OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifXorxe Luis Borxes
Asar nomiPedro Salvadores (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Ispan adabiyoti
Boʻlimlar
   - Avangard
Mualliflar
   - Xorxe Luis Borxes
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonSharifjon Ahmedov
Hajm4KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2013/07/03
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


Nashr belgilari
«Yoshlik» jurnali, 2001 yil, 3-4-son


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Pedro Salvadores (hikoya)
Xorxe Luis Borxes

Men tariximizning eng gʻalati va eng qaygʻuli manzaralaridan birini (chamasi birinchilar qatori) hikoya qilib bermoqchiman. Buni imkon qadar hikoyaga aralashmasdan, chiroyli toʻldirishlar va xatarli taxminlarsiz amalga oshirish ma’qul deb oʻylayman.

Ishtirok etuvchilar uch kishi: erkak, ayol va har joyda hoziru-nozir mustabid koʻlankasi. Erkak kishining ismi Pedro Salvadores edi; mening bobom Asevedo uni Kaseros yonidagi jangdan soʻng bir necha kun va yoki hafta oʻtgach koʻrgan. Haqiqat shuki, Pedro Salvadores hamma qatori bir odam boʻlgan, faqat taqdir va yillargina unga betakrorlik baxsh etdi. U oʻsha zamonning oʻrta hol sohiblaridan edi: saqlanib qolgan ma’lumotlarga koʻra, uning chorbogʻi boʻlib, oʻzi unitariylarga hayrihoh edi. Xotini Planeslar xonadonidan edi; ular Suipachaning Temple koʻchasi bilan kesishgan joyida istiqomat qilishar, hikoya qilinayotgan voqealar sodir boʻlgan uy oddiy~gina edi: oddiy darvoza, yoʻlak, panjarali eshik, boʻlmalar va ichki kichik hovlilar.

1842 yil oqshomlarining birida uy egalari tuproq yoʻldan tobora yaqinlashib kelayotgan otlar dupuri va otliqlarning qichqiriqlariga e’tibor qipishdi. Bu gal masorka ularni chetlab oʻtmadi, eshikni gursillatib tepa boshladilar. Askarlar eshikni buzayotgan mahal Salvadores stolni nari surgach, gilamni qayirib yertoʻlaga yashirinishga ulgurdi. Xotini stolni joyiga surib qoʻyishi hamon Salvadoresni hibsga olish uchun tashrif buyurgan kallakesarlar bostirib kirishdi. Xotini Salvadores Montevideoga qochib ketdi, deb aytdi. Bu soʻzlariga ishonmasdan uni doʻpposladilar, moviy chinni idishlarni chil-chil qilib, butun uyni ostin-ustun qilsalar-da, gilamni koʻtarish xayollariga kelmadi. Ular qaytib kelishlarini aytib, yarim kechasi chiqib ketishdi.

Pedro Salvadoresning chinakam voqeasi mana shu joydan boshlanadi. U yertoʻlada toʻqqiz yil umr kechirdi. Yillar kunlardan, kunlar soatlardan iborat, toʻqqiz yillik muddat esa mana shu kun va soatlar xayoliy yigʻindisining mavhum shaklidan oʻzga narsa emas, deb har qancha mulohaza qilmang boʻlib oʻtgan voqea dahshat edi. Oxir-oqibat koʻzlari koʻnikib qolgan zulmat qoʻynida u hech bir narsa toʻgʻrisida, hatto nafrat va xatar haqida ham oʻylamagan deya olmayman. Salvadores yertoʻlada umrini oʻtkazar ekan, tashqaridan xotinining tanish qadam olishpari, chelakning quduqqa urilishi, hovlida quyayotgan jala-oʻzi quvgʻin qilingan olamning tovushlari eshitilar va har bir yangi kunning soʻnggi kunga aylanish xavfi kezib yurardi.

Ogʻizlaridan gullab quyishlaridan choʻchigan xotini xizmatkorlarning javobini berdi. Qarindoshurugʻlariga boʻlsa Salvadores Sharqiy Sohilda, deb aytdi. Oʻzi va erini boqish uchun askarlar kiyimi tikish bilan mashgʻul boʻldi. Fursat yetib, ikki oʻgʻil tuqqach, oilasi uni buzuqlikda aybladi va oq qildi. Mustabid qulagach esa qarindoshlari bu uchun yolvorib uzr soʻrashdi.

Kim va nimaga aylanib qolgandi Pedro Salvadores? Yertoʻlada bu qadar uzoq yashashga uni nima majbur qildi qoʻrqoʻvmi yo muhabbat, qadrdon Buenos-Ayres xayolimi va yo shunchaki koʻnikish? Yolgʻizlikdan tinkasi qurigan xotini, chamasi, unga fitna va gʻalabalar haqidagi mujmal xabarlarni yetkazib turgan edi. Yoki Salvadores qoʻrqoq edimi va buni bilgan xotini bechora shu qadar sadoqat bilan uni koʻzdan yashirganmidi? Ehtimol, shagʻamsiz, ehgimol kitoblarsiz u yertoʻlada qay tariqa kun kechirganini tasavvur qilaman. Qorongʻulik, chamasi, uni uyquga undar edi. Ehgimol, dastlab u hamon oʻsha mudhish kechani, kimsasiz koʻchalar va yalanglikni tush koʻrgan edi. Oradan shuncha yillar oʻtgach, u endi qochib keta olmas va faqat yertoʻlanigina tush koʻrganligi ham haqiqat edi. Dastlab boshda u ta’qib ostiga olingan qochoq edi, Keyinchalik esa buni kim bilsin taqdirga tan berib iniga urib ketgan yirtqich va yo allaqanday sirli-sinoatli sanamga aylangandi.

Bu ahvol Rosas mamlakatdan juftakni rostlagan 1852 yilning yoziga qadar davom qildi. Shundan keyingina bizning zohid yertoʻlani tark etdi; mening bobom u bilan suhbatdosh boʻldi. Xomsemiz va besoʻnaqay bu odam mum rangini olgan va past ovoz bilan soʻzlardi. Uning musodara etilgan yerlarini baribir qaytarib berishmadi; aftidan, u choʻntagida bir mirisiz qazo qildi.

Pedro Salvadoresning qismatida men hamma narsada koʻrganim timsolni koʻraman, koʻngil uchida turgan timsolni koʻraman.