OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifXursandbek Toʻliboyev
Asar nomiYoʻl (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Xursandbek Toʻliboyev
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm13KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/05/15
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


Nashr belgilari
2012


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Yoʻl (hikoya)
Xursandbek Toʻliboyev

Bola edim. Baxtli edim. Hammasi uyimizning farishtasi – S. bobomning bevaqt olamdan oʻtganidan keyin boshlandi. Hayotimda ungacha baxtli ekanman, ammo endi aqlimni tanib, tiniq tasavvurlarim va dunyoqarashlarim shaharning gʻola-gʻovurlarida pishib yetilganidan keyingina noayon sirlar ham ravshanlasha boshladi, negadir menga shunday tuyulmoqda. Bir paytlar hamma omadsizlik menga yopirilib kela boshlaganida, oʻzimga falsafa toʻqirdim, «endi azoblar ichra toʻlgʻonib, ingranib itdek oʻlib ketmokchimisan, undan koʻra kelajak haqida oʻylasang, hayotingni shunga moslasang boʻlmaydimi», derdim. Yoʻq. Koʻnglim koʻnikay demasdi. Aqlim ham yetim koʻnglimning izidan ergashgani ergashgan. Bilmadim, birgina yolgʻiz boshimni boshqorolmay, arosat botqogʻida koldim…

Men yurib borayotgan yoʻlni mendan oldin sanogʻsiz odamlar bosib oʻtgan va oʻtmoqda ham. Bu yoʻllarda kim bilsin, necha yuzlab odamlar jangu jadallarda, ofatlardan saqlanmoq uchun hayot bilan kurashgan, oʻz qavmi bilan olishgandir, bilish qiyin. Negadir mening hozirgi, kayfiyatim tugʻib berayotgan taxminlarim shuni anglatajak. Mana uydan chiqib ketganimga ham oʻn yildan oshibdi. Oʻqish-izlanish, deb umrimning eng goʻzal lahzalarini bekorlarga koʻkka sovirib yuborgan ekanman. Oʻqimasdan turib ham hayotning ma’nisini, dunyoning kitobiy sirlarini bilish mumkin ekan-ku? Men nega shunday qilmadim? Bilmayman, bilganim doim menga teskarisi – pand bergani-bergan…

S.bobom oʻlimining tezlashganini, yaqin kunlarda bu dagʻal dunyoni tark etib, chin dunyoga safar qilishini bilgan koʻrinadi. U paytlari oʻn ikki yashar jujuq edim. U paytlari oʻlim nima, u qanday narsa, odam ham oʻladimi degan mushohada – tasavvurlar yoʻq edi menda. Chunki bolalikning shirin lahzalarini, osuda, orzularga limmo-lim damlarini boshdan kechirayotgan baxtiyor kunlar ekanman… Men oʻlim haqida jiddiy oʻylab koʻrgan boʻlishim mumkindir, ammo odam ham oʻladimi deya oʻzimni bunday qorongʻu tunni eslatadigan savollardan ovutardim ham. Shunday qilib, bobom 9 may kuni olamdan oʻtdi. Qishloqda yashardim. Otamning, onamning aytgan yumushini qilib, keng dala-dashtda oʻrtoqlarim A. va T.bilan mol boqib, maza qilib oʻynab yurardik. S.bobmning bexosdan infarkt boʻlganligi va zudlik bilan tuman shifoxonasiga olib ketilgani haqidagi xabarni ikki soatdan keyin singlim Sh.dan eshitdim. Eshitdimu birdaniga ustimdan kimdir, bir paqir suvni quyib yuborgandek boʻldi. Boshim aylandi. Koʻzlarim oldi qorongʻulashdi. Bu mudhish tasodif mening yuragimni bir ogʻir timdalab oʻtdiki, haftagacha oʻzimga kelolmay, karaxt boʻlib yurdim. Avvaligdek sevinmasdim. Joʻralarimga qoʻshilib oʻynamasdim, podalarni poylab, faqat oʻz xayollarim ogʻushida sarson-sargardon kezinardim… Shunda A.doʻstim yonimga kelib, hamma aytadigan taskin beruvchi soʻzlar bilan yupatishga tushdi.
— Qoʻygin, doʻst, sen bu ketishda oʻzingni yeb bitirasan, xali yoshsan, bobongni kasali oldindan boʻlgan. Xudo shuni istagan tushunyapsanmi? Shuni istagan, - dedi kir-chir koʻylagimning yoqasidan tortqilaganicha.

Men miq etmasdim. Mum tishlab olgandek na oq, na qora derdim. Oxiri u sal nari ketdi. Oʻsha yillarga ham oʻn toʻrt yildan oshibdi. Hozir xotiram qa’r-qariga singib ketgan tarixni titkilab shu narsalarni topdim. Yana oʻsha lahzalarga bir qaytib yashadim. Endi esa men yurib ketayotgan – yoʻlning oqibati qanday tugarkin, deb siqilardim. Chunki men har bir narsani oʻz botinimdan, xato boʻlsa ham, toʻgʻri boʻlsa ham oʻzimdan axtarib oʻrganib qolganman. Hozir ham shunday fikrlarim ummonida kezayotirman. Begona shaharda, begona odamlar ichra yashab, odam oʻz tabiatidan ancha kechishga, shu buguni bilan murosa qilishga majbur boʻlarkan. Men esa ana shundaylar xilidanman. Birgina koʻnglim va yuragimning amri – orzularimning bir kuni ushalajagiga, yorugʻ umidalar bilan qadam tashlagan minglab, milionlab odamlarning bittasiman, xolos.

Yigirma uch yoshimda bir qizni qattiq sevib qoldim. Orzular qilardik. Shirin boʻsalaridan yuragim uvishib, unga osmon toʻla orzularni va’da qilganligim chindir. Chunki uning kamon qoshlariyu uzun kipriklari tarang tortilgan qaboqlariga qaraganimda – oʻychan nigohida oʻz baxtim va baxtsizligimni his etganimda bor dunyoni, uning gʻalvalarini unitardim. Kunlardan bir kuni u menga ertak aytib berishimni iltimos qilib qoldi. «Jinnimisan», dedim unga shu paytdagi sevinch toshib chiqqan yuziga qarab.

– Ertakni eshitib, sen bola edingmi? Oʻzing baxtiyor ona boʻlish ostonasida turibsanu mendan ertak eshitmoqchimisan? – dedim.

– Ha, sizdan bir ertak eshitgim keldi.

– Men ertak aytsam sen uxlab qolasan, - dedim kulgim qistab.

– Mayli, uxlasam sizning yoningizda uxlayman-ku? Begona emassiz-ku, axir, - dedi.

Shunday qilib bobomning bir paytlari menga aytib ketgan ertagini chamalab, esimga solib oldim va uni sevgilimning roʻparasida oʻtirib, hayajon bilan ayta boshladim:

«Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, qadim oʻtgan zamonda Amudaryo tomonda, Jumurtogʻ etaklarida bir oʻspirin oʻtgan ekan. Bechora turmushning ogʻir savodlaridan, yoʻqchilik azobidan nihoyatda koʻngli zada boʻlib qiynalgan ekan. Ota-onasi oʻgʻlining tong sahardan togʻ etaklariga chiqib ketib, kunni kech qilib qaytishini va bir arava oʻtin terib kelishini intizorlik bilan kutar ekan… Yigit shu paytlari saharda togʻ tomon borarkan, eski quduq oldidan oʻtarkan. Eshakni toʻxtatib, har kuni shu quduqqa nigohini tashlab ketarkan. Uning nigohi shu darajada oʻtkir ekanki, quduq tubida, oy nurlarida jimir-jimir qilayotgan suv, qandaydir chaqalib ketarkan. Yigit shu quduq tubiga boqib, oʻzining ota-onasiga duo qilarkan. «Ey, Tangrim, mushkullarimizni oson qil, meni emas, ota-onamning koʻngillariga sevinch olib kir. Yuzlaridan gʻam-anduhni ketkaz. Umrlarini ziyoda qil» deb yaratgandan ezguliklar soʻrarkan. Shunday qilib, yigitning kuchiga-kuch, davlatiga-davlat qoʻshila boshlabdi. Yigit yolgʻiz farzand emasmi, bir kuni oyisi qattiq betob boʻlib qolibdi. Har kungi ishi – oʻtin terishni bas qilib, oyisiga qarashga tushibdi. Qishloqda olib bormagan, koʻrsatmagan tabibi qolmabdi. Yigitning ilkis, esiga oʻsha oʻzi tavof qiladigan quduq tushibdi. Ertalab turib, oyisini orqalab, oʻsha quduq oldiga olib boribdi. Quduq yoniga kelganida oyning toʻlin yogʻdusi bir boshqacha goʻzallashib ketibdi. Oyisini quduq oldiga keltiribdi-da, boshini sekin ushlab kasallikning aksi urgan soʻlgʻin nigohini oʻsha quduqqqa qadabdi. Quduq tubidagi oy aksi toʻlqinlanib, suv chayqalib ketibdi. Shu payt yigitning betob onasi «Bir piyola suv deb» ovoz chiqaribdi. Yigit esa shu zahoti belidagi ipni yechib chekkaroqdagi teshik paqirga bogʻlab quduq tubiga tashlabdi. Suvdan bir hovuchgina ilib chiqibdi. Oʻsha suvni betob onasi ogʻziga qoʻllari bilan tutib ichiribdi. Oylab gapirmagan onasi «Bir piyola suv» degan ovoz chiqarganidan sevingan yigit «endi volidam tuzala boshlaydi» deya xayol qilibdi. Shu-shu, onasi uch kun ichida tuzalib ketibdi. Buni bilgan va bilmagan qishloq odamlari hayronlar boʻlib yoqa ushlab qolishibdi. Yigit esa har kuni erta saharda oʻtin terishga oʻtayotib, shu quduqqa aytgan duoi-istaklarini quduqdagi suv oʻziga singdirib qolgan va yigitning istaklari Tangri xohishi bilan mustajob boʻlibdi degan xulosaga kelibdi».

Men eratgimni aytib tugatib sevgilimning koʻziga qarasam, qorachiqlari yoshga toʻlib, toʻkilay-toʻkilay deb turgan ekan. Shu payt mening boʻynimga osilib, yuzlarimdan choʻlp-choʻlp oʻpib oldi. Men esa ertagimning unga qanday ta’sir qilganini va achinish yoshlarini oqizganidan xijolat boʻlarmini ham, quvonarimni ham bilmasdim.

– Meni tashlab ketmaysizmi, - degandi u. Men esa:

– Qiziqmisan, seningdek qizni tashlab ketib boʻlarkanmi?

– Sizga ishonaman, - dedi yumshoq qoʻllari bilan yuzimni silab.

…Oradan kunlar, oylar oʻtdi. N.ning yaqin qarindoshiga toʻyi boʻlayotganini eshitib qoldim. Men shu bekayfiyat xabarni eshitarkanman, goʻyoki, bu yorugʻ dunyoning ma’nisi qolmagandek tuyuldi. Oʻsha kuni erta tongda tashqariga chiqib, salqin havoda shaharning yorugʻ koʻchalarini bir oʻzim aylanishga tushdim. Ichim qizigandan, qizir, borligʻimni qandaydir ismsiz dard egallab olgandek, bir yomon holga tushib qoldim. Goʻyo chanqogʻini bosolmay tipirchilayotgan ehtiyojmand kabi oʻzimni chor tarafga ura boshladim. Men degan bitta jism, bilmadim, mingta boʻlakka boʻlinib ketgandek edi. Siqilardim. Eng ogʻir damlarda yoningda, oʻz jufti haloling yoki sevgan insoning yoʻqligi koʻngligga qattiq botarkan. Tong ham yorishdi. Shaharning ola-shovqini yana boshlanib ketdi. Men esa ikki-uch soatlik masofni bosib oʻtib, yana yolgʻizxonamga qaytib keldim… Oʻsha kuni tomogʻimdan ovqat oʻtmadi. Ishtahamning ham pushti kuyib ketgandek edi. Uzanasiga tushib yotarkanman, koʻz olimdan hamma kilgan yaxshiliklarim, xatolarim, oʻylamay qilgan adogʻsiz ishlarim bir-bir bahor bulutlaridek sokin va hissiz oʻta boshladi. Bobomni, otamni, onamni joʻralarimni esladim. Va, sevgan insoni N.ni sogʻinardim. Shu payt bir piyola suv ichgim kelib qoʻlimni uzatardim, madorim boʻlmay, oʻrnimdan turay desam, turolmasdim. Yon daftarchamni olib, bir kunlik hayotimni bita boshladim. Qalamning ham siyohi tugaganmi, yozuvlar qoʻllarimning qaltirogʻidan, hissiyotlarimning algʻo-dalgʻov toʻfonlaridan aniq-tiniq koʻrinmasdi… Birdaniga bundan yetti yil ilgari oʻz sevgilimga aytib bergan ertak esimga tushdi. Men esa betob paytimda qoʻlimga bir piyola suv tutadigan insonimning yoʻqligidan dilim ozorlanardi…

Menga dard bergan, bir umr iztirob qoʻyniga yolgʻiz qoldirib ketgan insonim N.ga boʻlgan mehrimni yuragimning tub-tublarida asrab yurardim… Yurardimki, hech kimga bu haqda churq etib ogʻiz ham ochmasdim. Men endi yurib ketayotgan yoʻlimni teng yarmiga kelib qolgandek edim. Yana bir qadam tashlasam – manzil ayonlashardi. Lekin shundan hadiksirardim. Bobomning «oʻqigin, katta odam boʻlgin» degan oʻgitlarini eslaganimda borligʻim bir paytlardagidek orzularga limmo-lim toʻlardi, goʻyo sohir tuygʻular vatanida kezinardim… biroq kayfiyat zum oʻtmasidanoq, oʻz umrini yashab boʻlardi. Oʻrniga yana oʻsha hol – iztirobning adogʻsiz iskanjasida siqila boshlardim.

Hayot ma’nolarga toʻla edi. Oʻsha ma’nodan esa menga tegishli bitta inson hayoti juda muhim edi. Lekin oʻsha ma’nodan ham ayrildim. Men oʻzim yashayotgan olamimda oʻzimga tegishli nimaiki sodir boʻlmasin, barchasini bitta narsaga borib taqardim. Sevgan ayolimga va uning visoliga yetishish orzulari. Endi ana shular haqida oʻylarkanman, oʻsha paytlari, uning bilan oʻtkazgan ikki yarim yillik quvnoq damlarda naqadar baxtli ekanman. Inson oʻzi istagan narsasiga erishish uchun sanoqsiz qurbonlar beradi. Kimgadir yoqadi, kimgadir yomon koʻrinadi. Yoki hech kimga hech bir nafi tegmaydi, alal-oqibatda oʻzining hayotini – arosat chohiga itqitib yuboradi. Men hech kimga jabr qilmgan insonlar xilidanman. Faqatgina oʻzimdan oʻtganin, oʻz ichim, borligʻim biladi. Men oʻzimga jabr qilgan ojiz bandaman, xolos…

Baxt va baxtsizlik orasida chegara bormi deb oʻylar edim, bir paytlar. Chegara aslida yoʻq ekan. Ular har ikkisi ham yonma-yon yurarkan…

…yonma-yon yurarkanki, kuchli-ojizni mahv etib boraverarkan. Inson uchun ikki hol mavjud ekan: kuchli va kuchsiz. Har ikki hol ham bitta «men» degan jismning ichida oʻzlaricha yashab kelaverarkan. Kun kelib, orzularga darz yetib, qaygʻularga koʻmilganda ikki hol bir-biri bilan tinimsiz jang qila boshlarkan. Lekin bitta «men» degan jismning ichida. Umrim bino boʻlib, men shunday oʻzimning haqiqatlarimga, oʻzim tushunib yetgan hayot sirlarining mohiyatiga bir yetgandek boʻldim… Yoʻlning boshiga qaytib borish, hammasini boshidan boshlash uchun menga hech bir kuch va iroda yetmasligini, hayotim bundan keyin iziga tushib avvalgidek yashay olmasligimga koʻzim yetib qoldi. Shunday boʻlsa ham, S.bobomning «kuchlilar safida kuchli boʻlgil, ojizlar safida mard boʻlgil» degan oʻgitini oʻzimga hayotim shiori qilib oldim. Sevgilim N.dan menga birgina yodgorlik – qovun tilimidek lablaridan toʻyib-toʻyib boʻsalar olganim, yumshoq qoʻllaridan ushlab, oʻzimning baxtli inson ekanligimni his etganim, va, bir ertak aytib, dilini shod qilganim qoldi…

Oʻylanman… Siqilaman. Toʻlin oy toʻlgan kechada, olis yulduzlarga qarayman, samoga choʻkib ketgan qorongʻulikka, ularning inson koʻziga umid baxishda etish maqsadida bir-birini inkor etmasidan, jimir-jimir charaqlab turgani, tunning goʻzalligidan yuragim toʻlishib, koinotning sirli olamiga nigohimni qadab, xayollarga berilaman va oʻsha-oʻsha ertagimni ovoz chiqarib hamrohim sirli tunga qarab ayta boshlayman…

21.01.2012 yil. Samarqand, Bulvar.