OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifXurshed Atovullo
Asar nomiOltin qurbonlik istaydi (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Tojik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Xurshed Atovullo
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonOʻrinboy Usmon (Tojik tilidan)
Hajm56KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/10/08
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Oltin qurbonlik istaydi (hikoya)
Xurshed Atovullo

Jamshid Habib yangi farzandlik boʻlgan hamkasbi Shamidani koʻrib kelish uchun tugʻ-ruqxonaga shoshardi. Bir yil oldin qomati ozgʻin, lekin chiroyli bu qiz takror-takror yoʻq, boʻlmaydi, deyishiga qaramasdan baribir oʻzi bilan hamqishloq boʻlgan bir tojirga turmushga chiqdi. Uning qattiq qarshilik koʻrsatishiga sabab tanlagan kasbini nihoyatda yaxshi koʻrishi va oppoq kelinlik libosi yurak orzulari uchun kafanga aylanishidan choʻchi-shi edi. U eri boshqa ishlashga qoʻymasligidan yo oʻzi oilaviy mas’uliztlar ostida qolib ketishidan xavotirda edi. Ana shuning uchun ota-onasi va qarindoshlarining kinoya-kesa-tiqlariga, singillarining yarim hazil-yarim chin qilib «opajon, qachon bizning navbati-mizni oldinga surasiz», deyishlariga ham e’tibor bermasdi.

… Oʻtgan yili toʻydan bir oy oldin Shamidaning otasi - oʻrta boʻyli, hali sochlariga qormisol oq tolalar yogʻilmagan kishi Jamshidning ishxonasiga keldi. Avvaliga jurna-listning osilgan qosh-qovogʻini koʻrib, gapni nimadan boshlashni bilmasdan taraddud-lanib qoldi. Jamshidning chehrasi ochilib, hech kutilmaganda undan mehribonlik ila hol-ahvol soʻragach, oʻzini qoʻlga oldi:
— Inim, men sizning oldingizga allanechuk bir kulgili tuyuladigan iltimos bilan keldim. Shamida yigirma beshga qadam qoʻydi, lekin sovchilarni umidsizlantirib kuzat-gani-kuzatgan. Men uning kasbini yaxii koʻrishini bilaman, hozir demokratiya zamoni ekanligini, hech kimni majburlash mumkin emasligini yaxshi tushunaman. Lekin Siz meni tushuning, qishloq odamlari qizimning turmushga chiqmayotganligi sababini bosh-qacha, oʻzlaricha izohlashadi. Shamida oʻzini ishga bagʻishlashni istaydi, lekin shaxsiy hayoti nima boʻladi? Agar Tojikiston Ovrupo mamlakati boʻlganda edi, men uning amali-ni jon-dilim bilan qoʻllab-quvvatlardim. Lekin bizning urf-odatlarimiz qizimning istaklarini oʻz doirasiga sigʻdirmaydi. Hozir qizimizga loyiq, har tomondan oʻziga tinch, oʻzimizning qishloqlik bir yigit sovchi qoʻyib turibdi. Qizimning ham u yigitga oz boʻl-sada koʻngli bordek. Agar Siz Shamidaga bir marta nasihat qilib qoʻysangiz, zora toʻyini yesak.

Shamidaning otasi jim qoldi. Jamshid bundan besh yil oldin birinchi marta oldiga kelgan Shamidani koʻz oʻngiga keltirdi. Ha, oʻsha paytda jurnalist bu nozanin qizga hus-nidan foydalanib qolgan holda yaxshigina er topishni tavsiya etgandi. Jurnalistlik in-sonning jinsiga qaramasligini, erkak va ayol birdayin azob-mashaqqat tortishiga toʻgʻri kelishini ta’kidlagandi. Oilaning ogʻir yukini birday koʻtarib va kasb mashaqqatini birday yengib, yaxshi jurnalist boʻlib, maqsadiga erishadigan ayollar oz topiladi, degan-di. Aslida ham bundayin baxtli ayollarni barmoq bilan sanash mumkin. Hayotini kasbiga bagʻishlagan koʻpchilik jurnalist ayollar turmushda osudalik bilishmaydi.

Oʻshanda Shamida uning soʻzlarini indamasdan tingladi-da, ruxsat soʻrab chiqib ketdi. Jamshid endi qaytib kelmaydi degan xayolda edi. Lekin oradan picha vaqt oʻtgach Shamida qaytib keldi. U jurnalistning sinovchan nazarini sezib, dedi:
— Muallim, men kasbni tanladim.

Oʻshandan buyon besh yil oʻtdi. Shamida asta-sekin jurnalistlar doirasida oʻz «men»ini paydo qildi. Lekin haligacha oʻrganish uchun vaqt zarur edi, vaqt…
— Agar menga biron narsa bogʻliq boʻlsa, Shamida bilan suhbatlashaman, - Jamshid xayrlashish maqsadida mehmonning qoʻlini doʻstona siqdi.
— U Sizning soʻzingizni ikki qilmaydi, - Shamidaning otasi jilmaydi.

… Jamshid kechqurun Shamidani ishxonalari yaqinidagi bekatda koʻrdi. U odatiga koʻra yuzining bir tomonini qoʻli bilan toʻsgan holda gavdali, lekin biroz qorin qoʻygan yigit bilan gaplashib turardi. Ulardan sal narida xorijda tayyorlangan mashina turar va eshigi ochiqligidan yigitniki ekanligini sezish mumkin edi. Mashina ichidagi magnito-fondan Manija Davlat aytayotgan qoʻshiq eshitilardi.

Jurnalistni koʻrgan qizning quloqlarigacha qizarib ketdi. Uning avzoidagi oʻzgarish-ni sezgan Jamshid oshiqona suhbatga xalal yetkazdimmi degan oʻyga bordi.
— Allaqachon kuyovboʻlmish sening qaysi hofizni yoqtirishinggacha bilib olibdi, qoyil! – Jamshid yigitning qoʻlini sovuqqina siqar ekan, unga tahsin aytayotgandayin yelka tek-kizdi va tezda ikkovidan uzoqlashdi.

Ertasiga Shamida oʻziga berilgan topshiriqni bajarayotib, ustma-ust uch marta xato qildi va Jamshidning jahli chiqib, uni oldiga chaqirdi.
— Bor, tezda erga teg. Sen endi hushingniyam, aqlingniyam yoʻqotgansan. Vaktida seni joying beshikning yoni, jurnalistlik emas, oʻzingni oʻzing qiynamagin deya ogoxlantir-maganmidim.

Qiz achchiq-achchiq yigʻladi. Chunki jurnalist unga gapirayotganda bir oʻzi emas, bir necha hamkasbi ham bor edi. Hamkasblar qizga istehzoli qarab turishardi.

Kechga yaqin qiz Jamshidning oldiga kirdi.
— Muallim, men ishdan ketaymi?
— Ha.
— Boshqa yoʻli yoʻqmi?
— Yoʻq va boʻlmaydi ham. Oʻzingniyam qiynama, meniyam.

Jamshid Shamidaning koʻzlaridan duv-duv oqayotgan yoshni koʻrib, biroz yumshadi.
— Muddatsiz ta’tilga chiqish uchun ariza yoz. Keyin koʻramiz.

Ikki haftadan soʻng Shamida toʻyga taklifnoma koʻtarib keldi. Uni oʻz qoʻli bilan Jamshidga berish uchun hech jur’at qila olmasdi. Turdi-turdi-da, stol ustiga qoʻyib ketdi. Jurnalist unga bir nazar tashladi-da, bir chetga otib yubordi. Toʻyga ham bormadi.

Aslida toʻyga borish uchun hafsalasi ham yoʻq edi. Lekin toʻyning ertasi Shamidaning otasi katta dasturxon koʻtarib keldi.
— Sizning ishingiz koʻpligini bilaman. Manovi Sizning nasibangiz.

Jamshid hatto dasturxonni ochib koʻrmadi. Uni hamkasblariga tutqazib, dedi:
— Bugun oshxonaga bormasliklaring mumkin.

… Ana oʻsha Shamida bugun oʻgʻilchalik boʻlibdi. Uning eri erta tongda gazeta idorasida paydo boʻldi.
— Muallim, Shamidaning xohishiga koʻra oʻgʻlimizning otini Jamshid qoʻydik.
— Sodda! – Jamshid achchiq tabassum qildi, lekin tugʻruqxonaga albatta borishga va’da berdi.

* * *

Shamida Jamshidni ochiq chehra bilan kutib olgan boʻlmasin, lekin uning koʻzlariga qandaydir anduhmi, tashvishmi parda tashlab turganini sezish qiyin emas edi. Jurna-list shogirdining bunday ruhiy holatga tushishini ilgarilari ham koʻrgandi. Ana shun-day holatlarda Shamida kechgacha labida zoʻraki jilmayish bilan yurar, faqatgina uyiga ketish oldidan ustodini yolgʻiz topib, gap ochardi:
— Muallim, bir qiyin tashvishim bor, - u gapini davom ettirmasdan noma’lum nuqtaga koʻz tikkancha qolardi.

Bu gal ham erini kuzatib turar ekan, ma’noli qarash qildi, lekin u hech narsani sez-masdan, ularni yolgʻiz qoldirishni oʻylash nari tursin, balki buyruq berayotgandayin ovozini koʻtardi:
— Men muallimni kuzatib qoʻyaman.

Jamshid tuygʻularini zoʻrgʻa yigʻishtirib oldi. Agar manovi kelinchak oldingi Shamida boʻlganda edi erini gap bilan uzib-uzib olgan boʻlardi. Lekin xuddi shu asno shogirdning erga tegishini oʻshanda qanchalik ogʻir qabul qilganini sezganga oʻxshadi. Endi u faqat-gina kimningdir aytganini qiladigan buyrugʻini bajaradigan odam boʻlib qolmasdan, Jamshidning hayotida yopishmagan yamoqqa oʻxshardi.

Shamida eriga boshqa e’tibor bermasdan joʻshib-toshib hikoya qilishga tushdi:
— Kecha yosh bir ayolni olib kelishdi. Birinchi marta tugʻishi boʻlgani uchun ancha azob chek-di. Koʻp qon yoʻqotdi. Tungi oʻn birlarda oʻgʻilchalik boʻldi. Aka-ukalari allaqaerlardan qon topib kelishdi. Lekin qon berish paytida hamshiraning uyqusi keladi va ayolning tomiriga koʻp havo kirib, u oʻlib qoladi.

Shamida jim qoldi. Jamshid ma’nosiz qoʻl siltadi. Aniqrogʻi, u bu ishorasi bilan «bunday baxtsiz hodisalar tez-tez yuz berib turadi», demoqchi edi.

Lekin birdaniga shogirdining ovozi balandlashdi:
— Bilasizmi, muallim, hamshiralarning aytishlaricha goʻyo u kelinchak sal oldin oltin topib olgan ekan…
— Nima? – Jamshid qattiq kulib yuborishdan oʻzini toʻxtatib qoldi. – Oltin?! Qaer-dan? Balki javohirlar orolidan kapitan Flintning oltinlarini topib olgandir?
-Rost aytyapman. Ertalab oʻlikni olib ketishga kelishganida u kelinchakning onasi bir oʻgʻlining yoqasidan olib «qizimning oʻlimiga sen sababchisan, agar begunoh qizni oʻldir-maganingda bunday boʻlmasdi», dedi.
— Qaysi begunoh qizni?
— Bunisini bilmayman.
— Muallim, Shamida anchagina qoʻrqqan. Shuning uchun ogʻziga kelganini aytaveradi, - Shamidaning eri xotiniga qarab norozi jilmaydi.

Shamida eriga oshkora nafrat bilan javob berdi:
— Qoʻrqmang, mening qayta ishga chiqish niyatim yoʻq va bunday qotilliklarning chigili-ni yozishga hunarim ham yoʻq.

Jamshid er-xotinning janjal koʻtarayotganliklarini koʻrib, tezda orga kirdi:
— Ering seni ehtiyot qilyapti. Seni ayashi esa, yaxshi koʻrishining belgisi. Men kecha tun-da qanday voqea yuz berganligini aniqlash uchun urinib koʻraman. Sen xotirjam boʻlaver-gin.

* * *

Jurnalist hali tugʻruqxona eshigidan chiqishga ulgurmasdan notanish ovoz eshitildi:
— Jamshid!

U ortiga qaytdi. Qarshisidan oq kiyimdagi chiroyli bir qiz kelardi. Garchi u tanish tuyulsada, lekin Jamshid qizni qaerda koʻrganligini hech eslay olmadi.
— Tanimadingizmi? Men Sitora boʻlaman. «Orzular oʻladigan paytda» degan kechinma qissangiz bor-ku, oʻshaning qahramoni – hamshira qiz men boʻlaman-da. Endi esladingiz-mi?

Jamshid qizarib ketdi. Ha, u yosh umri xazon boʻlgan san’atkor Shahromning oʻlimi sirlarini ochishga yordam bergan qiz edi.
— Salom! Bu yerda nima qilib yuribsan? – Jamshid jilmayishga urindi.
— Filologiya kulliyotining ikkinchi bosqichida oʻqiyman. Sirtqida.
— Ikki yildan buyon shu shaharda ekansan, bir martagina qoʻngʻiroq qilsang boʻlmasmidi.
— Men Sizning hayotingizda boshqa paydo boʻlmaslikka ahd qilgandim. Lekin nima qilib yurganlaringizni bilaman. Shogirdingizdan xabar olishga keldingizmi?
— Ha. Farzandli boʻlibdi.
— Yaxshi qiz. Lekin bitta aybi bor. Haligacha kasbini jinnilardek yaxshi koʻradi. Hatto eridan ham yaxshiroq koʻradi.
— Xayr, vaqt topsang, bizning idoramizga ham bir borgin.
— Yoʻq, idorangizga bormayman, lekin agar yoʻq demasangiz, kechqurun Sizni oʻzingniz suygan «Kant» restoraniga taklif qilaman, - qiz chiroyli jilmaydida, qoʻshib qoʻydi. – Hammasi mening hisobimdan, Siz hech tashvish tortmang.

Jamshid bir zum ikkilandi-da, soʻng beparvo javob berdi:
— Qabul. Kechqurun soat oltida «Kant»da uchrashamiz.

* * *

Goʻyo begonalar yuzma-yuz oʻtirishgandayin har ikkovi ham ogʻziga suv olgandayin edi. Birinchi boʻlib soʻz boshlash uchun na unisi, na bunisi jur’at qila olmasdi. Nihoyat Jam-shid chuqur oh tortdi-da, qadahlarni toʻldirib, siniq jilmaydi:
— Endi aytchi, hijron, ayriliqning qadri ne?
— Boshqa davom ettirmasligingizni soʻrayman, - allanechuk bir qat’iyat bilan dedi Sitora.
— Nega?
— Ikki yil davomida bironta odamga koʻngil qoʻya olmaganim sababini bilasizmi? Nega Sizni unuta olmayapman? Bilasizmi? – qiz koʻz qiri bilan suhbatdoshiga qaradi.
— Yoʻq. Toʻgʻrisi, bu borada oʻylab ham koʻrmagan ekanman.
— Oʻsha birinchi va soʻnggi uchrashuvimizdan keyin men oʻz-oʻzimga Sizni yoshlik davri-mizning gʻamgin xotira puchmoqlariga topshiraman, albatta topshiraman, deya va’da ber-gandim. Lekin bir voqea yuz berib, Sizga boʻlgan mehrim ikki karra oshdi.
— Balki azayimxonning oldiga borib-kelganimdan xabaring yoʻqdir? – Jamshid hazil-ga oldi.

Qiz bu gapni eshitmagandayin hissiyotga berilgancha soʻzida davom etdi:
— Singlim Habiba menga qaraganda chiroyliroq, hushyorroq edi. Unga uylanishni istay-diganlar koʻp edi. Lekin Habiba avval oliy oʻquv yurtiga kirib oʻqishni, soʻng turmush qurishni orzu qilardi. Ammo oʻn birinchi sinfda oʻqiyotganda bir haromzodaga oshiq boʻlib qoldi. Men u la’nati singlimning koʻnglini qanday topganligini bilmayman, lekin undan oʻn yoshga yaqin katta boʻlishiga qaramasdan hammaga ma’qul edi. Hatto men ham uning oshiqlik haqidagi toʻqimalariga ishongandim. Lekin boshga kelganni koʻz koʻrar ekan. U la’natining xotini, toʻrtta bolasi bor ekan, Habibani homilador qildi-yu, qora-sini koʻrsatmay ketdi, yaramas.Uni qidirishlarim behuda ketdi, aytishlaricha Rossiyaning allaqaysi bir goʻriga ketgan ekan. Men singlimning u la’natidan orttirganini yoʻqo-tishini va boshidan oʻtganlarni tezroq unutishini qanchalik istamayin, boʻlmadi. Bir kuni erta tongda uygʻonib, Habiba yotgan oʻrinni boʻsh koʻrdim. Yuragim hovliqqancha uni qidirishga tushdim. Hech qaerda yoʻq edi. Nihoyat, egasi yoʻq, buzilib yotgan bir ogʻilga kir-sam… U oʻzini osibdi. Hatto oʻlim bilan yuzma-yuz kelganda ham singlim ochilmay xazon boʻlgan yoshlik ishqining nishonasi – olti oylik bolasidan ayrilishni istamabdi. Bir tobutda ikki oʻlik koʻtarildi. Bir qabrga yoshgina qizning pokiza ishqi va bir nomarddan qolgan nishonani koʻmib kelishdi… Bu hodisadan soʻng anchagacha oʻzimga kelmadim. Uy meni chaqib-chaqib olardi, qaerga qaramayin, yosh umri xazon boʻlgan singlim haqida soʻz-lardi. Toqat qilib-qilib, Dushanbega keldim. Ikki yildan beri shu yerdaman, - qiz bir zum jim qoldi-da, soʻng gapida davom etdi.- Men she’rning davomini oʻqimasligingizni nega soʻradim, bilasizmi? Bilasizmi, keyingi misrasi qanday?
— Xudo haqi bilmayman, - Jamshid gʻamgin hikoyani eshitib allanechuk parishonxotir oʻtirardi. – Men bir misrani bilaman, xolos.
— Davomi « Kel, bir-birimizning qadrimizga yetaylik». Men Sizning ikkiyuzlama boʻlishingizni istamayman, men tirik ekanman, ishqingiz qalbimda boʻlishini istayman, lekin hech qachon bundan foydalanishni istamang.

Jamshid mavzuni oʻzgartirish uchun va bunday musibatlar oz emas, degan ma’noda soʻzni boshqa tomonga burdi:
— Kecha tunda farzand koʻrayotib, dunyodan oʻtgan ayolning ham baxti qora ekan. Tib ham-shirasining aybi bilan dunyodan oʻtdi, deyishyapti.

Jamshidning nazarida Sitora oʻzining xayolidan titroqqa tushayotgandek tuyuldi. Lekin u xotirjam, beparvo qoʻl siltadi-da, javob berdi:
— Bunday hodisalar boʻlib turadi. Qon berayotgan paytda hamkasbim Nodirani uyqu bosadi. Ayolning qon tomiriga ortiqcha havo kiradi-da, u oʻladi. Aytishlaricha u oltin topgan ekan va biron bahona bilan dunyodan oʻtardi-da.
— Sen bu afsonalarga ishonasanmi? - Jamshid sinovchan soʻradi.
— Shamol boʻlmasa, daraxtning shoxi qimirlamaydi.
— Nega sen u ayol haqida bunchalik ayovsiz gapiryapsan? Balki sening singling haqida ham kimdir shunday rahmsizlarcha gapirar.
— Men bunday odamning tirik boʻlishini istamayman, - Sitora sovuqqonlarcha dedi. – Mening unga kuyinmayotganligimning sababi… u oʻsha haromzodaning singlisi ekan. Singlimning xuniga xun toʻlashdi. Men buni ertalab oʻlikni olib ketishayotganda bildim. U la’nati shu yerda edi.
— Bir kishining gunohi uchun boshqa bir insonni gunohkor deb bilish yaxshi emas, - Jamshid xayolga berilgancha pichirladi.
— Turadigan vaqtimiz boʻldimi, deyman. Men kecha navbatchi edim. Uyqum kelyapti, - dedi Sitora birdaniga keskin-keskin.

Ular shu tarzda boshqa bir soʻz demasdan, bosh qimirlatib xayrlashishdi. Jamshid ik-kovining orasida tubsiz jar paydo boʻlganini his qilardi, lekin bu sovuqlik, ayriliq-ning sababi kim yo nima ekanligi haqida bir soʻz deya olmasdi.

* * *

Tongda Shamidaning qoʻngʻirogʻi Jamshidni uygʻotib yubordi:
— Muallim, vafot etgan Gulniso degan ayol chindan ham arxeologik qazilmalar uchun aj-ratilgan maydonda oltin topib olgan ekan. Oʻsha yerga ekin ekishgan ekanda. Gulnoz yer chopayotgan ekanmi, ishqilib, oʻsha yerda ishlayotgan ekanda. Zarkent tumanining Shoddara degan qishlogʻida. Bir koʻzacha oltin topgan ekan. Uni eriga koʻrsatib, akalariga olib boribdi. Bu yerda yana bitta qotillik qissasi bor, - hayajonlaganidan Shamidaning ovozi titrardi.
— Hozir yetib boraman, - Jamshid uyqusirab javob bergach, oʻrnidan turdi. Kiyimini kiydi-da, shosha-pisha yuz-qoʻlini yuvib, tugʻruqxonaga otlandi.

* * *

Bosh hakim Jamshidning savollariga qovoq uygancha javob berdi:
— Biz bu hodisani tekshirib chiqdik. Aslida qon berish paytida va u tugagach, bemor oʻl-maydi. Lekin Gulniso hushsizlarcha qoʻlini choʻzadi va naycha uzilib, tomiriga havo kiradi.
— Agar nayza uzilgan boʻlsa, balki qon quyish moslamasi agʻdarilib ketgandir?
— Ha. Moslama agʻdarilib, hatto stol ustidagi choynakni pastga tushirib yuboradi.
— Tib hamshirasi bu agʻdar-toʻntardan chiqkan ovozdan ham uygʻonmaydi, shundaymi?
— Yoʻq… Xayr, aka, hamshirani sovuqqonligi uchun ishdan haydadik, yana nima qilaylik? - hakim zarda qildi.

Jamshid hech narsa demasdan Shamidaning xonasi tomon ketdi.
-Kimdir barcha duxturlar va hamshiralarga Gulniso toʻgʻrisida gapirishni ta’qiqlab qoʻyibdi. Hamma qoʻrqa-pisa gapiradi. Bu yerda biron-bir dahshatli sir bor. Aytishlari-cha Gulnisoning yangasini bir hafta oldin oʻldirib, daryoga tashlashgan ekan.

Xuddi shu lahza Shamidaning eri xonaga kirib keldi. U erta saharlab jurnalistni xotinining oldida koʻrib, avzoi oʻzgardi. Lekin hech narsa demasdan sovuqqina salomlash-di. Jamshid bu munosabatga ahamiyat bermasdan tashqari chiqdi.

Sitora hali ishga kelmagan ekan. Jurnalist uning telefon raqamini olmaganiga pushaymon chekdi. Navbatchi hamshiradan uning qachon ishga kelishini soʻrar ekan, ajoyib bir ma’lumot oldi.
— Kecha qoʻngʻiroq qilgandi, qandaydir ishi chiqib qolibdi, tugʻilgan yeriga – Zarkent-ga ketar ekan.

Jamshid ishxonasiga kelib, hamkasblari bilan xayrlashib Shoddaraga otlanayotganda yana Shamida qoʻngʻiroq qilib qoldi:
— Muallim, mening erim ham Zarkentga bormoqchi, Siz bunga hayron boʻlmayapsizmi?

Shamida shunday deya qandaydir bir qoʻrqqandayin gapini davom ettirdi:
— Oʻzingizni ehtiyot qiling, iltimos…

* * *

Jamshid avval xotinining ishxonasiga bordi. Noʻshofarin kutilmagan hodisa haqida-gi qisqa hikoyani eshitgach, iltijoga tushdi:
— Iltimos, bormang! Koʻnglim qandaydir bir yomon hodisa yuz berishidan xavotirda. Axir bugun katta oʻgʻlimizning tugʻilgan kuni…

Lekin jurnalist odatiga koʻra oʻjarlik qildi.
— Men bogʻchaga borib, oʻgʻlimni tabriklayman. Sen hamma narsadan xavotirlanaverma. Anchadan buyon tuzukroq narsa yozganim yoʻq. Biron yaxshiroq detektivga mavzu chiqib qolar. Bordi-yu… Sitoradan xavotirlanayotgan boʻlsang, - Jamshid koʻzlarini oʻynatdi. – Bu gal uni armonda qoldirish gunoh.
— Oʻsha Sitora qurib ketsin. Siz bunday noma’qulchiliklarni birinchi marta qilayot-ganingiz yoʻq. Lekin mening baxtimga qoʻlga tushira olmayapman.
— Ruslar aytganlaridek « Ne poyman, ne vor», ya’ni qoʻlga tushmagan oʻgʻri, oʻgʻri emas.,- Jamshid kulganicha Noʻshofarin bilan xayrlashib, safar anjomlarini olish uchun uyiga joʻnadi.

Bogʻchaga borganida katta oʻgʻli otasi olib kelgan sovgʻaga gʻamgin qaragancha dedi:
— Onam otangning xotini ish, onasi ish, singlisi ish, deydilar. Bugun uyga borsam onamga otamning bolalari ham ish, deyman…

Jamshid ovozi boricha kulib, oʻgʻlini quchdi, osmonga otib, erkaladi va xayrlashdi.

Kichik oʻgʻli u olib borgan mashinachani oʻynagancha xursandligidan otasining ketayot-ganligiga e’tibor bermasligini koʻrib, u bilan xayrlashganda soat kunduzgi birga yaqin-lashib qolgandi.

Bogʻchadan chiqishi bilanoq u yerda turgan taksi belgisi tushirilgan mashinani koʻrib, quvongancha oʻtirdi. Shu on koʻnglidan bir shubha vizillab oʻtdi: «Bu yerda biron marta taksi toʻxtab turganini koʻrmagan edim. Shaharda boʻlsa, bironta taksi Sugʻd viloyatiga tegishli «02» raqami bilan yurmaydi».

Lekin baxtiga qarshi bu shubha juda tez tarqadi. Haydovchi yoʻlovchining xavotirini sezgandayin dedi:
— Men aslida Zarkent tumaniga bormoqchi edim. Ikkita yoʻlovchim bor. Uchinchi odam mana shu bogʻcha oldiga kelmoqchi edi. Haligacha daragi yoʻq.
— Shundaymi? Agar yoʻlovchilaringiz tayyor boʻlsa, birga ketar ekanmizda. Men ham Zarkentga bormoqchiman.
— Zarkentning qaeriga? –haydovchi shunchaki soʻraganday boʻldi.
— Shoddaraga.

Jamshid haydovchining qanchalik xunuk tirjayganini koʻrmadi…

* * *

Nazorat nuqtasidan oʻtishayotganda haydovchi yoʻl nazorati xodimiga oʻn somoniy uzat-ganda , u pulni indamasdan olib, mashina, haydovchi va yoʻlovchilarning hujjatlariga zarracha e’tibor bermasdan oʻtkazib yuborar ekan, Jamshid ikki yoʻlovchi va haydovchiga tuzukroq razm solib, ularning aftlari oʻxshashligini sezib, koʻnglida gʻashlik hukm sur-ganida allaqachon kech boʻlgandi. Varzob tumanining Zardeh qishlogʻi yaqinida haydovchi qandaydir bir bahona topib mashinani toʻxtatdi. Jurnalist sigaret chekish uchun pastga tushdi va atrofdagi chiroyli manzaraga tikilib qoldi. Ikki yil oldin Shahrom mana shu mintaqada oʻz joniga qasd qilgandi. Jamshid xotiralarga berilib ketib, oq doʻppili yoʻlovchining ortidan pusib kelib, boshiga uzun temir bilan qattiq tushirganini sezmay qoldi. Jurnalist bukchayib qolar ekan, yoʻlovchi oldiga oʻtib qattiq tepdi. Yoʻldoshlari-dan qaysi birining qoʻlida pichoq yaltillardi. Bittasi tizzasiga temir bilan urdi. Jam-shidning koʻkragi qattiq ogʻrib, qoʻli issiq qonga tegdi.

«Shahromning oʻlgan yeri. Bir paytlar qani edi men ham mana shunday koʻrkam bir yerda jon bersam, deya orzu qilardim, - Jamshidning koʻnglidan alamli oʻylar oʻtardi. – Lekin Shahrom nima uchun oʻlayotganini bilardi, men-chi, nima sababli jon berayotganimni ham bilmasdan oʻlib ketyapman».

U butunlay hushidan ketayotganda haydovchining ovozi arang qulogʻiga chalindi:
— Tezda jarga tashlanglar, orqadan qandaydir mashina kelyapti.

* * *

Poytaxtdagi «N» tumani jinoyat qidiruv boʻlimi boshligʻi polkovnik Shohin Azizov va tergovchi Omonov Jamshidning eshigi oldida bir zum toʻxtab qolishdi. Ichkaridan bolalarning oʻyin-kulgilari ovozi eshitilardi.
— Noʻshofarinni chaqirib, voqeani tushuntiramiz va bayonotini olamiz, - dedi Omonov.
— Agar shunday qilsangiz, mendan katta boʻlishingizga qaramasdan peshonangizga bitta oʻq joylayman, - Azizov sovuq va qahr aralash gapirdi. – Bolalarning nima gunohi bor? Nega ularning zavqli oʻyinlarini buzamiz?
— Axir ularning otalari jon beray deb yotibdi, u oʻlimidan oldin bir marta boʻlsada bolalarining diydoriga toʻyib olsin, - tergovchi allanechuk choʻchigandayin gapirardi.
— Agar Jamshid jarrohlik amaliyoti paytida vafot etsa, bilib qoʻy, bugunning oʻzi-dayoq Shoddaralaring goʻristonga aylanadi.
-Unda nima qilamiz?
— Men bolaning tugʻilgan kuni uchun sovgʻa olib keldim. Goʻyo tabriklash uchun keldim, boshqa hech narsa.

Agar Omonov Azizovning fe’l-atvoridan xabardor boʻlmaganida, agar uning kimsan «shef»ning oʻziga kuyovligini bilmaganida, agar bu odamning Jamshidga nisbatan qancha-lik mehru muhabbati borligini eshitmaganida edi, balki hozir voqea butunlay boshqacha tus olishi mumkin edi. Lekin hozir itoat qilgancha Azizovning qoʻlidan kattagina ayiq-chani oldida, eshik qoʻngʻirogʻini bosdi.

Noʻshofarin avvaliga ularning ikkoviga xavotirlik bilan tikildi, lekin sovgʻani koʻrib, xijolat tortdi.
— Kelinglar, kelinglar, Jamshid akamning toʻsatdan zarur ishlari chiqib qolib, Zar-kentga ketdilar.

Uy toʻla mehmon edi. Jamshidning katta ukasi bir zumda mehmonlarning oldini noz-ne’matlarga toʻldirdi. Omonovning tomogʻidan hech narsa oʻtmas va u turli bahonalarni ishlatib, hamsabogʻi boʻlgan ayoldan Jamshidning qaerga va qachon ketganini soʻrardi. Azizov boʻlsa, beparvogina bolalar bilan suhbatlashib oʻtirardi.
— Keyin sen meniyam olib borgin, tomosha qilib kelaman, demadingmi? – polkovnik Jamshidning kichik oʻgʻlini bagʻriga bosib, mehribonlik bilan soʻradi.
— Yoʻq, dadam menga moshincha olib keldilar. Keyin bitta taksiga oʻtirib ketdilar.
— Taksi?
— Ha, qizil taksi. Soqoli oq bitta odam dadamning sumkalarini moshinning orqasiga qoʻydi. Buni xolam ham koʻrdilar.Dadam xolamga bogʻcha puli berdilar. Xolam dadamlarni kuzatib koʻchagacha chiqdilar.
— Noʻshofarin, menimcha bu oʻgʻling senga qaraganda bogʻcha xolasini yaxshi koʻradi. Nuqul xolasini gapiradi, - kuldi polkovnik va shunday gap orasida soʻrayotganday soʻradi. – U chiroyli xolangning oti nima ekan?
— Sodiqova Salima Xudoyiyevna, - bola burro javob berib, hammani kuldirdi.

Azizov va Omonov yana picha oʻirishgach, xayrlashib chiqib ketishdi.

Shohin Jamshidning uyidan uzoqlashishgach qoʻl telefonidan hamkasblariga koʻngʻiroq qildi, hol-ahvol soʻradi va tezda Salima Sodiqovani topishlarini tayinladi.
— Maorif mudiriga qoʻngʻiroq qilib, bogʻcha mudirasining yashash manzilini aniqla. U Sodiqovani yerning tagidan boʻlsayam topib beradi.

Shundan soʻng Azizov «Qariyai bolo» bemorxonasiga qoʻngʻiroq qilib, kim bilandir gaplashdi-da, Omonovga oʻgirildi:
— Jamshidning joni haligacha qil ustida ekan. Pichoq urganlaridan tashqari ustiga bitta oyogʻini sindirishgan va boshiga qattiq urishgan. Haligacha hushiga kelmabdi.

Azizov bu gaplarni aytgach, aybdorlardek jilmaydi:
— Mening qoʻpolligim uchun kechir, lekin bolaning tugʻilgan kunini motamga aylan-tirish uchun ma’naviy huquqim yoʻq edi.
— Shoddaraga borish uchun Jamshid nima degan boʻlsa, men Noʻshofarindan bilib ol-dim. Biz hozir tugʻruqxona bosh hakimi bilan ham suhbatlashishimiz zarur. Menimcha, kalavaning uchi shunda, - dedi Omonov goʻyo Azizovning uzr soʻraganini eshitmagandayin.
— Qoʻngʻiroq qilaymi? – dedi Shohin.
— Hali Jamshidning uyiga bormasimizdan oldin men yigitlarga bosh hakimni topish toʻgʻrisida topshiriq bergandim. U ish joyida bizni kutib oʻtiribdi. Shuningdek, Ayniy tumanidagi nazorat nuqtasidan Jamshidni olib kelgan mashina haydovchisi koʻrsatma-lari boʻyicha oʻsha mashina va yoʻlovchilar haqida ma’lumot yetib kelgan boʻlsa kerak.
— Unday boʻlsa, bemorxonaga boramizmi? - soʻradi Azizov va Omonov tasdiqlagandayin bosh tebratdi.

* * *

Jarroh-professor Azizov va Omonovga Jamshidning oldiga kirishga ruxsat berganida soat millari kunduzgi 12 ni koʻrsatib turardi. Jurnalistning butun badani bogʻlab tash-langanini koʻrgan har ikki milisa xodimi bir-biriga xijolatli boqdi. Lekin Jamshid-ning har doimgiday sokin ovozi ularni bu noqulay holatdan qutqardi.
— Menimcha, bu vaziyatimdan foydalangan holda Omonov bu gal otini olgʻa choptiradi-yov.

Omonov jilmaygancha soʻradi:
— Biz bilan gaplashishga kuching yetadimi? Mabodo sogʻliging yomonlashadigan boʻlsa…
— Men bir soatdan buyon telefonda gaplashyapman. Aslida senda bor ma’lumotni men oldinroq bilib olganman. Bu gal ham ziyofat sening hisobingdan boʻladi, deb qoʻrqaman.
— Siz sogʻayib ketib, oʻrningizdan turing, bitta emas, beshta ziyofat mendan, - Azizov eski doʻstlarning suhbatiga xushhollik bilan qoʻshildi. – Xudo haqi, agar biron noxush hodisa yuz berganda Shoddarani yer bilan yakson qilardim.
— Yaxshi, Jamshid, kel, qartalarni ochaylik, - Omonov kursiga oʻtirib, papkasini ochdi. Shohin boʻsh karavotga, bemor bilan yuzma-yuz oʻtirdi. –Hamma fojianing boshlanashi, aniqrogʻi bu shum hodisaning markazi - bemorxona. Sen yangi koʻzi yorigan hamkasbing Sha-midadan tunda hamshiraning aybi bilan vafot etgan ayol toʻgʻrisida eshitgansan. Kechqurun bir tib hamshirasi bilan bu borada gaplashgansan. Biz u hamshirani topa olmadik. Lekin Noʻshofarinning aytishicha bu suhbatdan soʻng senga Sitoraning singlisi haligi bemor-xonada oʻlgan ayol – Gulnisoning akasi aybi bilan oʻzini osgani ma’lum boʻlgan. Bu ikki fojianing bir-biriga bogʻliqligi haqida isbot topilganicha yoʻq. Oʻsha tunda Sitora Gulnisoning xonasiga biron marta kirgan emas. Bu dalilni Sitora davolayotgan, tuni bilan mijja qoqmagan bemor ham tasdiqladi. Ertasi kuni tongda sen Shamidaning qoʻn-gʻirogʻidan soʻng Zarkentga yoʻl olding. Oʻsha telefon suhbatidan bizga qanchalik ma’lum boʻlishicha Gulniso ekinzorda ishlayotib, oltin topib oladi. Zarkent ichki ishlar boʻlimi-ning barcha xodimlari u yerdagi odamlarning uylarini tekshirib chiqishadi, lekin hech kim oltin haqida eshitmagan, bu gaplardan sira xabari yoʻq. Sen taksiga oʻtirib Shod-daraga joʻnading. Biz sen ketgan taksini topdik. Uni oʻsha tongda, taxminan soat oʻnlarda bir noma’lum odam Sugʻd viloyatida yashaydigan kishidan ikki baravar narxiga sotib ola-di. Mashinani sening jonigga qasd qilingan yerdan taxminan uch kilometr yuqoriroqdagi yerdan topdik. Haydovchi va yoʻlovchilar mashinani jarga itarib yuborib, oʻzlari gʻoyib boʻlishadi. Hozircha biz ularni topa olmadik.
— Mashina jarda, men bemorxonada, haydovchi va aka-ukalari Rossiyada mardikorlik qilishyapti, - kesatdi Jamshid. – Balki men uyquda yotganimda oʻzimni oʻzim shu holga solgandirman?
— Aka-ukalari? Buni qanday isbotlaysan? – Omonov oʻrtogʻining kesatigʻini sezmagan-dayin soʻradi.
— Ularning uchoviyam yo aka-uka edilar, yo yaqin qarindoshlar, - dedi qat’iylik bilan Jamshid. – Bir-birlariga judayam oʻxshashishardi.
— Taksini bogʻcha tarbiyachisi, oʻsha mashinani sotgan sugʻdlik odam koʻrishgan. Qizigʻi, u taksi Siz bogʻchaga kirishingiz bilan paydo boʻlgan. Balki ortingizdan tushishgandir? – Shohin luqma tashladi. – Shuningdek Sizni bemorxonaga olib kelgan haydovchi va uning mashinasining orqa kabinasida oʻtirgan qiz Sizning joningizga qasd qilishayotganini aniq koʻrishgan. Haydovchi qoʻrqib, orqaga qaytmoqchi boʻladi, lekin yoʻlovchi qiz ular uri-shayotganlari yoʻq, suhbatlashishyapti, deydi. Orqadagi mashina yaqinlashib kelgach, anovi-lar Sizni jarga tashlashadi-da, qochib qolishadi.
— U qiz kim ekan? U hozir qaerda? Oti nima ekan? – xayolchan soʻradi Jamshid.
— Oʻzini Shohista Kabirova deb tanishtiribdi. Afsuski, uni boshqalar soʻroq qilib, javob berib yuborishibdi. Men haydovchini soʻrash bilan band edim. Lekin qizning yashash manzilini yozib olishgan.
— Ertaga koʻribsizki, u yerda boshqa odam yashaydi va u qiz Rossiyaning qaysi bir bozori-da kabob yo somsa sotayotgan boʻlib chiqadi. Sening oʻrningda boʻlganimda u qizga javob ber-masdim. Surati bormi?
— Baxtimizga surati bor, - javob berdi quvonch bilan Shohin, - mening bir odatim bor, suratini olmasdan burun bironta guvohga javob bermayman.

Polkovnik qoʻlidagi papkadan surat olib, jurnalistga uzatdi. U va Omonov ikkov sinchkovlik bilan Jamshidning chehrasiga tikilishdi. Jurnalist suratga sovuqqina qaradi-da, pichirladi:
— Men u ekanligini bilardim.

Omonov tezda qoʻl telefonida kimnidir chaqirdi-da, buyruq berdi:
— Guvoh Kabirovani tezlikda toping!
— Uni topolmaysan, Omonov, topolmaysan! Ziyofatga va’da ber, mening ayrim qonun-buzishlarimga koʻz yum, bu mojaroning sirini ikki kunda topib beraman.
— Jinoiy ish generalning qoʻlida, - Omonov Shohinga qarab gʻuldulladi. - Qoʻlimdan hech qanday yordam kelmaydi. Agar aybing boʻlsa, bu gal javob berasan, doʻstim.
— General Junaydovning kuyovi yordam bera olmaydimi? – Jamshid Shohinga sinovchan boqdi.
— Agar ogʻir gunoh boʻlmasa, hal qilamiz, - javob berdi polkovnik.
— Bolalarimning quvonchini motamga aylanishiga yoʻl qoʻymagani va ziyofat va’dasini bergani uchun mana shu Shohinni deya u fojialar turkumining asl sababini topaman, - Jamshid gʻamgingina kuldi. – Siz bir necha kechirib boʻlmaydigan xatoga yoʻl qoʻygansiz.

Birinchisi, fojia markazi bemorxona emas, balki bir hafta ilgari noma’lum odamlar tomonidan oʻldirilib, daryoga tashlangan ayol - toʻrt bolaning onasi. Bu ish qotillar tomonidan pul berilib, sud ekspertining ogʻzi yopilgach, oʻz joniga qasd qilish deya e’lon etildi. Ikkinchisi, Siz tezlikda Shoddaraga borishingiz kerak edi. Allaqachon general Junaydovning bevosita himoyasi ostida, men u kishiga jinoiy ish haqida telefon orqa-li hikoya qilgandim, bir necha nafar jurnalist tuman ichki ishlar boʻlimi xodimlari bilan birgalikda ish olib borishyapti va har soatda tekshirish natijalari haqida menga bildirib turishibdi. Uchinchisi, koʻp narsani bilgan, bir qotillik va hamda bir sui-qasdga bevosita guvoh boʻlgan odamga nima uchun javob berib yuborganliklaringni bil- mayman. Koʻnglim sezib turibdi - hozir u ham Shoddarada. Meni bemorxonaga olib kelgan qizni nazarda tutyapman. Sitora tugʻruqxonada tib hamshirasi boʻlib ishlaydi va boʻlib oʻtgan voqeadan boshdan-oyoq xabardor. Toʻrtinchidan avvalgi ikki ayolning qotillari va suiqasd qilganlar Shoddarada boʻlishlari turgan gap, ular bir necha kun oldin qishloq-dan chiqib ketishmagan edi. Ular yolgʻiz emas, balki oltinga xaridor boʻlgan odamlarning uch-toʻrttasi ham ular bilan birga chiqar. Men uch qotillik va suiqasd bitta guruhning qoʻli bilan qilingan va ularning markazda suyanganlari bor, deb oʻylayman. Beshinchidan, agar bemalol boʻlsa, menga ikki-uchta qoʻriqchi bering. Oʻsha uch odamning afti menga yaxshi tanish boʻlgani uchun ularning meni «koʻrib ketish» uchun kelib qolishlariga ishonaman.

Jamshid bir zum tin oldi va yana soʻzlay boshladi:
— Uch qotillik va bir odam oʻldirishga urinish, - Jamshidning ovozi baland yangradi. – bularning hammasi qaerda ekanligini hech kim bilmaydigan oltinlarni deb! Oltinlar siri oʻsha birinchi qabrga koʻmilgan. Agar qabr ochilsa… - shu payt Jamshidning qoʻl tele-foni jiringlab qoldi va har ikki suhbatdoshi jurnalistning rangi oqarib ketganini koʻrishdi.

Jamshid telefonni bir chetga qoʻyib, Shohindan soʻradi:
— Azizov, sen «Xazinalar oroli» kitobini oʻqiganmisan?
-U mening sevimli asarim, - dedi polkovnik.
— Unda bir ajoyib she’r, qaroqchilarning oltin topishga bagʻishlangan she’ri bor.

Yo, xo-xo, bir shisha rom,

Ich, senga iblis yordamchi boʻlishi uchun.

Yo, xo-xo, bir shisha rom.

Bilasizmi, toʻrt bolaning onasi boʻlgan ayolning oʻligi qabr yoʻq. Ishonasizmi? Jasad yoʻqolibdi! Kimdir oltin jasadning qornida deb ishonibdi., - Jamshid birdan qattiq kulishga tushdi. Koʻkrak qafasi ustidan sal yuqoriroqqa sanchilgan pichoq yarasi ustiga bogʻlangan oq doka qizil tusga kira boshladi. Professor yugurgancha kirib, har ikki ter-govchini chiqarib yubordi.

* * *

Azizov va Omonov yelib borayotgan xizmat mashinasida Shoddaraga kirib borishgani-da, bir guruh jurnalistlar yuk mashinasiga oʻtirib qishloqdan ketishdi.
— Biz kech qoldik, kech. Jamshid shu yerda ham bizdan oʻzgirlik qildi. Bu jurnalistlar behuda qishloqdan chiqib ketishmayapti. Bundan chiqadi, endi hamma narsa ma’lum.
— Ularni toʻxtatib, soʻrab koʻrsakchi, - dedi Shohin.
— Qora kunga qolma tagʻin. Soʻz erkinligiga hujum, jurnalist huquqlarining topta-lishi va yana boshqa oʻnlab qoralashlar yil boʻyi gazeta sahifalaridan tushmaydi, - osh-kora nafrat bilan dedi Omonov.
— Adashasan. Oltin qaerdaligini hech kim bilmaydi. Ammo men bilaman, - Shohinning labiga gʻolib tabassum yugurdi. – Tib hamshirasi Sitoraning singlisi qabrini ochishi-miz zarur. Mantiqqa koʻra u ham oltin qurboni boʻlgan. Oʻsha tunda Gulnisoga qarab turgan hamshira Nodira qiziq bir ma’lumot berdi. Toʻgʻrisi, Jamshid oʻzi bilgan barcha dalil-larni ochiq-oydin aytmayotganligini sezgan boʻlsamda, hech narsa demadim. Gulniso goʻyo oʻlimini sezgandek ekinzorda ishlab yurganida oltin toʻla koʻzacha topib olganini hikoya qiladi. U koʻzachani oʻziga yaxshi munosabatda boʻlmagan eridan yashirib, akalariga olib borib beradi. Singillarining oltin topganidan akalarining hammasi xabardor boʻladi. Gulnisoning katta akasi – Samandar oltinni ma’shuqasi Habibaga – Sitoraning singlisiga olib borib beradi. Habiba Samandarning xotini borligini eshitgach, yoʻlini topib u ayol bilan uchrashadi. Gap kelganida Samandar oʻziga qattiq ishonishini, agar ishonmaganda shuncha oltinni olib borib bermagan boʻlishini qistirib oʻtadi. Ayol bu borada erining ukalariga aytadi. Ular Samandarga oltinni topib berasan deya tahdid qilishadi. Samandar Habibadan oltinni qaytarib berishini, yoʻqsa uni oʻldirishini aytadi. Lekin qiz agar unga uylansagina, oltinlarni qaytarib berishi haqida shart qoʻya-di. U kishi Rossiyaga qochib ketadi. Uning xotini qilgan ishlaridan pushaymon chekib, yana Habibaning oldiga boradi. Samandarni bir dunyo boylik bilan ham oʻziga ogʻdirib ola ol-maganini koʻrgan Habiba oltinlarni uning xotiniga berib yuboradi. Ana shundan soʻng noma’lum odamlar Habibani tunda uyidan olib chiqib ketishadi va osishadi. Ular oltin-ni Habibada deb gumon qilishgan.
— Demak, u oʻzini oʻldirmagan? Sen buni qaerdan bilasan? - soʻradi Omonov.
— Bu haqda Sitora Nodiraga aytgan ekan. Lekin u nega singlisining qotillarini jazoga tortish uchun urinmagan, bunisi endi menga ham qorongʻu.
— Balki Samandarning xotini balo keltirgani uchun oltinlarni Habibaning qabriga koʻmgan chiqar, lekin nega uni oʻldirishgan?
— Balki Samandarning xotini oltinlar haqida kimgadir laqillab qoʻygandir, balki boshqa biron sababi bordir. Haligacha bu bizga ma’lum emas, - mashina qishloq maktabi oldida toʻxtagach Shohin javob berdi.

Mashinani koʻrgan ikki nafar milisa yaqin kelishdi. Omonov tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻini soʻradi.
— Vazir telefon qilgach bundan bir soat oldin besh nafar milisa xodimi, tibbiy-sud ekspertiza hayati va uch nafar qoʻlga olinganlar bilan Dushanbega ketishdi, - dedi mili-salardan biri.
— Qaysi vazir telefon qildi? - soʻradi polkovnik.
— General Junaydov, - javob berdi ikkinchi milisa.

Shohin ichidan otilib chiqayotgan alamni zoʻrgʻa bosib, qoʻl telefonida raqam terdi. U tarafdan Junaydovning xotirjam ovozi eshitildi:
— Menimcha, senga va Omonovga Shoddarada qiladigan ish qolmagan. Tezda qaytib kelinglar. Ertaga ertalab soat sakkizda ishda boʻlinglar.

Azizov generalning topshirigʻini sherigiga yetkazar ekan, dedi:
— Har holda Habibaning qabriga bir bormaymizmi?
— Aqlli fikr, - Omonov polkovnikning yelkasiga qoʻd tashladi.- oltinni biz topamiz.

Omonov milisalardan biriga ularni Sitoraning qishlogʻiga boshlab borishni aytdi.

Har ikkala tergovchini hayajon bosayotganidanmi, yoʻl boʻyi bir-biriga ikki ogʻiz gap qotmadi. Qabristonga yetib kelishganda qorovul chol gʻuldulladi:
— Yana milisalar? Yana qabr ochasanlarmi?
— Nima, birontasi kelgandimi? – Omonov choldan soʻradi.
— Kallai saharlab ichki ishlar boʻlimi boshligʻi bir guruh milisalar bilan kelib bit-ta qabrning tit-pitini chiqarishdi.
— Qidirgan narsalarini topishdimi? – Shohin sinovchan savol berdi.
— Yoʻq, boshliq mendan yaqin orada bironta xotin qabr oldiga kelganmidi-yoʻqmidi, deb soʻradi.
— Siz nima deb javob berdingiz?
— Bir kuni yoshgina homilador xotin kelgandi. Anchagacha qabr boshida oʻrmalashdi. Ketayotganida boshidagi roʻmoliga nimadir tugib olgandi. U menga qarab marhumning opasi boʻlishini va uning qabridan tuproq olganini aytdi.

* * *

Har ikki tergovchi qabriston yonida lolu hayron turgan bir paytda Jamshidni koʻrishga boshida katta oq salla, qoʻlida hassa , chehrasi yoqimli bir qariya keldi. U eshik oldida turgan qoʻriqchilarga qarab dedi:
— Qishloqdan, jiyanimdan xabar olgani keldim.

Eshik oldidagi qoʻriqchilar hech bir shubhaga bormasdan qishloqdan kelgan cholni ichkari kiritishdi.
— Oʻgʻlim, men sen yozgan narsalarni qayta-qayta oʻqiydigan bir muxlising boʻlaman, -Jamshidning oldiga yaqinlashar ekan qariya mehribonlik bilan dedi, - sening baxtsiz-likka uchraganingni eshitib, joyimda oʻtira olmadim.

Eshik yonida oʻtirgan oq xalatli qiz cholning harakatlarini diqqat bilan kuzatardi. Jurnalist boʻlsa jilmaygancha soʻrashish uchun qoʻl uzatdi.Chol unga yaqinlashdi-da alla-nechuk bir chaqqonlik bilan hassasini koʻtarib Jamshidning tomogʻini boʻgʻishga tushdi. Qarshilik koʻrsatishga kuch toʻplay olmagan jurnalistning boshi yostiqqa tushdi. Qiz oʻrnidan turib oʻtirgan kursisini olib, bor kuchi bilan cholning boshiga tushirdi. Qotil-ning qoʻlidagi hassa uchib ketib, oʻzi gʻuldullagancha yerga yiqildi. U yiqilganda chiqqan ovozni eshitgan qoʻriqchilar ichkariga otilib kirishdi…

* * *

Ertasi kuni ertalab Omonov va Azizov generalning topshirigʻiga koʻra yana bemorxona-ga kelishdi. Bemorning koʻrinishi bir kun oldingiga qaraganda biroz yomonroq tuyuldi. Lekin shu ahvoliga qaramasdan ogʻiz ochiboq Omonovning izzat nafsiga tegdi:
— General Junaydov sening joyingni menga taklif qildi. Agar topgan oltinlaring-dan jindaygina bersang, bu taklifni rad qilaman.
— Agar sen jurnalist boʻlmaganingda, agar sen bunchalik ayyor boʻlmaganingda, agar ham-kasblaring seni qahramon qilib koʻtarishmaganda… - Omonov gapini davom ettirish uchun oʻylanar ekan, Shohin kulgancha ikki qoʻlini koʻtarib hamkasbining fikrini yakun-ladi:
— Xullas, agar sen bunchalik zoʻr boʻlmaganingda, albatta qoʻlingga kishan solib olib ketardik.
— Bu gal sen gapirasan, biz eshitamiz. Bu sening doʻsting – general Junaydovning top-shirigʻi, -dedi Omonov oʻzini zoʻrgʻa qoʻlga olar ekan.
— Mayli, - ogʻriqning zoʻridan Jamshid toʻlgʻandi, - garchi jinoyatning boshdan-oyoq lah-zalari menga ma’lum boʻlmasada, aytganim boʻlsin.
— Uyogʻidan xavotir boʻlma, men toʻldirib turaman, - dedi Shohin.
— Habibaning oʻldirishlaridan boshlayman. Unda eng muhim ikir-chikir yetishmaydi. Qizni yarim tunda kim uyidan olib chiqib ketdi va osib oʻldirdi? Bu ishni oshiqdan boshqa hech kim qila olmaydi. Aka-ukalaridan bittasi Samandarni Rossiyadan topib keladi. Samandar Habibaga tunda Rossiyaga qochib ketishlarini, bu borada hech kimga ogʻiz ochmasligini aytadi. Habiba tungi qochish haqida hatto opasi Sitoraga ham aytmaydi. Tunda uydan chiqishgach, Samandar Habibadan oltinlar qaerdaligini soʻraydi. Sitora uygʻonib qolishidan choʻchigan Habiba oltinlarni buzilib yotgan bir ogʻilga yashirgan-ligini aytadi. Ogʻilga yetib borishgach Habiba oshigʻi bilan janjal koʻtaradi. Sen oltin-larni deb kelgansan, meni deb emas, deydi. Samandar qizga musht koʻtaradi. Habiba dod-laydi. Samandarning ortidan izma-iz kelgan ukalari Habibani urib-tepishga tushishadi, boʻgʻishadi. Hushnini yoʻqotgan Habiba oʻziga kelmasdan oʻladi. Aka-ukalar qaerdandir arqon topib kelishadi va Habibani osib qoʻyib, oʻzini oʻldirganga chiqarishadi. Oʻsha topda ular bunga majbur edilar…

Jamshid bir zum tin olar ekan, Omonov soʻradi:
— Agar urib-tepib, boʻgʻib oʻldirishgan boʻlsa, qizning badanida izi qolardi. Singli-sining gʻalati oʻlimi haqida Sitora nega hech kimga shikoyat qilmagan?
— Yaxshisi, buni uning oʻzidan soʻranglar, - dedi astagina toliqqani shundaygina sezi-lib turgan Jamshid.
— Butun Tojikistonni qidirib chiqdik. Sitora yoʻq, - gʻuldulladi Omonov.
— Shunday degin. Yana bitta ziyofatga tushib turibsanda, - Jamshid bir chetda oʻtirib soʻz qotmasdan oʻrtadagi suhbatning bir soʻzini qoldirmasdan yozib borayotgan qizga ishora qildi. – Shafqat hamshirasini chaqirib keling. Ha, anov kuni meni jonimni asrab qol-gan, ha, ikkinchi marta asrab qolgan qizni.

Oradan hech qancha oʻtmasdan oq koʻylak kiygan Sitora kirib keldi. Koʻrinishi biroz oʻz-gargan, koʻzida koʻzoynak.
— Koʻzoynagingni ol, uni taqish muddati tugadi. Bu oʻrtoqlarning senga bir necha savoli bor ekan, - Jamshid baribir achchiq uchirdi.

Qizni koʻrar ekan avvaliga har ikki tergovchining oyoq-qoʻli qaltiradi. Omonov oldin-roq oʻziga kelib Jamshidga bergan savolini takrorladi.

Sitora bir zum uzoq bir nuqtaga jimgina tikildi-da, keyin oʻziga oʻzi gapirayotganday soʻz boshladi:
— Men tib hamshirasi sifatida Habiba oʻzini osmaganligini, uni oʻldirishganini dar-rov sezdim. Shikoyat qilmaganimning esa, bir necha sababi bor. Avvalo men tumandagi huquq-tartibot maqomotining adolatni barqaror etishiga ishonmayman. Biz tomonlarda faqat puling yo kuching boʻlsa, adolatni topa olasan. Ikkinchidan, Habibaning oʻsha payt-dagi holi zoriga qaraganda, meni Xudo kechirsin, oʻlgani yaxshi edi. Garchi bu achchiq haqi-qat, uni qabul qilish oʻta qiyin boʻlsada, aslida shunday, – Sitoraning koʻzidan asta-sekin oqqan yosh oppoq, bejirim yuzini yuva boshladi. – Uchinchidan, boshimizga tushgan fojiadan soʻng ikki kun oʻtgach ikki nafar notanish erkak meni koʻchada tutib olib, agar oʻtgan ish haqida birovga ogʻiz ochsang… nomusingni bulgʻaymiz, deyishdi. Men singlim-ning koʻyiga tushishni istamasdim, istamasdim. Men…- qizning ovozi boʻgʻildi, - mening nomusim, singlimni oʻldirishgandan soʻng qolgan yagona boyligim bir umr siymosi koʻz oʻngimdan ketmaydigan insonning nasibasi boʻlishini istardim. Agar bu orzumga yetma-sam, hech qachon oʻzga bir insonning xayolida yurmayman derdim.
— Mayli, hozircha Sizga javob, - Shohin koʻzlarini yumgancha qizning soʻzlarini ting-layotgan Jamshidga qarab qoʻyib dedi. – Lekin uzoqqa ketmang, biz Sizni zoʻrgʻa topdik.

Sitora tashqari chiqishi zahoti Omonov Jamshiddan soʻradi:
— Bu qachon paydo boʻldi?
— Sizlar Shoddaraga joʻnaganingizda. Oʻzini qidirishayotganini bilib Sizning oldin-gizga boradi. Sizni topa olmasdan bemorxonaga keldi. Men undan menga qoʻriqchi boʻlib turishni soʻradim. Oltin qidirayotganlar baribir oldimga kelishlarini bilardim.
— Habibani qanday oʻldirishganini aka-ukalardan boshqa hech kim bilmaydi. Sen qaer-dan bilasan? - soʻradi Omonov.
— Bu savolga mening javobim tayyor, - dedi Shohin Jamshiddan ilgariroq soʻz ochib. - Shamidaning eri - Qahramon tugʻruqxonada Samandar bilan tanishadi. Bu odamning oltini borligini bilib, unga osongina erishishni oʻylaydi. U Samandarga oltinni qanday qilib pullashni taklif etadi. Aka-ukalar unga Shodmondarada oʻzlarini kutib turishni va Zarkentgacha olib borishni soʻrashadi. Qahramon rozi boʻladi. Aka-ukalar Ziddehda Jamshidni oʻldi deb hisoblab, mashinani dovondan jarlikka itarib yuborisha-di va Qahramonning mashinasida Zarkentga yoʻl olishadi. Yoʻl-yoʻlakay boʻlgan voqealar-ning hammasini yangi sheriklariga gapirib berishadi. Oltinni olish uchun tunda Saman-dar xotinining qabrini ochib, oʻlikni eski bir goʻrga tashlashadi. Qahramon dahshatga tushadi. Erta tongda milisaxonaga borib, bor voqeani tuman ichki ishlar boʻlimi bosh-ligʻiga aytib beradi. U aka-ukalarni qoʻlga olishda katta yordam beradi.

Shohin soʻzlarini indamasdan tinglayotgan Jamshidga qaradi-da, dedi:
— Lekin yana bir muammo bor. Sitora qanday qilib dovonga yetib bordi va Sizni bemor-xonaga olib keldi?
— U eng suygan qahramonini deb, manovi yarimjon boʻlib yotgan odamni deb, dovon nima degani, dunyoning narigi chekkasiga ham borishga tayyorga oʻxshaydi, - dedi Omonov kinoya aralash. – Uning oʻsha aka-ukalar niyatidan xabari borligi aniq va Jamshidning izidan boravergan.
— Ikkinchi qotillik oltin birinchi marta yoʻqolganida yuz bergan, - Jamshid oʻychan gap boshladi. – Samandarning xotini Habibaning oʻlimidan xabar topgach, unda kimning qoʻli borligini anglaydi. Bir kuni koʻzadan bir oltin zanjirni olib, boʻyniga taqadi. Buni koʻrgan qaynotasi oʻgʻillariga aytadi. Samandar xotinidan oltin zanjirni qaerdan ol-ganligini soʻraydi. Ayol Habiba koʻzani berganligiga iqror boʻladi. Aka-ukalar bu xabar-ni eshitganlaridan soʻng yengil nafas oladilar.Lekin ayol ertasi kuni saharda koʻzani Habibaning qabriga koʻmib keladi. Aka-ukalar Samandardan oltinni soʻrashadi. U xotinini chaqiradi. Ayol «uni daryoga tashladim», deydi. Meni oʻldirmoqchi boʻlgan chol bor-ku, u oʻsha tarixiy hassasi bilan kelinini savalaydi. Ayol «Habibani oʻldirgansiz-lar, ertaga milisaga borib, hammasini aytib beraman», deya dodlagach, chol menga qoʻllagan klassik usuli bilan kelinini boʻgʻib oʻldiradi. Ana shu mojaro ustiga shoʻrlik Gulniso ham kelib qoladi. Yangasi oʻlimidan oldin unga oltin qaerdaligini aytgan boʻladi. Gul-niso nega qotillarning changalidan yangasini qutqarish uchun oltin qaerdaligini aytma-di – bu muammoligicha qolmoqda. Qotillikdan soʻng aka-ukalar oʻlikni daryoga tashlashadi va kelinning kiyimlarini qirgʻoqqa qoʻyib ketishadi. Maqsadlari aniq - goʻyo kelin oʻz joniga qasd qilgan. Garchi jasadni topishgach tuman sud-tibbiy eespertiza xizmati ayol daryoga tashlanmasdan oʻldirilganini aniqlasada, ammo aka-ukalar tiqqan pul ogʻizlarni boylaydi. Xullas, yegan ogʻiz kulgili xulosa chiqaradi: ayolning boʻyni daryodagi toshlarga urilib koʻkarib ketgan emish. Gulniso oltinlar ustma-ust baxtsizliklar keltirayotgani-ni koʻrgach Habibaning qabriga borib, oltinlarni oladi-da, koʻzani daryoga tashlaydi.
— Sening bu gaplaringni Qahramonning guvohligi ham, Samandarning bolalari bergan bayonot ham, barcha qotilliklarni boʻyniga olayotgan cholning aytganlari ham tasdiqlaydi. Ustiga sud-tibbiyot ekspertizasining xulosasi bor. Uning xodimlari ayblarini yengil-lashtirish uchun aslida nima boʻlganligini yozib berishgan, - dedi Shohin.
— Eng muammoli qotillik, hammadan koʻproq koʻngilni gʻash qilayotgan oʻldirish Gul-nisoning sirli oʻlimi, - dedi Jamshid.
— Kelinglar, bu haqda yaxshisi men gapirayin, - tirjaydi Omonov. – Chunki bu qotil-likda Sitoradan ham gumon borligi uchun Jamshidning hikoyasini eshitish toʻgʻri emas. Kunlardan bir kun shoʻrlik Gulniso otasiga koʻza oʻzida ekanligini aytadi. Chol tezda buni oʻgʻillariga yetkazadi. Ularning singillaridan ochiqdan-ochiq oltin qaerdaligini aytishni talab etishga botinolmasliklari tushunarli edi. Chunki avvalo oltinni u top-gan va yangasining oʻlimiga guvoh boʻlgan. Aka-ukalar singillarini oʻldirish niyatida boʻlishmagan. Lekin Gulnisoning oʻzini tutishi ularni bu ishni oʻta mahorat bilan ijro etishga majbur etadi. Hamshira Nodiraning aytishicha Samandar bilan ilgaridan tanish ekan. Samandar singlisini tugʻruqxonaga olib kelganida Nodira qizga mehribonlik qiladi. Hamshiraning avrayotganini sezmagan sodda kelinchak boʻlgan voqealarning ipi-dan-ignasigacha, jumladan oltin qaerda ekanligigacha aytib beradi. Gulniso gapining oxirida yoshgina qiz va toʻrt bolaning onasi boʻlgan yangasining oʻldirilishi haqida qoʻsh-ni xonada yotgan jurnalist ayolga, ya’ni Shamidaga aytib berishini, undan bu qotilliklar haqida yozishini iltimos qilishga qasam ichganini aytadi. Nodira Gulnisodan eshitgan-larining hammasini oqizmay-tomizmay Samandarga yetkazadi. Aka-ukalar yana bir kishi qilgʻuliklaridan xabardor boʻlganini eshitib, hamma sirlari oshkor boʻlishidan choʻchib qolishadi. Gulnisoga qon berilayotganda Samandar Nodiraga qahva olib kiradi, unga uyqu solib qoʻyilganini hamshira bilmaydi. Nodira qahvani ichib, uyquga ketadi. Samandar bu fursatdan foydalanib singlisi bilan janjallashadi? Nega Nodiraga bor sirimizni toʻkib-sochding, deydi. «Oltin qaerda? Nega hamma hodisani jurnalist ayolga aytmoqchisan?» Singlisi dodlagancha oltinni qabristondan qidirishlarini aytadi. Samandar Gulnisoni tinchlantirish uchun uning ogʻzini yopmoqchi boʻladi. Ana shunda shosh-ganidan qon quyish moslamasini agʻdarib yuboradi. Samandar bemorxonada navbatchi dux-turni topa olmagach, ikkinchi shafqat hamshirasi – Sitorani chaqirishdan choʻchiydi. Shu-ning uchun u indamay-netmay ukalarining oldiga ketadi.
— Hamshira Nodiraning, Gulnisoning jasadi tekshirib koʻrilgani borasida sud-tib-biy ekspertizasining, qahvaxona xizmatchisi va Samandarga uyqudori sotgan dorixona xodimining bayonotlari bor, - qoʻshimcha qildi Shohin.
— Oʻldirilgan insonlarning hammasi hech boʻlmaganda bir marta oltinni koʻrishgan va ozgina boʻlsada oʻzlarini uning egasi hisoblashgan. Lekin men baxti qoraning aybim nima? – gʻamgin soʻradi Jamshid.
— Bu hodisalar ortidan tushganing haqida Qahramon va Nodira aka-ukalarni ogohlan-tirishadi. Oltinga oʻchlik aka-ukalarning koʻzlarini koʻr qilib qoʻyadi. Ular singillari-ni tuproqqa topshirishgach, seni qidirib poytaxtga kelishadi. Ularga bironta guvoh kerak emas edi. Bir bahona qilib Nodirani ham yoʻqotishlariga oz qoladi.
— Ammo aytganlarimizning koʻpchiligi hali farazdan oʻzga emas! Qotillar gunohlarini boʻyinlariga olishadimi-yoʻqmi, bunisi ma’lum emas, - Shohin oʻrnidan turdi. – Ertaga uchrashamiz, yo telefonlashamiz. Tezroq tuzalib keting, bu gal men Sizni «Kant»ga taklif etaman.

Jamshid tergovchilarni dardli bir tabassum bilan kuzatib qoldi.

* * *

Ayblanuvchilar ishni choʻzishmadi. Faqat Samandar avvaliga «bilmayman, men qilma-ganman», deya jonini xalos qilishga urindi. Shohin eshikni qattiq yopib, uni shunday savaladi-shunday savaladi, ana keyin mumdek yumshadi-qoldi. Aka-ukalar ixtiyoriy ravishda qilmishlarini boʻyinlariga olishsa, jazo yengillashishi haqida eshitishgach, bulbuldek sayrashga tushishdi. Ularning har biri zoʻr berib aybni ikkinchisiga agʻda-rishga urinardi.

Nihoyat tergov tugadi. Tergovchilar toliqqan, boʻshashgan holda Jamshidni koʻrishga borishdi. Jurnalistning sogʻligi qiyinchilik bilan boʻlsada, asta-sekin tiklanayotgandi. Tergovchilar xonaga kirib borishganida Shamida yoʻrgaklik bolasini bagʻriga bosgancha bemorning yonida oʻtirardi.
— Muallim, men uning … uning bahridan oʻtaman, - Shamida koʻz yoshlarini toʻxtata ol-masdi. – Men ishga qaytaman.
— Kech boʻldi, qizim, kech, - Jamshid chaqaloqqa ishora qildi. – Ering yaxshi ishlar ham qilibdi. Buni hisobga olishar.

Shamida bir tergovchilarga qaradi-da chaqaloqni bagʻriga qattiqroq bosgancha chiqib ketdi.
— Sen aytgan bir dalil butunlay yolgʻon chiqdi. U tergovni notoʻgʻri yoʻlga boshlashiga sal qoldi, - dedi Omonov.
— Nahotki? Axir bu ishni oʻrgangan jurnalistlar aytgan gaplarning hammasi bir-biridan aslo farq qilmasdi, - Jamshid oʻrtogʻining soʻzini jiddiy qabul qildi.
— Cholning ikkita hassasi bor ekan. Birinchi hassasi kelinini oʻldirganda sinib qol-gan. U shumchol Sizni oʻldirish uchun boshqa hassasini olib kelgan, - Shohin yoyilib kul-di.
— Anovi hamshirangni bizda ishlash uchun bermaysanmi. Nima goʻzallar faqat sening atrofingda yurishlari shartmi? – Omonov gapni boshqa tomonga burdi.
— Marhamat, koʻndira olsang, olib ketaver, - dedi jilmaygancha jurnalist.
— Agar koʻnmasa, qissasini boshdan-oyoq Noʻshofaringa aytib beraman. Agar aytmasam, komsomollik vijdonim kuyib ketsin, - Omonov koʻrsatkich barmogʻini yuqori koʻtarib, tahdid qildi.

* * *

Ikki tergovchi tashqari chiqishganda Noʻshofarin va Shamida bemorxona hovlisida nimadir haqda gaplashib oʻtirishardi.
— Beshikka qattiq bogʻlama, hali u nozik , - Noʻshofarinning soʻzlari arang quloqqa chalinardi.

Jamshidning bolalari esa, Sitora bilan birga muzqaymoq yeyishayotgandi. Omonov ularga yaqinlashdi-da, bolalardan kichigining burnini chimchib, dedi:
— Bu qiz senga kim boʻladi?
— Xolam boʻladilar, - dedi faxrlangancha bola.
— Yana bitta xolami? – Shohin qah-qahlagancha Noʻshofarin tomonga qaradi.
— Hasadingiz kelmasin! – kuldi ayol…

30 iyul - 1 avgust, 2005 yil.