OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifXursandbek Toʻliboyev
Asar nomiHayotga qaytish (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Milliy adabiyot
Mualliflar
   - Xursandbek Toʻliboyev
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm14KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/10/08
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Mundarija

Logo.png





Hayotga qaytish (hikoya)
Xursandbek Toʻliboyev

1

Aprel oyining oxirgi kunlari edi. Deraza tashqarisida qushlar galasi u yoqdan bu yoqqa uchib oʻtar, «vij-vij»lab, yoqimli ovozlari osmonu falakni toʻldirib charx urardi… Sakkizinchi xonada yotgan bemorning idroki hech nimani anglay olmadi. Bir payt qaboqlarini ochdi. Bu Javohir edi. Yigit xushiga kelib koʻzlarini ochganida atrofida girdipalak boʻlib, allanimalarnidir gapirib ishlayotgan oq xalatli hamshira qizga koʻzi tushdi. Tushdi-yu, oʻzining shifoxonada yotganligini his etdi… Xayoliga esa kechagina otasining ohu zori keldi: «Ketmagin bolam, erta sahar yoʻlga chiqsangizlar ham manzilga bemalol yetib borasizlar. «Botarga ketma, otarga ket» degan naql bor. Oʻzi ikki-uch oyda bir marta kelasan. Bir kungina, atigi bir oqshom qolaqolsang boʻlmaydimi? Borasan oʻsha shahringga. Jon bolam ketma» demaganmidi menga otam. Men nolon esa otamning aytganiga koʻnmasdan yoʻlga ravona boʻlib oʻtiribman. Qaysi iblis yoʻldan ozdirdi meni? Yo qismatmi bu? Bilish qiyin…»

Biroz shu koʻyi xayol qildi-da:
— Men qaerdaman, - dedi shivirlab hamshiraga.
— Sizmi? Bizning yonimizdasiz, -dedi javoban.
— Menga nima boʻldi?
— Hech nima. Faqatgina yuz-koʻzlaringiz oz-moz lat yegan, xolos. Bu juda qoʻrqinchli emas, ha demay hech nima koʻrmagandek boʻlib ketasiz, - dedi qiz.
— Nimaga ogʻzim durustroq ochilmayapti, yoki iyaklarim singanmi? Tishlarim ham xuddi toʻkilib ketayotgandek. Boshim aylanayapti shekilli. Negadir madorim ham yoʻq. Axir bugun ustozning tugʻilgan kuni edi-ku! Men u kishini muborakbod etgani uylariga borishim kerak edi. Birga hasratlashadigan, quvonchiga hamroh boʻladigan kun edi, axir bugun. Sal tushuntiribroq ayting, menga nima boʻlgan oʻzi?!
— Juda ham sersavol yigit ekansiz. Mabodo jurnalist-purnalist emasmisiz? –dedi hamshira, tumba ichiga dori-darmonlarni bir-ibr taxlab solarkan.
— Ha, boʻlgʻusi jurnalistman. Siz haqiqatan ham jurnalist bilan gaplashayapsiz.
— Unday boʻlsa she’r ham yozarsiz?- siniq jilmaydi hamshira qiz.
— Toʻgʻrisi, she’r yozmaganimga ham olti oy boʻldi. Lekin koʻnglim toʻlib yurib edi, shu kunlarda. Yozsam ham biratoʻla bir daftarni toʻldirib tashlashim tayin.
— Muhabbat tuygʻusi insonni insondek yashashga chorlydi-da, bu haqda she’r yozmay boʻladmi? Qaysi bir ijodkorni olmang, yozganlarining lof boʻlmasa toʻqson foizi, oʻsha ishq, oʻsha ayriliq haqida…
— Sizniki-chi?
— Visolga yetolmagan oshiqning mungli nolasi! Qalay boʻladmi? – dedi anchayin oʻziga kelib qolgandan keyin yigit.
— Yaxshi. Faqat yozgan bilan yozganning farqi boʻladi. Umr boʻyi «oʻldim-kuydim»dan nariyogʻiga oʻtolmaydiganlar ham uchrab turadi. Men shunday she’r yozsangki, oʻqigan odamda hayotga umid, yashashga ragʻbat tugʻdirsa. Shunday she’r eshitsangki, koʻnglingga bir kam dunyo toʻla, mukammal, orzularga limmo-lim, xayolingda yashash baxt, saodat ekanligini anglab, his etsang!
— Siz xuddi ustozlarimga oʻxshab teran fikralar ekansiz. Yanlishmasam siz filolog, adabiyot ilmining odamiga oʻxshaysiz, bunga shubha yoʻq.
— Yanglishasiz, men asli his-tuygʻular olamidan yiroq, ya’ni haqiqiy medikman.
— Ishonmayman, - dedi yigit.
— Nimaga? – jiddiylashdi qiz.
— Sababi mediklarda koʻngil yoʻqmi? Ular insonni yarim dori, yarim shirin til bilan davolaydilar-ku? Ularning qalbi keng va shirinsuxan boʻlishi kerakligini nahotki unutgan koʻrinasiz?
— Bilmadim. Eng toshbagʻir inson medik menimcha. Joningni ayamasdan, achinmasdan, qorin-porningni kesib, chavaqlab tashlaydi.
— Natijada kasal tuzaladi-ku?
— Boʻlishi mumkin, lekin men medik sohasiga adashib kirib qolganman. Orzularim umuman boshqa-boshqa edi. Men oynaijahonda chiqib, suxandonlik qilishni niyat qilardim. Taqdirning nayranglarini qarangki, oppoq xalat kiyib, eng mas’uliyatli va ogʻir kasbning etagidan tutishga majbur boʻldim.
— Buni nayrangga yoʻymang. Xudoning istagini siz qandaydir nayrangga yoʻyapsiz.
— Siz ham xuddi dadamdek bir narsani ushlasa yubormaydigan xilidan ekansiz, qani naryogʻingizga xiyol oʻgiriling-chi?
— Nima qilasiz?- savolga-savol bilan yuzlandi yigit.
— Ukol sanchaman!- dedi qiz, mayda kipriklari «pir-pir» etganicha…

2

Dori qattiq ta’sir etgan koʻrinadi, Javohir qaboqlarini yumdi. Hamshira qiz ham sekin oyoq uchida yurib, dahlizga chiqdi.

Oʻsha kuni tong sahari, ya’ni 24 aprel kuni olis qorqalpoq diyorining olis bir ovulidan kelayotib yoʻlda tasodif tufayli avtohalokatga uchragan Javohir va bir-ikki kishini Xudo bir saqladi. Mashina bilan toʻqnashib ketgan taraktor qirqtaga boʻlinib, sochilib ketdi. Mashinaning esa pachogʻi chiqqan edi. Ularning bunday najot kutib, behush yotganlarini koʻrgan qishloqning choʻpon yigiti darov tez yordam mashinasini chaqirtirib, ularni shu atrofdagi shifoxonaning reanimatsiya boʻlimiga joylashtirgan edi. Hech kimga jiddiy jabr etmadi deb boʻlmasdi ham, kim qoʻl-oyogʻi sindi, yana biri boshidan jiddiy lat yedi. Oʻsha boshidan jarohat olib, tish va burun suyaklari singan Javohir edi… Shifokorlar yugur-yugur qilishdi. Bir amallab, joniga oro kirdi ularning. Roppa-rosa olti soatlik ilhaqlikdan soʻng Javohir va yonidagi sheriklari birin-ketin koʻzlarini ochib, nima roʻy berganini oʻz hamshiralaridan soʻray boshlagan edilar…

3

Biron soatdan keyin Javohir uyqudan uygʻonganida haligi qizning yana bir nimalar qilayotganiga koʻzi tushdi. Qiz juda sezgir koʻrinadi. Hatto orqasiga oʻgirilmasdanoq, bemorning uygʻonganini bilib, - yaxshi dam oldingizmi, ogʻriqlar sezilmayaptimi? –dedi.
— Rahmat. Anchayin yaxshiman. Sheriklarim ham tuzukmilar? –negadir lablari qaltirar edi.
— Hech kim hech kanday jiddiy jarohat yemagan. Xudo sizlarni bir qaytarib beribdi. Kaytadan tugʻildingiz desam ham boʻlaveradi. Mashinangizni koʻrgan odam «bundan sogʻ chiqishi dargumon» deyisharkan. Rostdan ham mashina bir qisim boʻlib qolganmish. Shukur qiling, bunday musibat insonni yakson qiladi, bir inson umri xazonga aylanadi…
— Sizga rahmat, singlim. Aytgancha ismingiz kim? – soʻradi yigit.
— Mohira, Mohira Mahmudovna deb, murojaat etishadi.
— Chiroyli ism ekan, xuddi mening yoqtirgan qizchamga oʻxsharkansiz, u ham sizning quyib qoʻygan oʻzingiz. Avvalida sizni u deb oʻylabman. Keyin chehrangizga aniqroq tikilib qaragan edim, chap yuzingizda bir dona qora xol yoʻq ekan. Unda Kumushbibiniki yangligʻ chap yuzida bir dona xoli bor.
— Rosa kuzatuvchi yigit ekansiz, - dedi qiz.
— Axir yigit qizni kuzatadi, qiz esa yigitni, umuman, hamma hozir bir-birin kuzatuvda. Kuzatuv hayotning bir maromda kechishini ta’minlasa kerak-da? Kuzatilmasa, qiyomat qoyim boʻlishi hech gapmas. Odamlar hattoki, tabiat moʻ‘jizalarini ham kuzatishadi. Ularning maxsus qoʻriqchilari ham bor ekan. Oʻylashsa kerak-da, afsonaviy devmi, ajdarmi, toshni yorib chiqib qolishidan.
— Toʻgʻri aytasiz, yana jurnalistlik kasbingizga boraverasiz-da. Xoʻsh, yaxshi yigit, sevgilingizning ismi kim ekan, bilsak… boʻladimi?
— Ismi Nilufar. Niluuu deb, chaqiraman.
— Sizning bu ahvolga tushganingzini biladilarmi? Eshitgandir-a?
— Balkim. Eshitsa telefon qilmaydi ham. U juda gʻururi baland qiz. Men yoʻqlasam bor, boʻlmasa, yoʻq. «Olma pish, ogʻzimga tush» deb oʻtiraveradi.
— Telefon qilishga botinolmasa kerak-da? –soʻradi qiz.
— Nima uchun?
— Sizdek ziyoli insonni tushunish hazilakam gapmi?
— Yoʻq, u meni soʻzsiz, sadosiz tushunadi. Lekin «telefon qilmayman» deb, avvaldan aytib qoʻygan, sababi oyisidan qoʻrqadi.
— Qattiqoʻlmi?
— Eh, aytmang, juda qattiqqoʻl, qizlarini koʻchadan bir qadam nariga chiqarishmaydi. Mahkam ushlab oʻrgangan.
— Toʻgʻri qiladi. Mening oyim ham xuddi shundaylardan. «Koʻchada yallo qilib yurgandan koʻra, uyda u bu ishlarni qilib oʻrgan» deb, miyamga qoʻygani-qoʻygan. Siz agar haqiqatan ham oʻsha qizga uylansangiz, uning bilan baxtli boʻlishni istasangiz, yaxshi qaynonaga uchradim deb, doʻppingizni osmonga irgʻitavering?
— Rostdan shundaymi?
— Albatta! Siz onalarga ham oson tutmang-da?
— Yoshingiz nechchida? – soʻradi jiddiy qiyofaga kirishib Javohir.
— Kechirib qoʻyasiz, biz tomonlarda qiz boladan yoshi soʻralmaydi, uyat boʻladi…
— Masalan men sizdan soʻrasam maqsadga muvofiq. Chunki…
— Tushundim, - dedi yigit, soʻngra – yoshi naq yigirmaning ustida Nilufarning...
— Juda yaxshi ekan. Oʻzingizdan anchayin kichik boʻlsa kerak-a?
— Ha, shunday, atigi olti yosh…- sinik jilmaydi yigit.
— Mayli siz bilan juda koʻp gaplashib yubordik. Aslida gapirish mumkin emas edi. Siz axir boshdan lat yegansiz. Men qoidani buzganim uchun bosh shifokordan tanbeh ham olishim tayin. Endi mening vaqtim tugadi. Oʻrnimga boshqa bir hamshira qiz keladi. U men kabi gap sotadiganlar xilidan emas, kamgap, kamsuqum qiz. Istaymanki, sizdek ziyoli jurnalistlar u bilan ham muomalaga kirishib keta oladi…
— Rahmat sizga.
— Sizga ham.
— Lekin men sizga oʻrganib qoldim-da!
— Hech qisi yoʻq, oʻtib ketadi. Siz oʻzingizni yaxshi his etsangiz boʻldi. Menga shu kerak.
— Iltimos, telefonimga sms keldi shekilli, ochib berasizmi?
— Mayli! Bering-chi? – dedi va qoʻlidan telefonni olarkan, ikkala barmoqlar bir-biriga tegib ketdi. Issiq taft bir zum muallaq qotib turdi. Koʻz-koʻzga tushdi. Soʻngra sekin qizning nozik qoʻllari Javohirning bilagidan sirgʻalib chiqdi. Mohira telefonga kelgan smsni ochib oʻqirkan, bu oʻsha Nilufardan kelganligini fahmladi. Keyin:
— Oʻzim oʻqib beraymi?- dedi Javohirga jodu koʻzlarini tikib.
— Ixtiyor oʻzingizda, men rozi… - dedi nima yozuvlar borligini eshitgisi kelib yigitning.
— Unda eshiting: «Salom Javohir aka, men bu tasodifni kecha eshitdim. Sizga nima boʻldi. Hozir yaxshimisiz. Reanimatsiya boʻlmida deb eshitdim. Sizga sogʻliq tilayman. Xavotir olmang, hali xammasi oldinda, yaxshi boʻlib keting…N».
— Ana koʻrdingizmi? Sizni u chindan ham sevar ekan, u siz haqingizda eshitib qaygʻurayapti. Kim bilsin, cheka-chekkaroqqa chiqib, toʻlgan yuragini yigʻlab boʻshatayotgandir…
— Boʻlishi mumkin.
— Mayli men ketdim. Endi koʻnglingiz joyiga tushdimi?
— Ha, juda ham…
— Xayr!
— Xayr, omon boʻling Mohira!



4

Yigitning tiliga ilkis: «Sen… Sen oʻzgaribsan, Nilufar. Ishqilib oʻzgarganing rost boʻlsin!» dedi.

U uzuq-yuluq kechagi voqealarni eslashga urinib koʻrdi, natija hech narsa esiga tushmadi. Hamshira qiz tinchlantiruvchi dori quygan koʻrinadi. Tinik fikrlari ummonida xayolga toldi yigit. «Ustoz!» dedi pichirlab. «Ustozining tugʻilgan kuni. Yigirma toʻrtinchi aprel bugun, axir. Men borishim kerak edi. Ustozning san’at va adabiyot haqidagi fikrlarini olishim kerak edi-ku? Hamdardu, hammaslagim, mehribon insonimning shunday ajoyib kunida yonlarida boʻlolmaganim alam qilyapti… Ustoz eshtisa nima deb oʻylamaydi. «Buzoqning bemaslahat yugurgani somonxonagacha» deb tanbeh beradimi yoki bundan battaridan xudo asrasin deb, hamdardlik bildiradimi? Bilish qiyin. Lekin shuni komil ishonch bilan aytishim mumkinki, ustoz hech kachon yarim jon holatda yotgan insonga, aniqrogʻi musibat tushgan chogʻingda faqat va faqat dildorlik koʻrsatishi aniq. U kishi juda murakkab inson-da! Inson dedim, oʻzimdan uzoqlatib, insonim degim keladi…»
— Oʻylab oʻyimning tagiga yetolmay qoldim. Ustozning yuziga qanday qarayman endi – dedi yigit, - balki bir xat-xabar joʻnatib, ikki ogʻiz shirin soʻz tabrik yoʻllasam ham meni tushunib qolar... Yigitning barmoqlari qaltirab telefonidan sms yoza boshladi.

«– Assalom ustoz! Meni bugun yoningizda boʻlolmaganim uchun uzrim bor. Sizga sogʻlik, uzoq umr, ish va ijodiy faoliyatingizda omadlar tilab qolaman, yaxshi oʻtkazing, deb shogirdingiz Javohir!»

Xat yetib borganligi haqida xabar keldi. Yigitning qaboqlari yumildi, chuqur-chuqur nafas oldi. Oʻzining bundan besh daqiqa oldingi oʻsha samimiy hamishira qiz bor paytdagi kayfiyatidan asar ham qolmagan edi. U kutardiki, ustoz qanday javob yoʻllarkan deb. Oradan ikki daqiqa oʻtmasidanoq telefon yoqimli ovoz chiqarib xat kelganligi haqida xabar qildi. Yigit lablari titradi. – Ishqilib, kayfiyat bop javob kelgan boʻlsin-da, - deganicha smsmni oʻqiy boshladi: «Rahmat Sizga shogirdim. Ammo bugun yonimda boʻlmaganingzidan sira xafa emasman. Sizga omonlik, tezroq tuzalib oramizga qaytib keling!» Smsmni oʻqirkan, xayolida o, bir paytlardagidek ustozning nurli chehrasi koʻz oldida jonlandi. - Ustoz! Yolgʻiz ugina meni tushunadi. Xuddi oʻz oʻgʻlidek mehr-muruvvat koʻrsatadi. Menga qilgan yashgiliklarini bu dunyoda qaytarolmasam, u dunyoda qaytaraman, - dedi yigit. Insonnning koʻngli kabi aziz va moʻ‘tabar xilqat boʻlmasa kerak bu dunyoda. Koʻngil – insonning botini, ham zohiri – yashash a’moli vatanidir. Usiz inson tashlandiq uy kabi yoki kimsasiz sahro kabi juda-juda yolgʻiz va yupundir... Ha, xuddi shunday. Boshqacha boʻlishi mumkin emas… Aslo!!!» Javohir ancha vaqtgacha oʻz-oʻzi bilan gaplashib yotdi. Uning tabiati shunday. Xayol… xayol uning yolgʻiz yaqin hamrohi…

Tagʻin sevimli mashgʻuloti – she’r aylanardi uning tilida.

Avgust-sentyabr, 2011 yil.