OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifXursandbek Toʻliboyev
Asar nomiKoʻz (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Xursandbek Toʻliboyev
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm9KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/05/15
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Koʻz (hikoya)
Xursandbek Toʻliboyev

– Bozor, vokzal, 1-tugʻruqxona, aroq zovod, infektsionniy, med kollej, ped kollej, yangi bozor, eski bozor, avtovakzal…

Bekatning ola-gʻovur shovqinlariga qoʻshilib, avtobusga bir eplab chiqib oldim. Yoʻlovchi unchalik koʻp emas edi. Odam siyrak edi. Men ham chekkaroqdagi boʻsh oʻrindiqlarga, haydovchiga yaqinroq joyga borib choʻkdim. Kimi ishdan, kimi oʻqishdan qaytardi yoʻlovchilarning. Men qoʻl telefonimning soatiga qarasam – naq toʻrt boʻlibdi. Demak, shoshilish kerak. Aftobus shaharni kezib avtoshohbekatga yetgunicha yarim soatlar vaqt oʻtadiyov… Besh daqiqa turib qolgan avtobusni kimdir xaydashga unnadi: «Bolam kech qolyapmiz, haydagin bosib-bosib tezroq». Haydovchi unga javoban «Xola, bu sizga taksi emas, avtobus, xohlasangiz shu! Boʻlmasa ana, katta yoʻl…» dedi. Orqaroqdagi onam qatori ayol gapiga javoban u. shu soʻzlarni eshitarkanman, bir seskanib ketdim… «Tavba», dedim ichimdan, oʻzing insofini ber Tangrim… Xullasi, bir payt avtobus gʻimirlay boshladi. Men qancha shoshsam, avtobus shuncha sekin yurardi… Istar-istamay gʻimirlayotgan avtobusning oynasidan tashqarini tomoshalab borarkanman, atrof oppoq qorga burkangan, qish qishligini qilib, ajib bir goʻzallikni namoyish etib turardi. Oʻzimni ming chalgʻitishga urinmayin, baribir xayolim azim Kentga ketadigan soʻnggi reys avtobusiga qarab tortib ketardi… Shoshganing bilan boʻlmas ekan. Undan koʻra taksiga chiqqanimda bunday tipirchilashga ne hojat deng. Bu yogʻini taqdiri azaldan koʻramiz…

Shunday qilib, chamasi yarim soatlar vaqtni orqada qoldirib, yangi bozor biqinidan chiqdik. Aylanma yoʻldan burilib, koʻprikdan sal oʻtib toʻxtadik. Kimdir bozorga shoshardi. Kimdir bozordan qaytardi. Avtobuslar safi tiqilib ketgan. Hammasi bir-bir navbat bilan siljir, yoʻlovchilarni tushira-tushira, ketguvchilarni mindira-mindira yana oʻz yoʻnalishida davom etardi. Oradan shu payt yana besh daqiqa oʻtdi. Har bir avtobusda chiptachi bola bor emasmi, chor tomon oʻshalarning ovoziga toʻlib ketdi… «Qani ketdik, qani keldik», xullasi turli xil shevalar yangrardi. Endgi navbat bizlarga yetdi. Eshigi ochilishi bilanoq avtobusdan haligi bolakay sakrab tushdi. Avval chiqayotganimda aytgan gaplarini plastinka yangligʻ qaytala boshladi. Bir payt avtobusimizning oldiga kesarib oq rangli matiz kelib toʻxtadi. Shu payt chiptachi bolakay harakatlaridan sezishimcha:

– Aka, sal chekkaroqqa olib turasizmi, mashinangizni hozir biz chiqib ketishimiz kerak? – dedi boshini xiyol egib matiz eshigiga. Matizdagi haydovchi ham boʻyi bir qarich ekanmi, oldingi oʻrindiqdan boshi sal-pal koʻrinib turardi. U ham qoʻlini siltab tashlab, nimalarnidir doʻq urdi.

– Bor-e ishingga, keng yoʻl, oʻtavermaysanmi bu tomonimdan, - degan mazmunda chiyillab…

Avtobus haydovchisi oʻzimiz tengi yigit ekan, rul chambaragini ohista aylantirib, ogʻziga mum tishlagandek oʻtiraverdi.

Bola chorasiz edi. Hamma oʻz ishi bilan ovora. Bozordan chiqardi, bozorga kirardi. Chor atrof turfa xil baqiroq ovozga toʻla. Bolaning sasi chiqmay qolardi ba’zida. Shu damda avtobusdan kimdir soʻz qotdi.

– Shofyor uka oʻzingiz tushib, mashinani olishini tayinlang, axir biz shoyapmiz.

– Tushundim xola, tushundim. Nima qilay, eshshak miyalar qaerda toʻxtab, qaerdan yurishini bilmasa? Borib peshonasiga musht tushiraymi?

– Nima qilsang qil, lekin bizni manzilga elitgin. Axir qosh qoraya boshladi. Nevaram kasal, shifoxonaga boryapman… – kuyindi boshqa bir opa.

Oʻsha matiz hali ham avtobusning oldiginasida qaqqayib turganicha, uning haydovchisi telefonda nimalarnidir valdirab gaplashardi…

Sabr kosasi toʻlgan haydovchi yigit eshigini «sharq» etib ochdi-da, pastga sakrab tushdi. Jahli chiqqan koʻrinadi. Toʻgʻri matizning xaydovchisi oynagini chertdi:

– Uka, sal chekkaroqqa olib tur, chiqib ketaylik, xalq kutib qoldi.

Matizdagi tirrancha ham boʻsh kelmadi. Qoʻlini avvalgidek silkib tashlab, – bu tomondan oʻtavergin, dunyo tormidi, ishorasini qildi.

Bu tomonda avtobus sigʻadigan yoʻl boʻlsa mayli edi, arava ham oʻtolmasdi…

Xullasi, ikkisi ham kelisholmadi. Matizning haydovchisi oxiri chidamadi shekilli, «sharq» etib eshikni ochdi-da, gʻoz yurish bilan oʻrtaga chiqdi. Yon tomonidan bir qora kiyingan barzangi tushdi. Ikkisi xam xuddi kinolardagi telexlarga oʻxshab, koʻkragiga qoʻlini qoʻyib, «Qoʻlingdan nima kelardi gapir» degan mazmunda kerrayishib turardi.

Chorasiz qolgan avtobus haydovchisi hech nima deyolmadi. Chiptachi bolakayning yoniga oʻtdi. Ular ham bir-ikki oldinga qarab bosdi. Bir payt haligi matizni boshqarayotgan tirrancha chiptachi bolaning oldiga keldi. Men ham faqat kuzatib turmayin deb qoʻlimdagi sumkani yonimdagi ayolga berdim-da, pastga endim. Toʻgʻrisi, har ikkisiga ham ichim achirdi…

Men chiqqan paytimda har ikki juftlikni begonalar xuddi tsirk tomosha qilayotgandek chor tomondan oʻrab olishgandi. Hammasiga tomosha kerak edi u yerdagilarning. Kap-katta soqollari serraygan, boboylardan tortib, dinu dindorlar ham bor edi chamamda. Bozor-da, bozor… Sotadigan ham shu yerda, oladigan ham. Men ich etimni yeb-tirnab, tomoshatalab olomonga kelib qoʻshildim. Qoʻllarim tugildi. Mushtumimni qisirlatib, matizdagi tirranchaning naq peshonasiga tushrmoqchi boʻlardimu ammo, lekin, olomondan oʻtib boʻlmasdi. Urilib, surilib, bir toʻda odamlarning orasiga kirib oldim. Oʻzim ham tekin tomoshachilarning atigi bittasiga aylandim qoldim.

Bir payt, haligi matizning egasi – boʻyi bir qarich tirrancha chiptachi bolaning e’tiborsiz turganini payqab turibmi, naq peshonasining ustiga tirsagi bilan tushirdi… Tomoshatalab olomon esa xuddi ringdagi jangni tomosha qilayotgandek «ur, sur…» ovoz bilan koʻkka sapchishardi… Qani endi men ularning oldiga chiqib, oʻz qahramonligimni koʻrsatib qoʻysam edi… Afsus, ming afsus!..

Shu payt avtobus haydovchisi olomondan sitilib chiqdi. Olomon qoq ikkiga boʻlinib ketdi. Bu dahshatli manzara – bundan besh yuz yil ilgarigi jangu-jadallarni esga solardi… haligi chiptachi bolaning ogʻzi-burni qip-qizil qonga belandi. Qoʻlidagi chiptadan yigʻilgan pullar atrofga sochilib ketgan, ba’zi mingtaligu besh yuztaliklarga bolaning ogʻizdan tomayotgan qon sachrab ketgandi. Haydovchi gung edi. Haydovchi lol edi. Shu tobda ikki safda turgan tekin tomosha olomonga bir pahlavon kelib oʻshqirdi: «Sizlarga bu yer tomosha joyimi? Tur, surlarlaring bu yerdan… Boʻlmasa…» gapi ichida qoldi pahlavonning. Matiz haydovchisi mashinasiga oʻtirib, sal chekkaroqqa oʻtdi. Yonidagi esa qaergadir gʻoyib boʻlgan koʻrinadi. U sherigini izlay boshladi. Chiptachi bola hoʻngrab yigʻlar, koʻz soqqalaridan tomayotgan chak-chak yoshga qoʻshilib, ogʻzi-burnining qoni yerga tomardi. Bir qarasam orqamda – avtobus ichida hech kim yoʻq. Faqatgina men sumkamni bergan ayol bejo koʻzlarini tikib, meni imlayapti. Bordim. Qoʻlidagi papkamni olarkanman, menga bir soʻz aytdi: «Uka, bu hammamizga saboq boʻldi», dedi. Keyin oʻshib qoʻydi: «Bozordaga keldimmi yoki boshqa joyga keldimmi bilolmay qoldim» dedi. Odamlar ham shunchalik oʻzgarib ketganmi? Boyagi shoshilib turgan xola esa norizo boʻlib tushib ketdi. Omon boʻlgin», dedi-da u ham bozorga kirib-chiqayotgan yuzlab odamlarga qoʻshilib singib yoʻq boʻlib ketdi…

Bir zum kalovlanib qoldim. Qani besh daqiqa ilgarigi haydovchining vajohati? Yoshi ulugʻ opani sensirab, dilini ogʻritmaganmidi? Mard boʻlganida oʻz hamrohi – bolakayni himoyasiga olib, unga yordam bermasmidi… Tili bir qarich edi-ku, tili? Nega mushtdekkina bolani borib bir tushirmadi? Yoniga borib hech boʻlmasa «yuzini» silamadi? Nega? Negadir shu payt koʻnglim aynidi. Bolaga bir achinsam, oʻzimni ming koyirdim. La’nati bolaning yoniga hech kim borib, «uka nega uni beayb urding?» deb aytolmadi… Nega? Axir odammiz-ku biz? Aka-ukachilik, oʻzbekchilik degan rishtalar qaerga uchib sob boʻlgan oʻzi? Yoki boyagi opa aytganidek odamlar shunchalik oʻzgarib ketganmi? Ming turlanib, oʻzgarmasin, baribir odam-ku, odam? Shu tobdagi savollarim qanchalik koʻp boʻlsa ham, shunchalik javobiz edi. Kun sovuq edi… Bozordagi oʻsha manzara… undan besh badtar sovuq edi…

Men esa ikki yoʻl aro: na ketarimni, na bir qolarimni bilardim shu tobda. Keyin azim – Kentga ketishim esimga tushdi. Bir oʻtkinchi taksiga chiqib, yoʻlimni davom ettirdim. Avtoshohbekatga kelgan edim, yaxshiyamki, hali soʻnggi reys joyidan qimir etmay turgan ekan. Qosh qoraya boshladi. Kunning sovugʻi endi-endi huvvillab yotgan avtoshohbekatda sezila boshladi. Chaqqonlik bilan avtobusga chiqib oldim. Menga oxirgi oʻrindiqda oʻtirish nasib etdi. Keyin avtobus sekin gʻimirlay boshladi. Endi men orqada oʻtiribmanu oldimda bitta yoʻlovchi shofyorga qarab «Aka tezroq haydang Toshkent olis shahar vaqtliroq boraylik», dedi. Mening esimga hali boʻlganiga oʻn-oʻn besh minut vaqt oʻtmagan oʻsha manzara tushib ketdi.

Unda bola bor ovozi bilan olamga jar solardi:

– Vokzal, bozor, yangi bozor, eski bozor… tugʻruqxona… Va, va… shunday manzara qayta koʻz oʻngimda jonlandi: bolaning ogʻzi-burni qonga belangan, qoʻlidagi bir siqim gʻijimlangan pulga koʻz yoshlari aralash «chak-chak» qon tomardi… Buni koʻrgan olomon «ur…sur… lab olamni boshiga kiyardi, kiyardi… va yana kiyardi…

05.02.2012