OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

1 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifXursandbek Toʻliboyev
Asar nomiVisolsiz ishq (monolog-qissa)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Milliy adabiyot
Mualliflar
   - Xursandbek Toʻliboyev
Uslub
   - Teatr va dramaturgiya
Shakl
   - Qissalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm40KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2011/11/15
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Visolsiz ishq (monolog-qissa)
Xursandbek Toʻliboyev

«
Ey sen – bahor goʻzalligiga koʻngil qoʻygan yigit, kuzning xazonlari va sovuqlari borligini ham unutma!
Jaloliddin Rumiy
»
«
Xudo insonni bir umr baxt izlash azobi bilan jazolagan.
Asqad Muxtor
»
«
Men seni deb savoblarga urdim bosh,
Men seni deb xatolarga qayrildim.
Men seni deb gunoh boʻldim, bagʻritosh,
Men seni deb bu dunyomdan ayrildim.

Usmon Azim
»

Tong! Quyosh bobotogʻ orqasidan koʻtarilib zaminu falakni nurafshon aylayotgan bir paytda seni oʻylab, oʻtgan-ketgan uzuq-yuluq xotiralarni eslab oʻtiribman. Miyamni gʻovlatib, butun borligʻimni parokanda aylagan tugʻyonni yuragimdan quvib chiqarmoqqa harchand urinmayin befoyda! Har bir lahzaning oʻz in’omlari bor ekan. Menga shu siylovdan faqat azob chekish, oʻz yogʻimga oʻzim qovurilish nasib etganidan goh faxrlansam, goho xijolatman. Axir quvonganim Xudo insonga dard bersa unga щafqat xam qiladi degan oʻgit xotiramda zohir. Mahzunligim esa, qachon men boshqalarga oʻxshab odamlar qatoriga chiqaman, ulardek yayrab-yashnayman? Azizam ana shu savol menga bir nav tinchlik, huzur-xalovat bermaydi.

Tagʻin oʻy-xayollar ummoniga koʻnglim-butun borlgiim bilan gʻarq boʻlganimcha, oʻz-oʻzimni tahlilu taftish etganim-etgan. Sen oydek ruxsoringni koʻz-koʻz qilib, notanish chehralar bilan kulib yayrab yurganing alam qiladi menga. Axir oʻzing aytganding-ku? «Men sizsiz xech kachon yashamayman va men sizga turmushga chiqaman. Meni kuting va seving!». Qanchalar aqllisan-a? Qanchalar baxtiyorsan! Gʻaribgina xonamda oʻltirib, kitob javonim orasidan suratingni axtaraman. Topgach, unga uzoq tikilgancha suhbatim oshkor. Mana, hozir ham shu koʻyi yolgʻiz oʻtiribman. Surat va siyrat! Koʻrinishingdan kuchli va aqlli, iboli va hayoli qizga oʻxshaysan! Hayotda ham shundaysan, lekin seni sevgan insonni, uning qalbini tushunishni istamaysan-da?..

Bilasanmi, mening shu kungacha tortgan azoblarim, chekkan zahmatlarim, sening visolingga yetishmoq va jamiyatda, hayotda, umuman yaxshi-yomon odamlar orasida muqim yashamoq uchundir. Va shunday say’-harakatlarimga berilgan in’omni Xudoning siylovi va marhamati deya qabul qilganman, koʻnikib yashaganman. Ammo, sen bunday hurmatu e’tiborni, ardogʻu muhabbatni koʻtarib bilmading, bilolmading! Har vaqt suratingga tikilganimda kamondek qoshingga, oʻychan va ma’yus koʻzingga termulib, oqibat kimsasiz oroldek huvillagan koʻngilga va yolgʻizlikka girftor boʻlishimni qaydan bilibman?..

Hozir katta shaharning qoq markazida gʻaribgina kulbamda oʻltirib, ikkimizning ilk bor tanishgan oʻshal begʻam, baxtiyor lahzalarni koʻz oldimdan bir-bir oʻtkazib, xotirlayapman… Oʻshanda sen menga nima deganingni bir oʻylab koʻrganmisan?! «Men sizni hech qachon yolgʻizlatib qoʻymayman, doim ogʻir va shod kunlaringizda yoningizdan jilmasadan hasratingizga sherik boʻlaman» degan eding. Oqibat, koʻnglimdagi hammadan qizgʻongan tuygʻularim senga yetib-etmay havoda uchib sob boʻldi… «Sevaman» degan birgina soʻzni aytmoq uchun uzoq yillar oʻzimni tayyorladim. Natija kutganimdek boʻlmadi. Eslagin sen-menga, men-senga suyanardik. Koʻnglingni toʻldirgan dardu hasratingni aytmasang ham, yuz-koʻzlaring aniq ifoda qilib turardi. Hayotda boʻlsin, doʻstu dushmanlar orasida yurib, har xil xunrezliklarni, xiyonatlarni koʻrib tursam ham, koʻnglimga gard, yuragimga dogʻ tushirmadim… Chunki u yerda faqat Sengagina boʻlgan muhabbatim yashardi… Endi-chi? Endi oʻsha ishq aylagan makonda – BOʻSHLIQ hukmron! Shu sabablimi yoki boshqa asrori bormi, qoʻlim ishga bormaydi, boshim aylanadi, aniq fikrlardan chalkashganim-chalkashgan…

Men xuddi oʻrmonda uzoq vaqt yolgʻizlik va telbalikda umrguzonlik qilib, yillar oʻtgach odamlar orasiga kelib qoʻshilgan, koʻpchilik orasida tamomila begona kimsaga oʻxshayman, xolos! Bularning bari taqdiri azalning peshonamga katta harflar bilan muhrlab ketgan qismat yozugʻiga oʻxshaydi… Har gal qishlogʻimga, sen va men tugʻilib oʻsgan yurtimga bormoq uchun yoʻlga chiqqanimda, beixtiyor koʻz oldimda sen paydo boʻlasan. Otam, onam, aka va ukalarimni, doʻstu birodarlarimning holidan xabar olgani, ularni ziyorat etgani borayotgan boʻlsam ham, yuragimning tub-tublarida birinchi seni uchratsamu oʻtli nigohlaringga toʻyib-toʻyib boqsam, shamolning allasida uchayotgan uzun sochlaringni silasam degan xayollar butun borligʻimda charx uradi…

Va, bunga ism ham topgandekman – ORZU! Bu foniy dunyoda orzusiz inson yoʻkdirki, bir dam yaqinlari diydorini sog‘inmanan boʻlsin. Har qanday ezgu niyatlarimiz orzular bag‘rida yetiladi, pishadi. Xuddi daraxt tukkan mevasi pishgani kabi… yoki aksincha.

Koʻzlarim yoʻlingda parishon holat termulganimcha senga maktub yoʻllayapman. Majnun bir umr «sevish» qismatiga duchor boʻlib va shunday jazolangan ekan, men ham xuddi majnunlar kabi «oh-figʻon» chekkuvchi oshiqlar xilidanman. «Insonni inson tushunmogʻi kerak» deb bitilgan mukaddas oʻgitlarda. Nega endi sevgi-muhabbatni sovuq hisob-kitoblar orqali hal etishni ma’qul topasan. Axir koʻngil misli daryo, borliq Xudoning uyi boʻlsa, shunday yashashni oʻzingga ep koʻrsang! Men hozir sendan olis bir yurtda, xonamda oʻtirib, oq qogʻoz yuzini dil izhorim bilan bezamoqdaman. Qoʻlimga qalam tutishga birdan-bir sabab – SOGʻINCh! Sogʻinch koʻzga koʻrinmas, qoʻlga ilinmas botiniy dardki, meni oʻz komiga butunlay asir etdi. Ipsiz bogʻladi. Shu sababdan toʻlgan yuragimni, ogʻriqdan zoʻriqqan qalbimni boʻshatayaman. Vodarigʻ! Yurak, koʻngil va borligʻim, kimsasiz oroldek huvillab yotsa-yu, shuncha soʻz va nidolar buloq yangligʻ qaydan toʻlib-toshayotgan ekan-a? Ajabo! Hayronman. Yaratganning inoyati ila shunday AROSAT botqogʻiga botib qolgan boʻlsam, Tangrim oʻzing sabablar sababchisi meni bunday azobdan xalos et! Qilgan gunohim boʻlsa, oʻzing ma’gʻfirat qil!..

Derazadan yoqimli shamol esmoqda. Tashqridagi xayot esa menga unchalik muhim emas. Ichimdagi isyonkor hayotning temir qoliplaridan eson-omon qutilib chiqmoqni istayman faqat. Bu isyon esa oʻz-oʻzimni tahlil va taftish qilishga, muvozanatimni saqlab yurishga qaratilgan boʻlsa, ming roziman!.. «Har nafas bir imtihon aylaydi Haq» degan ekan Mavlono Rumiy. Har lahza, har bir oʻtayotgan kunimda imtihon etilayotgan inson mening oʻzimdirman, balki? Shunday fikrga kelishimga asos ham topgandekman… bularning barchasi sen va men oʻrtasidagi masofaning uzoqlashuvi, sinishi oqibatidir. Shugina tufayli sendan minglab chaqirib olislarda, judolikda oʻltirib, qogʻoz yuziga qalb sirlarimini bir-bir toʻkayotgandirman…

Qishloq. Hali-veri tuzalmaydigan dardimning onasi. U yerga borganimdan, bormaganim afzalroqmikin? Oʻylanman. Koʻrimsiz va aftoda holda, xuddi koʻchadagi tilanchilardek siniq va soʻlgʻin yuz bilan qanday boray? Yaqinlar, menga tanish va notanish kimsalar koʻrsa nima deb oʻylamaydi. «Orzulari sarobga aylanibdi, qushning parvozi sinibdi, holiga voy» deya gap-soʻz qilishmaydimi? Oʻzlarini jamiyat va hayot tartibotlarini sidqidildan bajarayotgan odamdek tutib, falsafa toʻqishmaydimi? Nahotki oʻz tugʻilib oʻsgan, kindik qoning tomgan yurtingga borishga yuz boʻlmasa? Bobur Mirzorga oʻxshab, «Hind sori» bosh olib ketmoq kerakmi?

Men esa javobsiz savollarim mohiyatiga shoʻngʻib, taxminlarim toʻgʻri chiqajagini fahmlagandekman. Har bir bosgan qadamim xatolarning uyasiga oʻxshab tuyuladi. Ogʻir-bosiq qadamlar senga nimalarni hadya etayotganini nahotki bilmasang?..

Esimni tanibmanki, mislsiz azoblar iskanjasida siqilaman. «Azob nima?» degan savollar miyamda gʻujgʻon aylanadi. Javob esa hech qanday shaklu koʻrinishga ega emas. Ichimdagi isyon tezroq maydonga chiqishimga chorlaydi, gʻala-gʻovur shaharlararo odamlar orasida odamdek yurishga yetaklaydi, ammo natija kutilgandek boʻlib chiqmaydi…

Xonamdagi chiroqni yoqaman. Ichkari nur ila yorishadi. Bu yorugʻlik xonadagi buyum va kitoblarni koʻrsatish uchun bir vosita, xolos. Koʻnglimni nurafshon aylaydigan, tobora muzga aylanib borayotgan yuragimni qutqaradigan – SEN yoʻqsan! Faqat birgina surat olislarga tikilgan koʻzim ovunchogʻi, koʻnglim yupanchi. Dil suyanchigʻi, uni xursand aylaydigan – SEN qanisan? Surat va xotiradan boʻlak hech vaqo yoʻq! «Yolgʻizlik halokatga olib keladi. Zero, inson oʻziga kerakli narsalarni faqat jamiyat yordamida qoʻlga kiritishi mumkin», - degan Ibn Sinoning vaqida aytib oʻtgan himkatining magʻzini chaqib va shunday jarlik botqogʻidan xalos boʻlish chorasini izlaydigan boʻlsam – qaerdasan?..

Har bir oʻtayotgan kun yolgʻiz boshimga talay muammolarni koʻndalang qoʻyadi. Bir-bir odimlayman. Harakatlarim zoe ketmasligi uchun qaddimni adl koʻtaraman. Keng va ozgʻin yelkalarimni kiyim vositasida boshqalardan panalayman. Koʻchaga bolasini izlab, uydan otilib chiqqan ona kabi chiqarkanman, bugun nima boʻlishi, kim va qanday chehralarga roʻbaroʻ kelishimni oldindan sezgandekman... Qaniydi seni uchratib kolsam. Tasodifan roʻy bergan hodisalar koʻpincha insonga baxt keltirishi ayni haqiqat-ku? Axir ilk bor aytilgan izhoridil tinglovchini – roʻbarangdagi insonning chehrasini oydek yoritgan boʻlsa, tasodif tufayli qoʻlga kiritlgan boylik ham shular xilidan emasmi?

«Inson oʻz ehtiyojlarining yonida yashaydi» deydi Rumiy. Mening birdan-bir zarur ehtiyojlarimdan eng zaruri – SEN! Men xayolda uchkur ot kabi, uchmoqni koʻzlayman. Oqibat birgina shirin soʻzing yolgʻizlik azobida zada boʻlgan dilimni kelajak sari safarbar etsa, ovutsa deyman. Lahza sayin minglab orzular ogʻushida kezinaman. Goho sevinsam, zum oʻtmasdanoq siqilaman. Huvillab qolgan qalbimni, boʻshliqdan iborat hayotimning bir maromga tushib olishini sendan boʻlak kim ham eplardi deysan?.. Hech kim! Hech qachon! Shu koʻyi dilimga malhami dori izlab kitob titkilayman. She’r avval ichimda, soʻngra tilimda aylangani-aylangan:

- Sezib tong boʻyini – qushlar uygʻondi,
Koʻzimga nur tegdi – qushlar uygʻondi.
Sensiz tun oʻtgandi, kun kelar sensiz,
Bedor holimda ham tushlar uygʻondi.

- Oshiqning hayoti tushdir, azizim,
Tushlari bir goʻzal ishdir azizim.
Qalbingdan uzluksiz kushlar yasab tur,
Sogʻindim – men tomon uchdir, azizim.

Boq quyosh chiqmayin qaytadan botdi,
Qishning oqshomida yuragim qotdi.
Qanotli qalbimining «oh»in eshitdim,
Uni kim yigʻlatdi, uni kim otdi.

- Takdirning ovchisi burchdir, yolgʻizim,
Bu hayot beshafqat kuchdir, yolgʻizim.
Bedor chogʻingda ham tush koʻrgin, tush koʻr,
Anglagin muhabbat tushdir, yolgʻizim .

She’rning ilohiy bir moʻ‘jiza ekanligini, seni uchratib, koʻngil qoʻygan kunimdan buyon angladim. Muhabbat ilk bor qoʻlimga qalam tutqazganidek, butun borligʻimni parokanda aylamoqni kasb etdi. Jamiyat va men oʻrtasidagi muvozanatimga putur yetdi. Qalbimdagi jarohatdan sizib oqayotgan qon esa koʻzlarimga aks urdi. Barchasi sening tufaylidir… barchasi sensizlik oqibatidir. Sensiz yashashga koʻnikolmay, ming azob ichra eshilib-toʻlgʻonayotgan dilimni parvarish ayla! Mashrabi Oshiq kabi yonib-yashashimni bir koʻrsang edi…

Har kuni kitob varaqalyman. Ma’noli va ma’nosiz hayotimni kitob vositasida iziga tushurmoq chorasini izlayman. «Yolgʻizning yori Xudo» deya oʻzimga falsafa toʻqiyman. Yolgʻizning yori kitobdir. Bir menmi minglab, millionlab insonlar ichra shunday yashamoq qismati bilan jazolangan odam? Menga oʻxshaganlar juda koʻpdir. Ular men kabi maktub bitishni, birovga sir aytishni sira-sira istamaydi-da! Toshga aylanib borarkanman, shu kungacha barcha koʻrguliklarni bir-bir mushohada etgancha, qogʻoz yuziga soyachpman. Birov oʻqisin, qalbiga taskin, dardiga malham topsin uchun qogʻoz qoralayotganim yoʻq. Aslo! Faqatgina toʻlib ketgan yuragimni boʻshatayaman, xolos!.. Kunlarim shu zaylda oʻtaversa, bunday siniq-siniq holim, oftobda nurab ado boʻlgan tosh kabi sob boʻladi-ku? Shuni sezib, his kilib turgan esam-da, baribir bilganimdan qolmayman…

Umring oqarsuvdek oʻtib borishidan anglashimcha men uchun gʻoyat yechilishi qiyinroq boʻlgan muammolarni oldimga koʻndalang qoʻygandek goʻyo. Bilganim ichimda, tilimga kelgani va qogʻozga tushgani haqiqatning soysi emas –oʻzidir!.. Umrning oʻtkinchiligini, dunyoning bevafoligini sezib-koʻrib turgan esam ham, taqdirdan nimadir kutganim-kutgan… Xuddi mening koʻz yosh toʻkishimga oʻxshab ketadi kun-tun almashinuvi. Barchasi sokinlikda, sukunat quchogʻida roʻy beradi… Sukunat doim yolgʻizlikning yonidadir, uning ishongan hamrohidir. Yolgʻizlik sukunatga jim gapiradi. Ular soʻzsiz-sadosiz ham bir-birlarini anglamoq boʻladilar. Anglab yetadilar ham. Mohiyatan bir nuqtaga birlashib, yana koʻzdan gʻoyib boʻladilar. Bularning bari bir oniy lahzada oʻtib ketgani bilan izi koladi –QALB jarohati. Keyin turib-turib koʻngil nidosiga, hayqirigʻiga aylanadi. Vidoga choʻmgan xayollarni uygʻotmoqchi boʻladi. Natija kutganingdek boʻlmaydi. Qaniydi imkoni, yoʻli topilsa, senga eltar yoʻllar ham sudrab boshqa tomonlarga olib boraveradi… Bir inson umri xazon, ayriliq va sogʻinch azobida toʻlgʻanadi, ingranadi, eziladi… Shu koʻyga tushishimga ham sababchi – SENSAN! Sen tufayligina kelajakka maktub bitmoqdaman. Kelajak esa, bugunim va ertamning tamsili. Kelajak hakida oʻylaganim sayin, goh yuksakka qush kabi uchib, evrilib boraman. Bu oraliqda esa sening yoʻqliging meni yana avval zaminga soʻngra gʻarib kulbamga qaytaradi. Balki faqat mendirman shundaylar xilidan bittasi? Soʻnggi yoʻq, adogʻsiz savollar miyamni gʻovlatgani-gʻovlatgan. Shular xususida toʻxtovchiz oʻylanaman… Oqibat yana koʻnglimga qaytib, u yerda boʻshliqqa duch kelaman. Balki oʻsha boʻshliqdir meni toʻxtovchiz ta’qib kelayotgan. Tasavvurimda Sen iboli, hayoli, oqni-qoradan, yaxshini-yomondan ajrata oladigan idealimdagi insonsan. Hayot in’om etgan sinovlar insonni komillik sari boshlashi ayni haqiqt boʻlsa xam, men mukammallik da’vo etayotganim yoʻq, Tangrim! Faqat ishqiy iztiroblardan oʻzing xalos aylashingni soʻrayman…

Mushtdekkina vujudning bir paytlardagidek, naq yigirma yoshida nimalarga qodir ekanligini hozir tasavvur ham etolmayman. Tasavvur etganimda ham, oʻzimdan uyalib ketaman, oʻzimni boʻralab haqoratlagim keladi… Mana hozir yigirma olti yoshdaman. Koʻrinishdan xuddi qirqni qoralagan odamga oʻxshab qolganman… Ishonasizmi, koʻzguga qarashga ham yurak betlamaydi. Koʻzguni jahlning zoʻridan chilparchin qilib otib yuborishim tayin. E, vohki! Xudo bu ezgin va zabun holimni koʻrib-kuzatib turibdi. Har bir qadamim ta’qib ostidadek goʻyo. Hatto soyam ham ba’zan sinchkov nazoratchiga aylandi. Muvozanatimga darz yetgani uchunmi yoki sening «xayr»siz tashlab ketganing sabablimi, aniq mantiqni topolmay sarson-sargardon kezinaman.. Eh shunchalar ojizmanmi? Bir paytlardagidek «shiddat-la yonib», koʻchalarni toʻldirib, u yoqdan bu yoqqa shamoldek yelib yurgan quvvatlarim, kuchu gʻayratlarim qaylarga uchib sob boʻldi?..

Oʻzim yaxshi koʻrgan soham – nafis san’atdan voz kechib, his-tuygʻularga asir boʻlayozgan koʻnglimning jarohatini bitiradigan, oʻylab siqilmaydigan qaytamga qalbu yuraging orzulariga sira-sira dahl kilmaydigan boshqa bir kasbning jilovini tutsammi deyman. Lekin yozish avvaldan qismatiga muhrlangan ekanmi, bu ogʻriqdan tamomila voz kechmoqning ham iloji topilmaydi… Haqir holimga kim ham meni oʻz chorbogʻida yashashga qoʻyardi. Tiriklik atalmish ehtiyojimni qondirishga koʻnardi, ragʻbat berardi. Telba-teskari hayotimni ajdarho dunyoning talatoʻplarida toblab, chiniqtirib, hali nurli-nurafshon yashpmoqchi boʻlamanu, ammo kayfiyat zum vaqt oʻtmasidanoq sengina xayolimga kelishing bilan undan asar ham qolmaydi… Fikru yodim senda, she’rda, she’r botinidagi umidda, umid bagʻridagi tugʻyonlararo kezingani-kezingan… Mana bugun ham tongni yorugʻ yuz bilan qarshi olarkanman, sahargi kayfiyat uchun misralar tilimda aylangani-aylangan. Bu she’r kimniki, kimning botiniy asrori? U yogʻi bilan koʻpda ham hiziqsinmayman. Faqat she’rgina seni menga, meni-senga roʻbaroʻ qilishga qodir. U bilan suhbatim oshkor boʻlgani uchungina yurakdan chin hahiqatlarni aytib sirlashamiz, hasratlashamiz. Haqiqat yuz karra yuz ochadi oʻsha paytlar:

Vidoying boʻgʻzimga hadalgan xanjar,
Bir soʻzga doʻnaman muayyan qaygʻu.
Koʻksimda yurakmas, muhabbat sanchar –
Kuyguga aylanib qolgan bir tuygʻu.

Aytmaslik azobi, aytmoq azobi,
Aro kun koʻraman arosatlarda.
Qaytmaslik azobi, qaytmok azobi.
Yurakni yemirib boradi qa’rdan.

Bunchalar men senga bogʻlanib koldim,
Azobni she’r qilib tugatolmayman?
Yana ne tadbirni boʻynimga oldim:
Koʻnglimni tolega oʻrgatolmayman.

Boʻzlarim dunyoni buzib boradi,
mening gunohimga –muhabbatimga
vidomi hayotning – soʻnggi chorasi,
qismat toʻgʻri kelmas manglay xatiga.

Boshimni musht bilan silaganlarim
Koʻnglimga soʻz solar – hammasi vido.
Mening kamolimni tilaganlar ham
Sening kelmogʻingdan bermaydi sado…

Sening kelmogʻingdan bermaydi sado...

Derazadan karayman. Tun. Shaharning ola-gʻovur suronlari qaergadir berkinib olgan. Osmonni toʻldirgan jimir-jimir yulduzlar xayolimning soyasi kabi sochilgan. Shubhasiz Mirzo Ulugʻbekni ham shaydo etgan, tunlari, yillab mahliyo aylagan «O, Yulduzlar, yulduzlar!» menga nega jimlikdan xabar berasiz? Sukunat quchogʻida kechayotgan umrimdan xabardordek sinch nazar solasizlar. Mening ohu-figʻonimni sevikli ayolimga shivirlab bermokadmisiz? She’r va sukunat. Dunyoning yolgʻonchi ekanligini bilib-sezib turgan esam ham, sening kelmasligingga nechun koʻnikolmayapman? Bilmayman. Yana biroz tin olgach qaboqlarimni ochaman…

Tagʻin yulduzlar! Ular ham biz kabi tirikchilik tashvishini yeb jimir-jimir etsa-da, bir-birlarini hech qachon inkor etmaydilar. Inkor faqat va faqat insonning qaltis fe’liga singib ketganga oʻxshaydi… xuddiki ming yillik qadriyat kabi botinimizda javlon uradi. Oʻzimizni, oʻzligimizni oʻz komiga tortgani-tortgan. Inkor ham balo kabidir. Qaysidir qaltis razilliklar uning bagʻrida yetiladi. Koshki qutilib boʻlsa!

Mana inkorning amaliy ifodasi. Uch yilcha vaqt oʻtsa hamki, yana sening rad etishingga yuzlanib turibman. Tunning sokin sukunat quchogʻida fikrlarim tiniqlashgani oʻrniga algʻov-dalgʻov boʻlib, betartib holatga tushadi. Xonamda sochilib yotgan va oʻz egasidan saranjomlikni kutib turgan buyumlarga oʻxshab. Bunday paytda boshim aylanib, miyam gʻovlaydi. Dilga ingan azobu iztiroblar koʻzga sira uyquni yoʻlatay demaydi… Insonning tugʻilishi – azob! Yashashi undan besh badtar azob. Sevib yashash esa ana shu ikki oraliqdagi ulkan iztirobli mafsofa kabidir. Hayot va koʻngil anglashilmovchiliklari hosilasi. Kishini devona aylaydi. Telbalarcha yashashgargatadi, chorlaydi. Xuddi foniy dunyoning karvonlarida oʻyinchoq kabi surilasan, bemaqsad kezinasan… Yurakni boʻshliqqa safarbar etadi, shunday yashashga undaydi. Goho buning aksi boʻlib chiqsa-chi? Umring arosat botqogʻida qoldi deyavering. Mislsiz ogʻriqlar makoniga chirpirak qilib uchiradi. Chidash mumkin bulmagan lahzalarda joningni jabborga berishing tayin. Men ham oʻz-oʻzimni nazorat etish oʻrniga ich-etimni yeb, borligʻimni parokanda etdim. Oʻzimga qarab jangga otlandim… Goh yutgan boʻlsam, goho yutqazdim… Hammasi sensizlik tufaylidir, yolgʻizlik oqibatidir…

Kuz…
Yolgʻizlik…
Boʻshliq…

Yana oʻz-oʻzimni taftish qilish fasli. Daraxtlar ogʻir silkinadi. Yaproqlari bejon toʻkiladi. Xavoda qush kabi darbadar uchadi. Borliq sariqqa doʻngan. Kuzning namxush, salqin havosi dimogʻimga uriladi. Bir nimani sezgandek boʻlaman. Mohiyatan oʻzimni kimsasiz orolda yurgandek his etaman. Nima boʻlgan taqdirda ham sening diydoringni sogʻinaman. Garchi visol yoʻli yopiq ekan, kutib intizoru ilhaklik bilan yashayveraman…

Men uzoq yillardan buyon oʻzimni aldaganim-aldagan. Xayolimda bir dunyo tuzaman. Sening oy kabi ruxsoringni koʻrmoq ilinjida uzun xayollar ogʻushida kezinaman. Dilim yorishadi. Atrofimda istak va mayllarini qondirmok maqsadida yelib-yugurayotgan insonlar nazdida men juda ojiz, hech kimi yoʻq, musofir odam boʻlib koʻrinsam kerak-da! Lekin men undaylar xilidan emasman, oʻzimga yarasha boshponam bor. Tanish-bilish, doʻstu birodarlarim, ustozlardan ham qisgan emas. Ammo sensizlik meni oʻz komida mislsiz iztiroblar bilan siylagani-siylagan… Hali hayot oldinda deyman. Umidim bor…

Dunyoning asl moxiyatini, tilini, qalbini, borligʻini tushunganim sari oʻzimning kim ekanliginimni anglay boshlayman… Nega shunday? Buning ham qay asrori borligini bilmayman. Men – men emasdek goʻyo. Ichimga kimdir berkinib olgan va oʻsha giz* lining nayranglariga oʻynab yurgandekman..

Dunyo ham inson qalbi kabi sirlidir, sehrlidir… umuman sen sirli mavjudot ekanligingdan xabaring bormi oʻzi? Shunday aftoda holimda oʻzimga qarayman – MYeN kim? Sen kimsan? Ey, sabo! Sabolar yangligʻ saharmardonda kezinaman. Nechun bir bor qalbimni tinglashni va tushunishni istamaysan? Qalbingga in qurgan shuhratmarastlik va boylikdan voz kechmoqni bir oʻylaganmisan oʻzi? Vatan va oilang, kelajak xususida-chi? Meni ana shunday bejavob savollar qiynaydi, boshimni gʻovlatadi…

Sabrning kosasi haqiqatan ham oltin boʻlganida mening butun borlgʻim oltinga doʻnardi… Dard! Shakl va ranglarni oʻziga simiradi. U koʻrianmas bir sirki, botiningni kalamush kabi kemiradi. Tunda uyquga ketgan chogʻingda ham, tush shaklida tinchingni, oromingni, oʻgʻirlaydi… butun borligʻingni nurafshon aylash oʻrniga, saodat sohiliga yetaklash oʻringa, zulmat quchogʻida erkalaydi, qayraydi… yillar zahmatidan oqqa doʻngan sochlaringni yelvizak kabi uchiradi… bir paytlardagidek silliq, gʻubor inmagan yuzlaringda ajinlar zohir qiladi. Kechagi oʻtgan kunlaringga bir qaytib, barcha ogʻir koʻrguliklar uning tufayli sodir boʻlganiga sira shubha qilmaysan! Magar men osiy banda boʻlsam, gunohsiz kim? Senmi yo men. Sevganmi? Sevilganmi? Bilolmaysan! Sen mayda tashvishlar bilan koʻp-da, qiziqmaysan. Oʻz oʻlchoving, hisob-kitoblaring, boylik va manfaating bilan sarson-sargardon kezinasan. Vaholanki, turmush soʻqmoqlarida ketayotibsan, ammo kun kelib butun borligʻing bilan YoLGʻIZLIK sohilidan chiqishingni nahotki bilmaysan? Shu sababli miyangni dunyo va olam, inson va jamiyat oʻrtasidagi tenglik rishtalarini oʻylashdan voz kechmoqqa puxta tayyorlaysan. Koshkiydi koʻnikib boʻlsa, shunday yashashga erishgan Xudoning bandasini topib ber menga?!

Bulbul chamanzonrini qanchalik sevsa, men ham oʻz Vatanimni shunchalik sevaman. Mening vatanim ham orom va taskin beruvchi Sening qalbing va yuragingdadir! Vatan men uchun oʻsha nuqtadan boshlanadi… Bir ogʻiz shirin soʻzingni, bir paytlardagidek siniq jilmayishingni eshitsam, koʻrib, kuzatsam edi… Borliq va yoʻqlik xususida oʻylayverib ezilib ketgan yuragimni oq qogʻozga emas, oʻychan koʻzlaringga qarab aytolsam edi… Dilimdagi hech kimni qiziqtirmaydigan, oʻylab-oʻylantirmaydigan «oh-figʻonlar» kimga ham kerak? Men faqat yozish azobidan qutulmokdaman. Taskin va shifo ham, yolgʻiz kunimda hamrohim, ham tabibim, ham najot farishtamdir. Qoʻlimga qalam olarkanman, bir ipga marjondek tizilgan soʻzlar oʻz-oʻzidan buloqdek quyulib kelaveradi! Toʻkilganing bilan sira-sira tugamaydi ekan!

Qachonki, ruh tanni tark etadi, oʻsha payt vujudning botinidan oʻzga bir xilqatga bosh uradi… Balki u koʻrinmasdir. Qalbimiz va ongimiz ila shuni sezishimiz va shu sezgiga asir boʻlishimiz mumkin… Yana tashqariga bir-bir razm solaman. Oltinrang tovlanayotgan kuzning jamolini koʻrishni, koʻrib kuzatishni Tangrim menga nasib ayladi. Kuzga yetmoqlik tantanasining naqadar orombaxsh ekanligini uzoq oʻlkalarga «xayr-xoʻsh» kuyini chalib, goho pastlab, goho yuksaklarda parvoz aylayotgan turnalarni tomoshalab his etdim. Ularni nima va qanday hayot oʻziga maftun etsa, bizni ham shunday hayot oʻz chiroyiga chorlasa edi… Afsus, ming afsus! Kim bilsin balki ular sening endi umuman kaytib kelmasliging xususida pichirlayotgandir?! Yoki meni umuman qiynalib yashashimni bas qilmoqqa chorlayotgandir, kim bilsin? Dunyoning oʻzgarmas qonuniyati – oʻtkinchi ekanligimizni, mehmonligimizni oʻrgatayotgandir? Kim bilsin? Ey sabo! Yoʻqsa, nechun bu mahzun kuyni doim chalgani-chalgan… Shunday ekan, sening menga boʻlgan muhabbating, avvalgidek ishonching qayda?.. Toʻgʻri sening istak va orzuing boylik va shuhratparstlikdan oʻzga narsa emas! Har bir qadamni pul bilan oʻlchaysan, idroklaysan. Shuni bilib, koʻrib tursam ham nega senga yana ishim tushaveradi… Bu dunyoning yarmini bosib olib, hovuchiga bir siqim tuproq olib ketolmagan Iskandar oʻz oʻlimi oldidan hammasiga iqror boʻlmadimi? Tavba! Men sen bilan boylik talashayapmanmi? Axir moddiyat va ma’rifat muvozanati butunligi uchun kurashayotgan esam ham nega sen bilan hokimiyat talashayapman, ey dil? Tushuntirib ber menga? Men nega seni sevib shunday xoʻrlangan, aftoda holda yashayapman. Oʻz aybim, nuqsonim koʻzimga koʻrinmas boʻlsa, sengagina bilinar, faqat sen mening nuqsonlarimni bilguvchisan ey dil?.. Yana boshqa bir jihati: umid osmoniga parvoz etishga chorlagan ham ilk bor oʻzingsan-ku? Oʻsha kuni tasodif falokat boʻlmaganida, balki menga yana kutmoq va sevib yashamoq fursatini taqdim etgan boʻlarmiding?! Ayt farishta! Nega jimsan?.. Oʻshandan keyin boshim ogʻrib, tez-tez betob boʻlib qoladiganimdan keyin shu kisqa, ayriliq, yoʻlini tanladingmi? Koʻngil xazinasining sirli-sehrli javhari MUHABBATning tugʻilishdan to soʻnggi ketar jafosigacha boʻlgan masofadagi yolgʻiz hamrohimiz ekanligini nahotki unutgan boʻlsang?!

… Oylar, yillar, daqiqalar oʻtdi… Hamon yolgʻizman. Har doimgidek bugunimda bir moʻ‘jizadan umidvor boʻlganimcha, qaboqlarimni ochdim. Miyamda kechagi tushimning tafsillari aylanadi. Koʻzlarim yoshlandi… Falokat! Qandaydir jarlik oldida turganmishman. Zulmat! Zulmatni parchalab olisdan nur oqib kelarmish. Oʻsha nur bilan men tomonga harakatlanayotgan SEN emishsan. Meni bosib kelayotgan falokat – jarlik botqogʻidan qutqarmoq maqsadida nozik qoʻllaringni uzatarmishsan. Men shu koʻyi koʻzlarimni yumganimcha minglab, millionlab odamlar orasidan senga talpinarmishman. Ikkala kaft bir-biriga tegishi hamono meni tubsiz jarlik oldidan tortib olganmishsan… Bu mudhish tasodif oniy bir lahzada roʻy berganmish… Tushlarimda… faqat tushimda umidvorlik bilan yashayotgan koʻzimga nur, qalbimga, borligʻimga yashash saodatini baxsh etding… Men oʻng va tush aro AROSAT botqogʻida qoldim. Qaniydi oʻsha tush oʻngidan kelsa… Afsus, ming afsus!..

Tagʻin tush aro uygʻondim. Tagʻin ayqash-uyqash, narsalar xususida ekan koʻrgan tushim. Koʻzimni ocharkanman, har doimgidek meni yillar osha ta’qib etib kelayotgan «vaznsizlik» telbanamo xayollar ichra xayolot dunyomga shoʻngʻiyman. Tagʻin – SENSIZLIK! Tagʻin – YOLGʻIZLIK! Ruhim esa nimalarnidir oʻziga ogʻir olaveradi… yana men nimalardandir voz kechmoq maqsadida kezinaman. Xuddi tush ichra koʻzguga tikilgandekman. Maksad – oʻzni ovutish! Qalbu yuragimga xotirjamlik baxshida etish… adogʻi yoʻq ismsiz iztiroblardan voz kechish. Senga bu yozganlarim barchasi oddiy hisob raqamlari kabi tuyulishi mumkin. Juda mayda yumush boʻlib koʻrinishi mumkin. Ammo mening hayotimda, borligʻimda bularning siru asrori juda katta mavqe kasb etadi. Xotiralarimda olis osmondagi yulduz yangligʻ jimirlaydi…

Koʻnglimning istaklarini bajarish maylidan tamomila voz kechib ketmoq uchun necha bor urindim. Befoyda! Xonamga qandaydir nafislik, koʻrk bagʻishlab turgan kitoblarni varaqlayman. Xayolimda shoir nidolari yangray boshlaydi. Turib-turib butun borligʻimni egallagan qismatdoshim hayqirigʻini baralla ovoz chiqarib ayta boshlayman:

Olovrang
barglarning saltanatida
yaproqday qovjirab yonganda bagʻrim,
fazo jimligiday kuz ta’latidan
mehrga aylandi hattoki qahrim.

Dilimda nola yoʻq,
chashmimda – jola,
sokin ishq otashi yoqar jismimni.

Xayolim shu qadar ketdi havolab,
hattoki unutib qoʻydim ismimni.

Ismim nimaydi deb, kundan soʻradim,
porlab soʻylab ketdi endi isming yoʻq.
Shamol gulxanlari koʻkka oʻrladi:
biz kabi ruhing bor,
ammo jisming yoʻq.

Ruhimni dunyoga qoʻshib oʻstirdim,
endi tabiatning dono toshiman.

Qalandar shamol ham suygan doʻstimdir,
har bir chumolining qarindoshiman.

Zaminga sanchilgan bir terak kabi
oʻyimda titraydi moziy – xotira

Agarda qoʻzgʻolsam,
ogʻochlar safi
ildizin qoʻporib kelar ortimdan.
Olovrang

barglarning jim davrasida
naqadar yuksalib ketdim oʻlimdan,
bagʻrim kuyib ketdi jozib sasidan
baxtiyor boʻlganda samo yoʻlida.

Oniy jamolidan koʻzim qamashdi,
lahzada qorayib qoldi qorliklar.

Yildirim singari oʻtkir qarashdan
zaminga quladim baxtiyorlikdan.

…Ey qiz,
quyosh yangligʻ botarman endi,
quyoshday yogʻdular toʻkarsan, ey qiz.

Ey qiz,
tuproq boʻlib yotarman endi,
osmonda osmonday oʻtarsan, ey qiz .

20.. yil. Uch yildirki, hamon oʻsha-oʻsha men. Sendan na bir sado keladi, na bir xat-xabar. Hamon oʻsha arosat olamida yashayotganimni bilmaydigan koʻrinasan. Botinimda sengagina boʻlgan buyuk muhabbat hukmron! Men uning kechayu-kunduz ibodatini qilib, mehribon Allohga yolvorganim-yolvorgan… Xumori tutgan nashavanddek alahsirab kezinman. Dunyoning shakl va ranglari tobora kichrayib borayotganiga hayron boʻlardim. Mayda tashvishlar ham oʻzimga. Katta muammolar ham oʻzimga… Oila qurish, boshqalar katori biz ham yashaydigan vaqt kelgandir. Ammo sensiz, sening mehringsiz men kim edim va kim boʻlardim!..

Umr boʻyi izlaganim koʻngilning istagi va orzusi – muhabbatim bilan birga boʻlishlik, uning vasliga erishish edi. Na chora! Na bir imkon bor bunga. Balki sen oʻz xatoingni tushunib yil, kun oʻtib qaytib kelarsan, balki umuman kelmassan? Shunday boʻlsa ham meni bu dunyoga aniqrogʻi zaminga bogʻlab turgan birdan-bir vosita nimaligini bilishga ming urinmayin, unga munosib ism ham topolmayman… Qiynalaman. Kechagina tuproq koʻchaning changini osmonga chiqarib, chirparak qilib yurgan hali pishmagan – gʻoʻr bola edim… Bugun esa holimga maymunlar yigʻlaydigan zabunman! Inson dunyoga bir marta, bir martagina kelar ekan, nega endi oʻz istak va ehtiyojlariga erishmas ekan, men sendan koʻp narsa soʻrayotganim yoʻq, faqatgina jindek mehr va muhabbatingni, chimdim shirin kalomingni istayman, xolos!

Bugun oʻzimning hayotimni kundalikka yozib qoʻymoqqa ilk bor jur’at etdim. Kundalik – koʻngildan estalik. Boshqalarga emas, aynan senga. Men umr boʻyi, naq yigirma olti yoshimgacha seni baxtli qilish orzusi bilan yashadim. Bundan keyin nima boʻlishi birgina - Yaratganga ayon! Axir baxtli boʻlish edi-ku orzu? Shunday ekan, shiddat bilan turlanib-tuslanib borayotgan tamaddun dunyoda men nimalar qilib yuribman. Daho ruhshunos yozuvchi Dostoevskiyga oʻz rafikasi qanchalik mehribon va rahmdil boʻlganligini bilasanmi oʻzi? Dunyoda yor diydoridan, uning visoliga erishmoqdan oʻzga yuksak orzu boʻlishi mumkinmi, ayting?! Mumkin boʻlsa, nima ekan u? Xos bir ism topib berolarmiding? Aslo! Senga bu yozgan narsalarim ham qiziq tuyulmasa kerak-a? Shundaymi? Mohiyat – inson goʻzallikka shaydo va oʻch boʻladi degan gapga iqror boʻldim. Goʻzallik deganda tashqi koʻrinishingni nazarda tutayotganim yoʻq. Men uchun birlamchi goʻzallik – QALB! Yuzingda dogʻing bormi, demak oysan! Boʻlmasa kimsan? Qalbingda muhabbat bormi – INSONSAN! Boʻlmasa-chi? Aytishga uyalib ketaman, uyalib…

Oʻz kundaligimning birinchi sahifasini yozib tugatdimu boshimni qogʻozdan ilkis koʻtardim. Qoʻllarim shunday qaltirar ediki, tilimga kelgan nimaiki boʻlsa baqirib aytardim. Ming la’ant oʻqidim…qismatimga. Yozganlarimdan bir parcha oʻqib beraymi? Umuman birovning dil nolasini eshitishni istaysanmi? Mayli, istasang oʻqiganim boʻlsin:

Ey, dil! Toʻkildim, nuradim, borligʻim adoi tamom boʻldi. Ey gul! Koʻzlaring shunchalar oʻychan va ma’yuski, ruxsoring shunchalar tiniq va chiroyliki, koʻrgan koʻzimga uyat! Xuddi senga boshqa bir begona nigoh toʻyganicha termulgani kabi men ham qarashga jur’at etdim. Aslida koʻrish koʻngilning taskin va shifosi ekanligini bilib turgan boʻlsam ham, nega senga qaramay, axir! Umrimda ilk bor topganim va ilk bor yoʻqotganim, visolingga erisholmaganim ham Sen! Senga bir achchiq haqiqatni aytmasam boʻlmas, men Navoiy kabi nola chekib oʻtsam ham sendan oʻzgasiga hech qachon uylanmayman! Oʻzga bir koʻnglining boʻliq siynasiga bosh urmayman hech qachon! Oʻzga bir koʻngilga dil izhorimni aytmayman, unga uzoq tikilmayman, qalbiga orom, yuragiga tasalli bermayman. Oʻzga bir inson bilan yostiqdosh boʻlmayman, tushunyapsansmi?! Mayli meni «devona» desin, «koʻchadagi gadoga» chiqarsin, «telbalik kasaliga mubtalo boʻlibdi» desin, ammo nima uchun birovlarning nazar-xotiri uchun oʻz istak va mayllarimdan voz kechib yashashning etagini tutishim kerak? Mumkin emas, bunday boʻlishi. Men bir narsaga qaror qildimki, umr boʻyi kutib, kutib va KUTIB yashayman. Shundan menga taskin va tasalli keladi. Shundan menga hayotga ishonch paydo boʻladi. Irodamni turmushning achchiqma-achchiq ziddiyatlarida toblay boraman. «Charxning men koʻrmagan jabru jafosi qolmagunicha» azob va azob bilan yashayman. Qalbim va yuragimga tasalli inadi. Nimadan? Sen menga qoldirgan surat va siyratingdan. Butun borligʻingdan. Sen xis tuygʻu nimaligini bilasanmi? Bilganingda meni biron marta, yoʻq umuman umring boʻyi tushunarding. Kimning soʻziga kirdingu bilmadim, ammo senga soʻz oʻrgatgan shapaloqdek tilini kesiblar tashlagim keladi. Inson yolgʻiz dunyoga keladi. Yolgʻiz koʻngilning buyruq va amriga boʻysunib yashaydi. Yolgʻiz bitta inson bilan yostiqdosh boʻladi. Oqibat dunyodan ham yolgʻiz ketadi. Shunday ekan, sen nega oʻz koʻngligga, qalbingga, yuragingga quloq solmading? Nechun biron marta oʻz bilganingni qilishga kirishmading? Nechun?!

Yana kimsasiz orolda qolganimdek huvvillab qolgan koʻngilga qaytaman u yerda Navoiyning koʻz yoshlaridan bino boʻlgan, yoʻq yurak qonlaridan yaralgan dostonidagi ishq satrlari, ISYoNKOR satrlar yordamga qoʻl choʻzadi. Balki mendirman uni izlab kelgan. «Ishq ichra meni yoʻq ayla yo Rab!» deya Majnunning tilidan nola chekadi. Ojiz va aftoda holga tushadi. Men-chi? Men?..

«Ul tengr oti bila bu noma,
Kim ishq elidin koʻtardi xoma.

Fardiki yoʻq avval ibtidosi
Hayyiki yoʻq oxir intihosi.

Togʻ balchigʻi izra jola urgan,
Qum tufrogʻi uzra mola urgʻan.

Har kimniki aylabon pariroʻy,
Ta’n aylagan anga odatu xoʻy.

Hajr emgakini qattigʻ yaratqan,
Gʻam sharbatini achchigʻ yaratqan.

Ishq oʻtida kimni kuydurib chum,
Ma’shuqigʻa bermagan tarahhum.

Qilgʻan necha oshiq oʻlsa noshod,
Ma’shuqligʻ iqtizosi bedod.

Oshiq ichi yuz ming oʻlsa parkand,
Ma’shuqni qilmay anga xursand.

Ma’shuqqakim esib nasimi,
Oshiq ichiga solib jahimi!»

Chun boʻyla boʻlub fasona pardoz,
Andin soʻng etib bu nukta ogʻoz –

Kim: «Ushb gʻamu alam bayoni,
Jon safxasida bagʻir nishoni.

Mendinki ichim gʻamingda qondur,
Sangaki gʻaming tanimda jondur.

Ya’ni: bu junun fasonasidin,
Rasvoliq oʻti zabonasidin.

Gulruhlar arosida parigʻa,
Anjum aro mehri xovarigʻa,

Ne haddim ila duo degaymen,
Yuz madh bila sano degaymen?

…Bir soʻz bila dardima davo ber,
Nomang bor esa, chiqar menga ber!

Men shu koʻyi xotiramning qa’r-qa’riga singib ketgan ishq tarixini titkilayman. Oʻzimga mos va xos jihatlaridan ovozim boricha baqirib, she’r oʻqiyman. She’r – sen ilohsan! Sen qudratli dengiz kabi toshasan. Goho uchqur ot kabi pishqirasan, olamga jar solasan! Birgina yurakdan chiqadigan ovozing – she’r boʻlsa voajab? Tangrim qudratingga tasanno! Boshimni egib, ming tashvish va alam ichra toʻlgʻonib yashasam ham DARD sari talpinaman. Undan ayro yashasam xuddiki eng kerakli buyumimni yoʻqotib qoʻygandek tipirchilayman… Men eng goʻzal tuygʻular maskani koʻngil xotirjamligi uchun kurashsam ham baribir befoyda! Shoshqaloqlik qilsang ham, sekin yursang ham qismating shu boʻlsa ne naf! Ne tadbir va tadorig qilmagin,baribir orzuing sarob ekanligini bilib qolasan… Shunga monand harakat qilsang boʻlmaydimi, deguvchi bir banda yoʻq? Bor, balki oʻzimdirman eng ishonchli habib. Oʻz qoʻllarim bilan yaratgan taqdir qanday boʻlardi… Tangrim shunday boʻl dedi menga! Men shunday boʻldim ham shunday koʻrindim ham…

* * *

Ey, dil! Kundaligim ham, koʻnglimdagi sendan darigʻ tutgan izhorlarimni ochik yozishga urinib koʻrdim… bilmadim qay bir oʻrinda toʻgʻri qildim, qay bir oʻrinda xatoga yuz tutdim, hammasini bilib-koʻrib turguvchi zot - Tangrimdan xijolatliman! Men borligʻimni dasturxon qilib, nimaga erishdim. Yursam ham, tursam ham sening xayoling bilan yashasam. Shuning oʻzi menga katta boylik va sogʻliq emasmi?! Yaxshimi-yomonmi sevib yashayotgan insonlarning bittasi ekanmidan faxrlanaman. Ammo manzil adogʻida afsus va pushaymonlik sohilidan chikajagingni bilib tursang ham unga monand qadam tashlay olmas ekansan! Na, chora! Na iloj! Bir kam dunyo! Biri kamidan butun umring xazon va ayriliq olamida oʻtajagini bilib yashayverasan ekan! Emishki, insoni moddiy va ma’naviy dunyo sarhadlarida juda koʻplab muammolar kutib turarkan… men oʻz izhorimni goh mahzun, goh zabun holimda Senga toʻkib soldim. Mening borligʻim sochilib ketgan qogʻozdagi gaplardan sira-sira afsuslanmayman. Qaytamga men oʻzimga bir dunyo tuzdim. Bunga xos ism ham topgandekman – Visolsiz dunyo! Mening dunyom bilan yashamoqchi boʻlsang mana boʻshliqdan iborat koʻnglimga kelishing mumkin. Faqat kuzning achchiq nolalari kechayu kunduz yangragani – yangragan. Xazonlar davrasida faqir holimda faqat va faqat she’rim bilan suhbat quraman:

Umr ham oʻtganday…
goʻyo bir kunda
nastarin guliday ochilib soʻldik,
goʻyo bir nafaslik ravshan quyunda
qalbi soʻqirlarga afsona boʻldik,
qushlarni yigʻlatgan qora buyuqda
soyamiz qoʻshilib devona boʻldik.

… Umr ham oʻtganday…
nahot bir kunda
nastarin guliday ochilib soʻldik?
bir nafis gul koʻrdik yovuz jununda,
orzulab ismini armona qoʻydik,
ismi jismiga mos armona boʻldi,
bu gulga tikilib vayrona boʻldik…

Samarqand-Toshkent,
2009-11