OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

1 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifXursandbek Toʻliboyev
Asar nomiHikoya yozish siri (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Milliy adabiyot
Mualliflar
   - Xursandbek Toʻliboyev
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm13KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/10/08
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Hikoya yozish siri (hikoya)
Xursandbek Toʻliboyev

Tun. Olamni zulmat qoplagan. Kutilmganda eshik taqilladi. Sekin oyoq uchida yurib, torgina dahlizga chiqdim. Ustiga-ustak chiroq ham oʻchib qolgan ekan. Akamning oʻgʻli uygʻonib ketsa bormi, uxlatish – ovutish qiyin. Yangamga ham oson tutib boʻlmaydi. Kuni boʻyi uy-roʻzgʻor ishlari bilan band boʻlib, charchaydi. Ikki mahal ovqat pishirish, uylarni yigʻishtirish, xullas kichkina uyning ham katta tashvishlari boʻlarkan, ayol joniga bir oʻzi eplaydi. Sekin, ehtiyotkorlik bilan tryuma oldidagi shamni yoqdim. Avvali yarim tunda kim keldi ekan, deya biroz eshikni ochish-ochmaslik xususida oʻylanib, ikkilanib turdim. Yana taqqilladi.
— Kimsiz, - dedim va eshikka quloq tutdim.
— Men Shukur akangman. Eshikni och. Tashqari yomgʻir, ust-boshimdan ham oʻtib ketdi, - dedi ingichka ovozda. Kitoblarda oʻqib bilganim, «odam bu dunyodan oʻtgach ruhi abadiy qolarkan va to qiyomatga qadar butun koinot sahrosida kezib yurarkan», degan fikr miyamga keldi. Oʻzim ham Shukur akaning muxlisi emasmanmi, ovozini eshitib biram sevindimki, hayajonning zoʻridan qoʻllarim dir-dir titrardi. Eshikni ochdim. Ne koʻz bilan koʻrayki, xuddi suratlardagi inson Shukur akaning oʻzi edi.

Salom-alikdan keyin oʻzim yotgan xonaga boshladim. Egnida uzun qora plash, boshida shlyapa.
— Yomgʻirda qoldim, mana bu kiyimlar biroz qurisin, keyin ketaman shungacha men senga hikoya yozish sirini oʻrgataman, - dedi stol chekkasiga omonatgina oʻtirarkan.

Shu gaplarni menga Shukur aka aytayaptimi, sevinchim ichimga sigʻmasdi. Borib akamni uygʻotaymi degan xayolga ham bordim. U kishi mening ichimdagini bilgan koʻrinadi, - ovora boʻlma bolam, bir piyola suv keltir, juda chanqadim, - dedi va, - hech kimni uygʻotib yuborma, ishimiz chala qoladi – deya yon tomonidagi yostiqqa yonboshladi.

Aytilganidek bir piyola suv keltirdim.
— Endi qoʻlingga qogʻoz-qalam olgin, men aytgan asarlar roʻyxatini tuzib chiqamiz. Keyin oʻshalar orasidan nimalarni oʻqish kerakligi xususida maslahatlashamiz, - dedi.

Shundoq ijod stolim ustidan bir taxlam oqqogʻoz va qalam olib yoniga oʻtirdim. Piyoladagi suv hali ichilmasidan oldida turardi. Menga juda sirli qarardi. Salobati bosarkan, men esa oʻzimni kamtarin koʻrsatishga, koʻproq narsa oʻrganishga tayyorladim.
— Tolstoyni oʻqish kerak. U hamma qatori ziyoli inson, farqi shuki u dahodir. Istaymizmi yoʻqmi, uningdek yozish uchun juda koʻp narsalardan qoʻl siltash kerak, davru zamonni bilmaydi, u hadsiz, hududsiz bir ummondirki, shuncha falsafa bitta yuragiga qanday sigʻganiga aqling qoyil qoladi. Oʻqiganmisan Tolstoy ijodini, - dedi.

Men esa biroz ikkilanish, biroz hadik aralash holatda, - ha oʻqiganman, faqat «Tirilish» romanini dedim.
— Uni ham yozib qoʻy, yana qayta oʻqib chiqgin, - dedi-da, Tolstoy hazratlarining asarlarini nomma-nom sanay ketdi. Ustoz aytardi, men yozishga ulgurmasdim. Soʻzlarni qanday boʻlsa shunday yozardim, xuddi shifokor dastxati kabi – oʻzim tushunsam boʻldi qabilida. Aytganlarini yozib boʻlarkanman, yana bitta yozuvchi xususida gap ochdi. Bu ham atoqli yozuvchi Sholoxov.
— «Tixiy don»ni oʻqiganmisan? – dedi.
— Yoʻq, eshitganim bor, lekin asarlaridan birortasini bilmayman, dedim.
— Uni ham yoz. «Inson taqdiri», «Tixiy don»… asarlarini birma-bir erinmasdan aytardi, men esa yozib borardim.
— Sholoxovning iste’dodi oldida boshimni egib ta’zim beraman. Borligʻiyu botini hamishalik bezovta ummon kabi mavjlanadi. Soʻz zargari degim keladi uni. Koʻpchilik uni «shafqatsiz realist» deb atashadi. Bu gapda ma’lum ma’noda jon bordir, ammo, lekin u juda kamtarin, mehribon insondir. Asarlarida xarakterlarga chizgilar berarkan, hamisha tabiat bilan bir butun uygʻunlikda tasvirlaydi. Masalan dengiz shovvullashi xususida gap ochsa, demak uning kahramonlari birining koʻnglida bexotirjamlik bor. «Osmonni bulut qopladi», deydi «Tinch don» romanida. Demak, Grigoriyning boshiga koʻp tashvishli kunlar tushishiga ishora etadi. «Don daryosi pishqirib oqmoqda», deydi, demak xalq tahlikali ahvolda ekanidan soʻz ochadi. Bunday kamyob iste’dod egasining oʻziga xos olamidan bahra yashash kerak, oʻrganish kerak. Ana щundagina koʻnglingdagi savollarga javob topgan boʻlasan, biroz charchadim shekilli. Sigara bormi? – dedi.
— Ha. Albatta. Akamnikidan olib kelaman, hozir dedim-da, oshxona tomon sekin oyoq uchida yurdim. Sigareta, gugurt va kuldonni olarkanman, oshxona derazasidan tashqari razm soldim. Yomgʻir shu darajada quyib yogʻardiki, koʻchada qolgan odam yomgʻirpoʻsh bilan tursa ham bus-butun ust-boshi jiqqa hoʻl boʻlishi tayin. Koʻpqavatli uylar oldidagi teraklarning shamolning erinchoq allasida omonat chayqalishini chiroq yorugʻida aniq-tiniq koʻrish mumkin edi. Bir zum daraxtlarning shovullashiyu osmonning gumburlashiga quloq tutdim. Qandaydir, bahorgi kayfiyatimga mos edi tabiatning ishlari. Endigina kurtak yozayotgan daraxtlar koʻcha chiroqlari nurida ajib tovlanardi. Sevindim. Men yotgan xonada gʻoyibona Ustoz oʻtirganidan, hikoya yozish sirini oʻrgatayotganidan mastu alast edim... Shoirona xayollarga berilib, dilimdayu tilimda she’r aylanardi. Keyin «Ustozni koʻp kuttirmayin, axir har bir daqiqa omonat, u kishidan bilganu bilmganlarimni oʻrganayin, dedim-da xonamga tomon sekin oyoq uchida yurib keldim.
— Keldingmi? – dedi, menga tikilibroq.
— Ha, Ustoz, keldim. Uzr Sizni kuttirib qoʻygan boʻlsam, - dedim va qoʻlimdagi kuldonu sigaretani stolga – oldiga qoʻyib, yana joyimga oʻtirdim.
— Frantsuz adabiyotini oʻqiщ kerak, deya gap boshladi Ustoz. – Biz doim kechikib yuramiz. Aslida hamma narsa omadu omadsizlik ham oʻzimizning qoʻlimizda. Dangasalik tutib, vaqtida ishlamaymiz. Inson nimagadir erishmoqchi ekan va oldida bu yoʻlda toʻsiq boʻlsa uni hayotga achchiqma-achchiq ravishda kurashib, yengib oʻtishi kerak. Jasorat boʻlish uchun ham juda koʻp oʻqish kerak. Bilgan narsangni bilmaganga oʻrgat, shunda senga bilimlar xazinasi eshigi ochiladi. Bunga birdan-bir erishishning yoʻli bor – mutolaa! Aytmoqchi, oʻzing nimadir yozib turasanmi oʻzi?
— Yozishga yozamanu, lekin bir-ikki qadrdon akalarimga koʻrsatgan edim, unchalik ularga ma’qul tushmabdi. Sodda va betartib yozilgan, dedi.
— Demak, hali xomsan, gʻoʻr va pishmgansan. Qaynoq hayot qoʻynida yashash kerak. Hayotdan uzoqlashdingmi, yozganlaring xayoliy boʻlib, xayolligicha qolib ketaveradi. Keyin oʻkuvchini ham xayolot dunyong zeriktiradi. Aslida hayotda boʻlgan va koʻrgan narsang xususida gapirish qanday maroqli. Masalan men shu narsaga amin boʻldimki, yozish oʻziga xos bir ibodat va kimningdir ogʻirini yengil qilishday gap ekan. Agar bordiyu senga tegishli boʻlmagan iztirob xususida yozadigan paytda nimalarga e’tibor berish kerak: avval uni yurak-yuragingdan oʻtkazib, ma’lum xulosa va toʻxtamlaga kelgach qogʻozga tushirsang, soʻngra bir boshdan mutolaa qilib, ortiqcha joylarini olib tashlasang hamda oʻz iztiroblaringni ham qoʻshib-chatib yubormasang hammasi – bir pul! Bunday deyishmiga sabab men yuqorida nomlarini aytgan yozuvchilarning deyarli barchasi muhtojlik sabab qoʻliga qalam olmagan, ularni toʻlqinlantirgan narsa shuki, Xudo tomonidan berilgan iste’dod va Ilohiy bir turtki boʻlgan. Shu sababligina ular qoʻllariga qalam tutib, yozishga oʻtirgan. Bu borada qancha qurbonlar bermadi, deysan. Uyidan, oilasidan, xotinidan, hatto oʻzidan ham kechib, xilvatga bosh urgan ular. Chunki shunday qilmasa, ichidagi toʻlib-toshib yotgan dard oʻz-oʻzidan chikib ketmolmagan. Bir tomondan bu xildagi qarash notoʻgʻridir. Qismatiga shu bitilgan esa nima xam qilardi… Adabiyot yoʻlini tanladingmi, demak qismatimga ogʻir yuk ortilgan deyaver. Agar shu qismat in’omi – yozish va yozuvchilikni tanlagan boʻlsang!
— Charchamadingizmi ustoz? – dedim gapidan toʻxtab, biroz tin olgach.
— Yoʻq, mulohaza yurityapman. Charchasam oʻzim aytman. Ha, aytgancha palshimni ushlab koʻrgin, qurib qolibdimi?- dedi qoʻlida bitta sigaret donasini ushlagan koʻyi.

Men Ustozning gapi «Amri ma’ruf» deya oʻrnimdan turib, ilgichga ilinib turgan plashni paypasladim. Hoʻl edi yengining uchlari.
— Hali qurimabdi, Ustoz, - dedim.
— Unda mayli, ulgurishimiz kerak. Vaqt bor. Kel joyingga oʻtir, davom etamiz, - dedi.

Xoʻsh, qaeriga kelib edik. Amerika adabiyotidan xabardormisan, Xeminguey kabilar ijodidan?
— Xabarim bor. Xemingueyning «Quyosh baribir chiqaveradi» romanini oʻqidim. Nuqul dialogdan tashkil topgan. Boshida biroz erindim, keyin veqealarning oʻzi hayot ichkarisiga tortib ketaverdi. Qandaydir barma-bar sangʻib yurishaeradimiey qahramonlari…
— Bu ham oʻziga xos bir olam mavji. Tengsiz san’atkori. Chunki dialog mohiyatiga yuklab qoʻygan ma’noni oʻquvchining oʻziga havola etadi. Tushunish uchun oʻsha dialoglarni magʻzini chaqib koʻrish kerak. Avvali, u ekspriment qilib koʻradi. Keyin oʻziga xos uslub yoʻlini topib olgach, shu yoʻldan ogʻishmay-chalgʻimay yurib ketgan. Oqibat minglab, millonlab kitobxonlar muhabbatiga musharraf boʻldi. Yozganlari biroz soddaroq boʻlib tuyular, shunday boʻlsa ham mazmun-mohiyatida inson va insoniyat dardi mujassam. Uqdingmi? – dedi alohida shu soʻziga urgʻu berarkan.
— Ha, uqdim. – dedim men.
— Davom etamizmi yoki…
— Vaqtingiz boʻlsa jon derdim Ustoz…
— Men hamma gaplarni va eng asosiysi qoʻlingdagi qogʻozga bitgan yozuvchi asarlari roʻyxatini aytib boʻldim, shekilli?

Men yozgan ismlar orasida yetti uxlab tushimga kirmagan adiblar bor edi. Ularni qanday topaman, degan oʻy kechdi miyamda.
— Yomgʻir tinganmi bir koʻrgin-chi? – dedi deraza tomonga ishora etganicha.

Oʻrnimdan ogʻir qoʻzgʻaldim. Negadir holsizlik ingandi badanimga. Xuddiki kimdir oʻtirgan joyimga kishanlab, bogʻlab tashlagandek edi. Sezdimki, baribir Ustozning salobati bosarkan. Bir amallab derazaning yarim qiya qanotidan tashqariga razm soldim. Yomgʻir bir-ikki tushayotgan tomchilarni aytmaganida tingan edi. Bahorning muattar hidi yomgʻir havosida qoʻshilib xonamgacha kirib turardi. Imoratning allaqaerida mushuk uvalardi…
-Tinibdi, Ustoz, - dedim orqamga oʻgirilib.
— Mayli, plashim ham qurigandir. Endi men ketishim kerak. Meni kuzatib qoʻyasan-a? – dedi.

Plashi va shlyapasini olib berarkanman, miyamga bir savol chatnab keldi.
— Ustoz suhbatimiz boshida menga hikoya yozish sirini oʻrgataman deb edingiz? Bu saboq xususida soʻz ham ochmadingiz? – dedim qiziqsinib, yana nimalardir bilgim kelib.
— Men aytgan roʻyxat boʻyicha mutolaani davom ettir. Kelasi safar albatta hikoya yozishning miridan-sirigacha oʻrgataman.

Ustozning soʻziga boshqa gap topolmadim faqat shunga ham rahmat, kelasi safar albatta oʻrganaman, deb gapini ma’qulladim.
— Qani boshla, - dedi Ustoz.

Chiroq hali ham yonmagan edi. Shaharda bir paytlar shunday boʻlib qoladi. Bu hol, koʻproq yomgʻir yoqqan mahali roʻy beradi.

Ustozga plashi va shlyapasini kiyishida qarashdim. Va, sekin yurib torgina dahlizga chiqdik. Eshikni ocharkanman, - meni tashqari – birinchi qavatgacha kuzatib qoʻymaysanmi? – dedi. Men rozi boʻlmay ilojim yoʻq edi. Qanday qilib, kuzatmay boʻlarkan. Gʻoyibona Ustozim oʻzlari yoʻqlab kelgan boʻlsa tagʻin, oldinma-ketin yurib pastga endik. Tashqariga chiqsam koʻz oldimda hech bir umrimda koʻrmagan manzara – ajib bir goʻzallik oʻzini namoyon etib turibdi. Men Ustozning yonimdaligidan sevinib, xavotirim bir zumga aridi. Turfa bogʻ, gulllar, bahoriymi yoki boshqami muattar hidlar dimogʻimga urildi. Chiroq boʻlib chiroq emas, bogʻ ichkarisida qandaydir nur yorishgan, zim-ziyo tunni, borliqni, zulmatni yoritib turardi. Shu payt Ustoz yurishdan toʻxtadi. Menga qaradi. Men esa goʻzalligu nur ziyosida salobatli boʻlib turgan Ustozga qaradim.
— Mayli, yaxshi qol bolam. Men ketdim. Kelasi safar hikoya yozish sirini albatta oʻrgataman, - deya alohida yana boyagi soʻzini tarorladi. Ustoz yurib borarkan, ichimda koʻp yashang Shukur aka, dedim. U bogʻ ichkarisiga kirib ketarkan, atrofini chulgʻagan ziyo – nur oʻzi bilan birga harakatlanardi. Shamol allasida daraxt hamon chayqalardi. Yerga qarasam, yomgʻir suvidan yigʻilgan koʻlmakda oy aksi koʻrinardi. Demak, bulut ham qaerlargadir ketgan. Osmon ochiq. Ertaga albatta quyosh chiqadi va bahor gullarini yagshnatib yuboradi, deya oʻyladim. Shunday oʻylar ogʻushida qancha turdim bilmadim, Ustoz hamon koʻz oldimda ketib borardi. Harakatlanayotgan nurda tovlanib turgan daraxt barglari kumushdek yaltillardi. Men oʻsha goʻzallikka koʻz tikib, borligʻimda qandaydir mayin kuy sadosini tuydim. Osmonning olis bir nuqtalarida yulduzlar jimiri koʻzga koʻrinardi. Sekin orqamga oʻgirilib uyga kirib ketdim… uyga kirgan edim, stol ustida bir piyola suv va sigaret va kuldon. Qanday keltirib qoʻygan boʻlsam, shundayligicha turibdi. Vodarigʻ! Hayron boʻldim. Nega menga shularni keltirishni buyurdiyu, lekin hech birisiga qoʻl tekkizmadi. Suvni esa ichmadi ham? Nega? Savollarim – javobsiz. Yana toʻshagimga uzaydim…

Kuz. 2 noyabr, 2011 yil.