OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifXurshid Nurullayev
Asar nomiHammasi asabdan (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Xurshid Nurullayev
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm4KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2013/07/03
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Hammasi asabdan (hajviya)
Xurshid Nurullayev

Boshimda ahyon-ahyonda ogʻriq sezardim. Buni hamkasblarimga aytgandim ular turlicha maslahat berishdi.
- Eng asosiysi, dardga e’tibor bermaslik kerak. Kasallikni oʻzingga oldingmi battar boʻlasan,–dedi oldimda oʻtiradigan oshnam. -Oʻylaki, boshing ogʻrimayapti. Ichingda ikki-uch qaytar boshim ogʻrimayapti, boshim ogʻrimayapti. Tamom, ogʻriq oʻz-oʻzidan yoʻqoladi.
— Bu gʻirt notoʻgʻri fikr. – Yon tomonimda oʻtiradigan hamkasbim uning gapini boʻldi. –Kasallikning oldi olinmadimi, u ogʻir oqibatlarga olib keladi. Oʻz vaqtida vrachga murojat qilish kerak.

Ikkinchi hamkasbimning gapi meni hushyor tortirdi. Axir jon shirin.

Ertasiga ertalab toʻgʻri poliklinikaga yoʻl oldim. Roʻyxatga olish xonasida nomimga daftar ochishdi va uni qoʻlimga tutqazishib terapevtga uchrashishimni aytishdi.
–Xoʻsh, sizni nima bezovta qilyapti? – shifokor boshini koʻtarmay qoʻli bilan yonidagi stulga oʻtirishimni ishora qildi.
–Boshimda ogʻriq sezganday boʻlaman, — dedim uning beparvo munosabatidan oʻksinib, iltijoli ohangda.

Ovozimdagi oʻta shikastalik ta’sir qildimi, vrach yozishini toʻxtatib yuzimga tikildi.
–Koʻrinishingiz yomonmas. Demak, qon bosimingiz joyida. Asabdan boʻlsa kerak. Oyoq qanday?

Oldiniga ajablandim, keyin jahl bilan:
–Mening boshim ogʻriyapti ,–dedim.
–Oʻzingizni bosing, aytdim-ku nervdan deb, darrov asabiylashdingiz. Odamning a’zoyu-badani nervlardan iborat. Ular insonning boshida, ya’ni miyasida yigʻiladi. Tushunarlimi? Men sizni tegishli vrachga yuboraman.

Asab doʻxtiri bolgʻachasi bilan tizzalarimni urib koʻrarkan:
— Qattiq qoʻrqqansiz,–dedi ishonch bilan .

Gumonsirayapti degan fikrga bormasin deya uning qattiyat bilan aytgan gapiga e’tiroz bildirmadim.
— Qoʻrquv asosan jigarga ta’sir qiladi. Sariq kasal koʻpaygan hozir.

Meni koʻrgan navbatdagi vrach ichki kasalliklarni davolovchi mutaxassis ekan.
— Ichki a’zolarga eng yomon ta’sir qiladigani tashqi muhit. Masalan havoni olsak. Nafas olayotgan havomizning turgan-bitgani zahar...

Uning gaplarini eshitib bu odam ilgari tabiatni muhofaza qilish idorasida ishlagan boʻlsa kerak, degan fikrga bordim.

Butun olamning zararlanayotganligini ma’ruza qilarkan, ikkala koʻzimni obdan tekshirib, koʻz doʻxtiriga uchrashni maslahat berdi.

Kelgandan buyon oʻndan ortiq vrachlarga uchrab kunning yarmini oʻtkazgandim. Hech boʻlmasa tushdan keyin ishda boʻlish fikrida tepasida tish doʻxtiri degan yozuv bor eshik oldida toʻxtadim. Xayolimga koʻz doʻxtiri albatta meni tish doʻxtiriga yuboradi degan fikr kelgandi. Shunday boʻldi.

Ichkariga kirib, qoʻlida ombur bilan meni qarshi olgan vrachga:
–Koʻz ogʻrigʻiga tishning ham ta’siri bormi, – deya murojaat qildim.
–Barcha kasallik tishni parvarish qilmaslikdan kelib chiqadi. – Vrach shu gaplar bilan meni stuliga oʻtqazdi va ogʻzimni katta ochtirib diqqat bilan tishlarimni koʻra boshladi. U qoʻlidagi omburi bilan har bir tishimni urib koʻrar, har urganda ogʻzimdan taq-taq degan ovoz chiqar, vrachning «tak-tak» deyishi esa xuddi tishlarimdan chiqayotgan ovozga hamohang aytilayotgandek boʻlardi.
–Ogʻzingizni yoping, – dedi vrach tishlarimni koʻrib boʻlib. Uning ovozida hayratga oʻxshash bir ohang bor edi. Soʻng:
–Sizning qaeringiz ogʻriyapti oʻzi? – soʻradi u.
–Tishim boʻlsa kerak, – dedim men.
–Tishlaringiz soppa-sogʻ. Oʻttiz yil tish doʻxtiri boʻlib, bunday sogʻlom tishlarni koʻrgan emasman. Menimcha, sizga kasallik varaqasi kerak. Bildimmi? Avval terapevtga borish kerak, mugʻombir...
–Sizni nima bezovta qilayapti? – haligi terapevt boshini koʻtarmay qoʻli bilan yonidagi stulga oʻtirishimni ishora qildi.

Unga nima deb javob berishimni oʻylab qoldim. Sariq kasal boʻlganmanmi? Yoʻq. Tishlarim sogʻ. Qon bosimim joyida. Qiziq, yarim kundan buyon poliklinikada nima qilib yuribman?
–Sizni nima bezovta qilayapti? – ikkinchi bor soʻradi terapevt.
–Eslolmayapman. – Toʻgʻrisini aytdim unga.

Vrach boshini koʻtarib hamdardlik bildirdi:

–Nervdan bu, asabingiz charchagan. Hozir asab doʻxtiriga yoʻllanma beraman.