmas,
Yo Mustafo! Ilgim oling, yoʻlda qoldim.

Roʻza, namoz qazo qilib, Haqni bilmay,
Yaxshilarni xoki poyi boʻlub yurmay.
Eranlarni duosini munda olmay,
Yo Mustafo! Ilgim oling, yoʻlda qoldim.

Yo Muhammad, gunohimdin sharmandaman,
Yo Muhammad, ilgim oling, darmondaman.
Yaxshi toat qilolmadim, armondaman,
Yo Mustafo! Ilgim oling, yoʻlda qoldim.

Bu dunyoda qilmishlarim fisqu fujur,
Ummat debon lutf etmasa sadru sudur.
Ul sababdin borsam sori ahli qubur,
Yo Mustafo! Ilgim oling, yoʻlda qoldim.

Ummatman deb lof urorman qoni amal?
Alloh uchun man qilmadim hargiz jadal.
Otim ummat, qilgʻon ishim jumla zarar,
Yo Mustafo! Ilgim oling, yoʻlda qoldim.

Qul Xoja Ahmad, amalim yoʻq qayon boray?
Piri mugʻon xizmatida koʻksum yoray.
Taqsir oytib kecha-kunduz hozir turay,
Yo Mustafo! Ilgim oling, yoʻlda qoldim.

66

Ayo doʻstlar, tun-kun tinmay zikrin oyting,
Zikrin oytib qullugʻinda boʻlmoq kerak.
Qulluq qilib takbir oytib suhbat qursa,
Harna bori boʻlsa Haqdin koʻrmak kerak.

Ishqqa qadam qoʻygʻonlari murod tobti,
Kimni koʻrsa sirrin koʻrub aybin yobti.
Gʻarib boʻlub yaxshilarni izin oʻbti,
Shomu sahar xizmatida turmoq kerak.

Muhabbatni sharobini ondin ichib,
Manmanlikni qilgʻonlardin yiroq qochib.
Har kim kirsa ushbu yoʻlgʻa jondin kechib,
Xoki poyin koʻzlariga surmoq kerak.

Yoʻlgʻa kirgon eranlardin yoʻlni soʻrmay,
Harna kelsa rozi boʻlub Haqdin koʻrmay.
Ijozatsiz yoʻlgʻa qadam qoʻyub yurgay,
Ishq doʻkonin yozib anda qurmoq kerak.

Ushbu yoʻlgʻa kirgon tolib boʻldi oqil,
Gʻaflat birla kuyub-yonib boʻlmas oqil.
Umrin zoe’ kechurgonlar boʻldi johil,
Ishq lashkarin tutub mudom qarmoq kerak.

Sahrolarda chorzarb urub zikrin boshla,
Hoyu havas, moumanlik yiroq tashla.
Kecha-kunduz takbir oytib tinmay ishla,
Zikrin oytib sidqi birla turmoq kerak.

Bahr ichinda odam nafsi javlon qilur,
Ochligʻidin..... tursa afgʻon qilur.
Dunyo tilab din ishini vayron qilur,
Yilon yangligʻ halqumidin qirqmoq kerak.

Qul Xoja Ahmad, nafsdin ulugʻ balo boʻlmas,
Yeru koʻkda toʻ’ma bersang hargiz toʻymas.
Tufroq boʻlub yoʻlda yotsang, kofir oʻlmas,
Piri mugʻon xizmatida turmoq kerak.

67

Orif uldur, Haq amrini pos aylasa,
Mosivodin nafsin yigʻib xos aylasa.
Shariat hama besh hurufdur rost aylasa,
Ondin soʻngra tariqatga kirmoq kerak.

Tariqat hama besh hurufdur, agar bilsang,
Ta’ayyun bilib, sharoitin ado qilsang.
Besh koʻchasin sayron qilib, yeldek oʻtsang,
Ondin soʻngra haqiqatga kirmoq kerak.

Ul ham besh harf yaxshi bilsa Haqqa yetar,
Moumanlik zamiridin beshak ketar.
Bilsa qilsa, ibodatga yoʻqtur xatar,
Ma’rifatning maydoniga kirmoq kerak.

Ul besh huruf maydonida javlon qilur,
Zohir botin betavaqquf nolon qilur.
Yetti a’zo koʻzlarini katon qilur,
Murshid boʻlub, irodatga kirmoq kerak.

Toʻrt maydonni boʻstonida na ishlar bor,
Oytsang, ado boʻlmas anda demishlar bor.
Har damida yuz ming shayx(din) yemishlar bor,
Mundogʻ in’om lazzatini bilmoq kerak.

Bu yoʻllarni tay qilmayin murshid boʻlsa,
Fosiq, johil murid boʻlub, qoʻlin olsa.
Mundogʻ af’ol tongla anda mardud boʻlsa,
Mahshargohni xalqi tamom kulmoq kerak.

Besh kun oʻtar dunyo uchun qoʻlin olsa,
Koʻrub-bilib nafsi uchun oʻtqa solsa,
Yoʻl tobmagʻon nazrin olib qoʻlin olsa.
Vo hasrato, nadomatlar demoq kerak.

Qul Xoja Ahmad, bu hikmatni nechuk ayding,
Bir harfini bilmay oʻzung xalqqa yoyding.
Rost yoʻllardin botil yoʻlgʻa erta yonding,
Xavf-xatar ichra nechuk etmoq kerak.

68

Oshiqlar maydonida ilmi hikmat bilinur,
Eranlarni domigʻa shunqor, lochin ilinur,
Ming nafasni bir nafas, qilsa himmat qilsa shavq,
Sir eshigi ochilib, jumla arvoh koʻrunur.

Sahar boʻlsa yoʻl olar, sir ichinda sir koʻrub,
Ondogʻ suhbat qilgʻonlar, beixtiyor bilinur,
Qutb ul-aqtob darvishlar, xos suhbatga kelurlar,
Alar boʻlgʻon suhbatda shavq bisyor boʻlunur.

Suhbat baror tobqoylar ul darvishlar kelgonda,
Kimga nazar solsalar, qulfi dili ochilur,
Halqa ichra Haq yodin, oytib tildin qoʻymaslar,
Tugʻyon qilib ruhlari lomakongʻa ulanur.

Ul suhbatda eranlar halqa (ichra) oʻlturur,
Kimga nazar qilsalar, qulfi dili ochilur,
Harchand alar oʻlukdur, zohir koʻzga koʻrinmas,
Gʻoyibdurlar va lekin botin koʻzga koʻrunur.

Sen saqlasang odobni, eranlarni oldida,
Bilgil, alar qoshida sonsiz ma’no bilinur,
Darvishlarga ixlos qil, bergil alargʻa qoʻlung,
Har kim kirsa bu yoʻlgʻa, tahqiq domgʻa ilinur.

Ishq domigʻa tushmagʻon, sir ma’nosin bilmagon,
Dunyo mehrin qoʻymagʻon, tongla rasvo boʻlunur.
Qul Xoja Ahmad Yassaviy, tinmay emdi yigʻlagʻil,
Koʻz yoshingni oquzsang, tongla borsang, bilinur.

69

Malul boʻldi bu koʻngullar, ayo doʻstlar,
Tinglasangiz rozin sizga ochorbizo.
Vafosi yoʻq yalgʻonchidur ushbu dunyo,
Koʻngul kezib boqiy soʻzni ochorbizo.

Ugʻon Izim ushbu jongʻa qildi farmon,
Boʻyunsunmay taqdirga, anga nadur darmon,
Oqshom tushub sahar boʻlsa koʻchor karvon,
Ul karvonni soʻngin olub koʻchorbizo.

Bizdin burun barcha karvon koʻchub turur,
Boqib tursak bizga navbat yetib turur,
Malak ul-mavt qadah sharbat tutub turur,
Navbat kelsa ul sharbatdin ichorbizo.

Telim nodon erman teyu tuzdi boʻrklik,
Er ul boʻlur iymonini qilsa koʻrkluk,
Qildin yingichka, qilichdin tez Sirot koʻfruk,
Ugʻon Izim roʻzi qilsa kechorbizo.

Necha yoqsang, yonmas chirogʻ yogʻin yerda,
Jonlar chiqib tanlar yotur qaro yerda.
Dil chirogʻi shu’la uror oshiqlarda,
Ruh boʻlubon bilmam qayon uchorbizo.

Yaqin erur ushbu oʻlim ermas yiroq,
Er ul boʻlur oxiratgʻa minsa Buroq,
Necha boqsang, oqibat ul oʻchor chirogʻ,
Ul chirogʻdek bir dam yonib oʻchorbizo.

Vo darigʻo, oʻtti umrum oʻynab-kulub,
Oh urarmen nadomatda qonlar yutub,
Qul Xoja Ahmad, bu hasratdin jonim kuyub,
Koʻz yoshini sorigʻ yuzga sochorbizo.

70

Ayo doʻstlar, shunqor qushum uchurdum man,
Qanot qoqib qaysi taraf ravon boʻldi.
Gahi gahi orqasidin unday qoldim,
Davr olibon koʻzlarimdin nihon boʻldi.

Ayoq bogʻin mahkam tutmay qochurdum man,
Silab-siyfab tobin tobmay uchurdum man.
Nadomatda qoldi umrum kechurdum man,
Emdi maning ishim ohu figʻon boʻldi.

Soʻrogʻ soʻrsam topilgʻoymu oʻshal qushum?
Topilmasa dushvor erur maning ishim,
Hasratinda tinmay oqor koʻzda yoshim,
Emdi maning qilgʻon sudum ziyon boʻldi.

Pirim madad qilsa, qayta qoʻlgʻa olsam,
Har bir yungin koʻzlarimgʻa surma qilsam.
Yaxshi toblab qoz, oʻrdakka qorshu solsam,
Bihamdilloh emdi sohib Qur’on boʻldi.

Mundogʻ tuhfa ilgingdadur, qoʻyma zinhor,
Ayoq bogʻin mahkam tutub turgʻil bedor.
Oxir bir kun koʻrsatgusi sango diydor,
Diydor koʻrgon qulni oʻrni jinon boʻldi.

«Allohumma yo molik ar-riqob»; oʻqub,
Ozodligʻ baroatini izlab topib.
Tavba debon egri yoʻldin rostqa qoytib,
Tavba qilgʻon qullar anda mehmon boʻldi.

Qul Xoja Ahmad, oʻzung gʻofil, aqling zoyil,
Amaling yoʻq, dunyo sori koʻnglung moyil.
Bul ayoqing ostidadur chohi Hobil,
Yiqilurin bilgon kishi omon boʻldi.

71

Toʻldi umr paymonasi,
man yigʻlamay kim yigʻlasun?!
Shayton koʻngul hamxonasi,
man yigʻlamay kim yigʻlasun?!

Qilmas nasihat hech kishi,
isyon bila boʻldi ishim,
Mundogʻ kechib yozuq ishim,
man yigʻlamay, kim yigʻlasun?!

Qottigʻ gunoh boʻldi ishim,
jahannamda boʻldi yerim,
Oxir gʻazab qilsa Karim,
man yigʻlamay, kim yigʻlasun?!

Qur’on xatin koʻrmas koʻzum,
oyat-hadis ermas soʻzum,
Qulman desam, yalgʻon oʻzum,
man yigʻlamay, kim yigʻlasun?!

Na mundadur roʻza-namoz,
na xayr, ehsonu niyoz,
Yoʻq haqiqat, xayri niyoz,
man yigʻlamay, kim yigʻlasun?!

Nafsim mani oʻtqa solur,
har lahza tandin jon olur,
Dardim davo tobmay qolur,
man yigʻlamay, kim yigʻlasun?!

Shayton gʻanimdur mango,
nechuk aylay yo Rabbano,
Yo Rab, sigʻinurman sango,
man yigʻlamay, kim yigʻlasun?!

Yigitlik quvvati ketti,
qariliq navbati yetti,
Keldi yaqin margi ajal,
man yigʻlamay, kim yigʻlasun?!

Tutqoy oʻlum jomi sharob,
xonumon qilgʻon xarob,
Yo hasrato, alal-abad man yigʻlamay,
kim yigʻlasun?!

Agar yuz yil muhlat berur,
ajal oxir qorshu kelur,
Jongʻa qaro kunlar solur,
man yigʻlamay, kim yigʻlasun?!

Dunyo ishi(dur) bir sori,
nafsim erur (dushman) bori,
Uqbo erur hasrat yeri,
man yigʻlamay, kim yigʻlasun?!

Qildim base, fisqu fujur,
qoldim netay mahrumu dur,
Koʻnglumda yoʻqtur zarra nur,
man yigʻlamay, kim yigʻlasun?!

Haqdur Karim yo akram,
Qul Xoja Ahmad, yema gʻam,
Darmondalik dambadam,
man yigʻlamay, kim yigʻlasun?!

72

Ka’ba sori ketor boʻlduq inshaalloh,
Ey yoronlar, yaxshi qoling, to koʻrguncha.
Qoyda borsoq Alloh yodi bizga hamroh,
Ey yoronlar, yaxshi qoling to koʻrguncha.

Ketoy dermiz xonumondin judo boʻlub,
Ahlu iyol, xonumondin sivo boʻlub,
Dunyo uqbin toshlab, bahri Xudo boʻlub,
Ey yoronlar, yaxshi qoling to koʻrguncha.

Yoʻlgʻa qadam qoʻyoy dermiz Haqni izlab,
Yeru koʻkda, oyu kunlar Haqni izlab,
Arshu Kursiy, Lavhu Qalam Haqni izlab,
Ey yoronlar, yaxshi qoling to koʻrguncha.

Ahlu iyol, xonumondin judo boʻlub,
Sivo etib, xotunlarni mehrin berib,
Safar qilduq vasli uchun jondin bezib,
Ey yoronlar, yaxshi qoling to koʻrguncha.

Arsh istasang, moʻmin qulni koʻngli ichra,
Ishq tilasang, moʻmin qulni koʻngli ichra,
Koʻror boʻlsang, moʻmin qulni koʻngli ichra,
Ey yoronlar, yaxshi qoling to koʻrguncha.

Ayb etmangiz, Haqni izlab yurodurmiz,
Xosiyatlik Ka’ba sori borodurmiz,
Xoʻblar koʻrub, yoʻlda ibrat olodurmiz,
Ey yoronlar, yaxshi qoling to koʻrguncha.

Shoyad koʻrsak borib Ka’ba jamolini,
Xizmat qilsak yoʻlda sohib kamolini,
Istoydurmiz doim vaslu visolini,
Ey yoronlar, yaxshi qoling to koʻrguncha.

Banda boʻlsoq Xojamizni izlamak xoʻb,
Shomu sahar xizmatida kizlamak xoʻb,
Yetim qolgʻon boʻtalardek boʻzlamak xoʻb,
Ey yoronlar, yaxshi qoling to koʻrguncha.

Qul Xoja Ahmad, ma’budigʻa koʻngul berib,
Haq vaslini tilar doim javlon qilib,
Ishq yoʻlida mandek yoʻqtur hech kim gʻarib,
Ey yoronlar, yaxshi qoling to koʻrguncha.

73

Ayo gʻofil, koʻzung ochgil,
ketibdur jumla yor emdi,
Jahon koʻhna rabotidur,
ki bilsang roh guzor emdi.

Koʻzungni ravshani ehson,
dilingni quvvati imon,
Bu dunyo bevafo yalgʻon,
ketorsan bemador emdi.

Kecha-kunduz jadal aylab,
bu dunyo izzatin izlab,
Tun-kun behuda soʻzlab,
yurursan sharmisor emdi.

Goʻristonlar aro boqgʻil,
xaloyiqni tomosho qil,
Bori hasrat qilib yigʻlar,
yotibdur xoru zor emdi.

Nidoyi «irji’i!»; kelsa,
na kelturdung ayo bandam?
Boʻlursan sarnigun ul dam,
turursan ustuvor emdi.

Jahongʻa e’timod etma,
tiling Haq zikridin qoʻyma,
Bu dunyo ayshini surma,
boʻlursan nomdor emdi.

Saharlarda turub yigʻla,
ibodatgʻa beling bogʻla,
Imoningni arigʻ saqla,
boʻlursan obdor13 emdi.

Bu dunyo zavqidin kechgil,
muhabbat jomidin ichgil,
Boridin bir yoʻla kechgil,
yurursan shohsuvor emdi.

Xaloyiq barchasi oʻtti,
bori yer qoʻynigʻa yetti,
Oʻgʻul-qizin yetim etti,
buzuldi roʻzgor emdi.

Xoja Ahmad Yassaviy, izzat –
tun-kun yutgoni hasrat,
Saharlar tortibon mehnat,

qila koʻr gashti kor emdi.