OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifXolid Ertoʻgʻrul
Asar nomiAldangan Ayselning tavbasi (qissa)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Turk adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Xolid Ertoʻgʻrul
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Qissalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm174KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/04/28
Manbahttp://forum.ziyouz.com/ind...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Mundarija

Logo.png





Aldangan Ayselning tavbasi (qissa)
Xolid Ertoʻgʻrul

Birrinchi Boʻlim.

Alamli bolalik yillarim.

"Birin-ketin butun oila azoʻlarimni yoʻqotdim. Falokat ustiga falokat yogʻilar edi. Dunyoda yakkayu yolgʻiz qolgandim goʻyo. Mehribon va tigak boʻladigan biror kishim yoʻq edi. Men uchun yagona tasalli koʻz yoshlarim edi. Oldinda hayotning ogʻir kulfatlari kutib yotardi..."

Qaygʻuli maktub.

Ramazon oyi. Xoanmdagi jimjitlikni xiqqilashlarim buzardi. Necha soatlardan buyon stol yonida koʻz yosh toʻkardim. Oʻqiganim uzundan uzoq maktubning har bir soʻzi goʻyo ichimni yoqar, yuragimni dogʻlardi. Butun oʻy-hayollarimni ostin-ustun qilgandi bu maktub.

Muxlislarimdan har kuni son-sanoqsiz maktub olaman. Har bir maktub ayri bir qaygʻuni, ayri bir mushkulot, ayri bir xursandchilikni xabarchisi edi. Ba’zisidan yordam va dalda ovozlari yuksalar, ba’zilaridan shirin bir mujda eshitilar, ba’zilarida esa har xil muammolarga yeshim soʻralardi. Umuman, barcha maktublar samimiy slaom bilan boshlanib, yahshi duolar bilam yakullanrdi.

Bu maktub esa bulardan farqli oʻlaroq, har bir harfi koʻzyoshlar, faryod va alam bilan bezalgan edi. Shunchalar ogʻir dard hasratga toʻla ediki, "bir inson buncha azobni qanday yenga oldiykin?’, deya ajablanardim. Bu maktub egasiga goʻyoki yuzlab qassob qoʻllarida oʻtikir pichoqlar bilan hamla qilayotgandek tuyulardi.

Har turli insonlar, oilalar, tarbiyachilar, rahbarlarning maktublarni oʻqib bitirdim. Nihoyat, shu maktubni tugatar ekanman, bola kabi yigʻlashga tushdim.

Xiqqilashlarimni eshitgan xotinim yonimga keldi. Qrashimdagi maktublarni koʻrib"
— Yana shularmi?- deya soʻradi.
— Ha,- dedim. Ammo bu galgisi juda boshqacha ekan.

Xotinim uni qoʻliga oldi. kelgan maktublarni bizni dardkash doʻstlarimiz edi. Maktublar qaygʻuli, iztirobli boʻlsa, birga koʻz yosh toʻkamiz, sevinchli boʻlsa, birga shodlanar va bahtiyor boʻlardik.

Maktubda:"Yagona choram qoldi, u ham boʻlsa, oʻzimni oʻzim oʻldirib qutulishdi", deyilgandi. "Bu dunyoda iflos, gunohkor va ortiqchaligimni his qildim. Poklanish uchun oʻlishim kerak. Men uchun yashashdan va umid qilishdan boshqa narsa qolmagani cuhun shunday qilmoqchiman".

Maktub shunday umidsiz boshlangandi. Ammo juda ibratli va hayratlantiruvchi bir shaklda yakunlagndi.

Hayoti azoblar ichida oʻtgan yosh qizning oʻlim toʻshagida yozgan bu ibratli maktubini oʻqishda davom etdim.
— Hurmatli Ertugʻrul bey,- deya murojaat qilgandi u.

Ushbu maktubimni xush koʻring. Chunki buni oʻlim toʻshagida yozyapman. Oʻlim toʻshagidagi insonni qanchalar qaygʻu ichida, muvozanatsiz boʻlishini yahshi bilasiz. Jumlalarim uzuq yuluq, yozuvlarim egri bugri. Zero, bu maktubni adabiyot asari boʻlishi uchun yozayotganim yoʻq.

Maqsadim shuki, insonlar buni oʻqib, oʻzlaridan uyalishsin, koʻchalarda qarovsiz qolgan kishilarga odamdek munosabatda boʻlishsin. men hamma narsamni - butun pokligimni, rostgoʻyligimni, oʻzligimni yoʻqotdim. Hamma yahshi narsalarimni tortib olishdi.Endi oʻzimdan ham, boshqa narsalardan ham uyalaman. Bu hayot boshqa birovda takrorlanishini hohlamayman. Shuning uchun bu maktubni yozdim.

Men sogʻlom odam emasman. Oʻlimimga oldindan rozi boʻlganman. Bu ishni oʻzim bir daqiqa boʻlsa ham oldin tugatmoqchi edim. Xullas, ortiqcha bir inson oʻlimni tanlamoqchi. Bu nopok odamning chor-atrofni kirlatishga hech ham haqqi yoʻq....

Nega bu maktubni sizga yozyapman?

Nega bu maktubni boshqa birovga emas, sizga yozyapman? Buni hozir tushuntirib bera olmayamn. Tabiiyki, jumlalarim ravon emas.

Oʻtagna hafta oʻlim toʻshagida yotib, soʻnggi bor insonlarga, jamiyatga nafrat yogʻdirmoqchi boʻldim. Mening hamma narsamni tortib olishdi. Hammasining yuziga tupuraman. Ichimni yondirgan olovga ozgina boʻlsa ham suv sepaman.

Kasalxonadan qochdim. Ammo uzoq yura olmadim. Faqat hovlidan koʻchaga chiqdim, xolos. Nafratimni, qargʻishlarimni dilga tugib, u yoq bu yoqqa qaradim. Soʻngra bir buffet yonida choʻkkaladim. «Ey, insonlar!», dedim. Oʻzingizga ehtiyot boʻling, bu la’natilarga aldanmang. Nimangiz boʻlsa oladilar, hech achinmaydilar. «Or-nomus», degan, «Izzat-nafs» degan narsalaringiz tugasa, szi ham tamom boʻlasiz. Ortingizda shunday boylik qoladiki, uni faqat kafanlikka, hapdoriga, arqon sotib olishga ishlata olasiz».

Zulmatga aylangan hayotim bilan oʻzimcha vidolashar ekanman, buffet qarshisidagi kitob doʻkoni diqqatimni tortdi. Ikki kitob yonma yon turardi. «Oʻzini izlagan odam», «Oʻzimni topdim». Narxi qimmat boʻlgani uchun sotib ololmasligimni bilganim uchun xoʻrsindim. Shunday boʻlsada, «Oz’imni topdim» kitobini qoʻlimga oldim. Sotuvchi esa, ahvolimni koʻrib, hech vaqosi yoʻq bir daydi ekanimni tushunib, kitobni menga hadya etdi. Hayotda ilk marta ta’masiz yahshilik koʻrdim. Hayron boʻldim. Bu insonlar ichida shundaylari ham bormi?

Nega bu kitobni oldim? Buni bilmayamn. Oʻlishga qaror qilgan kishi bu kitobni nima qiladi? Buni ham bilmayamn.

Kasalxonaga qaytdim. Yana shifokorlardan dashnom ustiga dashnom eshitdim.
— Oʻzingga qaramaysan, qoʻlimizda qolasan, oʻlib ketasan...
— Qayerda oʻsha kunlar! Oh, qaniydi oʻlsam...
— Ham narkotikka qarshi davolanyapman, ham ruhiy muolaja olyapamn. Ular mendan kasalligimni yashirishar, ammo ichgan dorilarimdan bilardim. Taqdir ekan-da. Zero, oʻlishni istamayamn. Ogʻriq vujudimni uvishtira boshlagach, kitobni qoʻlimga oldim. Shunchaki koʻz yugurtira boshladim. Esiz oʻtgan umrim... Holbuki, yahshi bir inson boʻlishim mumkin edi. Afsus umr oʻtdi. Kitobda sizga yozilgan bir qancha maktublar bor edi. Boshqalarga ham kerakli bir shaxs ekaningiz ma’lum. Sziadn yordam kutuvchilar oʻz muammolarini tushuntirganlar. Mening kitob oʻqishim bunaqa mushohada uchun emas. Zero, hech narsani bunday aqlimni toʻplab, chuqur fikr qilib oʻqiyolmayamn.
— Kitobda men kabi oqqon kasaliga chalingan bir xastaning maktubi diqqatimni tortdi. Toʻgʻrisi bu hayotda oʻqiganim eng jiddiy bir hat edi. U qalbimda ba;zi hissiyotlarni uygʻotib, aks-sado berdi. Faqat fikrimda shunchalik zulmat, dilim iztiroblar bilan toʻla boʻlgani uchun bu tuygʻular beiz ketgan edi.
— Farroshga iltimos qildim. Menga qogʻoz va qalam keltirdi. Sizga maktub yoza boshladim. Balki ibrat uchun kitoblaringizga kiritarsiz, chekkan azoblarimdan dars oluvchi yoshlar chiqar....Och boʻrilardan uzoq yurishni oʻrganishar. Hech boʻlmaganida shuni umid qilaman.
— Agar bu maktubni itira olsam va sizga joʻnatishga ulgursam, yahshi bir ish qilgan boʻlaman. Hayotimni zulmatga aylantirganlarning yuziga soʻnggi marta tupurganim va soʻnggi marotaba ularni qargʻaganim uchun biroz boʻlsada, taskin toparmidim...

Onamni koʻrmaganman. Dadam koʻp ichar edi.

Oʻzimni sizga tanishtirishni bolaligimdan boshlamoqchiman. U kunlarga qaytishni also istamayman, hatto xotirlashni ham hohlamas edim. Har kuni, har yili, har sahnasi iztirob, nafrat, koʻzyosjlarga toʻla edi.

Toʻrt kishilik bir oila edik. Dadam, onam, mendan bir yosh katta akam va bahtiqaro men. Onamning mehriga toʻyish baxti nasib qilmadi. Ehtimol, eng katta omadsziligim ham onam bilan hamnafas boʻlolmaganimdir. Agar hayot qiyinchiliklarida onam yonimda boʻlsaydi, kim biladi, balki bu qiyinchiliklar ozgina kamaygan boʻlarmidi. Balki bugun kasalxonada yolgʻiz qolmagan, oilam, bolalarim oʻrtogʻim yonimda boʻlarmidi.

Bunday baxtiyorliknii koʻp sogʻindim, koʻp hayol qildim, ammo boʻlmadi. Boʻlmadi, chunki onam meni dunyoga keltirganida, koʻp qon yoʻqotishi sabab oldamdan oʻtgan edi. Mening holim esa ma’lum...Chunki nochor, kambagʻal bir uyda yangi tugʻilgan chaqaloq, onasi yoʻq, kasalamnd, aroqxoʻr otaning qoʻlida....Buyogʻini oʻzingiz tushunib olavering.

Onaga, dardimni toʻkadigan bir mehribon, meni tushundigan. Mas’uliyat sezadigan bir odamga juda-juda muhtoj yashadim.

Koshki, oanm boʻlsaydi, xato qilganimda sochlarimdan sudrasaydi, xonaga qamab qoʻysa, dadamga aytib kaltaklatsa edi. Oanm meni och boʻrilarning qoʻliga topshirib qoʻymagan boʻlardi. Balki ba’zan meni tizzalariga olib sochlarimni silar, yanoqlarimni oʻpar, boshimni oʻsha qaynoq, mehri toʻla quchogʻiga bosardi. Men esa biroz oldin yegan kaltaklarimni unutar, bolaligimning goʻzalligiga berilarmidim...

Oanmning yoʻqligi, yetim oʻsishim, va dilni yondiruvchi ona sevgisi, sopgʻinchi meni sh’er shaydosi qilib qoʻygandi. Qachon, qayerda ona haqida sh’er uchratsam, onam xotirasi, uning omonaidek saqlab qoʻyardim yoki yodlab olardim.

Toʻplagan she’rlarimni qiynalgan, qaygʻuga botgan va bir sirdosh doʻsr qidirgan kezlarim oʻz-oʻzimga pichirlab,ha oʻqir, ham yigʻlardim.

Barcha yosh qizlarga.

Ba’zida barcha yosh qizlarga shunday hayqirgim keladi:»Meni tinglang, holimni koʻring!Ibrat oling, ya’ni qattiqqoʻlligiga qaramay hamisha ota-onangizni yonida boʻling. Eng yomon ona eng yahshi begonadan koʻra marhamatli, bexavotirroqdir. Eng yomon oila eng zoʻr farogʻatli joylardan koʻra yahshidir. Chunki, hech qursa, joningiz va nomusingiz ishonchli qoʻllarda boʻladi. Oʻsha oʻziga tortuvchi, koʻzni qamashtiruvchi, rang-barang va serhasham joylar....Keling, mendan soʻrang, ualr nimalarimni olib qoʻyishganini....»

Mavzudan uzoqlashdim, soʻzimga qaytayin. Qoʻlimda emas, fikrimni bir joyga jamlay olmayapman. Onam oʻlgach, men bir chaqaloq, bir yoshli akam, oʻpka kasali boʻlgan dadam, ikki xonali (biri oshhona) uyda dardlar, alamli qaygʻular bilan qoldik.

Oʻshanda: «taqdirda yordam beraman», deguvchilar ham chiqqan edi, ammo bari ogʻizda qolib ketdi. Qarindosh boʻlsa, jondan koʻngildan boʻlsin. Onam yetimlikda ulgʻaygani uchun ham hech yaqinlari qarindoshlari yoʻq edi. Dadamning yaqinlari – amakim va ammam yahshi munosabat koʻrsatishmadi. Zero, amakimning oʻzi ham falaj edi. Koʻp yashamadi. Ammamning esa ziqna bir eri bor edi. Har kuni kaltak, soʻkish bilan oʻtadi. Xullas, qaygʻularga koʻmilib qolganik.

Dadam yoʻqchilikka va qaygʻularga bir yil chidadi. Oʻzi ham oʻpka kasali boʻlgani uchun bardosh berolmadi. Dadam bilan ochiq suhbatlasholmas, kasalligi haqida aniq bir narsa bilmas edik. Men oʻn bir yoshga kirganimda dadam vafot etdilar. U kishi koʻp sigaret chekardi. Yoshligida ichkilik ham ichgan. Har holda oʻpkasini ishdan chiqargandi. Yo oʻpkasi shishgan yoki sil boʻlgan. Aniq bilmayamn. Dadam oʻziga qaramas, e’tiborsiz, ertani oʻylamaydigan kishi edi. Topganini ichradi. Shu bois juda kambagʻal edik. Ammo onam unaqa emas, juda pokiza va tartibli ayol edilar. Ibodatlarini kanda qilmas edilar. Uyda har doim Qur’on va boshqa kitoblarni oʻqirdilar. Nurli va idrokli ayol edilar.

Onamning dindorligini bilganim uchun eng qiziqqon dahriy boʻlgan davrimda ham dindor insonlardan jahlim chiqmasdi. Ularni kamsitmasdim. Balki oanm tirik boʻlsaydi, bu fanatic fikrlarim, dahriyona qarashlarim va umidsizligim boʻlmasmidi. Toʻgʻrisi, bu dahriy va moddiyunchi haytimdan mamnun boʻlganimni aytolmayman. Dindor kishi boʻlsaydim, bahtiyor boʻlarmidim. Endi bu foydasiz. Boʻm-boʻsh bir dunyoda boʻm-boʻsh qalb bilan oʻlimimni kutardim. Tuproqqa aylanib, hashoratlarga yem boʻlish uchun. Juda achinarli hol, ammo haqiqat.

Qoʻrqmayman.Oʻlimning sovuq nafasi juda yaqin. Shu eshikni bir kuni oʻlim ochishiga ishonaman. Oʻlim dahshati kuchli. Shuncha ezilsam-da, azobim choʻzilsa-da, oʻlganim yoʻq...

Yana mavzudan uzoqlashdim. Qaytaman.

Tanaffus barishga majburman. Yana bir qancha film, tahlillar. Hech yoqtirmayman. Meni qutqarishlaridan qoʻrqamna. Yashashni istamagan bir kishi qutqarishda unga bir yomonlikni oʻylashmaydi. Keyin juda ham sovuq va mehrsiz insonlar. Shifokorlar va hamshiralar nega bunaqa? Odamni sira ham mensishmaydi. Biror narsa demoqchi boʻlsang gaping ogʻzingda qoladi. Ehtimol, olim boʻlish boshqa, odam boʻlish boshqadir. Maktablarimiz bilim odami yetishtirishadi, ammo odamni tarbiyalashmaydi. Barcha muallimlarni yomon demayamn. Oralarida yahshilari ham bor. Ammo umumiy ahvol yomon.

Yosh doktorga mehrim tovlandi.

Hohlasangiz ikkita misol keltiraman.

Birinchisi yomon bir misol.

Narkotiklar sabab davolanishim kerak edi. Chunki, jigarimda ba’zi oʻzgarishlar, ogʻriqlar boshlangandi. Shuning uchun davolanishga qaror qildim. Bir oʻqituvchim yordami bilan kasalxonaga yotdim. Meni davolagan doktorlardan birining oshkora tahdidiga uchradim. Juda nomusli boʻlganim uchun emas. Ammo tibbiyot xodimi ogʻir ahvoldagi bemorga bunday munosabatda oʻlmasligi kerak edi. Kechsi xonamga keldi. Eshikni yopdi, keyin ma’lum aldovlar:»Seni sevaman, sen bilan turmush qurishni hohlayamn...» Narkotiklar ta’sirida jigarini tugatgan bemor bilanmi? Bu yolgʻonni koʻp eshitdik. Shunday yolgʻonlar sababli yoshligimning eng goʻzal damlarini zulmatga aylantirdim.

Qichqirdim, baqirdim. Yugurib kelishdi. Qyasidir biri yuzimga shapaloq tushirdi. «Bu qiz quturibdi, menga majburan munosabat taklif qilyapti. Qoʻlidan qutulolmayapman», deya aybini yashirdi. Tushunyapsizmi? Qaysi kasal ayol zoʻrlab, erkak kishiga tajovuz qila oladi? Dardingni kimga tushuntirarding? Tajovuzga uchragan men bemor, ikki kundan keyin eshikdan haydaldim. Keyin menga oʻqituvchim ham qaramdi. Unga men haqimda juda yomon gaplar aytishgan shekilli. Sogʻliqni saqlash vazirligiga shikoyat yozdim. Natijasi nima boʻldi, bilmayamn. Vaqt topib u yerdagilarga uchrashganim yoʻq.

Ikkinchisi esa yahshi bir misol:

Yana jigarim ogʻriyapti. Kasalxonadamn. Bir mehmonxona boshligʻining koʻmagi bilan davolanyapman. Shifohonaning yosh va yoqimtoy assisenti. Unga nisbatan dilimda umidsiz bir iliqlik.Har kuni ertalab keladi, men bilan gaplashadi. Oʻta koʻngilchan, samimiy. Hamma bemorlarga shundaqa edi. Tasalli berishga harakat qiladi. Tabiiyki, men eshitmagan, bizning dunyoga begona soʻlzar edi bular.
— Sabr qil. Hastalik bir imtihondir. Inshaalloh,gunohlaringni toʻkadi. Eng katta shifo kayfiyatdir...va hokazo.

Yangi bir muhabbat hayajoni ichidaman. Kimligimni bilsa yonimga yaqinlashmasdi. Chunki men hamma narsasini yoʻqotgan bir qizman...Oʻtkinchi sevgiga yoʻl boʻlsin...Hovliga chiqaman.Kuz. Assisent xonamga keldi. Qalbimdagi tuygʻularimni oshkora aytdim.
— Sen juda yahshi qizsan,-dedi u. Bu ish mening falsafamga toʻgʻri eklmaydi. Sen bemorimsan, men esa sening doktoringman. Keyin nima deyishadi: kuchsiz va hasta bemorining tuygʻularini suiste’mol qildi deyishmaydimi? Sen juda yahshilarga loyiqsan. Inshaalloh, bahtli boʻlasan. Seni duo qilaman.

Ha, bunaqalari ham bor. Ikkisi ham bir insitutni bitirgan, bir xil kioblarni oʻqigan. Xoʻsh, bu farqlilik nimadan? Bilgan izoh bersin, marhamat.

Toʻhtatdim. Qaytganimdan keyin yozishga kirishaman».

Mudhish bir maktub. Stolimda xotinim bilan birga karaxt boʻlayozdik. Shu sahnalarga hayolan kirish, bunday hayot bilan hayolan tanishish dahsahtli. Mudhish bir drama, ishnilmas hayot hikoyasi edi bu oʻqiganlarim. Biz ham chiday olmadik, tanaffus qildik. Xotinimning iltifotini kutardim. Qahva ichgach, yana oʻqishda davom etdik, bardosh berib oʻqiy olmasdik...

«Sizga yangidan salom hojam. Yozgan sari yozgim kelyapti. Meni tinglang…

Qalbingni tushunadigan bir inson borligini oʻylash ham kishiga madad beradi. Fikrlarim, taxminlarim barbod. Umid qiladigan biron narsam yoʻq. Zero, bu ham mening istagim emasmi? Balki, bu oʻlim meni bir zahmatdan qutqarar. Oʻz qoʻlim bilan emas, sogʻ boʻlgur jigarim yordamida hayotimni tugataman.

Yetimxonada oʻtgan qaygʻuli kunlarim...

Yana qaytaman oʻsha bolalik yillarimga. Lekin oson emas. Chunki aytadigan, yozadiganim shu qadar koʻpki, qoʻnimsiz, beqarorligim shundan. Sizga tartibli bir maktub yozolmayamn deb aytdimku. Shu sabab bu maktub emas, bir safsata boʻlar...Gap va hayollar xirmonidir balki...

Yana ham qat’iyatliman...

Hasta dadam yoʻqchilikka bardosh berolmaganidan meni bir yoshimda, akamni esa ikki yoshida bolalar uyiga berdi. Biz aqlimizni taniganimizda atrofimizda bir guruh bolalar bilan oqshomgacha gʻalva qilar, yuz tirnab soch yulishardik. Ayol tarbiyachilarning muloyim yuzi, tabassum qilgan chehrasi, mehr toʻla koʻzlarini hech qachon his qilmaganman. Doimo ustimda musht, kufr va ozorli soʻzlar...»Yoʻqolasan, harom oʻlasan,inshaalloh» kabi duoyibadlar.

Oʻgrilikni ilk bora oʻsha yerda oʻrgandik. Oʻgʻirlaganim ham bir chaqaloq edi. Shuning uchun ham oʻrtogʻimdan ham tarbiyachimdan kaltak yegandim. Ammo hadeb kaltak yeyaversangiz, ta’siri sezilmay qolarkan. Jonni ogʻritish tarbiya bermaydi. Bu juda hato usul.

Oʻqituvchilikdan, tarbiyachilikdan xabarim yoʻq, ammo bu yoʻl yanglish edi. Chunki kaltak yegach, yana oʻgʻirlik qilaverardim. Yomon soʻz eshitgach,yana ham koʻproq yaramasliklar qilardim. Buning eng katta sababi esa meni tarbiyalagan kattalarning mehrsiz munosabatlari edi.

Endi oʻylasam, bu kabi joylarda ishlaydigan ayollar ham mutlaqo ona boʻlishmagan, ularda sevgi va achinish hissi sust boʻlarkan. Oddiy, insofsiz va mehrsiz ayollar tarbiyalayamn deb juda koʻp bolalarni buzib, zararli yoʻlga solib qoʻyadilar.

Nima boʻlganida ham hozir falsafa qilmoqchi emasman. Yana ortga qaytib, yahshi bir ta’lim olishga hech hushim yoʻq. Nima qilishsa qilishsin. Natija men kabi boʻlganidan keyin....

Yoshim oltiga toʻlganida akam bilab bir-birimizni yahshigina qoʻllay boshladik. Dadam avvaliga tez-tez kelib turardi, keyin esa yoʻqlashni kamytirdi. Ishim koʻp, kelolmayman, der edi u. Aslida ogʻir kasal ekanlar. Bizga lavlagi va mayiz olib kelardi. Kam-kam harid puli berardi. Ammo bu pullarning hech foydasini koʻrmasdik. Nima qilsak qilardik doimo oʻgʻirlatardik. Biz ham oʻgʻirlardik, albatta.

Mendan bir yosh katta akam juda mehribon edi. Juda tez yigʻlardi.Voqealarning farqiga borgach koʻzlari yana ham soʻlginlashgandi. Men unaqa emasdim. Biroz qattiq fe’lli, biroz loqayd. Ba’zan ovqatlanishda bizga meva berishardi. Akam uni yemas, menga keltirardi:»Men oʻgʻil bolaman, har joydan topaman. Sen qiz bolas an birovdan soʻrolmaysan». Oh, akajonim! Sen qanchalar mehribon aqlli eing-a!

Meni kechiring bu sahnani yozolmayman. Qachonki yodimga akam tushsa, goʻyo ichimda bir narsalar qoʻporilib ketardi. U mening hayotimda yagona suyanchigʻim, yagona doʻstim, yagona sirdoshim edi.

Nima boʻldi deysizmi? Bardoshim yesa buni ham tushuntirarman. Men yetti yoshligimda boshlangʻich maktabning birinchi sinfiga bordim. Akam kasal edi. Shamollab qolgandi. Bir nech kun maktabga borolmadi, yotoqxonada qoldi...

Yagona sirdoshim – akamni ham yoʻqotdim.

Oqshom tushganida amktabdan qaytdim. Ne koʻz bilan koʻrayki, hayotimning ildizi qoʻporilgan, hayotimning iplari uzilgan edi. Umidim soʻnib, dunyo zulmatga aylandi. Oh, Hayot! Nima koʻrdim sendan?

Akam kravatdan yiqilib tushgan, boshi temirga urilib oʻlgan edi. Yoki boshqacha boʻlgandir, menga shunday deyishdi, bilmadim. Bardoshli boʻl. Bola qalbing bilan qanday chidasang, chida. Endi hayotda qaysi kuch, qaysi umid bilan yashaysan? Baxtli boʻl.Yolgʻiz boshingga qanday uddalay olasan?

Falakning eng ogʻir zarbasi edi bu. Birinchisi biror marta boʻlsa-da koʻrolmaganim oanm, ikkinchisi esa, jon doʻstim, borligʻim, mehribongina, kichik pahlavonim akam...Oh, u tirik boʻlsaydi, aminmanki, men bu yerda emas, malikalardek bahtiyor bir oilada boʻlardim. Oh, u tirik boʻlsaydi, hech bir yitqich boʻri yonimga yaqinlasha olmasdi. Oh- u hayot boʻlsaydi, meni har kuni kaltaklasaydi, sochimdan sudrab uyga qamab qoʻysa edi...Hech qursa, hurmatli odamlar qatorida, hech bir tuygʻusiga qoʻl siltamagan, yuzi yorugʻ, boshi tik bir inson boʻlarmidim...

Oh, u yonimda boʻlsaydi...

Ichimdan bir olov chiqqanini his qilyapman, xojam.Siz qalb yonishini bilasizmi? Bu yonish olovdan ham kuchliroq bir qoʻrdir. Buni ichi yonganlar biladi.

Qoʻllarim titrayapti shu lahzalarda. Gaplarimni tushunayotgan boʻlsangiz kerak. Qalbimning hissiz, kuchsiz urishi yana tezlashdi. Yillar boʻyi yigʻlashga koʻnikka koʻzlarim yana yosh toʻkyapti. Nima ham qilardim, mening qismatim shu. Yigʻlash, eng katta qurolim. Kuchsizning kuchi koʻzyoshidan boshqa narsa emas. Biroz tin olayin, chidolmayapman, xojam...»

Ha, chidash mumkin emas. Bu yoshdagi bola bardosh qiladigan azob emas bu.

Qahvalarimizni ham ichishni unutdik. Biz ham koʻzyosh toʻka boshlagan edik. Ayniqsa, xotinim hech chiday olmasdi. Alloh hech kimni bunday azoblarga giriftor qilmasin. Xotinim qahvani yangilashga turdi. Men ham biroz oʻzimga kelish uchun stol yonidan uzoqlashdim. Bu qaygʻuga chidolmasdim. Vaqti-vaqti bilan yuragim siqilganini his qilardim...

Biroz oʻzimizga kelgacha yana maktubga qaytdik:

Yotoqxonada endi yolgʻiz qolgandim. Har kuni yigʻlardim. Bu shunday hasratli yigʻi ediki, goʻyo oʻzimni tamom qilayotgan edim. Shu sabab ikki marta koʻzlarim shishdi, mikrob tushdi. Doktorga koʻrsatishdi. Ammo atrofimdagi kattalar juda mehrsiz, toshbagʻir insonlar edi. Har gal yigʻlaganimda, tasalli berish oʻrniga ozor berib toʻxtatishga harakat qilishardi. Oʻqituvchilardan faqat bir kishi boshqacha, yahshi kishi edi. Kelar, men bilan qiziqar, muammolarimni tinglar, hikoyalar aytar, kitoblar berardi. Qalbi mehrga toʻla inson edi. Keyin uni yotoqhonadan uzoqlashtirishdi. Nimagaligini bilmayman. Bu voqea ham men uchun quvonarli boʻlmadi albatta. Usmon afandi degan kishi ham bor edi. Yahshi inson edi. Bizga har kuni qand-qurs ulashar, bizni «shakarlarim,chechaklarim» deya erkalardi. Eng katta azobni esa oʻn yoshimda uchinchi sinfga koʻchganimda kechirdim.

Bir kuni meni mudir chaqirtiribdi. Yotoqxonadagi oʻquvchilar uni mudir ota deyishardi. Mudir otani yoniga bordim. Meni xonasiga taklif qildi. Ilk marotaba bir mehr muruvvat koʻrsatishini hohlardim. Ochiq yuz bilan va shirin soʻzlar aytib, yonimga keldi. Buning sababini bilolmasdim. Avval kamchiliklarimni va muammolarimni soʻradi. «Qoʻrqma qizim, gapir, senga yordam beraman», dedi. Men ham shu paytdagi muammolarimni aytdim.

«Boʻpti, bularning hammasi boʻladi,-dedi. Sen kuchli, jasur va irodali qizsan,- deya davom etdi. Senga juda ishonaman. Sening keljaging porloq. Sen har qanday qiyinchilikni yenga olasan. Har qanday qaygʻuni yengasan. Nega bunday demoqda? Hech narsaga tushunmas edim. Men jasur va irodali qiz emasdim, axir...

Nihoyat, qaygʻu toʻla hayotimni zulmatga aylantirgan, umidlarimni soʻndirgan, oʻn yoshimda oʻlimga hukm etgan «bomba» portladi.

Dadam ham oʻlgandilar.

— Qizim juda qaygʻudaman. Ammo buni bilishing kerak. Dadang rahmatli boʻlibdi.

U soʻnggi soʻzlarini aytib tugatmasdan, mening butun borligʻim yonib tamom boʻlgan edi. Xonadagi butun jihozlar oyoqqa turgan, hamma narsa ustimga bostirib kelardi. Devorlar, eshilar, shift deraza hamma narsa chir aylanardi. Shunday aylanardiki, oʻrtasida bir jarlik paydo boʻldi va u yerga toʻgʻri qulb tushganimni his qildim. Keyin nima boʻlganini bilmayamn.

Koʻzimni ochganimda boshimda ikki oq kiyimli odam menga qarab turardi. Boshim karaxt, ichimda ta’rifsiz bir alam...Bir olov vujudimni kuydirardi. Oʻsha kuni ichimga tushgan hayot olovi hech soʻnmadi. Bugun ham oʻsha otashning azoni, yongʻini ichidaman. Oʻn yoshli bir qiz. Onasi, otasi va akasidan juda boʻlgan. Hayotda yakkayu yolgʻiz. Allohning birorta quli yoʻqki, unga tasalli bersa, suyanchiq boʻlsa. Oʻylab koʻring, taqdiringiz shunday boʻlsa nima qilardingiz? Juda dahshatli, qoʻrqinchli emasmi?

Nech kunlar och, suvsiz yigʻladim. Burchak-burchaklarga tiqildim, odamlardan qochdim. Umuman, holdan toydim, yiqildim. Oʻsha yili maktabga ham borolmadim, sinfda qoldim. Goʻyo boshqa birovning hayotida yashar edim. Sen ovqatlanmasang, kasal boʻlsang, maktabga bormasang, kimning nima ishi bor? Oʻsha yillarda menga yagona tasalli beruvchi kishi ishchi Usmon afandi boʻldi. Meni har kuni yoʻqlardi. Sochlarimni silab:»Mening shakarim, gulim», deya erkalatar va menga har kuni bittadan qand berardi. Shuncha iztirob ichida mittigina boʻlsa-da, uchqun ham bahtiyorlik nuri boʻladi. Bugun ham hurmat bilan hotirlayamn. Unga nima boʻldi, hozir qayerda, bilmayman. Ammo mudir otani also kechirmayman. Undan keyin hech ham yoʻqlamadi. Dardlarim bilan sira qiziqmadi ham, ehtiyojlarimni toʻgʻrilamadi ham. Holbuki, u soʻz bergan edi. Nega shunday insonlar bunday muasssasalarga qoʻyiladi? Bilmayman. U yerdagi bolalar eng koʻp mehrga, muhabbatga muhtoj bolalardir. Bu yerda ishlaydiganlar esa sevgi va mehrni umuman bilishmas, qalbi borlari sanoqli edi.

Oʻsha yillari izzat-nafsimga tekkan bir boshqa hodisa ham esimda. Bir kuni juda och qoldim va oshhonaga borib bir parcha non, ozgina pishloq oldim. Pulim yoʻq edi, bufetdan ololmasdim. Buni oshpaz Komil afandi koʻrdi, qoʻlimdan tutdi va mudir yordamchisiga sudrab bordi. U ham boʻlmagʻur qiliqlarni topdi. Bir burda non, bir boʻlak pishloq uchun.
— Sizlar non uchun oʻzingizni ham sorasiz. Oʻgʻrilar, nomusszialr kabi soʻzlar bilan shunday haqorat qildiki...

Holbuki, shu yoshdagi qiz shunchalar och, behad qiyin ahvolda qolmasa, bir parcha non uchun shunday sharmandlari ahvolga tushishni hohlaydimi? Bu insonlar qanaqa tarbiyachi oʻzi? Qilgan ishim qoidadan tashqari boʻlsa-da, shunchalikka boorish kerakmi?

Ammo koʻp oʻtmay mudir yordamchisi, bir qancha yosh onalarning shikoyati bilan yotoqxonadan ketishga majbur boʻldi. Qizlarni bezovta qilar emish. Bu tarbiyachiga nomunosiz ish. Insonalrga oʻrnak boʻladigan kishi boshqalardan farqli, afzal, pokiza va toʻgʻri boʻlishi lozim. Yoʻqsa, bizlar kimdan oʻrnak olamiz. Endi bular meni umuman qiziqtirmaydi. Ammo men biror hamdard kishim boʻlishini juda – juda hohlar edim...

Maktab yillarim ham bundan unchalik farq ilmadi. Ammo atrofdagi odamlar, maktab oʻqituvchilari qobiliyatli ekanimni gapirishar edi. Oʻsha yillari xotirlashga arzigulik ikki ta’sirli voqea boʻlgan edi. Mana birinchisi eshiting:

Sunfdoshim Oyshaning dadasi badavlat edi. Juda yahshi kiyinardi. Doimo puli boʻlar edi.Har tanaffusd bir nimalar olib yer, men esa uni uzoqdan havas bilan kuzatar edim. Chunki, umuman, pulim boʻlmasdi. Bir kuni u men juda yahshi koʻradigan va kiyishni hohlaganim bir tufli kiyib keldi. Buni koʻrib xoʻrligim keldi, koʻp yigʻladim. Allohga ilk marta isyonim ana oʻsha kunlari boshlandi. Din oʻqituvchilari Allohning, dinning va taqdirning qanchalar shafqatli ekanini tushuntirishardi. Unday boʻlsa qani? Na onam, na dadam, na akam? Na besh soʻm pulim bor? Hayotda yakka-yolgʻiz hamma narga muhtoj qiz? Shu ham shafqatdanmi? Allohning menga ortiqcha zulm koʻrgizganini, meni unutganini va nazaridan qoldirganini oʻylardim.

Oʻqituvchimizning dahriylikni tushuntirishi.

Dahriylik va markscha fikrlar bilan tanishuvimda eng kuchli ta’sir etgan turk tili oʻqituvchimiz boʻldi. Ya’ni, turk tili oʻqituvchimizning mahsus harakatlari bilan biz dahriy boʻla boshladik. U bizga alohida e’tibor berar edi. Oqshomlari bizni yotoqxonada toʻplar yoki yonimizga kelar, har gal meva, shokolad, qand yoki shunga oʻhshash narsalar olib kelar, bizga tarqatar, biz ham sevinchimizdan sakrar edik. Ketayotganida ortidan:»Eng buyuk oʻqituvchi Erdal oʻqituvchi» deya qichqirishardik.

U bizlarni yoniga oʻtirgʻizar, sochlarimizni silar, mehribonchilik koʻrsatar, keyin esa suhbatni boshlar edi. Goʻzal, ta’sirchan soʻzlar edi. Bizga va bizdan boshqalarga ham xitob qilardi. Chunki u yerdagi qizlarni hammasi yo yetim, yo qarovsiz, xullas, mehrga muhtoj edi. Oʻqituvchimiz esa bundan juda yahshi foydalanar edi.
— Alloh, degan biror narsa yoʻq,-derdi u. –Agar Alloh bor boʻlsa, nega adolatli emas. Nega ba’zi qizlarni ota-onasi, uyi va imkoniyatlari bor-u, sizniki yoʻq? Nega insonlar teng emas? Agar insonlarni Alloh yaratgan boʻlsa,nega hammasini teng qilmagan. Agar insonalr orasida «adolat, tengllik» degan narsa yoʻq ekan, demak Alloh degan narsa ham yoʻqdir. Paygʻambar, din va Qur’on ham uydirmalardir. Bular ba’zi ta’magir insonalar toʻqigan narsalardir. Insonlar bu hayotda oʻz koʻngillaricha, hohlaganlaricha yashashlari kerak. Chunki ular oʻlgach, hayot tugaydi, insonlar tuproqqa aylanishadi. Insonlar bu dunyoda bahtiyor qilish esa, sotsialistik boshqaruv bilangina mumkindir. Agar sotsializm kelsa, hamma teng boʻladi, birov-birovni kamsitmaydi.

Oʻqituvchimizning bunday fikrlari juda ta’sirli boʻlardi. Bizlar ham Allohga ishonmasligimizdan va sotsialist boʻlganimizdan faxrlanardik.Ammo e’tirofim etishim lozimki, oʻlganda keyin tuproqqa aylanib ketish mavzusini hozir ham koʻnglimga sigʻdirolmayman. Ya’ni, ichimda yangidan tirilish ovozlari har doim yuksalaverardi.

Ikkinchi unutlmas hodisa din darsi oʻqituvchimiz bilan bogʻliq.

Oʻrta maktabning ikkinchi sinfidaman. Din darsi oʻqituvchimiz mening ahvolimdan xabardor. Menga juda yahshi munosabatda boʻlardi. Vaqti-vaqti bilan katta-kichik ehtiyojlarimni ta’minlar edi. Ayniqsa bayramlarda menga harj puli berardi. Bu payt bu oʻqituvchimizning harakatlari bilan dinni va Allohni seva boshlagandim. Dinga qiziqishim oʻsha yillari boshlandi. Ammo voqealarning boshqacha tus olishi bois uzoqqa choʻzilmadi. Din oʻqituvchimiz doimo yahshi oʻqisam muvaffaqiyatga erishuvim haqida uqtirar edi.
— Sen baxtli boʻlishing kerak. Senda oʻzgarish bor. Yo bahtli boʻlasan, yoki tamom boʻlasan. Yolgʻiz bir qizga yashash juda qiyin. Bundan tashqari juda kuchli boʻlishing kerak. Agar harakat qilsang, eng katta yordamching Alloh boʻladi. Qaygʻurma, bu kunlar oʻtkinchidir.

Balki, ishonchi kerakli, mantigʻI toʻgʻridir. Ammo bu hayot yoʻllari shunchalr chigal va oʻnqir choʻnqirki, oʻqituvchim aytgan maqsadlarga erisholmadim. Yana bugun ichimda din va ishonchga doir hech bir ragʻbat boʻlmasa-da, din darsi oʻqituvchimizni hurmat bilan hotirlayapman. Bugun kelsa ham, uni huddi shunday hurmat bilan qabul qilar va tinglar edim.

Nimalarni tushuntirayin. Yozilmagan koʻp narsalar bor. «Tuyada quloq bor» deydilarku, axir...Ammo dengizdan qatra boʻlsa ham, misollar koʻp narsani anglatadi, deb oʻylayman.

Charchadim, biroz dam olishim kerak. Vaqt ham allamahal boʻlib qoldi. Oʻzimga kelsam davom etarman.Kelolmasam ish joyida qoladi...

Biz uchun ham vaqt kech boʻlib qolgan, ammo maktubdan uzulolmasdik. Toshqinlar, boʻronlar ichidagi maktub ikkimizni ham holdan toydirgandi. Xotinimga:
— Biz ham tonggacha tanaffus qilsak?-dedim.
— Yoʻq!- deya javob berdi.-Tanaffus qilsak ham men uxlolmayman. Maktubni oxirigacha oʻqiymiz.
— Hech boʻlmasa, biroz dam olib, oʻzimizga kelib olsak.

Shunday qildik. Oʻqiganlarimizni tahlil qilib oʻtirdik. Aybdorlarni topib, xulosa chiqarishni, muassasaga va muassasa rahbarlariga tushgan vazifalarni topishga harakat qildik. Keyin maktubni oʻqishda davom etdik.

Xojam, yana bir bor assalamu alaykum. Ikkinchi kun. Soat 10 boʻldi. Ertalabki tekshiruvlar, davolash ishlari tugadi. Soat 13gacha yolgʻizman. Ya’ni, maktub yozishni 13gacha davom ettirishim mumkin. Bugun biroz yahshiman. Balki kechasi ichimdagilarni qogʻozga tushirganim uchun biroz yengil tortgandirman. Oʻlimga ketyapsan, xursand boʻlma. Qanday ayanchli, shunday emasmi? Och odamning «ochlik» bilan toʻyishi kabi...

Ikkinchi Boʻlim.

Yolgʻizlik qurboni boʻlgan litsey yillarim.

Hayotning chirkin, azobli va tahlikali tuzoqlari qarshisida yolgʻiz boshim bilan himoyasizman.

Yosh qizlik ahyollarim, ba’zi haqiqatlarni koʻrishimga toʻsiq boʻlardi. Tajribasizligim tufayli, yahshi-yomonni ajratolmasdim.

Atrofimni oʻrab olgan yovuz niyatli kishilarga koʻp suyana olmadim. Hayotning yorugʻ kunlarini koʻra olmadim. Zulmat va umidsizlik boshlandi.

«Yirtqich boʻrilar» atrofimni oʻrashdi.

Uzilgan joyidan davom etaman, litsey yillarimni yozaman. Hayotimni barbod qilgan, qismatimning shoʻrligini aniqlagan joy. Och qashqirlar ilk bora hujum qilgan, qarovsiz qizlarga tashlangan, hayotimni zulmatga aylantirgan joy. Qaniydi bu yillar taqdirimda boʻlmasa...

Men koʻp oʻylayman, oils bir qishloqda nochor johil qolsaydim. Eski bir kulba, sigirlar, hoʻkizlar, qoʻylar, bir etak bolalar va meni ozgina boʻlsa ham tushunadigan hoʻjayin. Buni hozirgi ahvolimdan, ya’ni, oʻqimishli, ammo hammer narsasini yoʻqotgan bu hayotimdan ming marotaba afzal bilardim.

Nega bunday imkonsiz ishlarni xayol qilyapamn, bilmayman. Har holda ichki tuygʻularim, pinhona istaklarim vaqti-vaqti bilan shunday uygʻonib qoladi.

Litsey hayotimga qaytaman. Litsey hayotim...Umuman, yodga olishni istamaganim, hayotimning eng dahshatli, eng qaygʻuli, eng ogʻriqli yillaridir. Oʻzligimni, izzat-nafsimni, sha’nimni, pok-bokira olamimni oʻsha yillarda bulgʻadim. Yana ham toʻgʻrirogʻi, majburan bulgʻandim. Meni menda ayirgan, meni mendan oʻgʻirlagan yillarim. Qaniydi bu yillarni umuman yashamagan boʻlsam. Yoki bular bir tush boʻlsayu, uygʻongach oʻtib unutilib kesa. Balogʻat yoshining qingʻir-qiyshiq yoʻllaridaman. Bu davrning bebosh va mantiqsiz oʻtmasligini bilasiz. Koʻngil hamma narsani tusaydi. Hamma narsani kerak, deb biladi. Yanglish muhabbatlar, goʻr va homhayol yoshlar, panada kutib yotgan och qahqirlar...

Tengdoshlarim oʻz koʻngillaricha yashashardi. Koʻylaklar, yangi soch turmaklashlar, turli xil dezodrantlar...Yosh qizlar husnining oʻziga xos jilvalari...

Faqat men hammasidan mahrum edim. Bir burchakda, guruhdan tashqarida, doʻstlar davrasidan uzoqda...

Kim bilan nimani gaplashaman?Ular bilan bogʻliq nuqtalarim yoʻqku. Nimadan bahslashaman? Onamning qanday jahli chiqqanidanmi? Dadam bergan harj pulidanmi? Kecha kelgan mehmonlardanmi? Kecha pishirgan xom kotletdanmi? Yoki mashinada qandau shaharni tomosha qilganimdanmi? Nimani suhbatlashaman?

Ularning orasiga kirolmayman.Ular kabi boʻlolmayamn. Ular kabi yashayotganim yoʻq. Mening bittagina dugonam bor edi. Amina...Dadasi maktab oʻqituvchisi.Aqlli, intizomli, tartibli qiz. Tahlikani qayerdan kelishini biladi. Oilasida yahshi tarbiya olgan. Shu sababli oʻrtoqlari Aminani bu holiga chidayolmaydi:»Sen qaydan bilasan bu ishlarni, oʻrgimchak miya» deyishadi. Ya’ni Amina dindor oila farzandi edi. Ammo men Aminadan hech bir zarar koʻrmadim. Kelajak haqidagi qarashlarida ham also ziddiyat yoʻq edi. Amina meni ham oʻzi kabi qilishga koʻp intildi. Menga kitoblar berdi. Hafa boʻlmasin deb kitoblarni oldim, lekin umuman oʻqimadim. Bir kuni meni uylariga olib bordi. Onasi juda yahshi kutib oldi. Ovqatlar pishirdi. Ayol oʻz aqlicha bizga oʻgitlar berdi. Boshqasini uncha eslolmayamn. Ketayotganimda qoʻlimga bur tugun tutqazdi. Keyin ochdik. Bir shippak, bir paypoq, sochiq, biroz pul ham bor edi. Juda ta’sirlandim, quvondim. Berilgan hadya yoki onasining mehribonchiligidan emas,oilaviy hayotning qaynoqligidan, onaning borligidan, yaqin va iliq munosabatlaridan...

Mana, mening hasratim, sogʻinchim...Hayotim va tungi tushlarimni bezagan ham shular edi.

Oh, onaginam!Sizning qanday sogʻinganimni bilsangiz edi...

Koʻpdan beri koʻrmadim yuzingizni,
Meni xarob qilar bu holat, ona!
Xolimni kelganu ketgandan emas,
Issiq qoʻllaringdan soʻrab bil, ona!
Ona, gʻurbatdaman, gʻam oʻchogʻida,
Sevgim, yuragimni qoʻrida yasha.
Meni sogʻinar boʻlsang, yo quchogʻingda
Yohud koʻzyoshingda hayol qil, ona!
Ayriliq qismatim ekan, netarman,
Faqat Yaratgandan umid etarman,
Balki shu yerlarda oʻlib ketarman,
Ne boʻlsa ham mendan rozi boʻl,ona!

Liyseyda ortimdan yuruvchilar bor edi. Bularning bir qismini yahshi tanirdim. Ular men bilan koʻngilxushlik qilishni hohlashardi. E’tibor bermasdim. Men gaplashishni hohlaganlar esa, menga e’tibor berishmasdi.Ya’ni, yahshilari mening qoʻlimga kirmas, yomonlarini esa men xushlamasdim.
Litseydagi ba’zi bolalar bilan kafelarga borardim. Ularning suhbatlari menga yoqardi. Yolgʻizlik dardiga bir chora boʻlardi goʻyo. Bunday suhbatlar muassasaning ishonchlari bilan masxarakash qonuniga isyon qilish, bir intiqom kebi oʻtardi. Ichdagi yongan alangani qaysidir ma’noda soʻndirardi. Adolat, haqqoniylik, tanglik shiorlari qulogʻimga yoqar, qonimni koʻpirtirardi. Hammaga inson kabi yashash, hammaga ish, sogʻlik va tarbiya yahshi tushunarli edi. Bunga hech kim yoʻq deya olmasdi. Bu yerda gunoh, jahannam, Alloh va farishta kabi insonlarni qiynaydigan tushunchalar yoʻq edi. Iymonning ham boʻlmasligi yana ham yahshi edi. Nima boʻlsa ham muassasaning ahamiyat bergani or-nomus, ayol-erkak munosabatlaridagi chegaraga unchalik ahamiyat bermasalar-da, asosiy shart edi. Hech boʻlmasa bu yerdagi yoshlar meni odam hisobiga qoʻshishar, hurmat qilishardi. Ammo ba’zi istaklarida «oldinga» ketishsa ularga qarshi chiqsam:»Sen ham oʻsha eski paytlarda qolding. Qoʻy, oʻsha «bokira safsatachilikni», deyishlarini unchalik ham koʻngilga singdirolmasdim.Singdirsam ham, singdirmasam ham oʻzimni himoya qilolmaydigan bir muhitda edim. Kim doʻst, kim dushmanligi noaniq boʻlgan bir uhit. Yomon niyatlilar va yahshi niyatlilar yoshlik davrining havosi ichida bir-biriga qorishib ketgandi. Yoki bizning oʻlchovlarimiz, tortishuvlarimiz ularni ajratolmasdi.

Hech qisi yoʻq, opajon.

Sizni tushunaman.

Bu kitob meni eng sevimli kitoblarimdan. Har gal yigʻlab-yigʻlab oʻqiyman.

Oyda bir marta oʻqiyman. Har gal oʻqiganimda bir yangi narsani oʻrganaman.

Shuning uchun bu kitobni,biroz qiyin boʻlsa ham sizlarga ham ilindim.

Hammaga, ayniqsa yoshlarga juda foydali...

Alloh taolo hammamizni har narsadan ibrat oluvchilardan qilsin...

Hayotimni zulmatga aylantirgan odam.

Meni kutayotgan juda mudhish narsalardan bexabar, tubsiz jarliklarga qulayotgan hayotimni yashashda davom etardim. Ha. Hayotimda mudhish voqea boʻldi. Koshkiydi, oʻsha voqea yuz bermagan boʻlsa...Aminmanki, bu yerlarda emas, juda yahshi joylarda yuragn boʻlardim.

U dahshatli hodisa...Qachon eslasam, asablarim qaqshaydi. Voqeaning oʻzidan emas, qanday yuz berganidan....Bayon qilib, buni ham ichimdan toʻkib tashlashni hohlayman. Hayoliy bir sevgi bilan yashardim.yolgʻiz oʻzim ichimdan yonib, hech kim bilmaydigan bir sevgi. Kimga deysizmi? Mashhur boyning oʻgʻliga. Bola yoqimli, koʻzga yaqin bir yigit edi. Ilk bor koʻrganimdayoq tuygʻularim isyon qilgandi. Yigit ham harakatlari bilan tuygʻularimga da’vat etardi. Rasm chizishga qiziqqanimdan rasm oʻqituvchimizning toʻgaragiga qoʻshilgandim. Toʻgarakning boshligʻI esa mashhur siyosatchining oʻgʻli Chagʻdash edi. Chagʻdash maktabing koʻzga koʻringan oʻquvchisi, barcha tadbirlarning tashkilotchisi. Boy, yoqimtoy, va harakatchan bor bola.

Goho tutilardik, goho tutilmasdik. Ammo tutilgan faqat men emasdim. Shu sababli bir-birimiz bilan janjallashardik. Dugonam Amina meni koʻp ogohlantirardi. «Bu bola yahshi niyatli emas, ehtiyot boʻl», der edi u. Yoshlik-da...Insonning yonida bir egasi, rahbari boʻlmasa, yo turli guruhlarning fanatic qarashlariga yoki «muhabbat» tuzogʻI qurgan jirkanch amallarga qurol boʻlarkan. Shunday ham boʻldi.

Rasm chizay deb qoʻlimga qogʻoz qalam oldimmi, faqat bir uy suratini chizardim. Koʻpincha, bir butun oila a’zolarini... Bu ichimda soʻnmagan, oʻchmagan sogʻinchning hikoyasi edi. Yo rasm chizish yoki «ona» haqida she’rlar oʻqish.

Chagʻdash bilan munosabatlarimiz «quyuqlasha» boshladi. Endi sevgi mavzusida ham suhbatlashardik. U menga sevgi izhor qildi va maktabni bitirgach men bilan turmush qurishini aytdi. Dugonam Amina esa bor kuchi bilan bunga qarshilik qilardi. Shu sabab men uni hafa qildim:»Sen meni koʻrolmayapsan, qizgʻanyapsan», deya baqirdim. Chagʻdash bir shanba kuni meni uyiga taklif qildi. Bunga bahona qilib:»bir guruh qizlar keladi, meni chizgan rasmlarimni tomosha qilishadi. Choy ham ichamiz», dedi. Qabul etdim.

Uyiga bordim. Meni yahshi kutib oldi.
— Hammadan oldin kelding,-dedi. Bu bilan meni qanchalar sevishngni koʻrsatding. Bu iltifotingdan mamnun boʻldim.

Ammo men hayron edim. Vaqt oʻtib borsa-da, hech kim kelmas edi. Buning sababini soʻraganimda:
— Seni juda sevganim uchun, taklifimni qabul qilsin deb, kichik bir yolgʻon ishlatdim,-dedi. Ikkimiz yolgʻiz boʻlamiz. Hamma gaplarimizni gaplashib olamiz.

Bu harakatidan ham bsevindim, ham biroz tortindim. Uning meni sevishi buyuk bir taraqqiyot boʻlsa-da, bunaqa reja bilan chaqirishi unchalik yahshi niyatni bildirmasdi....

Natija tahmin qilganingizdek. Menga zoʻrlik bilan ega boʻldi. Bu voqea men uchun katta bir falokat edi. Ichimdagi kuchning, bardoshning, yashash umidining va orzu qilgan goʻzal hayollarimning tugaganini ilk marta his qildim. Oʻsha jirkach voqea, u och qashqirning yovuz niyati juda dahshatli edi. Butun hayotimni zulmatga aylantirdi. Yashash ilinji, orzularimni ostin-ustun qildi. Faryodlarim butun uyni oyoqqa turgizdi. Kimning nima ishi bor? Oʻsha ishni rejalashtirgan odam, chorasini ham topib qoʻygandi. Kuchim yetganicha baqirdim.
— Ey,Alloh! Bor boʻlsang kuchingni koʻrsat. Mendan ham koʻproq yordamga muhtoj kim bor?- deya baqirdim.

Uydan chiqdim. Hamma menga qarardi.
— Oʻz oyogʻing bilan kelganingdan keyin shunaqa boʻladi,-deyishardi. Men dunyoda ortiq yashay olmasdim. Tirik murdaga aylangandim. Muassasa uchun buning ahamiyati bor. Fohishalar safiga yana bir qiz qoʻshildi, tamom...

Oʻzimni oʻldirmoqchi boʻldim.

Yotoqxonaga yetib kelgunimcha uch marotaba oʻzimni-oʻzimni oʻldirmoqchi boʻldim. Uch marotaba...Uch marotaba oʻzimni mashina tagiga tashladim. Qanchalik mushkul oʻlim. Oʻlishni istayman, ammo oʻlolmayapman. Ortiq yasholmayman. Mashinalar ham bosmaydi. Yo qattiq tormoz bosishadi yoki chap berib oʻtishardi. Qancha falokat boʻladi, qancha odamlar oʻladi. Qayerdasiz? Shofyorlarning ustaligi menga kelganida ish beradimi? Haydang, bitiring shu ishni. Yoʻq...Boʻlmaydi...Goʻyo bir kuch bunga toʻsqinlik qilardi.

Yotoqxonaga keldim. Umuman karaxtman. Necha kunki yeyish – ichish yoʻq. Maktabga ham bormasdim. Yiqilgandim, tamom boʻlgandim, ortiq yashagim kelmasdi. Yagona doʻstim, sirdoshim Amina edi. Necha marotaba yonimga keldi. Hatto bir safar onasini ham olib keldi. Qaysarlik qildim. Hammasi tugadi, oʻlishim kerak.

Aminaning qistovi bilan boʻlgan voqeani gapirib berdim. Amina goʻyo bu voqeani oldindan bilan va meni necha bor ogohlantirmoqchi boʻldi. Uning aytgani boʻldi. Men nega bilmadim, nega oʻylamadim? Bu holatimni tushuntirish uchun Chagʻdashning dadasini oldiga bordim. Boshimdan oʻtgan va oʻgʻli tomonidan menga qoʻyilgan jirjanch tuzoqni yigʻlab gapirib berdim. Mening faryodlarimni eshitishni ham istamadi. Kulgili va navbatdagi oddiy hodisani eshitgan kabi «qah-qah» urib kuldi.
— Sen birinchi ham emassan, bu ketish bilan oxirgisi ham boʻlmaysan. Koʻzingga qara edi, qizim,-dedi. Qoʻlimdan sudrab chiqarib yubordi. Dardu iztiroblarim bilan yolgʻiz qoldim. Butun umidim soʻngandi. Ehtimol, dugonam Amina hech tildan qoʻymaydigan bir shiorda haqiqat bordir:»Qaysi bir insonda Allohdan qoʻrqish va hisob berishga ishonch boʻlmasa, u barcha yomonliklarni qiladi». Hoh ishon, hoh ishonma. Bir insonni toʻxtatishning, tinchlantirishning, nazorat ostiga olishning yoʻllaridan biri ham shudir aslida.

Yana falsafa qilishni boshladim. Ba’zan shunaqa boʻlib qolaman. Ichimda oʻchmagan izlar, malham qoʻyilmagan yaralarim meni yillar boʻyi azoblaydi, huddi shu sahnani yangidan oʻynatib, tiklaydi. Chagʻdash dunyoyimni zulmat qilgan kun bir telba kabi «Agar bor boʻlsang, qudratingni koʻrsat,Alloh, menga yordam ber.Mushkul ahvoldaman», degan edim. Bu ahyqiriq goʻyo samoga uchgan oʻqdek nishonini topgandi. Bugun ham yechilmagan, tushunolmaganim bir voqeaoydinlashdi. Aminaning fikricha, bu Allohning bir mazlum faryodiga javobi edi.

Nima boʻldi deysizmi? Haligacha nafratim kuchli, yurakdagi dogʻlarim katta boʻlganidan bir maromda gapirolmayapman. Oʻshanda men oʻzimni yoki Chagʻdashni oʻldirishni rejalashtirib qoʻygandim. Kutilmaganda yotoqxonaga dugonam Amina keldi...

Shoshib hayajonlanib...

Tajavuzkor Chagʻdash uch kun oʻtib oʻlgandi.

— Alloh seni eshitdi!-deya menga otildi.
— Nima boʻldi?-dedim.
— Chagʻdash oʻlik topilibdi!

Oʻlibdi degan soʻzini eshitib turib ketdim. Dugonamni sochlariga yopishdim.
— Toʻgʻrisini gapir,-dedim. Ortiq na tasalliga, na ovutishga bardoshim bor.
— Toʻgʻrisini aytyapman,-dedi. Uyidan oʻligi topilibdi. Doktorlar zaharlanganini aytishdi. Lekin aslida nimadan oʻlganini bilmayman.

Shu on ilk marotaba:»Sen borsan, sen buyksana, Allohim», deya hayqirgim keldi. Goʻyo butun shaharni kezib, buni hammaga aytgim keldi. Men bir dagriy qiz edim. Bu mening falsafamga zid edi. Ammo boʻlgan hodisa esa, chin haqiqat edi. Goʻyo kimdir menga qilingan bu zulmni his qilmagandek...Endi buning kimligi muhim emas. Muhimi bu zolim va benomus kishining oʻlimi va shu shaklda qasd olganimdir. Joyimda oʻtirgancha hoʻngrab yigʻlay boshladim.Bu yangi bir hayajonning, bir nafratning, bir intiqomning koʻzyoshlari edi. Yana maktabga qaytdim. Oʻsha kuni janozasi qoldirilgandi. Tobutni maktabga keltirib tantana qilishdi. Qilgan numossizligini hech kim bilmasdi. Minbarga chiqqan har bir oʻquvchi uning fazilatini, harakatchanligini va namunali oʻquvchi boʻlganini gapirardi. Necha marta oʻrtaga chiqib:»Biroz meni ham tinglang, u nomussiz...men ham ikki ogʻiz gapirayin», demoqchi boʻldim. Ammo dugonam Amina qoʻlimni qoʻyib yubormasdi. Bir telbalik qilishimni bilardi. Uning sharafiga yahshi soʻzlar aytildi. Hatto ba’zilar koʻzyosh ham qilib olishdi. Negadir bir kilo muz yutgandek ichim muzladi. Amina oʻsha kuni meni uylariga olib ketdi. Shu topda dindor oila muhitini istamasdim. Ammo majbur boʻldim. Kulfatli kunlarimning doʻsti Aminani hafa qilmoqchi emasdim. U ham meni bilgani va oʻzi dindor bir qiz boʻlgani uchun meni yolgʻiz tashlab qoʻyolmasdi. Men kabi oʻylaydigan oʻrtoqlarim oldida mening unchalik hurmatim yoʻq edi. Ulardek bir hayot kechirsang nima boʻpti. Buni esa men qilolmasdim. Inson obroʻyi bilan yashashi kerak. Har doim boshlangan suhbat, yotoqda bitmasdi,buning nomi esa koʻngil bilan ish koʻrish edi. Nomusszilikni ham, hurmatsizlikni ham, dahriylikni ham bir nomusi, obroʻyi boʻlishi kerak. Sen erkaksan, sen yashay olasan. Senga hech kim boʻydoqligingni ta’na qilmaydi, men esa...Mana shu nuqtada men oʻrtoqlarim bilan kelisholmasdim.

Dugonam Amina esa, dindor oʻrtoqlari bilan emas, men bilan yurardi. Bilardim, oʻz ishonchiga koʻra savobli ishni bajarayotgandi. Meni iymonga qaytarishni istardi. Oh, qaniydi qila olsa. Ba’zida buni juda hohlayman. Ammo mening koʻnglim bunday jiddiy narsalarni qabul qilmasdi.

Yana mavzudan uzoqlashdim,hojam, uzr soʻrayman.

Juda charchadim,dam olayin. Davom etishni hohlayman,bir ishkal boʻlmasa, albatta....

Yana birgamiz hojam. Amina mnei qoʻymay uyida olib qoldi. Chagʻdash bilan boʻlgan mojaroni hech kimga aytmaganini va aytmasligini tushuntirdi. Shunday qildi ham. Haligacha oʻsha falokatni hech kim bilmadi, demak, durust qiz, bergan soʻzida turdi. Boshqa tengdoshlar bilsa bormi,allaqachon tillarda doston boʻlardik. Mana dindorlarning qadrli tomonlari. Hech boʻlmasa aytgan soʻzlarida turadilar. Biz esa...U yogʻini aytmay qoʻya qolay.

Yana uzoqlashdim shundaymi? Azoblarim meni oʻngu soʻlga tortadi. Toygan mavzular emas, aqlim. Dunyoyim chigal, hayotim past, balandliklarga toʻla. Yurishni bilmagan odamdek noʻnoqman. Nima qilay qoʻlimda emas...

Dugonam va dadasi meni qutqarmoqchi.

Aminaning ota-onasi meni juda yahshi kutib olishdi. Pokiza bir xonadon. Har tarafdan huzurbaxsh. Baqirib-chaqirish, kufr, hiyonat va tuzoqlar yoʻq. Bu yerda oʻzimning juda ishonchli qoʻllarda ekanimni his qildim. Onasi meni mehr bilan quchib:»Xush keliding, qizim», deya oʻpar ekan, onamni esladim. Agar hayot boʻlganlarida edi, u ham mening yoʻlimni poylar, u ham menga ovqatlar tayorlar va meni ostonada qarshilar edi. Uning qaynoq quchogʻida yotolmadim. Yonoqlarim mehr toʻla dudoqlarini koʻrolmadi. Oh, onam! Qaniydi tirik boʻlsangiz...Menga bir martagina «Qizim, bolajonginam» desangiz yetardi....Bu ovozni eshitolmay, qanchalar

hasratdaligimni bilsangiz edi...

Ona, oʻylamaki, kunlar oʻtdi deb,
Oʻzgardi avvalgi hissim tobora!
Sendan umiddaman,sogʻindim yana,
Bugun shfqatingga, muhabbatingga
Ehtiyoji yoʻq, deb oʻylayapsanmi?
Balki avvalgidan koʻproq muhrojman!
Ul bokira sevging xotiramdayu
Har kecha yigʻlagan dudoqlarimda.
Qanday tark etildim, qanday tashlandim!
Ona men aldandim, ogʻir aldandim,
Yolgʻiz u quchoqmish,yolgʻiz u tizzamish,

Insonlar qanchalar marhamatsiz-a...
Men bulardan kechaman, chidolmayman. Xotirlashim bilan yana dilim vayron boʻlib, kayfiyatimni, muvozanatimni yoʻqotaman. Ular aslida ham yoʻqku...

Aminaning onasi eng yahshi taomlarni tayorlab, stolga qoʻyardi. Atrofimda parvona boʻlardi.
— Buni ham ye, bolajonim, bundan ham ol, bolajonim. Shu taomdan ham tatib koʻr qizim...

Qanchalar toza qalbli, qanchalar mehribon ayol.
— Dadang yoʻqmi?-soʻradim Aminadan.
— Bizni bemalol ovqatlansin, deb yonimizga kelmadi,-dedi.

Qanchalar nozik tushuncha. Men bunday narsalarga odatlanmaganman. Chunki men yashagan hayot, menga nazokatni unuttirgan. Ovqatdan keyin zalga oʻtdik. Zalda bir katta kutubxona bor edi. Shu paytgacha koʻrmaganman buncha kitoblarni. Madaniyati yuksak bir xonadon.Devorda suratlar va har bir suratning tagida nesa ibratli soʻzlar. Bittasi hozir ham yodimda:»Ey, inson, oʻzingni oʻrgan!» Oʻrganadigan narsalarimdan ayirdilar, deb yonida koʻp turolmadim. Men u yoq-bu yoqqa qararkanman,Aminaning dadasi kirib keldi. Ochiq chehrali, pokiza qiyofali mehribon bir inson.
— Xush kelding, bolam-dedi. Ammo qoʻlini uzatmadi, men ham javob bermadim. Uzoq hol-ahvol soʻrashdi. Meni suhbatga tortishdi,kayfiyatimni koʻtarishga va yumshoq muomala qilishga harakat qildi. Buni bilib turardim.
— Qizim,-dedi. Seni mehmon qilishni Amina juda hohlagandi. Men ham orzu qildim. Men oʻqituvchiman. Sen ham mening oʻquvchim hisoblanasan. Faqat Aminaning dugonasi boʻlganing uchun ma’naviy qizim ham hisoblanasan. Men ham senga oʻhshab, ota-onasiz, yetim katta boʻldim. Bolaligim oyoq kiyim moylash va non sotish bilan oʻtdi. Qancha qiyinchiliklar koʻrdim. Chidadim, bardosh berdim va sabr qildim. Alloh hech biye mehnatni zoye ketkiazmaydi. Ishonamanki, bu qiyinchiliklar sen ham yengasan, goʻzal hayot kechirasan.

Uch tavsiya.

Senga uch tavsiyam bor. Shularga amal qilib, foydalansan degan umiddaman.

Birinchisi:uyimning eshiklarini bugundan e’tiboran senga bir qizimdek ochishni hohlayman. Har qandau muammolaring bilan oʻrtoqlashib, senga yordam berishga harakat qilaman. Seni tez-tez uyimda Amina bilan birga koʻrishni hohlayman. Buni turmush oʻrtogʻim ham juda hohlaydi. Muammolaringni biz bilan oʻrtoqlash. Imkoni boricha senga yordamlashamiz.

Qanchalar yahshi insonlar, deya oʻylardim. Faqat menga unchalik ma’qul boʻlmagan tomoni oʻta dindorliklari. Men bunaqa joylarda juda siqilaman. Men yotoqxonada rohatlanib, sigaret chekardim. Baqirib-chaqirib istagan soʻzlarimni ishlatardim. Bunaqa xonimcha boʻlib oʻtirolmasdim. Oʻtirishga koʻp harakat qildim, boʻlmadi. Aminaning dadasi soʻzini davom ettirdi.

Ikkinchi:Dunyoga mashhur kishilarning koʻpchiligi yoʻqsillik, imkonsizlik va qiyinchilik ichida voyaga yetishgan. Ular qiyinchiliklar bilan kurasha-kurasha omad sirlarini oʻrganib baxtli boʻlgan insonlardir. Oʻzingga-oʻzing soʻz ber, bir hunar tanla. Rejali ishla, vaqtingni qadrla. Ishonamanki, baxtli boʻlasan va oʻz oʻrningni topasan. Rejali ishlashing uchun yordam berishim mumkin. Faqat doʻstlar guruhida inson omadini topadi. Agar omadsiz guruh bilan boʻlsak, buni qoʻldan chiqaramiz.

Uchinchi maslahatim shuki: Hayotda bir umidi boʻlgan, zafar istagan, huzur va bahtiyorlik qidirgan inson, oʻzini oʻrganadi, oʻz qadrini va borliqni kashf etadi. Bualrdiz zafarlarga erishi oʻtkinchi va lazzatsizdir.

Har kuni oʻzimizga shu savolni berishimiz lozim.»Men kimman? Nimaga yashayapman? Qayerdan keldim?Qayoqqa ketyapman? Bu dunyoni va butun borliqni bizga xizmatkor qilib yaratgan qudrat sohibi bizdan nimani istaydi? Dunyoni kashf qilishga intilgan,sir-sinoatlarini oʻrganmoqchi boʻlgan inson oʻzligini qanchalik bilarkin?Atrofning, hayotning va insonlarning fe’li, nuqsonlari bilan qiziqqan kishi, oʻz fe’li, nuqsonlarini qay darajada bilarkin?

Bu mavzuga shunday qarash ham mumkin:

Tongda uyqudan turib oʻzimiz bilmagan sirli bir olamda, koinot bilmagan bir burchakda,hech ma’lum boʻlmagan jonzotlar ichida ekanimizni koʻrsak, hech narsa boʻlmagandek, hayotimizni davom ettira olamizmi? Ha, koʻz ochganimizda oʻzimizni begona bir olamda koʻrdik. Tasodiflar bilan toʻla roʻyolar olami bu. Quyoshning bunchalar goʻzal chiqib, chiroyli botadigan boshqa bir koinot yoʻq biz bilgan olamda. Har soniyada oʻn minglab tonna suvni havoga parlanib, yana yerga qaytishi, samoda bir-birlarida goʻzal jonzotlarning qanot qoqishi, zamini rango-rang gilamlar bilan bezalgan, osmoni nurli yulduzlar bilan bezangan boshqa bir joy yoʻq. Sharsharalar shu yerda, togʻlar shu yerda. Dengizlar, tekisliklar, choʻllar, muzliklar shu yerda. Atrofimiz milyon xil jonzotlar bilan toʻla. Shunaqa dunyoga keldik. Yohud keltirildik. Yillardan bir yil, kunlardan bir kun toʻsatdan bu yerda koʻz ochdik. Keyin yana, biz umid qilmagan va istamagan bir paytda bu roʻyolar oʻlkasini ham tashlab ketamiz. Mana, dunyo va koinotni sirlari bilan aloqador ishlar.»Bular nima? Qanday boʻlgan? Nega yashyapti?» kabi oʻnlarcha savollarni kuniga necha marta oʻzingizga berib:»Men kimman? Nimaga yashayapman? Qayerdan keldim? Qayoqqa ketyapman? Mening borligimni sababchisi kim?» deya soʻrayapsizmi? Inson, avvalo, oʻzini tanishi, oʻzini soʻroq qilishi va oʻzi bilan aloqador muammolarga javob qidirishi kerak emasmi? Bu insoniylikni ilk sharti emasmi? Inson shoshma-shosharlik, bezovtalikdan qutulishi, nima va kimligini tushunishi uchun shu va shunga oʻxshash savollarga javob topishi kerak. Kimligini bilmagan va oʻzini tanimagan kishi hayotda qanday huzur topadi?Qanday baxtli boʻladi?...

Afsus men uning gaplarini tinglab, tushunadigan ahvolda emasdim. Ruhim-dunyoyim ostin-ustun edi. Bu jiddiy mavzular havoda qolib, yuragimga, ongimga yetib kelmasdi. Hasta kishiga eng lazzatli taomlar keltirsangiz, uni ishtaha bilan yeya oladimi? Bu jiddiy mavzular men uchun huddi shunday edi. Men oʻqituvchining maqsadini bilardim.Yahshi banda boʻl, Alloh buyurganini qil. Yoʻqsa, bahtli boʻlolmaysan, demoqchi. Ammo bu mavzuga e’tirozim bor. Zero, mening ishim ham unga mos. Ma’qul boʻlmagan gapni hech qachon tinglamasdim. Natija nima boʻlsa boʻlsin, bahslashardim. Shu sababli bunday guruh bilan koʻp tortishardim. Ularning gaplari ma’qul boʻlmadimi, shartta e’tiroz bildirardim. Hozir bu oʻqituvchining gaplariga ham e’tirozim bor edi. Juda koʻp. Ammo meni shunday nazokat bilan mehmon qilishdiki, bir kuddat ilk marotaba «ayb bolar» deb oʻyladim. Demakki, oʻsha payt endi-endi «ayb» tushunchasi ham borligini bilayotgandim.

Har umidim yarim.

Men oʻta omadsiz insonman. Hayotdagi har orzuyim yarim yoʻlda soʻngandek, bunisi ham chala qolgandi. Uzoq choʻzilgan va’zdan zerikdim. Aminaning dadsi toʻgʻri gaplarni gapirardi. Ammo bularning hech biri meni qiziqtirmasdi. Mening qorongʻu hayotim bunaqa gaplar bilan oydinlashib, yangidan boshlanishga tayyor emasdi. Mendek qaygʻuga koʻmilgan inson osonlikcha ruhan poklanib, shukr aytolmaydi, birovga tashakkur bildirolmaydi.Zerikdim. Aminaning dadasi zerikkanimni sezgach, oʻrnidan turib, xonaga oʻtdi. Bizni yolgʻiz qoldirdi. Hayotimdagi dovullar, otash-alangali azoblar lazzalanib, huzurlanishga toʻsqinlik qilardi. Bu insonlarning hatto nazokati ham meni zariktirardi. Huddi davo istab bogʻlangan katta yara ataylab ogʻritilib, qonatilgandek ham soʻzlar ham menga botar, ogʻir tuyulardi.

Litsey yillarida meni alangalatgan, zafarlarga boshlagan oʻqituvchilarimizdan biri matematika muallimi Bilol Bey edi. Menga koʻp mehribonchiliklar koʻrsatdi, koʻmaklashdi. Bir safar ayoli bilan birga keldi. Meni boshdan oyoq kiyintirishdi. Ayoli ham oʻqituvchi, ogʻir, bosiq, hijobli ayol edi. Ayoli mening dindan yiroqligimni bilgach, menga «Oʻzini qidirgan odam» nomli bir kitob berdi. Muallifi kimligini eslolmayapman.
— Oʻqi, koʻp foydalanasan,-dedi. Bu kitobda Alloh, oxirat va shunga oʻhshash mavzular ilmiy dalillangan. Oʻqisang, shubhalaringga javob topasan.

Oʻqidim ham, ammo chiday olmadim. Keyin nima qildim, bilmayman. Oʻqituvchim Bilol Bey menga bir yil davomida matematikadan dars berdi. Bilimimni oshirdi. Meni muvaffaqiyatlarfa havaslantirdi. Endi men ham bilib olgandim. Oʻqishni muvaffaqiyat bilan tugataman va meni kamsitgan, hafa qilgan kishilardan qasos olaman. Jiddiy oʻqishga kirishdim. Aminaning dadasi yordamida bir kunlik reja tuzdim va oʻzimni dars tayorlashga mahkum qildim. Qisqa vaqt ichida oʻzgarish sezilib, oʻqituvchilarim muvaffaqiyatlarimni tan ola boshlashdi. Yotoqxonada mudir otamiz, litseyda esa diraktor bizlardan yutuqlar kutishayotganini aytishdi. Uninchi yoʻl oʻlim yoʻli edi. Agar universitetga kira olmasam, yotoqxonadan chiqarib yuborishadi. Toʻgʻri, yahshi muhit emas, ammo, koʻchada qolishdan yahshi. Koʻchada hozirgi «och qahqirlardan» ham battarlari yoʻlimni toʻsib, har biri bir yonimdan tishlab tortishi mumkin. Shu bois oʻz-oʻzimcha qaror qildim:»Yo universitetga kiraman yo oʻzimni-oʻzim oʻldiraman». Bu qarorimdan yotoqxonadagi oʻrtoqlarim, oʻqituvchilar kulib qoʻyishdi. Adashgan bir menman-mi? Hay jonim-a. Omad qayerda-yu, sen qayerda? Koʻraverasiz...

Menga yordam qilgan insonlar sogʻ boʻlishsin. Matematika oʻqituvchisi, uning ayoli, Amina va uning dadasi. Meni yutuqqa erishsin deb nimalar qilishmadi.

Yana charchadim, xojam. Men boshqa narsani oʻylayapman, qalamim boshqa narsani yozyapti. Biroz dam olaman. Uddalay olsam, oqshomda koʻrisharmiz...

Bu hayajonli hayot qissasiga biz ham bardosh berolmasdik. Qarshimizda diqqat bilan oʻqilishi kerak boʻlgan uzundan-uzun bir maktub bor edi. Sokin va toza fikr bilan izohlash va zarur oʻrinlarini tafsilotlari bilan kichraytirish uchun tanaffus qildik. Nonushtadan keyin dam oldik. Yakshanba kuni yagona ishimiz shu boʻldi. Ayolim bilan faqat shu maktub haqida suhbatlashamiz. Qilingan xatolar, fidokorliklar, yahshi niyatlar va qizimizning soʻzi bilan aysak «och qashqirlar» koʻz oldimizdan oʻtardi. Maktubda bitilgan hayot suroni bir kishining emas, goʻyo butun jamiyatning xatolari va nuqsonlarini ochib berardi. Ortiqcha vaqtimiz yoʻq. Oʻqish uchun sabrsizlanyapmiz. Nihoyat, ish stulidamiz va qarshimizda turgan maktub. Kelgan joyimizdan davom ettiramiz.

Bugun ham hamshiralarni yonimdan haydadim. Ukol qilishdi, dorilarni oldim. Boʻshagan shishalrni toʻldirishdi. Tunga yaqinlashyapman. Yana biroz kuch toʻpladim, ehtimol. Shunda yana biroz yoza olarman...

Boʻlimda birinchi boʻldim.

Nihoyat litseyni bitirdim. Bu vaqtda koʻpgina jiddiy muammolarga uchradim. Meni yemoqchi boʻlgan «och qashqirlar» bilan jonholatda kurashdim. Ortiq qulay luqma boʻlmasligimni tushundilar. Bir qancha inqilobiy guruhlarni ham tark etdim. Aqlim qabul qilmagan narsaga meni ishontira olmaysizlar, dey isyon qildim. Ammo meni osonlikcha qoʻldan chiqarishmaydi. Qanday qilib chiqarsinlar, kimsasiz yosh bir iqzni qaysi ahmoq qoʻldan chiqarardi. Kurashda davom etardim. Or-nomusli boʻlganim uchun emas, oʻzligimni va borligʻimni himoya qilish uchun. Maktabni bitirgach, bir toʻda bekorchilardan bir xabar eshitdim. Men boʻlimimizda birinchi boʻlibman. Bu ishonib boʻlmas hol edi. Menga yordam berganlar sogʻ boʻlishsin. Meni chuqurdan olib, yuksaklikka olich chiqishdi. Nima ham derdim, qarzdorman. Amina, uning dadasi, matematika oʻqituvchim va uning ayolidan. Ammo e’tibor bergan boʻlsangiz, menga koʻmak berishgan, fikr va qarashlarini men pisand qilmagan odamlar dindor insonlar edi. Meni fohishadek koʻrib, hayotimni bulgʻaganlar esa binzing revalutsion bolalar. Shunda ham koʻnglim ularda. Tuygʻularim ularda. Ammo aqlim dindorlar toʻgʻri ekanini biladi. Gʻarib, ammo haqiqat. Maktab idorasi menga birinchilikni berishni istamagan. «U qiz qaysar, nomi fisqu fasodlarga aralashgan. Isyonkor, itoatsiz», deyishibdi. Ammo yana omon boʻlgur matematika oʻqituvchim qarshi chiqib, men uchun kurashibdi. «Haq kimniki boʻlsa, unga beriladi,haqiqatning oʻng chapi boʻlmaydi», debdi. Nihoyat, majbur boʻlishibdi. Holbuki, mendek «inqilobchi» oʻqituvchilar ham ovozlarini chiqarishmabdi. Oʻzlariga zarar boʻladi, deb meni himoya ilishmagan. Nima ham derdim. Yana omon boʻlsinlar. Bu orada yana bir karaxtlik boʻldi. Koʻp vaqtdan buyon izimdan yurgan Ilker hech qoʻymay:»Senga uylanmoqchiman, taklifim oʻta jiddiy», deb turib oldi. Ortiq birovga ishongim yoʻq. Toʻgʻrisini tushintirdim. «Men hamma narsasini yoʻqotgan qizman», dedim. «Keyin oʻyinbuzarlik qilma». Bizning inqilobchi Ilker, bularning hammaisni qabul qildi. Hatto oilasi bilan tanishtirishga ham olib bordi. Ota-onasi meni yahshilab surishtirishibdi. Dadasi siyosatchi ekan, ammo meni yoqtrimadi.
— Menga qara, qizim,-dedi u. Bizlar ilgʻor fikrli, sotsial-demorat insonlarmiz. Inqilobchiligingga va qarashlaringga e’tirozim yoʻq. Ammo bizlar elga tanilgan, hurmatli insonlarmiz. Noming ba’zi fisqu fasodlarga aralashgani bu ishning eng katta toʻsigʻdir. Sen bahtingni boshqa joydan qidir. Yigʻlab oʻzimni tashqariga otdim. Bu hayotni men hohlamagndim. Bu voqealarni men rejalashtirmagandim. Bu zolim va xoin insonlardan oʻzimni himoya qilolmasdim. Buni hech kim tushunmasdi. Hamma menga fohishaga qaragandek qarardi. Oh, oʻsha inqilobchi doʻstlarim endi meni shunaqa deb aytishayotgandi hammaga! Shu bilan Ilker mojarosi ham tugadi. Hursand ham boʻldim qaysidir ma’noda. Ortiq menga hech kimni osilishini istamasdim. Mutlaqo omadli boʻlaman, kuch-qudratim boʻladi, menga azob berganlarni jahannamga joʻnataman. Bu fikr dilimga shunday mustahkam joylashgandiki, bu haqda hatto tushlar koʻrardim. Oʻsha kun ham keldi. Universitet imtihoniga kirayotgan edim. Har doimgidek yana Amina yonimda. Meni yolgʻiz qoldirmagandi. Imtihondan oldin menga kichkina duo kitobchasini berdi.
— Men bunaqa narsalarga ishonmayman, desam ham qoʻymadi, oldim. Munchoqdek boʻynimga taqib oldim. Shuni aytishim kerakki, boʻynimga taqqach, oʻzgacha bir huzur, yengillik his qildim. Hayajonim bosildi, imtihonni juda yahshi topshirdim. Har holda ruhiy ta’sir boʻldi.Inson biror narsaga ishonsa buni foydasini koʻradimi yoki bu shunchaki gaplarmi, deb oʻylardim.

Uchinchi Boʻlim.

«Och boʻrilar» davrasida talaba.

Qudratli inson boʻlish va menga azob berganlardan qasos olish uchun Istanbulga ketib,»Och qashqirlar» dasturxoniga tushgandim.

Natija ma’lum...Men tushuntirishga chiday olmayman. Sizning ham oʻqishga bardoshingiz yetmaydi...

Onam meni chqirardilar.

Imtihon natijasi muhim edi. Men orzu qilgan, istagan makyub keldi. Istanbul universiteti, huquq fakulteti.

Bu hayotimda bir inqilob edi. Ilk marotaba bahtiyor edim va telbalarcha shodlanar edim. Endi buyuk inson boʻlgandim, universitetga kirdim. Endi men huquqshunosman. Joningizni olaman, zolimlar, nomusszilar, deb hayqirgim kelardi. Endi hech kim meni bolalar uyidan chiqqan, tashlandiq falonchi deb tahqirlay olmaydi. Orzu qilgan, xayollarimni oʻgʻirlagan shaharga, Istanbulga ketayotgandim. Hech koʻrmagandim. Ammo hamma inqilobchi oʻrtoqlar oʻsha yerdan kelar, oʻsha yerdan bahslashar va oʻsha yerdagi ishlarni tushuntirishardi. Endi ortimdan tor muhitning «och boʻrilar’I quvlamas, bezovta qilmas, zamonaviy bir muhitga kirayotgandim. Ilk marotaba hayolda emas, chinakamiga bahtiyor edim. Tahqirlanganlarimni, xoʻrlanganlarimni va kimsasizligimni ilk marotaba unutgandim. Insonlarga haq, adolat va tenglik ulashuvchi bir huquqshunos boʻlish... Oh!Qanday ajoyib...Hayollar ham ajoyib,huzurbaxsh. Keyin esa millatlararo inqilobchi, mashhur huquqshunos boʻlish... Mahkama zallarida gurillagan va salobatli ovozim yangrasa...Ishonarlimi? Ahamiyati yoʻq. Huquqshunos boʻlmasdan avval buning beboshligini chiqaraman yo...Endi meni Istanbul va huquq fakulteti sehrlagan edi. Ilm marotaba butun azoblarim unutilganini his qildim.

Shuncha orzular qilarkanman, bir kecha tushimda hech tanimagan, rasmini ham koʻrmaganim onamni koʻrdim. Bir daqiqaga boʻlsa ham yomon kunlarni unutgandim. Bunisi qayerdan chiqdi? Onam:
— Seni sogʻindim, bolam. Nega meni yoʻqlamaysan?-dedi.

Hayron qoldim. Oʻlgan odam tuproqqa aylanadi. Biz ham oʻlamiz. Tushimga kirgan va meni chaqirgan kim? Albatta, ruh falonchi emas. Unaqa demayman. Har holda yurakdagi iztirobli tuygʻular yangidan alangalangan edi. Oʻzimga keldim. Ha, katishim kerak. Borib onam bilan dardlashay. Shodligimni boʻlishay, qishlogʻimni koʻrayin. Ehtimol, qalbimda ba’zi gʻarib ishonchlarim bordir. Qishlogʻimizni oxirgi marta akamning janozasida koʻrgandim,oʻn yil avval. Kichkina bola edim. Endi ancha ulgʻaygan qziman. Vaqt qanday tez oʻtadiya... Ketaman,ammo qanday? Choʻntagimda ikkita nonga yetadigan pul bor. Oh, bu yoʻqsillik qursin. Nima boʻladi, bir kun kerak boʻlganida pul topilsa, nima boʻladi? Bir kun doʻstligingni koʻrsat... Istagimni, hayollarimni ichimga koʻmar ekanman, yonimda Amina paydo boʻldi. Qoʻlida convert bor edi. Bu ning har doimgi odati. Ochiqchasiga pul bermasdi-yu, olmayman deb e’tiroz bildirsam, uzrli sababi tayyor edi:
— Onamga qoʻshnimiz keltirib beribdi, senga deb.

Bilardim. Qoʻshni emas. Har oyda dadasi meni quvvatlantiradi, pul joʻnatadi. Olmaydi deb, Amina yolgʻon ishlatadi. Yahshi bir oila. Inqilobchi boʻlishmasa ham, bizdan yahshi odamlar. Chorasiz pulni oldim. Oʻqish boshlanmasdan oldin onamni bir ziyorat qilmoqchiman. Darhol qaror qildim. Ertaga yoʻlga chiqaman. Tonggacha onamni, dadamni va akamni oʻyladim. «Siz oʻldingiz qutuldingiz. Men ham yonlaringizda yotgan boʻlsaydim,bu azoblarni koʻrmas edim. Nima qilay, oʻlishni hohladim, ammo oʻlolmadim. Kelib tuprogʻingizni hidlayapman. Yashagan joyingizdagi xotiralaringiz Bilan suhbatlashaman».

Oh, bu oʻlim. Yo sen boʻlmasayding, yo biz boʻlmasaydik...

Qishloqdagi qarindoshlarim ham oʻtishgan edi.

Nihoyat, yoʻlga chiqdim. Oʻn soatlik masofa. Shaharga tushilganidan soʻng, qishloqqacha yana ikki soat yuriladi. Bularning hammasiga onam uchun bardosh berdim. Hech boʻlmaganda hayotdagi yagona suyanchim boʻlgan akam, sirdoshim uchun. Seva-seva, onajon sizni yoʻqlab kelyapman.

Men bu gʻurbatga tushdim tugʻilib,
Har kuni tobora surilmoqdaman.
Hech kecha ichingga marmar sochaman,
Bu sovuq joylarda siqilmoqdaman.
Shundayin sinovlarda qolgan paytimda,
Tunlarni bagʻrimga olgan paytimda,
Koʻzlarim yumilib qolgan paytimda,
Yangidan yoʻllarga koʻz tikmoqdaman.
Hayotimning soʻnggi koʻrinib qoldi,
Qolmadi bir qadam yoʻlim oldingga
Yuzini koʻrmasdan oʻlolsam deya,
Ranjimoqdaman men, ranjimoqdaman.

Qishlogʻimiz kichkina edi. Oʻn yil ichida yarim aholisi boshqa shaharlarga koʻchib ketibdi. Tanishlar yoʻq. Faqat kiyimlarimga va kiyinishim uchun menga ters qaraydigan keksalar bor edi. Qishloqqa tushdan keyin yetib keldim. Horgʻin, holdan toyib. Oʻn yildirki, umuman xabarlashmagan ikki qarindoshim bor edi. Amakimning xotini va ammam. Uylarini eslayman. Birinchi brogan joyim ammamning uyi boʻldi. Eshik qulf,uy ancha avval tashlab ketilgan. Keksa bir amakini uchratib qoldim va undan ammamni soʻradim.
— Taniyman, Guluzor Xonimni,-dedi. Oxiratda opam boʻlsin. Juda yahshi ayol edilar. Sizlarga umr bersin, bolam.

Karaxt boʻlib qoldim. Demak, ammam ham oʻlibdilar-da...Oilamizning soʻnggi yodgori... Oʻlsinlar...toʻgʻri odamlar. Toʻgʻrilarning bu dunyo bialn nima ishi bor. Azaldan bu dunoy egrilarga qolgan, toʻgʻrilarga kun yoʻq. Oʻlim xabarini eshitgach, ichimda bir narsa uzildi. Oh, oʻlim, seni qanday yoʻqotsam ekan. Sen mening eng sevimli insonlarimni olib ketding.

Keksa amaki meni tanimadi.
— Sen kimning qizisan?-dedi. Dadamning ismini aytganimda, qishloqqacha yoyilgan dovrugʻimizni gapirdi.
— Tushundim, tushundim. Sen shu talofatlarga aralashgan qizsan. Nima ham derdim. Alloh panohida asrasin.

Bir narsalarni sezgandi. Balki men oʻylaganimdan koʻprogʻini.Chunki yomon xabar tez tarqaladi. Men haqimda nimalarni oʻylayotganini taxmin qilardim. Men bu qishloq uchun yahshi qiz emasdim. Qariya gapida davom etdi:
— Dadang ham, oanng ham yahshi odamlar edi. Ayniqsa, onang farishtadek bir ayol edi. Iymonli, tilida doim Qur’on. Qishloq qizlarini oʻqitar,ularga dinni, diyonatni oʻrgatar edi. Qariyaning qisqagina bir maktubini olgandim:»Yahshi bir otadan, dindor bir onadan qanday qilib bunaqa qiz boʻldi. Sen ham oilangni, ham qishloqni yuzini qrao qilding».

Ehtimol, qariya haqdir. Oanm tirik boʻlib, meni shu holda koʻrsaydi, bundan boshqa narsa demasdi. Oh,onajonim! Siz tirik boʻlsaydingiz. Hurmatingiz uchun ham Qur’on ham namoz oʻqirdim. Yoq’ligingiz kun sayin bilinmoqda. Bu hasrat boshqacha bir qaygʻu. Siz qaytolmaysiz, bilaman...Ammo men yoningizga boraman. Koʻpam uzoq kutmaysiz...

Bu dunoyda eng tinch joy qabrdir. U yerda «och boʻrilar» ortimdan quvlamaydi, izzat-nafsim, gʻururim bilan oʻynashmaydi.

Shular hayolimdan oʻtarkan, qariya savol berishda davom etardi:
— Hozir nima qilyapsan, qizim?
— Litseyni bitirdim. Huquq fakultetiga kirdim.
— Ya’ni sudya, prokuror boʻlsanmi?
— Ha. Qariya ajablandi
— Yo, Alloh! Dunyo kimlarga qoldi-ya!

Keta boshladi. Ortidan chaqirdim:
— Amaki! Bir daqiqa.

Toʻhtadi.
— Bu qishloqda mening amakim va xotini boʻlardi?
— U ham ketdi, bu ham ketdi,-deya qoʻli bilan bir tarafni koʻrsatdi. U taraf qabriston edi. Demak,ular ham vafot etishgan. Demak, bu qishloqda endi hech kimim qolmagan. Toʻgʻri qabristonga yoʻl oldim. Jon doʻstlarim, qadrdonlarim, hayotim ildizlari u yerda yotardi. Mening kelganimni bilishmasdi. Men ularning tuproqlari, ustlaridan unib chiqqan oʻtlar bilan suhbatlashaman,dardlashaman yo...

Bu ham yetmaydimi?

Qabristonga yoʻnalganimda, meni bir hayajon, gʻarib bir his, yuragimni titratuvchi bir tuygʻu qopladi. Goʻyo sirli bir dunyoning ajib olamiga kirib borardim. Bir lahza butun hayollarim tin oldi. Atrofdagi hamma narsa men bilan birga qabristonga yoʻnaldi. U tomon goʻyo bir qoʻl meni oldindan tortar, ortimdan esa nimadir itarardi goʻyo. Haligacha anglolmagan bir tuygʻu bilan ilgariladim. Koʻnglimda, yuragimda yashagan oilam tomon yurdim...

Qabriston boshida uch mozor,
Onam, dadam va akam.
Bir hovuch tuproq, bir parcha marmar,
Unda yozilgandir ismingiz, yoshingiz,
Bosh ustingizda motamsaro sarvlar,
Hayotingiz qaygʻu bilan titradi...
Sizni koʻmdik ona, bir nech yil oldin.
Koʻzyoshlar-la bu sassiz yerga.
Kamsasiz bir oqshom nurlarga badal,
Motam ulasharkan hasta qalblarga...

— Nima boʻlardi, meni ham olib kesangiz,-deya yigʻlay boshladim. Yolgʻiz qoldim. Sizsiz qiynalib ketdim. Olib keting, meni...Sizni sogʻindim. Sogʻinchingiz dilimni oʻrtadi. Hayot juda mushkul. Yana ham koʻproq gunohlarga botmasimdan olib keting, shu bolangizni,onajon,-deya hayqirardim.
Qancha faryod chekkanimni, qancha yigʻlab, koʻnglimni boʻshatganimni eslolmayman. Onamning qabri ustiga suyandim. Uning siynasiga uning mehribon quchogʻiga bekinib, yumoshoq qoʻllarini silashni istardim. Ha, oʻsha qaynoqlik, oʻsha mehrni his qilar, dildan tuyar edim.

Onamning qabri yonida oʻzimni yoʻqotdim.

Oradan qancha vaqt oʻtdi bilmadim. Oʻzimni unutibman,faryodim atrofga eshitilgan shekilli, bir ayolning ovozidan hushimga keldim:
— Bolam, mozorda yigʻlash yahshi emas, oʻzingni qoʻlga ol.

Zoʻrgʻa oʻgirildim. Ortimda bir ayol va bir kishi turardi. Ayol yelkalarimdan tutib, turishimga yordamlashdi. Yoshli koʻzlarimga mahzun, samimiy va doʻstona nigoh bilan boqib:
— Kimsan bolam,-deb soʻradi. Seni bu yerlarda hech koʻrmagandik. Bu qabrlar Malak Ahsen va Dovud afandilarniki. Sen ularning kimi boʻlasan?

Demak qishloqdagilar onamni «Malak Ahsen» deyisharkanda. Ismi Ahsen edi, qishloqdagilar bundan chiqdi, yahshiliklari uchun ismlariga Farishta nomini ham qoʻshib chaqirisharkanda.
— Qiziman,-deya oldim.
— Oh,bolam,-deya meni bagʻriga bosdi. Sen uning begona qoʻllardagi Ayselimisan? Sen haqingda yahshi xabar eshitmagandik. Yomon qizlarga qoʻshilgan deyishardi. Ishonolmadik.Mashalloh,juda shirin qiz boʻlibsan.

Keyin menga oʻzini tanishtirdi.
— Men rahmatli onangni koʻrganman. Bolaligimda u menga Qur’onni oʻrgatgan. Alloh rozi boʻlsin, joyi jannatda boʻlsin.

Imom afandining ayoli qoʻlimdan tutdi.
— Yur qizim, uzoq yoʻldan kelgansan, uyga boramiz, biroz dam ol.

Ikki ezgu niyatli inson qoʻlimdan tutishdi. Dardlasha-dardlasha uylariga keldik.

Sodda,pokiza, tartibli bir uy. Kichkinagina hovlisi bor. Ikkita bolasi ham. Birisi litseyda, bir maktabda oʻqirkan. Ikkisi ham juda yahshi bolalar. Imom afandi va ayolining uyida oʻzgacha bir huzur topdim. Harakatlaridan insonni ta’sirlantiruvchi ajoyib bir quvvat tarqalar edi. Bu insonlar chindan ham yahshi niyatli va halol kishilar edi. Men yashagan muhitdagi kishilarga also oʻhshamas, bizning inqilobchi guruh bilan esa, umuman qiyoslab ham boʻlmasdi...

Men shu kunlari sira ishdan boʻshamasdim. Inqilobchi boʻlishning oʻziga yarasha zaruriyatlari bor edi. Haq, adolat, tenglik kabi tushunchalarni shior qilib olishgandi. Dindorlarga qarshi boʻlishdan asosiy maqsadlari esa dahriylarni koʻpaytirish edi. Ammo oʻylamasdan bir ish qilmasdim. Haq, adolat, tenglik kabi asosiy inson huquqlarini mensimaganlardan nega doim zarar koʻrdim?

Nega bu insonlar hayotimni zulmatga aylantiradi,meni mendan ayirishdi. Albatta, ba’zi inqilobchilarning xatolari barchasiga tegishli emasdi. Ammo, menga umuman yahshilari uchramasdi. Negadir hammasi menga «och boʻridek» tashlanish uchun fursat poylardi. Men e’tiroz bildirganimda:»Sen nomusli qizsan, qizim»-deyishardi. «Nomus degan narsa, eski feodal shiordir. Hozirgi dunyo u eski tushunchalar oʻtib ketgan». Mana shuni hech qabul qila olmasdim. Toʻrtxotinlikka qarshi boʻlgan inqilobchilarning nomus haqidagi qarashlari ijobiymidi va bu nimani ifodalardi?

Men qarshi boʻlgan, fikrlariga qoʻshilmagan dindorlar esa, doimo toʻgʻrilik, va xolis koʻmak beruvchilar boʻlib chiqishardi. Ajablanardim. Toʻgʻri deganim yanglish, yanglish deyayotganim toʻgʻri chiqayotgandi. Nima boʻlganida ham, yana yiroqlashdim, xojam. Mavzuga qaytayin. Imom afandi va ayoli menga shunday hurmat koʻrsatib, shunday taskin berishardiki, hayotimdagi bunchalik nazokat, bunchalik yahshi muomalani koʻrmagandim. Menga tegishli koʻp narsalarni bilishsa ham, hech sezdirishmas, goʻyo dunyoning eng jiddiy va eng nomusli qizi bilan suhbatlashayotgandek boʻlishardi. Ayolning tavsiyasi bilan qishloq hammomiga tushdim. Soʻngra meni bir xonaga qamashdi. Toʻrt-besh soat uxladim. Uygʻonib qarasam, malikalarga xos dasturxon yozishibdi. Unda yoʻq narsaning oʻzi yoʻq edi. Toʻgʻrisi, juda ta’sirlandim. Goʻyo menga hayotdan dars berishardi ular. Bu bebosh, bu iflos hayotda farishtadek ma’sum va pokiza insonlar borligi meni ajablantirar edi.

Tushda oilamizni jannatda koʻrdim.

Oʻsha kech ishonib boʻlmas bir voqea boʻldi. Bugungacha ta’sirini sezaman. Ammo ilmiy bir izoh keltirolmayman bu voqeaga. Ya’ni u bir tush edi. Tushlarga koʻp ham ishonmayman. Koʻpincha yahshi bir tush ham koʻrmayman. Chala-chulpa tuishlarim boʻladi ular, kulib qoʻya qolaman. Ammo bu tush juda boshqacha edi. Oʻzimni qoʻlga olib tushuntirishga harakat qilaman. Mezbonlarim ikki xonali uylarining bir xonasini menga berishdi. Top-toza xonada yolgʻiz oʻzim, shovqin va sotqinliklardan yiroqda uyquga ketdim. Balki hayotimda ilk bora bunchalar rohatli va shirin uyquga choʻmgandirman. Yerga joy solindi. Choyshabi, koʻrpasi, yostigʻI hamma narsasi top-toza. Qanday koʻrgulikki, shunday pokiza toʻshakda mendek bir nopok qiz. Ehtimol, bilaturib...

Soat ikkilarda bir ayolning:»Biror narsa kerakmi? Biror narsa istaysanmi?» deb soʻrashlarini aytmaysizmi? Yo,Alloh! Siz bunchalik nazokatni qayerdan oʻrgangansiz? Fakultetni bitirganlar, ilm odamlari, quloqlaringiz qizisin. Bu qadar iliq munosabat oldida siqilib, uyalyapman, hatto goʻdakdek his qilyapman oʻzimni. Qattiq uyquga ketdim. Uxlashim bilan oʻsha tush boshlandi:

Hech koʻrmaganim begona shahar. Shu qadar muhtasham, shu qadar bir chiroyli bir joyki. Yam – yashil bogʻlash ichida... Na koʻchalarida bir ifloslik bor, na insonni behuzur qiluvchi bir shovqin. Rohatbahsh bir shahar. Oʻzimni bunday hayratlanarli goʻzallik ichida koʻrgach, begona joy boʻlganbi uchun xursand boʻlib ketdim. Oʻzimga oʻzim tushintirish berardim:»bu Turkiyaning bir shahri emas», derdim. Bunaqa tartibli, pokiza va goʻzal shahar qayerda boʻlishi mumkin:»Ovroʻpadami?»deb oʻylarkanman, ba’zi hovlilarning eshiklaridagi arab yozuvlari e’tiborimni tortdi. Bilmaganim uchun nima yozilganini oʻqiy olmadim. Ammo ishonch hosil qildimki:»Bu arab shaharlaridan biri boʻlishi kerak».

Biroq bilishimcha, qurgʻoqchilik hukm surgan aran shaharlari bunaqa yam-yashil, suvli va jilvakor boʻlolmaydi. Yoshligimdan tasavvurimga oʻrnashgan «jannat» tushunchasi yodimga tushdi. Dinshunos oʻqituvchilarimiz aytgan «jannat» shu yer boʻlishi kerak, deb oʻylay boshladim. Ammo birozdan keyin fikrim oʻzgardi. Chunki insonlar oʻlgach tuproqqa aylanadi, mening moddiyuncha dunyoqarashim boʻyicha shunday. Jannat va jahannam yoʻq. Tushimda ham bu ikki qarama-qarshi fikr meni behuzur etardi. Ammo jannatdek bir joyda ekanligim aniq. Shaharning top-toza yoʻllaridan, koʻpriklaridan, suvlaridan oʻtib borardim. Biror kishini uchratsam soʻrarman. Ammo hech kim menga qaramas, men bilan gaplashmasdi. Shunchalar pokiza, goʻzal ajoyib insonlarki. Qayoqqa qaramay hayratim oshardi....

Qayerdan kelganini bilmayman, bir payt roʻparamda akam paydo boʻldi. Ajablandim, sevinganimdan:»Abi» deya quchoqladim. Chunki akam bilan yoshimiz deyarli teng boʻlgani uchun uning ismini ayrib chaqirardim. U ham menga yotoqxonadagidek akalik va gʻururli sevgisini bir tarafda qoldirib,»Aysel», dedi sevgi va mehr toʻla bir ovozda. Akamning xushboʻy hidlarini tuyardim, ichlarimga singib borardi. Yana har doimgidek irodali va qat’iy ohangda «Yigʻlama,Aysel!» derdi u. «Yur, seni oanmning oldiga olib boraman».
— Onam ham shu yerdami? Deya soʻradim undan. Bu yer qayer? Javob bermadi. Faqat:
— Seni onamning yoniga olib boraman,-deya takrorladi. Akam oldinda, men orqada, goʻyo yumayapmiz, yuguryapmiz, uchayotgandekmiz. Ha, uchyapmiz. Chunki oyoqlarimiz yerga tegmayapri. Turk kinolarida shunga oʻhshash yoki shunday sahnalar bor... Akam bilan qanday uchyapmiz u tubsiz, cheksiz, goʻzal shaharni qanday kezyapmiz, bilmayman. Yana goʻzalliklar ichidagi bir koshona qarshisidamiz. Bogʻchasiga kirarkanmiz, men soʻramasdan, akam izoh berdi.
— Bu uy bizniki,-dedi. Onam ichkarida.

Ishonolmasdim. Karaxt boʻlib qolgandim. Nurab, qulay-qulay degan ikki xonali paxsa uydan tengsiz koshonaga-ya...
— Bu yerni qanday oldingiz? Deya soʻradim. Akam javob bermasdi. Nihoyat bir ayol chiqdi qarshimdan. Akamning «Bu onam», deyishiga hojat ham yoʻq edi....

Onamni quchdim, xushboʻy hidlarini tuydim...

Onamning chehrasi, boʻylari, goʻzalligi xuddi xayolimdegidek. Ya’ni, men oanmni xuddi koʻrgandek xayol qilar kanman. Quchogʻiga tashladim oʻzimni. Ichimni yondirgan, yuragimni qon qilgan «Ona...» faryodi ila...Bu ovozga, bu hidlarga,bu mehr, bu quchoqqa qanchalar mushtoq edim...
— Bolajonim, Ayselim,-derdi u yuragimni titratib, butun alam va iztiroblarimni toʻkib, uloqtiruvchi bir ovozda. Men yigʻlardim, tinmay yigʻlashni xohlardim. Shu yoshgach faqat shu xayol bilan ovundim. Boʻlsaydi, meni ursaydi, sochlarimdan sudrab torsaydi, degan onam...Boshimni koʻksiga qoʻyib olgandim. Imkon qadar xushboʻy hidiga toʻyib olay der edim... Oh, onam, tush boʻlsa ham, xayol boʻlsa ham, bu uchrashuv, bu diydorning lazzatini hech narsa berolmaydi. Ammo bu tush, mana gʻayritabiiy bir hol, nur kabi oʻtadi-ketadi.
— Senga ikkita omonat qoldirdim,Ayselim,-dedi. Ular mening eng sevimli omonatim. Uyimizda, kichkina shisha sandiqning ichida. Ularni ol. Senda qolsin. Ularga juda yaxshi qara, xoʻpmi?
— Dadam qayerda?-soʻradim men.
— U haligacha kelmadi. Biz akang bilan birgamiz. Uning hisobi choʻzilib ketdi, kutyapmiz. Inshaalloh, hisobi tugar va kelar...

Shu lahza uygʻonsam, koʻrpa ichida terlab ketibman. Negadir oʻzimga kelolmas, qoʻrqqanimdan baqirardim. Tushning ta’siri boʻlsa kerak. Imomning ayoli soʻzlarkan oʻzimga keldim.
— Nima boʻldi Aysel?
— Yoʻq, hech narsa, onajon, bir tush koʻrdim.
— Inshaalloh yaxshilikkadir.

Onalik mehri ila yonimga oʻtirib, qoʻllarimdan tutdi, yuzlarimni siladi.
— Sizni ham bezovta qildim, shundaymi?
— Yoq’, yoʻq, bezovta deganing nimasi. Shundogʻam tong otay deb qoldi. Xoja afandi masjidga ketdi. Men ham namozga turgandim.

Qanchalar mehribon ayol. Gaplarini maroq bilan tinglardim. Xoja ayolini»Xonim afandi», xonim esa uni «Xoja afandi» deydi. Ovozlari shunchalik nazokatliki, bunday baxtli muhitni koʻrib, bu baxtli oilaga hasad qildim. Yana yotdim, uxlashga urundim, lekin uxlolmadim. Koʻrgan tushimni har soniyasini balki yuz martalab tahlil qildim. Akam, onam bilan quchoqlashishim, ularning hidi dimogʻimga oʻrnashib, goʻyo ichimga ham singib ketgandek. Har nafasda xuddi shu boʻyni tuymoqdaman. Tong otgach, birinchi navbatda, uyimizga borib, onam menga qoldirgan ikki omonatni olaman. Ammo u tashlandiq uydan qoʻrqaman. Imomning ayoli kelsa birga boramiz. Dadam nega yoʻq edi. Nega uning hisobi choʻziladi? Onamning bu gapidan hech narsa tushunmadim. Tushimni Imom afandi ta’bir qildi.
— Sizni tabriklayman, qizim,-dei u. U koʻrgan tushing Rahmoniydir. Ya’ni haqiqat tush. Tushda koʻrganing jannat. Onang va akang jannati boʻlishgan. Demak, dadangni hisob beradigan ishlari bor. Ha, oʻziga yarasha ta’bir. Haqiqat boʻlmasa ham, buni bilish quvonchli. Onamning, akamning huzur-halovatga erishgani ham taskin beradi. Imom afandi bu tush ta’sirida qoldi. Ayoli bilan yigʻlay boshladi. Balki ular bir narsani bilishgani uchun shunday qilishayotgandir.

Omonatni qidirdik.

Imomning ayoli bilan uyimizga bordik. Bizni koʻrgan bir qancha qoʻshnilarimiz toʻplanishdi. Hammasi bir narsalarni soʻrashadi. Ba’zisi u yoq bu yoqdan gap ochadi. Ba’zisi nafratlangandek, ba’zilari esa qiziqib soʻzlaydi.

Xojam, meni ogohlantirishdi. Chiroqni oʻchirib, uxlashim kerak. Ertaga qiyin kun boʻladi. Yana bir qator tomosha, tahlil va boshqalar. Davom etish umididaman. Hozircha ruxsatingiz bilan...

Yana birgamiz xojam. Yozish davomida dam olganimni, yengil tortganimni, oz boʻlsada madad topganimni e’tirof etaman. Garchi shuncha talofat koʻrdim. Chunki natijalar yana barbod boʻldi. Tez tarqalgan kasallik edi bu. Oʻpka xastaligi qinayotir. Kanser butun tanamni azoblayapti.Kundan-kun yashashga ishtiyoqim oshib boryapti. Axir kim ham qoʻlini oʻlimga uzatardi? Kasallikmi, qasd qilishmi? Qasd qilishga hojat yoʻqligini bilaman. Negaki... tuygʻularimga asir boʻlmayman.

Kelgan joyimizdan davom etamanQishloqda, qishloq odamlari orasida vayrona, tashlandiq, tuproq uyimizdamiz. Hamma ashyolar turibdi. Chang tuproq ichida. Birov qoʻl tekkizmagan. Devorlari yorilibdi. Bir kishi bunga izoh berdi.
— Bu uy endi choʻkadi. Hamma ashyolari koʻchirilsaydi. Ashyo deyish toʻgʻri boʻlsa...

Onamning yodgorliklari...Butun dunyosi shu yerda. Har qadami aziz, har zarrasi qadrli. Har qarichida ming xotiralar. Oh, onam! Shular bilan baxtiyor edingiz-a...Achinaman sizga.

Eng achchiq, chorasiz kunimda mening,
Boʻldingiz menga yor onajonginam.
Qalbimdadir hanuz iliq mehringiz,
Yana mehr-la quching, oanjonginam.
Tunda sizni oʻyladim, toʻldi koʻzlarim,
Yigʻlashni xohlab, tek turdi koʻzlarim.
Sizni har joydan izlar koʻzlarim,
Sizdan ayrildim-a, onajonginam...

Boshqa bir kishi gapga aralashdi:»Biz rahmatli amammngga koʻp aytdik. Bu ashyolar qarovsiz qolmasin dedik. Ammo qoʻl tekkizmadi. Oʻlgunicha kelib tozalab turdi, uyga qradi, oʻlganidan keyin shu holga tushdi, mana...
Koʻp gaplarni anglolmasdim. Chunki oʻy-xayolim onamning xotiralari bilan band edi. Ham u qoldirgan ikki omonatda...Ularni qidirardik, qishloq odamalrining bundan xabarlari yoʻq, edi albatta. Imom afandi, ayoli va men.Birinchi xonada shisha sandiqni koʻrmadik. Ikkinchi xonaga kirar kirmas eski yogʻoch divan yonida oynasi yorilgan bir sandiq koʻrdim. Onamdan yodgorlik...Balkikelinliksarposidir. Oynali sandiqni koʻrib, yanada kuchli hayajon bosdi meni. Titray boshladim. Imom afandining ayoli qoʻlimdan tutdi. Joyimda oʻtirib qoldim.Yigʻlayotgan faqat koʻzlarim emasdi, yuragimning har nuqtasi yonar, oʻrtanar edi.Imom afandi sandiqni ochdi. Ichida ikkita kitob.
— Bittasi Qur’oni karim,-dedi imom afandi. Juda ham eski ekan. Ikkinchisi «Soʻzlar»nomli kitob. Onam aytgan ikki omonat shularmikin? Katta sovgʻa boʻldi. Toʻgʻrisi buni kutmagandim. Chunki bunaqa narsalarga beparvo edim. Endi esa...Onamning omonati...Ular men uchun naqadar qimmatli ... Imom afandi Said Nursiyni ta’riflay ketdi:
— Oʻlkamizdan chiqqan mashhur olim, yaxshi murabbiy,-dedi Kitoblari butun dunyoda qiziqish uygʻotgan. Yoshlar bu kitoblardan qidirgan narsalarini topishadi.

Umid qilamanki, men ham topaman. Chunki mening ham qidirgan narsalarim koʻp...

Imom afandi – huquqshunos.

Imom afandi davom etdi:
— Men huquq fakultetida oʻqiyotgan paytlarimda tanishgan edim. Koʻp foyda oldim. Dunyoqarashim kengaydi. Qalbimdagi shubha va andishalar ketdi.

Toʻxta,toʻxta...Demak, Imom afandi – huquqshunos. Buni qarang. Ham imom, ham huquqshunos.,shu qadar nazokatli va mehribon inson. Hecham tushunolmayman, ba’zan asabiylashaman ham. Bu dindorlar meni koʻp ajablantirishadi. Goho mutaassib odam maktabni tark etib, qizlar oviga chiqadi. Menga shu holni tushuntirib bering-chi...

Imomning rafiqasi kun boʻyi meni tashlab ketmadi. Butun mehribonchiligni va muhabbatini berib men bilan koʻp suhbatlashdi. Imom afandi, bilimdon, madaniyatli kishi edi. Hamma u kishidek boʻlsa, na dahriylik na jamiyat muammolari boʻlardi. Ruhiyatshunos kabi insonni oʻziga yaqin olar, muammolarimni iliqlik bilan tinglar, chuqur oʻylab, qoʻrslik qilmay javob qilardi. Bu usulga faqat imomlar emas, balki oʻqituvchilarning ham ehtiyoji bor. Agar oʻqituvchilar bola va oʻsmir ruhiyatini bilsalar edi, hech kim maktabdan qochmas edi. Hech kim oʻqishga yoshlikdan behafsala boʻlmasdi. Kaltak bilan, tahdid bilan insonni tarbiya qilib boʻladimi? Avvalo, bolaning, oʻsmirning qalbiga kirib, uning mehrini qozonish yoʻllarini oʻrganishsa, muammo qolarmidi...Xuddi imom afandi kabi... Suhbat davomida biroz asabiylashdim:
— Johillar,eraksionerlar va eski odamlar bizlarni shu koʻyga solishdi. Oʻz holimizhca yashashga qoʻyishmadi,-dedim.

Men dindor odamalrni ayblamoqchi emasdim. Ammo meni notoʻgʻri tushunishdi. Imom afandi ayoliga bir qarab oldi. Lekin ikkisi ham javob bermadi. Biroz tortinishdi. Men xato qilganimni angladim.Tuzatmoqchi boʻldim, lekin nimadan soʻz boshlashni bilmasdim.

Imom afandi oʻta nazokat bilan:
— Aysel, qizim, senga bir nima deyishga haqqim yoʻq,-dedi Bizlar aybdormiz, toʻgʻri gapirding. Biz dindoalr har bir harakatimiz bilan boshqalarga oʻrnak boʻlishimiz kerak. Bizlar koʻp bilgan, koʻp oʻqigan toʻgʻri yoʻlni koʻrsatuvchi insonlar boʻlishimiz lozim. Imom afandi oʻta kamtar kishi edi. Shu bois men battar tortinar edim. Men mahmadonalik qilib qoʻydim. Uyida mehmon boʻl, senga bagʻrini, koʻnglini ochsin-u, sen uni «aqidaparast»,»reaksioner» deb aybla. Bu qnaday bedodlik...Gar u oddiy qoʻpollik boʻlsa ham...Bunday qilish hech mumkin emasdi. Bu mening telbaliklarimdan biri, xolos. Onamning omonatlarini olib ketishga jasorat qilolmadim. ToʻgʻrirogʻI, oʻzimni munosib koʻrmadim. Mendek nopok, gunohga botgan, or-nomusi toptalgan bir qizning Qur’oni karimni olib ketishga haqqi yoʻq. Imom afandidan iltimos qildim. U kishi ularni qabul qildi.
— Sneda qolsa, juda yaxshi boʻlardi, senga kuch bagʻishlardi, tayanch boʻlardi,-dedi, ammo men bunaqa qiz emasdim. Meni kuzatib qoʻyishdi. Bir vaqt Imom afandining ayoli sumkamga qoʻl solgandek boʻldi. Bu ham Onadoʻliga xos nazokat edi. Keyin qarasam, biroz pul slogan ekan. Ikki enlik xat ham bor:»Biz seni juda yoqtirib qoldik. Sen jannatlarga loyiq bir qizsan. Har qanday qaygʻuli onlaringda, sevinchli kunlaringda doʻst kabi senga quchoq ochishga hozir ekanimizni unutma».

Koʻzlarim yoshga toʻldi. Qanday yaxshi odamlar. Shunchalik yaxshi boʻlish zarurmi sizlarga? Toʻgʻrisi, qalbimni, mehrimni oldingiz. Yuragimni sizga qoldirdim. Umid qilamanki, sizlarni yoʻqlaydigan darajada sof va pokiza bir tuygʻu haligacha qalbimga begona emas. Ammo qayerda u...Bu qahqirlar davrasida sof va pokiza qolish mumkinmi? Gʻuborli hislarim bilan oʻzimni bu yerda begonadek sezdim. Ajoyib, pokiza va huzurbaxsh muhitni buzishga haqqim yoʻq edi. Shuning uchun barcha sirlarni ortda qoldirib, yoʻlga chiqdim. Yana sovuq chehralar, jirkanch rejalar toʻla manfaatlari har narsadan ustun boʻlgan bir muhitga qochayotgandeim. Baxsiz inson baxtiyorlikni ham his etolmaydi. Koʻramiz,»jondek aziz doʻstlarim» menga yana qanday tuzoqlar qurisharkin?

Istanbulda, qahqirlar davrasida.

Mana, Istanbuldaman. Bir huquqshunos talaba dunyoni tuzatishga kirishdi. Yuksak orzular yoʻliga tushgan buyuk sohaning vakili boʻlmoqchi yolgʻiz yosh qiz. Amina ham Anqarada. U ham tibiiyot fakultetiga kirdi. Bilaman uning kelajagi porloq. U oʻzini himoya qila oladigan va tahlikani oldindan sezadigan aqlli qiz. Uning fikr dunyosini va gʻoyalarini yoqtirmasam ham, bu haqiqatni tan olaman. Men-chi? Bulgʻangan, toptalgan, zulmatli bir keljak. Chunki men burnimning uchini koʻrolmaydigan qoloq fikrli odamman. Har qancha ilgʻor, inqilobiy nutqlar soʻzlasam ham... Amina va ota-onasi men uchun koʻp qaygʻurishdi. «Senga ishonchli bir joy topamiz. Istanbul katta shahar, koʻchalarda har turli tahlika kezadi. Yolgʻiz oʻzing qiynalasan», deyishdi ular... Yoʻq... Yana qaysarligim tutdi. Keljagimni oʻzim tanlayman. Kuch qudratimni isbot qilaman. Hech kimning hayotimga aralashuvini xohlamayman. Davlat yotoqxonasiga joylashdim. Ammo mening nomim, ovozam oʻzimdan avval yetib kelgan ekan...Atrofimni bir guruh «ipini uzgan» yoshlar oʻrab olishdi. Ilgʻorlar, nurlilar,hurriyatchilar va yana shu kabi toifa vakillari... Men kim boʻlibman oʻzi? Topilmas bir aksilon yoki toʻshaklarni isituvchi et-ustixon yigʻindisimi? Bunaqa savollar hech tugamasdi. Xato niyatli, qoloq fikrli, qat’iy qarorli boʻlganim uchun emas, menga shundaylar uchrayotgani uchun. Boshda darslarga yaxshi qatnashdim. Ammo menga osilganlar yanada kuchli chiqdi

U yoq bu yoqqa tashlay boshladim. Maktabga bormay qoʻydim. Ilk borganlarim har xil guruhlar, «sotsial faolliklarni oshirish» nomi ostida iflos ishlar qiladigan joylar edi. Inqilobchilar, komunistlar, marksistlar, eronchilar, giyohvandlar, bilmayman yana nimalar... Qorishiq, iflos...Har tomon ostin-ustun. Va bir yosh qiz. Sohasini, gʻoyasini asta sekin yoʻqotgan, kuchi, irodasi nuragan bir qiz... «Ortimga tushgan, qoʻlimdan tutgan yoshlar soyasidan burnimni har teshikka suqardim. Ilk yoqtirgan odamim juda fe’li tez chiqdi. Uni tutib keltirishdi. Qilmishi yo davlatga qarshi bir namoyish yoki geroin tijorati... Har ikkisidan ham bor. Dinni bilmaydi,Allohni tanimaydi. Ba’zi oʻxshashliklarimiz bor. Ammo uning ahloqsizliklari menikidan oʻtadi. Shunaqa daydiliklari na yaxshi fikr qoldiradi, na umid uygʻotadi. Asl maqsadi pul, foyda. Yana soxtalik va tuzoq. Aytish joiz boʻlsa ayatman. Huquq fakulteti haqidagi shirin hayollar tugadi. Har kuni qilganimiz ichkilik ichish, qoʻshiq kuylash va uchish. Ha, uchish...Keyin esa dunyoni qutqarmoqchi boʻlgan bir daydining yotogʻida koʻzlarimni ochaman. Mana senga va’da qilingan «ideal hayot». Istanbul meni juda tez yutib yubordi. Qarshimda yana bir zarba muallaq turibdi. Ularga qoʻshilishga majburman. Pul yoʻq, joy yoʻq, ovqat yoʻq. Allohning qahriga uchrasin bunaqa inson. Oʻzimdan jirkanaman. Oʻzimcha «zamonaviy hayot ayoli» boʻldim. Ba’zi inqilobchi oʻrtoqlarimni fikricha, bu yaxshi. Ayol ham, erkak ham oʻzi xohlaganidek yashashi kerak. Shunday yashash mumkinm, bilmayman? Ba’zi narsalarni bila turib tepaman. Oʻzim xohlab, oʻzim yigʻlayman. Yaxshi odamlarga ham duch keldim, albatta. Oʻjarligim ularni koʻrishga, ergashishga toʻsiq boʻlardi. Amina, dadasi, Imom afandi, matematika oʻqituvchisi...Bu insonlar meni juda yaxshi koʻrishdi. Himoya qilmoqchi boʻlishdi. Yordam bermoqchi boʻlishdi. Men esa? Zehnli, aqlli, ilgʻor fikrli, inqilobchi boʻlaman, deb ularni mensimadim. Koʻzing koʻr boʻlsin. Bilaturib jarga qulash deganlari shu-da...

Shu erkinlikmi?

Istanbulda mustaqilman,shundaymi? Shoʻri qursin bu erkinlikning. Tashqariga chiqsang ortingdan bir suruv it...Toʻsatdan oromingni buzishadi. Oʻqishga ketyapman. Juda orqadaman. Tartibga kelishim qiyin. Yotoqxonadan ayrildim. Uy topishim kerak. Ammo ijaraga katta haq toʻlanadi. Har galigi toʻlov ruhimdan, rostgʻoyligimdan, xayollarim va idelimdan bir parchasini olib ketadi. Shumi erkinlik? Yoʻq, azizim, yoʻq. Sen erkin falonchi emassan. Toʻrt devor ichida yashayotgan qishloq qizining fikrlarida sening bu qarashlaringdan ilgʻorroq bir erkinlik bor. Gapir? Amina, Imom afandi mendan koʻra erkin emasmi? Men zamonaviy,ular eskicha. Miyamga bunday mantiqsiz fikrlar qaydan keldi? Endi ulardan qutulolmayapman. Chiqarib tashlolmayapman. Ichishni xohlayapman, boʻlmaydi. Uchishni xohlayapman. Qaygʻularimni unuttiruvchi sehr kerak. Shu ahvolda kesam manzil juda yaqin. Kinlarim yomon xonalarda, iflos uylarda, tark etilgan burchaklarda oʻtmoqda.U yerlarda ichar, faqat ichardim. Keyin esa ukol. Topsam, albatta. Hozircha piyodaman. Ukollarni tashiydigan qizlar bor. Bu ham bir tijoratmi? Keyin esa chidab boʻlmas iztirob. Mudhish boʻshliq...Nega yashayotganimni, qayerdaligimni unutaman. Qaniydi, umuman uygʻonmasam. Bir mikrob yoʻqolardi. Ba’zan inqilobchi doʻstlarim majlisiga qatnashaman. Haqiqat haqidagi yolgʻon gaplarga kulib qoʻya qolaman. Oh, haqiqatlar, tildagidek toza boʻlsa, toʻgʻri chiqsa. «Obroʻli kurash, toʻgʻri hayot, inson haqlari...»qanchalar goʻzal emasmi? Xuddi shunday deb hayqirganlarning hayotimizni zulmatga aylantirishi, bizni bir matohdek ishlatib, soʻngra tashlashi? Mana shuning uchun isyon qilardim. Shuning uchun ichib alamlarimni unutmoqchi boʻlardim. Kunlarim azobli, oylar umidsiz. Zoʻrgʻa ikkinchi kursga oʻtdim. Bu yogʻI yoz mavsumi. Aminaning yuzlarcha da’vatlari ortda qoldi. Necha marotaba Imom afandining ayoli va matematika oʻqituvchim yoʻqladi. Yoʻq, yoʻq. Yonimga kelmang, mendan yaxshilik kutmang. Ular bilan gaplashsam, yanada terslashardim. Aminaning ahvol soʻrashi, matematika oʻqituvchimning chin dildan samimiy bir tarzda «Qandaysan,qizim?» deyishi...Imom afandini ayolining «Seni sogʻindik» deyishi yuragimga bir ogʻriq solardi. Bu yaxshi insonlarni koʻrgach, ichimda bir mudhish kurash boshlanardi. Oʻzimni hisob berishga majburlovchi bir tuygʻu...Qilmishlarim uchun meni ayblovchi bir ovoz. Shunday paytlarda oʻzimni burda-burda qilib tashlagim kelardi. Nega men bunchalik yomon odamman, deb ezilardim.

Eng yaxshisi ular bilan koʻrishmaslik. Ichaman, ichaveraman, oʻzimni yoʻqotaman, alamlarimni unutaman. Yozda yana bekorchiman. Ish topishim kerak. Ammo meni oʻgʻirlaganlar also oʻz holimga qoʻyishmaydi.»Biz senga pul, ovqat, yoradigan joy beramiz». Toʻgʻri berishadi...Ammo endi yetar, axir mening ham izzat-nafsim bor-ku...Nomim, ishim, obroʻyim, ayolligim boʻlishi kerak. Yoʻq hammasi bir-biriga qorishib ketadi. Oʻzgarmas vat ark etilmas bir muhitdaman. Necha toʻshak, necha «sevgili» necha aldagan insonlar yoki aldanganlar...Titrayman, uyalaman, boshimni devorlarga uraman. Meni xalos etuvchi yoʻqmi...Ammo qutqarmoqchi boʻlganlarga ham yaqin yoʻlamayman. Bu holat meni yiqitadi. Ular yonimga kelishganida oʻzimcha ulardan intiqom olardam. Qanday qilib, deysizmi? Ayollarni matohdek biluvchi va koʻpxotinlikni yoʻqlovchi va bu haqda nutqlar soʻzlovchi oxirgi «sevgilimni» atay aldadim. Tabiiyki, aqldan ozayozdi...

Bir daqiqa,xojam, xoanmga yana oq xalatlilar kirishdi. Ikki vrach, ikki hamshira. Natijalar haqida bahslashishmoqda. Koʻzlarida umidsizlik seziladi. Men soxta tabassumlaridan payqadim. Ishlar toʻgʻri ketyapti. Yetar, bu umrga koʻp narsani sigʻdirdim. Balki bir necha kishining hayotini yashadim. Bular ketishsin, keyin davom etamiz...

Ayolim ikkimiz joylashib olgan xonaga oʻgʻlim va qizim kirib kelishdi. Bizni koʻzlarimiz yoshli, bezovta va gʻamgin koʻrib sababini soʻrashdi.
— Maktub,-dedik. Ammo bu safar umuman boshqacha. Shuni oʻqiyapmiz. Qaysar qiz ekan, bir qancha toʻgʻri odamlarni yaxshi koʻrmaydi. Shu sabab boshiga tushmagan balo yoʻq.Qaraylik-chi, qanday tugarkin. Biroz suhbat qurib, dam olgan boʻldik. Bunday hayot toʻzonida, aybning katta qismi Ayselning oʻzida. Yordamga choʻzilgan shuncha qoʻlni ortga surdi. Onasining omonatlarini olmagandan keyin, oladigani nima boʻlardi...Yigʻlayinmi, jahl qilayinmi? Oʻqiylik, koʻramiz natija nima boʻlarkin?

Insoniylik qadrimni yoʻqotdim.

Salom xojam, davom etamiz. Endi natijalar meni bezovta qilmaydi. Oladihganimni olib boʻldim.

Endi bir koʻcha qiziga aylangandim. Inqilobiy nikoh bilan turmush qurgan kishim mendan ham jinni chiqdi. Jizzakiliklarimga qoʻshilardi. Haqiqiy ma’noda razolatga botdim. Insoniylik qadrimni yoʻqotdim. Endi yomon soʻzlar, haqoratlar meni ranjitmasdi, ta’sir etmasdi. Chunki, ranjish insoniylikni belgisidir. Hech auras unda bir fazilat borligidan ishora. Endi haqoratdan ranjimaganim uchun butun yaxshiliklarni, insoniylikni oyoqosti qildim. Shu bilan menga ishingan va umid qilganlarni ham uyaltirdim. Turmushimiz uzoq davom etmasligini hamma bilardi. Erim ehtimol tentakdir. U ham bu ishga chiday olmadi. Koʻpxotinlikni yoqlaydiganlardan edi. «Nima ahamiyati bor jonim, koʻngil kimni xohlasa»,-derdi. Qilmishlarimdan u ham aqldan ozardi. Men ham. Ortiq oʻzimni taniyolmaydigan ahvoldaman. Goʻyo ichimda ikki holat kurashardi. Yaxshi insonlar qoʻllashga, himoya qilishga harakat qilayotgan men bilan Istanbulning koʻcha bezorilari orasidagi qiz kurashar edi. Hozircha Istanbul tomon gʻolib. Oxirgi «sevgilimdan» ham ayrildim. Beyoʻgʻli tomonda edim. Topgan oʻrtogʻimdan dori olib uchardim. Yoki aqlni zaiflashtiruvchi biror narsa. Ichim toʻla, asabiy holda, boshim yorilgudek ogʻriyapti. Agar hech narsa topolmasam juda yomon ahvolga tushaman. Bu la’nati odat hech narsani tinglamaydi va kutmaydi. Bu ishda sabr ham qilib boʻlmaydi. Avtobus bekatida turganimda kimdir meni turtdi;
— Aysel,qizim,-dedi, tanish bir ovoz.

Orqamga oʻgrildim. Imom afandining ayoli.
— Siz nima qidiryapsiz,-deya oldim zoʻrgʻa. Meni qucholqadi, yonoqlarimdan oʻpdi. Zoʻrgʻa turgan gavdamni qiyinchilik bilan jonlantirishga harakat qildim. Biroz narida turgan Imom afandi ham hol-ahvol soʻradi. Allohim!Ayni vaqti edi goʻyo. Uchib oʻzimni yoʻqotay deganimda, imom afandiga yaqin bordik. Boʻladigan narsami?
— Biz mehmonxonaga ketyapmiz. Agar imkon boʻlsa kel, oqshombirga oʻtiramiz. E’tiroz bildirolmadim. Aslida qarshilik qilmoqchi edim. Ammo ichimda qandaydir bir kuch toʻxtatdi goʻyo. Birga yoʻlga tushdik.
— Xoja afandi huquq fakultetida oʻqiyapti. Imtihonlarga keldi. Men ham biroz hastalandim, tekshirmoqchiydim.

Demak, Imom afandi oʻqiyapti! Voy, erinmaganey...Qulning aqidaparastligiga qara. Oʻzlashtirib ilgʻorlarga qoʻshiladi. Bunisiga chidayolmayman. Nima boʻlganida ham tabriklashim kerak. Nima qilay? Atrofimda bunaqa yoʻlboshci topa olmadim. Topgan yoʻlboshchilarim qarshi fikr bilan chiqishdi. Xoy,Allohning balolari, biznkilar, qayerdasiz?
— Oʻqishing qanday qizim?-dedi Imom afandi. Zoʻraki boʻlsa-da, biror nima deyishim lozim.
— Bu yil ikkinchi kursdaman. Biroz qiyin, lekin amallayapman.
— Oʻqituvchilaringni yaxshi taniyman.Ular mening ham oʻqituvchilarim edi. Hozir ham ular oʻqitishmoqda. Oʻqishim tugash arafasida. Doktorlikka tayorlanyapman.Doktorlik bitsa, huquq fakultetida muallim boʻlmoqchiman. Kursimizda eng a’lochisi menman. Oʻqituvchilar ham meni koʻz ostiga olib qoʻyishgan. Sen ham harakat qil, bir lmiy ish boshlaysan.

Men jim turardim. Oʻzimga-oʻzim derdim:»Kel, aqldan ozma.Shu insonlarning yaxshiligi, seni yoqtirishi va mehribonligi uchun ham aqldan ozma. Mendek tugab boʻlgan bir qizga nechun bunday koʻmak? Meni tushuning. Mening bir koʻcha qizi ekanimni tushunishingiz uchun yana nima qilay? Tushunadilar, tushunib turib, men bilmagan yaxshiliklarni qilishadi. Oqshom mehmonxonada bir oʻtirdik. Ularning subati menga huzur baxsh etardi. Bir daqiqa boʻlsa-da, boshqa narsalarni unutdim. Ikkita farishtadek insonning siymosiga mahliyo boʻldim, na bosh ogʻriq qoldi, na karaxtlik. Bir dam oʻyga choʻmdim. Bular bilan birga qishlogʻimga kesam...Vayrona uyimizda, yolgʻiz oʻzim baxtliroq boʻlmasmidim? U yerda inson goʻshtini bozorga soladigan toʻngʻizlar ham yoʻq, qtrofimni oʻragan och qahqirlar ham. Kirlangan tanani suv bilan yuvmoqchiman. Nopok ruh, ahloq va insoniylikni ham!

— Meni ham qishloqqa olib kesangiz...Togʻlar orasida izsiz hayot kechirayin. Mushuklarga,itlarga, eshaklarga oʻrganib qolaman. Bas, meni qutqaring. Balki tavba qilib oʻzgararman. Balki onam orzu qilganidek dindor qiz boʻlarman yoki meni shu holimda qabul qiluvchi ham topilar. Farzandlar koʻrib, onalik baxti bilan yasharman.

Har holda oʻz-oʻzim bilan gaplashardim.
— Biror nima dedingmi,Ayselim,-dedi imom afandining ayoli.
— Yoʻq,-dedim. Oʻylayapman faqat. Oʻsha kecha meni ham mehmonxonada olib qolishdi. Imom afandi ham, ayoli ham menga nasihatlar qilishdi. Ammo bularni tinglab,tahlil qiladigan miya qayerda? Faqat shunga aminmanki, bunday oilada yashasam, men ham baxtiyor boʻlardim. Qani bunday imkoniyat? Oʻqishni uchinchi kursda tashlashga majbur boʻldim. Giyohvandlik tufayli boshimiz melisalar bilan janjaldan chiqmasdi. Koʻpxotinlik, ajralishlar...Hammasi bir xil masalalar...Atrofda qashqirlar, oʻrtaning qizi edim...Besh soʻm pul topish harakatidaman. Aslo tushuntira olmayman, also xotirlashni xohlamayman bu jirkach hayotni. Bir doʻkon yonida ochlikdan bexush yiqildim. Eslaydiganim – qornimni toʻydiruvchi bir parcha nonga qaraganim. Kichik bir shifoxonada oʻzimga keldim. Katta-katta koʻzlarini menga tikkan bir doctor. Yonida yana bir kishi. Qoʻlimdagi igna izlari meni qanday qiz ekanimni bildirib turardi. Hanuz 22 yoshdaman. Bardoshi tugagan bir vujud. Doktor meni shu yerda qoldirdi.
— Jiddiy savol bor,-dedi. Bu balodan qutulmasang, uzoq yashamaysan. Alohida qon tahlili qildik. Ba’zi savollar tugʻildi. Bular jiddiy, sogʻliqqa oid savollar edi. Oʻzingni qoʻlga olib, sogʻligingga e’tibor berishing kerak.

Gapirgancha gapirdi. Yaxshi inson edi. Men uchun foydali takliflar aytdi.

Och qolmay deb...

Doktorning yonidagi keksa kishi meni bu yerga keltirgan edi. Ayyubda yashaydigan yolgʻiz biro dam. Ikki yil avval ayolini yoʻqotgan ekan. Farzandlari esa boshqa joylarda yashashar ekan. Men bilan qiziqdi, yordam berdi. Salomat boʻlsin. Eng ogʻir ahvolda shunday bir insonga uchradim. Ammo bus afar qta’iy qaror qildim. Bu odamni tashlab ketish yoʻq. Chunki chorasizman. Meni issiq uyiga kiritadigan insonga ehtiyojim bor. Ortiq tanlash imkonim yoʻq. kimligidan qat’iy nazar, meni uyiga olsa boʻldi...U kishiga dardimni aytdim. Nihoyat rozi boʻldi. Ammo yolgʻonchi boʻlmay deb, bor haqiqatni aytdim. Tavba qildim. Ayyub Sultonga birga borib, duo iltijo etdik. Ishinmasangiz kerak. Dahriy bir qiz dindor kishi bilan turmush qurdi? Men 22 yoshda, u esa 60ga yetgan biro dam. Men biroz tartibli, ehtiyotkor qiz rolini oʻynay boshladim. Hatto boshimga roʻmol ham oʻradim. Buni qarang, inqilobchi, dahriy qiz musulmon boʻldi-ya? Bunga kim ishonadi? Albatta, bu odam mendek bir dahriyni iymonga keltirgani, yoshgina bir xonimni topgani uchun...Hech boʻlmasa oʻzicha shunday deb hisoblagani uchun koʻp xursand boʻldi. Haqqini inkor etolmayman. Buyuk bir mehr bilan menga sohib boʻldi. Dastlab olti oy giyuhvandlikka qarshi davolandim. Endi tuzala boshlaganimda jigar xastaligiga chalindim. Ustiga-ustak jigarim shisha boshladi. Kanserni ancha vaqtgacha mendan yashirishdi. Ammo bilib oldim. Ichkilikning, giyohvandlikni, hapdori va giyohvand moddalar ta’sirida chalajon boʻlib qolgan jigar. Keksa turmush oʻrtogʻim meni davolattirdi. Hatto moʻjiza roʻy berayotgan edi. Sogʻligim tiklangani haqida ma’lumot ham oldik. Shu orada zarba yedim. Keksa hoʻjayinim yurak xastaligidan vafot etdi. Nima boʻlganida ham oylik nafaqasini menga qoldirdi. Sogʻliq sugʻurtasi bilan davolana boshladim. Ammo bir kuni farzandlari kelishdi, uy kalitini qoʻlimdan olib, meni koʻchaga haydashdi. Ularning fikricha fohisha bir ayol otalarini boplab aldagan edi. Baribir, hoʻjayinimdan xursandman. Meni davolatib, nafaqa bilan sugʻurta qoldirdi. Istanbuldek katta shaharda yolgʻiz ayol uchun bu oz narsa emas.

Oh, bu shoʻr peshonam! Kasallikni yengib, sog;ayib ketishga ishonchim bor edi. Ahloqimni tuzatayotgan edim. Hattao kasalxonadan chiqib, Ayyub Sulton ziyoratiga ham borishni oʻylab qoʻygan edim. Ya’ni, Amina va Imom afandining aytgani boʻladi. Shu tariqa halovat topishimga ishonar edim. Ammo iplar uzildi. Yaxshi oʻtayotgan hayotim buzildi. Yana eski jarga quladim. Oʻsha hayotgan, yana och qashqirlar davrasiga qaytdim. Faqat bus afar borsa-kelmas bir yoʻl. Oxiri berk koʻcha meni kutayotgan edi. Necha kun ma’nosiz,maqsadsiz kezdim. Kimlarga uchradim, kimlar bilan yotib-turdim, bilmayman. Yana koʻchada qoldim. Hushdan ketib yiqilgan edim. Ochlikdanmi yoki kasallikdanmi? Menimcha ochlikdan, doktorlarni fikricha kasallikdan.. Marhum keksa xoʻjayinimning nafaqasini olaman. Ammo qancha deng! Bir martalik kayfga ham yetmaydi. Ichkilik, sigaret, tuz-non uchin bir haftaga ham yetmaydiKeyin esa...Oʻsha manzaralar.Kasalxonada yana biroz davolandim. Ammo bu azobga chiday olmadim...Bir tekshiruv vaqtida qochdim. Pristanda yana bir moʻysafid bilan tanishdik. Hammasi shunday boshlanar yo...Falakdan bir necha kinga oʻgʻrilangan vaqt...Natija esa ma’lum...

Ammo bu moʻysafid menga koʻp yaxshilik qildi. Mendek ayolga sevgi izhor qilsa boʻladimi? Koʻpdan buyon eshitmagandim bunaqa gaplarni. «boʻlsa-boʻlar» dedim. Hech qursa yana biroz yashaymanku... U kishi anqaralik ekan. Qat’iy turib oldi. Boshqa ilinjim bormi oʻzi/ Ortidan tushdim. Ahmoqligim qursin deyinmi? Shuncha «tajribadan» keyin ham yana aldanish? Bu odam ayollarni bozorag olib borib sotishni ustasi ekan. Bu yerda ham bir janjal boʻldi. Ammo menda kuch quvvat yoʻq edi. Kasalim ogʻir edi. Oyoqda turolmasdim. Butkul holdan toygan edim. Bitayotagn bir hayot. Har kunim soʻnggi kundan ham ogʻir kechar edi. Ha, xato qildim. Balki shu paytgacha oʻzimni bunchalar ayblamagandirman. Bir dahriylik, bir inqilobchilik va yana bir qancha razolatlar, yetib boʻlmas bir maqsad sari ketayotgandim. Juda qaysarman. «Toʻgʻrilarni» agar mening fikrim boʻlmasa qabul qilmasdim. Holbuki, ’toʻgʻrilar» faqat mengagina tegishli emasdi. Boshqa toʻgʻrilar ham boʻlar edi. Eng katta xatoim ham shu edi. Oʻzim balsam-da, atay jamoaga qarshi chiqardim. Shu bois burnimni har tashikka suqardim. Har safar bir magʻlubiyatga uchrar, ammo hech aqlim kirmasdi. Ya’ni, bu be’manu hayotning sababchisi oʻzim edim.

Toʻrtinchi Boʻlim.

Oʻzimni oʻldirmoqchi boʻlgan kunlarim.

«buni qarangki, men jonimga qasd qilishni oʻylarkanman, ishonib boʻlmas voqealar ham navbat bilan tizilishmoqda edi...

Alloh bor boʻlsa...?

Yana hayotimning bir sahifasi yopildi. Oʻta jiddiy va iztirobli sahifa. Katta bir shifoxona boʻlimida koʻzlarimni ochdim. Ish tugagan ekan. Kasalligim bir sabab sifatida meni jonimga qasd qilishdan saqlb qolgan ekan. Yana shifoxonadaman, ya’ni oʻlim toʻshagida. Oʻlimni koʻryapman, biroz narida turib meni kutmoqda...Shunday ayanchli kezlarda maktub yozib, kimdir ovozimni eshitsin, deya qogʻozni qoralamoq...Nega deysizmi? Oh, qaniydi buning javobini balsam. Balki yana puch xayollarga berilayotgandirman. Balki, ayblanish, haqoratlanish va xoʻrlanish uchndir. Balki, «Men shunday qildim, siz ehtiyot boʻling», deyish uchundir. Yoki bir tasalli ma’naviy bir koʻmak, balki duo olishdir maqsadim...Balki bulardan hech biri uchun emas, oʻzimdan bir xotira, ma’lumot qoldirish uchun. Nima boʻlganida ham...Ammo bu maktubni yozish uchun katta kuch sezdim. Goʻyo bu maktubni yozish uchun alohida berilgan bir quvvat...Hayotni yangidan yashash, oʻzimni soʻnggi marotaba soʻroq qilish uchun bir quvvat edi bu. Maktubni yoza boshlaganimga ikki kun boʻldi. Bir necha soatda yozib, tugatishni oʻylagan edim. Ammo bunday boʻlmadi. Har xil tuygʻular, turli fikrlar, holatlar va ularning bir-biridan farqli izohlarni his qilib, qogʻozga tushira boshladim. Holbuki, maktubni boshlarkanman, jonimga qasd qilish niyatim qat’iy edi. Bu maktub orqali hayotimni zaharlagan benomuslarga soʻnggi arta nafrat bildirmoqchi edim. Ammo shu ikki kun ichida maktub bitarkanman, hayotimni qaytadan tahlil qildim. Toʻgʻri ishlarim bilan xatolarimni solishtirdim. Qaysidir ma’noda oʻzimga hisob berdim. Bu hayotimning umumiy bahosi edi. Ehtimol, bugungacha hech oʻylamagan va hatto aqlimga ham sigʻdirolmagan muhim farqlarni sezdim. Eng muhim farq:bu borliqning, koinot va insonlarning ulugʻ bir Yaratuvchisi borligini anglayotganim edi. Avvalboshdan qat’iy tarzda «yoʻq» deya keskin uzib tashlaganim bu mavzuni, aqlim qabul qila boshlagan edi. Xoʻsh, Alloh bor boʻlsa? Alloh bu koinotni va insonlarni yaratgan boʻlsa? Bizdan qilgan hamma amallarimizni soʻrasa? Bu hisobga men qanchalik hozirman? Mana shu savol, bir gumon tarzda boʻlsa ham, ichimni, aqlimni kemira boshlagandi. Maktub yozarkanman, dilimga yangi bir quvvat sezardim.Goʻyo qalamim meni bir tomonga boshlayotgandek...Men istamagan, bu haqda oʻylashni ham xohlamagan bir tomonga. Endi oʻzim ham bu maktubning qanday yakunlanishini qiziqish bilan kutayotgandim...Xojam yana charchadim,darmonim quridi yana.Ertaga davom ettiraman degan umiddaman...

Bugun uchinchi kunki maktub yozyapman. Ammo bugun butkul oʻzgacha holatdaman. Mudhish tuygʻular qurshovidaman. Bu satrlarni yigʻlab, faryod chekib yozyapman. Vaqt yarim tundan oshdi. Ishonib boʻlmas hodisalarni boshdan kechirdim. Butun tanam titrardi. Dahshatli hayajonda edim. Goʻyo yuragim qinidan otilib chiqib ketadigandek..

Oʻzimni zoʻrgʻa qoʻlga olib, bu voqelarni sizga bayon qilmoqdaman.Bu voqealar hayollarimni ostin-ustun qilib yubordi. Bir zumda dunyoimni oʻzgartirdi, zehnimni xiralashtirdi. Hayajonimni bosolmayapman. Barmoqlarimda, umuman kuch yoʻq. Nima qilayotganimni bilmayman. Qalam qoʻlimdan tushib ketyapti. Tunning ikkinchi yarmi. Quyuqlashgan qonni tortib olishganiga ham bir soat boʻldi. Uxlasin deb ukol ham qilishdi. Xonada yolgʻizman. Boshsiz, adogʻsiz qorishiq oʻy-fikrlar aro bir yoʻl izlayapman. Yana hayot kemamni oʻngga-’soʻlga burib, bir umid, bir ilinj kutyapman. Oʻylayapman. Koinotning boshi boʻsh qoʻyilganmi? Yoq’lik va cheksizlik sari uchyaptimi u? Bir kun kelib, butun jonzotlar va barcha insonlar oʻlib, hamma narsa yoʻq boʻlib ketadimi? Bu olamlarning yagona Allohi bormi? Hamma narsa Uning amri biraln boʻladimi?Biz oʻlganimizdan keyin, yana qayta tirilib, hisob beramizmi? Men orzu qilganim, qoʻllarimni tutib, tizzalariga bosh qoʻyishni xohlaganim onamga, dadamga, akamga yetisha olamanmi? Agar jahannam bor boʻlsa, men shu holimda, u jannatiy insonlar bilan topisha olamayman. Yana tinchim yoʻqoldi. Ya’ni, qayta tiriladigan boʻlsam, menga tinchlik va rohat yoʻq, boʻlmaydi ham. Yana boshi berk koʻchalarga kirib qoldim. Iztirob chekyapman.

Allohning izni bilan.

Shunga oʻxshash hayollar bilan oʻtgan yillarimga nazar tashlar ekanman, xonamning eshigi gʻichirladi. Tushimmi yo oʻngimmi? Eshik tomonga oʻgirildim. Ikkita ayol, oppoq, top-toza libosda. Oʻrangan. Boshlari ustida oʻzgacha nur. Yuz – koʻzlaridagi nurlar ichimga kirib, iliqlik paydo boʻldi. Koʻz-koʻzga toʻqnashdi. Shunchalar muloyim, mehribon boqishlari, tabassumlari borki, goʻyo atrofni oʻzlariga rom etishdi,meni oʻsha sirli olamga tortishdi. Bular kim? Hamshiralar emas, Hamshiralarning boshlari ochiq, boʻylari kichik, ular unchalik yoqimli ham emas. Tunning bu paytida meni kim ham yoʻqlardi. Bu nurli chehralarning, umuman, boshqacha ta’sir kuchini sezdim. Xona ularning ajib nuriga toʻldi. Ular quloqlarimni, miyamni, butun vujudimni chulgʻagan,ta’sirlantirgan bir ohangda:
— Alloh shifo bersin, qizim,-dedi oʻng tomondagi ayol.Ikkinchisi esa qoʻllari oldinda, bogʻli, goʻyoki «tayorlan» degandek qarab turardi. Men rahmat deya olmadim. Chunki karaxt boʻlib qolgandim. Yuzlariga hayajon, qiziqish bilan titrab qarab turardim. Shu qadar hayajonda edimki, yuragimning otashi koʻksimni kudirar, goʻyo parcha-parcha boʻlib ketgudek edi.
— Siz kimsiz, nima istaysiz mendan,-deya soʻramoqchi edim, mendan oldin ayol gap boshladi.
— Bizlar Allohning izni va Paygʻambarimizning sav amri ila nochor qolgan, yordamga muhtoj va yordamga munosib boʻlgan musulmonlarga koʻmaklashamiz.

Soʻzlari shunchalik ta’sirli va muloyim ediki, har bir soʻzi menga xush yoqar, ichimni kuydirardi. Bir zumda bu soʻzlar minglarcha, milyonlarcha aks-sado bera boshladi. «Allohning izni va Paygʻmabarimizning amri ila nochor, yordamga muhtoj va yordamga munosib musulmonlarga koʻmaklashamiz».

Qandaydir umid paydo boʻldi: demak, meni Alloh va Paygʻambar nazardan chetda qoldirmadi, yordamga loyiq inson ekanman, shundaymi? Bu juda muhim. Balki soʻnggi najot yoʻli...Men shularni oʻylarkanman, kelgan ayollar fikrlarimni oʻqirdilar.
— Alloh hamma narsani koʻrguvchi, bilguvchi va koʻmak berguvchidir. Paygʻambarimiz esa, ummatlarida boxabar, nochor qolganlar koʻmak uchun shoshilguvchidir. Olamning ajoyib tartibi Allohnung ilmi va qudratidandir. Son-sanoqsiz ne’matlar esa,Allohning qullariga ikromidir. Alloh qullarini Oʻzini tanishi va qullik vazifasini ado etishlari uchun yaratgan. Insonlarga amri, irodasini bildirish uchun paygʻambarlar va kitoblar yuborgan. Ne koʻrgulikki, ba’zi insonlar shaytonga qul boʻlib, nafslariga erk berib, dunyo lazzati va zavqiga berilib,Allohni butkun unutishadi. Bunday insonlar hatto pashshaga diqqat bilan boqsalar edi,uning qanchalik moʻjazaviy qudrat bilan yaratilganini koʻrishardi. Bunday moʻjizalarda hamisha Allohning ilmi va qudrati namoyondir. Ammo johillar shaytonga va nafslariga erk berishdi. Oʻylamadilarki, insonning dunyoga keltirilishi qanday moʻjizalarga boy boʻlsa, oʻlimidan soʻng qayta tirilib, hisob berishi ham shundaydir. Insonni yaratgan qudrat Sohibiga uni takror tiriltirish hech qiyin emas!

Bu soʻzlar mening fikrlarimga, dunyoqarashimga, hayotga munosabatimga achchiq va ta’sirli javoblar edi. Bularning hammasini necha qaytalab oʻqituvchilarimdan, oʻrtoqlarimdan eshitgan boʻlsamda, nega bunchalik ta’sirlanmadim? Har bir soʻz, har bir gap miyamda aks-sado berar, asli qarshilik qilishga yoʻl qoʻymasdi.
— Onang seni koʻp duo qiladi,sendan xavotirda. Tayorlan, tavba qil!Allohdan kechirim soʻra!Uning rahm-shafqati gʻazabidan, jazosidan buyukdir. Allohga yolvor, xatolaringni tuzat. Chunki sening umring juda qisqa qoldi.

Koʻz oʻngimda mayin ovozli, mehribon va nuli bilan xonani toʻldirgan ikki ayol gʻoyib boʻldi. Faqat eshikning gʻichirlagani eshitildi, xolos.

Endi nima boʻladi?

Allohim, endi men nima qilay? Nochor qolgan gunohkor bir qulingni bunday yordamga loyiq koʻrganing uchun endi men nima qilay? Yigʻlayinmi? Faryod chekayinmi?Oʻzimni ming marotabalab senga qurbon qilayinmi? Alloohim, shu choqqacha gunohdan, razolatdan boshqa narsani bilmadim. Duo qilish, yolvorish, iltijo qilish, namoz oʻqish...Hech birini bilmayman.Terlab, hamma narsam shalabbo boʻlgan edi. Dahshatli bir hayajon va qoʻrquv ichida oʻzimga keldim. Oʻrnimdan turdim. Ha,Alloh bor. Bu olamning egasi U, biz Uning qulimiz.Ammo hech bir tafsilotni bilmayman. Nimadan va qanday boshlayman? Nima boʻladi, menga kim yordam beradi?

Faryodimga, qichqiriqlarimga hamshiralar yugurib kelishdi. Tabiiyki,ularga koʻrganlarimni tushuntira olmasdim.
— Hech qisi yoʻq,-dedim. Qoʻrqib ketibman...

Oʻlimim tobora yaqinlashmoqda. Boshim qotgan, xato qilganlarimni, egri yoʻldaligimni aytib hayqiraman. Bu koʻrganlarimning hammasi men uchun oxirgi imkoniyat, soʻnggi fursat ekanini bilaman. Buyuk Alloh meni kutib turganini ham bilaman. Ammo yoʻlning oxiriga keldim, endi nima qilishni ham bilmay qoldim.Qorishiq fikrlar, ma’nosiz hayollar tubida bir kuch topdim. Alloh...Ha, ilk marotaba bunday kuchli hayajonlasnih...Alloh! Ehtimol hamma narsa tugab, butun shubhalar yoʻqolganidan keyin bu kuch yuzaga chiqayotgandir. Yoki boshqa choram yoʻqligi uchun...Nima boʻladi, biror kishi kela qolsaydi. Men ketyapmanku. Kimdir menga Allohni,oʻzimni va oxiratni anglatsaydi. Nima boʻladi endi? Hamshiralarga, doktorlarga yolvorardim.
— Amina ismli tibbiyot insitutida oʻqiydigan bir dugonam bor. Uni topishim kerak, koʻrishim kerak.U kelsin, nima boʻlsa ham, kelsin.Kelib menga tushuntirmoqchi boʻlgan,ammo men tinglashni ham istamagan gaplarni aysin. Endi ularning navbati keldi. Endi oʻsha gaplarga mutojman.

Aminani kutyapman.Hayotim davomida hech kim, hech narsani bu qadar intiqlik ila kutmaganman. Niam boʻladi,Allohim. Sendan biror narsa soʻrashga yuzim yoʻq. Ammo onam, akam, menga yordamlashmoqchi boʻlgan yaxshi insonlar hurmati, oʻlmasimdan avval Aminani keltir...Bunday gunohkor holda huzuringga borishni istamayman. Bilaman, ogʻir-ogʻir gunohlar qildim. Menga soʻnggi marotaba imkon ber,Allohim...Birdan boʻlimdagi pokiza yuzli, dindor assistant esimga tushdi. U har gal xonamga kirganida menga dalda berar,Allohga ishonishni va sabrli boʻlishni uqtirardi. Hatto bir kuni qoʻlimda «Oʻzimni topdim» kitobingizni koʻrib:
— Men ham oʻqidim.Juda yaxshi foyda oalsan,-degandi. Ha, bu masalada shu assistent yordam bera oladi. Uni topib, hamma narsani tushuntirishim va yordam soʻrashim lozim. Ertalab birinchi qilgan ishim uni topish boʻldi. Unga hamma narsani tushuntirdim. Farishtadek bir oʻspirin. Meni koʻzyoshlari ila tingladi. Menga yordam berishini soʻrab yolvordim.
— Xavotirlanman,-dedi. Hammasi yaxshi boʻladi.Men senga yordam beraman.

Bir necha soatdan keyin muloyim, goʻzal, mehribon va xushhulq bir qiz bilan kirib keldi.
— Senga unashtirilgan qizimni tanishtirmoqchiman va u sen istagan masalada yordamlashadi,-dedi

Allohning ishlarini qarang, u ham huquqshunoslikda oʻqir ekan.Xuddi ruhiyatshunosga oʻxshaydi. Juda ilgʻor, juda koʻngilga yaqin. Koʻrganlarimni unga ham tushuntirdim. Meni quchoqlab, yigʻlay boshladi.
— Sen gunohlaringni oʻylab, umidsizlikka tushma,-dedi u menga. Bular qanday yaxshu mujdalar. Bizlar ibodatlarimizni, qulligimizni oqsatmaganimiz holda bunday lutfu ikromga munosib boʻlolmadik. Allohning cheksiz marhamati, shafqati va sevgisi seni panohiga olsin. Seni qutlayman. Hatto havasim kelyapti,senga hasad qilyapman

Shunday shirin soʻzlar, goʻzal harakatlar bilan meni umidlantirar, e’zozlar edi. Qoʻllaridan tutdim.Balki yoshi mendan kichikdir,bilmadim. Hech qisi yoʻq. Menga yordam berishni soʻradim.
— Mening vaqtim oz,-dedim. Umrimni bir necha kunga sigʻdirishim kerak. Menga yordam ber. Qayerdan, qanday boshlay?
— Sen hafa boʻlma, shoshilma,-dedi. Endi sen bilan birgaman.Avval namozdan boshlaymiz, keyin kitob oʻqiymiz,suhbatlashamiz, kamchilikarimizni tuzatishga harakat qilamiz.
— Xoʻp,-dedim. Men bularni qilishim kerak Hali aqlim, qalbim soʻroqlarga, shubhalarga toʻla,bualrdan qutulishim, iymonli boʻlishni xohlayman.
— Qoʻrqma,-dedi. Hammasi joyida boʻladi...

Savollarimni soʻray boshladim.

Birgalashib reja tuzib oldik. Assistentning suygani ertalab soat sakkizda keladi va oqshom beshgacha qoladi. Bu vaqt ichida namozlarni,duolarni oʻrganamiz. Savollarga javob topamiz. Kitoblar oʻqiymiz, suhbatlashamiz. Oqshom u menga kitoblar beradi, men ularni oʻqiyman. Juda baxtiyorman, hayotimda ilk marotaba bunchalik huzur va baxtuyorlikni his qildim. Namoz oʻqishni va duolarni oʻrgana boshladim. Turli kitoblardan goʻzal parchalar oʻqidik, ilohiyot mavzusida suhbatlar qurdik.

Dugonamdan soʻragan ilk savolim:
— Faqat qoqilish, xoʻrlanish...Kimningdir daldasiga va koʻmagiga muhtojlik, mehr koʻrmaslik va inson sifatida qadrlanmaslik...Qochgan, masxaralangan holda oʻyin kulgu ichidagi yoshlarga havas va siqilish...Keyin esa qashqirlar davrasida yem boʻlish, bir chetga uloqtirilish...Mana meni isyonim sabablari.Nega bu holga tushdim? Mening aybim gunohim nima edi? Nega menga hamma zulm qildi? Nega Alloh mega rahm qilmadi? Bu adolatsizlikdan, haqsizlikdan koʻz yumadi? Mana dahriyligimning, inqilobchiligimning, haq va tanglik haiqdagi falsafamning asosi. Bu savollar hayotim davomida ichim yondirib keldi. Ha,Alloh bor! Ammo bu haqsizlik nega? Bu adolatsizlik nima uchun? Alloh (oʻzi kechirsin) bu adolatsizlikka nega yoʻl qoʻyadi? Nega ba’zilarni qoʻllaydi, bizga oʻxshaganlarni chetda qoldiradi? Bizning aybimiz, gunohimiz nima? Hayotim bunday boʻlishini men xohlamagandim. Oxirigacha shunday yashashga majburmanmi? Nega boshqalar yaxshi hayot kechirishadi-da, men oyoqosti boʻlaman? Bu isyon meni shubhaga soladi. Dahriylikka undaydi,yana Allohning(Oʻzi kechirsin) adolati bir yoqlama – ojizlarni unutib kuchlilarni va boylarni panohida saqlash degan fikrga da’vat etadi.

Qiz necha yillardan buyon yuragimga dard boʻlib yotgan bu fikrlarimni jim turib tingladi. Keyin javob bera boshladi.
— Alloh bizga foydalanish uchun ikki omonat bergandir,-dedi u. Birinchisi, oʻz tanamiz va hayotimiz,ikkinchisi esa koinot va undagi cheksiz ne’matlar. Agar inson hayoti va koinot qonuni inson qoʻli bilan oʻzgartirilib, qorishiq holga keltirilsa, berilgan ne’matlardan hikmatiga uygʻun foydalanilsa, insonlarda umuman, muammo qolmasdi. Hamma koʻrguliklar Allohning adolatsizligidan emas, insonlarning oʻz qollari bilan hayotlarini buzishlaridandir. Koʻzni, aqlni, qoʻlni, oyoqni va dunyoni mukammal qilib yaratgan Alloh qullarining xatolarini natijasida paydo boʻlgan adolatsizlikar uchun qanday mas’uliyatli boʻlsin? Masalaga haq va adolat tuzasidan ham shunday qarashimiz mumkin. Bizni va koinotni buyuk hikmat bilan yaratgan Janobi Haq yaratilgan hamma narsada bizga kamchilik,nuqson va adolatsizlik kabi koʻringan hollarning biz bilmagan hikmatlari, sabablari bor. Ba’zi narsalarni bizlar oʻz qoʻlimiz bilan buzamiz va adolatsizlikni yuzga keltiramiz. Hozir mana shu xonaga bir boy odam kirib, hammaga pul tarqatsa...Ammo birovga oz, birovga koʻp barsa. Sen oʻsha kishiga:»Nega menga oz, boshqalarga koʻp berding?-deb ta’na qila olasanmi? Agar shunday desang, katta odobsizlik qilgan boʻlasan. Chunki berilgan pullarda sening haqqing yoʻq, ular senga tagishli emas. U kishi achinib, senga yordam qildi. Yordam miqdorini ham oʻzi belgilagan. Bu holda sizning shikoyat qilishga haqqingiz yoʻq. Xohlasa bergan pulini qaytraib olishi ham mumkin. Bizga ham Alloh koinot ne’matini, insoniy ne’matlarni berganammo ba’zilarga oz, ba’zilarga koʻp. Bu dunyosi imtihon dunyosi boʻlgani uchun oz berilganlarni oz hisob bilan, koʻp berilganlarni esa koʻp hisob bilan imtihon qiladi. Koʻp olganlar, meni imtihonim koʻp deb kerila olmaydilar. Bil’aks, koʻp mol tufayli ularda mas’uliyat ham kattadir. Kam mol berilganlar esa, isyon qilib,»Nega bizga kam beriladi?» deya Allohni ayblay olmaydilar. U toʻgʻridan-toʻgʻri ALlohga oid va Uning ikromidir. Qanchalik oz berilsa ham, qul shukr qilishi lozim. Shukr qilmasa, haqqi boʻlmagan ne’matga erishmoqchi boʻladi. Natijada oz ne’matga ham erisha olmaydi. Shukr qilsa,oz ne’matning hisobi ham oʻziga yarasha oz boʻladi.

Olimning misollari moʻjiza.

Qara,Ayselginam, senga onang omonat qoldirgan kitobdan bir moʻjiza keltirayin:»Sizlar oʻzingizdan baland martabadagi sogʻlom kishilarga qarab shikoyat qilmangiz. Balki siz oʻzingizdan sogʻliq borasida past boʻlgan bechoralarga kishilarga qarab, shukr qilishga majbursiz. Sening qoʻling, pchoq boʻlsa, kesilgan qoʻllarga qara! Bir koʻzing yoʻq boʻlsa, ikki koʻzi yoʻqlarga qara! Alloha shukr qil. Ha. Ne’matda oʻzidan yuqoriga qarab shikoyat qilishga hech kimning haqqi yoʻq. Musibatda ham barchaning haqqi oʻzidan koʻra koʻproq musibat chekkanlarga qarab shukr qilmoqdir». Muallif bu izoxdan keyin shunday misolni keltiradi:»Bir zot bir bechorani minora ustiga chiqaribdi. Minoraning har bir zinapoyasida unga alohida – alohida ehson, hadyalar beribdi. Minoraning ustida eng katta hadyani beribdi. U turli hadyalar uchun bechoradan tashakkur ve minnatdorchilik eshitmoqchi boʻlibdi. Oʻsha chirkin odam zinapoyalarda olgan hadyalarni unutib yohud bepisand boʻlib, shukr qilmasdan, yana yuqoriga qarabdi:»Koshki bu minora yanada balndroq boʻlsaydi, yana ham yuqori chiqsaydim. Nega u togʻdek yoki boshqa minoralardek judayam baland emas?»deya noshukrlik qilibdi. Bu qanchalar yomon ish, kufroni ne’matdir, adolatsizlikdir. «Shunda ham bir insonning yoʻqlikdan paydo boʻlib, bir tosh,daraxt va yo hayvon emas, inson, musulmon bolib, uzoq vaqt sogʻ salomat va hurmat koʻrib, yuksak daraja, oily ne’matlarga sazovar boʻlaturib, ba’zi nuqsonlar bialn sogʻliq va hurmat kabi ba’zi ne’matlarga munosib boʻlmagani yoki yomonini afzal koʻrishi bilan yoki yomonlik qilish bilan qoʻldan chiqargani, yoki qoʻli yetmagani uchun noshukrlik qilishi, sabrsizlik koʻrsatishi...Nima gunoh qildim, nega bular boshimga tushdi?-deya rububiyati ilohiyotni tanqid qilish yomon bir xastalik, musibatli ma’naviy kasallikdir. Xuddi singan qoʻl bilan koʻrishish kabi...»

Men bu izohlardan soʻng koʻzlarimni bir nuqtaga tikib, chuqur oʻyga toldim. U esa kitob oʻqishda davom etdi:»Bizlar buyuk qudrat egasi tarafidan dunyoga keltirilganmiz. Bizga minglarcha ne’mat va ikrom taqdim etilgan. Ne’matlarga koʻmilib hayot kechiramiz. Bu hayot maqomiga va insoniylik darajasiga erishish uchun minoraning zinapoyalaridek bir qancha hayot zinalaridan oʻtamiz. Eng buyuk, eng yuksak daraja insoniylik maqomini topishimizdir.» Oʻylayman:bir tosh, bir tuproq yo daraxt boʻlishimiz mumkin edi-ku. Bir mushuk, sichqon, ilon yoki bir hashorot boʻlishimiz ham mumkin edi. Ularning ham jonlari bor, ualr ham hayot kechirishadi. Odam tuproq, toshga nisbatan omadliroq boʻlgani uchun shukr qilishi kerak. Sichqonga nisbatan mushuk baxtliroq. U ham shukr qilishi kerak. Ilonga nisbatan sut beruvchi qoʻy yaxshi munosabat koʻradi. U ham shukr qilishi lozim.

«Butun hayot zinalariga chiqqan, minglarcha qimmatli va noyob ne’matlarga ega boʻlgan inson, hamma berilgan ikromlarni unutib, «Nega men boshqalardek emasman?Bunda bir tengsizlik, adolatsizlik bor», desa, sichqon, hashorot, ilon yoki mushuk bu soʻzga qoʻshilib,»Xohlamasang joy almashamiz», deyishi mumkin. «Bzining bu haqqimiz kam emas. Bil’aks, haqqimiz boʻlmagan qancha narsalarga va haqqa egamiz. Oʻylayapmiz, koʻryapmiz, suhbatlashyapmiz, yeyapmiz, uxlayapmiz, kulib-yigʻlayapmiz, bu ne’matlar qanday kam hisoblanishi mumkin? Yoki qalb koʻrligidan noshukrlik kelishi mumkinmi?» «Hozir bizga shu Anqarani bersalar-u, uning evaziga aqlimizni soʻrasalar beramizmi?» «Bu qimmatli, goʻzal a’zolar mukammaligini bergan Zotnng maktublarini nega bilmaymiz? Uning nimani xohlashini va bu ne’matlarni nima uchun berganini oʻylab tadqiq qilmaymiz?»

Onam qoldirgan kitobni qayta tanidim.

«Biz maxluqmiz, ya’ni yaratilganmiz. Bizni yaratgan Zot bor. Insonni yaratgan Zot insonga zulm qilmaydi. Bil’aks, insonni eng koʻp sevuvchi va madad beruvchi Udir». «Adolatsiz boʻlib koʻringan har bir narsaning hikmatli tomoni boʻladi. Bu imtihon dunyosida hamma nima bilandir imtihon qilinadi. Har bir insonning imtihon qilinish darajasi u ega boʻlgan imkoniyatlarga koʻradir». «Koʻzi yoʻq odam tabiiyki, koʻz haqida imtihon qilinmaydi. Buning ustiga koʻzi yoʻqligiga sabr qilgan boʻlsa, shunga loyiq mukofatlanadi. Koʻzi borlar esa, koʻzi ochiq boʻlgani, koʻrgan hamma narsalari uchun hisob berishga majburdirlar. Boshqa a’zolar borasida ahm shunday».

Chuqur oʻyga choʻmgandim. Har bir jumlani tahlil qilar, hayotimda aks etgan ta’sirini izohlardim. Demak, ma’noli va goʻzal izohlar onam oʻqigan kitob muallifiga tegishli shundaymi? Hay, oanm-a! Sen qanchalar bebaho insonsan. Oʻsha qishloqi, kamtar soda qalbing bilan olimlardek hayot kechirib, ongli umr oʻtkazgansan. Hozir seni juda yaxshi tushunyapman. Oʻsha ikki kitobni ham nima uchun omonat qoldirganingni ham. Koʻnglimdagi javobsiz savolardan biri:»Alloh nega bu koinotni yaratdi?’degan masala edi. Buni ham soʻradim.
— Alloh bu olamni nega yaratdi? Bir qancha inson yomon yoʻlsa yurib jahannamiy boʻladi, ahyot ularga zindon boʻladi. Yaratmasaydi, shuncha azob boʻlarmidi? Shunda hech narsa boʻlmasdi ham, biz ham, qaygʻularimiz ham boʻlmasdi.

Shu va shunga oʻxshash savollarni shunchaki emas, oʻrganish uchun soʻrar, oʻzimcha tahlil qilardim. Abrinur xonim bu savolimga ham javob berishga harakat qildi.
— Koinotni yaratish Allohning irodasi bilandir. Buning sabablarini qidirish biz kabi maxluq insonga munosib ish emas. Biro dam koʻnglida paydo boʻlgan marhamat bilan muhtojlarni yedirsa, kiydirsa,ularga pul bersa, xursand qilsa, ulardan biri chiqib:»Bularni nega qilyapsan, qilmasang boʻlmasmidi?», deb soʻrasa, odobsizlik qilgan boʻlmaydimi? Allohning ham olamni nima uchun yaratgani sababini qidirish ana shunday odobsizlikdir. Zotan bu mavzuga oʻz aql oʻlchovlarimiz bilan izoh bersak ham, biror natija boʻlmaydi. Chunki yaratgan nima uchun yartaganini oʻzi izohlamasayu, yaratilgan boʻla turib bizlar buni qnaday izohlaymiz. Izohlasak ham, yana kamchilik va xato qilishimiz aniq. Ammo bu savolga qisman boʻlsa-da, javob beradigan boʻlsak:dastlab yaratish istagi biror ehtiyojdan paydo boʻlmaganini va buni faqat Janobi Haqning oʻziga havola etish afzalligini aytishimiz lozim. Inson zimmasidagi eng asosiy vazifa oʻzi bilan bogʻliq muammolarni oʻrganish, hal etishdir. Nima uchun yaratilgan? Vazifasi nima? Qayerga ketyapti? Kimga qanday hisob beradi? Hayoti davomida atrofini oʻrab turgan ne’matlarning Egasi undan nima istaydi? Inson uchun, avvalo, ushbu savollarning javobi muhimdir».

Ilk namoz!!!

Toʻrtinchi kun...Ilk marotaba namoz oʻqiy boshladim. Yo Rab!...Bun qanchalar yuksak, anglab boʻlmas baxt. Toʻshak ustiga yostiqni oldimga qoʻyib, sajda qildim. Turaman, egilaman, oʻtiraman. Xasta boʻlaturib bularni bajryapman. Alloh qullariga qulayliklar yaratgan. Bas, Unga yaqin boʻlishga intil va Undan magʻfirat soʻra. Ilk namoz...Hayotimda hali hech narsadan bunday hayajonlanib, bundya huzurlanmagan edim. Olovdek yonib turgan vujudimning har bir hujayrasiga goʻyo muz qoʻygandek sokin va ajoyib olamga qovushdim. «Allohu Akbar» deya olganim takbir sadosi ruhimga ifodalab boʻlmas bir lazzat keltirdi. Chidolmadim, yigʻladim...U buyuk Zotga ibodat etishning oʻzi bunchalar yuksak, bunchalar oily hurmatga munosibligini shu paytgacha bilmaganim, anglamaganimdan pushaymon boʻlib oh chekardim. Zero, Allohga yaqin boʻlishga intilish, unga yuzlanib duoga qoʻl ochish, Uning eshigini qoqish va Undan gunohlarni kechirishni soʻrash insonni goʻzal, nurli dunyolarga olib boradi. Shu payt odamlarga «yurak titrogʻiga, Allohdan kechirim soʻrab, yolvorishlarimga guvoh boʻling, mening xatolarimni takrorlamang», deya hayqirgim kelardi. Boshimni sajdaga qoʻydim. Allohim!Buyuklar buyugi, Sevgililar Sevgilisining qarshisida yerga bosh qoʻyish...Yo Rab! Sendan nima soʻray olaman? Menga shunday yorugʻ kunlarni ham koʻrsatding. Oʻzimni tutolmayman. Bu shunday koʻzyosh ediki, shu paytgacha toʻkkan barcha achchiq koʻzyoshlarimga badal. Barcha chekkan faryod-figʻonlarimni arzimas qilib qoʻydi. Yigʻlagan sari rohatlanar,,koʻz yosh toʻkkan sarim koʻnglimdagi gʻuborlar toʻkilardi. Goʻzal bir yengillik va huzur tuydim. Ruhimda, qalbimda turgan gʻuborlar, xatolar, gunohlar yuvilib, bosh qoʻyganim yostiqqa oqar edi. Buyuklar buyugi, koʻzyoshlarimni, tavbamni qabul qil. Tilaklarimni bajo keltir. Sen eshigingga kelganni quvmaysan. Qancha gunoh va xatolari boʻlsa kechirasan. Zero, boshqa chora ham, boshqa boradigan eshigim ham yoʻq. Agar sen qabul etmasang men qaysi eshikka boraman, men kimga oʻzimni anglataman. Meni Sen yaratding. Men Sening gunohkor bir qulingman. Ming marta tavbamni buzdim. Ammo yana Sening dargohingga keldim. Meni bebahra qilma. Oʻzimdan ham kechdim-a...

Yana xonani faryod va qichqiriqlarim toʻldirdi. Nima boʻlayotganini anglolmasdim. Hamshiralar yugurib kelishdi. Bir necha soatdan keyin oʻzimga keldim. Men boshqa bir dunyoga tushib qolgandim. Ngea shu paytgacha ibodat, namoz lazzatidan mahrum yashadim, deb afsus – nadomatlar chekardim. Tong otdi. U goʻzal qiz yana xonamga keldi. Chehrasida mehr nuri va sevgi toʻla ovozi bilan salom berdi, hol-ahvol soʻradi. Namozni boshlaganimni aytdim. Tabiiy, boʻlgan voqealarni ham...Yana menga iltifotlar koʻrgazdi. Ba’zi savollarim bor edi javob istagan. Sumkasidan bir kitob chiqardi.
— Senga kitob keltirdim,-dedi. Mendan savol soʻrab charchama. Bu kitobni oʻqi. Keyin savollaring qolsa, soʻraysan. Koʻpgina savollarga bu kitobda javob berilgan.

Oʻzini qidirgan odam.

«Oʻzini qidirgan odam...» Muallifi oʻzingiz afandim. Bu kitobni avvalroq, litseydagi matematika oʻqituvchimning ayoli ham bergan edi. Ammo unga e’tibor qilmagan, oʻqimagan edim. Yana kitob oʻqidik. Suhbatlashdik,savollar berdim. Dugonam shunchalik muakammal inson ediki, nimani soʻrasam, mantiqqa xos, meni sihontiruvchi javoblar berardi. Kechqurun kitobingizni oʻqiy boshladim. «Oʻzini qidirgan odam»...Xuddi mening kitobim...Mendek oʻzini yoʻqotgan, xarob qilgan, soʻngra:»Bir qutqaruvchi yoʻqmi?»deya faryod qilgan insonlar kitobi...Kitobda nimalar yoʻq? Kitob diqqat bilan oʻqilsa, inson aqli bilan qalbini xiralashtiradigan, mone’lik qiladigan, ba’zi haqiatlarga toʻsiq boʻlgan hamma narsa yoʻqoladi. Hayajon ham tugagan natija...Uzoq yillar dahriy boʻlgan mashhur bir kommunistning qaytishi va hayratlanarli ilk namozi... Oʻsha ilk namozni oʻqirkanamn, necha soatlar yigʻladim.Xuddi mening ilk namozim kabi. Men yashagan buyuk fojelai sahna kabi. Iymonga qaytish. Allohga qaytish. Undan avf soʻrash. Bu nima degani? Siz bilmaysiz. Iymonini yoʻqotgan, keyin moʻminlik baxtiga erishganlar biladi buni...»Oz’ini qidirgan odam» xuddi oʻtkir tabibdek ma’naviy muammolariga malham qoʻydi, javobsiz deb oʻylagan savollarimga javob berdi.

Beshinchi kun....Yana farishtalardek dugonam bilan birgaman. Yana oʻsha qizgʻin suhbat, bilmagan mavzularim, qilishim kerak boʻlgan amallar... Koʻp muammolar yechimini topdim. Yana koʻp narsalarni gaplashdik. Koʻp muammolar yechimini topdi. SHu kuni oqshom dugonam menga ikkinchi bir kitobni berdi. «Duzjalik Mehmed»...Yana sizning kitobingiz. Bu kitobning ta’siri va darajasi, umuman, boshqacha edi. Goʻyo men, mening hayotim bor edi u kitobda. Tor fikrli insonlarga, dunoy, oxirat va Allohga isyon qilgan oʻspirin qiz...Natijami? Ayanchli chidab boʻlmas bir holat...Kitobda koʻpgina muhim mavzular bor. Bu mavzular necha yillardan buyon men yechimini, javobini qidirgan, lekin topolmagan masalalar...Balki ularning javobsiz qolishi dahriy boʻlishimning sabablaridan biridir. Xojam, bu kitob uchun sizga behad minnatdorchilik bildiraman,rahmat aytaman. Diqqatimni tortgan mavzularning tagiga chizib qoʻydim. «Minglab ne’matlarni in’om etgan Zot bularni tekinga beradimi?» degan boʻlim juda e’tiborli ekan. «Bizni bu dunyoga yuborgan va bizga tekin ne’matlar in’om etgan Zot, bizni bir maqsad uchun yartagan. Qachon boʻlsa ham bu ne’matlardan hisob berishimizni soʻraydi. Chunki har bir oldi-berdining sababi va hisobi bor».

Juda toʻgʻri. Har bir narsaning hisobi bor. Bundan qanday koʻz yumish mumkin? Qanday idrok etmaslik mumkin buni?

«Koinotning bir boshi bor, bir oxiri», degan mavzu ham diqqatimni tortdi. Chunki necha yillardan buyon men amal qilgan falsafaga koʻra, moddiylik azaliydir. Borliqning boshlanishi yoʻq. Nihoyasi ham boʻlmaydi. Buni oʻqib koʻp foyda oldim. Dagriylik falsafamning soʻnggi qoldiqlari ham oʻchirilgandek boʻldi. «Chirigan suyaklarni kim tiriltiradi?» nomi bilan berilgan ma’lumotlar esa, bir soʻz bilan aysam, men uchun moʻjiza edi. Tuproq ostida necha asrlar buzilmagan va shu vaqt oraligʻida hech bir tiriklik nishonasini bildirmagan viruslar mos bir muhitda tirilib hayot topar ekan, vafot etgan insonning Janobi Haq amri bilan yana hayotga qaytishi nega mumkin boʻlmasin? Koinotni barcha maxluqoti bilan benuqson qilib yaratgan Robbimiz, bu «idashdagini», Oʻzi xohlasa toʻkib, «Boʻl!» amri bilan bitta-bitta tiriltirib, ilohiy sahnaga toʻplay oladi. Taqdir bilan bir izoh e’tiborimni tortdi. «Janobi Haq, taqdirimizda tugʻilishdan oʻlimga qadar nimalar borligini, nimalarni orzu qilib va qanday yashashni istashimizni va irodamizni qanday ishlatishimizni, azaliy ilmi bilan biz tugʻilmasdan oldin biladi. Ana shu istaklarimizga koʻra taqdirimizni yozadi. Ya’ni, bizning xohishimiz va istaklarimizga koʻra taqdirimizni oldindan rejalashtirib qoʻyadi. Shuning uchun, Alloh va qismatni ayblashga haqqimiz yoʻq. Faqat oʻzimizni, noʻtogʻri ishlatgan irodamizni ayblay olamiz».

Haqiqiy Iymon eng ulkan baxtdir.

«Duzjalik Mehmed»ni oʻqib boʻlgach, buni yaxshi bilib oldim. Iymon shunday bir kuch-quvvatki, unga yetishgan inson bu dunyoda baxtiyor boʻladi. Shuni e’tirof etish kerakki, Allohga ishonmagan insonlar baxsiz, noumiddirlar. Baxtli va sabotli koʻrinsalar-da, bu holatlari soxtadir. Inson qancha:»Ishonmayman, bunaqa narsa yoʻq» degan sari qalbining tub-tubidan «Alloh bor, seni yaratgan Udir» degan haqiriqlarni eshitadi. Men oʻsha ovozni, umuman, toʻxtatolmadim. Eng ishonchasiz, eng tajavuzkor kunlarimda ham, ruhimning tub-tubidan oʻsha qaynoq va mehribon ovozni his qildim. «Alloh bor, Unga yolvor», deya hayqirardi. Ammo quloq solmadim. Bularning hammasiga notoʻgʻri ishonchlarim sabab boʻlgani tabiiy. Bu jamiyat aybidir, ta’lim tarbiya aybidir. Yoshlarga ishonch iymonni tushuntirmasangiz,oʻzlaricha osiy, gunohkor, isyonkor va buzgʻunchi boʻlib ulgʻayadilar. Keyin siz:»Nega yoshlar buncha bebosh chiqishdi?» deysiz. Tarbiya uchun mas’ul odamalr qayga qarashmoqda? Ishonamanki, ular bu haqda ertaga albatta, javob beradilar. Masalaga chuqurroq kirish uchun bir xotirani soʻzlab bermoqchiman. Huquq fakultetida oʻqiyotgan paytlarim bir majlisga chaqirildik. Bir guruh dahriylar yurtni, millatni va hatto butun dunyoni ham qutqarishmoqchi. Minbarga chiqqan oʻrtoqlar bilganlaricha balandparvoz gaplarni gapirishdi. Mening hayolim joyida boʻlmagani uchun nimalar gapirilayotganini yaxshi anglay olmasdim.

Tanish oʻrtogʻimiz yana minbarda. U mashhur usta edi. Huquqdan tibbiyotga, rassomchilikdan yozuvchilikka, xulla har ish, har joyga koʻchib yurar, ammo qorni toʻymasdi. U bizning fikr ustozimiz edi. Qarashlari bizga nisbatan sayoz boʻlsa-da, koʻp olqish olardi. She’riy bir suhbat uslubi bor edi. Joʻshib gapirar, odamalrni ham joʻshtirar, ba’zan oʻylantirib qoʻyardi. Mana u yana minbarda:»Hayotga bir marta kelamiz,oʻlgach, koʻzlarimizni qayta ochish yoʻq. Bu doʻstlik, gʻmaxoʻrlikning qadriga yetmayapmiz. «Qayta tirilish» yoki «Boshqa tanaga kirish» kabi safsatalarni qoʻying. Ular aqldan uzoq, ilmga begona narsadir. Koinot ham, biz ham bir moddamiz. Oʻlimdan keyin hamma narsa yoʻq boʻladi. Qoʻrqmang, sizni sizdan boshqa hech kim taftish qilolmaydi. Bunday boʻlmagʻur, halol-harom haqidagi qoʻrquvlarga berilmang. Bular Oʻrta asrning qoloq tushunchalaridir. Istaganingizni qiling, orzu qilganingizdek yashang, xohlagan joyingizda va istagan kishingiz bilan...Mana yaxshi hayot kechirish va baxtiyorlik...

Olqishlar yogʻilar...Bu bizning sarkan ustamiz edi. Bizning ilgʻorimiz, fikr otamiz va rahbarimiz Sarkan usta. Ammo, u toʻsatdan oramizdan ketdi. Keyin esa uning bu yoʻldan qaytganini, namoz oʻqiy boshlaganini eshitdik. Oʻshanda biz bu holga tushunolmagan edik. Sarkan usta asl haqiqatlarni anglab yetganini endi tushundim. Bizni tarbiyalaganlar, ota-onalar, tarbiyachilar va oʻqituvchilar bu haqiqatlarni yoshlikdan, bolalikdan tushuntirishganida edi, jamiyatda adolatsizlik va anglashilmovchilik qolmagan boʻlardi. Nega shunday qilishmaydi, ular,a? Taqdir ekan, yoshlikda iymon yoʻlini koʻrsatmoqchi boʻlgan insonlarga ham monelik qildim. Qilmishimdan endi nadomat chekmoqdaman...

Beshinchi Boʻlim.

Oʻlim toʻshagida qayta tirilish.

Bir moʻjiza roʻy bera boshladi. Oʻlimni kutarkanman, tanimda yangidan bir kuch paydo boʻla boshladi. Koʻzyoshlarim joynamozni hoʻl qilgan...Tirilish, goʻyo yangidan tug;ilish...

Allohning rahmatidan umid uzib boʻladimi?

Endi avvalgi Aysel emasman.

Avvalgi Aysel emasman...Dugonam bilan tanishganimga bir hafta boʻldi. Shu aniqki, men bir hafat oldingiz Aysel emasman. Har holda, oʻzgarish va oʻnglanish shu boʻlsa kerak. Qalbimni, tuygʻularimni va tushunchalrimni soʻroqqa tutyapman. Oʻtgan hayotimning kichik qaygʻulari unutilgan. Faqat katta gunohlarning qaygʻusi, iztirobi azoblaydi. Bu chirkin ishlarda aybim, ishtirokim yoʻq deya olmayman. Albatta, goʻzal fursatlarni boy berdim va iymon yoʻlini tutmay, sarkashlik qildim. Ammo men yetim, tarbiyasiz, hech kimi yoʻq yolgʻiz qiz edim. Atrofimda ezgu niyatli kishilar bor edi. Shunday botqoqlikka, gunohlarga va xatolarga botdimki, qutulish umidim qolmagan edi. Xato qilayotganimni bilardim. Bu xatolarga vaqti-vaqti bilan qarshi chiqardim,ammo yolgʻiz edim, eplay olmadim. Endi esa, manzilga yetay deganimda Allohni tanimoqdaman,ammo shuncha xato, shuncha ogʻir gunohlar bilan...Gunohlardan, qilgan xatolardan titrab ketyapman.Alloh iltijoyimni qabul qilmasa, gunohlarimni kechirmasa? Mana, meni oʻylantiradigan, tashvishga soladigan narsa...Bir daqiqa boʻlsa ham bu hayoldan qutula olmayapman. Bilaman, Allohning magʻfirati va marhamati oily. Yagona tasalli shu. Har namozda, har soat, har daqiqa va hatto har soniyada Mavloning huzurida ekanimni bilaman. Shu sabab koʻzyoshlarimni toʻxtatolmayapman. Koʻzlarim yumilsa ham, yuragim va butun borligʻim faryod chekadi. Suhbatdoshimning bugungi mavzusi «Allohning avfi va marhamati» edi. Abrinur Xonim menga taskin berish uchun bu mavzuni tanlagan.

Gunoh va magʻfiratga oid oyat va hadislarni yozib oldim:

  • «Kim Allohga Ishonsa Unga Erishadi. Alloh Uning Ishini Xayrli Qiladi» (Taloq, 3)
  • «Siz Meni Yod Etingki, Men Ham Sizni Yod Etayin» (Baqara, 152)
  • «Allohni Koʻp Zikr Etingki, Najot Topasiz» (Ahzob,41)
  • «Har Moʻmin Gunoh Bilan Ojizdir Va Tavba Bilan Kuchlidir. Ularning Yaxshisi Tavba Bilan Oʻlganlaridir». (Hadis)
  • «Qilmishidan Pushaymon Boʻlib Yigʻlash Qanday Baxt» (Hadis)
  • «Men Qalbi Oʻksiklarni Yonidaman» (Hadis)

Bu oyat va hadislar menga umid bagʻishladi. Qilgan xato va gunohlarim Allohning avfi oldida hech narsa emasligini bildirib, ichimni yondirayotgan otashni biroz soʻndirgandek boʻldi. Allohga yaqin bandalardan biri bir odamga shunday umidni yetkazgan,»Yana kel...yana kel!» deya da’vat qilgandi:Nima boʻlganida ham yana kel!Bu bizning dargohimiz, umidiszlik dargohi emas. Yuz marotaba tavbangni buzgan boʻlsang ham yana kel!!! Allomalarni biri aytganidek:»Har bir inson zimmasidaiymonli boʻlish yoki uni toʻqotish da’vosi bordir». Bundan qochib qutulish, bu masalani eshitmaslik yoki u bilan qiziqmaslik mumkinmi? Men shunday girdob ichidaman. Iymonli boʻlish da’vosi nimaligini butun borligʻim bilan joʻshib, titrab his qilyapman. Tobora oʻlimga yaqinlashmoqdamna.Hozir shu eshik ochilib, boshqa bir zot ichkariga kirishi va oʻzgacha natija boʻlishini bilaman.

Eng oily maqsad Iymondir.

Bu mehmonlarning mehmoni. Hayotning tugaganini e’lon qiluvchi farishta...nomi qoʻrqinchli boʻlsa-da,Allohning amrini bajaruvchi bir farishta...Noiloj boshimni koʻtarib, «marhamat, kelin» deyman. Meni Allohga yetishtiruvchi soʻnggi hamlani kutaman. Endi juda yaxshi bilamnki,, insonning eng katta vazifasi, eng buyuk maqsadi, eng katta da’vosi iymonli boʻlishdir. Chunki soʻnggi damda, bizga qoʻl keluvchi iymondir. Hamma narsa jim boʻlib, faqat iymon suhbatlashadigan soʻnggi daqiqa. U paytda insonga hech narsa yordamlashmaydi. Ne doʻst, na oʻrtoq, na goʻzallik, na boylik...Hayot tushunchasini koʻproq tushunib boryapman. Hayotning yagona ma’nosi bor, iymonni qoʻlga kiritish yoki boy berish...Hamma hisob kitoblar shu asosda...Yordam ber,Yo Rabbim! Mendek bir hayotini razil yoʻllarda oʻtkazgan ojiza qulingga yordam ber. Yuzim yoʻq, uyatliman, hijolatdaman, iztirobdaman. Soʻnggi kunlarimni, soʻnggi daqiqalarimni oʻtkazyapman. Sendan boshqa yoronim, doʻstim va suyanuvchim yoʻq. Yana Senga hamdlar boʻlsin, shukrlar boʻlsin. Shularni ham bilmay, bundan ham chuqurroq botqoqlikda umrim tugasa nima boʻlardi? Abadiy jahannmda qolardimku...Onamga,dadamga, akamga yetisha olmasdim...Allohim!Bu dahshatni oʻylash ham kishini hayajonga soladi. Hurmatli Xojam, sizga yozish yozmaslik xususida ikkilanganim bir voqeani boshdan kechirdim. Assistentning qistovi bilan yozishga qaror qildim. Qur’onni oʻrgana boshlaganimga sakkiz kun boʻldi. Endi oʻzim oʻqiy olaman. Asosan shomdan keyin va bomdod namozidan oldin oʻqiyapman. Qur’onning ham, Javshanning ham ma’nolarini bilmaganim uchun ularning har bir harfi moʻjizadek tuyular, dilimga rohat baxsh etardi. Qanchalik yengil tortganimni, rohatlanganimni aytib berolmayman. Ishinishingizni xohlayman, «Qur’on» yoki «Javshan» oʻqiy boshlasam, ogʻir qaygʻularim, iztiroblarim goʻyoki beiz yoʻqolardi. Oʻqishni toʻxtatsam yana boshlanardi. Bu Qur’onning moʻjizasi, Javshanning karomati ekanligi aniq...

Kecha hayotimda bir voqea roʻy berdi. Haligacha uning ta’siridaman. Uni bir shukr uchun ham yozishim lozim. Bu voqeani eslasam, oʻzimni yoʻqotaman. Na barmoqlarimda, na oʻzimda quvvat qoladi. Butun vujudim hayajondan larzaga keladi. Yo Rabbim! Sen buyuklar buyugi,har bir mazlumning, bechora, nochor va har bir qulning Homiyi, madadkori, suyanchigʻisan...Bu gunohkor qulingga tushda boʻlsa ham, bunday goʻzal tuygʻularni berganing uchun Senga cheksiz shukronalar boʻlsin...Kecha bomdod namoziga tayorlanish uchun bir soat erta turdim, Qur’on oʻqidim, rohatlandim. Ishtiyoq bilan Rabbim huzurida qoʻl bogʻlab, namozni boshladim. Aytishga majburman, bu ikki oshiqning topishuviga oʻxshaydi...Namozni boshlasam, Rabbimning qarshimda turganini butun hujayralarim bilan his qilaman,titrab hayajonlanib ketaman. Unga qoʻl ochib, boʻyin egish, yigʻlab yolvorish, avf soʻrash...Tushuntirolmayman, also tushuntirolmayman. Bu tuygʻu, bu sevgi, bu ishq hech narsaga oʻxshamaydi. Butun borligʻimni rohat va lazzat chulgʻaydi. Oʻsha ishqning sururini his qilmagan hujayram qolmaydi. Oʻzimni xuddi pokiza va mas’um goʻdakdek his qilaman. Oh, haqiqatda ham shunday boʻlsa qaniydi. Buning uchun nimalar berishim kerak...Buning uchun har qancha qurbonlik boʻlsa tayorman. Nasib qil, nima boʻladi bu qulingga shu baxtni ravo koʻrsang,yo Rabbim! Shu hislar ogʻushida Rabbim huzuridaman. Koʻzlarimdan oqayotgan yosh toʻgʻri yonoqlarimdan sirgʻalib tushayotganini his qilardim. Yuragimning hayajon bilan ishq bilan urishi.Goʻyo shoʻx bir bolakay qoʻlidagi qushcha kabi...

Ka’bada onamni koʻrdim.

Mana shu payt oʻsha voqeaning siri oydinlashdi. Qarshimdagi turgan devor, deraza, pardalar bir zumda yoʻqoldi. Goʻyo teatr pardasi ochilib, boshqa sahna koʻrindi. Faqat rasmlardagina koʻrganim – Ka’ba. Boshqa bir koʻrinishda men oʻsha sahnada paydo boʻldim. Minglab musulmonlarning «Allohu Akbar!Allohu Akbar!» degan nidoalri ichida Ka’baga qarab namoz oʻqirdim. Kuchli hayajon, hayrat va joʻshqin tuygʻualr qoʻynida edim. Bu joining fayzi, lazzati butun tomirlarimga qadar yetib bordi. Ha, xuddi shunday olamon orasida edim. Bu hayol emas. Insonlar bilan koʻrishyapman, gaplarini eshityapman. Yo Rabbim! Nimalar boʻlyapti? Bu tush boʻlmasin, uygʻongach tugamasin. Nogoh bir qoʻl meni tutdi va «Bolam» deya quchogʻiga oldi.
— Onajon...Siz?...

Yonida akam, Ammo dadam yoʻq. Soʻrasam, yana oʻsha javobni oldim:
— Haligacha hisobi tugamadi, eklgani yoʻq.

Onamning toʻyib boʻlmas hidini tuydim. Quchoqladim, hidladim, oʻpdim.
— Onajon, siz qanchalar mehribonsiz. Akam bilan quchoqlashdim.
— Qizim, seni tabriklayman,-dedi onam. Sen Qu’ronni oʻqiy boshlading, seni qutlayman. Meni iymonimni oʻsha kitoblar qytqardi. Seni koʻp duo qildik. Biz har juma kuni Paygʻambarimiz sav bilan koʻrishamiz. Sen uchun necha marta Paygʻambarimizga sav yolvordim. «Unga iymon haqiqatlari nasib qiladi», deb mujda berdilar. Shukrlar boʻlsin. Seni kutayotgandik. Demak, Janobi Haq tavbangni qabul qilibdi. Yu, seni Paygʻambarimiz sav yonlariga olib boraman.

Allohim,men!...Mendek gunohkor, isyonkor bir qulmi shu? Sizga te’riflab berolmayman,Xojam. Chunki bardoshim yetmaydi. Paygʻambarimiz sav bilan uchrashdik. Bu gunohkor ummatini, qabul qildilar, meni odam safiga qoʻshdilar.
— Seni muborak bir kunda chaqiramiz,-dedilar.

Oʻzimga keldim. Namoz oʻqirdim. Bu qanday ikrom, qanday ehson...Qanday tushunish mumkin bu hodisani? Yo Rabbim! Meni shuncha ne’matlarga munosib koʻrding. Haqiqatini ayon qil! Qoʻlimni boʻsh qaytarma. Hijolat qilma. Sening avfing va rahmating barcha gunohlardan xato va isyonlardan buyukdir. Ha, juda yaxshi tushundim, xojam. Albatta, muborak bir kunda hayot bilan vidolashish nasib qiladi...Muborak kun...Bu juma boʻlishi mumkinmi? Yaqinlashayotgan Baroat kechsi ham...Ikkisi ham juda yaqin. Yoʻlovchiman...Goʻzallar goʻzali...Buyuklar buyugining roziligini topish yoʻlidaman. Barcha gunoh, xato va isyonlarim bilan...Uning eshigiga borib, boshimni egaman. Balki, maktub yozib bitirolmasman. Toqatim tugadi, bardoshim soʻndi. Yana biroz dam olayin. Bugungi kun men uchun soʻnggi faslning boshlanishi edi.

Dugonam Amina bilan uchrashdim.

Birinchisi, yana kuzatishlarning natijasi...Vujud saroyim qulayapti. Hayot soʻqmogʻining soʻngida oʻlim chirogʻining nurlari yorqin koʻrinmoqda. Buni vujudimni qamragan bardoshdan ham sezyapman. Ba’zan ogʻriqlarim chidab boʻlmas darajada boʻladi. Narkozlar ham yordam berolmasligini bilaman. Ammo nolimayman. Nolishga haqqim bormi? Chunki mulk meniki emas. Mulkni bergan va uni istagnidek tasarruf etuvchi Allohdir. Bizlar faqat omonatchilarmiz. Omonatchi faqat omonatni nazorat qiladi, xolos. Ammo unga egalik qila olmaydi. Ikkinchisi esa, yoʻllariga koʻz tikib, hasrat chekib kutayotganim Aminaning tashrifi...Bu tong xuddi farishtalardek eshigimni ochib kirob keldi. Biro lam iztirob, ogʻriqni unutdim. Yillar hasratidan biz sarmast edik. Omon boʻlsin, assistant Aminani topibdi. ToʻgʻrirogʻI, Amina bizni topibdi. Men pastga tushayotganimda Amina meni koʻrib qolgan. Albatta, qoʻrqib ketgan,bu holda meni tanib olishga qiynalgan. Boʻlimdan soʻrashga chiqqanida assistentga uchragan...Meni soʻragan.Assistent mening Aminani kutayotganimni bilgani uchun tezda tanigan. Amina shu fakultetning boshqa boʻlimida oʻqirkan. Ya’ni, bzi yonimizdagi Aminani qidirib yurgan ekanmiz.
— Oh,Amina! Sen eng aziz dugonamsan. Sen qanday yaxshi doʻssan. Meni bu chirkinliklardan qutqarish uchun. Och qashqirlar qoʻlidan tortib olish uchun, iymon haqiqatlarinidan xabardor qilish uchun ozmuncha harakat qildingmi? Sen ogʻI, kulfatli kinlarimning doʻstisan. Yana shunday yaxshilik qilyapsan.

Bu jamiyatda shunday insonlar koʻp boʻlishi kerak. Yoʻqsa, yoshlik gunohlardan, yomonliklardan oʻzini himoya qilolmaydi. Amina samimiyligi, mehribonligi va doʻstligi bilan menga tasalli berar, oʻlim, oxirat va iymonning rohati va lazzatini anglatardi. Assistentning suyuklisi Abrinur Xonim bilan Amina ikki qoʻriqlovchi farishtadek boshimda turishibdi. Bu vujud saroyining inqirozi yaqin ekanligini ular ham bilishadi. Amina hujjatlarimni tekshiribdi. Xonaga kirgach, sezdirmaslikka harakat qildi. Ammo, men yuzidan tezda anglab oldim. Yana meni mehr bilan quchib:»Tuzalib ketasan, qoʻrqma», degan soʻzlarining ohangi goʻyo «Hozirlan, uzoq yoʻlga chiqyapsan!» degandek eshitildi.

Azroil bilan uchrashuvni kutyapman.

Ha, men bir yoʻlovchiman. Manzilim juda yaqin. Azroil bilan uchrashuv onimni, Huzuri Ilohiyga chiqishimni kutib, kun sanay boshladim. Ushbu satrlarni yozarkanman, yuragimning soʻnggi kuchini sarflayotganimni bilaman. Chunki, endi turolmas, oʻtirolmas edim. Namozlarimni ham ishora bilan oʻqiyapman. Bu endi aniq nihoya edi. Allohning ishlariga qarang,Xojam! Qayerdan qayerga...Bu maktubni nima maqsadda boshlagandim, oxiri nima boʻldi? Yo Rabbiy! Senga beadad shukrlar boʻlsin. Oʻz jonimga qasd qilish maqsadida boshlagan mojaroli maktubim meni Rabbim huzuriga keltirdi. Senga cheksiz shukrlar...

Sizdan bir iltimosim bor xojam. Siz yuzlab, minglab shigordlar tarbiyalagansiz. Bular ichida toʻgʻri yoʻlni topgan, iymon haqiqatlariga yetishgan oʻquvchilar koʻp «Duzjalik Mehmed» kabi shahid boʻlganlari, duosi ijobat boʻlguvchi yana koʻpgina oʻquvchilaringiz ham bordir. Boshqa koʻpgina tabarruk insonlarni taniysiz. Nima boʻlsa ham mening haqqimga duo qiling. Meni ham bir oʻquvchingizdek qabul qiling. Modomiki, ustoz ekansiz, siz ham men uchun mas’ulsiz. Ustozlar qabrini ziyorat qilganingizda men uchun ham fotiha oʻqing. Mening ham salom va duolarimni ualrga yetkazing. Qur’oni karim tilovatidan keyin duo etarkansiz, bu gunohkor shogirdingizni ham ismini zikr qiling. Buni juda ham xohlayman. Nima boʻlganida ham unutmang, xojam. Bu maktub mening eng katta hisobchim, eng katta kitobim boʻldi. Inshaalloh oʻqiganlar, eshitganlar meni duo qilarlar. Inshaalloh, ular menga la’nat yogʻdirishmas....

Bu maktubni yozishim ham Allohning lutfu karami bilan boʻldi. Maktub yozish havasi meni qayerdan qayerga olib keldi-ya! Ham maktub bitdi, ham oʻzim ado boʻldim. Balki bular soʻnggi satrlar, soʻnggi soʻzlarimdir. Tush koʻrganimdan keyin ham bir juma oʻtdi. Ajalim bitmagan ekanman, tirikman. Muborak Baroat kechasiga ikki kun bor. Chorshanba oqshomi gunohlarimga magʻfirat soʻrab, muboark kechada yana yolvorib, koʻzyosh toʻkaman. Balki, oʻsha kechani kutayotgandirman. Bu maktub sizga yetib borsa, men uchun duo etishingizni istayman...Agar yonimda boʻlganingizda edi, qoʻllaringizdan oʻpardim. Ammo mening oʻrnimga bu maktubim qoʻllaringizni oʻpar,Inshaalloh. Hech boʻlmaganida samimiyatimni shu tarzda qabul eting. Shubhasiz, hali Huzuri Ilohiyda Duzjalik Mehmedning sohibini taniyman. Kitoblaringizdan koʻp foydalandim. Iymonimni qoʻlga kiritishim uchun katta mehnatingiz singdi. Allohdan kelganman. Unga ketyapman. Azroilga iymon bilan ruhimni topshirib, Huzuri Ilohiyga iymon ila qaytmoqchiman. Bu maktub ham iymonimga shohid boʻlsin. Allohga omonat boʻling, xojam. Inshaalloh, sizga yana koʻp yaxshi iymonli shogirdlar tarbiyalash nasib qilsin.

Hurmat bilan qoʻllaringizni oʻpib qolaman.

Gunohkor shogirdingiz Aysel...

Bu maktubni oʻqigan oʻzini hisob qiladi.

Maktub bitdi. Ammo biz ham adoyi tamom boʻldik. Bu goʻyo maktub emas, bir insonning girdobdan qanady qutulgani haqidagi tarixiy bir hujjat edi. Dindan, iymondan mahtum etib tarbiyalangan qizning bu qaygʻuli hayot hikoyasini oʻqib, kimlardir uyaladi, kimlardir gʻamga botadi. Tarbiyachilar,ota-onalar,oʻqituvchilar,jamiaytdagi hamma...Bu maktub necha qoʻllarga boradi, hamma oʻqiydi va har kim qilgan xatolari haqida oʻzini soʻroqqa tutadi. Bugun Aysel boʻlsa, ertaga boshqa bir qiz...Bunday tuzoqlar yana koʻp yoshlarni kutayotgani sir emas. Bu maktubni oʻqib ushbu haqiqatni yana bir nagladim:

«Iymon insonni inson qiladi. Kufir insonni tuban hayvonga aylantiradi. Agar iymon boʻlmasa yohud isyon bilan iymondan uzoqlashsa, inson hayoti zohiriy, qisqa bir zavq va lazzat bilan oʻtsada, undan ming marotaba uzoq va ortiq alamlar iztiroblarga giriftor boʻladi.Qarshimda katta yongʻin, olovi koʻkka oʻrlaydi. Ichida farzandlarim, iymonim yonyapti, yongʻinni oʻchirmoqchi boʻlaman. Yoʻlda kimdir meni toʻsmoqchi boʻladi, oyogʻim tegadi, nima ahamiyati bor...»

Ha, yoshlikning iymoni oʻtga tutilgan. Bu yongʻin bir avlodning natijasidir. Bu yongʻin oʻchirilmasa, jamiyat tinchimaydi. Ota-onalar, faryod chekish bilan, tarbiyachilar esa iymonini yoʻqotgan anarxistlar bilan shugʻullanishda davom etishga majbur. Bu yongʻin har biro damning Allohga ishonchi bilan nega yashayotganini, kimligini va qimmatini tushunishi bilan soʻnadi. Oʻylab koʻring, oʻlganidan keyin tirilishga ishongan inson jamiyatga zarar yetkaza oladimi? Hayotini gʻayriqonuniy yoʻlda oʻtkazadimi? Yoshligini zaharlab, umrini tijorat matosi qilib ishlata oladimi? Millatiga xoinlik qila oladimi? Insonni toʻxtatishning, uni nazorat qilib, namunali va goʻzal axloqli qilib tarbiyalashning Allohdan qoʻrqish va qullik shuurini anglatishdan boshqa yoʻli yoʻqdir...

Mana eng katta misol...Biz oʻqigan shu maktub...Nima ham qilardik? Butun oila a’zolari bilan bahslashamiz. Nimadir qilishimiz, oʻlim toʻshagida yotgan qizga yetishuvimiz kerak. Ammo qanday qilib? Maktub oxirida faqat «Aysel» ismi yozilgan edi. Na manzl, na u yotgan shifoxona aniq emas. Ammo maktub Anqaradan kelgan edi. Qiz maktubda yozishicha, onkologiya boʻlimida davolangan. Anqaradagi hamma kasalxonalarni qidirib chiqish kerak. Shunday qildik.

Anqarada Ayselni qidirar edim.

Anqaraga bordim. Barcha kasalxonalarni koʻrib chiqa boshladim. Ismi Aysel,22yoshlardagi bir bemorni izlayapman. Faqat kech qolishdan qoʻrqaman. Chunki, maktub avval kitoblarim nashr qilingan nashriyotgan brogan, keyin menga yuborilgan edi. Ya’ni, yozilganidan beri bir oydan koʻproq vaqt oʻtgan. Nihoyat, katta bir shifoxonaning onkologiya boʻlimida xabarini qopdim. Afsuski, kech qolgandim. Chunki Aysel, oʻsha Baroat kechasidan rahmatlik boʻlgan ekan.
— Siz Xolid Ertugʻrulsiz, shundaymi,-deya quchoq ochdi bir shifokor. Kitoblaringizni sevib oʻqiyman. Tanishdik. Bu maktubda keltirilgan assistant edi. Meni boshqa oʻrtoqlari bilan tanishtirdi. Men toqatsizlanardim. Darhol mavzuga oʻtdim. Ayselning menga yozgan maktubidan gap ochdim.
— Bilaman, xojam,-dedi assistant. Chunki oʻsha maktubni men yuborgandim. Nimalar yozganini menga oʻqib berar va tushuntirardi.
— Soʻnggi daqiqalrini qanday oʻtkazganiga qiziqyapman, qanady rahmatli boʻldi?-deya soʻradim.

Assistant Beyning koʻzlari yoshga toʻldi. Chuqur xoʻrsinib olganidan soʻng:
— Soʻramang, xojam,-dedi gʻamgin ovozda...Goʻyo toʻy, bayramga ketayotgandek bir oʻlim. Uning ovozi titrab, boʻgʻildi. Koʻzyoshlari yanoqlaridan oqib tusha boshladi.
— Alloh bizga ham shunday oʻlim nasib qilsin,-deya yigʻlay boshladi. Xonada yuzma yuz oʻtirib koʻzyosh toʻkardik. Gunohlar toʻla, isyinkor bir hayotning bunday tugashi juda ibratli, juda ta’sirchan va juda ma’nodir edi. Bu hayot hikoyasi hech bir qul also umidsizlikka tushmasin deb uqtirilgan ilohiy maktubning eng muhim dalilllari bilan toʻla edi. Assistant davom etdi. «Baroat kechasi» edi, tongga yaqin vafot etdi. Boshida Abrinur Xonim va Amina xonim bor edi. Ular ham Ayselning vafot etish daqiqalrining ta’siridan hali ham qutula olishgani yoʻq. «Yo,Rabbiy! Menga ham shunday oʻlim ber», deya koʻzyosh toʻkkanlari toʻkkan.»
— Vafot etish daqiqalri haqida eshitishni xohlayman,-dedim.
— Biz ham sizga yetkazishni yoʻlini qidiryotgandik. Abrinur va Amina ham siz bilan koʻrishmoqchi edi. Oqshom bizning mehmonimiz boʻling. Ham birga iftorlik qilamiz, ham Aysel haqida gaplashamiz. Abrinur ham Amina ham sizga koʻrishga qiziqishadi. Kitoblaringizdan koʻp foydalanishadi. Birga iftorlik qilsak,xursand boʻlardik.

Kelishdik. Oqshom hammamiz toʻplandik. Aminaning dadasi nafaqaga chiqqan va Aminani yolgʻiz qolmasin, deb Anqaraga koʻchib kelgan ekan. Amina esa tibbiyot fakultetida keljagi porloq bir talaba. Toza, tartibli va kattagina kitob javoni bor boʻlgan xonaga kirdik. Devordagi suratlar va ular tagidagi ibratli soʻzlar diqqatni tortardi. Aminaning dadasi ochiq chehrali, kishi edi. Madaniyatli, tajribali bir inson...Suhbatimiz mavzusi Aysel edi. Hozir boʻlgan har bir kishi Ayselni yaxshi tanirdi. Amina va dadasi,Ayselni toʻgʻri yoʻlga solishga koʻp harakat qilishgan. Assistant va Abrinur xonim esa, soʻnggi kunlarda Ayselning yonida turgan, katta dalda bergan va ruhiy madadkor boʻlishgan.

Aysel Baroat kechsida vafot etishini bilardi.

Abrinur xonim Ayselning soʻnggi daqiqalarini gapira boshladi. Xonaga biran jimlik choʻkdi. Birinchi jumladayoq Abrinur xonimning tomogʻiga nimadir tiqildi. Bir necha marta tomoq qirdi, lekin oʻtib ketmadi. Lablari burishdi, koʻzlaridan yosh chiqib ketdi. Yonida oʻtirgan Amina ham yigʻlardi.Aniqki, Ayselning oʻlimi ibratga toʻla edi. Assistant Bey suygan qiziga taskin berdi. Bir muddat xonaga jimlik choʻkdi, hamma ichidagi joʻshib kelayotgan his-hayajonlarini bosishga harakat qilardi. Keyin Abrinur Xonim boshladi:
— Baroat kechsi edi. Oʻsha kuni roʻzamizni Amina ikkimiz Ayselning xonasida ochdik. Chunki u bizni hech qayoqqa qoʻyib yubormasdi. Necha kunlardan buyon Baroat kechasini kutayotgandi. Oʻsha kecha oʻlishiga shu qadar ishonardiki, butun tayorgarligini koʻrib qoʻygandi. Bir necha kun avval ham shuni gapirardi. Yo Juma kuni yoki Baroat kechasida. Deya...Juma kuni oʻtgach, «Baroat kechasida umrim tugaydi. Kutayotgan mehmonim oʻsha kuni keladi», deya boshladi. Aysel shunday qat’iy iymon keltirgandiki, uning qalbi iymon choʻqqisida edi. Butun vujudi, butun ruhiyati bilan Allohga yoʻnalgan, Unga boʻyin egib, kechirim soʻrardi. Har bir daqiqada ibodat bilan mashgʻul edi. Oʻqiyotgan namozlari xuddi ibratga toʻla goʻzal sahnalar edi. Ishonamanki, har bir namozi Ka’bada oʻqilgandek yoki namoz oʻqigan xonasi Ka’ba havosi bilan toʻlgandek edi. Koʻzyoshlari, hayajoni bilan namozlarini ado etardi. Qisqa vaqtda Qur’on oʻqishni oʻrgandi. Har kungi ibodatlari Qur’on, Javshan mutoalasi, suhbatlar uning xonasini masjidga, goʻyo oxiratga tayorgarlik maktabiga aylantirgandi.

Aysel juda qobiliyatli edi. Hamma narsani soʻrar, biror savolini javobsiz qolishini xohlamasdi. 22yillik gunohlarining nadomati bilan edi. Men bunday pushaymonlik, bunday samimiy tavba, hayajon va magʻfirat orzusini koʻrmaganman. Goʻyo u ogʻir chidab boʻlmas kasalligini unutgan. Qoshlari, sochlarining toʻkilishi, tekshiruvlarning natijasi uning uchun ahamiyatsiz edi. Aysel faqat iymon bilan jon topshirishni oʻylardi. Tanasi va chehrasi soʻnggi kunlarda shu qadar nurli boʻlib, goʻyo farishtaga oʻxshardi. Yuziga termulib oʻzgacha bir lazzat olardim. «Duzjalik Mehmed» kitobingizni oʻqigan kuni juda koʻp yigʻladi. «Yo Rab!Menga ham shunday bir soʻnggi nafasni nasib et!» deb iltijo qilardi. Har kuni tushlar koʻrar, bir necha marotaba onasini, Paygʻambarimizni sav va boshqa ustozlarni ham tushida koʻrar, bir qismini bizga ham soʻzlab berardi. Ammo bizga aytmagan koʻplab muhim tushlari ham bor edi. Bu tushlarni yaxshilikka ta’bir qilib, Ayselning koʻzlari sevinchdan porlab ketardi. Paygʻambarimizni sav tushida koʻrgan kuni tongdan oqshomgacha koʻzyosh toʻkardi. Ayselning bu holiga havas qilardik. Bu qnaday buyuk ne’mat edi. Allohim! Goʻyo xasta va yordam muhtoj u meas, biz edik. Endi biz undan duo qilishini soʻray boshladik. Soʻnggi kun, ya’ni Baroat kechasida hamma tayorgarligini koʻrib tugatgandi. Juda holdan toygan, zoʻrgʻa gapirardi.

Ayselda «oʻlim yengillashuvi» boshlangan edi.

Amina xonim ikkimiz Ayselda bir oʻzgarish sezgandik. Ya’ni, tobora oʻlimi yaqinlashayotgan edi. Xalq orasida «oʻlim yengillashuvi» degan gap yuradi. Ya’ni, bemor oʻlimi yaqinlashgach, hamma ogʻriqlarni unutib, yengil tortadi va qaysidir ma’noda tuzalgandek boʻladi. Ayselda ham shu holat koʻrinayotgandi. Kuchli zirqiragan ogʻriqlar ichidagi Ayselning azoblari goʻyo toʻxtadi va oʻziga kelib gapira boshladi.

Amina xonim soʻzga aralashdi.:
— «Oʻlim yengillashuvi» tibbiyotda ham muammoli bir mavzudir,- deya izoh berdi. Bu narsa tibbiyotda inkor etib boʻlmas hodisadir. Oʻlim daqiqalari yaqinlashgan insonda koʻpincha aqliy tiniqlik kuchayadi. Bemorlarning oʻlim oldidan ahvoli yaxshilangani kuzatiladi. Bu voqea juda tez fursatda sodir boʻladi. Oʻpkasi tamom boʻlgan, nafas olishi qiyin bemorlarda, kislorod berilsa ham nafas siqilishidan qiynaluvchi bemorlarda ham soʻnggi daqiqalarda aqlga sigʻmas hodisalar yuz beradi. Oʻlim yengillashuvi nima? Agar inson faqat moddadan iborat boʻlsa edi, oʻlimi yaqinlashgach, ortadigan fiziopatologik jarayonlar iztirobi, nafas olish ogʻirlashuvi kuchayib, inson kuchli ogʻriqlar girdobida qolgan boʻlardi. Ammo hayotda buning teskarisi kuzatiladi. Ysira kutilmagnda bemorning ahvoli vaqtincha boʻlsa ham bir oz oʻnglanadi. Bu payt inson tanasidagi ruhning soʻnggi kuchi yuzaga chiqadi. Haqiqatdan ham oʻlim goʻyo tugʻilishdek bir hodisadir. Bu sirni bizga bildirish uchun Alloh oʻlim yengillashuvini beradi. Bunday daqiqalrda oʻlim yengillashuvidan tashqari ogʻriq sezmaganlarda ham ongli ravishda hushyorlik boʻladi. Uzoq hayot sahifalari bir-bir ochiladi. Yangi bir dunyo eshigi oldida goʻro boqiy dunyoning muqaddimasi boshlanadi. Ong eng muhim soz’larni soʻnggi nafaslarda arz etadi. Agar oʻlim insonning nihoyasi boʻlsaydi, buning butunlay teskarisi kuzatilgan boʻlardi.

Halokati yaqin qolgan tana mazmun mohiyatini yoʻqotadi. Ruh esa oʻlim yengillashuvi bilan goʻyo yangilangandek boʻladi. Bu ruhning borligi,oʻlimning hayot nihoyasi emas, bir oʻzgarish ekaniga dalildir. Yana ham muhimi, oʻlim oldidan insonning haqiqatga, adolatga yaqin boʻlish hikmatidir. Oʻlimi yaqinlashganda koʻp chilik adashganlar yoʻlidan qaytib, yaqinlariga jiddiy haqiqatlarni gapirishi koʻp uchraydi. Insonning faqatgina moddiy mavjudot emasligi juda muhimdir. U ba’zi hodisalarni oldindan sezadi. Bu tuygʻu hammada uchraydi. Faqat bu tuygʻuni amalda, moddiy holatda izohlash mumkin emas. Chunki dunyoviy voqealar vaqt bilan chegaralangan. Ilohiy voqealarda esa vaqt cheksizdir. Folbinlik bilan bashoratni ajrata bilish kerak. Ruhiyatga bagʻishlangan kitoblarda zobitlarga oid minglab voqealar bor. Bular orasida samolyot falokatlarini oldindan sezganlar, urushlarda oʻlimi yaqinlashganini bilganlar koʻp boʻlgan. Sogʻliqdan muammosi boʻlmaganlarning oʻlim haqida xabar berish hollari koʻp uchraydi. Janobi Haq oʻlim yengillashuvi bilan quliga soʻnggi imkoniyatni beradi.

Bularning koʻpi moʻjiza edi. Abrinur xonim Amina xonimni bu izohlarini davom ettirdi.

Ayselning ogʻriqlari toʻxtab, oʻziga kelgach, bizlarni hayratga slogan oʻzgarish roʻy berdi. «Suv olib keeling, tahorat olaman», dedi u. «Mehmonlarim keladi, ularni tahoratli kutib olishim kerak». Tahorat oldi. Ammo biz bilan umuman qiziqmadi. U endi boshqa bir olamning vakilidek, nigohi, harakatlari bizga noma’lum narsalarga qaratilgan edi. «Qara»,-dedi. «Azon oʻqish boshlandi. Bu men uchun oʻqilyapti. Menga «tayorlan’, deya xabar berishyapti». Tabiiyki, bzi azonni eshitmasdik. Ammo Aysel dunyoni tark etgan, boshqa bir olamda yashay boshlagandi. U koʻp narsalarni koʻrar, eshitar,ammo uning koʻrayotganlarini biz koʻrmasdik. Oʻgirildi, tiz choʻkdi, qoʻllarini tizzaga qoʻyib katta ishtiyoq bilan azonning tugashini kutdi. «Azon tugadi», dedi. «Endi meni olib ketishga kelishadi». Oʻzining haqqiga duo qila boshladi.

Meni olib ketishga onam kelyapti.

— Huzuringga boryapman,Allohim! Meni qabul qil.Senga, buyukligingga ishonaman, iymon keltirdim. Sen meni yaratding va yana senga qaytyapman.

Bir necha marotaba «onam kelsin, onam kelsin’, deb takrorladi.
— Kim klesin?- dedim
— Soʻrashyapti,-dedi. Seni olib ketishga onang klesinmi, boshqa birovmi? Deya Men onam kelishini xohlayapman. Onam keladi...Bir daqiqa jim qoldi. Kelayotgan tovushga butun diqqatini qaratgan edi. Va shu asnoda uning yuziga urilayotgan nur bizning ham koʻzimizni qamashtira boshladi. Biz hayrat ichida Amina xonim bilan bir-brimizga qarardik. Aysel Xonim shu asno baland ovoz bilan hayajonlanib:»Allohu Akbar, Allohu Akbar, La ilaha illalloh...» deya takbir keltirdi va ortidan shahodat keltira boshladi. Biz bu hodisa qarshisida lol qolgandik. Men karaxt boʻlib qolgandim. Oʻlim oldidagi bu ishlar iymonimni mustahkam qilardi. Soat uchgacha boshida Qur’on va Javshan oʻqidik. Aysel ham oʻqiyotganlarimizni takrorlashga harakat qilardi. Men Yosin surasini oʻqirdim. Amina xonim esa Ayselning tepasida parvona edi. Qibla tomondagi derazada chaqmoqdek bir nur porladi, xonani yoritib yubordi. Bunga ikkimiz ham guvohmiz. Bu nur yogʻdusi xonadagi oydinlikni bosib yubordi. Juda ajoyib va huzurbaxsh nur edi u...Aysel bu nurni koʻrar-koʻrmas oʻrnidan turishga harakat qildi. Amina darhol unga yordamlashdi. Aysel hayajon ila qoʻllarini ochdi.
— Onajon! – deya baqridi. Sen! Sen keldingmi, meni olib ketgani?

Goʻyo onasi bilan quchoqlashayotgandek qoʻllarini ochdi, bir-biriga qovushtirdi va bir muddatdan keyin Aminaning qoʻllariga tushdi.

Soʻnggi damda yumilish arafasidagi koʻzlarida ham shunday bir yorqin nur,lablarida ham bir ajib tabassum bor edi. Bu soʻnggi nigoh cheksiz azob va gunohlarga bir vido, abadiy huzurga esa bir salom edi. Soʻnggi nafasi «Allohu Akbar,Allohu Akbar» boʻldi...Joyiga yotqizdik. Azobu iztiroblarga xastalikka koʻmilgan bir umr nihoya topgan edi. Azroil a.s. unga eng sevimli kishisi boʻlgan onasi qiyofasida koʻringan edilar. Undagi iymon tavbasi shu darajada yuksak va samimiy ediki, Alloh huzuriga pokiza, gunohlari kechirilgan holatda ketdi. Iymonli bir oʻlimning haqiqiy guvohlari boʻldik.

Biz, biz nima boʻlamiz?

Abrinur Xonim hayajondan titrar edi. Abrinur Xonimning soʻnggi jumlasi shunday ta’sirchan va oʻyli chiqdiki, xonadagilarni qalblarini va koʻzlarini qaytadan yoshlantirdi.

Ertaga oʻlim daqiqalarida bizning holimiz nima kechadi? Har bir inson har kuni yuz marta oʻziga shu savolni berishi lozim. Aysel Xonimning hayoti bizlarga saboq boʻlsin. Har bir aqlli inson bu saboqni yaxshi oʻzlashtirishga intiladi. Chunki, iymonni asrash, iymon bilan ketishdan-da buyukroq saodat yoʻqdir. Buning uchun bugundan harakat qilmasak, ertaga kech boʻlishi mumkin.