OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

5 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifYaroslav Gashek
Asar nomiTogʻlikning oʻlimi (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Chex adabiyoti
Boʻlimlar
   - Sotsialist anarxizm
Mualliflar
   - Yaroslav Gashek
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonDavronbek Tojialiev (rus tilidan)
Hajm5KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2011/07/19
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Togʻlikning oʻlimi (hikoya)
Yaroslav Gashek

Mixael Pitala qamoqxonadan qochdi. Quyuq oʻrmonlar va bugʻdoyzorlarda yashirinib u janub tomon yurdi, toqqa yaqinlashdi. Dehqonlar uning qornini toʻygʻizishdi, yoʻl uchun oziq-ovqat va kiyim-bosh berishdi. Kech tushdi.

Oppoq ilonizi yoʻl togʻ yonbagʻirlab buralib ketgan edi. Dovonda xoch turardi. Qochoq chang yoʻldan asta koʻtarila boshladi. U Galitsiyaning Tarnovsk oʻlkasilik dehqonlar kiyadigan uzun, chang bosgan koʻylagiga tirishgan qaltiroq qoʻli bilan ul-bul yegulik solingan kichkina tugun qistirib olgandi.

U atrofni qoʻrqa-pisa kuzatdi, uning yuzida soqchi koʻrinishi bilanoq oʻzini tik qiyalikdan vodiyga tashlash jur’ati namoyon edi. Va nihoyat u etagida yarimchirigan oʻrindiq turgan, yogʻoch xoch joylashgan dovonga yetib keldi. Mixael Pitala choʻqindi va oʻrindiqqa horgʻin oʻtirdi. Tugunni yoniga, maysaga qoʻydi va atrofga nazar tashladi. Ikki tomondan ham yoʻl nishablikka qarab ketardi. Uning koʻz oʻngida oʻrmonli vodiy gavdalandi. Atrof qanday goʻzal! Uzoqda, kulrang choʻqqilar orasida azim Bobotogʻ qad koʻtarib turibdi. Undan nariroqda Taqirtogʻ, uning yon-verida esa Mixaelning ota joylari… Shuncha yillardan keyin, ikki-uch kun oʻtib u oʻrmonning yoqasiga qadar yoyilgan qoʻralar, moʻ‘jaz ibodatxona joylashgan ona qishlogʻini koʻradi.

Togʻlar orasiga asta botayotgan quyoshning nurlari soʻnib borardi. Qochoq oppoq qirov qoʻngan boshini quyi egganicha kechmish hayotini esladi. Koʻp yillar avval u ish qidirib xotini va bola-chaqasini olib Germaniyaga otlandi. U yerda ter toʻkib holdan toyguncha mehnat qilishdi, hayotning achchiq-chuchugiga sabr qilishdi. Qish oylaridan birida u ishsiz qoldi va butun oila ochlik domida qoldi. U yaqinlarining qiynalganlariga chiday olmadi va avval ularni, soʻng oʻzini zaharlab oʻldirishni oʻylab qoldi. Ogʻuni tayyorlab, mudhish rejasini amalga oshirdi. Xotini va bolalari oʻldi, lekin u tirik qoldi. Tuzalib ketganidan soʻng uni uzoq yilga ozodlikdan mahrum etishdi. Koʻp yillar ish davomida olisdagi bulutli togʻlarga havas ila qarab, yana oʻsha yerga borishni orzu qilardi. Nihoyat, u qamoqdan qochishga erishdi. Mana, hozir shu yerda…

Mixael Pitala yana atrofga nazar soldi. Quyosh tobora pastlab botib borardi. Bobotogʻ choʻqqisi shafaq bagʻriga singib ketdi. Shafaq. Magʻrib tomonda toʻq-qizil olovli shar asta togʻ ortiga botdi. Kechki qizil shu’lalar togʻ bagʻrida erib ketdi. Undan keyin goh parchalanib, goh yana qoʻshilib tuman pardasi koʻtarildi. Qandaydir oʻzgacha gʻira-shira qorongʻulik oʻrmonni burkab oldi. Iliq shamol esa ignabarg hidini atrofga sochdi. Pastda katta toshlari zamburugʻ bilan qoplangan togʻ nishabligi yastanib yotibdi. Sershovqin soy toshdan toshga va ildizi bilan qoʻporilgan daraxtlarga urilib oqar, baland tilogʻoch va qaragʻaylar orasida koʻrinmay ketardi.

Qochoq soqol qoplagan yuzini quyi indirgan koʻyi pinakka ketdi. Tushiga uyi kiribdi. Lekin u oqsoqol qariya emas, navqiron yigitcha edi. U hozirgina oʻrmondan qaytgandi. Mana, oʻchoqdan chiqayotgan tutun oʻrlagan kulbadagi oʻzining kichkina xonachasi. Mana, otasi, onasi, butun oilasi. «Mixalek, sen qaerda buncha koʻp qolib ketding?» deb soʻrashyapti. Soʻng hammalari xontaxtaga oʻtirib ovqatlanishadi, gurunglashib oʻtirib qoʻy sutidan ichishadi. Qoʻshnilar chiqadi. Oʻrmonda oʻrtogʻi Konichkani ayiq qanday qoʻrqitganini aytib berishadi. U oʻchoqqa oʻtin tashlaydi. Oʻtin charsillab yonib, qurum bosgan xonani yoritadi. Tashqaridagi qoʻraga qaytayotgan mollarning ma’rashini eshitib oʻtirish qanchalik yoqimli. Ibodatxona qoʻngʻirogʻi chalinadi. Hammalari turishadi, choʻqinib, baland ovozda ibodat qilishadi. Olov esa charsillab yonadi... Birdan ogʻir qadamlar qochoqning tushini buzib yuboradi.

Oʻrnidan turarkan, yerdan chiqdimi, osmondan tushdimi, qaerdandir paydo boʻlgan mirshabni koʻrdi. Uning miltiq nayzasi tunning soʻnggi shu’lalarida dahshatli yaltirardi. Mixael Pitala tugunini olib, bir sakrashda narigi yoʻlga oʻtib, togʻ nishabligiga qarab yugurdi. Uch marta «Toʻxta, toʻxta, toʻxta!» buyrugʻidan soʻng gʻira-shira oʻrmonning tun sokinligida koʻp marta oʻq ovozi aks-sado berdi. Oʻq yegan boshini egganicha qochoq oldinga va yuqoriga intilardi. Oxirgi marta botayotgan quyoshni va togʻlar tizmasini koʻrib qolishga harakat qilardi. Quyosh botdi.

Vodiyning allaqaerida kechki ibodatga chaqiruvchi cherkov qoʻngʻirogʻi chalindi. Yuqorida, yoʻldagi yogʻoch xoch yonida turgan mirshab qalpogʻini yechdi va ibodat qila boshladi: «Tangri malaklari...»

Miltiqning ogʻzidan osmonga koʻtarilayotgan tutun soʻroq belgisi shaklini eslatardi. Oʻrmon osmonida oy chiqib, qiyalikda yotgan qochoqning murdasini xira nurlari bilan yoritayotganda, uning koʻkargan lablari asta pichirladi: «Vatan! Vatan!»

1902