OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Xoldor Vulqon. Malika (hikoya)
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifXoldor Vulqon
Asar nomiMalika (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Xoldor Vulqon
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm9KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/06/12
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Malika (hikoya)
Xoldor Vulqon

Oq - sariqdan kelgan, sochi mallarang, koʻzlari qiyiq, sap – sariq kipriklari choʻchqaning kipriklariga oʻxshash, ogʻzini yumsa ham kurak tishlari koʻrinib turadigan novcha va ozgʻin bu qizning ismi Malika. U oʻzining uncha xushroʻy emasligidan oʻksinar, buning ustiga tengdosh qizlar uni oʻyinga qoʻshishmas, shu sabab u koʻpincha yolgʻiz oʻzi ariqlar labidagi tollar soyasida toʻptosh oʻynar, yo choʻp bilan yerga bir narsalarni chizib xayol surib oʻtirardi. Yakkalanib qolgan bu qizga Davronning rahmi kelardi. Bechora qiz uchun bu koʻrguliklar ham ozday dadasi Olim aka ichkilikka mukkasidan ketgan mayxoʻr edi . U ichib mast boʻlib kelsa xotini bilan janjal qilish uchun darxol bir sabab topar, soʻng xotinini urib, soʻyaman deya pichoq olib quvirdi. Olis bir voqea Davronning sira esidan chiqmaydi. Qaxraton qish chillasi, hammayoq qor. Davron tomda qor kurayotgan edi. Birdan qoʻshni xovlida qiy – chuv eshitildi. Olim piyon baqirardi;
— Iflos, Qanjiq! Manavi qordagi izlar qaysi oʻynashingniki?!

Piyonning xotini unga javoban yigʻlardi:
— Qanaqa, oʻynash?! Menga bunday tuxmat qilmang! Xudodan qoʻrqing! Bu izlar sizning kalishlaringizniki! Men ularni kiyib qor kuragan edim. Aldayotganim yoʻq! Xudo xaqqi, ishoning!

Bu gapdan Olim piyonning gʻazabi badtar qaynadi. U bu gal oʻtin yoradigan boltani oldida, xotinini quvib ketdi;
— Qulogʻimga uygʻurlarning lagʻmonini ilma, it emgan! Men sen oʻylagan Xariplardan emasman! Mening peshonamdagi koʻzim ham ochiq!

Olim piyonning xotini Kimyoxon aya poyafzal kiyishga ham ulgurmay qorda yalang ayoq koʻylakchan, yalangbosh yugirarkan: – Qooch qizim! – deya baqirdi. Qizi Malika koʻchaga qarab qochdi. Ular qochib borib Davronlarning dorvozasiga oʻzini urib ichkariga kirishdida, dorvozani zanjirlab olishdi. Mastlikda gandiraklab muvozanatini yoʻqotganicha qorga yiqilgan Olim piyon ularga yetolmay qoldi. Olim piyon hamon aynib – achib soʻkinib baqirar, Xotini bilan qizi Davronlarning xovlisida sovuqdan va qoʻrquvdan qaltirab yigʻlashardi. Shunda Davronning onasi: - Kimyoxon, koʻylakchan ekansiz, aylanay, shamollab qolasizlar. Yuringlar ichkariga. Yuring , qizim. Xa oʻzim oʻrgilib qoʻya qolayina - deya ularni uyga yetakladi. Qoʻymurodlar ham gaz va koʻmir yoʻqligi sabab oldi ayvonli uylaridagi bir xonani solyarka bilan yonadigan burjuyka yordamida isitishar va shu xonada ham ovqatlanib ham uxlardilar. Pechka yonida qizi bilan isinib oʻtirar ekan Kimyoxon aya Davronning dadasiga;
— Mulla aka, qishning kunida sizlarni ham bezovta qildik – dedi yigʻlab.
— Xechqisi yoʻq, sira xijolat chekmang, qoʻshni. Xuddi oʻz uylaringizda oʻtirganday oʻtiringlar. Men bir koʻchalarni aylanib kelaman. – Davronning dadasi shunday deya tashqariga chiqib ketdi. Shu kecha u mexmonlarni xijolat qilmaslik uchun ayvondagi soʻriga oʻrin toʻshab yotdi. Ertalab uygʻonganda uning ustiga qor yogʻib qoʻygan edi. Shundan keyin Davronning dadasi shamollab qolib uzoq yoʻtalib, istimalab yurdi. Kimyoxon aya boʻlsa hamon oʻsha jabru zulm ichida yashar, u hammadan ham qizi Malikaning kelajagidan tashvishlanardi. Bir kuni u qiziga;
— Bolam, katta boʻlib qolding. Erta - indin sovchi kelsa seni kimgadir uzatamiz. Toʻyinga dugonalaring kelishi kerak. Sen bunday yolgʻiz yurmay qizlar bilan birga yurgin. Elga qoʻshilmaydi deb odamlar ayb qilishmasin, bolam - dedi. Malika garchand qizlarga qoʻshila olmasada, jafokash onasining sazasini oʻldirmay oʻsha kuni oʻzlaridan uchta uy narida yashovchi Parizod degan qizlarnikiga bordi. Malika Parizod bilan birga televizor tamosha qilib oʻtirishdi. Parizodlarning televizori rangli ekan. Malikalarning televizori oq – qora tasvirli edi. Televizorlarining qulogʻi sinib qolgani tufayli ombir yordamida kanaldan kanalga olishardi. U televizorni Malikaning dadasi bultur arzimagan pulga sotib ichib yuborgan. Malikaning Parizodga havasi keldi. U havas qila - qila kechga tamon uyiga qaytdi. Lekin koʻp oʻtmay ortidan Parizodning onasi yetib keldi. Uning vajoxatini koʻrib qoʻrqib ketgan Kimyoxon aya :
— Keling, Sopongul. Tinchlikmi, oʻrgilay? – dedi.
— Tinchlik boʻlsa sening ostonangni bosib kelarmidim, gadoy! Alkash eringa tortgan zodi past, oʻgʻrivachcha qizing qani?! Oʻynamay oʻyilgur qizing qizimning soddaligidan foydalanib mening olmos koʻzli tilla ziragimni oʻgʻirlab qochibdi! Qizinga ayt, ziragimni yaxshilikcha qaytarib bersin. Boʻlmasa melisaga aytib qamattirvoraman! Bu mahal shovqinni eshitib ichkaridan Malika chiqib keldi. Uni koʻrgan Sopongul battar shangʻilladi; - Ha, yashshamagur, itvachcha, oʻgʻri! Ziraklar qani? Tezda qaytarib ber , sariq chayon! .. Malika yigʻlab yubordi;
— Xola, nega unaqa deysiz? Men birovning narsasini oʻgʻirlamayman. Ziragingizni men olganim yoʻq!
— Bekorlarni aytibsan! Ziraklar toshoynaning oldida yotuvdi! Sen chiqib ketgach ular gʻoyib boʻldi , qoldi! Yo jinoyatingni boʻyninga olmaysanmi?!. Unda oʻzingdan koʻr. Senga ertagacha muxlat. Agar ziraklarni ertalab olib borib bermasang militsiyaga ariza yozaman! Qamoqda chiriysan! Parizodning onasi shunday deya koʻchaga chiqib ketdi. Kimyoxon aya zinapoyaga oʻtirib olib yigʻlay boshladi;
— E, Xudo, bu yana nima koʻrgulik! Axir bu gapdan xabar topsa erim meni urib oʻldirib yuboradiyu... Malika onasini yupatmoqchi boʻlar,
— Ayajon, ziralarni men olganim yoʻq, ishoning.Bu tuxmat! E, xudo. Negayam oʻshalarnikiga bordim-a?! Negayam bordim! – deya yigʻlardi.
— Bolaginam, xozir dadang kelib qoladi. Sen bironta qoʻshninikiga berkin. Bilasanu dadangni. Juvonmarg boʻlib ketmagin – dedi ona.
— Sizchi? Sizni tashlab ketamanmi, ayajon? – dedi Malika yigʻlab.
— Sen meni oʻylama. Men oʻzi xoʻru zorlik, kaltak va zulm uchun tugʻilganman – dedi yana ona koʻpchib, shishib yigʻlaganicha. Shu mahal kutilmaganda Olim piyon kirib keldida, dorvozani shoshilinch zanjirladi. Uning avzoyi buzuq edi. Qoʻrqib ketgan ona:
— Qoch, qizim! – deb baqirdi. Malika yigʻlab qocha boshladi. Lekin Olim piyon uni tez quvib yetdi. U qizini tutib sochidan changallab uyga sudrarkan, Kimyoxon aya jon xolatda yugirib kelib qizini qutqarish uchun erining qoʻlini tishladi. Olim piyon xotinini bir qoʻlida turtib biqiniga tepgan edi xotini «ox!» deganicha bukchayib yiqilib qoldi. Qiz xamon voydodlab baqirar, lekin hech kim yordamga kelmasdi. Olim piyon esa qoʻrqinchli kinolardagi quturgan vampir kabi xirillab soʻkinib Malikani uyga sudrab kirib ketdi. U gʻazab ichra gʻijinib tishlarining orasidan baqirardi:

— Sopongulning zirasini nega oʻgʻirlading, padarla’nat! Ichib yursam ham mening oʻzimga yarasha obroʻyim, oriyatim bor! Men endi koʻchada qanday bosh koʻtarib yuraman?! Yuzimni yerga qaratdingku, xaromi! Seni shu maqsadda boqib katta qiluvdimmi?! Oʻldiraman! Sendaqa qizning boridan yoʻgʻi yaxshi! Oilamizga isnod keltirding, it emgan! Arablar bekorga qizlarini tirigicha yerga koʻmishmagan ekan!.. Olim piyon shunday deya baqirib qizini duch kelgan joyiga tepar, tomogʻidan boʻgʻib boshini devorga urardi. Qoʻni – qoʻshni kirib ajratguncha qiz qonga belanib bexush holga kelgan edi. «Tez yordam» bilan militsiya kelgach qizni kasalxonaga, Olim piyonni esa militsiya boʻlimiga olib ketishdi. Oʻshanda Davron bu voqealarni tomdan turib boshdan - oyoq kuzatgandi. Ertalab Davronning ota – onasi Malikaning hol – ahvolini bilish uchun oziq – ovqat olib kasalxonaga ketishayotgandi, ularning yoniga Parizodning ayasi Sopongul halloslab chopib keldi. U kela solib Kimyoxonning oldida xijolatga qolganini, chunki ziragi topilganini aytdi. - Ziragim oʻlgurni yoʻqolmasin deb servantdagi choynak ichiga solib qoʻygan ekanman. Hayolimdan koʻtarilib... – dedi u rangi oxakday oqarib. Koʻymurodning ota – onasi unga qaxr bilan bir pas termulib turishdida kasalxona tamon joʻnadilar. Ular kasalxonaga borib Malikaning ahvolini surishtirganlarida doʻxtirlar qizning ahvoli ogʻir ekanligini aytishib, ularni ichkariga kiritishmadi. Qoʻymurodning ota – onasi narsalarni navbatchi sanitarkalarga topshirib noiloj ortiga qaytishdi. Oʻsha kuni Malika dadasi yetkazgan ogʻir jaroxatlar tufayli olamdan koʻz yumdi. Shu mash'um voqeadan keyin yakkayu yolgʻiz farzandi, koʻzining oqu qorasidan ayrilgan Malikaning onasi ham kasallanib yotib qoldi. Koʻp oʻtmay u ham olamdan oʻtdi. Davronning ota – onasi xuvillab qolgan qoʻshnilar xonadoniga to amnitsiya tegib Olim piyon qamoqdan chiqqunicha koʻz – quloq boʻlib turishdi. Lekin Olim Piyon qamoqdan kelgach, ichkilikka pul topolmay uyni va xovlini qishloq boylaridan xisoblangan Sattor xojiga sotib yubordi. Sattor xoji 15 soʻtixli xovli va uylarni qoqi baxosida arzimagan pulga sotib olib oʻz nomiga rasmiylashtirdi. Olim piyon esa xovlining pulini yeb – ichib, qimorga boy berib tugatdi. Bir tong guzardagi qassobxona ortidan Olim piyonning oʻligini topishdi. U qassobxona ortidagi sada qayragʻochga shimining kamari bilan oʻzini osib qoʻygandi.