OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifYuriy Bondarev
Asar nomiBizni kechiring (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/Rus adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Yuriy Bondarev
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonKarimaxon Tolipova
Hajm7KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/11/18
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Bizni kechiring (hikoya)
Yuriy Bondarev

Pavel Georgiyevich Safonov ancha yillardan buyon katta bir zavodda konstruktor boʻlib ishlab kelayapti. U oʻzining tajribasi, bilimi, uddaburonligi bilan hamkasblari, rahbarlar orasida ancha-muncha obroʻ-e’tiborga sazovor boʻlgan.

U har yili qishning sovuq kunlari tugashi bilan ta’tilga chiqadi. Bu yil ham izgʻirin kunlardan qutulib olgan Safonov Qrimning janubiy sohilidagi sihatgohlardan birida dam olib qaytdi. Toʻyib uxladi, asablariga dam berdi, xullas, keyingi ishlariga kuch toʻpladi. Moskvaga qaytayotgan poyezd yoʻl-yoʻlakay jonajon yurti, tugʻilib oʻsgan shaharchasida toʻxtadi. Shu payt uning koʻnglida oʻzgacha bir tuygʻu paydo boʻldi. Kimdir uni ana shu stansiyada tushishga undayotgandek boʻlardi. Toʻsatdan koʻngilga kelgan bu istak axiyri tushib qolishga majbur qildi.

Ish bilan boʻlib, bu yerlarga anchadan beri kelmagan edi. Poyezddan tushdi-yu, esidan ham chiqib ulgurgan shaharchani aylanishga tushib ketdi. U xarobgina koʻchalarga, anchadan beri ta’mirlanmagan binolarga birma-bir nazar tashlar, xuddi ularni eslagandek boʻlardi-yu, baribir, hech narsani xotirlay olmasdi. Daraxtlar orasida koʻrinib turgan bir bino unga boshqalaridan koʻra iliqroq koʻrindi. Nihoyat esladi, bu uning jonajon maktabi. U avval qanday boʻlsa shundayligicha turibdi, hech oʻzgarmagan. Oʻsha devor, oʻsha hovli...

Maktabning oʻng tomonida kichkinagina hovlicha boʻlardi, u hozir ham xuddi oldingiday turibdi. Bu mittigina kulbacha unga bolaligini eslatdi. Bu uyda uning matematika oʻqituvchisi Mariya Petrovna yashar edi.

Qiziq, nega u shu paytgacha sevimli oʻqituvchisini hech eslamagan ekan? Bir paytlar Safonov ana shu muallimaning eng zukko, eng bilimdon oʻquvchilaridan edi. Mariya Petrovna Safonovning matematikadan iqtidori borligini koʻp ta’kidlardi. Ha, Mariya Petrovna uning eng yaxshi oʻqituvchilaridan biri edi. Koʻrishmaganlariga ham ancha boʻldi. Hozir ham shu yerdamikin? Hayotmikin?

Ana shunday xayollar bilan Safonov oʻsha moʻjazgina uyning zinasiga yaqinlashib qolganligini sezmay qoldi. Yurak toʻla hayajon bilan eshikni taqillatdi.

– Kim bu? – degan ovoz eshitildi-yu, eshik oldida oʻrta boʻyli, nozikkina bir ayol paydo boʻldi. Bu xoksor ayol Mariya Petrovna edi. U mehmonni boshdan oyoq koʻzdan kechirib, birdan:

– Pasha Safonov?.. Pasha? – deb yubordi.

Sevinchi ichiga sigʻmay ketgan muallima oʻquvchisini uyga taklif qildi, dasturxon yozib, hol-ahvol soʻray boshladi:

– Xoʻsh, Pasha, qaysi shamollar uchirdi bu yerlarga? Seni bunday atayotganimga yana xafa boʻlmagin. Ancha oʻzgarib ketibsan... Gapir-chi, nima gaplar olamda, xizmat safari bilan keldingmi?

– Yoʻl-yoʻlakay oʻta turib, bir koʻrib ketay dedim-da, – u shunday dedi-yu, birdan aybdor insonday yerga qarab oldi.

– Aytganday, gazetalarda sen haqingda tez-tez oʻqib turaman. Uylandingmi, ishqilib? – oshiqib soʻradi u.

– Ha, Mariya Petrovna, oilam, bitta oʻgʻlim bor.

– Juda yaxshi, ishingdan gapir, nimalar bilan mashgʻulsan?

– Yangi loyihalar ustida ishlayapman, Mariya Petrovna.

Safonov bir kulib qoʻydi-da, maktabidan soʻz ochdi:

– Sinfdoshlarimiz kelib turishadimi, yaxshi yurishibdimi?

– Sinfingizni koʻp eslayman... Oʻziyam maktabdagi eng shoʻx, eng toʻpolonchi oʻquvchilar sizlarda edi. Lekin shunga qaramay deyarli hammangiz yaxshi oʻqirdingiz.

– Mariya Petrovna, esingizdami, siz menga algeb-

radan ikki qoʻy-

gan edingiz?

– Ha, uy vazifasini bajar-

maganing uchun. Sen matema-

tikadan kuchli eding, lekin dan-

gasaliging bor edi... Misha Shexter esing-

dami?

– Boʻlmasam-chi. Hammamiz uning adabiyotdan yozgan insholarini yaxshi koʻrardik.

– U jurnalist boʻlib ketdi, – sekingina aytib qoʻydi Mariya Petrovna. – Maqolalarini tez-tez oʻqib turaman. Sogʻinaman uni, lekin koʻrmaga-

nimga ancha boʻldi.

– Eshitishimcha, Vitka Snegiryov Uralda zavod direktori ekan. Men uni Moskvada koʻrgandim: ancha savlatli, tanib boʻlmaydi. U kelib turgandir?

Javob boʻlavermagach, Safonov yana gap boshladi:

– Oʻzi sinfimizdan kimlar keldi, Grisha Samoylov ham yoʻqlama-

dimi? Artist esingizdami, uning iste’dodini juda qadrlardingiz.

– U suratga tushgan filmlarni maza qilib tomosha qilaman.

– Mariya Petrovna, balki, birortasi xat yozgandir? Esingizdami, Volodya Boykov, Nina Vinokurova deganlari boʻlardi. Yura Gril? Undan biror xabar bormi?

– Yoʻq, Pasha, – dedi u ohistagina. – Kolya Sibirtsev kelib turadi. U shu yerda zavodda ishlaydi. Uning hayoti koʻngildagiday boʻlmadi.

Shunda oraga sukunat choʻkdi. Safonov oʻzining, sinfdoshlarining ustozga nisbatan bunchalar behurmat boʻlganidan uyalib ketdi. Gapirishga gap topolmay, atrofga nazar tashlay boshladi. Birdan koʻzi samolyotsozlikka oid kitobga tushdi. Bu kitobning muallifi hozir aybdorlarday uyalib oʻtirgan ana shu olim edi.

– Mariya Petrovna, bu kitobni qayerdan oldingiz? Axir, uning sizga hech ham qizigʻi yoʻq-ku?
— Sohang menga begona boʻlsa-da, sening kitobing boʻlganligi sababli sotib oldim.

Safonov kitobni qoʻliga oldi-yu, yana oʻyga choʻmdi, oʻz-oʻzini ayblay boshladi. Hurmat yuzasidan u kitobini oʻzi sovgʻa qilishi, birinchi betiga tilaklar yozib berishi darkor edi. Lekin...
— Mariya Petrovna, keling men sizga oʻz tilaklarimni yozib beray.

Kutilmaganda, kitob ichidan kichkinagina qogʻozcha tushib ketdi, shoshilib uni yerdan olar ekan, bir paytlar gazetadan qirqib olingan oʻzining suratini koʻrdi.

–Yaxshi yozibsan... Boshdan-oxir oʻqib chiqdim. Suratni gazetadan estalik uchun qirqib oldim. Koʻrgan zahotim senga telegramma bergan edim.

U goʻyo noxush bir narsani olganday shosha-pisha varaqchani kitob ichiga yashirdi, uni uyat va oʻz-oʻzidan nafratlanish hissi qopladi. Endi esladi, haqiqatan ham, bundan ikki yil muqaddam bir qancha tabrik telegrammalari kelgan edi. Demak, u boshqa telegrammalar qatori Mariya Petrovnaning maktubini ham javobsiz qoldirgan ekan. Oʻz-oʻzidan nafratlanib, birdan bu yerdan chiqib ketgisi keldi. Ketishga chiqqanida oʻqituvchisi uni kuzatayotib toʻsatdan soʻradi:
— Pasha, ayt-chi, sening muvaffaqqiyatlaringda mening jindek boʻlsa ham hissam bormi?
— Mariya Petrovna, nimalar deyapsiz? Agar siz boʻlmaganingizda...

Muallima uning koʻzlariga tikilib dedi:
— Rahmat senga, meni benihoya shod etding. Ertaga butun maktab sening tashrifing haqida eshitadi. Men hammaga faxrlanib hikoya qilib beraman. Mayli, Pasha, ishlaringda omad yor boʻlsin...

Pavel Georgiyevich yoʻl boʻyi uyatdan ich-ichini kemirdi. U maktabdoshlari, sinfdoshlari, yoshlikdagi doʻstlarini birma-bir eslab chiqdi. Har biriga alohida-alohida maktublar yoʻllagisi keldi, lekin ulardan birortasining ham manzilini bilmasdi. Axiri, Mariya Petrovnaga uzundan-uzoq kechirim xatini yozishga qaror qildi. Baxtga qarshi ustozining ham uy manzilini eslay olmadi. Oʻylay-oʻylay yechim topdi: u maktubni maktab manziliga joʻnatadigan boʻldi.

Poyezddan tushdi-yu, hech ikkilanmay pochta shaxobchasiga yoʻl oldi. Mariya Petrovna nomiga telegramma yozdi. Maktub bor-yoʻgʻi ikki soʻzdan iborat edi: «Bizni kechiring».

«Ma’rifat» gazetasidan olindi.