OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Yusuf Siddiq. Evrilish (hikoya)
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifYusuf Siddiq
Asar nomiEvrilish (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Milliy adabiyot
Mualliflar
   - Yusuf Siddiq
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm17KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/10/08
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Evrilish (hikoya)
Yusuf Siddiq

Ikki ming ...nchi yilning yozi. Saraton quyoshi olov purkaydi. Boz ustiga afgʻon shamoli chiyaboʻridek uvillaydi. Shamol zabtiga olib, koʻz koʻrmas bahaybat panjalari bilan qumlarni havoga sovuradi.

Qum barxanlari etagidan paxta dalalari boshlanadi.

Tuman hokimi Toʻraqul shunday havoda yoʻlga chiqqanidan pushaymon boʻlib, dimogʻida allanimalardir dedi. Shofer boshligʻining gapini yo eshitmadi, yo tushunmadi.
— Nima, garangmisan, mashinani shiyponga bur, deyapman senga! — deb ovozini balandlatdi hokim.

Tuman markazidan to shu yergacha besh-olti marta mashinani toʻxtatib, radiatrga suv solishga toʻgʻri kelgani uchun xunobi oshib turgan shofer alamini mashinadan oldi — qattiq tormozdan almisoqdan qolgan «UAZ»; munkib ketgandek boʻldi.
— Sekinroq bossang oʻlasanmi, axmoq!

Shofer yana miq etmadi. Rul ushlagan qoʻllarining tomirlari oʻynab chiqdi. U asabiylashayotgan edi. Sababi hokim boboning mashinasini haydaydi-yu, bir necha oydan beri maoshdan darak yoʻq. Ikki uch marta aytib koʻrgan edi, «ochdan oʻlayapsanmi, sabr qil, bitta-yarimta fermerga aytib, pul tushurtirib beraman»;dan nariga oʻtmaydi. Xotini «butun ham pul topib kelmasangiz, eshikdan kiritmayman!»; deb oʻdagʻaylab qolgan.
— Shu yerda kutib tur, — hokim mashina eshigini ochib, tashqariga chiqdi. Bu yerga nima maqsadda kelganini eslab, dili yanada xufton boʻldi.
— E, keling, keling, Toʻraqul Joʻraqulovich, biz tomonlarga sizni qaysi shamol uchirdi? — divanda gazeta varaqtab oʻtirgan ayol istar-istamas oʻrnidan turdi.
— Sizning shamolingiz-da, Alomatxon.

Ayolning qalam bilan chizilgandek ingichka qoshlari «tushunmadim?»; ma’nosida chimirildi.

"Obbo, qovun tushurib qoʻydim chogʻi» deb oʻyladi hokim va shosha-pisha gapni ulab ketdi:
— Paxtakorlarning holidan bir xabar olay dedim. Alomatxon Hamidovna, ancha paytdan beri bunaqa shamol boʻlganini eslolmayman.
— Shamol emas, balo boʻldi bu, dedi ayol yumshab. Mushtdek-mushgdek keladigan koʻsaklarni bir-biriga urib, chaqib yuborayapti.
— Ha, yomon boʻldi.
— Sharofatxon, hoʻ Sharofatxon, — deb chaqirdi ayol. Shiyponning bir burchida kompyuter oldida kuymalashib oʻtirgan juvonlardan biri ovoz berdi:
— Eshitaman, opa?
— Avval choy qoʻyib yuboring. Soʻng tuman gidrometstantsiyasiga chiqib soʻrang-chi, qirchiningdan qiyilgur shamoli yana necha kun boʻlarkan? Ha, yana, paxta zavodiga qoʻngʻiroq qiling, sozlash ishlarini bugun tugatishmasa naladchiklarning barini haydab yuboraman.
— Xoʻp, boʻladi, opa.

Hokim shiyponni zimdan nazardan oʻtkazdi. Oʻtgan safar kelganidan beri ancha yangiliklar boʻlipti. Kovrolin gilam, zamonaviy mebellar, «uy teatri»; deb yuritiladigan televizor. Besh-olti nafar xotin-qiz shamol toʻxtashini kutib qandaydir serial koʻrib oʻtirishibdi. Ular hatto hokim boboga qiyo ham boqib qoʻyishmadi. «Bunaqa sharoit hokimiyatdayam yoʻq. Zamon endi shularniki. Pul —shularda, izzat-obroʻ shularniki. Ordenu medallar ham shularga. Besh yil hokim boʻlib, shapaloqdek maqtov qogʻozini koʻrmadim. Mana bu oyimcha olgan mukofotlarning sanogʻiga yetish qiyin. Fan doktori! Unvonlarini sanab sanogʻiga yetish qiyin. Men yigirma yildan beri nomzodlik ishimni tugatolmayman»;, — deb ichqoralik bilan oʻyladi hokim.

Uning xayollariii mobil telefoniniig shoʻxchan qoʻngʻirogʻi buzdi. Alomatxon istar-istamas telefonni qoʻliga oldi, kim telefon qilayotganini bilgach, guldek ochilib ketdi.
— Allo, allo, eshitaman, Ishoq aka, bu sizmi? — juvon kafti bilan telefonni toʻsdi-da, hokimga qarab shivirladi:
— Isroildan.

Alomatxon telefon tugmachasini ataytab baland tovushda eishtiladigan qilib bosib qoʻydi chogʻi, olis Isroildan gapirayotgan Ishoqning buxoriy yaxudiylarining lahjasida gapirayotgani baralla eshitilib turdi.
— Alomatxon, sizni tabriklayman. Ishlar tax.
— Voy, qanday yaxshi! Tushuntiribroq gapiring, Ishoq aka?
— Ekspertlar moy zavodi loyihasini ma’qullashdi. Faqat bitta «ammo»;si bor.
— Xoʻsh-xoʻsh?
— Sutkasiga 50 tonna chigitni qayta ishlash uchun xom ashyo bilan ta’minlay olishishiga uncha ishonishmayapti.
— Buni bizlar ham oʻylab koʻrganman. Hozir paxta tozalash zavodimiz 1500 ta dehqon xoʻjaligi bilan shartnoma tuzdi. Hammasi mahsulotini bizga beradi. Bundan koʻra moy zavodining sutkalik ishlash quvvatini hech boʻlmaganda yana besh tonnaga oshirib berishsin. Tushundingizmi?
— Tushundim, Alomatxon, tushundim. Fikrlaringizni faks orqali yubora olasizmi?
— Albatta, yarim soat, yoʻq oʻn besh daqiqadan soʻng faks joʻnatamiz. Yana nima demoqchi edingiz?
— Loyihani moliyalashtirish masalasi?
— Biz bunga tayyormiz. 50 foizini hozir, 50 foizini yuk kelib tushgandan soʻng toʻlaymiz. Ma’qulmi? Ha, aytganday, uskunalarni qachon olamiz?
— Birinchi partiyasi joʻnatishga tayyorlab qoʻyilgan.
— Juda yaxshi. Ishoq aka, yana bir gap. Oʻzingiz bilasiz, bizda qorakoʻlchilik rivojlangan. Nima arzon — mol terisi. Mening xomchoʻtlarimga qaraganda bu soha ham yaxshigina daromad beradiganga oʻxshaydi.
— Bali, Alamotxon, bali! Bu sohada ham qoʻshma korxona ochmoqchiga oʻxshaysiz. Toʻgʻri topdimmi?
— Toʻgʻri desayam boʻlaveradi. Poyabzal fabrikasi qurish niyatim bor. Ammo qoʻshma-poʻshma deb oʻtirmang, yuz foiz oʻzimizniki boʻladi. Faqat uskunalar bilan ta’minlasangiz boʻldi. Bu loyiha oʻzimizning mini bankimiz orqali moliyalashtiriladi. Bahonada bankirlarimizni ham bir imtihondan oʻtkazamiz.
— Sizga gap yoʻq, juda olisni koʻzlab ish yuritasiz. Men ekspertlar bilan gaplashib, natijasini sizga xabar qilaman.
— Ma’qul.
— Yana gapingiz bormi?
— Yoʻq, Ishoq aka, salomat boʻling.
— Xayr, Alomatxon. Oʻzbekistonga, Buxoroyi sharifga uchrashguncha xayr!

Atomatxon mobil telefonni stolga quyib, hokimdan kechirim soʻragandek boʻldi:
— Uzr, Toʻraqul Joʻraqulovich, vaqtingizni oldim.

Uzr soʻrashga arziydigan gunoh qilmadingiz. Men sizga qoyil qolib oʻtiribman. Tumanimizda birinchi boʻlib xususiy paxta tozalash zavodini siz qurgan edingiz. Hozir tumanda toʻrtta xususiy zavod ishlayapti. Qoʻshni tumanlarning dehqonlari ham sizning zavod bilan shartnoma tuzganmish deb eshitdim. Mini bankingiz tuman iqtisodining barometriga aylandi. Yana moy zavodi, Poyabzal fabrikasi deyapsiz. Qoyil qolmay, tan bermay iloj yoʻq. Tabriklayman.
— Rahmat, Toʻraqul Joʻraqulovich. Bular hali xamir uchidan patir. Hammasi oldinda. Bizga vaqt yetishmayapti. Vaqt yuguruk, unga yetib olish qiyin boʻlayapti. Bunday oʻylab qarasam, umrimni besamar ishlarga sarflab yashagan ekanman. Afsus, afsus. Rejalarim shunchalik koʻpki, buning uchun vaqt yetmasmikan deb qoʻrqaman. Qaniydi, boshqa ishlardan vaqt orttirib Qarshi metropoliteni ikkinchi navbati loyihasi ustidagi ishimni tugallasam. Maqtanish boʻlsa ham aytib qoʻyay, bizning metroimiz Toshkentnikidan ham, Samarqandnikidan ham ayricha goʻzal boʻladi. Metroning barcha stantsiyalari buyuk ajdodlarimiz, shoiru yozuvchilarimiz nomi bilan ataladi. Bedil, An-Nasafiy singari. Markaziy stantsiya Sohibqiron bobomiz nomlarida boʻladi. Bu manzilni ikkinchi Tojmahalga aylantiramiz! Kulyapsizmi? — Alomatxon suhbatdoshining lablaridan istehzoli nimkulgini payqab qoldi. — Kulmang. Mamlakatdagi obroʻli ilmiy muassasaning mana bu xulosasi bilan tanishib chiqing.

Hokim juvon bergan qogʻozga koʻz yugurtirib chiqdi. Alomatxon suhbatdoshi hujjat bilan tanishib chiqishini sabr bilan kutib oʻtirdi.
— Marmar oʻzidan nur taratar ekanmi? — soʻradi hokim ishonqiramay. — Qiziq, juda qiziq.
— Kesh marmari shunday xususiyatga ega. Buning uchun maxsus ishlov beriladi, xolos. Tasavvur qiling, yakin-atrofda bironta ham elektr chirogʻi yoʻq, lekin hammayoqqa nimtatir yorugʻlik tushib turibdi. Sohibqiron tulpori bilan tun bagʻridan oydek balqib chiqib kelayapti. Qoʻlida baland qoʻtarilgan tinchlik tugʻi. Dunyoning qaysi shahrida koʻrgansiz bunday manzarani?

Hokim savolga javob bermadi. Nimayam desin, umrida Moskovdan narini koʻrmagan boʻlsa. Roʻparasida oʻtirgan ayol Yaponiya, Amerika, Angliya, Olmoniya, Misr mamlakatlarini kezib chiqqan. Kezib chiqqangina emas, oʻsha mamlakatlarning studentlariga ma’ruzalar ham oʻqigan.

Alomatxon suhbatdoshshshng qosh-qovogʻi osilganini qoʻrmaganga oldi. U bugun negadir hokim bilan ochilib-yozilib suhbatlashishni istayotgandi. Bunga balki eski gazeta taxlamlaridan birida oʻqigan maqola, aniqrogʻi feleton sabab boʻlgandir. Feleton muallifi «besh ming yillik davlatchilik tarixiga ega boʻlgan xalqning noni nega butun boʻlmayotir?»; degan savolni koʻndalang qoʻygan va bu savolga oʻzi bilgancha javob berishga uringandi. Uning ta’kidlashicha, dehqonning noni yarimta boʻlishiga, kosasi oqarmayotganiga notoʻgʻri mahalliy boshqaruv tizimi sabab boʻlgan emish. Goʻyoki hokimlar oʻzlarini ishlayotgan qilib koʻrsatish uchun xar xil tekshir-tekshirlarni oʻylab topishayotganmish. Har bir tekshiruvchiga aybdorni topish rejasi berilar ekan. Rejani bajarmagan xodimning oʻzi tekshirilarkan. Muallif bitta qiziq misolni keltirgan. Emishki bitta dehqon xoʻjaligi rahbari hokim ruxsatisiz chigit ekishni boshlab, hammadan oldin ekib boʻlgani uchun paxta maydonini buzib, qayta ekishga majbur etiladi. Bu ham yetmagandek tomorqaga ekilgan boshqa ekinlar shudgor qilib tashlanadi. Oʻjar dehqon yana boshqalardan oldinroq chigitni ekib koʻkartirib oladi.

Hokimning ruxsatisiz chopiq qilgani, gʻoʻzani sugʻorgani, chilpitgani, xullas planni birinchi boʻlib bajargani uchun boshi malomatdan chiqmaydi. Hokim bilan Dehqon oʻrtasidagi ixtilof ham eniga, ham boʻyiga oʻsib boraveradi. Xullas, maddalagan yara bir kun paq etib yoriladi.
— Senga mening mansabim kerak, shuning uchun oʻlib-tirilib ishlayapsan! — deydi hokim Dehqonga.
— Nima, arzimaymanmi? - deb kekirdagini choʻzadi Dehqon ham.

Shundan soʻng tekshir-tekshir boshlanadi. «Oʻynashmagin arbob bilan, arbob urar har bob bilan!»;. Shunday boʻladi. Urganda ham qaytib turmaydigan qilib uradi.

Yillar oʻtadi. Dehqon non-nasibasini terib yeb, uyiga, dalasiga qaytadi. U endi qoʻl uchida ishlaydi. Parvozga intilgan bolasini yelkasidan bosib:
— Qayoqqa shoshasan, uchsang anavilar boli-patingni yulib tashlashadi, - deydi. Soʻng hayotdan olgan falsafiy oʻgitini aytadi: - Bolam, bu dunyoda odam qoziqqa oʻxshaydi. Qoziqning uch tomoni boʻlsang, urib yerga kiritib yuborishadi, orqa tomoni boʻlsang, pachagʻingni chiqarishadi. Qoziqning oʻrtasi boʻlib yasha — yerga ham kirib ketmaysan, kaltak ham yemaysan.

Faylasuf — Dehqon har kun dalaga boradi, yuqorining chizgan chizigʻidan chiqmaydi. Rejani bajarmasa ham, kun oʻtarga ishlasa ham u bilan birovning ishi yoʻq. Goʻyoki dunyoda bunday odamning oʻzi boʻlmagan!

Juvon feleton qahramoni bilan roʻparasida oʻtirgan hokimni oʻzicha qiyoslab koʻrdi — yer bilan osmoncha farqi bor. Avvalgisi mansab kursisi uchun iymonini ham sotishdan toymaydigan, burnidan narini koʻrolmaydigan bir nusxa. Bunisi xiyla zamonaviy, dehqonu tadbirkorning mehnatini qadrlaydi, ularning yoniga borganda hurmatini qilib, yotigʻi bilan gaplashadi. Ba’zan dehqonning fikrini oʻzinikidan «yuqori»; qoʻyadi. Durustgina ilmi bor. Qachonlardir, hokimiyatga kelmasidan burunroq, bitta ixtirosi rosa shov-shuvga sabab boʻlgan. Ixtiro masofadan boshqariladigan sabzi toʻgʻrash kombayni haqida. Agregat ikki qozon, uch qozon palovning sabzisini bir necha daqiqa ichida sochning tolasidek qilib, bir xil oʻlchamda toʻgʻrab tashlarkan. Bu ixtiro maqtovga emas, qattiq qarshilikka uchraydi. «Yarim tungacha sabzi toʻgʻrab, hangoma qilinmagan toʻy-toʻy emas, koʻtar bunaqa matohingni»; degan qabilda gap boʻladi. Shu-shu, elektron sabzi toʻgʻragich buzib tashlanadi.

Hokimda yangilikdan hayiqish kuchli. Hech vaqt birinchi boʻlishni istamaydi. Soʻzamol, ammo jur’ati kam. Shu sababli hozir ham dilidagini tiliga chiqarolmay mum tishlab oʻtiribdi. Darvoqe, bunday rasvo kunda hokimning dabdurust tashrifidan maqsad nima?

Alomatxonning oʻyga tolganini koʻrgan hokim buni oʻzicha tushundi. Yerning ostida ilon qimirlasa sezadigan juvon hokimning nima niyatda, aniqrogʻi iltimos bilan kelganini anglaganga oʻxshaydi. Shu oʻrinda shoirning «Iltimosga kuning qolmasin»; degan mashhur satrlari yodiga tushdi. Hokim oʻzi uchun pul soʻrab kelgani yoʻq. Soʻramaydi ham. Ammo uch oydan beri maosh olmayotgan shoferiga ish haqi uchun ozroq pul kerak. Qolaversa hokimlik joylashgan binoning ijara puli toʻlanmagan. Pul deb kimga borsin? Bunday xarajatlar davlat byudjetidan soqit qilshgganiga koʻp yillar boʻldi. Hokimliklar oʻzini oʻzi mablagʻ bilan ta’minlashga oʻtib olgan. Qoʻshni tuman hokimliklari nafaqat oʻzini ta’minlayapti, balki kam ta’minlangan oilalarga, mayib-majruhlarga ham koʻmak berib turibdi. Ular katta-katta korxonalar, shirkatlar bilan bemalol bellasha oladigan moddiy va ma’naviy kuchga ega. Jamiyat shulardan quvvat olib, kundan kunga yashnayapti.

«Men vazifamni uddalay olmayotganga oʻxshayman, — deb oʻyladi hokim achinish bilan. — Boʻshatishsa qaerda ishlayman? Kim menga ish beradi? Tongotar yigʻilishlar qilib, fermerlar bilan yoqalashishdan boshqa nima hunar orttirdim?»;

Hokimning xayolini Alomatxonning oʻktam ovozi buzdi:
— Toʻraqul aka, nomzodlik dissertatsiyangiz nima boʻldi? Allaqachon yoqlasangiz boʻlardi?

«Obbo, nozik joyimdan tutdi-ku»;:
— Oʻzingiz aytgandek vaqt defitsit boʻlib turibdi, Alomatxon Hamidovna.
— Tushunaman, ammo dissertatsiyaga vaqt topish kerak. Bugun kelgan ilhom ertaga kelmasligi mumkin.
— Toʻgʻri. Yaqinda ilmiy ishimni qoʻlga olib, varaqlasam, ancha narsa eskirgandek koʻrindi. Oldingi joziba yoʻq...
— Xaq rost... Toʻraqul Joʻraqulovich, xafa boʻlmasangiz bir narsa soʻramoqchiman?
— Soʻrang?
— Adashmasam asli kasbingiz elektronchi — muhandis, toʻgʻrimi?
— Ha, shunday.
— Tilla bersa arziydigan kasb! Nega oʻz mutaxassisligingiz boʻyicha ishlamayapsiz?
— Hokim boʻlib ishlayapman-ku?
— Menimcha xalqqa sizning hokimligingizdan koʻra muhandisligingiz koʻproq foyda keltiradi. Hokimlik kerak, elga rahbar ham zarur. Lekin bitta elektronchi muhandis tayyorlash uchun oylar, yillar kamlik qiladi. Xoʻp desangiz uyushmamizning bosh menenjerligini sizga berardik. Oyda bir marta chet ellarga xizmat safariga borib turasiz.

Hokimning yuzida ikkilanish alomati paydo boʻldi. Alomatxon qistovni kuchaytirdi:
— Men ham dastlab sizga oʻxshab ikkilanganman. «Kimsan — viloyat hokimining xotin-qizlar masalasi boʻyicha oʻrinbosari! Hamma soyangga salom beradi»;. Ana shu izzat-hurmatdan voz kechib, amaliyotga oʻtib toʻgʻri qilgan ekanman. Qarang, qoʻlimni qayoqqa uzatsam yetadi. Bir vaqtlar chet ellarga borib, ish oʻrgangan boʻlsak, endi ular kelib bizdan ish oʻrganishayapti. Aljabrni ixtiro qilgan bobolarimiz ruhi oldida hamisha qarzdormiz. Lekin bugun gʻurur bilan ayta olamiz — hozirgi avlod oʻz ajdodlaridan ancha ilgarilab ketdi. Koʻli qadoq mana bu qizimiz, — Alomatxon Isroilga yuboriladigan faksga imzo qoʻydirish uchun bir chetda odob bilan kutib turgan Sharofatxonga ishora qildi, — fan nomzodi, yana ilmiy ish qilayapti, desam balki birovlar ishonmas. Bu ayol gʻoʻzaning sanoatbop yangi navini kashf etdi. Turfa rangli paxta tolasi ustidagi tajribalaridan oʻzingiz xabardorsiz.

Hokim yalt etib Sharofatxonga qaradi — uning tajribalari haqida gazetadan oʻqigandi. Ammo shunday ajoyib olima oʻzi rahbar boʻlgan tumanning chekka bir xoʻjaligida ishlashini bilmasligiga hayron boʻldi. Albatta buni suhbatdoshiga sezdirmadi, faqat hayajondan tupugini qilt etib yutishdan oʻzini toʻxtatolmadi.
— Toʻraqul Joʻraqulovich, taklifimni oʻylab koʻring. Kelasi oyda xalqaro anjuman oʻtkazishimiz kerak. Sizga oʻxshagan mutaxassisning yordami juda-juda zarur.
— Men oʻylab koʻray, Alomatxon Hamidovna, — hokim shunday deb ketish uchun oʻrnidan turdi. Uning harakatlaridagi taraddud juvonning e’tiboridan qochmadi.
— Toʻraqul aka, biroz shoshmay turing, — dedi hokimga, soʻng Sharofatxonning oldiga borib bir nimalar dedi. U tasdiq ishorasini qilgach, qayoqqadir qoʻngʻiroq qildi.

Alomatxon hokimning oldiga qaytdi:
— Toʻraqul Joʻraqulovich, hokimiyat hisob raqamiga yordam jamgʻarmamizdan mablagʻ ajratish haqida topshiriq berdim.

Hokim allanechuk boʻlib ketdi. Koʻz oldida shoferining tund qiyofasi quvnoq chehra bilan almashdi. Lablari titrab, koʻzlari namlandi. Hokim biroz tursa yigʻlab yuboripgdan qoʻrqdi — Alomatxonning qoʻlini siqdi-da, eshikka yoʻnaldi.

Yoʻl-yoʻlakay hokim zamon oʻzgarib kettanini, bugungi hayotni kechagi kunning qarichi bilan oʻlchab boʻlmasligini oʻylab bordi.
— Hokimlikdan ketaman, Alomatxonga oʻxshab hammasini boshdan boshlayman, — deb shivirladi u.

Haqiqiy boʻronga aylangan shamol ham endi uning gʻashiga tegmayotgandi, aksincha qoʻltigʻidan kirib porloq istiqbol sari uchirib borayotgandek tuyuldi...