OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

5 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifXudoyberdi Toʻxtaboev
Asar nomi«Fermer qizga tosh otmang» (drama)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Milliy adabiyot
Mualliflar
   - Xudoyberdi Toʻxtaboev
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm22KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2013/07/03
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


Nashr belgilari
«Oʻzbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasining 2002 yil 20-sonidan olindi


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





«Fermer qizga tosh otmang» (drama)
Xudoyberdi Toʻxtaboev

Shokalonning shohona qurilgan hovlisi. Ayvonda Shokalon bilan xotini Shahriniso atlas toʻshaklarga, par yostiqlarga yaslanishib suhbatlashyapti. Nariroqdagi baland tushgan ravonda oʻgʻli Shoumar uch-toʻrt tengqurlari bilan qarta oʻynayapti. Xizmatkor ayol er-xotin oldiga soʻyilgan qovun olib kiradi.

Ayol – Men endi ketaveraymi?

Shahriniso – Yigitlarga ham qovun berdingmi?

Ayol – Berdim.

Shahriniso – Erta barvaqtroq kelib koʻcha tomonning oynasini bir artgin. Hoy dadasi, gapingizni tezroq aytaqoling, hozir kinom boshlanib qoladi.

Shokalon – Qarorim qat’iy. Xurshidani kelin qilamiz.

Shahriniso – Uch yildan buyon «yoʻq», dedim, yana «yoʻq» deyaveraman, necha marta sovchilikka borib sharmanda boʻlib kelganim yetar.

Shokalon – Bas qil qaysarlikni.

Shahriniso – Ochigʻini aytaymi, avvalo chet eldan qanaqa boʻlib kelganini xudo biladi. Qolaversa, ahvolimni koʻrib turibsiz. Oʻtirsam turolmayman, tursam oʻtirolmayman. Menga yugurib-elib xizmat qiladigan chaqqongina kelin kerak. Hoy erkak, tushunsangiz-chi, sochini kalta kes-tirib, labini boʻyab yuradiganlardan yaxshi kelin chiqmaydi.

Shokalon – (oʻshqirib, mushtlab) – Avval gapga quloq solgin deyapman.

Shahriniso – Fermer boʻlib boyib ketgan boʻlsa oʻziga. (Eriga oʻxshatib uyam dasturxonga mushtlaydi). Onasiniyam yoqtirmayman. Kerilmay oʻlsin, kechagina oyogʻimni oʻpishga zor boʻlib yurardi. Oʻlmay oʻlgur eri boʻlsa, umrbod poyma-poy kalish kiyib, urgʻochi eshak minib oʻtgan bu dunyodan... Endi hech kimni mensimay qoptilar, bu xonim. Toʻyu ma’rakalarda toʻppa-toʻgʻri toʻrga chiqib mana bunday qilib oʻtirib oladi-ya. Koʻrmaganning koʻrgani qursin, deganlari rost ekan. Ja men ham qataloq yerdan qatalab chiqqan emasman. Oʻttiz yil bogʻchaga mudir boʻlganman. Manaman, degan poʻrim juvonlar soyamga salom berardi.

Shokalon (gʻijinib) – Seni bu nonkoʻr Inoyat behurmat qila boshlabdi-da.

Shahriniso – Koʻpchilikning orasida yer yorilmadiyu, yerga kirmadim.

Shokalon – Gaping tugadimi?

Shahriniso – Yaramni tirnab qoʻydingiz. (Shokalon izzat-nafsi olingan ayol yovuz kuchga aylanadi, deb oʻylaydi).

Shokalon – Shoshmay turgin, men oʻsha nonkoʻr Inoyatni yana soyangga salom beradigan qilib qoʻyaman. Sen aqlli ayolsan, gapning magʻzini yaxshi chaqasan.

Shahriniso (yuzi nurlanib) – Xayriyat, hech boʻlmasa shunisini tan olarkansiz.

Shokalon – Tan olmay-chi, sening maslahating bilan shunchalik boʻlib yuribman-da.

Shahriniso – Xayriyat-ey.

Shokalon – Senga hozir muhim bir gapni oshkor qilaman. Men aytib boraman, sen sanab borasan.

Shahriniso – Qani, qanaqa gaplar ekan?

Shokalon – Inoyat qizi bilan fermer boʻlayotganlarida men shartnomaga dashtdagi unumsiz yerlardan yuz gektar qoʻshib, keyinchalik birga ishlaymiz, deganman.

Shahriniso (Norozi ohangda) – Nega oʻsha dashtingizni bir yoʻla oʻgʻillaringizga bera qolmagansiz?

Shokalon – Dushmanlarim oʻgʻliga shuncha yer berdi, deb gʻalayon koʻtarib, uch gektar oʻrikzorini ham oldirib qoʻyishlari mumkin edi. Zamon nozik edi, xonim.

Shahriniso – Xoʻp, buni bir deylik.

Shokalon – Endi ikkinchisiga quloq sol. Goʻzalim, agar biz Xurshidani kelin qilmasak, unga albatta Beksulton uylanadi. Bir-birlariga koʻzini suzib qaraganini necha marta kuzatganman. Agar ikkovlari birlashsa, oʻgʻlingning fermasi xarob boʻladi. Agar Xurshidani biz kelin qilsak, unda oʻgʻlingning fermasi kuchayib, Beksultonniki xarob boʻladi. Tadbirkorlikning bir yoʻli — olishuv, kurash. Sen raqibingni yengmasang, raqibing seni, albatta, yengadi.

Shahriniso – Xoʻp, buni ikkinchisi deylik, lekin vahimaliroq ekan.

Shokalon – Uchinchisi shuki, nazarimda, Xurshidani bir-ikki yilga qolmay tuman hokimligiga koʻtarib yuborishsa kerak.

Shahriniso – Yoʻgʻ-e!

Shokalon – Kimsan, hokimning qaynabuvisi boʻlib yursang, buning nimasi yomon?

Shahriniso – (yoqasini ushlaydi) – Yoʻgʻ-e!

Shokalon – Viloyat hokimining fikri shunaqa.

Shahriniso – Siz viloyat hokimini umringizda koʻrmagansiz-ku.

Shokalon – Men koʻrmagan boʻlsam ham ular meni taniydi...

Shahriniso – Tezroq toʻrtinchisini ayting. Kinom boshlanib qoladi, deyapman.

Shokalon – Toʻrtinchisi shuki, Beksulton bilan Xurshida birlashib dashtga anhordan koʻtarma suv olishsa, tepadan surilib kelgan zax oʻgʻlingning oʻrikzorini butunlay quritadi-qoʻyadi.

Shahriniso – Voy shoʻrim, bunday qilishlariga yoʻl bermang.

Shokalon – Endi beshinchisini aytaman. Oʻgʻling sal anqovroq, buning ustiga dumbul ham.

Shahriniso – (Sakrab oʻrnidan turib ketmoqchi boʻladi, gʻazabi oshadi, turolmaydi) – Bolamni kamsitishni bas qiling, topib olgan gaplari shu. E, oʻzingizdan koʻring, oʻsha paytlarda nuqul ichib kelardingiz, mast boʻlib kelib quturgan sherdek yopishardingiz.

Shokalon – (Oʻzini oqlamoqchi boʻlib) – Oʻzing ham beshinchisini tugʻmayman, deb oylab qaynoq suvda oʻtirgansan... Ha, boʻpti, kechir meni. Gap shundaki, sen bilan meni bu dunyoga bogʻlab berganlari yoʻq. Bir kun ketish ham bor. Bizdan keyin oʻgʻling aka-ukalarga qaram boʻlib qolmasligi uchun unga Xurshidaga oʻxshagan xushyorroq xotin kerak, tushunyapsanmi?

Shahriniso – Yana sovchilikka bor, deysizmi?

Shokalon – Ertagayoq.

Shahriniso – Yana yoʻq, desa-chi?

Shokalon – Yana, yana, yana boraverasan. Agar Xurshidani kelin qilib, dashtdagi yerini qoʻshib olsak, dashtning eng baland joyiga senga shiypon qurdirib beraman.

Shahriniso – Odamni koʻndirishga biram ustasizki, keling, qoʻlimdan torting.

Shokalon – Bay, bay, biram ogʻirsanki.

Shahriniso – Mudirligimda koʻp yeb qoʻyganman-da, dadajonisi.

Shokalon – Koʻp yegan semirsa, men hozir bir tonna boʻlardim.

Shahriniso – Dadajonisi, yegan bilan yeganingiz yuqsin ekan. (Kuladi).

* * *

Inoyat ayaning hovlisi. Aya uch qizini yoniga olib ovqatlanyapti.

Inoyat – Umida, tur. Idish-tovoqlarni yigʻishtir. Zarifa, sen dasturxonni gilosning tagiga qoqqin. Savobi dadamga tegsin, degin. Keyin Umida ikkovlaring borib ammangni aytib kelasizlar, maslahatli gap bor ekan, deysizlar.

Zarifa – Tezroq yuring, ayajonimning yuragi tars yorilay deyapti, deymizmi?

Inoyat – Mayli, shunday desang ham boʻladi. Xurshida, tur narigi uyga chiqaylik, sen bilan gaplashib olmoqchiman.

Xurshida (kulib) –Ishlab chiqarish majlisi qilamizmi?

Inoyat (jiddiy)– Ha, majlis qilamiz.

Xurshida – Nima, sut sogʻish planini bajarishmayaptimi?

Inoyat – Jon qizim, hazilga olma.

Xurshida (yana kulib) – Ayajon, novvoslaringiz ham semirmay qolayaptimi? Ayajonim, agar yana erga tegishim masalasida boʻlsa, gap ochmang.

Inoyat – Ochaman, hozir ammang ham keladi. Sen tengi qizlar ikkitadan bolali boʻldi. Xumorxon uchinchisiga homilador boʻpti. Ikkoving bir kunda tugʻilgan eding. Qari qiz boʻlib oʻtiraverasanmi? El-yurtning gapiga qanday chidayman?

Xurshida – Meni el-yurt bilan ishim yoʻq.

Inoyat – Hoy, ona qizim. Menga qara, yana bir yil-yarim yil oʻtsa, seni yo xotini oʻlgan, yo xotin qoʻygan soʻrab keladi.

Xurshida – Ma’qul koʻrsam, unisigayam, bunisigayam tegaveraman.

Inoyat – Oʻzi qiz bolani oʻn yettidan oshirmay uzatish kerak ekan. Yil oʻtgan sari er tanlaydigan boʻlib qolarkan.

Xurshida – Nega oʻn yettimda uzatmadingiz? Men ham hozir uchtasini tugʻib olgan boʻlardim.

Inoyat – Bilaman, senga gap topolmayman. (yigʻlamsirab) Menga qara, rahmatli dadang ellikda qazo qiluvdi. Men ham oʻsha yoshdaman. Jon bor joyda qazo bor, hech kimga falon yoshga borasan, deb oldindan aytib qoʻyilmagan. «Tap» etib oʻlib qolsam, bu yoqda sen, bu yoqda singillaring, osilib qolasanlar (yigʻlab yuboradi).

Xurshida (Sakrab turib onasining boʻyniga osiladi, oʻziyam toʻlib turgan ekan, qoʻshilib yigʻlaydi) – Onajonim, mehribonim (sochlaridan silaydi, koʻzlaridan oʻpadi), yigʻlamang, bas qiling.

Inoyat (Battar yigʻlab) – Dadang shoʻrlik tirik boʻlganidayam mayli edi-ya.

Xurshida (yigʻi aralash) – Ayajonim, hammasini tushunaman. Nima, mening qalbim toshdanmi, meni boshqalarga oʻxshash orzu-havaslarim yoʻqmi? Tengqurlarim bolasini erkalab bagʻriga bosib turganini koʻrsam, havasim kelganidan koʻkragimdan sut chiqib ketadi. Yosh kelin-kuyovlar koʻchadan yetaklashib oʻtishsa, qaltirab oyoq-qoʻlimdan darmon ketib qoladi. Kelinchakning yasatilgan uyiga kirsam, rashkim kelganidan qochib chiqib ketaman. Mening hissiyotlarim hammasinikidan toza, hammasinikidan yuksak (Yigʻlab oʻzini toʻshakka tashlaydi, toʻshakni mushtlab-mushtlab yigʻlaydi).

Inoyat (Yigʻidan toʻxtab, qizini yupatishga tushadi) – Onaginam, shiringinam, yarangni chakki tirnadim, oʻzi shunaqa boʻlarkan. Omad bilan baxt qoʻshaloq kelmas ekan. Xudoga shukr, omading kelib turibdi. Iloyo, baxting ham charaqlab ochilsin.

Xurshida (Hali yigʻidan toʻxtagani yoʻq) – Ayajonim, oʻzimning ham oʻylaganim nuqul shu. Bitta tengimni men ham toparman. Xoʻsh, unda ferma nima boʻladi, singillarim yosh, siz yarim jon boʻlib qolgansiz... Yana kimlardan sovchi kelyapti?

Inoyat – Shokalon raisnikidan kelishganini aytuvdim. Bugun yana kelishdi.

Xurshida – Nima dedingiz?

Inoyat – Yana oʻsha javob, avval yigit qizim bilan gaplashsin, dedim.

Xurshida – Yana kimdan keldi?

Inoyat – Bugungisi Yaypandan. Yigitning otasi qushxonaning direktori ekan. (Kulib oladi). Qizingizni kelin qilsak, buqalaringizni bizning qushxonamizda soʻyib bemalol sotaverasizlar, dedi.

(Ona-bola ikkovlari kulishadi).

Xurshida – Rosa kim oshdi savdosi avjiga chiqarkan-da, ayajon.

Inoyat – Shunaqaga oʻxshaydi, qizim.

Xurshida – Ayajon, oʻzingizning koʻnglingiz qaysi biriga chopayapti?

Inoyat – E, qizim, koʻnglimga quloq solsam, seni asli Akmalxon Qorining oʻgʻli Sharifjonga bergim bor. Azonni juda yoqimli ovoz bilan aytadi-da. (Ona-bola kulishadi). Endi qizim, zamon senga boqmasa, sen zamonga boq, deydilar. Shuncha katta ishni boshlab qoʻydik. Endi katta, boobroʻ qudalar ham kerak. Shokalon raisning oʻgʻli Shoumar yaxshigina yigit, bir pochchasi hokim muovini, bir pochchasi bankda bosh hisobchi, opasi maktab direktori, jon qizim, soʻnggi paytlarda koʻproq yakkalanib qolyapmiz, kimlargadir suyanmasak boʻlmaydiganga oʻxshab qolyapti. Shoumar yoqimtoygina, dilbargina.

Xurshida – Dilbargina boʻlmay oʻlsin, mijgʻovligini aytmaysizmi! Jinim suymaydi uni. Onasini emmoqchi boʻlgan buzoqchaday orqamdan ergashgani ergashgan.

Inoyat – Unaqa dema, kichkina odamlarning farzandi emas-a, agar yoʻq desak, bu qishloqda yashashni ham bir oʻylab koʻrgin.

Xurshida – Mayda gap, xotinchalish u, faqat qoshiga oʻsma qoʻymaydi, xolos.

Inoyat – Qizginam!

Xurshida – Bas qiling, bas! (Yigʻlab yuboradi, onasining koʻksiga boshini qoʻyib uzoq yigʻlaydi). Nega meni oʻgʻil qilib tugʻmadingiz, nega?

Inoyat – Boʻlmasa, koʻnglingdagini ayt, ammang kelguncha kelishib olaylik.

Xurshida – Koʻngil qoʻyganim bor, albatta. Mana bu yerimga oʻrnashib olgan u. Tushimda ham oʻsha, oʻngimda ham oʻsha, kitob oʻqisam, kino koʻrsam ham oʻsha. (Oʻrnidan turib, yer tepinadi). Maktabni bitirayotganimda gul bergan ham oʻsha, dadajonim olamdan oʻtganda bel bogʻlab, xuddi oʻgʻlidek yigʻlab turgan ham oʻsha, molxonani suv bosganda tepasini yopishga qarashgan ham oʻsha, deputatlikka qoʻyilganimda men uchun yonib-kuyib olishgan ham oʻsha, oʻsha, oʻsha. Mana bu yerimda oʻt yoqqan u, har koʻrganimda bu oʻt lovillab yonib, butun borligʻimni, butun vujudimni lovillatib kuydiradi.

Inoyat – Xudoga shukr, uni sevarkansan.

Xurshida – Ayajon, u ham meni sevadi.

Inoyat – Nega sovchi qoʻymaydi, boʻlmasa?

Xurshida – Ikki-uch bor tortinibroq yonimga kelgan. Men ahmoq uning koʻksidan itarganman. Ayajon, hatto bir marta tarsaki ham urganman.

Inoyat (Hushyor tortib) – Shoʻxlik qilmoqchimidi?

Xurshida – Oʻpmoqchi edi, shekilli.

Inoyat – Xudoga shukr, qalbingda katta muhabbat bor ekan. Muhabbat pokiza qalblargagina mehmon boʻladi. Bunaqa baxt hammaga ham nasib boʻlavermaydi. Yigʻlama, kel, boshingni yana koʻksimga qoʻy... Hamma seni shafqatsiz, mehri qattiq deb yurardi. Bunaqa yigʻlaydigan odatlaring ham bor ekan. Lekin, qizginam, begonalar oldida hech yigʻlamagin.

Xurshida – Ayajon, yuragim toʻlib ketgan edi-da.

* * *

Fermaning ma’naviyat xonasi. Xurshida hisob-kitob qilib, oʻzicha mamnun oʻtiribdi. Shoshilib yordamchisi Abdusamat kirib keladi.

Xurshida (kulib) – Ha, namuncha, it quvgan soqovdek.

Abdusamat – Xazina topgan xasisdek desangiz-chi? Omongovning qoʻylarini koʻrib kelyapman. Qoʻchqorlarini qassoblar talab ketibdi. Urgʻochilari bilan qoʻzilari qopti.

Xurshida – Olsak boʻladiganmi?

Abdusamat – Olish kerak.

Xurshida – Necha bosh ekan?

Abdusamat – Oltmish bosh.

Xurshida – Qoʻylarda yuk bormi yoki toʻrt oyogʻu bir kalladan iboratmi?

Abdusamat – Olsak yukini emas, boshini gaplashamiz.

Xurshida – Savdolashdingizmi, axir?

Abdusamat – Yelkam uzilib ketay, dedi-ku, Xurshidaxon.

Xurshida – Qanchadanga kelishdilaring?

Abdusamat – Yigirmadanga.

Xurshida – Yoʻq, mingdan qoʻshing. Oʻtgan hafta bozorni koʻrdim. Hisori qoʻylar oʻttizdan kamga ketayotgani yoʻq.

Abdusamat – Hisobchiga aytaymi?

Xurshida – Chekni ola kela qolsin.

Abdusamat chiqishi bilan xonaga tortinibroq Inoyat kirib keladi.

Inoyat – Xurshida, men Abduxoliq haqida...

Xurshida – Yoʻq, bu odam haqida gap ocha koʻrmang.

Inoyat – Shaharda, Chorsu bozorida aravacha itarib, tashkachilik qilib yurganmish.

Xurshida – Bir ta’zirini yesin. Uch marta oʻgʻirlik bilan qoʻlga tushdi.

Inoyat – Jon qizim, beshta bolasi bor-a.

Xurshida – Oʻnta boʻlgandayam uni qayta ishga tiklamayman. Agar tiklasam boshqalari ham biri beda, biri yem, biri chelaklab sut oʻgʻirlashga tushadi.

Inoyat – Qizim, axir fermaning yarmi meniki boʻladi-ku.

Xurshida – Nega yarmi boʻlarkan, ayajon? Hammasi sizniki. Lekin boshqaruv meniki. Men hammaga bir xilda rahmdil boʻlolmayman. (Qoʻlidagi uyali telefon jiringlab qoladi). Ha, ha, menman. Boʻlmagan gap, men u muttaham bilan hoziroq gaplashaman. Ketma, yarim soatdan keyin yana telefon qil menga. (Jahl bilan qoʻlidagi telefon raqamlarini tera boshlaydi). Vahob Roʻzievich, bu qanaqa maynavozchilik yana? Ha, men shunaqa salomlashishniyam unutib yuborganman. Meni kelin qilmasangiz — qilmay qoʻyaqoling, hali beri erga tegish niyatim ham yoʻq. Gapni chalgʻitmang. Nega mening ekspeditorimni qaytardingiz, nega? Kunjara bilan shoʻlxani toʻppa-toʻgʻri tsexdan, sovimasdan, qaynogʻicha berasiz, deb kelishgan edik-ku. Gapni qarang, oldin omborga chiqararmishlar, omborchi bazaga joʻnatarmish, bazadagi tovlamachilar shofyorlar bilan kelishisharmish.... Vahob Roʻzievich, joyida oʻn olti soʻm turadigan kunjara bizga qirq ikki soʻmdan kelib tushayapti. Yoʻl-yoʻlakay boʻladigan qaroqchilikdan sizning xabaringiz bor, koʻpini oʻzingiz uyushtirayotgan boʻlishingiz ham mumkin. (Inoyat qoʻrqib turibdi, qoʻrquv battar oshib boryapti). Gap shu, men limitdagi kunjaram bilan shoʻlxamni toʻppa-toʻgʻri tsexdan olaman. Agar qarshilik koʻrsatsangiz, ustingizdan deputat sifatida viloyat prokuroriga shikoyat kiritaman.

Inoyat – Qizginam, (qizining qattiq-qattiq gaplashayotganidan qoʻrqib borib qoʻlini ushlaydi) bular bilan muomalani yumshoq qil, hammasi bir tovoqdan osh yeydi-ya.

Xurshida (Gʻururlanib) – Ayajon, men ham kichkina odammasman.

(Inoyat gapini oʻtkaza olmaganidan ma’yus tortib chiqib ketadi. Xurshida yana qogʻoz varaqlashga tushadi. Telefon jiringlaydi.)

Ovoz – Xurshida opa, direktor huzuridan gapiryapman. Kechirim soʻrayaptilar. Mana, choy ham berdilar menga. Uch kun ichida limitdagi hamma narsani oʻzim olib ketar ekanman.

* * *

Xonaga qoʻlida bir dasta gul Shoumar kirib keladi.

Shoumar (xursand) – E, hayriyat-e, seniyam topadigan kun bor ekan-a, bir kun bogʻda, bir kun togʻda boʻlasan (gulni uzatadi).

Xurshida – Voy, buni nima qilaman?

Shoumar – Ayam sevgan qizing zoʻr mukofotlar oldi, quruq borma, gul olib borgin, dedi. Qalay, yaxshimikan? Ataylab shaharga borib olib keldim... Ayam Xurshidaga ayt, u judayam goʻzal qiz, deb tayinladi.

Xurshida – Buni oʻzim ham yaxshi bilaman, nima gaping bor, ayt, shoshib turibman.

Shoumar – Maslahatli gapim bor, shunga keluvdim.

Xurshida – Qanaqa maslahat?

Shoumar (butunlay dovdirab) – Mana men fermer, sen fermer, sen Gollandiyada oʻqib aqlli boʻlib kelgansan. Meni dadam, qarindoshlarim qoʻllab turibdi, bilasan, pochcham hokim muovini, bitta opam ZAGS mudiri, yana bittasi direktor.

Xurshida (beozor kulib) – Pesning pochchasi, moxovning togʻasi koʻp boʻlarkan.

Shoumar (pichingni tushunmay) – Toʻgʻri aytasan, ikkita pochcham ham bor. Bittasi militsiyadan ketgan boʻlsayam, vositachilik qilib rosa pul topadi-da... Endi mening oʻrikzorimda ham fermangning boʻlinmasini ochsak, devdim... Rosa xashak olsa boʻladi-da.

Xurshida – Mening xashagim yetarli.

Shoumar – Yoʻq, ferma ochaylik, deyapman.

Xurshida – Fermam ham yetarli. (Chiqib keta boshlaydi).

Shoumar – Xurshida, qiynalib ketyapman, nima uchun kelganimni bilib turibsan, bilib turib meni molxonaga boshlaysan, nima men hayvonmi, yetti marta muhabbat izhor qildim, javob yoʻq. Bilib qoʻy, seni baribir birovga bermayman. Buning ustiga dadam bilan ayam ham faqat seni kelin qilamiz, deyishyapti. Seni bizdan keyin yetaklab yuradigan hushyorroq qiz kerak, deyishyapti... Mayli, oʻladigan dunyoda, xohlasang, Gollandiyaga ham koʻchib ketaveramiz.

Xurshida – Gollandiyaga?!

Shoumar – Ha, Gollandiyaga. Yoʻq, rozi boʻlmasang, bormaymiz. Dadam dashtdagi yerlarning qoʻldan chiqib ketishidan juda qoʻrqyapti-da.

Xurshida — (hushyor tortib) Nega qoʻldan chiqarkan?

Shoumar – Boshqaga tegsang, qoʻlimizdan chiqib ketadi-da.

Xurshida – (Shoumarning dumbulligidan kulib)–Shoumarjon, sen esli, hushli, ham juda kelishgan yigitsan. Sinfimizdagi barcha qizlar seni yaxshi koʻrishardi. Har qanday qiz senga turmushga chiqishni oʻziga baxt deb biladi. Lekin sinfdoshim, men seni hech qachon umidvor qilgan emasman.

Shoumar – Ochigʻini ayt, men yomonmanmi?

Xurshida – Yoʻq, seni hech kim yomon deyotgani yoʻq.

Shoumar – Nega boʻlmasa tegmayman, deyapsan?

Xurshida – (Bunga gap uqdira olmasligini tushunib, oxirini oshkor aytishga qaror qiladi) – Meni sevgan yigitim bor.

Shoumar – (oʻrnidan turib) Nima?!

Xurshida – Ha, yigitim bor.

Shoumar – Tagʻin anavi Beksulton shalpangquloq boʻlmasin?

Xurshida – Ehtimol oʻshadir.

Shoumar – Bilib qoʻy, oʻshanga tegadigan boʻlsang, ikkovingni ham chavaqlab tashlayman.

(Ikkovlari oʻrtasida sanu man janjalga oʻxshash holat kuchayadi. Inoyat hovliqib kiradi).

Inoyat – Voy, nima janjal, hamma qarab turibdi-ya, uyat-e!

Shoumar (hayajonda) – Mana bu qizingizni qarang, yetti yil oldin senga tegaman, devdi. Endi yoʻq deyapti. Bu yoqda men uchta boladan qolib oʻtiribman.

Xurshida (baqirib) – E, yoʻqol-e, senga qachon va’da beribman?

Shoumar – Oltinchi sinfdaligingda oʻchirgʻich berib oʻpgandim-ku, esingdan chiqdimi?

Inoyat – Voy, tavba, voy tavbangdan ketay.

Shoumar – Xolajon, men boʻlajak kuyovingizman, menga unaqa xoʻmrayib qaramang, baribir qizingizni olaman. Yaxshisi uni koʻndiring. Koʻndirsangiz, toʻydan keyin sizni Hajga olib boraman.

Xurshida — (Guldastani betiga otib) Yoʻqol, yoʻqol deyapman.

* * *

Inoyat (oʻychan) – Qizginam, bu balolardan qutulish oson boʻlmas-ov, Shokalon rais oldingi raisni oʻldirtirib vazifasini tortib olgan edi.

Ona-bola bir-birlariga qoʻrquv-vahima ichida boqib tek turib qolishadi.