OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifXurshid Davron
Asar nomiIskandar Maqduniy va sak choʻponi (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/sovet adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Xurshid Davron
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm21KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/06/06
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Iskandar Maqduniy va sak choʻponi (hikoya)
Xurshid Davron

Tangrinig erkasi deya nom olgan yunon hukmdori Iskandar Maqduniy qoʻshini meloddan avvalgi 331 yilda Gavgamela shahri yaqinidagi yalanglikda fors podshosi Doroning ikki yuz ellik minglik lashkarini tor-mor etdi. Natijada ikki asrdan buyon magribu mashriqni qu'rquvda tutib kelayotgan Ahmoniylar davlati barham topdi. Magʻlub podshoh mash'um kungacha oʻziga tobe boʻlgan mamlakatning shimoli tomoniga qochdi, ammo yoʻlda hamrohlari boʻlmish Boxtariston va Sugʻd noibi Bess bilan lashkarboshi Nabarzan tomonidan xiyonatkorona oʻldirildi. Bu xabarni eshitgan Iskandar: «Podshoh qonini mendan oʻzga biron bir kimsaning toʻkishiga haqqi yoq edi», degan dagʻdagʻa bilan xiyonatkorlarni ta’qib etishga kirishdi.

Bundan keyingi voqealar juda uzoq davom etgan qonli janglar, zafaru magʻlubiyatlar tarixi boʻlganidan xabardor boʻlsangiz kerak. Qolaversa, kaminada Iskandar bilan Sugʻd lashkarboshisi Spitamen oʻrtasida kechgan omonsiz jang-jadallarga bagʻishlangan hikoyalar yozish istagi ham bor .Illo, hozirgi maqsadimiz bor-yogʻi Iskandar Maqduniyning Boxtariston va Sugʻd tomon borayotganida roʻy bergan bir voqeani hikoya qilib berish, xolos.

Iskandar yunon qadami yetmagan noma’lum oʻlkalar tomon gʻalabadan ruhlangan qalqonbordorlarini shiddat bilan boshlab borarkan, ba’zan payonsiz sahro qoʻynidan shamol koʻtargan toʻzon kabi toʻsatdan paydo boʻlib, xuddi shunday tez gʻoyib boʻladigan sahroyilarning oniy, ammo dahshatli hujumlariga toʻqnashib oʻtishga majbur edi. Bu hujumlar nechogʻli shiddatkor boʻlmasin yosh jahongir yuragiga qoʻrquv sololmasdi. Qoʻrquv borayotgan manzilning noma’lumligida edi. Buyuk soʻqir - Homerning: «Noma’lum va yot yurtda adashmoqdan dahshati yoʻqdir!» degan hikmati hamisha uning yodida. Ammo qoʻrquv ham y'ol bosgan sayin kamayib, noma’lumlik ortga qolganidayin ortda qolib borardi.

Iskandarning boshidagi yunonlarning dongʻi ketgan ustasi Teofil yasagan obdor dubulgʻa qaynoq sahro quyoshi ostida yaraqlab koʻzni qamashtirar, dubulgʻaga ulangan poʻlat halqachalar esa yigitning bo`ynini kutilmagan xavf-xatardan toʻsib turardi. Sitsiliyalik qurolsozlar yasagan qirmizi sovut ostidan kanopdan toʻqilgan qoʻshqavat javshan yosh sarkarda vujudini mahkam siqib olgan . Belida Xitoy podshosi tuhfa qilib yuborgan, qushdek engil boʻlsa-da, puhta ishlangan keskir qilich. Iskandarning jangdagi ishonchi, jonu-dili shu qilichi edi. Elkasida usta Gelikon qoʻlidan chiqqan va minnatdor rodosliklar sovgʻa qilgan alvon yopingʻich. Iskandar ot ustida shamolday ucharkan, elkasidagi yopingʻich oʻziga xos bayroqqa aylanar, u qaerda paydo boʻlsa, oʻsha erda askarlar ruhlanib, yanada shiddatliroq jang qilishar, har bir jangchi bu bayroqni hifz etib halok boʻlishni oʻziga sharaf deb hisoblardi. Iskandar buni yaxshi bilgani uchun ham jang payti yopingʻichini echmasdi…

* * *

Iskandar oqshom payti keksa lashkarboshi Parmenion bilan suhbatlashib oʻtirardi. Quyosh ufq ortiga botganiga qaramay hali harorat pasaymagan, qilt etgan shabada ham sezilmasdi.
— Esingda boʻlsa, Herodot bu yurt odamlari xususida ularning

Ellada zaminida forslar tarafida turib jang qilganlarini batafsil yozgan… - deya gap boshladi Parmenion – Esladingmi?..

Parmenion shunday deb yonida turgan qutichani ochib, Herodotning asari bitilgan papirus oʻramalarini oldi. Lekin Iskandar unga mutlaqo e’tibor bermay xayolga choʻmganini koʻrib, oʻramalarni yana oʻrniga qoʻydi.

Parmenionning fil suyagidan yasalgan bu qutichani olib yurishiga ham Iskandar sababchi: keksa qilichboz bu ishi bilan yigirma yashar podshoh koʻnglini olishni istardi. Boshqa lashkarboshilar ham xuddi shunday qutichalar olib yurishining sababini esa Gavgamela jangidan soʻng roʻy bergan bir voqea ochib berardi.

Podshoh Doro magʻlubiyatidan soʻng fors hukmdori-yu koʻp sonli saroy ahlidan qolgan boyliklarni roʻyxat qilgan yunon amaldorlari taklifi bilan jahongirning yaqin safdoshlari oʻljalar orasida eng qimmatbaho hisoblangan buyumni Iskandar huzuriga olib kirishdi. Bu bebaho duru gavhar bilan ziynatlangan quti – kichkina sandiqcha edi. Sandiqchaga oʻrnatilgan gavhartoshlarning ayrimlari Fors saltanatiga qarashli viloyatlarning bir yillik xirojiga teng kelardi. Iskandar qutichani maroq bilan tomosha qilarkan,ichida ustaning hunariga tahsin aytdi. Soʻng qoshida oʻtirganlardan:
— Bu qutida nimani saqlashimni maslahat berasizlar? – deb soʻradi.
— Doroning tojini, - dedi oʻylab o`tirmay Klit.
— Otang Filipdan meros qolgan tojni, - dedi Parmenion.
— Xitoy podshohi sovgʻa qilib yuborgan qilichni, - dedi Iskandarning bu tortiqni nihoyatda yaxshi ko`rishini bilgan Filot.

Davradagilar oʻzlariga ma’qul maslahatlarni berib boʻlgach, kimning taklifi ma’qul topilishini kutib sukut saqlashdi.
— Men bu qutichada, - Iskandar shunday deya oʻtirganlarga bir-bir koʻz tashlab chiqdi: - «Iliada»ni saqlashni istardim…

* * *

Hozir Parmenon bilan suhbatlashib oʻtirarkan, uning gapi bahona Herodot asarida Boxtariston va Sugʻd xususida yozilgan ma’lumotlarni esladi. Iskandarning xotirasi kuchli edi. Ustozi Arastu ham uning quvvai hofizasiga tahsin oʻqigan.

Iskandar Herodotning Fermopila yaqinida sodir boʻlgan dahshatli jangda forslar tarafida boxtarliklaru sugʻdlar bilan birga sahroi saklar – iskit(skif)lar ham ishtirok etgani haqida yozganlarini bir-bir xayolidan oʻtkazdi. Muarrix iskitlarni uchli qalpoq, teridan qilingan egin-bosh kiyishlarini, jangu jadalda mashhur sak kamoni, xanjar va ikki damli oybolta qoʻllashlarini yozgan edi. Hozir yoʻlda Iskandarga dam badam hujum qilayotgan sahroyilarning ust-boshi, qurol-yarogʻi ham Herodot tasviriga mos kelardi.

Herodotning yozishicha, qolaversa, iskitlar bilan goh birga, goh oʻzaro jang qilgan forslarning ta’riflashicha, kamonbozlikda sahroyilarga teng keladigan qavm hali jahonda yoʻq ekan. Iskitlar uchun uzuk orasidan novak uchirib o`tkazish oddiy bir ermak ish ekan. Iskandar bu gaplarga unchalik ishonmasdi. Uning oʻzi jang-jadalsiz kunlarda ham kamondan oʻq uzish mashqini kanda qilmas, koʻkda uchib borayotgan qushni bemalol otib tushira olardi. Uzuk orasidan novak uchirib oʻtkazish haqidagi gaplar esa uning uchun suyukli Herodotning Troya muhorabalariga bagʻishlangan dostonida ham dam-badam uchrab turadigan lofdan boʻlak narsa emasday tuyilardi.

Shularni oʻylar ekan, Iskandar Parmenionga qarab:
— Herodot toʻgʻri gaplarni yozgan ekan…- dedi.

Bu gapni eshitgan Parmenion birdan engil tortib, quvonib ketdi. Uning bu holatini payqagan Iskandar miyigʻida kulib qoʻydi. Gavgamela jangi arafasida va jangda roʻy bergan voqealardan buyon uyalib, oʻzini qoʻyarga joy topolmay yurgan bechora chol yosh hukmdorining e’tiborini qozona boshlaganidan xursand edi.

Gavgamela jangi oldidan Doro Iskandar huzuriga oʻz elchisini yubordi. Elchi Iskandarga: «Forslarning buyuk hukmdori senga oʻn ming talant tilla va Osiyoning yarmi ustidan hukmronlikni berishga rozi «,- deb aytdi. Shunda Iskandarning yonida turgan Parmenion beixtiyor:
— Agar men Iskandar boʻlganimda, bu taklifga oʻylab oʻtirmay rozi boʻlardim, - deb yubordi.

Iskandar oʻsha zahoti, ammo Parmenionga qayrilib ham qaramay, javob berdi:
— Zevs haqi aytamankim, agar men ham Parmenion boʻlganimda bu taklifga rozi bo`lardim.

So`ng elchiga qarab tahdid bilan:
— Borib Doroga ayt, osmonda quyosh ikkita boʻlmaganidek, yerdayam podshoh bitta boʻladi, - dedi.

Mana shu voqeadan soʻng Parmenion ancha vaqtgacha oʻzini Iskandardan olib qochib yurdi. Uning ustidan kulganlar ham topildi. Aksiga olib, Gavgamela jangida ham omadi yurishmadi. Qariligi asar qildimi, sustkashlikka yoʻl qoʻydi. Oqibatda qoʻl ostidagi jangchilari bilan mushkul ahvolda qoldi. Tajribasiz yosh lashkarboshiday oʻrovga tushdi. Baxtiga Doroning jang maydonidan qochganini eshitgan fors jangchilari tahlikaga tushdilaru keksa sarkarda sharmandali magʻlubiyatdan qutilib qoldi. Bari bir Iskandar qattiq gʻazablandi. Ammo keksa sarkardani ayadi. Otasi Filipp bu sodiq safdoshini yaxshi koʻrar, unga qattiq mehr qoʻygan edi. Hatto u bir marta: «Men afinaliklarga juda havas qilaman. Ular har yili saylovda oʻnlab lashkarboshilarga ega boʻladilar. Men boʻlsam necha yillar davomida bor-yoʻgʻi bir lashkarboshini Parmenionni topdim», deya lutf etgan edi. Padari buzrukvori bu bilan afinaliklarning oʻn lashkarboshisiga Parmenionning bir oʻzini teng qoʻyishini aytmoqchi va bu bilan afinaliklarni masxaralab, oʻz lashkarboshisini olqishlamoqchi edi. Iskandar Parmenionning jangdagi sustkashligi boisini qarilikdan deb biladi. Uning nazarida, sustkashlik ojizlikdan, ojizlik esa qarilikdan tugʻiladi. Ha, qarilik qo`rquvdir! Yigirmayashar jahongir ustozi Aristotelning «Qarilik – donishmandlik» degan hikmatini esladi-yu, fikrini bari bir oʻzgartirmadi…

Gavgamela jangida Parmenion boshliq askarlar mana shu sahroyilar – saklar bilan massagetlardan iborar qoʻshin oʻroviga tushib qolgan edi. Bess boshliq bu qoʻshinda boxtarlar va sugʻdlar ham bor edi. Xususan, sugʻdliklar sarkardasi Spitamenning dilovarligi yunonlarni hayratga soldi.

Iskandar Herodotning kitobida qayt etilgan podshoh Doroning bobosi Kurush mana shu bepoyon sahro qoʻynida massagetlar tomonidan jangda magʻlub etilgani, hatto boshi tanidan judo qilinib qon toʻla meshga tiqilgani haqidagi hikoyani esladi.
— Oʻsha massagetlar malikasining ismi Toʻmaris edi, - dedi Parmenion.

Iskandar yalt etib keksa lashkarboshiga qaradi. «Nima haqda oʻylaganimni bu chol qaerdan bila qoldi?» - deb oʻyladi u hayratini yashirolmay.Yana yalt etib Aristotelning hikmati fikridan oʻtdi.

Parmenion bo`lsa hech narsa boʻlmagandek, sahro jaziramasida iligan, endigina paydo boʻlgan oqshom shabadasi hali sovutishga ulgurmagan may toʻla kosani shimirardi. Iskandar ham qoʻliga qadahini oldi. Ular oʻtirgan chodir ichi haliyam dim edi. Safar davomida tashnalik hammani qiynar, ammo suv kamchil, sharob esa koʻp edi. Iskandarni boshlab borayotgan forslar soʻziga qaraganda ikki kundan soʻng juda katta daryoga yetib borisharkan. Shuni oʻylab, iliq sharobdan koʻngli behuzur boʻlgan Iskandar tamshanib qoʻydi.

Kecha qiziq voqea yuz berdi.

Kun tikkaga kelgan payt edi. Quyosh ayamay olov purkardi. Bu olovdan poʻlat choʻgʻlangan misol chaqnab borar, sovutlar ichidagi vujudlar esa suv boʻlib erib ketayotganday goʻyo…

Bu holdan betoqatlangan Iskandar Zevsdan tezroq kun botishini tiladi. Ammo shomgacha hali uzoq edi. Tashnalikka oxiri Iskandarning o`zi ham chidolmadi. Suv soʻradi. Unga Gavgamela jangida qoʻlga tushgan Doro suvdonini uzatishdi. Suvdonda ozgina suv qolgan ekan. «Bori shumi?» deb soʻradi. Xos soqchilari boshligʻi unsiz bosh irgʻadi. Iskandar suvdonni labiga olib borish asnosida toʻrt tomondan tashna askarlar nigohini tuydi. Ha, butun lashkar suvdonga koʻz tikkan edi. U nima qilishini bilmay, taraddudlanib qoldi. Soʻng shartta suvdondagi suvni qizib yotgan qum ustiga toʻkdi. Qizigan qum dam oʻtmay suv izidan nom-nishon qoldirmadi. Ich-ichida nogahoniy kuchli hayajon uyg`onganini sezgan Iskandar «Men hamma qatoriman!» deya qichqirdi. Jangchilar ruhlanib ketishdi. «Bizni oʻylab shunday qildi!» deb bir-birlariga faxrlanib gapira boshlashdi.

Mana endi Iskandar tashnalikni may bilan qondirardi. Askarlarga ham suv oʻrnida may tarqatishar, ammo mast boʻlmaydigan miqdorda berilsin, degan farmonga qattiq rioya qilinardi.

Iskandar mayni behad suyar, jangu jadalsiz chogʻlarda tuni boʻyi davom etadigan bazmlarda «toʻydim» demasdi. Mana shunday paytlarda ta’magirlarni omadi chopardi: yosh jahongir maqtov eshitishni xush koʻrardi. Bu esa ta’magirlik, tilyogʻlamalik qilishni bilmaydigan ayrim lashkarboshilarni qiyin ahvolga solib qoʻyardi. Ular ikki oʻt orasida qolib nima qilishlarini bilmasdilar. Boshqalarga qoʻshilib tilyogʻlamalik qilay deyishsa, bundan orlanishar, qolaversa, uddalay olishmas, maqtovlarga qoʻshilmay sukut saqlash esa xavotirli edi. Ammo jang arafasida Iskandar har qanday bazmlarga barham berar, yana ziyrak va farosatli hukmdorga aylanardi. Oqibatda ta’magirlar chetlashib, soʻzdan koʻra qilich ushlab jang qilishni eplaydiganlarning omadi yurishardi.

Mast odam jangga yaramaydi. Suyukli «Iliada»da bu haqda bagʻoyat goʻzal aytilgan:

May qirqqay kuch;
ketgay quvvat bilakdanu
mardlik yurakdan…

Herodot ham oʻz bitigida sharob xususida koʻp rivoyatlar keltiradi. Uning yozishicha, mana shu sahroyilar bilan jang qilgan Kurush maydan oʻz yovuz niyati yoʻlida ustalik bilan foydalangan. Malika Toʻmarisning oʻgʻli boʻlmish massagetlar lashkarboshisini sharob yordamida qoʻlga tushirgan.

Mana endi magʻlub Doroning bobkaloni Kurushni halok etgan sahroyilar makonidan muzaffar yunon qoʻshini oʻtib borardi. Bu qoʻshinni toʻxtata oladigan kuch jahonda yoʻqdek tuyulardi.

* * *

Yoʻl boshlovchi forslar aytgan daryogacha bir kunlik masofa qolganda manzil qurdilar. Oʻsha kuni jangchilar yaqin-atrofda poda boqib yurgan sak choʻponini tutib, Iskandar huzuriga olib kelishdi. Choʻpon yigit deyarli u bilan tengdosh edi. Boshida uchli qalpoq, egnida teridan qilingan koʻylak-ishton kiygan choʻpon yigit koʻzida qoʻrquvdan asar yoʻqligini sezgan Iskandar tilmochni chaqirdi. Tilmoch etib kelgach, cho`pondan bu yerlarda nima qilib yurganini surishtirishni buyurdi.
— Uyur boqib yuribman, - deb javob berdi choʻpon.
— Mening kelayotganimni eshitib, bekinmadingmi? – dedi Iskandar.
— Qoʻrqqan odam bekinadi! - dedi choʻpon yigit.

Iskandar choʻpon yigitning javobiga qoyil qoldi. Shu payt uning nigohi askarlar oʻrab olib, tomosha qilayotgan choʻpon yigitning otiga tushdi-yu, dong qotdi. Bunaqa otni u hali umri bino boʻlib koʻrmagan edi. Hatto keng qashqali boʻlganidan Butsefal deb nom olgan suyukli oti ham sahroyi argumoq bilan tenglashtirilsa, qadrini yo`qotib qoʻyishi mumkinday tuyuldi.

Iskandar oʻn yildan buyon Butsefeldan ayrilmas,uni koʻz qorachigʻiday asrardi. Otasi Filipp bu otni Iskandar hali goʻdaklik chogʻida fasallik mashhur otfurush va sinchikda tengi yoʻq Felonikosdan oʻn uch talantga sotib olgan ekan. Iskandar Girkonni zabt etib, Kaspiy dengizi boʻylab sayru tomosha qilib yurgan paytida sahro ichidan toʻsatdan paydo boʻlgan sahroyilar toʻdasi qirgʻoq yaqinidagi oʻtloqda oʻtlab yurgan otlar qatori Butsefelni ham olib ketishdi. Buni eshitib Iskandarning gʻazabi junbushga keldi. U «Agar otim tezda qaytarilmasa, butun Girkonni xonavayron qilib, aholini qatliom qilishdan qaytmayman» degandan soʻng, otini qaytarib berishdi. Iskandar shunday quvondiki, hatto oʻgʻrilarga ot uchun toʻlov toʻlashga ham rozi boʻldi.

Toʻgri, sahroyi yigitning otini Butsefalga tenglashtirib boʻlmasdi. Butsefal juda noyob ot, ammo choʻponning oti ham kuchli, ham bagʻoyat koʻrkam edi.Otni zavq bilan tomosha qilgan jahongir yana choʻpon yigitga qaradi.
— Otingni menga sot, - dedi Iskandar.
— Doʻstimni sotolmayman! – dedi choʻpon yigit.
— Oʻylamay javob berishga shoshilma Men otingni tortib olishim, seni esa oʻlimga buyurishim mumkin! – dedi Iskandar har bir soʻzini dona – dona qilib.
— Meni oʻldirib otimni olsang, ol, ammo mendan uni sotishni soʻrama, - dedi choʻpon yigit Iskandarning koʻziga tik qarab.

Iskandar qachonlardir xuddi chu taxlit javobni eshitganday edi. Dam o`tmay esladi. U Doroning yenggandan soʻng xizmatiga kirgan forslarning biri uning iltimosi bilan ahmoniylar sulolasi haqida soʻzlab berar ekan, Doroning buyuk bobosi Kurush bilan bogʻliq bir voqeani ham hikoya qilgan edi.

Kurush oʻz qoʻshinidan oddiy askarlardan birining otiga ishqivoz boʻlib qolibdi-da, undan katta haq evaziga otini berishni soʻrabdi. Shunda askar yigit:
— Yoʻq,ulugʻ podshohim,- debdi, - talabingni ado etolmayman. Agar odamlar orasidan shunday sadoqatli doʻstni topa olishimga ishonganimda edi, senga otimni bajonidil bergan bo`lardim.

Kurush askarning javobidan hayratlanib, unga koʻp tortiqlar qilgan ekan. Oʻsha forsning naql qilishicha, Doro ham otning ashaddiy ishqivozi va har qanday otning zotini, fe’l-atvorini biladigan sinchi boʻlgan ekan. Uning yana bir qiziq odati - jangga otlanganida hamisha endigina qulunlagan biyani oʻzi bilan olib ketar ekan. Doro Gavgamela jangidan avval boʻlib oʻtgan Issa yaqinidagi jangda magʻlub boʻlganida mana shunday biyalarning biriga minib ortiga qochgan va bolasini qoʻmsagan bechora biya shunday shitob bilan chopgan ekanki, qochqin podshoh ortidan quvishga tushgan askarlar yarim yoʻlda qolib ketishgan.

Iskandar choʻpon yigitning javobidan mamnun boʻlib, yuzi yorishib borarkan, nogoh saklarning tengi yoʻq mergan ekanlari haqidagi gaplarni eslab qoldi. «Mana endi oʻsha boʻlmagʻur mish-mishlarning asossiz ekanligini isbotlaydigan payt keldi», deb quvondi ichida. U Gavgamela jangidan soʻng qochoq Doroni quvganda, forslar hukumdori tashlab qochgan jangaroba bilan birgalikda qoʻlga tushirilgan shoh kamonini keltirishni buyurdi. Ammo yosh jahongirning maqsadini hali anglashga ulgurmagan cho`pon yigit shohona kamonga koʻz qirini ham tashlamadi. Iskandar oʻrnidan turib, kamonni qoʻlga oldi-da:
— Agar sen kamondan oʻq uzib, uzuk orasidan oʻtkaza olsang, otingni minib ketishingga ruhsat beraman. Xato qilsang, oʻzing kamonchilarimga nishon boʻlasan. Rozimisan?!-dedi.

Cho`pon yigit bir nafas oʻyga botdi. Ammo shu bir nafas ichida uning koʻnglida qattiq bir musohaba bo`lgani yigit yuzida ko`rinib turardi. Yigit yana Iskandarning koʻziga tik qarab:
— Yoʻq!- dedi.

Iskandar qah-qah otib kulib yubordi. Soʻng yoʻl davomi unga saklarning merganligi haqida latifa aytib kelgan forslarga gʻazab bilan oʻqraydi. Uning kozlaridan : «Mana koʻrib qoʻyinglar, oʻsha sizlar maqtagan mergan sahroyilarning bittasi… Sizlar emasmi, ularning yetti yasharidan yetmish yasharigacha kamondan oʻq uzib uzuk orasidan oʻtkazishi haqida lof toʻqigan» - degan tahdidli ma’noni ilgʻab olish mumkin edi.
— Olib borib boshini tanidan judo qiling! –dedi Iskandar jahl bilan Doro kamonini chetga irgʻitarkan.

Soqchilar boshligʻining ishorasi bilan ikki navkar choʻpon yigit qoʻllaridan mahkam tutishdi. Yigit ularga qarshilik koʻrsatmadi, u hech narsa boʻlmaganday xotirjam edi. Uchinchi askar «Qani ketdik!» - degandek, uning kuragiga nayzasini tiragan mahaldagina choʻpon yigit yaqinida turgan tilmochga nimalardir gapirdi. Buni koʻrgan Iskandar oʻsha zahoti: «Shoshmanglar!» – degandek qoʻlini koʻtardi. Keyin tilmochni yoniga chaqirdi.
— Nima dedi?
— Uch toʻrt kundan beri poda ortidan yurib mashq qilolmagan ekan. Shuning uchun oʻq uzganida hato qilishi mumkin ekan,- deb javob berdi tilmoch.

Bu gapni eshitgan Iskandar nima deyishini bilmay qoldi. U oʻq uzib xato qilishdan koʻra oʻlimni afzal koʻrgan choʻpon yigit oriyati oldida hangu mang edi . Iskandar oriyatli odamlatni hurmat qilardi. U hayrat ichida turarkan, oʻz-oʻzidan tiliga «Illiada» satrlari quyulib kela boshladi:

Har bir mard-la, hordiq bilmay,
Otashona jang qilsin har mard!

Iskandar choʻpon yigitni ozod qilib, otini qaytarishni, xohlagan tomoniga ketishiga toʻsqinlik qilmaslikni, keyin choʻpon yigit uyuri allaqachonlar qoʻshin zahirasi ixtiyoriga olinganini eshitib otlarni ham bitta qoʻymay qaytarishni buyurdi. «Oriyatli xalq bilan jang qilish uchun oriyatli boʻlmoq kerak», deb oʻylardi Iskandar…

Yoʻl boshlovchilar aytgandek, ertasi kuni vaqt peshindan oʻtgan mahal olisda yoyilib oqayotgan daryo koʻrindi. Bu Herodod ta’riflagan Oks daryosi edi. Sahroyilar tilida bu daryo Oʻkuz deb atalarkan.

Tashnalikdan qiynalgan lashkar suv tomon otildi. Iskandar ham yoʻl davomida birinchi marta Butsefalga qamchi urdi. Qirgʻoqqa yetib kelgach, ust-boshini yechmasdan daryoga kirdi. Oks suvi uni hayratga soldi. Bu suv u shu paytgacha kechib oʻtgan daryolar suviga deyarli oʻxshamasdi: suv juda mayin, xuddi zaytun moyidek muloyim edi.

Oʻsha kuni kechqurun daryo qirgʻogʻida salqindan rohatlanib oʻtirgan Iskandar chodiriga aygʻoqboshi - fors Arsam kirib keldi.
— Shohim, - deb gap boshladi u ta`zimni ado qilib boʻlgach, - aygʻoqchilar qaytib krlishdi. Ular keltirgan ma’lumotlarga qaraganda, xiyonatkor Bessni na boxtaristonliklar, na sugʻdlar quvvatlayotgan emish. Sugʻd sarkardasi Spitamen atrofiga esa xalq toʻplanayotgan emish. Eng muhimi, Spitamen eng dilovar va oriyatli yigitlardan yetti mingini saralab xos

lashkar tuzib jangga hozirlik koʻrayotgan emish… Arsamning gaplarini eshitib Iskandar chuqur xayolga botdi. Uning koʻzi oʻngida nima uchundir kechagi choʻpon yigit namoyon boʻldi. Botayotgan quyosh aksi daryo ustini qizartirib borayotganini, goʻyo oʻzanni qon toʻldira boshlayotgandek ham sirli, ham hayajonli manzarani tomosha qilar ekan: «Kurash ogʻir boʻladi!» - deb pichirladi yosh jahongir…

1990