OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

1 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifZahiriddin Muhammad Bobur
Asar nomiBoburnoma
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/temuriylar davr adabiyoti
Boʻlimlar
   - Memuarlar
Mualliflar
   - Zahiriddin Muhammad Bobur
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Kitoblar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
NashriyotToshkent, «Yulduzcha» nashriyoti, 1989
Hajm231KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2011/08/30
Manbahttp://forum.ziyouz.com/ind...


Nashr belgilari
Nashrga tayyorlovchi: Porso Shamsiev
Muharrir: A’zam Oʻktam



iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Boburnoma
Zahiriddin Muhammad Bobur

Nashr haqida

Oʻzbek klassik adabiyotining XV asr oxiri, XVI asr boshlarida yashab ijod yetgan atoqli namoyandalaridan Zahiriddin Muhammad Bobur oʻzining qarama-qarshilikli, murakkab va qisqa hayotida (1483—1530) anchagina asarlar yaratgan boʻlsa-da, ularning hammasi bizgacha yetib kelgan emas.

Boburning hozirgacha ilm xazinasiga kelib qoʻshilgan asarlari — uncha toʻliq boʻlmagan bir devoni, islom dini asoslariii bayon etuvchi «Mubayyin» nomli she’riy risolasi, «Volidiya» atalgan tasavvufga oid bir kitobchaning nazm bilan tarjimasi, Bobur ixtiro etgan va «Xatti Boburiy» nomi bilai mashhur boʻlgan alfavit jadvali hamda qoʻlingizdagi «Boburnoma» asaridan iboratdir.

Boburdan qolgan ijodiy merosning eng muhim va eng yirigi Oʻrta Osiyo, Afgʻoniston, Hindiston va Eron xalqlari tarixi, geografiyasi, etnografiyasiga oid nodir va qimmatli ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan va oʻsha davr oʻzbek klassik adabiyoti va adabiy tilining yorqin namunasi boʻlgan «Boburnoma» asaridir. Bu asar mazmunining rang-barangligi, bir jahon materialni oʻz ichiga olganligi, til va uslubining goʻzalligi bilan XVIII, ayniqsa XIX asr sharqshunos olimlarining diqqatini oʻziga tortgan va uning turli qoʻlyozma nusxalari izlana boshlagan va gʻarb tillariga tarjima qilishga kirishilgan edi.

Asarning asli nomi «Boburiya» boʻlsa-da, uni «Voqeanoma», «Tuzuki Boburiy», « Voqeoti Boburiy» deb atadilar, keyinchalik asar «Boburnoma» degan nom bilan mashhur boʻlib ketdi[1].

Bu asarning mavjud toʻliq teksti 1857 yilda turkolog N. I. Ilʼminskiy tomonidan Qozonda tipografiya yoʻli bilan oʻzining toʻrt betlik nashr prinsiplarini koʻrsatgan ruscha soʻz boshisi bilan bosilgan. Asarni nashrga tayyorlash va dunyoga chiqarishda rus olimi N. I. Ilʼminskiyning zoʻr faoliyat koʻrsatganini alohida qayd etish kerak.

Bu nashrdan keyin 1905 yilda ingliz orientalistlaridan A. Beverij xonim «Boburnoma»ning Haydarobodda topilgan bir qoʻlyozmasiiing faksimilesini (qoʻlyozmaning ayni oʻzini sinkografiya yoʻli bilan nashr etdi. Bu nusxaning qachon va kim tomonidan koʻchirilgani noma’lum. Bu ham toʻliq tekst boʻlsa-da, qozon bosmasiga nisbatan ba’zi tushib qolgan joylari va ayrim nuqsonlari bordir. Lekin umuman olganda har ikkala nusxa ham ayrim-ayrim nuqsonlardan xoli emasdir.

London iusxasining afzalligi shundaki, bunda A. Beverij nusxaning ayni oʻzini berib juda yaxshi ish qilgan, shu bilan birga asar oxirida mukammal kishi ismlari, geografiya va qabila, urugʻ nomlari koʻrsatkichi berilgan va ingliz tilida oʻn betlik soʻz boshisi ham bor. Lekin koʻrsatkichlarni transliteratsiyasiz arab yozuvi bilan berilishi nomlarni toʻgʻri oʻqish masalasini qiyinlashtiradi.

Mana shu ikki mavjud nusxaga asoslanib, 1948—1949 yillarda «Boburnoma»ning ikki qismdan iborat toʻliq teksti bosib tarqatilgan edi[2]. Bu nashr yangi oʻzbek alifbosida, kishi va geografik nomlar koʻrsatkichi, toʻliq lugʻat, ba’zi bir qisqa izoh va tarjimalar ilovasi bilan bosilgan edi.

Shundan keyin «Boburnoma»ning toʻliq teksti 1960 yili qayta nashrga tayyorlandi va nashr etildi.

Ilgarigi nashri kabi bu nashrga ham yuqorida zikr etilgan London va Qozon bosma nusxalari asos qilib olindi. Shu ikkala nusxaga qaytadan taqqoslanib, ikkisiga ham tanqidiy qaraldi. Birisini birisi toʻldirish yoʻli bilai tuzilgan mazkur tekstni anchagina mukammallashgan desa boʻladi. Nusxalarda ma’no jihatidan farq qiladigan soʻzlar kelganda bundaylarning farq va variantlari bet ostida koʻrsatila borilgan. Shu jihatdan bu nashrning bet osti izohlari avvalgiga nisbatan anchagina koʻpaygan edi.

Bu nashrni tayyorlash davomida ayrim soʻz va terminlar transkripsiyasini aniqlash masalalarida «Boburnoma»ning Anqara (Turkiya) da turkchaga qilingan tarjimasi[3] va filologiya fanlari kandidati M. Salʼening rusgacha qilgan toʻliq tarjimasini[4] ham koʻzdan kechira borilgan va shular bilan moslashtirishga urinilgan edi.

Kitob oxiriga ilova qilingan koʻrsatkichlar qayta tuzilgan va tarjimalar ham yapgidan qarab chiqilgan. Asarning ilgarigi bosmasida ba’zi bir tushirib qoldirilgan joylari bu bosmada kiritilib, tekstni mukammallashtirilgan edi.

«Boburnoma»ning biz tomondan tayyorlangan hozirgi nashrida ham, ilgarigi nashrlaridagi kabi, yuqoridagi asosiy va yordamchi manbalarga taqqoslab, bosmada yuz bergan va oʻz tomonimizdan yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish va tuzatishga urinildi. Tarjima va izohlar ham qaytadan qarab chiqildi, izohlar birmuncha toʻldirildi.

Ammo ilgari ham aytganimizdek, qilingan shu ishlarga qaramasdan, hali ham ishda birmuncha nuqsonlar mavjudligi aniq. Jumladan, ayrim soʻzlar, ayniqsa Afgʻoiiston va Hindistonga taalluqli boʻlgan jugʻrofiy iomlar, kishi ismlari, oʻsimlik, hayvonot va boshqa xil atamalar transkripsiyasini batamom toʻgʻri va aniq deb boʻlmaydi. Ish protsessida masalaning eng qiyin tomoni ham shu boʻldi. Bulardan boshqa yana birmuncha tekstologik kamchiliklar boʻlishi mumkin. «Boburnoma»ning puxta tayyorlangan tanqidiy teksti maydonga chiqmaguncha va «Boburnoma»da qoʻllangan Oʻrta Osiyo, Afgʻoniston hamda Hindiston ga oid barcha tarixiy nomlarning aniq transkripsiyasi ishlanmaguncha bu asarning nashrlarida noaniqlik va nuqsonlar yuz berishi tabiiydir...

Porso SHAMSIEV

Sakkiz yuz toʻqson toʻqqizinchi yil voqealari[5]

Tengri taoloning inoyati bilan va hazrati on Sarvari koinotning shafoati bilan va chahoryori bosafolarning himmati rilan seshanba kuni ramazon oyining beshida tarix sakkiz yuz toʻqson toʻqquzda Fargʻona viloyatida oʻn ikki yoshta podshoh boʻldum.

Fargʻona viloyati beshinchi iqlimdindur. Ma’muraning kanorasida voqe boʻlubtur. Sharqi Koshgʻar, gʻarbi Samarqand, janubi Badaxshonning sarhadi togʻlar, shimolida agarchi burun shahrlar bor ekandur, misli: Olmoliq va Olmotu va Yangi kim, kutublarda Tarozkent bitirlar, moʻgʻul va oʻzbek jihatdin bu tarixda buzulubtur, aslo ma’mura qolmabdur. Muxtasar viloyattur, oshliq va mevasi farovon. Girdogirdi togʻ voqe boʻlubtur. Gʻarbiy tarafidakim, Samarqand va Xoʻjand boʻlgʻay, togʻ yoʻqtur. Ushbu jonibtin oʻzga hech jonibtin qish yogʻiy kela olmas. Sayhun daryosikim, Xoʻjand suyigʻa mashhurdur, sharq va shimoliy tarafidin kelib, bu viloyatning ichi birla oʻtub, gʻarb sori oqar, Xoʻjandning shimoli Fanokatning janubi tarafidinkim, holo Shohruxiyagʻa mashhurdur, oʻtub yana shimolgʻa mayl qilib, Turkiston sori borur. Turkistondin xeyli quyiroq bu daryo tamom qumgʻa singar , hech daryogʻa qotilmas.

Yetti pora qasabasi bor; beshi Sayhun suyining janub tarafida, ikki shimoli jonibida. Janubiy tarafidagi qasabalar bir Andijondurkim, vasatta voqe boʻlubtur, Fargʻona viloyatining poytaxtidur. Oshligʻi vofir, mevasi farovon, qovun va uzumi yaxshi boʻlur. Qovun mahalida poliz boshida qovun sotmoq rasm emas. Andijonning noshpotisidan yaxshiroq noshpoti boʻlmas. Movarounnahrda Samarqand va Kesh qoʻrgʻonidin soʻngra mundin ulugʻroq qoʻrgʻon yoʻqtur. Uch darvozasi bor. Arki janub tarafida voqe boʻlubtur. Toʻqquz tarnov suv kirar. Bu ajabturkim, bir yerdin ham chiqmas. Qal'aning girdo-girdi xandaqning tosh yoni sangrezalik shohroh tushubtur. Qal'aning girdo-girdi tamom mahallottur. Bu mahalla bila qal'agʻa fosila ushbu xandaq yoqasidogʻi shohruhtur. Ovi qushi dogʻi koʻp boʻlur, qirgʻovuli behad semiz boʻlur. Aidoq rivoyat qildilarkim, bir qirgʻovulni uskunasini toʻrt kishi yeb tugata olmaydur. Eli turkdur. Shahr va bozorisida turki bilmas kishi yoʻqtur. Elining lafzi qalam bila rosttur.

Ani uchunkim, Mir Alisher Navoiyning musannafoti bovujudkim Hiriyda nash'u namo tonibtur, bu til biladur.

Elining orasida husn xeyli bordur. Yusuf Xojakim musiqida mashhurdur. Andijoniydur. Havosining ufunati bor. Kuzlar el bezgak koʻp boʻlur.

Yana bir Oʻsh qasabasidur. Andijonning sharqi janubiy tarafidur, sharqqa moyil, Andijondin toʻrt yigʻoch yoʻldur. Havosi xoʻb va oqar suyi farovondur. Bahori bisyor yaxshi boʻlur. Oʻshning fazilatida xeyli ahodis vorid boʻlubtur. Qoʻrgʻonning sharqi janubiy bir mavzun togʻ tushubtur, Barokoʻhgʻa mavsum. Bu togʻning qullasida Sulton Mahmudxon bir hujra solibtur, ul hujradin quyiroq ushbu togʻning tumshugʻida tarix toʻqquz yuz ikkida men bir ayvonlik hujra soldim. Agarchi ul hujra mundin murtafe’dur, vale bu hujra bisyor yaxshiroq voqe boʻlubtur: tamom shahr va mahallot oyogʻ ostidadur. Andijon rudi Oʻshning mahallotining ichi bila oʻtub, Andijongʻa borur. Bu rudning har ikki jonibi bogʻot tushubtur, tamom bogʻlari rudqa mushriftur, binafshasi bisyor latif boʻlur. Oqar suvlari bor, bahori bisyor yaxshi boʻlur, qalin lola va gullar ochilur. Barokoʻh togʻi domanasida shahr bila togʻning orasida bir masjid tushubtur, masjidi Javzo otliq, Togʻ tarafidin bir ulugʻ shahjoʻy oqar. Ushbu masjidning tashqari sahni nishebroq, sebargalik, pursoya, safoliq maydon voqe boʻlubtur. Har musofir va rahguzar kelsa, anda istirohat qilur. Oʻsh avboshining zarofati budurkim, har kim anda uyqulasa, ul shahjoʻydin suv quyarlar, Umarshayx mirzoning oxir zamonlarida qizil bila oq mavjliq tosh ushbu togʻda paydo boʻldi: lichoq dastasi va takband va ba’zi nimalar qilurlar, xeyli yaxshi toshdur. Fargʻona viloyatida safo va havoda Oʻsh chogʻliq qasaba yoʻqtur.

Yana bir Margʻinondur, Andijonning gʻarbidadur, Andijondin yetti yigʻoch yoʻldur. Yaxshi qasaba voqe boʻlubtur, pur ne’mat; anori va oʻrugi asru koʻp xoʻb boʻlur. Bir jins anor boʻlur, «dona kalon» derlar, chuchukligida zardolu mayxushligʻidin, andak choshni bor. Samnon anorlarigʻa tarjeh qilsa boʻlur. Yana bir jins oʻruk boʻlurkim, donasini olib, ichiga magʻz solib quruturlar, «subhoniy» derlar, bisyor lazizdur. Ovi qushi yaxshidur, oq kiyik yovuqta boʻlur. Eli sorttur va mushtzan va pursharu toʻr eldur. Jangaraliq rasmi Movarounnahrda shoe’dur, Samarqand va Buxoroda nomdor jangaralar aksar Margʻinoniydur. Sohibi «Hidoya» Margʻinonning Rushdon otliq kentidindur.

Yana bir Isfaradur, koʻhpoyada voqe boʻlubtur. Oqar suvlari, safoliq bogʻchalari bor. Margʻinonning gʻarbi janubidadur. Margʻinon bila Isfara orasi toʻqquz yigʻoch yoʻldur. Musmir daraxtisi bisyordur, vale bogʻchalarida aksar bodom daraxtidur. Eli tamom sort va koʻhiydur. Isfaraning bir shar'isida janub sori pushtalarning orasida bir parcha tosh tushubdur, «Santi oyina» derlar, uzunligʻi taxminan oʻn qari boʻlgʻay, balandligʻi ba’zi yeri kishi boʻyi, pastligʻi, ba’zi yeri kishining belicha boʻlgʻay, oyinadek har nima mun'akis boʻlur.

Isfara viloyati toʻrt boʻluk koʻhpoyadur: bir Isfara, yana bir Vorux, yana bir Soʻx, yana bir Hushyor. Muhammad Shayboniy xon Sulton Mahmudxon bila Olachaxongʻa shikast berib, Toshkand va Shohruxiyani olgʻon mahalda. ushbu Soʻx bila Hushyor koʻhpoyalarigʻa kelib, bir yilga yovuq tanqislik bila oʻtkarib, Kobul azimati qildim.

Yana bir Xoʻjanddur, Aidijondin gʻarb sorigʻa yigirma besh yigʻoch yoʻldur, Xoʻjanddin Samarqand ham yigirma besh yigʻoch yoʻldur, qadim shaharlardindur. Shayx Muslihiddin va Xoja Kamol Xoʻjandtindurlar.

Mevasi farovon va bisyor yaxshi boʻlur. Anori yaxshiliqqa mashhurdur. Nechukkim, «sebi Samarqand» derlar va «anori Xoʻjand» derlar. Vale bu tarixda Margʻinon anori koʻp ortuqdur. Qoʻrgʻoni baland yerda voqe boʻlubtur. Sayhun suyi shimol jonibidin oqar. Qoʻrgʻondin daryo bir oʻq otimi boʻlgʻay. Qoʻrgʻon bila daryoning shimol tarafida bir togʻ tushubtur. Munugʻil otliq derlarkim, bu togʻda firuza koni va ba’zi konlar topilur. Bu togʻda bisyor yilon bor.

Xoʻjandning ovlogʻi va qushlogʻi bisyor yaxshidur. Oq kiyik, bugʻu-maral, qirgʻovul va tovushqoni koʻp boʻlur. Havosi bisyor mutaaffindur, kuzlar bezgak koʻp boʻlur. Andoq rivoyat qildilarkim, chupchuq bezgak boʻlgʻondur. Derlarkim, havosining taffuni shimoldagʻi togʻ jihatidindur.

Muning tavobidin Kandibodomdur. Agarchi qasaba emas, yaxshigʻina qasabachadur. Bodomi yaxshi boʻlur. Bu jihatdii bu ismgʻa mavsumdur. Hurmuz va Hindustongʻa tamom muning bodomi borur. Xoʻjanddin besh-olti yigʻoch sharq tarafidadur. Xoʻjand bila Kandibodom orasida bir dasht tushubtur, Hodarveshgʻa mavsumdur. Hamisha bu dashtta yel borur. Margʻinongʻakim, sharqidur, hamisha mundin yel borur . Xoʻjandgʻakim gʻarbidur, doyim mundin yel kelur: tund yellari bor. Derlarkim, bir necha darvesh bu bodiyada tund yelga yoʻluqub, bir-birini topolmay, «Ho, darvesh», «Ho, darvesh», dey-dey halok boʻlubturlar, andin beri bu bodiyani Hodarvesh derlar.

Sayhun suyining shimoli tarafidagʻi qasabalar: bir Axsidur. Kitoblarda Axsikat bitirlar. Nechukkim, Asiriddin shoirni Asiriddin Axsikatiy derlar. Fargʻonada, Andijondin soʻngra mundin ulugʻroq qasaba yoʻqtur. Andijondin gʻarb sori toʻqquz yigʻoch yoʻldur. Umarshayx mirzo muni poytaxt qilib edi, Sayxun daryosi qoʻrgʻonining ostidin oqar. Qoʻrgʻoni baland jar ustida voqe boʻlubtur. Xandaqining oʻrniga amiyq jarlardur. Umarshayx mirzokim, muni poytaxt qildi, bir-ikki martaba tashqarroqdin yana jarlar soldi. Fargʻonada muncha berk qoʻrgʻon yoʻqtur. Mahalloti qoʻrgʻondin bir shar'iy yiroqroq tushubtur. «Deh kujovu daraxton kujo» masalini gʻolibo Axsi uchun aytibturlar. Qovuni yaxshi boʻlur. Bir nav' qovundurkim, «Mir Temuriy» derlar, andoq qovun ma’lum emaskim olamda boʻlgʻay. Buxoro qovuni mashhurdur. Samarqandni olgʻon mahalda Axsidin, Buxorodin qovun kelturub bir majlisda kesturdum, Axsi qovunining hech nisbati yoʻq erdi.

Ovi qushi bisyor yaxshi boʻlur. Sayhun daryosining Axsi tarafi dashttur. Oq kiyigi bisyor boʻlur. Andijon tarafi jangaldur. Bugʻu-maral, qirgʻovul va tovushqoni koʻp topilur, asru semiz boʻlur.

Yana bir Kosondur. Axsining shimolida tushubtur. Kichikroq qasabadur. Nechukkim Andijon suyi Oʻshdin kelur, Axsi suyi Kosondin kelur. Yaxshi havoliq yerdur. Safoliq bogʻchalari bor. Nale safoliq bogʻchalari tamom soy yoqasida voqe boʻlgʻon uchun, «poʻstini pesh berra» debturlar. Safo va havoda Oʻsh bila Koson elining taassubi bor.

Fargʻona viloyatining girdo-girdi togʻlarida yaxshi yayloqlari bor. Tobulgʻu yigʻochi bu togʻlarda bor, oʻzga hech yerda boʻlmas. Tobulgʻu bir yigʻochedur, poʻsti qizil, aso qilurlar, qamchi dastasi ham qilurlar, qushlargʻa qafas qilurlar, tarosh qilib tirgaz qilurlar, xeyli yaxshi yigʻochdur. Tabarrukluk bila yiroq yerlarga eltarlar.

Ba’zi kitoblarda bitibturlarkim, «yabruhus-sanam» bu togʻlardadur, vale bu mudatta hech eshitilmadi. Bir giyoh eshitildikim, Yettikentning togʻlarida boʻlur, ul el «ayiq oʻti» derlar, mehrgiyoh xosiyatliq, gʻolibo mehrgiyohdur, ul el bu ot bila ayturlar. Bu togʻlarda firuza koni va temur koni boʻlur. Fargʻona viloyatining hosili bila, agar adl qilsalar, uch-toʻrt ming kishi saxlasa boʻlur.

Chun Umarshayx mirzo baland himmatliq va ulugʻ doiyaliq podshoh erdi. Hamisha mulkgirlik dagʻdagʻasi bor erdi, necha navbat Samarqand ustiga cherik tortti, ba’zi mahal shikast topti, ba’zi mahal bemurod yondi. Necha navbat qoyin otasi Yunusxonnikim, Chingizxonning ikkinchi oʻgʻli Chigʻatoyxon naslidindur, Chigʻatoyxonning yurtida moʻgʻul ulusining xoni ul fursatta ul erdikim, mening ulugʻ otam boʻlgʻay, istid'o qilib kelturdi. Har qatla kelturganda viloyatlar berur erdi. Chun Umarshayx mirzoning muddaosidek boʻlmas erdi, gohi Umarshayx mirzoning badmaoshligʻidin, gohi moʻgʻul ulusining muxolafatidin viloyatga tura olmay yana Moʻgʻulistongʻa chiqar erdi.

Oxir navbat kelaturgandakim, ul fursatga Toshkand viloyati Umarshayx mirzo tasarrufida edikim, kitoblarda Shosh bitirlar, ba’zi Choch bitirlarkim, «kamoni chochiy» andin iborattur, berdi. Oʻshal fursattin tarix toʻqquz yuz sekkizgacha Toshkand va Shohruxiya viloyati Chigʻatoy xonlarining tasarrufida edi. Bu fursatga moʻgʻul ulusining xon va sultonligʻi Yunusxonning ulugʻ oʻgʻli — mening togʻoyim Sulton Mahmudxonda edi, Umarshayx mirzoning ogʻasi Samarqand podshohi Sulton Ahmad mirzo va moʻgʻul ulusining xoni Sulton Mahmudxon chun Umarshayx mirzoning badmaoshligʻidin mutazarrir edilar, bir-birlari bila ittifoq qilib, Sulton Ahmad mirzo Sulton Mahmudxonni kuyov qilib, mazkur boʻlgʻon tarixda Xoʻjand suyining janub jonibidin Sulton Ahmad mirzo va shimol tarafidin Sulton Mahmudxon Umarshayx mirzoning ustigʻa cherik torttilar.

Bu asnoda gʻarib voqea dast berdi, mazkur boʻlub edikim, Axsi qoʻrgʻoni baland, jar ustida voqe boʻlubtur, imoratlar jar yoqasida erdi. Ushbu tarixda dushanba kuni ramazon oyining toʻrtida Umarshayx mirzo jardin kabutar va kabutarxona bila uchub, shunqor boʻldi. Oʻttuz toʻqquz yoshar erdi.

Valodat va nasabi: sekkiz yuz oltmishda Samarqandda edi. Sulton Abusaid mirzoning toʻrtunchi oʻgʻli edi. Sulton Ahmad mirzo, Sulton Muhammad mirzo Sulton Mahmud mirzodin kichik edi. Sulton Abusaid mirzo Sulton Muhammad mirzoning oʻgʻli edi. Sulton Muhammad mirzo Mironshoh mirzoning oʻgʻli edi. Mironshoh mirzo Temurbekning uchunchi oʻgʻli edi. Umarshayx mirzo bila Jahongir mirzodin kichik. Shohruh mirzodin ulugʻ edi. Sulton Abusaid mirzo avval Kobulni Umarshayx mirzogʻa berib, Bobon Kobuliyni bek atka qilib, ruxsat berib edi. Mirzolarni sunnat qilur toʻyi jihatdin Darai Gazdin yondurub, Samarqand eltti. Toʻydin soʻngra ul munosabat bilakim, Temurbek ulugʻ Umarshayx mirzogʻa Fargʻona viloyatini bergandur. Andijon viloyatini berib, Xudoyberdi Tugʻchi Temurtoshni bek atka qilib yibordi.

Shakl va shamoyili: past boʻyluq, tegirma soqolliq, qoʻba yuzluk, tanbal kishi edi. Toʻnni bisyor tor kiyar edi, andogʻkim, bogʻ bogʻlaturda qornini ichiga tortib bogʻlatur edi, bogʻ bogʻlagʻondin soʻng oʻzini qoʻya bersa, bisyor boʻlur edikim, bogʻlari uzulur edi. Kiymoqta va yemoqta betakalluf edi. Dastorni dastorpech chirmar edi. Ul zamonda dastorlar tamom chorpech edi, bechip chirmab, aloqa qoʻyar edilar. Yozlar gʻayri devonda aksar moʻgʻuliy boʻrk kiyar edi.

Axloq va atvori: hanaviy mazhabliq, pokiza e’tiqodliq kishi edi, besh vaqt namozni tark qilmas edi, umriy qazolarini tamom qilib edi, aksar tilovat qilur edi. Hazrat Xoja Ubaydullogʻa irodati bor erdi, suhbatlarigʻa bisyor musharraf boʻlub edi. Hazrat Xoja ham farzand deb erdilar.

Ravon savodi bor edi. «Xamsatayn» va masnaviy kitoblarni va tarixlarni oʻqub edi. Aksar «Shohnoma» oʻqur edi. Tab'i nazmi bor edi, vale she’rgʻa parvo qilmas edi.

Adolati bu martabada ediki, Xitoy korvoni keladurganda, Andijonning sharqiy tarafidagʻi togʻlarning tubida ming oʻyluk korvonni andogʻ qor bostikim, ikki kishi qutuldi. Xabar topib muhassillar yiborib, korvonning jami' jihotini zabt qildi. Har chandikim vorisi hozir yoʻq erdi, bovujudi ehtiyoj saxlab, bir-ikki yildin soʻngra Samarqand va Xurosondin vorislarini tilab kelturub, mollarini solim toshpurdi.

Bisyor saxovati bor erdi. Xulqi dagʻi saxovaticha bor erdi, xushxulq va harrof va fasih va shirin zabon kishi erdi, shujo' va mardona kishi edi.

Ikki martaba oʻzi jami' yigitlardin oʻzub qilich tegurdi: bpr martaba Axsi eshigida, yana bir martaba Shohruxiya eshigida. Oʻqni oʻrta chogʻliq otar edi, bisyor zarb mushti bor edi, aning mushtidin yigit yiqilmogʻon yoʻqtur. Mulkgirlik dagʻdagʻasi jihatidin xeyli yarashlar urushqa va doʻstluqlar, dushmanliqqa mubaddal boʻlur edi.

Burunlar koʻp ichar edi, soʻngralar haftada bir-ikki qatla suhbat tutar edi, xushsuhbat kishi edi. Taqrib bila xoʻb abyot oʻqur edi. Soʻngralar ma’jun koʻproq ixtiyor qilur edi. Ma’juniylikda kalla xushk boʻlur edi, yetim shior edi, la’bi dagʻi bisyor edi, hamisha nard oʻynar edi, gohi qimor ham qilur edi.

Masof va urushlari yaxshi edi. Uch masof urush qilib edi. Avval Yunusxon bila Andijonning shimol tarafida Sayhun daryosining yoqasida Takasekretku degan yerda, bu jihatdin ul mavzu' bu ismgʻa mavsumdurkim, togʻ domanasi jihatidin bu daryo andoq tor oqarkim, rivoyat qilurlarkim, ul yerdin taka sekrigandur, magʻlub boʻlub ilikka tushti. Yana Yunusxon yaxshilik qilib viloyatigʻa ruxsat berdi. Bu yerda urush boʻlgʻon uchun Takasekretku urushi ul viloyatga tarix boʻlubtur.

Yana Turkistonda Ars suyi yoqasida, Samarqand Navohisini chopib, boradurgʻon oʻzbek bila Ars suyini muz bila kechib, yaxshi bosib, asir va molni ayrib, tamom egalariga yondura berib, hech nima tama’ qilmadi.

Yana bir Sulton Ahmad mirzo bila Shohruxiya va Oʻratepa orasida Xavos degan kentta urushib magʻlub boʻldi.

Viloyati: otasi Fargʻona viloyatini berib edi. Necha mahal Toshkand va Sayrom ham mirzoning tasarrufida edikim, ogʻasi Sulton Ahmad mirzo berib edi. Shohruxiyani firib bila olib, necha mahal mutasarrif boʻlur edi. Oxir chogʻlarida Toshkand va Shohruxiya iliktin chiqib edi. Fargʻona, Xoʻjand va Oʻratepakim, asl bularning otlari kitoblarda Usrushnadur va Usrush ham bitirlar, qoldilar. Xoʻjandni ba’zi doxili Fargʻona emas derlar. Sulton Ahmad mirzokim, Toshkandga moʻgʻul ustiga cherik tortib, Chir suyinikim, Toshkandtin ikki she’riy yoʻl boʻlgʻay, bu suvning yoqasidakim shikast topti. Oʻratepada Hofizbek doʻldoy edi, Umarshayx mirzoga berdi . Andin beri Usrushna Umarshayx mirzo tasarrufida edi.

Avlodi: uch oʻgʻul, besh qiz mirzodin qolib edi. Bori oʻgʻlonlaridin uluq men — Zahiriddin Muhammad Bobur edim; mening onam Qutluq Nigorxonim edi. Yana bir oʻgʻul Jahongir mirzo edi, mendin ikki yosh kichik edi, aning onasi moʻgʻulning tuman beklaridin edi, Fotima Sulton otliq. Yana bir oʻgʻul Kosir mirzo edi, onasi andijonliq edi, gʻunchachi edi, Umid otliq. Mendin toʻrt yosh kichik edi.

Bori qizlaridin ulugʻ Xonzodabegim edi, mening bila bir tuqqon erdi, mendin besh yosh ulugʻ erdi. Men Samarqandni ikkinchi navbat olgʻonda, bovujudkim, Shayboniyxondek kishi birla Saripulda chiqib urushub, onchakim imkoni bor edi sa’y va ehtimoldin taqsir qilmaduk, nechukkim mahallida mazkur boʻlgʻusidur, shikast topib kelib, besh oy qal'adorlik qildim, qal'adorlik zabti va istehkomi va sardorlikda taqsir boʻlmadi . Atrof va javonibdagi podshohlar va beklardin hech nav' madad va muovanat boʻlmadi, ma’yus boʻlub solib chiqtim.

Ul fatarotta Xonzodabegim Muhammad Shayboniyxonga tushub edi, bir oʻgʻul boʻlub erdi. Xurramshoh otliq, maqbul oʻgʻlon edi. Balx viloyatini anga berib edi, otasi oʻlgandin bir-ikki yil soʻngra tengri rahmatigʻa bordi. Shoh Ismoil oʻzbakni Marvda bosqonda Xonzodabegim Marvda edi. Mening jihatimdin yaxshi koʻrub, andin uzattilar, Qunduzda kelib menga qotildilar. Muforaqat imtidodi oʻn yil boʻlub edi. Men va Muhammadiy koʻkaltosh ikov kelduk, begim va begimning yovugʻidagʻilar tanimadilar. Bovujudkim, otimni ayttim ham, muddatin soʻngra tanidilar.

Yana bir qiz Mehrbonubegim erdi. Nosir mirzo bila bir tuqgʻon erdi, mendin ikki yosh ulugʻ erdi.

Yapa bir qiz Shahrbonubegim erdi, bu dagʻi Nosir mirzo bila bir tuqgʻon erdi, mendin sekkiz yosh kichik edi.

Yana bir qiz Yodgor Sultonbegim edi, onasi Ogʻa sulton otliq gʻunchachi edi . Yana bir qiz Ruqiya Sultonbegim edi, onasi Maxdum Sultonbegim edi. Qorakoʻzbegim derlar edi, ikkalasi mirzoning favtidin soʻng boʻldilar. Yodgor Sultonbegimni mening ulugʻ onam Esan Davlatbegim saxlab edi. Andijon va Axsini Shayboniyxon olgʻonda Yodgor Sultonbegim Hamza Sultonningʻ Abdullatif Sulton otliq oʻgʻligʻa tushub edi. Men Hamza Sulton boshliq sultonlarni Xatlon viloyatida bosib, Hisorni olgʻonda menga qotildi. Oʻshul fatarotta Ruqiya Sultonbegim Jonibek Sultongʻa tushub edi, bir-ikki oʻgʻli boʻldi, turmadi. Bu fursatlarda xabar keldikim, tengri rahmatigʻa boribtur.

Xavotun va sarori: Qutlugʻ Nigorxonim edi, Yunusxonning ikkinchi qizi, Sulton Mahmudxon, Sulton Ahmadxonning egachisi edi.

Yunusxon Chingizxonning ikkinchi oʻgʻli Chigʻatoyxonning naslidindur. Yunusxon ibn Vaysxon ibn Sherali Oʻgʻlon ibn Muhammadxon ibn Xizr Xojaxon ibn Toʻgʻluq Temurxon ibn Esan Bugʻaxon ibn Doʻvaxon ibn Baroqxon ibn Yesun Tuva ibn Mutugon ibn Chigʻatoyxon ibn Chingizxon.

Chun muncha taqrib boʻldi, xonlarning ahvolini dagʻi ijmol bila zikr qilaling. Yunusxon va Esan Bugʻaxon Vaysxonning oʻgʻlonlari edi. Yunusxon oʻgʻlonlari Ofoqxon va Jonboboxon edi . Yunusxonning onasi Turkistonliq qipchoq beklaridin Temurbek rioyat qilgʻon shayx Nuriddinbekning qizi yo nabirasi boʻlur.

Vaysxonning voqeasida moʻgʻul ulusi ikki fariq boʻlur. Bir pora Yunusxon sari va koʻprogʻi Esan Bugʻaxon sari boʻlur. Burunroq Yunusxonning egachisini Ulugʻbek mirzo Abdulaziz mirzogʻa olib edi. Ul munosabat bila Erzan borin tuman beklaridin Mirak turkmankim, Charos tuman beklaridin edi, xonni uch-toʻrt ming uyluk moʻgʻul ulusi bila Ulugʻbek mirzogʻa kelturdilarkim, koʻmak olib yana moʻgʻul ulusini olgʻaylar, mirzo muruvvat qilmadi, ba’zisini asir qildi, ba’zilarini birin-sirin viloyatqa pereshon qildi. Erzan buzugʻlugʻi moʻgʻul ulusida bir tarix boʻlubtur.

Xonni Iroq sari oʻtkazib yibordilar. Borib bir yildin ortuqroq Tabrizda boʻldi. Ul mahalda Tabriz podshohi Jahonshoh Boroniy Qoraqoʻyluq edi. Andin Sheroz keldi. Sherozda Shohruh mirzoning ikkinchi oʻgʻli Ibrohim Sulton mirzo edi. Besh-olti oydin soʻng Ibrohim mirzo oʻlub, oʻgʻli Abdullo mirzo aning yerida oʻlturdi. Abdullo mirzoga xon navkar edi, mulozamat qilur edi. Oʻn yetti, oʻn sekkiz yil xon Sherozda va ul viloyatlarda boʻldi.

Ulugʻbek mirzoning va oʻgʻullarining gʻavgʻosida Esan Bugʻaxon fursat topib kelib, Fargʻona viloyatini Kandibodomgʻacha chopib, kelib Andijonni olib, elini tamom asir qildi.

Sulton Abusaid mirzo taxt olgʻonda cherik tortib borib, Yangidin nari Isparada , Moʻgʻulistonda Esan Bugʻaxonni yaxshi bosti. Muning fitnasining daf'igʻa Sulton Abusaid mirzo Yunusxonni bu munosabat bilakim, Abdulaziz mirzo olgʻon egachisi xonimni olib edi, Iroq va Xurosondin tilab toʻylar qilib, doʻstlar boʻlub, moʻgʻul ulusida xon qilib yiborganda, Sagʻrichi tuman beklari tamom ul fursatga Esan Bugʻaxondin yamonlab Moʻgʻulistongʻa kelib edilar, bularning orasigʻa keldi. Ul fursatga Sagʻrichi beklarning ulugʻi Sher Hojibek erdi, aning qizi Esan Davlatbegimni oldi. Moʻgʻul toʻrasi bila xonni va Esan Davlatbegimni bir oq kiyiz ustiga oʻlturgʻuzub xon koʻtardilar.

Xonning bu Esan Davlatbegimdin uch qizi boʻldi. Boridin ulugʻ Mehr Nigorxonim edikim, Sulton Abusaid mirzo ulugʻ oʻgʻli Sulton Ahmad mirzogʻa qoʻlub edi. Mirzodin hech oʻgʻul va qiz boʻlmadi. Soʻngra fatarotta Shayboniyxongʻa tushib edi. Men Kobulgʻa kelganda, Shohbegim bila Samarqandtin Xurosongʻa kelib, Xurosondin Kobulda keldilar. Shayboniyxon Qandahorda Nosir mirzoni qabagʻonda, men Lamgʻon azimati qildim. Xon mirzo va Shohbegim va Mehr Nigorbegim Badaxshongʻa bordilar. Mirzoxonni Muborakshoh qal'ai Zafargʻa tilaganda Abobakr Koshgʻariyning chopqunigʻa yoʻluqub, Shohbegim va Mehr Nigorxonim va jami' elning ahli va ayoli asirliqqa tushub, ul zolim badkirdorning habsida dunyoyi foniyni vido' qildilar.

Ikkinchi qizi mening volidam — Qutluq Nigorxonim edi. Aksar qazoqliklarda va fatarotlarda mening bilan bir edilar. Kobulni olgʻondin besh-olti oy soʻngra tarix toʻqquz yuz oʻn birda tengri rahmatigʻa bordilar.

Uchunchi qiz Xoʻb Nigorxonim edi, Muhammad Husayi Koʻragon dugʻlatqa berib edilar, bir qizi; bir oʻgʻli boʻlub edi. Qizni Ubaydxon olib edi. Men Buxoro va Samarqandni olgʻonda chiqmay qolib edi. Sulton Saidxondin amakisi Sayid Muhammad mirzo Samarqandgʻa manga elchilikka kelganda anga qoʻshulub bordi. Sulton Saidxon oldi. Oʻgʻul Haydar mirzo edi. Otasini oʻzbak oʻlturganidin soʻng kelib, mening mulozimatimda uch-toʻrt yil turub, soʻngra ijozat tilab Koshgʻargʻa, xon qoshigʻa bordi.

Boz gardad ba asli xud hama chiz,
Zari sofiyu nuqrau arziz[6].

Bu tarixda deydurlarkim, toyib boʻlub yaxshi tariqa paydo qilibtur. Xat va tasvir va oʻq va paykon va zehgir har nimaga iligi chaspondur. Tab'i nazmi ham bordur. Manga arzadoshti kelib edi, inshosi ham yamon emas.

Xonning yana bir xotuni Shohbegim edi, agarchi oʻzga xotunlari ham bor edi, vale oʻgʻlonlar va qizlarning onalari bu ikki erdi.

Shohbegim Badaxshon shohi Shoh Sulton Muhammadning qizi edi. Bu Badaxshon shohlari nasablarini Iskandari Faylaqusqa yetar derlar. Bu shohning yana bir qizikim, Shohbegimning egachisi boʻlgʻay, Sulton Abdusaid mirzo olib edi. Andin Abobakr mirzo boʻlub edi.

Xonning bu Shohbegimdin ikki oʻgʻul va ikki qiz boʻlub edi. Bu uchdin ulugʻ mazkur boʻlgʻon uch qizdin kichik Sulton Mahmudxon edikim, Samarqandda ul navohida ba’zi Xonikaxon derlar. Sulton Mahmudxondin kichik Sulton Ahmadxon edikim, Olachaxongʻa mashhurdur. Olachaning vajhi tasmiyasi muni derlarkim, qalmoq va moʻgʻul tili bila oʻlturguchini «olachi» derlar. Qalmoqni necha qatla bosib, qalin kishisin qirgʻon uchun Olacha dey-dey kasrati iste’mol bila Olacha boʻlubtur.

Bu tarixda xonlarning zikri mukarraran taqrib bila kelgusidur. Vaqoe va holatlari anda mazkur boʻlgʻusidur.

Oʻzgalardin kichik bir qizdin ulugʻ Sulton Nigorxonim edikim, Sulton Mahmud mirzogʻa chiqarib edilar. Mirzodin bir oʻgʻli boʻlub edi. Sulton Vays otluq, zikri bu tarixda kelgusidur, Sulton Mahmud mirzo oʻlgandin soʻng oʻgʻlini olib, hech kimga xabar qilmay, Toshkandga ogʻalarigʻa borib edi. Bir necha yildin soʻng Adik sultongʻakim, Chingizxonning ulugʻ oʻgʻli Joʻji nasli qazoq sultonlaridindur, berdilar. Xonlarni Shayboniyxon bosib Toshkand va Shohruxiyani olgʻonda oʻn ikki moʻgʻul navkari bila qochib Adik Sultongʻa bordi. Adik Sultondin ikki qizi boʻldi, birini Shayboniyxon sultonlarigʻa, yana birini Sulton Saidxonning oʻgʻli Rashid Sultongʻa berdi.

Adik Sultondin soʻng qazoq ulusining xoni Qosimxon oldi. Derlarkim, qazoq xon va sultonlarining orasida hech kim ul ulusni Qosimxoncha zabt qilgʻon emastur. Cherikini uch yuz mingga yovuq chenarlar edi. Qosimxon oʻlgandin soʻng xonim Koshgʻargʻa Sulton Saidxon qoshigʻa keldi.

Boridin kichik Davlat Sultonxonim edi. Toshkand buzugʻligʻida Shayboniyxonning oʻgʻli Temur sultongʻa tushub erdi, aning bir qizi boʻlub edi. Samarqandtin mening bilan bila chiqib edilar. Uch-toʻrt yil Badaxshon viloyatida boʻldilar. Andin soʻngra Koshgʻargʻa Sulton Saidxon qoshigʻa bordilar.

Umarshayx mirzoning haramlaridin yana bir Xoja Husaynbekning qizi Ulus ogʻa edi, andin bir qiz boʻlur edi, kichiklikda oʻldi. Bir yil, bir yarim yildin soʻng haramdin chiqardilar. Yana bir Fotima Sulton ogʻa edi. Moʻgʻul tuman beklaridin edi. Mirzo boridin burun bu Fotima Sulton ogʻani olib edi. Yana bir Qorakoʻzbegim erdi, soʻngralar olib edi, xeyli suyukluk edi. Mirzoning xushomadigʻa nasabini Sulton Abusaid mirzoning ogʻasi Minuchuhr mirzogʻa yetkurib edi.

Gʻuma va gʻunchachi xeyli bor edi. Bir Umid ogʻacha edi, mirzodin burun oʻlub edi. Mirzoning oxir mahallarida bir Tun Sulton edi, moʻgʻuldin edi. Yana biri Ogʻa Sulton edi.

Umarosi: Xudoyberdi Temurtosh erdi. Xiriy hokimi Oqbugʻabekning ogʻasining nasildindur. Sulton Abusaid mirzo Joʻgi mirzoni Shohruxiyada qabagʻonda, Fargʻona viloyatini Umarshayx mirzogʻa berib, eshikni bu Xudoyberdi Temurtoshgʻa boshlatib yiborib erdi. U mahalda bu Xudoyberdi Temurtosh yigirma besh yoshda erdi, agarchi yoshda kichik erdi, tuzuki va zabtu rabti bisyor yaxshi edi. Bir-ikki yildin soʻngra Ibrohim Bekchik Oʻsh navohisini chopqonda, Xudoyberdi Temurtosh keyinicha borib, urushub, bosilib, shahid boʻldi. Ul fursatta Sulton Ahmad mirzo Oʻratepaning Oqqachgʻay degan yaylogʻida edikim, Samarqandtin oʻn sakkiz yigʻoch sharq jonibidur, Sulton Abusaid mirzo Bobo Xokiyda erdikim, Hiriydin oʻn ikki yigʻoch sharq soridur, bu xabarni Abdulvahhob shigʻovuldin arzadosht qilib, mirzogʻa chopturdilar, bu yuz yigirma olti yigʻoch yoʻlni toʻrt kunda chopar.

Yana bir Hofiz Muhammadbek doʻldoy erdi, Sulton Malik Koshgʻariyning oʻgʻli Ahmad Hojibekning inisi erdi. Xudoyberdibek oʻlgandin soʻngra muni eshik ixtiyori qilib yiborib erdilar. Sulton Abusaid mirzoning voqeasidin soʻngra Andijon beklari aning bila yaxshi chiqishmogʻon jihatidin Samarqandgʻa Sulton Ahmad mirzo mulozamatigʻa bordi. Sulton Ahmad mirzogʻa Chir shikasti boʻlgʻonda Oʻratepada erdi. Umarshayx mirzo Samarqand azimati bila Oʻratepa ustiga kelganda Oʻratepani mirzo mulozimlarigʻa topshurub, mirzo mulozamatida boʻldi. Umarshayx mirzo ham Andijon hukumatini anga berdi. Soʻngralar Sulton Mahmudxon qoshigʻa borib edi. Mirzo Xonni topshurub Dizakni anga berib edilar. Men Kobulni olgʻondin burunroq Makka azimati qilib, Hind yoʻli bila mutavajjih boʻldi. Yoʻlda tengri rahmatigʻa boribtur. Faqir va kamsuxan va behaysiyat kishi erdi. Yana bir Xoja Husaynbek erdi, odmi va faqir kishi erdi. Ul zamon dasturi bila ichkularda qoʻshuqlarni yaxshi aytur ekandur.

Yana bir Shayx Mazidbek edi, manga avval bek atka ani qilib edilar. Zabti va tuzuki xeyli yaxshi edi. Bobur mirzogʻa xizmat qilgʻondur. Umarshayx mirzo qoshida andin ulugʻroq bek yoʻq edi. Fosiq kishi erdi, chuhra saxlar edi.

Yana bir Ali Mazidbek qavchin edi, ikki qatla yogʻiy boʻldi: bir martaba Axsida, yana bir martaba Toshkandta. Munofiq va fosiq va haromnamak va yaramas kishi erdi.

Yana bir Hasan Ya’qubbek edi. Kichik koʻngulluk, yaxpsh tab'liq, chust va chaspon kishi erdi. Bu bayt aningdur:

Boz oy, ey humoyki, betoʻtii xatat
Nazdik shud ki zogʻ barad ustuxoni man[7].

Mardona kishi edi. Oʻqni yaxshi otar edi. Chavgonni yaxshi oʻynar edi. Xok pallani yaxshi socharar erdi. Umarshayx mirzo voqeasidin soʻng mening eshigimda sohib ixtiyor ul edi. Ichi tor va kam havsala va fitna, qisqaroq kishi edi.

Yana bir Qosimbek qavchin edi. Qadimiy Andijon qoʻshun beklaridin edi. Hasan Ya’qubbekdin soʻng mening eshigimda sohib ixtiyor ul edi. Oxir umrigʻacha ixtiyor va e’tibori ortti, oʻksumadi. Mardona kishi edi. Bir martaba Koson navohisini chopqon oʻzbakning keyinicha borib yaxshi bosti. Umarshayx mirzo qoshida qilich chopib edi. Yassi Kechit urushida ham yaxshi chopqullashti. Qazoqliklarda Masiho koʻhistonidin Sulton Mahmudxon qoshigʻa bormoq azimati qilgʻonda Qosimbek ayrilib Xisravshoh qoshigʻa bordi. Tarix toʻqquz yuz oʻndakim, Xisravshohni olib Kobulda Muqimni qabadim. Qosimbek ul fursatta keldi, yana burnogʻidek-oʻq rioyat va shafqat qildim. Turkman hazorasini darai Xushda chopqonda Qosimbek bovujudi qarilik yigitlardin yaxshiroq yurugan jihatidin, Bangish viloyatini juldu berdim. Soʻngra Kobulgʻa kelganda Humoyungʻa bek atka qildim. Zamini Dovarni olgʻon fursatlarda tengri rahmatigʻa bordi. Musulmon va mutadayyin va muttaqiy kishi erdi va shubhalik taomdin parhiz qilur edi. Royi va tadbiri bisyor yaxshi edi. Xeyli mutoyaba qilur edi. Bovujudikim ummiy edi, xushtab'ona zarofatlar qilur edi.

Yana bir Boboquli Bobo Alibek edi. Shayx Ali Bahodirning naslidin edi. Shayx Mazidbek oʻlganidin soʻng ani manga bek atka qildilar. Sulton Ahmad mirzo Andijonga cherik tortqonda Sulton Ahmad mirzogʻa kirib Oʻratepani berdi. Sulton Mahmud mirzodin soʻng Samarqandtin qochib keladurganda Oʻratepadin Sulton Ali mirzo chiqib urushub, bosib oʻlturdi. Zabti va yarogʻi yaxshi edi. Navkarni yaxshi saxlar edi. Benamoz edi, roʻza tutmas edi. Zolim va kofirvash kishi edi.

Yana bir Ali Doʻst tagʻoyi edi, sagʻrichi tuman beklaridin edi. Mening onamning onasi Esan Davlatbegimga uruq boʻlur edi, Umarshayx mirzo zamonidin men koʻproq rioyat qilib edim. Iligidin ish kelur dedilar. Bu necha yilkim, mening qoshimda edi, hech andoq ishi zohir boʻlmadikim, desa boʻlgʻay. Sulton Abusaid mirzogʻa xizmat qilgʻon davrida yadachiliq da’vosini qilur edi. Qushchi edi. Yaramas axloq va atvorliq kishi erdi. Baxil va fitna va zumuxt va munofiq va xudpisand va qattiq soʻzluk va sovuq yuzluk kishi edi.

Yana bir Vays Logʻariy edi. Samarqandliq toʻqchi elidin edi. Umarshayx mirzo qoshida soʻngralar xeyli muqarrab boʻlub erdi. Mening bilan qazoqliqlarda bor edi. Ra’y va tadbiri xeyli yaxshi edi. Bir nima mufattin edi.

Yana bir Mir Gʻiyos tagʻoyi edi. Ali Doʻstning inisi edi. Moʻgʻul mirzodalari orasida Sulton Abusaid mirzo eshigida mundin ilgarroq kishi yoʻq erdi. Sulton Abusaid mirzoning chorsu muhri munda edi. Umarshayx mirzoning oxirzamonlarida koʻp muqarrab boʻlub edi. Vays Logʻariy bila musohib edi. Kosonnikim, Sulton Mahmudxongʻa berdilar, andin soʻng oxir umrigʻacha xon xizmatida-oʻq edi. Xon ham xeyli rioyat qilib edi. Kulagach va hazzol kishi edi. Fisqda bebok kishi edi.

Yana bir Ali Darvesh edi. Xurosonliq edi. Sulton Abusaid mirzo qoshida Xuroson chuhrasi chargasida xizmat qilur edi. Xuroson va Samarqand Sulton Abusaid mirzoning taxti tasarrufigʻa kirganda bu ikki poytaxtning ishga yarar yigitlarini xossa tobin qilib, Xuroson chuhra tobini va Samarqand chuhra tobini der ekandur. Mening qoshimda Samarqand eshigida yaxshilar bordi. Mardona kishi edi. Nasx ta’liq xatini tavre bitir edi. Xushomad aytur erdi. Tab'igʻa hissat gʻolib edi.

Yana bir Qanbar Ali moʻgʻul edi, axtachidin edi. Otasi viloyatqa kirib necha mahal salloxliq qilgʻon uchun Qanbar Ali sallox der edilar. Yunusxon qoshida oftobachilik qildi, soʻngra beg boʻlub edi. Mening qoshimda xeyli ulugʻ rioyat topib edi. Ishga yetguncha ehtimomi yaxshi edi. Ishga yetilgan mahalda qoltogʻayligʻi bor edi. Purgay va parishongoʻy edi. Muqarrardur, har kimki koʻn aytur, parishon aytur. Havsalasi kam edi. Tiyra magʻz kishi edi.

Umarshayx mirzogʻa bu voqea dast berganda men Andijonda chahorbogʻda edim. Seshanba kuni ramazon oyining beshida bu xabar Andijongʻa keldi. Iztirob bila otlanib, qoshimdagʻi navkar va savdar bila qoʻrgʻon azimati qildim. Mirzo darvozasigʻa yetgan mahalda Shirim tagʻoyi jilavimni olib, Namozgoh sori tebradi. Xayoligʻa bu kechibturkim, Sulton Ahmad mirzo ulugʻ podshohdur, qalin cherik bila kelsa, beklar meni va viloyatni topshurgʻularidur. Meni Oʻzgand va Olatogʻ domanasi sori olib borgʻay. Agar viloyatni bersalar men bori ilikka tushmay tagʻoyilarim Olachaxongʻa yo Sulton Mahmudxongʻa borgʻaymen.

Xoja Mavlonoyi qozikim, Sulton Ahmad qozining oʻgʻli va Shayx Burhoniddin Qilichning naslidur, ona tarafidin Sulton Ilik Moziygʻa yetar, aning xonavodalari ul viloyatga marje va shayxulislom yoʻsunluq boʻla kelgandur, zikrlari munda mukarrar kelgusidur, qoʻrgʻon ichidagi beklar bu xabarni topib, Xoja Muhammad Darziynikim, Umarshayx mirzoning boyrusi va bir qizining atkasi edi, yiborib ul dagʻdagʻalarni bularning xotiridin raf' qilib, Namozgohga yovuq yetgan mahalda meni olib yondi. Kelib arkka tushdum. Xoja Mavlonoyi qozi va beklar meshshg qoshimda kelib, soʻz va kengashni bir yerga qoʻyub, qoʻrgʻonning burj va borusining zabt va rabtigʻa mashgʻul boʻldilar. Hasan Ya’qub va Qosim qavchin va yana ba’zi beklarkim Margʻinon va ul taraflarda ilgʻor quyub edilar, bir-ikki kundin soʻng kelib mulozamat qilib, borcha yakdil va yakjihat jid va ehtimom bila qal'adorliqqa mashgʻul boʻldilar.

Sulton Ahmad mirzo Oʻratepa va Xoʻjand va Margʻilonni olib kslib, Andijonning toʻrt yigʻochida Qubogʻa tushti. Bu fursatta Darvesh Gov otliq Andijonning arbobidin nomunosib soʻz aytqon uchui yasoqqa yetti. Bu siyosattin tamom el bosildilar.

Xoja qozini va Uzun Hasan Xoja Husaynni elchilikka bu mazmun bila yiborildikim, bu viloyatta mulozimlardin bir kishini xud qoʻyulgʻusidur. Men ham mulozim va ham farzand, agar bu xizmatni manga uhda qilsalar yaxshiroq va osrnroq faysal topqusidur.

Sulton Ahmad mirzokim, kamsuxun va faqir va odmi kishi edi. Har soʻz-un va ish-kuch beklarsiz qaror topmas edi, beklar bu soʻzlarga multafit boʻlmay, durusht javoblar aytib, ilgariga koʻchtilar. Tengri taolokim, oʻz qudrati komilasi bila har ishimni har mahalda andoqkim boyadu shoyad beminnati maxluq rost kelturubdur, munda ham necha ishni bois qildikim, alar bu kelmakdin oʻsondilar, balki bu tavajjuhdin pushaymon boʻlub, bemurod yondilar.

Bir bukim, Quboning botqoqlik qora suyi bor, koʻprigidin oʻzga yerdin kechib boʻlmas, qalin cherik kelib koʻprukda tiqilib, qalip ot va teva bu qora suvga yiqilib zoe’ boʻldi. Uch-toʻrt yil mundin burunroq Chir suyining guzarida ulugʻ shikast topib edilar, bu voqea andin yod berib, cherik eliga vahmi gʻolib boʻldi.

Yana bir bukim, ul fursatga andoq ot oʻlati boʻldikim, tavila-tavila otlar yiqilib oʻla kirishti.

Yana bir bukim, bizning sipohi va raiyatni andoq yakdil va yakjihat toptilarkim, to jon va tanlarida ramak va tavon bordur jon tortmoqdin qoʻymagʻaylar.

Bu jihatlardii zarurat boʻlub, Andijonning bir yigʻochidin Darvesh Muhammad tarxonni yibordilar, ichkaridan Hasan Ya’qub Namozgoh navohisida chiqib koʻrushub, sulhguna qilib yondilar.

Xoʻjand suyining shimol jonibidinkim, Sulton Mahmudxon mutavajjih edi, kelib Axsini qobodi, Jahongir mirzo anda edi, beklardin Ali Darveshbek, Mirzoquli koʻkaltosh, Muhammad Boqirbek, Shayx Abdullo eshikogʻa Axsida edilar. Vays Logʻariy, Mir Gʻiyos tagʻoyi ham anda edi. Beklardin tavahhum qilib Kosongʻakim, Vays Logʻariyning viloyati edi, bordilar. Nosir mirzogʻa Vays Logʻariy bek atka edi. Bu jihatdin Nosir mirzo Kosonda boʻlur edi. Xon Axsi navohisigʻa yetganda bu beklar xongʻa kirib Kosonni berdilar. Mir Gʻiyos xon mulozamatida turub, Vays Logʻariy Nosir mirzoni Sulton Ahmad mirzogʻa olib bordi. Muhammad Mazid tarxongʻa topshurdilar.

Xon Axsi yovugʻigʻa kelib necha qatla urush soldi, hech ish qila olmadi. Axsidagʻi beklar va yigitlar yaxshi jonlar torttilar. Bu asnoda Sulton Mahmudxongʻa oriza boʻldi, urush solib ham oʻsonib edi, oʻz viloyatigʻa murojaat qildi.

Abobakr dugʻlat Koshgʻariykim, hech kimga bosh indurmay, necha yil edikim, Koshgʻar va Xoʻtan hokimi edi, ul dagʻi viloyat dagʻdagʻasi bila Oʻzgand yovugʻigʻa kelib, qoʻrgʻon solib, viloyatgʻa buzugʻluq qila kirishti. Xoja qozi va jami' beklar ta’yin boʻldikim, borib Koshgʻariyni daf' qilgʻaylar, yovuq yedgan mahalda Koshgʻariy koʻrdikim, bu favjning harifi emastur, Xoja qozini oragʻa solib, yuz makr va hiyla bila xalos boʻldi.

Mundogʻ ulugʻ vaqoe roʻy berganda Umarshayx mirzodin qolgan beklar va yigitlar yaxshi qatlanib mardona jonlar torttilar. Axsidin mirzoning onasi Sultonbegim va Jahongir mirzo va ahli haram va beklar Andijongʻa keldilar. Azo rasmini bajo kelturub, osh va taom fuqaro va masokingʻa tortildi. Bu muhimmottin forigʻ boʻlgʻondin soʻng, cherik va viloyotning tartib va nasqi va zabt va rabtigʻa ishtigʻol koʻrsatildi. Andijon hukumati va eshik ixtiyori Hasan Ya’qubgʻa muqarrar boʻldi. Oʻsh Qosim qavchingʻa qaror topti. Axsi va Margʻinon Uzun Hasangʻa va Ali Doʻst tagʻoyigʻa ta’yin boʻldi. Umarshayx mirzoning oʻzga beklari va yigitlariga har qaysigʻa faroxoʻr hollari viloyat va yer va mucha va charga va vajhi istiqomat muqarrar va muayyan boʻldi.

Chun Sulton Ahmad mirzo murojaat qildi, ikki-uch manzildin soʻng mijozi e’tidol nahajidin munharif boʻlub, muhriq isitma tori boʻldi. Oʻratepa navohisi Oqsuvga yetganda shavvol oyining avositida tarix sekkiz yuz toʻqson toʻqquzda qnrq tuft yoshida olami foniydan vido' qildi.

Valodat va nasabi: valodati sekkiz yuz ellek beshda, Sulton Abusaid mirzo taxt olgʻon yili edi. Sulton Abusaid mirzoning bori oʻgʻlonlaridin ulugʻi bu edi. Onasi Oʻrda Bugʻa tarxonning qizi Darvesh Muhammad tarxonning egachisi edi. Mirzoning e’tiborliq xotuni edi.

Shakl va shamoyili: baland boʻyluq, qoʻnqor soqolliq, qizil yuzluk, tanbal kishi erdi. Soqoli engakida erdi. Ikki yangoqida soqoli yoʻq edi. Bisyor xushmuhovara kishi erdi. Dastorni ul zamon dasturi bila chahorpech chirmab, aloqasini ilgarrak qoshining ustiga qoʻyar edi.

Axloq va atvori: hanafiy mazhabliq, pokiza e’tiqod kishi erdi, besh vaqt namozini betark oʻtar edi. Shurb mahallarida ham namozi tark boʻlmas edi. Hazrati Xoja Ubaydullogʻa irodati bor edi. Hazrati Xoja murabbiy va muqavviy edilar. Bisyor muaddab bor edi . Alalxusus Xoja suhbatida, derlarkim, hargiz Xoja majlisida tizi bir-biri tiziga yovutkagan emastur. Bir navbat hazrati Xoja suhbatida bar xilofi odat oyogʻini yovutkab oʻlturubtur. Mirzo qoʻpqondin soʻng hazrati Xoja buyurubturlarkim, mirzo oʻlturgʻon yerni boqqaylar: bir soʻngak bor ekandur.

Hsch nimarsa oʻqugʻon emas edi, omi edi. Bovujudkim shahrda ulgʻayib edi, turk va sodda edi. Tab'din bahrasi yoʻq edi. Odil kishi edi. Hazrati Xojaning ham ayogʻlari aroda edi. Aksar muhimmot shar' tariyqi bila faysal topar edi. Ahd va qavligʻa rost va durust edi. Hargiz andin xilofe zohir boʻlmadi.

Shijoati bor edi. Agarchi hech andoq boʻlmadikim, oʻzining iligi ishga yetmish boʻlgʻay, vale derlarkim, ba’zi ma’rakalarda andin asari shijoat zohir boʻlur ekandur. Oʻqni bisyor yaxshi otar erdi. Ilbosunga oʻqi va tirgazi aksar tegar edi. Qabaqni maydonning ul boshi, bu boshidin kirib aksar urar erdi. Oxirlar tanbal boʻlgʻonlarida qirgʻovul va budanani biyozi bila otib kam yozar erdi. Qushchi kishi erdi, qush gʻalaba solur edi, yaxshi solur edi. Ulugʻbek mirzodin soʻng oncha qushchi podshoh yoʻq edi.

Asru koʻp hayosi bor erdi. Derlarkim, xilvatlarda mahram va ichkilaridin ham oyogʻini yopar ekandur. Gohikim ichkulukka tushar erdi, yigirma-oʻttiz kun payo-pay ichar erdi. Gohikim, chogʻirdin chiqar erdi, yana yigirma-oʻttiz kun ichmas edi. Bir oʻlturgʻon bila majlisda gohi bir kecha-kunduz oʻlturur edi, yaxshi ichar edi. Chogʻir ichmas kunlari basitni guzaro yeyar erdi. Tabiatigʻa imsok gʻolib edi, kamsuxan va odmi kishi erdi, ixtiyori beklari ilgida edi.

Masoflari: Toʻrt masof urushti. Avval Shayx jamol argʻunning inisi Ne’mat argʻun bila, Zomin navohisida Oqar tuzida gʻolib boʻldi. Yana bir marta Umarshayx mirzo birla Xavosta ham gʻolib boʻldi. Yana bir martaba Toshkand navohisida Chir suyining yoqasida sulton Mahmudxon bila, agarchi masof yoʻq edi, moʻgʻulning chopqunchisi birin-ikin cherikning keynidan kslib partalgʻa ilik qoʻygʻon bila, muncha qalin cherik urush yoʻq, talosh yoʻq, biri-birigʻa boqmay buzuldilar. Koʻprak cherik eli Chir suyida gʻarq boʻldilar. Yana bir martaba Haydar koʻkaltoga bila Yer yayloqning navohisida gʻolib boʻldi.

Viloyoti: Samarqand va Buxoro erdikim, otasi berib edi. Shayx Jamolni Abdulquddus oʻlturgandin soʻng Toshkand va Shohruxiya va Sayromni olib edi, necha mahal tasarrufida edi. Soʻngra Toshkand bila Sayromni inisi Umarshayx mirzoga berib edi. Xoʻjand va Oʻratepa ham necha mahal Sulton Ahmad mirzoda edi.

Avlodi: Ikki oʻgʻli boʻlub edi, kichikligida qolmadi. Besh qizi bor edi, toʻrti Qutuqbegimdin edi. Boridin ulugʻ Robia Sultonbegim edi, Qorakoʻzbegim derlar edi. Sulton Mahmudxongʻa oʻzi hayotida chiqarib edi. Xondin bir oʻgʻli boʻlub edi, Boboxon otliq, xeyli maqbulgʻina oʻgʻlon edi. Oʻzbaklar xonni Xoʻjandta shahid qilgʻonda, ani va andoq necha norasidani zoe qildilar. Sulton Mahmudxonning voqeasidan soʻng Jonibek Sulton oldi.

Ikkinchi qizi Soliha Sultonbegim edi, Oqbegim derlar edi. Sulton Ahmad mirzodin soʻngra Sulton Mahmud mirzo toʻylar qilib, ulugʻ oʻgʻli Sulton Mas'ud mirzogʻa oldi. Soʻngra Shohbegim, Mehr Nigorxonim bila Koshgʻargʻa tushti. Uchunchi qiz Oyisha Sultonbegim edi. Besh yoshimda Samarqandgʻa kelganda manga qoʻlub edilar. Soʻngra qazoqliklarda Xoʻjandqa keldi, anda olib edim. Samarqandni ikkinchi navbat olgʻonda birgina qizi boʻlub edi, necha kundin soʻng tengri rahmatigʻa bordi. Toshkand buzugʻlugʻudin burunroq egachisining angizi bila mendin chiqti.

Toʻrtunchi qizi Sultonbegim edi, Sulton Ali mirzo olib edi, andin soʻng Temur Sulton olib edi, andin soʻngra Mahdi Sulton olib edi.

Boridin kichik qizi Ma’suma Sultonbegim edi. Onasi argʻundin, Sulton Argʻunning birodarzodasi, Habiba Sultonbegim edi. Men Xurosongʻa borgʻonda koʻrub, xushlab, tilab, Qobulgʻa kelturub oldim. Bir qiz boʻldi. Oʻshal fursatta-oʻq «zocha» zahmati bila tengri rahmatigʻa bordi, qizigʻa onasining otini-oʻq qoʻyuldi.

Xavotin va sarori: avvali, Sulton Abusaid mirzo qoʻlgʻon Mehr Nigorxonim edi. Yunusxonning ulugʻ qizi, mening onamning tuqqon egachisi edi. Yana bir tarxonlardin edi, Tarxonbegim derlar edi. Yana bir Qutuqbegim edi. Ushbu Tarxonbegimning koʻkaltoshi edi, Sulton Ahmad mirzo oshiqliqlar bila olib edi, asru koʻp suyuklik edi va koʻp musallit edi. Chogʻir ichar edi. Aning tirikligida Sulton Ahmad mirzo oʻzga haramgʻa bormas edi. Oxir oʻlturdi va badnomligʻidin xalos boʻldi. Yana bir Xonzodabegim edi, Tirmiz xonzodalaridin edi. Men Samarqandgʻa besh yoshimda Sulton Ahmad mirzo qoshigʻa kelgan fursatda olib edi. Hanuz yuz yopugʻi bor edi. Turkona rasm bila manga buyurdilar, men yuzini ochtim. Yana bir Ahmad Xojibekning qiz nabirasi edi, Latifbegim otliq, Mirzodnn soʻng Hamza Sulton olib edi, Hamza Sultondin uch oʻgʻli boʻlub edi. Men Hamza Sulton va Temur Sulton boshliq sultonlarni bosib, Hisorni olgʻonda, bu sultonzodalar va yana necha sultonzodalar tushub edi, borini ozod qildim. Yana bir Habiba Sultonbegim edi. Sulton Argʻunning birodarzodasi edi.

Umarosi: Jonibek doʻldoy edi, Sulton Malik Koshgʻariyning inisi edi. Sulton Abusaid mirzo Samarqand hukumatini va Sulton Ahmad mirzo oʻz eshigining ixtiyorini munga berib edi, muni eshik oqo qilib edi. Gʻarib axloq va atvorliq kishi ekandur. Andin gʻarib nimalar xeyli rivoyat qilurlar. Ul jumladin biri budurkim. Samarqand hokimi ekan fursatlar oʻzbakdin elchi kelur, oʻzbak ulusida bu elchi zoʻrgʻa mashhur ekandur. Oʻzbak zoʻr kishini boʻka der emish. Jonibek derkim: Boʻkamusen? Boʻka boʻlsang, kel kurashaling.

Bu elchi har necha muzoyaqa qilur, qoʻymas, kurashurlar. Jonibek yiqar. Mardona kishi erdi.

Yana bir Ahmad Hojibek edi. Sulton Malik Koshgʻariyning oʻgʻli edi. Hiriy hukumatini Sulton Abusaid mirzo necha mahal munga berib edi. Obogʻasi Jonibek oʻlgandin soʻng aning muchasini berib, Samarqandgʻa yibordi. Xushtab' va mardona kishi edi. «Vafoiy» taxallus qilur edi. Sohibi devon erdi, she’ri yamon emas edi, bu bayt aningdurkim:

Mastam, ey muhtasib, imroʻz zi man dast bidor,
Ihtisobam bikun on roʻz ki yobi hushyor[8].

Mir Alisher Navoiy Hiriydin Samarqandgʻa kelgan fursatlar Ahmad Hojibek bila boʻlur edi. Sulton Husayn mirzo podshoh boʻlgʻondin soʻngra Hiriyga keldi. Asru ulugʻ rioyat topdi. Ahmad Hojibek yaxshi toʻpchoqlar saxlab, yaxshi minar edi. Bu toʻpchoqlar aksar xonazodi edi. Agarchi mardona kishi edi. Ish-kuchini navkar-savdari saru somon qilur edi. Boysungʻur mirzo Sulton Ali Mirzo bila Buxoroda urushub magʻlub boʻlgʻonda ilikka tushti. Darvesh Muhammad tarxonning qonining tuhmati bila beizzatona oʻlturdilar.

Yana bir Darvesh Muhammad tarxon edi. Oʻrda Boʻgʻa tarxonning oʻgʻli, Sulton Ahmad mirzo, Sulton Mahmud mirzoning tuqgʻon, tagʻoyisi edi. Mirzo qoshida borcha beklardin ulugʻroq va moʻ'tabarroq bu edi. Musulmon va odmi va darveshvash kishi edi. Hamisha «mushaf kitobat qilur edi» . Shatranjni bisyor oʻynar edi, yaxshi oʻynar edi. Qush ilmini xoʻb bilur edi, qushni xoʻb solur edi. Oxir Boysungʻur mirzo bila Sulton Ali mirzoning gʻavgʻosida ulugʻluq zamonida badnomliq bila oʻldi.

Yana bir Abdulali tarxon edi. Darvesh Muhammad tarxongʻa yovuq uruq boʻlur edi. Singlisi ham munda edi, Boqi tarxonning onasi boʻlgʻay. Agarchi Darvesh Muhammad tarxon toʻra va mucha bila mundin ulugʻ edi, vale bu fir'avn ani koʻzga ilmas edi. Buxoro hukumati necha yil munda edi, navkari uch mingta yetib edi, navkarni yaxshi shafqat bila saxlar edi. Baxshish va pursish va devon va dastgoh va shilon va majlisi podshohona edi. Zobit va zolim va fosiq va mudamme’ kishi edi. Shayboniyxon garchi navkari emas edi, vale necha mahal muning bila boʻlur edi. Kichik kirim sultonlar xud aksar navkari boʻlub edilar, Shayboniyxonning muncha taraqqiy topmogʻigʻa va muncha qadim xonavodalar buzulmogʻigʻa Abdulali tarxon sabab boʻldi.

Yana bir Sayid Yusuf oʻgʻloqchi edi. Ulugʻ otasi moʻgʻuldin kedgan ekandur. Otasini Ulugʻbek mirzo rioyat qilib edi. Ra’y va tadbiri xeyli yaxshi edi. Mardonaligʻi ham bor edi. Qoʻbuzni yaxshi cholur edi.

Men avval Kobulgʻa kelganda mening qoshimda edi, ulugʻ rioyat qilib edim, filvoqe rioyat arzandasi ham bor edi. Avvalgʻi yil Hinduston azimati bila cherik otlongʻonda Sayid Yusufbekni Kobulda qoʻyub edim. Oʻshul fursatta tengri rahmatigʻa bordi.

Yana bir Darveshbek edi. Temurbek rioyat qilgʻon Egu Temurbekning naslidin edi. Hazrati Xojagʻa irodati bor edi. Musiqiy ilmidin boxabar edi, soz ham cholur edi. Tab'i nazmi bor edi. Sulton Ahmad mirzo Chir suyi yoqasida shikast topqanda Chir suyigʻa bordi.

Yana bir Muhammad Mazid tarxon edi, Darvesh Muhammad tarxonning tuqqon inisi edi. Necha yil Turkiston hokimi edi. Shayboniyxon Turkistonni mundin oldi. Ra’y va tadbiri yaxshi edi. Bebok va fosiq edi. Samarqandni ikkinchi navbat va uchunchi navbat olgʻonda mening qoshimgʻa kelib edi. Men dagʻi yaxshi rioyat qilib edim. Koʻli Malik urushida oʻldi.

Yana bir Boqi tarxon edi. Abdulali tarxonning oʻgʻli va Sulton Ahmad mirzoning amakizodasi edi. Otasidin soʻngra Buxoroni munga berib edilar. Sultonali mirzo zamonida koʻp ulgʻayib edi, navkari besh-olti mingga yetib edi. Sultonali mirzogʻa xeyli mute’ va munqod emas edi. Shayboniyxon bila qal'ai Dabusida urushub bosturdi. Oʻshul bosqon bila Shayboniyxon borib Buxoroni oldi. Qushqa koʻp mayli bor edi. Derlarkim, yetti yuz qushi bor ekandur. Andoq axloq va atvori yoʻq edikim, desa boʻlgʻay. Mirzodaliqta va davlatta ulgʻayib edi. Otasi Shayboniyxongʻa yaxshiliklar qilgʻon jihatidan Shayboniyxon qoshigʻa bordi. Ul nohaqshunosi bemuruvvat ul yaxshiliklarning muqobalasida hech nav' rioyat va shafqat qilmadi. Xorliq va zorliq bila Axsi viloyatida olamdin bordi.

Yana bir Sulton Husayn argʻun edi. Necha mahal Qorakoʻl hukumati anda uchun, Sulton Husayn Qorakoʻliygʻa mashhur edi. Ra’y va tadbiri xeyli yaxshi edi. Mening qoshimda ham xeyli boʻlur edi.

Yana bir Quli Muhammad Bugʻdo edi, qavchin edi. Mardonaligʻi ham bor ekandur.

Yana bir Abulkarim ashrit edi, uygʻur edi. Sulton Ahmad mirzo qoshida eshikogʻa edi. Saxiy va mardona kishi edi.

Sulton Ahmad mirzo voqeasidin soʻng beklar ittifoq qilib togʻ yoʻli bila Sulton Mahmud mirzogʻa kishi chopturub tiladilar. Sulton Abusaid mirzoning ogʻasi Minuchehr mirzoning oʻgʻli Malik Muhammad mirzo saltanat dagʻdagʻasi bila bir necha lavand va avboshni oʻziga qoʻshub oʻrdudin ayrildi. Samarqandgʻa kelib hech ish ham qila olmadi, Oʻzining va yana birnecha begunoh podshohzodalarning oʻlmakiga sabab boʻldi.

Sulton Mahmud mirzogʻa bu xabar yetgach-oʻq betavaqquf Samarqandgʻa kelib, bezahmat va bemashaqqat taxtqa oʻlturdi. Sulton Mahmud mirzoning necha ishlaridin vazi' va sharif va sipohi va raiyat mutanaffir va gurizon boʻldilar.

Avval bukim, mazkur boʻlgʻon Malik Muhammad mirzonikim, obogʻasining oʻgʻli va oʻzining kuyovi edi, yana toʻrt mirzoni Koʻk saroygʻa chiqarib edi, ikkisini qoʻyub, Malik Muhammad mirzoni va yana bir mirzoni shahid qildi. Bularning ba’zisigʻa xud podshohlik ham tegmas edi. Bu dagʻdagʻalari ham aslo yoʻq edi. Agarchi Malik Muhammad mirzoda andak gunohe bor edi, yana birning hech gunohi yoʻq edi.

Yana bir bukim agarchi zabt va tuzuki xeyli yaxshi edi, devon shior erdi. Siyoq ilmini bilur edi, vale tab'i zulm va fisqqa moyil edi. Samarqandgʻa kirgach, oʻzgacha tartib va nasaq va xarj va tahmil bunyod qila boshladi.

Hazrati Xoja Ubaydulloning mutaalliqlarigʻakim, burun xarj va tahmillarda koʻp faqir va miskin alarning himoyati bila zulm va taaddidin xalos boʻlurlar edi, ne joy ulkim, alargʻa mundoq takliflar boʻlgʻay, koʻp taaddi va tashaddud qila boshladi. Balki bu taaddi va tashaddud Xojaning avlodigʻa dagʻi siroyat qildi.

Yana bir bukim, oʻzikim nechuk zolim va fosiq edi, bek va bekcha va navkar va savdari tamom zolim va fosiq edilarkim, Hisor eli, alalxusus, Xisravshohgʻa taalluq el hamisha shurb va zinogʻa mashgʻul edilar. Bu martabadakim, Xisravshohning navkarlaridin birov bir kishining xotunini tortib eltar, bu xotunning eri Xisravshohgʻa kelib dodxohlik qilur, javob berurkim, necha yil sening bila edi, necha kun aning bila boʻlsun.

Yana bir bukim, shahri va bozori, balki turk va sipohining amrad oʻgʻlonlari chuhra qilur qoʻrqunchidin uydin chiqmas edilar.

Samarqand ahlikim, yigirma-yigirma besh yil Sulton Ahmad mirzoning zamonida rafohiyat va farogʻat bila oʻtkarib edilar, aksar muomala hazrati Xoja jihatidin adl va shar' tariyqi bila edi. Bu nav' zulm va fisqdin bajonu dil ozurda va ranjida boʻldilar. Vaze’ va sharif, faqir va miskin nafrin va duoyi badigʻa ogʻiz ochib, qoʻl koʻtardilar.

Hazar kun zi dardi darunhoi resh,
Ki reshi darun oqibat sar koʻnad,
Baham bar mazan to tavoni dile,
Ki ohe jahone baham barzaad[9].

Lojaram zulm va fisqning shomatidan Samarqandta besh-olti oy besh hukumat qilmadi.

Vaqoei sanai tis'a mia[10]

Manga Sulton Mahmud mirzodin Abdulquddusbek otliq elchi keldi. Ulugʻ oʻgʻli Sulton Mas'ud mirzogʻa ogʻasi Sulton Ahmad mirzoning Oqbegim otliq ikkinchi qizini toʻy va oyin bila olgʻon. Sochiqni kelturdi: oltundin va kumushdin bodomlar va pistalar qilib edilar.

Bu kelgan elchining Hasan Ya’qubqa uruqlugʻi bor ekandur. Hasan Ya’qubni va’dalar bila mirzogʻa boqturgʻali kelgan ekandur. Narm javob aytib, balki ul sari boʻlgʻondek qilib elchiga ruxsat berdi. Besh-olti oydin soʻng Hasan Ya’qubning mijozi munharif boʻlib, mening yovugʻimdagʻi kishi-qaro bila yamon maosh qila kirishti. Ishni munga yetkurdikim, manga ruxsat berib, Jahongir mirzoni podshoh qilgʻay. Hasan Ya’qubning ixtiloti soyir umaro va sipohi bila dagʻi yaxshi emas edi. Aning bu fikridin bori el voqif boʻlub edilar. Xoja qozi va Qosim qavchin va Ali Doʻst tagʻoyi va Uzun Hasan va yana ba’zi davlatxohlar mening ulugʻ onam Esan Davlatbegimning qoshida yigʻilib soʻzni bu yerga qoʻydilarkim, Hasan Ya’qubni ma’zul qilib, fitnasigʻa taskin berilgay. Xotunlar orasida ra’y va tadbirda mening ulugʻ onam Esan Davlatbegimcha kam boʻlgʻay edi, bisyor oqila va mudabbira edi. Koʻproq ish-kuch alarning mashvarati bila boʻlur edi.

Hasan Ya’qub arkta edi. Mening onam va ulugʻ onam — Esan Davlatbegim tosh qoʻrgʻonda chaqarda edilar.

Bu azimat bila otlanib arkka mutavajjih boʻldum. Hasan Ya’qub qushqa otlongʻon ekandur. Xabar topib oʻshandin-oʻq Samarqand sari mutavajjih boʻldi. Aning bila bor kishi, bor beklarni tutturuldi. Tutulgʻon beklar Muhammad Boqirbek edi, Sulton Mahmud doʻldoy Sulton Muhammad doʻldoyning otasi edi. Yana ba’zilar ham bor edi. Ba’zisigʻa Samarqand sari ruxsat berildi. Eshik ixtiyori va Andijon hukumati Qosim qavchingʻa qaror topti.

Hasan Ya’qubkim, Samarqand azimati bila Kandibodomgʻacha borib edi, necha kundin soʻng fosid andisha bila Axsi azimati kilib, Xoʻqon oʻrchin navosigʻa keldi. Xabar topib ba’zi beklar bila yigitlarni aning usgiga yiborildi. Ilgʻor beklari oʻzlaridin ilgarrak bir pora yigitlarni qorovul yibordilar. Hasan Ya’qub xabar topib, kecha bila bu qorovul ayirgʻon yigitlarning ustita yurub, oʻy munguzi qobsob shiba qoʻyarlar. Qorongʻi kechada oʻz elining oʻqi-oʻq Hasan Ya’qubiing qochorigʻa tegib, qochoridin burunroq oʻz amaligʻa giriftor boʻldi.

Chu bad kardi, mabosh emin zi ofot,
Ki vojib shud tabiatro mukofot[11].

Ushbu yil shubhalik taomdin parhiz qila boshladim. Pichoq va qoshiq va dasturxongʻacha ehtiyot qilur edim. Tahajjud ham kamroq tark boʻlur edi.

Rabiuloxir oyida Sulton Mahmud mirzogʻa qaviuy oriza yuzlanib, olti kunda olamdin kechti. Qirq uch yoshar edi.

Shakl va shamoyili: past boʻyluq, suyuq soqolliq, tanbal, sinchisizroq kishi edi.

Axloq va atvori: yaxshi edi. Namozni tark qilmas edi. Tuzuki va zabti bisyor yaxshi edi. Siyoq ilmini xoʻb bilur edi. Viloyotdin bir diram va bir dinor aning bevuqufi xarj boʻlmas edi. Navkarining ulufasi aslo munkasir boʻlmas edi. Majlis va baxshish va shilon va devoni bisyor yaxshi edi. Barchasi qoida va tuzuki bila edi. Bir nav' tartib va nasaqikim qoʻyub edi, sipohi va raiyat aslo andin tajovuz qila olmas edi. Burun qushqa xeyli qotror ekandur. Soʻngralar bahlum ovni qalin ovlar edi.

Zulm va fisqqa koʻp mashgʻul edi. Muttasil chogʻir ichar edi. Chuhra qalin saxlar edi. Qalamravida chiroyliq amrad oʻgʻlon boʻlsa, har nav' bila kelturub chuhra qilur edi. Beklarning oʻgʻlonlarini, balki koʻkaltoshlarini chuhra qilib edi, balki oʻzining koʻkaltoshidin tuqqongʻa dogʻi bu xizmatni buyurub erdi. Bu shum fe’l aning zamonida andoq shoe edikim, chuhrasiz kishi aslo yoʻq edi. Chuhra saxlamoqligʻni hunar bilurlar erdi. Chuhra saxlamasligni ayb qilurlar edi. Zulm va fisqaning shomatidin oʻgʻlonlari tamom juvonmarg boʻldilar.

Tab'i nazmi bor edi, devon tartib qilib edi, vale she’ri bisyor sust va bemaza edi. Andoq she’r aytqondin aytmogʻon yaxshiroqdur.

Bad e’tiqod kishi edi. Hazrati Xoja Ubaydullogʻa istixfof qilur edi. Yuraksiz kishi edi. Hayosi kamroq edi. Bir necha masxara va bebok tegrasida bor edi. Devon boshida va xaloyiq qoshida zisht va shane’ harakatlar qilurlar edi. Badkalom edi. Soʻzini filhol anglab boʻlmas edi.

Masoflari: ikki qatla masof urushti. Har ikki qatla Sulton Husayn mirzo bila, bir martaba Astarobodta magʻlub boʻldi. Yana bir qatla Andixud navohisida Chakman degan yerda ham magʻlub boʻldi. Ikki qatla Badaxshonning janub jonibi Kofiristongʻa borib gʻazot qildi. Bu jihatdin farominining toʻgʻrosida Sulton Mahmud gʻoziy bitirlar edi.

Viloyoti: Sulton Abusaid mirzo Astarobodni berib edi, Iroq voqeasida Xurosongʻa keldi. Ul fursat Qanbar Alibek Hisor hokimi Sulton Abusaid mirzoning hukmi bila Hinduston cherikini cheriklab, Iroqqa mirzoning soʻngicha boradur edi, Xurosongʻa yetib edi, Sulton Mahmud mirzogʻa mulhaq boʻldi; Sulton Husayn mirzoning ovozasini eshitgach, Xuroson eli hujum qilib, Sulton Mahmud mirzoni Xurosondin chiqordilar. Samarqandgʻa Sulton Ahmad mirzoning qoshigʻa keldi. Necha oydin soʻng Ahmad Mushtoq boshligʻ Sayid Badr va Xisravshoh va yana ba’zi yigitlar Sulton Mahmud mirzoni olib qochib, Hisorgʻa Qanbar Alibek qoshigʻa keldilar. Andin beri Qahqa bila Koʻhtan togʻining janub tarafidagi viloyot, misli: Tirmiz va Chagʻoniyon va Hisor va Xatlon va Qunduz va Badaxshon Hindukush togʻigʻacha Sulton Mahmud mirzoning tasarrufida edi. Ogʻasi Sulton Ahmad mirzo oʻlgandin soʻng aning viloyoti dagʻi muning tasarrufida boʻldi.

Avlodi: besh oʻgʻul, oʻn bir qiz edi. Bori oʻgʻlonlaridin ulugʻ Sulton Mas'ud mirzo edi. Onasi Mir Buzurg Tirmiziyning qizi edi.

Yana bir oʻgʻul Boysungʻur mirzo edi. Onasi Pashabegim edi.

Yana bir oʻgʻul Sulton Ali mirzo edi. Onasi Zuhrabegi ogʻa edi, oʻzbak edi, gʻuma edi.

Yana bir oʻgʻul Sulton Husayn mirzo edi. Onasi Xonzodabegim, Mir Buzurgning nabirasi edi, Mirzo hayotida oʻn uch yoshida tengri rahmatigʻa bordi.

Yana bir oʻgʻul Sulton Vays mirzo edi. Onasi Yunusxonning qizi, mening onamning singili Sulton Nigorxonim edi. Bu toʻrt mirzoning holoti bu tarixda yil vaqoeida mazkur boʻlgʻusidur.

Uch qiz Boysungʻur mirzo bila bir tuqqon edi. Ulugʻrogʻini Sulton Mahmud mirzo obagʻasi Minuchehr mirzoning oʻgʻli Malik Muhammad mirzogʻa chiqarib edi.

Yana besh qiz Mir Buzurgning nabirasi Xonzodabegimdin edi. Ulugʻini Sulton Mahmud mirzodin soʻngra Abobakr Koshgʻariyga berdilar. Ikkinchi qiz, Bikabegim edi, Sulton Husayn mirzo Hisorni muhosara qilgʻonda Haydar mirzo otliq oʻgʻligʻakim, Sulton Abusaid mirzoning qizi Poyanda Sultonbegimdin tuqqondur, olib yarashib, Hisorning ustidin qoʻpti. Uchunchi qiz Oqbegim edi. Toʻrtunchi qizi Oybegim edi . Sulton Husayn mirzo Qunduz ustiga kelganda Umarshayx mirzo oʻgʻli Jahongir mirzoni Andijon cheriki bila koʻmak yiborganda Jahongir mirzogʻa nomzad boʻlub edi. Tarix toʻqquz yuz oʻnda Amu daryosi yoqasida Boqi Chagʻoniyoniy manga kelib mulozamat qildi. Bu begimlar onalari bilan Tirmizta edilar.

Bular ham Boqi Chagʻoniyoniyning koʻchi bila kelib qoʻshuldilar.. Kohmardqa kelganda Jahongir mirzo oldi. Birgina qizi boʻldi. Bu tarixda ulugʻ onasi Xonzodabegim bila Bada.xshon viloyatidadur. Beshynchi qiz Zaynab Sultonbegim edi. Kobulni olgʻonda onam Qutluq Nigorxonimning sa’yi bila oldim, xeyli sozvorliq boʻlmadi. Ikki-uch yildin soʻng obila zahmati bila olamdin bordi. Yana bir qiz Maxduma Sultonbegim edi. Sulton Ali mirzoning bir tuqqon egachisidur. Holo Badaxshon viloitidadur. Va yana ikki qiz gunchachidin boʻlub edi. Birining oti Rajab Sulton, yana birining oti Muhib Sultondur.

Xavotin va sarori: ulugʻ xotuni Mir Buzurg Tirmiziyning qizi Xonzodabegim edi. Mirzo bisyor sevar edi. Sulton Mas'ud mirzoning onasi edi. Ul oʻlganda mirzo bisyor qattiq ta’ziyat tutqondur. Andin soʻng Mir Buzurgning nabirasi bu Xonzodabegimning birodarzodasini oldi. Ani ham Xonzodabegim derlar edi. Besh qiz va bir oʻgʻulning onasi edi.

Yana bir Pashabegim edi. Qoraqoʻyluq Bahorlu aymogʻi turkman beklaridin Ali Shukrbekning qizi edi. Jahonshoh mirxo Boroniy va Iroqni bu Jahonshoh avlodidin Oqqoʻyluq Uzun Hasan olgʻonda Ali Shukrbekning oʻgʻlonlari toʻrt-besh ming uyluk qoraqoʻyluq turkmanlar bila Sulton Abusaid mirzo mulozamatigʻa kelib edilar. Sulton Abusaid mirzo shikast topqonda bu viloyatlargʻa tushtilar. Sulton Mahmud mirzo Samarqanddin Hisor kelganda Sulton Mahmud mirzo mulozamatigʻa keldilar. Bu Pashabegimni mirzo ul mahalda olib edi. Bir oʻgʻul, uch qizning onasi edi. Yana bir Sulton Nigorxonim edi. Nasabi xonlar vaqoeida mashruh mazkur boʻlubtur.

Gʻuma va gʻunchachisi xeyli bor edi. Mu'tabar gʻumasi Zuhrabegi ogʻa edi. Oʻzbakdin edi. Sulton Abusaid mirzoning tirikligida yigitligida olib edi . Bir oʻgʻul, bir qizning onasi edi va gʻunchachi xeyli bor edi. Ikkisidin ikki qiz boʻlur edikim, mazkur boʻldi.

Umarosi: Xisravshoh edi. Turkistonliq qipchoqdindur. Kichikligida tarxon beklariga yovuq xizmat qilur edi. Balki andin soʻng Mazidbek argʻungʻa navkar boʻldi. Filjumla rioyat qilib edi. Iroq buzugʻlugʻida Sulton Mahmud mirzogʻa qoʻshulub, yoʻlda kelurda shoyista xizmatlar qilgʻon uchun Sulton Mahmud mirzo rioyat qilib edi. Soʻngralar asru koʻp ulgʻayib edi. Sulton Mahmud mirzoning zamonida-oʻq navkari besh-olti mingga yetib edi. Amu daryosidii Hindukush togʻigʻacha viloyot gʻayri Badaxshon, tamom munga taalluq edi. Darbast yer edi. Shiloni va saxovati yaxshi edy. Bovujudi turkluk mahkam paydokunanda edi. Nechukkim paydo qilur edi, yaxshi ham xarj qilur edi.

Sulton Mahmud mirzodin soʻng oʻgʻlonlarining zamonida xud asru koʻp ulgʻoyib edi. Navkari yigirma mingga yovushub edi.

Agarchi namoz qilur edi va taomda parhiz qilur edi, vale tiyra na fosiq edi, gavdan va befahm va bevafo va haromnamak kishi edi. Besh kun oʻtar dunyo uchun bir oʻzi oʻsturgʻon valine’matzodasini koʻr qildi. Yana birini oʻlturdi. Tengri qoshida osiy va xalq oldida mardud boʻlubdur. Domani qiyomatgacha la’nat va nafrin sazovori boʻldi. Bu oʻtar dunyo uchun mundoq yamon ishlar qildi. Mundoq bisyor ma’mur viloyat va muncha qalin yaroqliq navkar bila bir mokiyon bila ham tutushmadi. Bu tarixda zikri kelgusidur.

Yana bir Muhammad Elchi boʻgʻa edi. Qavchin edi. Balx eshigida hazora urushida Sulton Abusaid mirzo oldida da’vo bila musht tegurubdur. Mardona kishi edi. Mirzogʻa doim mulozamat qilur edi. Mirzo ra’yi bila amal qilur edi. Sulton Husayn mirzo Qunduzni qobogʻonda Xisravshohning taassubigʻa oz kishi bila yaroqsiz behisob shabixun keldi. Ish ham qila olmadi. Andoq qalin cherikka ne ish qila olgʻay edi. Soʻnggicha qovgʻunchi bordi, oʻzin daryogʻa soldi, gʻarq boʻldi.

Yana bir Ayyub edi. Sulton Abusaid mirzo qoshida Xuroson chuhrasi chargasida xizmat qilur edi. Mardona kishi edi. Boysungʻur mirzoning bek atkasi edi. Yemak va kiymagi sirfa bila edi. Qazzol va harrof edi. Sulton Mahmud mirzo behayo, deb xitob qilur ekandur.

Yana bir Vali edi. Xisravshohning tuqqan inisi edi. Navkarini yaxshi saxlar edi. Sulton Mas'ud mirzoning koʻziga mil tortmogʻigʻa va Boysungʻur mirzoning oʻlturmakiga bois ul edi. Jami' elni gʻiybat qilur edi. Badzabon va fahshgoʻy va xudpisand va tiyra magʻz mardak edi. Oʻzidin oʻzga hech kishini hech ishta pisand tutmas edi. Qunduz viloyatidin kelganda va Dushiy navohisida Xisravshohni navkar, savdaridin ayrib ruxsat bergan fursatta ul dogʻi oʻzbakning qoʻrqunchidin Andarob va Serobqa kelib edi. Ul navohidagʻi aymoqlarni bosib talab, bizni deb Kobulgʻa keldilar. Vali Muhammad Shayboniyxon qoshigʻa bordi. Samarqand shahrida boʻyniga urdurdi.

Yana bir Shayx Abdullo barlos edi. Shoh Sulton Muhammadning bir qizi munda edikim, Abobakr mirzo bila Sulton Mahmudxonning xolasi boʻlgʻay. Toʻnni siriq va tor kiyar edi. Odmi va asil kishi edi.

Yana bir Mahmud barlos edi. Navandokliq barloslardindur. Sulton Abusaid mirzo qoshida ham bek edi. Sulton Abusaid mirzogʻa Iroq viloyati musaxxar boʻlgʻonda Kirmonni Mahmud barlosgʻa berib edi. Abobakr mirzogʻa Mazidbek argʻun va qoraqoʻyluq turkman beklari qoʻshulub, Sulton Mahmud mirzoning ustiga Hisorda kelganda Sulton Mahmud mirzo ogʻosigʻa Samarqandgʻa bordi. Mahmud barlos Hisorni bermay, yaxshi saxladi. Shoir edi, devon tartib kilib edi.

Sulton Mahmud mirzoning favtidin soʻngra Xisravshoh bu voqeaii eldin yashurub xazinagʻa dastandozliq qildi. Mundoq xabar nechuk yashurun qolur , filhol bori shahr eliga bu xabar yoyildi. Samarqand ahligʻa ul kun bir ulugʻ iyd edi. Sipohi va raiyat Xisravshohning ustiga hujum qilmoq maqomida boʻldilar. Ahmad Hojirxon beklari gʻavgʻoni bosib, Xisravshohni chiqarib Hisor uzattilar. Sulton Mahmud mirzo hayotida ulugʻ oʻgʻli Sulton Mas'ud mirzogʻa Hisorni berib, Boysungʻur mirzogʻa Buxoroni berib, oʻgʻlonlarigʻa ruxsat berib edi. Bu voqeada hech qaysi hozir emas edi. Xisravshohni chiqorgʻondin soʻng Samarqand va Hisor beklari ittifoq bila Buxorogʻa Boysungʻur mirzogʻa kishi yiborib va kelturub, Samarqand taxtigʻa oʻlturgʻuzdilar. Boysungʻur mirzo podshoh boʻlgʻonda oʻn sekkiz yashar edi.

Oʻshal fursatta Sulton Mahmudxon Sulton Junayd barlosning va Samarqandning ba’zi akobirining soʻzi bila Samarqand doiyasi bila cherik tortib, Kanboy navohisigʻa keldi. Samarqanddin ham Boysungʻur mirzo qalin va koʻchum va yarogʻliq cherik bilan chiqib, Kanboy navohisida masof urushtilar. Haydar koʻkaltoshkim mugʻul cherikning rukni a’zami edi, irovul edi, tamom ottin tushub, shiba qoʻymoqqa mashgʻul boʻldi. Qalin otliq taassubluq Samarqand va Hisor yigitlari ot solgʻon bila Haydarbek boshliq tushganlar tamom ot oyogʻining ostigʻa-oʻq qoldilar. Muni oldurgʻon bila urusha ham olmadilar, bosturdilar. Qalin moʻgʻul kishisi qirildi. Boysungʻur mirzo oʻz olida ham qalin kishining boʻynini urdurubdur .

Andoqkim, oʻlukning kasratidin uch yerda xirgoxni buyutkabdurlar.

Bu fursatta Ibrohim sorukim, mingligʻ elidin edi, otamning olida kichikdin xizmatlar qilib, beklik martabasigʻa yetib edi, bir jarima jihatidin soʻngralar mardud edi. Isfara qoʻrgʻonigʻa kirib Boysungʻur mirzoning otigʻa xutba oʻqub, muxolafat maqomida boʻldi.

Sha’bon oyi Ibrohim soruning fitnasining daf'igʻa azimat qilib cherik otlanildi. Ushbu oyning oyogʻida Isfarani qabab tushtuk. Ul kuni yigitlar shoʻxluq qilib, yetgan bila-oʻq qoʻrgʻonining toshida yangi tom qoʻporib, soladurgʻon qoʻrgʻonni oldilar. Sayid Qosim eshik oqa bu kun borchadin yaxshiroq yurub, oʻzub qilich tegurdi. Sulton Ahmad Tanbal ham qilich tegurdi. Muhammad Doʻst tagʻoyi ham qilich tegurdi, vale bahodur ulushini Sayid Qosim oldi. Bahodurluq ulushi moʻgʻulda qadimiy rasmdur. Har toʻy va osh boʻlgonda har kimki eldin oʻzub qilich tegurgon boʻlsa, ul ulushni ul olur. Shohruxiyada borib tagʻoyim Sulton Mahmudxonni koʻrukona oahodurluq ulushni Sayid Qosim oldi. Avvalgʻi kun urushda Xudoyberdi atkamta taxsh oʻqi tegib oʻldi. Chun yaroqsiz urush solilib edi, ba’zi yigit-yalang zoe’ boʻlub, xeyli kishi yaraliq boʻldi. Ibrohim soruning qoshida taxshandoz bor edi, bisyor yaxshi otar edi. Oncha taxshandoz koʻrulmaydur erdi. Aksar elni ul yaraligʻ qildi. Qoʻrgʻon fathidin soʻng mening qoshimda boʻlur erdi . Muhosara mumtad boʻldi. Buyurildikim, ikki-uch yerda serkoʻblar yasab, naqblar solgʻaylar. Qal'agirliq asbobigʻa bajid mashgʻul boʻlgʻaylar. Muhosara imtidodi qirq kunga tortti.

Oxir Ibrohim soru ojiz boʻlub, Xoja Mavlonoyi qozining tavassuti bila qulluqni ixtiyor qilib, shavvol oyida qilich, sogʻdogʻini boʻynigʻa osib kelib, mulozamat qilib, qoʻrgʻonni topshurdi.

Sha’bon oyi Ibrohim soruning fitnasining daf'igʻa azimat qilib cherik otlanildi. Ushbu oyning oyogʻida Isfarani qabab tushtuk. Ul kuni yigitlar shoʻxluq qilib, yetgan bila-oʻq qoʻrgʻonining toshida yangi tom qoʻporib, soladurgʻon qoʻrgʻonni oldilar. Sayid Qosim eshik oqa bu kun borchadin yaxshiroq yurub, oʻzub qilich tegurdi. Sulton Ahmad Tanbal ham qilich tegurdi. Muhammad Doʻst tagʻoyi ham qilich tegurdi, vale bahodur ulushini Sayid Qosim oldi. Bahodurluq ulushi moʻgʻulda qadimiy rasmdur. Har toʻy va osh boʻlgonda har kimki eldin oʻzub qilich tegurgon boʻlsa, ul ulushni ul olur. Shohruxiyada borib tagʻoyim Sulton Mahmudxonni koʻrukona oahodurluq ulushni Sayid Qosim oldi. Avvalgʻi kun urushda Xudoyberdi atkamta taxsh oʻqi tegib oʻldi. Chun yaroqsiz urush solilib edi, ba’zi yigit-yalang zoe’ boʻlub, xeyli kishi yaraliq boʻldi. Ibrohim soruning qoshida taxshandoz bor edi, bisyor yaxshi otar edi. Oncha taxshandoz koʻrulmaydur erdi. Aksar elni ul yaraligʻ qildi. Qoʻrgʻon fathidin soʻng mening qoshimda boʻlur erdi . Muhosara mumtad boʻldi. Buyurildikim, ikki-uch yerda serkoʻblar yasab, naqblar solgʻaylar. Qal'agirliq asbobigʻa bajid mashgʻul boʻlgʻaylar. Muhosara imtidodi qirq kunga tortti.

Oxir Ibrohim soru ojiz boʻlub, Xoja Mavlonoyi qozining tavassuti bila qulluqni ixtiyor qilib, shavvol oyida qilich, sogʻdogʻini boʻynigʻa osib kelib, mulozamat qilib, qoʻrgʻonni topshurdi.

Cherik Chakrakdin yongʻondin soʻng Oʻratepaning ustigakim, muddatlar Umarshayx mirzo tasarrufida edi, mirzo oʻlar yili ilikdin chiqib edi, bu fursatta Boysungʻur mirzo jonibidin inisi Sulton Ali mirzo anda edi, azimat qilildi. Sulton Ali mirzo xabar topib, oʻzi Falgʻar va Masiho koʻhistonlarigʻa chiqib, atkasi Shayx Zunnunni Oʻratepada qoʻyub edi, Xoʻjanddin oʻtub ora yoʻlgʻa yetganda Xalifani Shayx Zunnungʻa risolat tariyqi bila yiborildi. Ul behush mardak javobi shofiy bermay, Xalifani tutturub oʻlumga buyurdi. Chun xost yoʻq ekandur. Xalifa xalos boʻlub, yuz tuman mashaqqat va azoblar bila ikki-uch kundin soʻng yayoq va yalangʻoch keldi.

Oʻratepaning navohisigʻa kelduk. Chun qish yovuq boʻlub edi, el oshliq-toʻlukini tamom koʻtarib edilar, bu jihatlardin necha kundin soʻng Andijon sari murojaat qilildi. Biz yongʻondin soʻng xon kishisi Oʻratepa ustiga yurudi. Oʻratepa kishisi tura olmay solib chiqdi. Xon Oʻratepani Muhammad Husayn Koʻragonga berdi. Oʻshul tarixdin toʻqqiz yuz sekkizgacha Oʻratepa Muhammad Husayn Koʻragonda edi.

Vaqoei sanai ihdo va tis'a mia[12]

Sulton Husayn mirzo Xurosondin Hisor ustiga cherik tortib, qish Tirmiz toʻgʻrisi keldi. Sulton Mas'ud mirzo ham cherik yigʻib, Tirmizgʻa muqobalada kelib oʻlturdi. Xisravshoh oʻzi Qunduzni mahkam qilib, inisi Valini cherikka yibordi. Qishning aksarini suv yoqasida oʻtkardilar, oʻta olmadilar. Sulton Husayn mirzo kordon va sohib tajriba podshoh edi. Qunduz sari suv yuqqori boqa koʻchti. Oʻrtadagʻi cherikni gʻofil qilib Abdullatif baxshi boshliq besh-olti yuz oʻbdon kishini Kilif guzariga yibordi. Ul cherik voqif boʻlgʻuncha Abdullatif baxshi ta’yin boʻlgʻon el bila Kilif guzaridin oʻtub suv yoqasini mazbut qildi. Bu xabar Sulton Mas'ud mirzogʻa kelgach, Vali Xisravshohkim bu kechgan kishining ustiga bormoqni harchand sa’y qildi, Sulton Mas'ud mirzo bedilligʻidin yo Boqi Chagʻoniyoniyningkim, Valining ziddi edi, sa’yidin bu kechgan kishining ustiga bormodi. Buzulgʻon yoʻsunluq Hisor sari yondilar.

Sulton Husayn mirzo suv kechib, Badiuzzamon mirzoni va Ibrohim Husayn mirzo va Muhammad Valibek va Zunnun argʻunni Xisravshoh ustiga ilgʻor yibordi. Muzaffar mirzo va Muhammad Burunduq barlosni Xatlon ustiga yibordi . Oʻzi Hisor ustiga keldi. Yovuq yetkanda xabardor boʻldilar.

Sulton Mas'ud mirzo Hisorda turmoqning maslahatini topmay Kamrud rudi yuqori Sira togʻ yoʻli bila inisi Boysungʻur mirzo qoshigʻa, Samarqandgʻa bordi. Vali ham Xatlon sari tortti. Hisor qoʻrgʻonini Boqi Chagʻoniyoniy va Mahmud barlos va Sulton Ahmad bekning otasi berkittilar.

Hamza Sulton va Mahdi Sulton necha yil edikim, Shayboniydin ayrilib kelib, Sulton Mahmud mirzo mulozamatida edilar.

Jami' oʻzbaklari bila Muhammad dugʻlat Sulton Husayn dugʻlat va jami' Hisor viloyati oʻlturushluq moʻgʻullar bila bu buzugʻluqta Qorategin sari torttilar. Sulton Husayn mirzo bu xabarlarni topib, Abulmuhsin mirzoni va ba’zi yigitlarni Kamrud darasi yuqqori, Sulton Mas'ud mirzo keyniga yibordi. Tangiga kirgan mahalda keyinidin yetarlar, oncha ish qila olmaslar. Mirzobek farangiboz anda qilich tegurur.

Ibrohim tarxon va Ya’qub Ayyub va yana ba’zi cherikni Hamza Sultonning va moʻgʻullarning ustiga Qorateginga yibordi. Qorateginda keyinidin yetib urushtilar. Sulton Husayn mirzoning ilgʻorini bosib, bu beklarning aksarini tushurub yana qoʻya berdilar.

Oʻshul chiqqon bila Hamza Sulton va Mahdi Sulton va Hamza Sultonning oʻgʻli Mamoq Sulton va Muhammad dugʻlatkim, soʻngralar Muhammad Hisoriyga mashhur boʻlub edi, Sulton Husayn dugʻlat va bu sultonlargʻa taalluq oʻzbaklar Hisor viloyati oʻlturushluq Sulton Mahmud mirzo navkari moʻgʻullar bizni deb, ramazon oyi Andijongʻa keldilar.

Ul fursatlar Temuriya salotini dasturi bila toʻshak ustida oʻlturur edim. Hamza Sulton bila Mahdi Sulton va Mamoq Sultonkim keldilar, bu salotining ta’zimigʻa qoʻpub, toʻshaqdin tushub, bu sultonlar bila koʻrushtum. Sultonlarni oʻng qoʻlda bogʻishda oʻlturgʻuzdum. Muhammad Hisoriy boshliq borcha moʻgʻullar keldilar. Borcha mulozamatni ixtiyor qildilar.

Sulton Husayn mirzo kelib Hisor qoʻrgʻonini qabab tushti. Naqb solmoq va qoʻrgʻon olmoq va tosh urmoq va qozon qurmoqning ish-kuchida kecha va kunduz orom va qarori yoʻq edi. Toʻrt-besh yerda naqb soldi. Shahr sari darvozada solgʻon naqb xeyli ilgari kelib edi. Qoʻrgʻon eli dagʻi naqb solib, bu naqbni toptilar. Qoʻrgʻon eli yuqoridin bulargʻa dud qildilar. Alar toʻshukni berkitgan bila tutun yuqqori qoʻrgʻon eliga-oʻq yonib, qoʻrgʻon eli oʻlum ichi boʻlub, qochib chiqtilar. Oxir koʻza-koʻza suv keturub quyub, tashqi elni naqbdin qochurdilar. Yana bir navbat bir pora ildam yigitlar chiqib, naqb ustidagi yigitlarni qochurdilar. Yana mirzo tushgan shimol tarafidin qozon qurub, qalin tosh urub, bir burjni kovok qilib edilar. Namozi xuftan burj uchti. Ba’zi yigitlar tezlik qilib urushgʻa ruxsat tiladilar. Kechadur de§, mirzo ruxsat bermadi. Tong otquncha xud qoʻrgʻon eli burjni tamom qoʻparib edilar. Tonglasi uruga ham solmadilar. Bu ikki oy, ikki yarim oyda gʻayraz siyosat va naqb solmoq, sarkub qoʻpormoq va tosh otmoqdin oʻzga yaxshi urush solmadi.

Badiuzzamon mirzo va ul jamoatnikim, Xisravshoh ustiga yiborib edi, Qunduzdin uch-toʻrt yigʻoch quyiroq tushganda Xisravshoh boʻlgʻon kishisi bila yasatib, Qunduzdin chiqib ora qoʻnub, Badiuzzamon mirzo va cherikning ustsga bosib qeldi. Bular muncha mirzolar va muncha sardor beklar bovujudkim, kishilari ikki Xisravshohning kishisicha boʻlmasa, bir yarimchada xud ne soʻz, hazm rioyat qilib, handaqdin chiqmadilar. Xisravshohning yaxshi-yamon, ulugʻ-kichik navkari toʻrt-besh ming boʻlgʻay edi.

Xisravshoh bu oʻtar dunyoyi bebaqo uchun va ketar navkari bevafo uchun muncha yamonliq va badnomliqni ixtiyor qilib va muncha zulm va bedod qilmoqni oʻziga shior qilib, muncha ulugʻ viloyatlar olib, muncha qalin navkar va savdar saxlamoq tarhini solib, balki soʻngralar navkar va chokari yigirma-oʻttuz mingga tortib viloyot va parkanoti oʻz nodshohi va mirzolaridin ortib, umrida qilgʻon shpi ushbu boʻldi. Ushmuncha bila Xisravshoh va tavobeining oti sardorliqqa chiqib, mardona boʻldilar.

Xandaqdin chiqmagʻonlar qoʻrqoqliqqa otiqib, bedillik bila afsona boʻldilar. Badiuzzamon mirzo andin koʻchib, necha koʻch bila Toliqqonning Olgʻu togʻiga kelib tushti. Xisravshoh Qunduz qoʻrgʻonida edi. Inisi Valini bir pora oʻbdon yigitlar bilan Ishka-mish va Fulul va ul togʻ domanalarigʻa yiborib edikim, yana tashqaridin xaduk va tashvish bsrgay, yana Muhib Ali qoʻrchi bir pora oʻbdon yigitlarni olib kelib, Xatlon suyining yoqasida bularning kishisiga uchrab bosib, bir pora kishi tushurub, bir necha bosh kesib bordi. Soʻnggʻi navbat muning taassubigʻa Seydim Ali darbon va inisi Qulibek va Bahlul Ayyub bir pora oʻbdon yigitlar bila kelib, Anbar koʻh domanasida Xoja Changol navohisida Xuroson cheriki koʻchgan mahalda ilik olishurlar, qalin kishi yetib Seydim Ali va Qulboboni va yana bir nora oʻbdon yigitlarni tamom tushurdilar. Bu xabar Sulton Husayn mirzogʻa yetishti. Dagʻi Hisorning bahor yogʻinlari jihatidin ham cherik xoli az tashvish emas erdi, nrash tarhin oragʻa solib ichkardin Mahmud barlos keldi. Tashqaridin Xoja Pir bakovul va ulugʻ ogʻalar va nekim boʻlgʻon sozanda va konanda kelib, Sulton Mahmud mirzoning Xonzodabegimdin boʻlgʻon ulugʻ qizini Haydar mirzogʻakim, Poyanda Sultonbegimdin boʻlub edi. Sulton Abusaid mirzoning qiz nabirasi edi, olib, Hisor ustidin qoʻpub, Qunduz sari yuzlandilar, Qunduzgʻa kelib ham bir pora siyosat qilib, muhosara maqomida boʻldi. Oxir Badiuzzamon mirzo oragʻa tushub, yarashib, ichkari, tashqari tushgan yigitlarni alishib yondilar. Xisravshohning muncha ulgʻaymogʻigʻa, muncha haddi yetmas ishlarni qilmogʻigʻa Sulton Husayn mirzoning ikki qatla kelib, ola olmay yonmogʻi sabab boʻldi. Sulton Husayn mirzo Balxgʻa yetganda Movarounnahr viloyati maslahati uchun Balxni Badiuzzamon mirzogʻa berib, aning vidoyatinikim, Astrobod boʻlgʻay, Muzaffar Husayn mirzogʻa berdi. Har ikkalasini Balhqa va Astrobodqa bir majlista yukundurdi. Bu jihatdin Badiuzzamon mirzo tar boʻldi. Muncha yil yogʻiyliqlar va fitnalarning sababi ul edi.

Ushbu ramazon oyi Samarqandda tarxoniylarning fitnasi edi. Sharhi budurkim, Boysungʻur mirzo ul miqdorkim, Hisor beklari va sipohilari bila ixtilot va omizish qilur edi. Samarqand bek va sipohiylari bila oncha qilmas edi. Shayx Abdullo barlos ulugʻ ixtiyor bek edi. Oʻgʻlonlari andoq muqarrab va ichki edilarkim, oshiqliq bila ma’shuqluqqa nisbat qilurlar edi. Tarxon beklari va ba’zi Samarqand beklari bu jihatlardin tar boʻldilar.

Darvesh Muhammad tarxon Buxorodin kelib, Sulton Ali mirzoni Qarshidin kelturub podshoh koʻtarib, Bogʻi Navgʻa keldilar. Boysungʻur mirzo Bogʻi navda edi. Boysungʻur mirzoni tutqun yoʻsunluq qilib, navkar, savdaridin ayirib, arkka kelturdilar. Ikkala mirzoni bir yerda oʻlturgʻuzdilar. Kech namozi digar Boysungʻur mirzoni Koʻk saroygʻa chiqorur xayoli qildilar. Boysungʻur mirzo tahorat qilmoq bahonasi bila Boʻston saroyining sharqi-shimol tarafidagʻi imoratlardin bir uyga kirdi. Eshikta tarxoniylar turub edilar. Mirzo bila Muhammad Quli qavchin Hasan sharbatchi bila kirdilar. Alqazo , mirzo tahoratga kirgan uyning orqa tarafida hisht bila tigʻa qoʻporgʻon eshigi bor ekandurkim, havlidin tashqari chiqar ekandur. Filhol bu tigʻani yiqib chiqib, arkning Gʻotfar tarafidagʻi fasildin biridin ob moʻri bila chiqib, dutahiy fasilidin tashlab, Xoja Kafshirga, Xojago Xojaning uyiga bordilar. Obxonaning eshigida turgʻonlar bir zamondin soʻng mulohaza qilurlar, koʻrarlarkim, mirzo qochibtur.

Tonglasi tarxoniylar yigʻilib, Xojago Xojaning eshigiga borurlar. Xoja, yoʻqtur, deb bermas. Bular ham zoʻr bila olmaslar. Xojalarning janobi andin oliy edikim, zoʻr qila olgʻaylar edi. Bir-ikki kundin soʻng Xoja Abulmakorim va Ahmad Hojibek va yana ba’zi bek va bekot va sipohlar va jami' shahr eli hujumi om qilib, Xojaning uyidin mirzoni kelturub, Sulton Ali mirzoni va tarxoniylarni arkta qabadilar. Arkni bir kun ham saxlay olmadilar.

Muhammad Mazid tarxon Chorraha darvozasi bila chiqib, Buxoro bordi. Sulton Ali mirzo bila Darvesh Muhammad tarxon ilikka tushti.

Boysungʻur mirzo Ahmad Hojibekning uyida edikim, Darvesh Muhammad tarxonni kelturdilar. Bir-ikki soʻz soʻrdi. Yaxshi javob bera olmadi. Andoq ish qilmaydur edikim, javob bera olgʻay. Mirzo oʻlumga buyurdi. Darvesh Muhammad tarxon betoqatliqtin sutungʻa yopushti, sutungʻa yopushqon bila qoʻygʻaylarmi? Siyosatqa yetkurdilar. Sulton Ali mirzoii buyurdikim, Koʻk saroygʻa chiqarib koʻzlariga mil tortqaylar.

Temurbek solgʻon oliy imoratlardin biri Koʻk saroydurkim, Samarqandning arkida voqe boʻlubtur. Ajab xosiyatliq imorattur. Temurbek avlodidin har kim bosh koʻtarib taxtqa oʻltursa ham munda oʻlturur. Har kim taxt doiyasi bila bosh qoʻysa ham munda qoʻyar, hattokim, kinoyati boʻlur edikim, falon podshohzodani Koʻk saroygʻa chiqordilar, ya’ni oʻlturdilar.

Sulton Ali mirzoni Koʻk saroygʻa chiqarib koʻzlariga mil torttilar, jarrohning ixtiyori bila yo bexost milidin Sulton Ali mirzoning koʻzlariga osibe yetmadi. Filhol izhor qilmadi. Xoja Yahyoning uyiga bordi. Ikki-uch kundin soʻng qochib, Buxorogʻa tarxonlargʻa bordi. Hazrati Xoja Ubaydulloning avlodining orasida bu sababdin taassub tushti. Ulugʻi ulugʻigʻa murabbiy boʻldi, kichigi kichikiga muqavviy.

Bir necha kundin. soʻng Xoja Yahyo ham Buxorogʻa bordi. Boysungʻur mirzo cherik tortib Buxorogʻa, Sulton Ali mirzoning ustiga erdi. Buxorogʻa yovuq yetgan bila Sulton Ali mirzo va tarxon beklari yasab chiqtilar. Oz-agʻloq urush boʻldi. Fath Sulton Ali mirzo sari boʻlub, Boysungʻur mirzo shikast topti. Ahmad Hojibek va yana bir pora oʻbdon yigitlar ilikka tushti, aksarini oʻlturdilar. Ahmad Hojibekni Darvesh Muhammad tarxonning qonining tuhmati bila beizzatona oʻlturdilar.

Sulton Ali mirzo Boysungʻur mirzoning keynicha-oʻq Samarqandgʻa yurudi. Bu xabar shavvol oyi Andijonda bizga keldi. Biz ham Samarqand doiyasi bila oʻshul shavvol oyi-oʻq cherik otlanduq. Hisor va Qunduzdin Sulton Husayn mirzo yonib edi. Sulton Mas'ud mirzoning va Xisravshohning xotiri jam' boʻlub edi. Sulton-Mas'ud mirzo ham Samarqand dagʻdagʻasi bila Shahrsabz ustiga keldi. Xisravshoh inisi Valini mirzogʻa qopti . Uch-toʻrt oy bu uch tarafidin Samarqandni muhosara qilduk. Xoja Yahyo Sulton Ali mirzo qoshidin kelib ittifoq va yakjihatliq soʻzini oragʻa soldi. Soʻzni koʻrushmakka qoʻyub, Samarqanddin ikki-uch shar'iy quyiroq Sugʻd tarafidin men cherikim bila bordim. Ul tarafdin Sulton Ali mirzo cheriki bila keldi. Naridin toʻrt-besh kishi bila Sulton Ali mirzo, beridin toʻrt-besh kishi bila men Koʻhak suyining oraligʻigʻa kechib, ot ustida-oʻq koʻrushub, soʻrushub, alar ul taraf bordilar, men bu taraf keldim.

Mullo Binoiyni va Muhammad Solihni anda Xoja xizmatida koʻrdum. Muhammad Solihni oʻshul bir qatla-oʻq koʻrdum. Mullo Binoiy xud soʻngralar xeyli mening xizmatimda boʻldi.

Sulton Ali mirzo bila koʻrushgondin soʻng chun qish yosuk kelib edi. Samarqand elining ham xeyli tanqisligʻi yoʻq edi. Men Andijongʻa, Sulton Ali mirzo Buxorogʻa murojaat qilduk.

Sulton Mas'ud mirzo Shayx Abdullo barlosning qizigʻa bisyor moyil edi. Ani olib, mulkgirlik dagʻdagʻasini qoʻyub, Hisorgʻa yondi. Balki bu kelmaktin gʻaraz ushbu ekandur.

Sheroz va Kanboy navohisidin Mahdi Sulton qochib Samarqand bordi. Hamza Sulton Zomindin ijozat bila Samarqand bordi.

Vaqoei sanai isno va tis'a mia[13]

Ushbu qishliqta Boysungʻur mirzoning ishi filjumla taraqqiyda edi. Abdulkarim ashritkim, Sulton Ali mirzo jonibidin Koʻfin va ul navohigʻa kelib edi. Samarqanddin Mahdi Sulton Boysungʻur mirzoning ilgʻorini boshlab kelib, bularning ustiga yurudilar. Abdulkarim ashrit bila Mahdi Sulton-oʻq roʻbaroʻ boʻldi. Abdulkarimning otini Mahdi Sulton cherkasiy qilich bila sanchqoch-oʻq oti yiqildi. Oʻzi qoʻpar holatda Mahdi Sulton iligini bandidin tushura chopti. Ani olib ul ilgʻorini yaxshi bostilar. Bu sultonlar Samarqand ishini va mirzolarning eshigini muzabzab, koʻrub, ayrilib yozigʻa Shayboniyxon qoshigʻa bordilar. Ushmuncha bila Samarqand kishisi umoqlanib, Sultoy Ali mirzoning oʻtrusigʻa cherik tortib chiqtilar. Boysungʻur mirzo Saripul keldi. Sulton Ali mirzo Xojai Kordzan keldi. Ushbu fursatda Xoja Munir Oʻshiyning angizi bila Xoja Abulmakorim va Andijon beklaridin Vays Logʻariy va.Muhammad Boqir va yana Qosim doʻldoy va Boysungʻur mirzoning bir pora ichkilaridin Buxoro ustiga ilgʻadilar. Yovuq yeta Buxorodagʻilar xabardor boʻldilar, bularning ishi yurumay yondilar.

Sulton Ali mirzo bila koʻrushganda andoq muqarrar boʻlub edikim, yoz alar Buxorodin, men Andijondin kelib, Samarqandni muhosara qilgʻoybiz. Oʻshul miod bila ramazon oyi Andijondin otlanib, Yoryayloq navohisigʻa yetganda, mirzolarning roʻbaroʻ oʻlturgan xabarini topib, Toʻlun Xoja moʻgʻulni ikki-uch yuz qazoq yigitlar bila ilgʻor ayirduk. Bular yovuq yetgan mahalda Boysungʻur mirzo bizning xabarimizni topib, buzulgʻon yoʻsunluq yonar. Bu yigitlar oʻshal kecha koʻndalangdin kirib, qalin kishini oʻqlab olib, qalin oʻlja kelturdilar.

Biz bir-ikki kundin soʻng Sheroz qoʻrgʻonigʻa yettuk. Sheroz Qosim doʻldoyda edi. Dorugʻasi Sherozni saqlay olmay, qoʻrgʻonni berdi. Sheroz Qoʻrgʻoni Ibrohim sorugʻa uhda boʻldi. Tonglasi iydi fitr namozini anda qilib, Samarqand ustiga mutavajjih boʻlub, Obyor qoʻrugʻigʻa tushtuk. Ushbu kui Qosim doʻldoy, Vays Lohariy, Hasan nabira, Sulton Muhammad Sayfal, Sulton Muhammad Vays uch-toʻrt yuz kishi bila kelib, mulozamat qildilar. Soʻzlari bu edikkim, Boysungʻur mirzo koʻchub, yongʻoch, biz ayrilib podshoh qullugʻigʻa kelduk. Oxir ma’lum boʻldikim, bular da’vo bila Boysungʻur mirzodin ayrilib, Sherozni saxlagʻali kelgan ekandurlar. Sheroz ishi mundoq boʻlgʻoch, bechora boʻlub kelibturlar.

Qorabuloq tushganda ba’zi kirgan kend-kesakka boshsizliq qilgʻon moʻgʻullarni tutub kelturdilar. Qosimbek siyosat uchun ikki-uchini pora-pora qildurdi. Toʻrt-besh yildin soʻngra qazoqliqlarda Masihodin xon qoshigʻa mutavajjih boʻlgʻonda, Qosimbek ushbu jihatdin bizdin ayrilib Hisorgʻa bordi. Qorabuloqdin koʻchub, suv kechib, Yom toʻgʻrisida tushtuk. Ushbu kun ba’zi ichki beklar Xiyobon boshida Boysungʻur mirzoning kishisi bila ilik olishtilar. Sulton Ahmad Tanbalning boʻgʻzigʻa nayzalab yiqtilar, vale tushmadi. Xojagi Mullo Sadrkim, Xoja Kalonning ulugʻ ogʻasi edi, yoʻgʻon boʻynigʻa oʻq tegdi. Oʻshal zamon tengri rahmatigʻa bordi. Xeyli yaxshi yigit edi. Otam ham rioyat qilib, muhrdor qilib edi. Tolibi ilmligʻi bor edi, lugʻatni xeyli bilur edi, inshosi ham yaxshi edi. Qushchiligʻni va yadachiligʻni ham bilur edi.

Yom navohisida ekanda shahrdin qalin el bozori va gʻayri bozori chiqib, oʻrdu bozorda boʻlub, sud va savdo qilurlar edi. Bir namozi digar gʻavgʻoyi omi boʻlub, bu musulmonlar tamom talongʻa bordilar. Cherik zabti bu martabada edikim, farmon boʻldikim, jami' elning jihotini hech kim saxlamay tamom yondura bergaylar. Tonglasi bir nahra boʻlmaydur edikim, ip uchi, igna sinugʻicha nima cherik iligida qolmadi, borchasini egalariga yondura berdilar. Andin koʻchub Samarqandning sharq tarafi Xon yurtigʻa tushuldi, Samarqanddin uch kuruh boʻlgʻay. Qirq-ellik kun bu yurtta oʻlturuldi. Bu yurtta ekanda necha navbat tashqaridin-ichkaridin koʻngulluk yigitlar Xiyobonda yaxshilar chopqulashtilar. Bir martaba Xiyobonda Ibrohim begchik chopqulashti, yuziga choptilar. Mundin soʻng Ibrohim chopuq derlar edi. Yana bir navbat ham, Xiyobonda Puli Magʻokta Abulqosim koʻhbur piyozi tuguri. Yana bir qatla ham Xiyobonda Tarnov navohisida chopqulash boʻldi. Mirzoshoh qavchin piyozi tegurdi. Mirzoshoh qavchinni andoq choptilarkim, boʻynining yarmigʻa yovuq chopilib edi, gʻoyatash shahragi kesilmaydur edi.

Xon yurtida ekanda qoʻrgʻondagʻilar firib bila kishi yiborib, dedilarkim, kecha bila Gʻori Oshiqon tarafigʻa kelingkim, qoʻrgʻonni berurbiz. Bu xayol bila kecha otlanib Puli Magʻokka keldim. Bir nora oʻbdon yigitlarni va piyodalarni miod yeriga yiborildi. Ichkaridin bizning piyodalardin toʻrt-besh piyodani chiqarib edilarkim, voqif boʻldilar. Xeyli jald piyodalar edilar. Birisining oti Hoji edi. Manga kichiktin xizmat qilib edi. Yana birini Mahmud kunduri sangak derlar edi. Borchasini oʻlturdilar.

Bu yurtta ekanda Samarqanddin shahriy va bozoriy ul miqdor chiqib edikim, oʻrdu shahri boʻlub edi, Harne shahrlarda tilasalar, oʻrduda topilur edi. Bu muddatta bir Samarqanddin oʻzga tamom qoʻrgʻonlar va togʻ va tuz kirib edi. Shovdor togʻining domanasida Urgut otliq qoʻrgʻonni bir jamoat berkittilar. Zarurat boʻlub bu yurttin koʻchub Urgut ustiga borildi. Toqat keltura olmay Xoja qozini oragʻa solib kirdilar. Biz dogʻi gunohlarini afv qilduk. Yana Samarqand muhosarasigʻa yonduk.

Ushbu yil Sulton Husayi mirzo bila Badiuzzamon mirzo orasidagʻi niqorlar urushgʻa tortti. Tafsili budurkim, oʻtgan yil Balxni va Astrabodni Badiuzzamon mirzogʻa va Muzaffar mirzogʻa berib, yukundurub edilarkim, nechuk mazkur boʻldi, oʻshul muddat din bu muddatqacha gʻalaba elchilar bordilar va keldilar.

Oxir Alisherbek ham elchilikka keldi. Harchand sa’y qildilar, Astrobodni inisiga bermakka rizo boʻlmadi. Dedikim, mening oʻgʻlum Muhammad Moʻmin mirzoni xatna qilgʻonda mirzo anga bogʻishlabtur.

Bir kun Alisherbek bila mirzoning orasida bir suhbate oʻttikim, mirzoning tez fahmligʻigʻa va Alisherbekning riqqati qalbigʻa doldur. Alisherbek sirriy soʻzlarni mirzogʻa goʻshaki gʻalaba aytti. Dagʻi dedikim:—Bu soʻzlarni unutung.— Mirzo filhol ayttikim:— Qaysi soʻzlarni?— Alisherbek bisyor mutaassir boʻlub koʻp yigʻladi.

Oxir otaliq, oʻgʻulluk orasida bu guftugoʻylar anga munjar boʻldikim, otasi otasining ustiga va oʻgʻli oʻgʻlining ustiga Balx va Astrobodqa cherik torttilar. Garzavonning oyogʻida Yakchirogʻ oʻlangiga quyidin Sulton Husayn mirzo, yuqqoridin Badiuzzamon mirzo keldilar. Chahorshanba kuni ramazon oyining gʻurrasida Abulmuhsin mirzo Sulton Husayn mirzoning bir necha beklari va bir pora ilgʻori bila ilgarrak keldi. Andoq urush ham boʻlmadi, bosildi. Qalin oʻbdon yigitlari ilikka tushti. Sulton Husayn mirzo barchasining boʻynigʻa urdurdi. Yolgʻuz munda emas edi, qachon bir oʻgʻlikim, yogʻilgʻi yurudi, bosti. Ilikka tushgan navkarlarining tamom boʻynigʻa urdurdi. Ne qilsun, haq aning tarafi ekandur.

Bu mirzolar andoq ifrot bila fisq va ayshgʻa mashgʻul edilarkim, otasidek kordiyda va kordon podshoh tushchilik yoʻl kelib, ramazondek mutabarrak va aziz oygʻa kechalik fureat qolib, otasidin iymanmay, tengridin qoʻrqmay, hanuz ishi chogʻir, ichmak edi nashot bila, majlis orbliq edi inbisot bila. Muqarrardurkim, mundoq boʻlgʻon kishi andoq shikast topqay va bu nav' oʻtgan elga har kim dast topqay.

Necha yilkim, Astrobod hukumati Badiuzzamon mirzoda edi, havoli va havoshisi va yigit-yalangi bisyor purzavq va purzeb boʻlub edi. Oltun va kumush olot va adavoti bisyor boʻlub edi. Va qumoshpoʻsh yigiti va toʻpuchoq oti beshumor boʻlub edi. Borchasini munda boy berdi. Qocharda, togʻ yoʻligʻa uchrab, inish va uchma yerga poʻluqub, oʻzi tashvish bila bu uchmadin tushti. Koʻp eli bu uchmada zoe boʻldi.

Sulton Husayn mirzo oʻgʻlini bosqondin soʻng Balhqa keldi. Badiuzzamon mirzo, Balxta Shayx Ali tagʻoyini qoʻyub edi. Chora qila olmay, kirib Balxni topshurdi. Sulton Husayn mirzo Balxni Ibrohim Husayn mirzogʻa berib, Muhammad Valibek va Shoh Husayn chuhrani aning bila qoʻydi. Oʻzi Xurosongʻa murojaat qildi. Badiuzzamon mirzo shikasttin soʻng talanib, oldurub, yigit yalangi va yayoq-yolingi bila Qunduzgʻa, Xisravshohgʻa tortti. Xisravshoh ham yaxshi xizmatlar qildi. Ot va tevadin va xayma va xirgohdin, balki jami' sipohiliq yarogʻidin mirzogʻa va mirzo bila boʻlgʻonlarigʻa ul miqdor xizmat va odamigarlik qildikim, koʻrganlar dedilarkim, burungʻi yarogʻ bila bu yarogʻning orasida tafovut magar tilla olot va nuqra olot boʻlgʻay edi.

Sulton Mas'ud mirzo bila Xisravshohning orasida aning beetidolligʻlaridin va muning ulgʻaymoqlaridin niqorlar va kuduratlar boʻlub edi. Valini va Boqini Badiuzzamon mirzogʻa qoʻshub, Sulton Mas'ud mirzoning ustiga Hisorgʻa yibordi. Qoʻrgʻongʻa yaqin ham kela olmadilar. Atrof va navohida bir-ikki qatla ul tarafdin, bu tarafdin qilich olishtilar. Bir navbat Hisorning shimol tarafi Qushxonada Muhib Ali qoʻrchi eldin ayrilib kelib, yaxshi chopti. Ottin yiqilib olur mahalda yana ul tarafidii zoʻrlab xalos qildilar.

Bir necha kundin soʻngra gurg oshtirok qilib yondilar.

Bir necha kundin soʻng Badiuzzamon mirzo togʻ yoʻli bila Qandahor va Zamini Dovargʻa va Zunnun argʻun va oʻgʻli Shoh Shujo' argʻungʻa oʻzini tortti. Zunnun argʻun bovujudi xissat va baxillik yaxshi xizmatlar qildi. Bir peshkash qilgʻonda qirqming qoʻy peshkash qildi.

Bu gʻarib voqeottindurkim, oʻshul chahorshanba kunikim, Sulton Husayn mirzo Badiuzzamon mirzoni bosar. Oʻshul kuni Astrobodta Muzaffar mirzo Muhammad Moʻ'min mirzoni bosar. Yana bu ajabroqqim, Chahorshanba otliq kishi Muhammad Moʻ'min mirzoni tushurub kelturur.

Vaqoei sanai salos va tis'a mia[14]

Bogʻi Maydonning orqasi Qoʻlba oʻlangiga tushuldi. Samarqand eli sipohi va shahri Puli Muhammad Chab navohisigʻa qalin chiqtilar. Chun bizning el tayyor emas edilar, yigitlar mustaid boʻlgʻuncha, Sultonquli va Boboqulini tushurub, qoʻrgʻongʻa elttilar. Bir necha kundin soʻng koʻchub, Koʻhakning orqasi Qoʻlbaning boshigʻa tushuldi. Sayid Yusufbekni ushbu kun Samarqanddin chiqordilar. Ushbu yurtta kelib mulozamat qildi.

Samarqanddagʻilar ul yurttin koʻchib, bu yurtqa kelganimieni yondi tasavvur qilib, koʻmaki sinohiy va shahriy Mirzo koʻprugigacha, Shayxzoda darvozasidin Muhammad Chab koʻprugitacha chiqtilar. Buyurdukkim, boʻlgʻon yigitlar yaroqlanib otlandilar. Ikqi tarafdin Puli Mirzodin va Puli Muhammad Chabdin zoʻr kelturdilar. Tengri rost kelturdi, yogʻiy bosildi. Oʻbdon-oʻbdon beklarni va yaxshi-yaxshi yigitlarni tushurub kelturdilar. Ul jumladin, bir Muhammad Miskin Hofiz doʻldoy edi. Shahodat barmogʻini tushura chopib, olib kelturdilar. Yana Muhammad Qosim nabirani inisi Hasan nabira tushurub kelturdi .

Mundoq sipohi va el tonigʻudek yigitlardin xeyli bor edi. Yana shahr yatimlaridin Devonai jomabofni va Kal Qoshuqni kelturdilarkim, jang-sangda va yatimlikda xira va saromad edilar. Gʻori Oshiqonda oʻlgan piyodalarning qasosigʻa buyuruldikim, azoblar bila oʻlturdilar. Samarqand eliga bu qulliy shikast edi. Mundin soʻngra qoʻrgʻondin chiqmoqlari bartaraf boʻldi. Ish anga yettikim, bizning el xandaq yoqasigʻacha borib, qul va dodak keltururlar edi.

Oftob mezongʻa tahvil qildi, sovuq tushti. Bori kengashga kirar beklarni tilab, kengashib soʻz munga qaror toptikim, shahr kishisi muncha ojiz boʻlubtur. Tengri inoyati bila bu kun ham boʻlsa olurbiz, tongla ham boʻlsa olurbiz. Tashqari sovuqta tashvish tortquncha shahrning yovugʻidin qoʻiub, bir qoʻrgʻonda qishloq solmoq kerak. Ketari ham boʻlsa ul mahalda betaraddudroq ketar boʻlur. Qishloqqa Xoja Diydor qoʻrgʻoniii maslahat koʻrub, koʻchub Xoja Diydorning olidagʻi oʻlangga tushuldi. Qoʻrgʻongʻa kirib, uy na kapa yerlarini ta’yin qilib, ustakor va muhassil qoʻyub yurtqa kelduk. Necha kun qishloqi uylar tayyor boʻlgʻuncha oʻlangda oʻlturuldi.

Bu muddatda Boysungʻur mirzo Turkistongʻa Shayboniyxongʻa, mutavotir kishilar yiborib, Shayboniyxonni koʻmak tilabdur. Qishloq uylari tayyor boʻlub qoʻrgʻongʻa kirduk. Shayboniyxon Turkistondin ilgʻab oʻshul sahari bizning yurtimiz ustiga kelib turdi. Bizningʻ cherikimiz yaqin emas edi. Qishloq maslahatigʻa ba’zi Raboti Xojagʻa, ba’zi Kobulgʻa, ba’zi Sherozgʻa borib edilar. Bovujud hozir cherik kishisi bila yasab chiqildi. Shayboniyxon gurush bermay, Samarqand sari oʻzini tortti. Samarqand navohisigʻa bordi. Chun Boysungʻur mirzoning muddaosidek boʻlmadi, yaxshi ixtilot qilmadi. Necha kundin soʻng hech ish qila olmay ma’yus Turkistonga murojaat qildi.

Boysungʻur mirzo yetti oy qabal tortti. Bir umidvorligʻi mundin edi, mundin ham noumid boʻldi. Ikki-uch yuz och urugʻi bila Qunduzgʻa Xisravshohgʻa oʻzini tortti. Tirmiz navohisidin Amuni kechaturgʻon mahalda Sayid Husayn Akbarkim, Sulton Mas'ud mirzoning ham urugʻi, ham mu'tabar kishisi edi. Tirmiz hokimi edi, xabar topib, Boysungʻur mirzoning ustiga keldi. Mirzo suvdin oʻtub edi. Mirim tarxon anda suvgʻa bordi, keyin qolgʻon kishi qaro nartol-martolni oldi. Boysungʻur mirzoning Tohir Muhammad otliq chuhrasi dagʻi ilikka tushti. Boysungʻur mirzoni Xisravshoh dagʻi yaxshi koʻrdi.

Boysungʻur mirzo chiqqach bizga xabar keldi. Xoja Diydordin otlanib, Samarqandgʻa mutavajjih boʻlduk. Yoʻlda akobir va beklar va yigitlar mutaoqib istiqbolgʻa keldilar. Rabiulavval oyining avoxirida kelib arkta Boʻstonsarogʻa tushtum. Tengri taolo inoyati bila Samarqand shahri va viloyati muyassar va musaxxar boʻldi.

Rub'i maskunda Samarqandcha latif shahr kamroqdur. Beshinchi iqlimdindur. Tuli (99) ramzi nujumiy (56) daraja va daqiqadur, arzi — (40) daraja va daqiqadur . Shahri Samarqanddur, viloyatini Movarounnahr derlar. Hech yogʻiy qahr va gʻalaba bila munga dast topmagʻon uchun baldai mahfuza derlar. Samarqand hazrati amirulmu'minin Usmon zamonida musulmon boʻlgʻondur. Sahobadin Qusam ibn Abbos anda borgʻondur. Qabri Ohanin darvozasining toshidadur. Holo mazori Shohgʻa mashhurdur. (Samarqandni Iskandar bino qilgʻondur. Moʻgʻul va turk ulusi Semirkand derlar. Temurbek poytaxt qilib edi. Temurbekdin burun Temurbekdek ulugʻ podshoh Samarqandni poytaxt qilgʻon emastur, Qoʻrgʻonini faslning ustidin buyurdumkim, qadam urdilar. Oʻn ming olti yuz qadam chiqti.

Eli tamom sunniy va pok mazhab va mutasharri' va mutadayyin eldur. Hazrati risolat zamonidin beri ul miqdor aimmai islomkim, Movarounnahrdin paydo boʻlubtur, hech viloyattin ma’lum emaskim, muncha paydo boʻlmush boʻlgʻay. Shayx Abumansurkim aimmai kalomdindur. Samarqandning Motrid otliq mahallasndindur.

Aimmai kalom ikki firqadur, birni motridiya derlar, birni ash'ariya derlar. Motridiya Shayx Abumansurgʻa mansubdur. Yana sohibi «Sahihi Buxoriy» Xoja Ismoil Xartang ham Movarounnahrdindur. Yana sohibi «Hidoya»kim, Imom Abu Hanifa mazhabida «Hidoya»din mu'tabarroq kitobi fiqh kam boʻlgʻoy, Fargʻonaning Margʻinon otliq viloyatidindur, ul ham doxyli Movarounnahrdur.

Ma’muraning kanorasida voqe boʻlubtur. Sharqi Fargʻona va Koshgʻar, gʻarbi Buxoro va Xorazm, shimoli Toshkand va Shohruxiyakim Shosh va Banokat bitirlar, janubi Balx va Tirmiz, Koʻhak suyi shimolidin oqar, Samarqanddin ikki kuruh boʻlgʻay. Bu suy bila Samarqand orasida bir pushta tushubtur, Koʻhak derlar. Bu rud muning tubidii oqar uchun Koʻhak suyi derlar. Bu suvdin bir ulugʻ rud ayiribturlar, balki daryochadur, Dargʻam suyi derlar, Samarqandning janubidin oqar, Samarqanddin bir shar'iy boʻlgʻoy. Samarqandning bagʻot va mahalloti va yana necha tumonoti bu suv bila ma’murdur. Buxoro va Qora koʻlgachakim, oʻttuz-qirq, yigʻoch, yoʻlgʻa yovuqlashur, Koʻhak suyi bila ma’mur va mazru'dur. Mundoq ulugʻ daryo aslo ziroattin va imorattin ortmas, balki yozlar uch-toʻrt oy Buxorogʻa suv yetmas. Uzumi va qovuni va olmasi va anori, balki jami' mevasi xoʻb boʻlur. Vale ikki meva Samarqanddin mashhurdur: sebi Samarqand va sohibiyi Samarqand. Qishi mahkam sovuqtur, qori agarchi Kobul qoricha tushmas. Yozlar yaxshi havosi bor, agarchi Kobulcha yoʻqtur.

Temurbekning va Ulugʻbek mirzoning imoroti va bagʻoti Samarqand mahallotida koʻptur. Samarqand arkida Temurbek bir ulugʻ koʻshk solibtur, toʻrt oshyonliq, Koʻk saroygʻa mavsum va mashhur va bisyor oliy imorattur. Yana Ohanin darvozasigʻa yovuq qal'aning ichida bir masjidi jum'a solibtur, sangin, aksar Hindustondin eltgan sangtaroshlar anda ish qilibturlar. Masjidning peshtoqi kitobasida bu oyatni «Va iz yarfau Ibrohimal-qavoida (ilo ohirihi)» andoq ulugʻ xat bila bitibturlarkim, bir kuruh yovuq yerdin oʻqusa boʻlur. Bu ham bisyor oliy imorattur. Samarqandshshg sharqida ikki bogʻ solibtur, birikim yiroqroqtur, Bogʻi Boʻldudur, yovuqrogʻi Bogʻi Dilkushodur. Andin Feruza darvozasigʻacha xiyobon qilib, ikki tarafida terak yigʻochlari ekturubtur. Dilkushoda ham ulugʻ koʻshk soldurubtur, ul koʻshkta Temurbekning Hinduston urushini tasvir qilibturlar. Yana Pushtai Koʻhakning domanasida Konigilning qora suyining ustidakim, bu suvni Obirahmat derlar, bir bogʻ solibtur. Naqshi jahongʻa mavsum. Men koʻrgan mahalda bu bogʻ buzulub erdi, oti besh qolmaydur edi. Yana Samarqandning janubida Bogʻi Chanbrdur, qal'agʻa yovuqtur. Yana Samarqandning quyi yonida Bogʻi Shamol va Bogʻi Bihishttur. Temurbekning nabirasi Jahongir mirzoning oʻgʻli Muhammad Sulton mirzo Samarqandningʻ tosh qoʻrgʻonida — Chaqarda bir madrasa solibtur. Temurbekning qabri va avlodidin har kimki Samarqandta podshohliq qilibtur alarning qabri ul madrasadadur.

Ulugʻbek mirzoning imoratlaridin Samarqand qal'asining ichida madrasa va xonaqohdur. Xonaqohning gunbazi bisyor ulugʻ gunbazdur, olamda oncha ulugʻ gunbaz yoʻq deb nishon berurlar. Yana ushbu madrasa va xonaqohga yovuq bir yaxshi hammom solibtur, Mirzo hammomigʻa mashhurdur, har nav' toshlardin farshlar qilibtur. Xuroson va Samarqandta oncha hammom ma’lum emaskim, boʻlgʻay. Yana bu madrasaning janubida bir masjid solibtur, masjidi Muqatta’ derlar. Bu jihattin Muqatta’ derlarkim, qit'a-qit'a yigʻochlarni tarosh qilib, islimiy va xitoiy naqshlar solibturlar, tamom devorlari va saqfi ushbu yoʻsunluqtur. Bu masjidning qiblasi bila madrasa qiblasining orasida bisyor tafovuttur. Gʻolibo bu masjid qiblasining samti munajjim tariyqi bila amal qilibturlar. Yana bir oliy imorati Pushtai Koʻhak domanasida rasaddurkim, zich bitmakning olatidur. Uch oshyonliqdur. Ulugʻbek mirzo bu rasad bila Zichi Koʻragoniyni bitibturkim, olamda holo bu zich musta’maldur. Oʻzga zich bila kam amal qilurlar. Mundin burun Zichi Elxoniy musta’mal edikim, Xoja Pasir Tusiy Halokuxon zamonida Marogʻada rasad bogʻlatibtur. Halokuxondurkim, Elxon ham derlar. Gʻolibo olamda yetti-sekkiz rasad besh bogʻlamaydurlar. Ul jumladin bir, Ma’mun xalifa rasad bogʻlabturkim, Zichi Ma’muniyni andin bitibturlar. Bir Batlimus ham rasad bogʻlabtur. Yana bir Hindustonda roja Bikramojit hindu zamonida Oʻjin va Dahordakim, Molva mulkidur, holo Mandugʻa mashhurdur. Yana bir rasad qilibturlar, holo hindularning musta’mal Hindustonda ul zichdur. Bu rasadni bogʻlagʻoni ming besh yuz sekson toʻrt yildur. Bu ul zichlargʻa boqa noqisroqtur.

Yana pushtai Koʻhakning domanasida gʻarb sari bogʻe solibtur, Bogʻi Maydongʻa mavsum. Bu bogʻning oʻrtasida bir oliy imorat qilibtur. Chilsutun derlar, du oshyona, sutunlari tamom toshdin. Bu imoratning toʻrt burchida toʻrt manordek burjlar qoʻporibturlarkim, yuqqorigʻa chiqar yoʻllar bu toʻrt burjdindur. Oʻzga tamom yerlarda toshdin sutunlardur. Ba’zini morpech xiyora qilibturlar. Yuqqorigʻi oshyonining toʻrt tarafi ayvondur, sutunlari toshdin. Oʻrtasi chordara uydur. Imorat kursisini tamom toshdin farsh qilibturlar. Bu imorattin pushtai Koʻhak sari domanada yana bir bogʻcha solibtur, anda bir ulugʻ ayvon imorat qilibtur, ayvonning ichida bir ulugʻ tosh taxt qoʻyubtur, tuli taxminan oʻn toʻrt-oʻn besh qari boʻlgʻoy, arzi yetti-sekkiz qari, umqi bir qari. Mundoq ulugʻ toshni xeyli yiroq yoʻldin kelturubturlar. Oʻrtasida darz boʻlubtur. Derlarkim, ushbu yerda keltirgandin soʻng bu darz boʻlgʻondur. Ushbu bogʻchada yana bir chordara solibtur, izorasi tamom chiniy. Chiniyxona derlar. Xitoydin kishi yiborib kelturubtur.

Samarqandning qal'asining ichida yana bir qadimiy imorattur, masjidi Laqlaqa derlar. Ul gunbazning oʻrtasida yerga tepsalar tamom gunbazdin laq-laq un kelur, gʻarib amerdur, hech kim muning sirrini bilmas.

Sulton Ahmad mirzoning zamonida ham bek va bekot qalin bogʻ va bogʻcha soldilar, Ul jumladin, Darvesh Muhammad tarxonning chorbogʻicha safoliq va havoliq va maddi nazarliq chorbogʻ kam boʻlgʻay. Bogʻi Maydondin quyiroq, balandining ustida Kulba oʻlangiga mushrif bir chorbogʻ solibtur, tamom bu oʻlang oyogʻ ostidadur. Chorbogʻda ham martaba-martaba yerlarni siyoq bila tuzatib yaxshi narvonlar va sarv va safedorlar tikibturlar, xeyli saromad manziledur. Aybi budurkim, ulugʻ suyi yoʻqtur.

Samarqand shahri ajab orosta shahredur, bu shahrda bir xususiyati borkim, oʻzga kam shahrda andoq boʻlgʻay. Har hirfagarning bir boshqa bozori bor, bir-birlariga maxlut emastur, tavr rasmedur. Xoʻb nonvoliqlari va oshpazliqlari bordur. Olamda yaxshi kogʻaz Samarqanddin chiqar, Juvozi kogʻazlar suyi tamom Konigildin keladur. Konigil Siyohob yoqasidadurkim, bu qora suvni Obirahmat ham derlar.

Samarqandning yana bir matoi qirmizi mahmaldurkim, atrof va javonibqa eltarlar.

Girdo-girdida yaxshi oʻlanglari bor. Bir mashhur oʻlang Konigil oʻlangidur. Samarqand shahridin sharq tarafidadur, bir nima shimolgʻa moyil, bir shar'iy boʻlgʻoy. Qora suvkim, Obirahmat ham derlar. Konigilning oʻrtasidin oqar, yetti-sekkiz tegirmon suyi boʻlgʻoy. Bu suvning atrofi tamom obgirdur. Ba’zi derlarkim, bu oʻlangiing asli oti Koni obgir ekandur, vale tarixlarda tamom Konigil bitirlar , xeyle yaxshi oʻlangdur. Samarqandning salotini hamisha bu oʻlangni qoʻruq qilurlar. Har yil bu oʻlangga chiqib bir oy, ikki oy oʻltururlar. Bu oʻlangdin yuqkorroq sharqi janub sari yana bir oʻlang voqe boʻlubtur: Xon yurtigʻa mavsum. Samarqandning sharqidur. Samarqandtin bir yigʻoch boʻlgʻay. Bu qora suv aning orasi bila oʻtub, Konigil borur. Xon yurtida bu qora suv andoq yuqqoridin evrulub kelibturkim, ichida bir oʻrdu tushguncha yer boʻlgʻay. Chiqar yeri xeyli tor voqe boʻlubtur. Bu yerning sirfasini koʻzlab, Samarqand muhosarasida necha mahal munda oʻlturulub edi. Yana bir oʻlang Boʻdana qoʻrugʻidur. Dilkusho bogʻi bila Samarqand orasida voqe boʻlubtur. Yana bir Koʻli magʻok oʻlangidur, Samarqandtin ikki sha’rigʻa yovushqay, gʻarb saridur, bir nima shimolgʻa moyil. Bu ham tavr oʻlangedur. Bir yonida bir ulugʻ koʻl voqe boʻlubtur, bu jihattin koʻli Magʻok oʻlangi derlar. Samarqand muhosarasida men xon yurtida oʻlturgʻonda bu oʻlangda Sulton Ali mirzo oʻlturub edi. Yana bir Qulba oʻlangidur, bu muxtasarroq oʻlangdur. Shimoli Qulba kenti va Koʻhak daryosi, janubi Bogʻi Maydon va Darvesh Muhammad tarxonning chorbogʻi, sharqi Pushtai Koʻhak.

Yaxshi viloyoti va tumonoti bor. Ulugʻ viloyatikim, Samarqand qarinasidur, Buxorodur . Samarqandning gʻarbiy tarafi yigirma besh yigʻoch yoʻldur. Buxoroning ham necha tumonoti bor. Tavr shahre voqe boʻlubtur. Mevasi koʻp boʻlur va xoʻb boʻlur, qovuni bisyor yaxshi boʻlur. Movarounnahrda Buxoro qovunicha koʻp va xub qovun boʻlmas, Agarchi Fargʻona viloyatidin Axsining bir nav' qovunikim, mir temuriy derlar, muning qovunidin chuchukroq va nozukroq boʻlur, vale Buxoroda har jins qovundin koʻp boʻlur va yaxshi boʻlur. Yana «oluyi buxoriy» mashhurdur. Buxoro olusidek hech yerda boʻlmas, terisini soʻyub qurutub tabarrukluk bila viloyattin viloyatqa eltarlar. Talyin uchun bisyor yaxshi tadovidur. Parvori tovugʻi va qozi bisyor boʻlur, Movarounnahrda Buxoro chogʻirlaridin gundroq chogʻir boʻlmas. Men Samarqandta avval ichganda Buxoro chogʻirlarini ichar edim.

Yana Kesh viloyatidur. Samarqandning janubidadur, toʻqqiz yigʻoch yoʻldur. Samarqand bila Kesh orasida bir togʻ tushubtur. Itmak doboni derlar, sangtaroshliq qilur toshlarni tamom bu togʻdin eltarlar. Bahorlar sahrosi va shahri va bomi va tomi xoʻb sabz boʻlur uchun Shahrsabz ham derlar. Temurbekning zodu budi Keshdin uchun, shahr va poytaxt qilurigʻa koʻp sa’y va ehtimomlar qildi, oliy imoratlar Keshta bino qildi. Oʻziga devon oʻlturur uchun bir ulugʻ peshtoq va yana oʻng yonida va soʻl yonida tavochi beklari bila devon beklari oʻlturub devon soʻrar uchun, ikki kichikrak peshtoq qilibtur. Yana savrun eli oʻlturur uchun bu devonxonaning har zil'ida kichik-kichik toqchalar qilibtur, muncha oliy toq olamda kam nishon berurlar. Derlarkim, Kisro toqidin bu biyikraktur. Yana Keshda madrasa va maqbara qilibtur. Jahongir mirzo va yana ba’zi avlodining maqobiri andadur. Chun Keshiing qobiliyati shahr boʻlmoqqa Samarqandcha emas edi, oxir poytaxt uchun Temurbek Samarqandni-oʻq ixtiyor qildi.

Yana Qarshi viloyatidurkim, Nasaf va Naxshab ham derlar, Qarshi moʻgʻulcha ottur, goʻrxonani moʻgʻul tili bila qarshi derlar. Gʻolibo bu ot Chingizxon tasallutidin soʻng boʻlgʻondur. Kam obroq yerdur, bahori xub boʻlur, ekini va qovuni yaxshi boʻlur. Samarqandtin janub saridur, bir nima gʻarbqa moyil, oʻn sekkiz yigʻoch yoʻldur. Bagʻriqaro yoʻsunliq qushqiia boʻlurkim, qilquyruq derlar. Qarshi viloyatida behad va benihoyat boʻlur uchun ul navohida murgʻaqi qarshi derlar.

Yana Huzor viloyatidur. Yana Karmina viloyatidur Samarqand bila Buxoro orasidadur. Yana Qorakoʻl viloyatidur. Borchadin poyon obroqdur. Buxorodin yetti yigʻoch gʻarb shimoliydur. Yaxshi tumonoti bor . Ul jumladin, Sugʻd tumani va Sugʻdgʻa payvast tumanlardur. Boshi Yor yayloq, oyogʻi Buxoro, bir yigʻoch yoʻl yoʻqturkim, kent va ma’mura boʻlmagʻay. Andoq mashhurdurkim, Temurbek degandurkim: mening bir bogʻim borkim, tuli oʻttuz yigʻochtur. Bu tumonotni degandur.

Yana Shovdor tumanidur. Shahr va mahallotqa payvastur. Xeyli yaxshi tumandur. Bir tarafi Samarqand bila Shahrsabz orasidagʻi togʻ voqe boʻlubtur, kentlari aksar bu togʻning domanasida tushubtur. Yana bir tarafi Koʻhak daryosidur, xushhavo va pursafo, suyi farovon, ne’mati arzon, xeyli yaxshi tuman tushubtur. Misr va Shom koʻrgan ravandalar muncha chogʻliq yer nishon bermaydurlar. Agarchi yana tumanlari ham bor, bu mazkur boʻlgʻonlarcha emas. Ushmuncha bila iktifo qilildi.

Temurbek Samarqandning hukumatini Jahongir mirzogʻa berib edi. Jahongir mirzoning favtidin soʻyg, ulugʻ oʻgʻli Muhammad Sultoni Jahongirga berdi. Shohruh mirzo jami' Movarounnahr viloyatini ulugʻ oʻgʻli Ulugʻbek mirzoga berib edi. Ulugʻbek mirzodin oʻgʻli Abdullatif mirzo oldi. Bu besh kunluk oʻtar dunyo uchun andoq donishmand va qari otasini shahid qildi: Ulugʻbek mirzoning favtining tarixi tavre voqe boʻlubtur. Nazm:

Ulugʻbek bahri ulumu xirad,
Ki dunyovu dinro azoʻ bud nusht,
Zi Abbos shahdi shahodat chashid,
Shudash harfi tarix Abbos kusht[15].

Agarchi oʻzi ham besh-olti oy besh saltanat qilmadi, bu bayt mashhurdurkim:

Padarkush podshohero nashoyad,
Agar shoyad ba shash mohash napoyad[16].

Aning tarixi ham tavre voqe boʻlubtur.

Abdullatif xisravi Jamshid far ki bud
Dar silki bandagonash Faridunu Zarduxusht,
Bobo Husayn kusht shabi jum'aash ba tir,
Tarixash in navis ki Bobo Husayn kusht[17].

Abdullatif mirzodin soʻngra Shohruh mirzoning nabirasi Ibrohim Sulton mirzoning oʻgʻli Abdullo mirzokim, Ulugʻbek mirzoning kuyovi edi, taxtqa oʻlturdi. Bir yarim yil, ikki yilga yovuqgʻa podshohliq qildi. Andin soʻngra Sulton Abusaid mirzo oldi, oʻz hayotida ulugʻ oʻgʻli Sulton Ahmad mirzogʻa berib edi. Sulton Abusaid mirzodin soʻng Sulton Ahmad mirzo podshohliq qildi . Sulton Ahmad mirzoning favtidin soʻng Sulton Mahmud mirzo Samarqand taxtigʻa oʻlturdi. Sulton Mahmud mirzodin soʻng Boysungʻur mirzoni podshoh qildilar. Tarxonning gʻavgʻosida Boysungʻur mirzoni tutub, inisi Sulton Ali mirzoni bir-ikki kun oʻlturgʻuzdilar. Yana Boysungʻur mirzo-oʻq oldi. Nechukkim, bu garixida mazkur boʻldi. Boysungʻur mirzodin men oldim, mundin soʻnggʻi vaqoeda oʻzga kayfiyatlar ma’lum boʻlgʻusidur.

Samarqand taxtigʻa oʻlturgʻoch, Samarqand beklarini burungudek oʻq rioyat va inoyat qildim. Bizing bila boʻlgʻon beklarni ham faroxoʻri hollarigʻa yarasha tarbiyat va shafqat qildim. Sulton Ahmad Tanbalning borasigʻa rioyat koʻprak voqe boʻldi. Ichki beklar chargasida edi, ulugʻ beklar chargasida rioyat qildim. Samarqandnikim, yetti oy muhosara qilib tashvishlar bila olduk, avval kelganda cherik eliga oʻlja-moʻljadek nima tushub edi. Bir Samarqanddin oʻzga jam'i viloyatlar manga kirib edi, yo Sulton Ali mirzogʻa bu kirgan viloyatlarni chopib boʻlmas edi. Muncha tolon va toroj tortgʻon viloyatlardin nima olmoq xud nechuk muyassar boʻlgʻay.

Cherik elining oʻlchasi tugandi. Samarqandni olgʻonda Samarqand andoq xarob edikim, madad va tuxm va taqovigʻa ehtiyoj bor edi. Chi joyi ulkim, kishi andin nima ola olgʻay. Bu jihatlardin cherik eli koʻp tanqisliq torttilar. Biz ham elga nima yetkura olmaduk. Uylarini ham sogʻindilar. Birar-ikkirar qochmoqgʻa yuz qoʻydilar. Avval kishikim qochti Xonquli Bayonquli edi, yana Ibrohim Bekchik edi. Moʻgʻullar tamom qochtilar. Soʻngra Sulton Ahmad Tanbal ham qochti. Bu fitnaning taskini uchun Xoja qozini yibordukkim. Uzun Hasan Xojagʻa oʻzini xeyli muxlis va mu'taqid tutar edi. Uzun Hasanning ittifoqi bila qochqonlarning ba’zisigʻa sazo bergaylar, ba’zisini bizning qoshimizgʻa yiborgaylar.

Bu fitnalarni angiz qilgʻuchi, mundin qochib borgonlarni yomonliqqa tez qilgʻuchi xud Uzun Hasan haromnamak ekandur. Borchasi Sulton Ahmad Tanbal borgʻon bila zohir va oshkora yomonliq maqomida boʻldilar. Samarqandni olmoq doiyasi bila necha yilkim bajid cherik tortar eduk, Sulton Mahmudxondin agarchi mu'taddun bih madad va koʻmak boʻlmas edi, vale Samarqand fathidin soʻng Aidijonni tama’ qilur edi. Bu fursattakim aksar cherik eli va moʻgʻullar tamom qochib Andijon, Axsigʻa bordilar. Uzun Hasan va Tanbal ul viloyatlarii Jahongir mirzogʻa tama’ qildilar. Necha jihatdin mumkin emas edikim, alargʻa berilgay. Biri ulkim, vgarchi xongʻa bu viloyatlarni va’da qililmaydur edi, vale xon tilab edi. Xon tilab turub, Jahongir mirzogʻa berilsa, xon bila tamom yakroʻ boʻlmoq kerak edi. Yana bir bukim mundoq mahaldakim, ul qochib ul viloyatqa bordi, tahakkum tariyqi bila tama’ qiladur, agar burunroq bu soʻz orada boʻlsa edi, filjumla vajhi bor erdi, alarning tahakkumini kim tortar boʻlgʻay? Moʻgʻul va Andijon cheriki va ba’zi beklardin, ichkilardin ham Andijongʻa borib edilar.

Mening bila Samarqandta bek va yigit, yaxshi va yamon mingga yovuqcha kishi qolib edi. Alarning istid'osidek chun muyassar boʻlmadi, qochib borgʻon tavahhumluq ellarni tamom tilab oʻzlariga qoʻshtilar. Tavahhumluq ellar xud mundoq voqeani oʻz qoʻrqunchidin tengridin tilar edilar. Axsidin Andijon ustiga cherik tortib; yamonliq va yogʻiylikni sarih va oshkora qildilar.

Toʻlun Xoja otliq Borinning mardona va saromad va qazoq yigitlaridin edi. Otam Umarshayx mirzo rioyat qilib edi va hanuz rioyat qilmoqta edi. Men xud tarbiyat qilib, bek qilib edim. Ajab mardona va qazoq yigit edi. Rioyat arzandasi edi. Moʻgʻullar ichida rioyat qilgʻon e’timodliq kishimiz Toʻlun xoja uchun Samarqanddin moʻgʻul ulusi qocha kirishganda Toʻlun Xojaning yiborilib edikim, elga nasihat qilib tavahhumni xotirlaridin chiqargʻoy, to el qoʻrqunchtin sar babod bermagʻaylar. Elni xud bu mufattinlar bila haromnamaklar andoq qilib edilarkim, va’da va vaid va nasihat va tahdid hech foyda qilmas edi. Toʻlun Xojaning koʻchi ikki suv orasida edikim, bu ikki suv orasini Rabotak Oʻrchini derlar, Uzun Hasan bila Sulton Ahmad Tanbal bir pora ilgʻor Toʻlun Xojaning ustiga yibordilar. Borib gʻofillikta olib kelturub oʻlturdilar. Uzun Hasan va Tanbal Jahongirni olib kelib, Andijonni muhosara qildilar.

Cherik otlanurda Andijonda Ali Doʻst tagʻoyini va Axsida Uzun Hasanni qoʻyulub edi. Soʻngra Xoja qozi ham kelib edi. Samarqanddin borgʻon cherik elidin ham xeyli yigitlar bor edi. Xoja qozi ul qal'adorliqta mening davlatxohligʻim uchun oʻn sekkiz ming qoʻyni qoʻrgʻondagʻi yigitlarga va bizning bila boʻlgʻon yigitlarning koʻchlarigʻa ulashti. Muhosara muddatida mening volidalarimdin va Xoja qozidin muttasil, bu mazmun bila xatlar kelur edikim, bizlarni mundoq muhosara qilibturlar. Agar kelib faryodimizgʻa yetmasangiz ish vubol boʻlgʻusidur. Samarqand Andijon kuchi bila olilib edi. Agar Andijon ilikta boʻlsa, yana tengri rost keltursa, Samarqandni iliklasa boʻlur. Mutaoqib bu mazmun bila xatlar keldi.

Ul fursatta bir martaba behuzur boʻlub, yaxshi boʻlub edim. Naqohat ayyomini oʻbdon rioyat qila olmadim, uzuldim. Bu navbat yomon behuzur boʻldum. Andoqkim, toʻrt kungacha tilim tutuldi, ogʻzimgʻa paxta bila suv tomizurlar erdi. Mening bila qolgʻon bek va begot va yigit-yalang mening tirilmagimdin ma’yus boʻlub, har kim oʻz fikrida boʻldilar. Ushmundoq mahalda Uzun Hasanning navkarinikim, elchilikka kelib, parishon soʻzlar kelturub edi, beklar ra’yda gʻalat qilib, meni koʻrsatib ruxsat berdilar. Toʻrt-besh kundin soʻng ul holdin bir nima yaxshiroq boʻldum. Vale tilimda kalolat qoldi. Necha kundui soʻng oʻz holimgʻa keldim.

Chun onalarimdinkim, onam va onamning onasi Esan Davlat begim boʻlgʻay, yana ustod va pirimdinkim, Xoja Mavlonoi qozi boʻlgʻay, bu nav' xatlar kelib, mundoq ehtimom bila tilagʻaylar, ne koʻngul bila kishi turgʻay.

Rajab oyi, shanba kuni Andijon azimati bila Samarqanddin chiqtuk. Bu navbat Samarqand shahrida yuz kun podshohliq qildim. Yana shanba edikim, Xoʻjandgʻa yettim. Oʻshul kuni Andijondin bir kishi bu xabarni kelturdikim, yetti kun mundin burun oʻshul shanbakim, biz Samarqanddin chiqibturbiz, oʻshul shanba Ali Doʻst tagʻoyi Andijon qal'asini muxoliflargʻa beribtur. Tafsili budurkim, Uzun Hasanning navkarinikim, mening behuzurlugʻumda manga koʻrsatib ijozat berdilar, muxoliflar Andijon qoʻrgʻonini qabagʻonda borib debturkim, podshohning tili tutulub, edi, ogʻzigʻa paxta bila suv tomizadurlar edi. Ushbu ta’rif qilgʻon yoʻsunluq borib, Ali Doʻstning qoshida ont ichib aytibdur. Xakan darvozasida Ali Doʻst edi. Bu soʻzdin bepoy boʻlub, muxoliflarni tilab ahd va shart qilib, qal'ani berdi. Zaxiradin va urushur kishidin qoʻrgʻonda hech kamlik yoʻq edi. Gʻoyatash ul munofiqi namak harom mardakning nomardligʻi edi. Bu mazkur boʻlgʻon soʻzlarni oʻziga bahonai rost qildi. Andijonni olgʻondin soʻng mening Xoʻjand kelganimni eshitib, Xoja Mavlonoi qozini ark darvozasida beizzatona osib shahid qildilar.

Xoja Mavlonoi qozining oti Abdullodur. Bu ot bila mashhur boʻlub edi. Ota tarafidin nasabi Shayx Burhoniddin Qilichqa muntahi boʻlur. Ona tarafidin Sulton Ilik Moziygʻa yetar. Fargʻona viloyatida bu tabaqa muqtado va shayxulislom va qozi boʻla kelgandurlar. Xoja qozi hazrati Xoja Ubaydulloning muridi edi. Llardin tarbiyat topib edi. Xoja qozining valiligida mening hech shakkim yoʻqtur. Qaysi ish valoyatqa mundin yaxshiroq dalildurkim, alargʻa qasd qilgʻonlardin oz fursatta osor va alomat qolmadi. Xoja qozi ajib kishi edi. Qoʻrqmoq anda aslo yoʻq erdi. Oncha daler kishi koʻrilgan emas. Bu sifat ham valoyat dalilidur. Soyir el har necha bahodir boʻlsa, andak dagʻdagʻasi va tavahhumi boʻlur. Xojada aslo dagʻdagʻa va tavahhum yoʻq edi. Xojaning voqeasidin soʻng Xojagʻa mansub ellar misli navkar va chokar va aymoq va ahshomni tamom tutturub talattilar.

Andijongʻa boʻla Samarqandni iliqdin berduk. Andijon ham plikdin chiqmish edi. Bizga «gʻofil az injo ronda va az onjo monda»[18] degandek boʻldi. Bisyor shoq va dushvor keldi. Ne uchunkim, to podshoh boʻlub edim, bu nav' navkardin va viloyattin ayrilmaydur edim, to oʻzumni bilib edim, bu yoʻsunluq ranj va mashaqqatni bilmaydur edim.

Xoʻjandqa kelgach, ba’zi munofiq sheva ellar xalifaning mening eshigimda koʻra olmadilar. Muhammad Husayn mirzoni va ba’zilarni barin qildilar. Xalifagʻa Toshkand sari ruxsat berildi. Qosimbekni Toshkandga xon qoshigʻa yiborib, Andijon ustiga yurmakni istid'o qilildi. Xon ham cherik tortib, Ohangaron julgasi bila kelib, Kandirlik dobonining tubiga tushganda men ham Xoʻjanddin borib, xon dodamni koʻrdim. Kandirlik dobonini oshib Axsi tarafigʻa tushuldi.

Ul tarafdin muxoliflar ham boʻlgʻon cheriklarini yigʻib, Axsi keldilar. Bu fursatta Pop qoʻrgʻonini meni deb berkittilar. Xonping bir nima hayal yurushidii muxoliflar Pop qoʻrgʻonini zoʻrlab oldilar. Xonning agarchi oʻzga axloq va atvori xoʻb erdi vale sipohiliq bila sardorliqdin bisyor bebahra edi. Ish bu yerga yetgandakim, agar yana bir koʻch yurulsa edi, koʻpragi bu edikim, urushsiz-oʻq viloyat muyassar boʻlgʻay edi. Ushmundoq mahalda muxoliflarning firibomiz soʻzlarini quloqqa olib isloh hikoyatini oragʻa solib, Xoʻja Abulmakorim bila Tanbal ogʻasi Bek Telbanikim, ul mahalda xonning eshikogʻasi edi, elchilikka yibordilar.. Ul jam' oʻzlarining xalosligʻi uchun bir necha chin va yolgʻon soʻzlar aytib xongʻa yo oradagʻilargʻa nora va rishva qabul qildilar. Xon oʻshmuncha bila murojaat qildi.

Beklar va ichkilar va yigitlarkim, mening bila qolib edilar, aksarining koʻchlari Andijonda edi. Chun Andijon olmoqtin ma’yus boʻldilar, bek va begotdin va yigit-yalangdin yetti-sakkiz yuz kishi tamom mendin ayrildilar. Ayrilgʻonlardin: beklardin Ali Darvishbek, Ali Mazid qavchin, Muhammad Boqirbek, Shayx Abdullo eshikogʻa, Mirim Logʻariy. Mening bila qolgʻonlar gʻurbat bila mehnatni ixtiyor qilgʻonlar, yaxshi-yamon, taxminan, ikki yuzdin koʻprak, VI yuzdii ozroq boʻlgʻay edi. Beklardin Qosim qavchin bek, Vays Logʻariy bek, Ibrohim soruyi Mingligʻ bek, Shirim tagʻoyy, Seydiy Qarobek: ichkilardin Mirshoh qavchin, Sayid Qosim eshikogʻa jaloyir. Qosim Ajab Muhammad Doʻst, Ali Doʻst tagʻoyi, Muhammad Ali Mubashshir , Xudoyberdi Tugʻchi Moʻgʻul, Yorak tagʻoyi, Sultonkoʻli Boboquli, Pir Vays, Shayx Vays, Yor Ali Bilol, Qosim miroxoʻr, Haydar rikobdor. Manga bisyor dushvor keldi, beixtiyor gʻalaba yigʻladim.

Andin Xoʻjandqa keldim. Mening onamni va ulugʻ onamni va ba’zi mening bila qolgʻonlarning koʻchlari bila Xoʻjandqa mening qoshimga yibordilar, Ul ramazonni Xoʻjandta oʻtkarildi. Sulton Mahmudxongʻa kishi yiborib, koʻmak tilab, Samarqand ustiga otlanildi. Oʻgʻli Sulton Muhammad Xonikani va Ahmadbekni toʻrt-besh ming cherik bila Samarqand ustiga tayin qilib, xon ham otlanib Oʻratepagacha keldilar. Anda xonni koʻrub, Samarqand ustiga Yor yayloq yoʻli bila mutavajjih boʻldum. Sulton Muhammad Sulton va Ahmadbek oʻzga yoʻl bila ilgarrak Yor yayloq kelibtur. Men Boʻrka yayloqi bila Sangzorgʻakim, Yor yayloqning dorugʻanishini ul qoʻrgʻonlur keldim. Sulton Muhammad Sulton va Ahmadbek Shayboniyxonning kelib, Sheroz va ul navohiyni chopqon xabarini topib, yonibturlar. Zarurat boʻldi, men ham yonib Xoʻjandqa keldim.

Chun saltanat dagʻdagʻasi va mulkgirlik doiyasi bor, bir qatla, ikki katla ish yurumagan bila boqib oʻlturub boʻlmas. Andijongʻa uyrushmak xayoli bila koʻmak tilay, Toshkandga xon qoshigʻa bor-dim. Shoh begimni va urugʻ-qayoshni ham yetti-sekkiz yil bor edi, koʻrmaydur edim, bu bahoia bila alarning ham koʻruldi. Necha kundin soʻng Sayid Muhammad mnrzo doʻgʻlatni va Ayyub Bekchik va Jon Hasan Borinni yetti-sekkiz yuzcha cherik bila koʻmak tayin qildilar. Bu koʻmakni olib kelib, Xoʻjandta tavaqquf qilmay, oʻta chiqib, ilgʻab Kandibodomni soʻl qoʻlda qoʻyub kelib, kecha bila shotu qoʻyub Nasux qoʻrgʻoninikim, Xoʻjandtin oʻn yigʻoch yoʻldoʻr Kandibodomdin uch yigʻoch, oʻgʻurlab olduk.

Qovun pishigʻi edi. Nasuxda bir nav' qovun boʻlurkim, «ismoil shayxiy» derlar, terisi sariq, kemuxtluq, osuda qovun boʻlur, guxmi almacha, goʻshti toʻrt ilik, ajab laziz qovundir. Oncha qovun ul navohida boʻlmas.

Tonglasi moʻgʻul beklari arzgʻa yetkurdilarkim, knshimiz oz, bu bir qoʻrgʻonni olgʻon bila ne ish ochilgʻay? Filvoqe andoq edi. Anda turarning yo qoʻrgʻonni berkiturning maslahatini topmay, yonib Xoʻjandgʻa kelduk.

Ushbu yil Xisravshoh Boysungʻur mirzo bnla cherik tortib, Chagʻoniyon kelib, makr va firib bila oldi, Sulton Mas'ud mirzogʻa elchi yibordikim, keling Samarqand ustiga yuruling, Samarqand muyassar boʻlsa, bir mirzo Samarqandta oʻlturgʻay, yana bir mirzo Hisorda.

Sulton Mas'ud mirzonnng bek va ichkisi va yigit-yalanggi ozurda boʻlub edilar. Bu jihattinkim, Shayx Abdullo barlos Boysungʻoʻr mirzo qoshndin Sulton Mas'ud mirzo qoshigʻakim bordi, chun mirzogʻa qoyin ota edi, asru ulugʻ rioyat topti. Bovujudkim, Hisrr viloyati muhaqqar va muxtasar viloyatdur, ulufasini ming tuman fulus qilib, Xatlon viloyatini dardast berdi. Xatlon viloyatida Sulton Mas'ud mirzoning xeyli beklarining va ichkilarining tani bor erdi. Borchani mutasarrif boʻldi. Oʻzi va oʻgʻlonlari kulliy va juz'iy eshik ixtiyorini oldilar. Ozoʻrda boʻlgʻonlar qochib-qochib Boysungʻur mirzogʻa kela boshladilar.

Firibomiz soʻzlar bila Sulton Mas'ud mirzoni gʻofil qilib, Chagʻoniyondin ilgʻob, naqora vaqtida Hisor qoʻrgʻonini qabay oldilar. Sulton Mas'ud mirzo qoʻrgʻondin tashqari mahallota otasi solgʻon Davlatsaro otliq imoratta erdi, qoʻrgʻongʻa kira olmay qochib, Shayx Abdullo barlos bila Xatlon sari tortti. Orada Shayx Abdullo barlosdin ayrilib, Uboj guzari bila oʻtib, Sulton Husayn mirzogʻa bordi. Hisor viloyati muyassar boʻlgʻoch, Boysungʻur mirzoni Hisorda oʻlturgʻuzub, Xatlonni Valigʻa berdi. Necha kundin soʻng Balxni qabamoq doiyasi bila otlandi. Oʻzidin ilgarroq Nazar bahodir otliq ulugʻ navkarini uch-toʻrt ming kishi bila Balx navohisigʻa yibordi, uch-toʻrt kundin soʻng Boysungʻur mirzoni olib kelib, Balxni muhosara qildi.

Balxta Ibrohim Husayn mirzo edi. Yana Sulton Husaynning beklaridin ham heyli bor edi. Inisi Valigʻa qalin chsrik qoʻshub, Shaburgʻonni qabamoqqa va ul navohini talon va toroj qilmoqqa yibordi. Vali borib Shaburgʻonni yovuqdin ham qabay olmadi. Boʻlgʻoi cherikni Zardak choʻlidagʻi el va ulusni chopqoli yibordi. Borib Zardak choʻlini chopib, yuz mingdin ortuqroq qoʻy va uch mingga yovuq teva olib keldilar. Vali andin soʻng Sonchorik viloyatini chopib, talab, togʻda ba’zi berkilgan ellarni olib kelib, Balxta ogʻasigʻa mulhaq boʻldi.

Xisravshoh Balxni muhosara qilgʻon fursatta bir kun mazkur boʻlgʻan Nazar bahodir otliq navkarini Balxning ariqlarini yikqoli yibordi. Ichkaridin Tengriberdi somonchikim, Sulton Husayn mirzoning rioyat qilgʻon begi edi, yetmish-sekson yigit bila chiqib kelib, Nazar bahodir bila roʻbaroʻ boʻlub, yiqitib, boshini kesib olib, qal'aga kirdi. Bisyor mardona borib, namoyon ish qildi.

Ham ushbu yil Sulton Husayn mirzo Zunnun argʻunning va oʻgʻli Shoh Shujo'ningkim, Badiuzzamon mirzogʻa navkar boʻlub, qiz berib, fitna va fasod maqomida edilar, daf'igʻa cherik tortib kelib, Bustqa tushti. Cherikiga hech tarafdin oshligʻ kelmadi, ochliqtin batang kela yovushub edilarkim, Bust dorugʻasi Bustning qoʻrgʻonini berdi. Bustiing zaxirasining madadi bila Xurosongʻa murojaat qildi. Sulton Husayn mirzodek ulugʻ podshoh muncha asbob va tamtaroq bila pecha iavbat Qunduz va Hisor va Qandahor ustiga cheriklar tortib ola olmay yongʻon uchun, oʻgʻlonlari va beklari muncha daler boʻlub, yogʻiyliqlar va fitnalar qildilar. Yozigʻa Sulton Husayn mirzo oʻgʻli Muhammad Husayi mirzoning daf'i zararigakim, Astrobodqa musallit boʻlub, yamnoliq maqomida edi, Muhammad Valibek boshliq beklarni qalin cherik bila ilgʻor yiborib, oʻzi Nishin oʻlangida oʻlturub edikim. Badiuzzamon mirzo va Zunnunning oʻgʻli Shohbek gʻofilliqta cherik tortib, mirzoning ustiga keldilar; Ittifoqoti hasanadin Sulton Mas'ud mirzokim. Hisorni oldurub, Sulton Husayn mirzogʻa keladur edi, ushbu kun yetishti, Astrobodqa borgʻon cherik ham kelib, ushbu kun mirzoga mulhaq boʻldi. Roʻbaroʻ boʻlgʻoch-oʻq urusha ham olmadgg Badiuz-zamon mirzo bila Shohbek qochti.

Sulton Husayn mirzo Sulton Mas'ud mirzoni yaxshi koʻrub, kuyovluqka yukundurub, inoyat va shafqat maqomida boʻlub edikim, Xisravshohning inisi Boqi Chagʻoniyoniykim, mundin burunroq kelib Sulton Husayn mirzo mulozamatida boʻlur edi, angize bila Xurosonda turmay, bir bahona bila chiqib, Sulton Husayn mirzodin beruxsat Xisravshohgʻa bordi. Xisravshoh Hisordin Boysungʻur mirzoni tilab kelturdi. Ushbu fursatta Ulugʻbek mirzoning oʻgʻli Mironshoh mirzo otasi bila yogʻiqib, hazoragʻa kirib, hazorada ham bee’tiqodliqlar qilib, hazorada tura olmay, ul ham Xisravshoh qoshigʻa kelib edi.

Ba’zi koʻtahandishlar xud barin edilarkim, uchala podshohzodani oʻlturub, Xisravshoh otigʻa xutba oʻqutgʻaylar. Ul shiqni maslahat koʻrmay, Sulton Mas'ud mirzonikim, kichikligidin beri saxlab ulgʻaytib edi, bek atkasi edi, bu besh kunluk dunyo maslahati jihatidinkim, ne anga vafo qildi va ne hech kimga vafo qilgʻusidur, tutub, bu koʻrnamak mardak koʻzlariga nishtar solib, koʻr qildi.

Bir necha koʻkaltosh, emaldosh va boyrisi Sulton Mas'ud mirzoni olib, Samarqandgʻa Sulton Ali mirzo qoshigʻa kelturur xayoli bila Keshqa keldilar. Ul jamoat ham qasd maqomida boʻldilar. Keshdin qochib, Chorjoʻ guzari bila oʻtub, Sulton Husayn mirzo qoshigʻa bordi. Har kimkim mundogʻ shane’ harakatga iqdom qilgʻay va ul kishigakim bu nav' ishga ehtimom qilgʻay, yuz ming la’natdur qiyomatqachakim, har kim Xisravshohning bu af'olini eshitsa, la’nat qilsun. Bu af'olini eshitib la’nat qilmogʻon ham sazovori la’nat boʻlsun. Bu shane’ harakattin soʻng Boysungʻur mirzoni gyudshoh qilib, Hisorgʻa ruxsat berdi. Mironshoh mirzogʻa Said Komilni koʻmak qoʻshoʻb, Bomiyon sari yibordi.


Vaqoei sanai arbaa va tis'a mia[19]

Samarqand va Andijongʻa mukarraran yurushub, hech ish ochilmay, yana yonib Xoʻjandgʻa kelduk. Xoʻjand muxtasar yeredur. Yuz-ikki yuz navkarlik kishining avqoti tashvish bila oʻtar. Doyaliq kishi nechuk boqib oʻlturgʻay. Muhammad Husayn Koʻragon dugʻlatkim, Oʻratepada edi, Samarqandgʻa evrushmak doiyasi bila anga kishilar yiborib, soʻzlashib, Yor yayloq kentlaridin Pashogʻarnikim, Hazrat Xojaning mulk kentlaridindur, bu fatarotta anga taalluq boʻlub edi, tiladukkim, bu qish oriyati bergay, to anda oʻlturub Samarqand viloyatigʻa ilikdin kelgancha evrushgaybiz. Muhammad Husayn mirzo ham rozi boʻldi.

Xoʻjandtin otlanib Pashogʻargʻa mutavajjih boʻldum. Zomingʻa yetgan fursatta isittim. Bovujudi isitma Zomindin otlanib ilgʻor qilib, togʻ yoʻli bila oʻtub, Raboti Xojaning ustiga keldimkim, gʻofilliqta shotu qoʻyub chiqib, Raboti Xoja qoʻrgʻoninikim, Shovdor tumanining dorugʻanishini uldur, olilgʻay. Subh vaqti yetildi. Eli xabardor boʻldilar. Yana yonib, hech yerda tavaqquf qilmay, Pashogʻargʻa kelildi. Bovujudi isitma oʻn uch-oʻn toʻrt yigʻoch yoʻlni suubat va mashaqqat bila qat' qildim. Necha kundan soʻng Ibrohim soruni va Vays Logʻariyni va Shirim tagʻoyini ichki beklar va yigitlar bila ilgʻor tayin qildukkim, borib Yor yayloq qoʻrgʻonlarini soʻz bila yo zoʻr bila iliklagaylar.

Ul fursatta Yor yayloq Sayid Yusufbekda edi. Men Samarqanddin chiqqonda qolib edi, Sulton Ali mirzo ham rioyat qilib edi. Sayid Yusufbek ini, oʻgʻlini Yor yayloq qoʻrgʻonlarning zabt va rabtigʻa yiborib edi. Ahmad Yusufkim bu tarixda Siyolkut hukumati andadur, ul qoʻrgʻonlarda edi. Bizning beklar va yigitlar ham borib tamom qish ba’zi qoʻrgʻonni sulh bila ilikladilar, ba’zini urushub zoʻr bila oldilar, ba’zini ayyorliq va inchkaliq bila oʻgʻurlab mutasarrif boʻldilar. Ul viloyatlarda moʻgʻul va oʻzbak jihatidin hech kent yoʻqturkim, aning qoʻrgʻoni boʻlmagʻay. Ushbu fursatlarda bizning jihatimizdin Sayid Yusufbek va ini, oʻgʻlidin badgumon boʻlub, Xurosongʻa ruxsat berdilar. Bu qish bu nav' talosh va tortish bila oʻtti. Yoz boʻla sulh uchun Xoja Yahyoni yibordilar, oʻzlari ham cherik angizi bila Sheroz va Kobud navohisigʻa keldilar. Bizning boʻlgon sipohiymiz ikki yuzdin koʻproq va uch yuzdin ozroq boʻlgʻoy edi, har tarafda kuchluk gʻanimlar Andijongʻa evrushub, tole hech madad qilmadi. Samarqandgʻa ilik qoʻyub hech ish ochilmadi. Zarurattin sulh guna qilib, Pashogʻardin murojaat qilildi.

Xoʻjand bir muhaqqar yerdur. Bir bekning avqoti anda tashvish bila oʻtar. Bir yarim yilgʻa yovuq ahl va ayol bila anda eduk. Ul musulmonlar ham bu muddatta imkoni boricha xarj tortmoqda va xizmat qilmoqta taqsir qilmadilar. Yana ne yuz bila Xoʻjandgʻa borilgʻay, Xoʻjandqa borib ham kishi ne qilgʻay?

Bormoqqa ne maskan muyassar,
Turmoqqa ne davlat muqarrar .

Oxir ushbu taraddud va tafriqa bila Oʻratepaning janub tarafidagʻi yayloqlargʻa borduk. Necha kun ul navohida oʻz ishimizga hayron, borur turarimizni bilmay, sargardon oʻtkarildi. Bir kun ushbu yerda ekanda Xoja Abulmakorimkim, bizningdek jaloyi vatan boʻlub sargardon edi, meni koʻra keldi. Borur-turar yerimizdin va qilur-qilmas ishimizdin isti'lom va istifsor qilyb, mutaassir boʻlub, bizing holimizgʻa riqqat qilib, fotiha oʻqub bordi. Manga ham bisyor ta’sir qildi, riqqat qildim. Ushbu kun kech namozi digar daraning ayogʻidin bir otliq kishi paydo boʻldi, bu xud Ali doʻst tagʻoyining navkari ekandur. Yoʻlchuq otliq. Bu mazmun bila yiboribturkim, agarchi mendin azim gunohlar sodir boʻldi, vale umidim borkim, inoyat qilib gunohimni bagʻishlab, beriga mutavajjih boʻlsalar, Margʻinonni topshurub bir nav' qulluq va xizmatgorliq qilgʻaymen, gunohim arib hijobim raf' boʻlgʻay.

Mundoq mutahayyirliq va sargardonliqta bu xabar kelgan bila qech andisha va tavaqquf qilmay, oʻshal zamon oʻqkim, oftob oʻlturur chogʻ edi. Margʻinongʻa ilgʻor tariyqa bila mutavajjih boʻldum. Bu yer bila Margʻinon orasi taxminan yigirma toʻrt-yigirma besh yigʻoch boʻlgʻay edi, ul kecha tong otquncha va ul kuni namozi peshingacha hech yerda tavaqquf qilmay yuruldi. Namozi peshin Xoʻjandning Tangob otliq kentiga tushuldi. Ot sovutub, otgʻa boʻgʻuz berib, tun yarimi naqora vaqtida Tangobdin otlanildi. Ul kecha tong otquncha va ul kuni oftob botquncha va yana kechasi tongdin burunroq Margʻinonning bir yigʻochigʻa yetganda Vaysbek va ba’zilar taraddud qilib arzgʻa yetkurdilarkim, Ali Doʻst ne nav' yamonliq qilgʻon kishidur, orada bir navbat, ikki navbat kishi bormay va kelmay, guftugoʻ va ahdu shart boʻlmay, ne e’timod bila boradurbiz? Filvoqe taraddudlarining vajhi bor erdi. Bir zamon turub kengash qilduk, oxir munga qaror toptikim, bu taraddudlarning agarchi vajhi bor, vale mundin burunroq kerak erdi. Uch kecha va kunduz tinmay, tavaqquf qilmay, yigirma toʻrt-yigirma besh yigʻoch yoʻlni kelduk, ne otta majol qolibtur va ne kishida. Bu yerdin ne nav' yonilgʻay, yonib ham qaysarigʻa chiqilgʻay? Chun muncha kelibturbiz bormoq kerak. Hech nima tengrining xostidin oʻzga boʻlmas.

Soʻzni munga qoʻyub tavakkul qilib tebraduk. Sunnat vaqti edikim, Margʻinon qoʻrgʻonining eshigiga keldim. Ali Doʻst tagʻoyi darvozaning orqasida turub, darvozani ochmay, ahd iltimos qildi. Ahd va shart qilgʻondin soʻng darvozani ochib, darvoza orasida mulozamat qildi. Ali Doʻstni koʻrgandin soʻng, qoʻrgʻon ichida bir munosib hovlida tushudi. Mening birla boʻlgʻon kishi ulugʻ-kichik ikki yuz qirq kishi edi. Uzun Hasan va Sulton Ahmad Tanbal viloyat eliga bisyor zulmlar oʻtkarib, yamon maosh qilib edilar. Viloyat eli tamom meni tilar edilar. Margʻinonga kirgandin ikki-uch kun soʻng Qosimbekka Pashogʻariydin va yangi navkar boʻlgʻonlardin va Ali Doʻst bekning navkarlaridin yuzdin koʻprak kishi qoʻshib, Andijonning janub tarafidagʻi togʻ ellariga misli Ashnoriyon va Toʻruqshoron va Chakrak va ul navohilargʻa yiborildikim:, istimolat bila yo zoʻr bila bu ellarni kelturgay. Ibrohim soruni va Vays Logʻariyni va Seydiy Qaroni Axsi tarafigʻa yuzga yovuq kishi bila yiborildikim, Xoʻjand suyini kechib, ul yuzdagi qoʻrgʻonlar bila togʻ ellarini har tavr qilib bizga boqturgʻaylar.

Bir necha kundin soʻng Uzun Hasan va Sulton Ahmad Tanbal Jahongir mirzoni olib, nekim boʻlgʻon sipohiy va moʻgʻulni yigʻib, Andijon va Axsining cherikka chiqor kishisini cherikka chiqarib, Margʻinonni qabamoq doiyasi bila Margʻinonning bir shar'isida sharq sari Sapon otliq kentga kelib tushtilar. Bir-ikki kundin soʻng yasab, yarogʻlanib Margʻinonning mahallotigʻa keldilar. Bovujudikim, Qosimbek va Ibrohim soru va Vays Logʻariy boshliqlarni ikki tarafgʻa ilgʻor yiborilib edi, mening bila bir necha ma’dudi qolib edi, boʻlgʻon yigitlar yasanib chiqtilar, Mahallotin ilgari kelgani qoʻymadilar. Ul kuni Xalil chuhrai dastornech yaxshi yurub, iligi ishga yetti, kelib hech ish qila olmadilar. Yana ikkilay qoʻrgʻon yovugʻigʻa kelmadilar. Qosimbekkim, Andijonning janubiy togʻlarigʻa borib edi. Ashporyon va Toʻruqshoron va Chakrak va ul navohidagʻi togʻ va tuzdagi raiyat va aymoq tamom kirdilar. Sipohidin ham biror-ikirar bizga qochib kela boshladilar. Ibrohim soru va Vays Logʻariy boshliqlargʻakim, Axsi tarafigʻa suvdin oʻtub borib edilar. Pop qoʻrgʻoni va yana bir-ikki qoʻrgʻon kirdi.

Uzun Hasan va Tanbal zolim va fosiq va kofirvash ellar edi, raiyat va viloyat ellari bulardin bisyor ogʻrib edilar. Axsi ulugʻlaridin Hasan dekcha jamoati bila va yana Axsining bir pora lavand va avboshni barin qilib, qarotayoq qilib, Axsining tosh qoʻrgʻonidagʻilarni zarbi rost arkka tiqib, Ibrohim soru va Vays Logʻariy va Seydiy Qaro boshligʻlarni tilab, Axsining tosh qoʻrgʻonigʻa kiyurdilar. Sulton Mahmudxon , Banda Ali va Haydar koʻkaltoshni va Hoji Gʻozi mangʻitnikim, oʻshul fursatta Shayboniyxondin qochib xon qoshigʻa kelib edi, yana barin tuman beklari bila bizga koʻmak tayin qilib edi, ushbu mahalda keldilar. Bu xabar Uzun Hasangʻa yetib, bepoy boʻlub, rioyat qilgʻon navkarlarini va oʻbdon yigitlarini Axsining arkiga koʻmak tayin qilib yibordi. Sahar vaqti daryo yoqasigʻa yettilar.

Bizning cherik va moʻgʻul cheriki xabar topib, bir pora kishini ot yalangʻochlanturub, suvdin kechurdilar, koʻmak kelganlar oldarab kemani yuqqori tortmay kechgan yeridin — oʻq qoʻya berdilar. Qoʻrgʻongʻa oʻta olmay quyi tushtilar. Bizning cherik va moʻgʻul cheriki tush-tushdin ot yalangʻochlab kira boshladilar. Kemadagilar hech urusha olmadilar. Qorlugʻoch baxshi Moʻgʻulbek oʻgʻlonlaridin birni tilab iligini tutub chopqulab oʻlturdi. Ne foydakim, ish andin oʻtub edi. Aksar kemadagilarning oʻlumga bormogʻigʻa bu harakat sabab boʻldi, bir zamonda daryodagʻilarni ariq olib, borini qirdilar.

Uzun Hasanning mu'tabar kishilaridin Qorlugʻoch baxshi edi. Xalil devona edi, Qozi Gʻulom edi. Bulardin bir Qozi Gʻulom qulluq bahonasi bila xalos boʻldi. Yana mu'tabar yigitlaridin Sayid Alikim, xolo mening qoshimda mu'tabardur. Yana Haydarquli yana Qulika Koshgʻariy yetmish-seksan oʻbdon yigittin ushbu besh-olti ma’dudi besh xalos boʻlmadi. Bu xabarlarni eshitib, Margʻinon navohisida oʻltura olmay Andijon sarigʻa buzulgʻon yoʻsunluq etib koʻchtilar. Andijonda Nosirbekni quyub edilarkim, Uzun Hasanning yeznasi edi. Agar soniysi boʻlmasa, solisi xud ne soʻz edikim, bor edi. Sohib tajriba kishi edi, mardonaligʻi ham bor edi. Bu kayfiyatlarni bilib, alarning bebunyodligʻini ma’lum qilib, Andijon qoʻrgʻonini berkitib, manga kishi yibordi. Bular Andijongʻa yetganda qoʻrgʻon berkiganni ma’lum qilib, soʻzlari bir-biriga qovusholmay buzulub, Uzun Hasan koʻchiga Axsi sari tortti.

Sulton Ahmad Tanbal oʻz viloyatigʻa — Oʻshgʻa bordi. Jahongir mirzoni bir necha ichkilari va yigitlari Uzun Hasandin olib qochib, Tanbalgʻakim, xanuz Oʻshgʻa yetmaydur edi, borib qoʻshuldilar. Andijonning berkigan xabari manga keldi, hech tavaqquf qilmay, Margʻinondin oftob chiqa otlanib, tush qaytib edikim, Andijongʻa keldim. Nosirbekni va oʻgʻlonlarinikim, Doʻstbek va Mirimbek boʻlgʻay, koʻrub, soʻrub inoyat va shafqatdin umidvor va sarafroz qildim.

Ota viloyatikim, ikki yilga yovuqlashib edikim, ilikdin chiqib edi, tengri inoyati bila zilqa’da oyida sana 904 da yana muyasear va musaxxar boʻldi. Sulton Ahmad Tanbalkim, Jahongir mirzo bila qatilib, Oʻsh s.ari tortib edi, Oʻshqa kirgach, Oʻshda ham qiziloyoq, qarotayoq qilib zarbi rost ura-ura Oʻshdin qovlab, qoʻrgʻonni bizning uchun saxlab, bizga kishi yibordilar. Jahongir va Tanbal bir necha ma’dudi bila sarosimavor borib Oʻzgandga kirdilar. Uzun Hasankim, Andijongʻa kira olmay, Axsi tarafigʻa borib edi, xabar keldikim, borib Axsining arkiga kirmish. Chun sardor va sarfitna bu edi, bu xabar kelgach, Andijonda toʻrt-besh kundin ortuq tavaqquf qilmay, Axsi azimati qilduk. Axsigʻa yetgach chora qila olmay, ahd va amon tilab, qoʻrgʻonini topshurdi. Bir necha kun Axsida turub, Axsi va Koson va ul yurtning ish-kuchini zabt va saranjom qilib, ilgʻor kelgan moʻgʻul beklariga ruxsat berib, Uzun Hasanni koʻch va mutaalliqlari bila olib Andijongʻa kelildi. Axsida Qosim Ajabnikim, ichki chargasida edi, ollimda beklik martabasigʻa yetib edi, oriyati qoʻyuldi. Chun ahd qililib edi, jon va moligʻa zarar va nuqson tegurmay Qorategin yoʻli bila Hisor sari ijozat berildi. Bir necha ma’dudi bila Hisorgʻa bordi. Oʻzga tamom navkarlari ayrilib qoldilar.

Bu fatarotlarda bizga taalluq elni va Xoja qozi va mutaalliqlarini tutqon va talagʻon boʻlar edilar, ba’zi beklar bila ittifoq qilib, soʻzni munga qoʻydukkim muncha joʻgʻulluq va buzuqchilik qilgʻon va muncha bizga taalluq moʻmin va musulmonni tutqon va talagʻon bu jamoat edilar. Oʻzlarining beklariga ne vafo qildilarkim, bizga vafo qilgʻaylar, bularni tuttursak, ne ayb boʻlgʻay? Bataxsis bizing koʻzimizning oʻtrusida bizning otimizni minib, bizing toʻnumizni kiyib, bizing qoʻyumizni yeb yurugaylar, munga xud kim tahammul qilgʻay? Agar tarahhum qilib tutturulmasa, yo talatilmasa, bizing bila qazoqliklarda va mehnatlarda boʻlgʻon jamoatning hozir tanigʻon mollarigʻa bori farmon boʻlsakim, iliklariga kirsa, ushmuncha bila qutulsalar, minnatlar tutsalar kerak. Filvoqe ma’qul koʻrundi. Farmon boʻldikim, bizing bila boʻlgʻonlar tanigʻon nimalarini olsunlar, agarchi ma’qul va muvajjah edi, bir iima shitob boʻlmish.

Jahongir mirzodek muzi yonimizda oʻlturub, elni mundoq hurkutmoqning hech ma’nisi yoʻq edi. Mulkgirlikda va mamlakat-dorlikta agarchi ba’zi ishlar zohirda ma’qul va muvajjah koʻrunur, vale har ishning zimnida yuz ming mulohaza vojib va lozimdur. Ushbu bir bemulohaza hukm qilgʻonimizdin ne miqdor shoʻr va fitnalar qoʻpti. Axir Andijondin ikkinchi navbat chiqgʻoshshizgʻa sabab ushbu betaammul xukm qilgʻonimiz boʻldi. Bu jihattin moʻgʻullar oʻzlariga dagʻdagʻa va tavahhum yoʻl berib, Rabotak oʻrchyanidinkim, Ikki suv arosi ham derlar, Oʻzgand tarafigʻa koʻchub Tanbalgʻa kishi yibordilar. Meiing onam qoshida ming besh yuz, ikqi migata yovuq moʻgʻul ulusidin bor edi. Yana Hisordin Hamza Sulton va Mahdi Sulton va Muhammad dugʻlat alar bila ugamuncha chogʻliq moʻgʻul kelib edi. Hamisha yomonliq va buzuqchiliq moʻgʻul ulusidin boʻla kelgandur. Ushbu tarixqacha besh navbat mening bila yogʻiqtilar. Andoq emaskim, mening bila bemunosabatliq jihatidin yogʻiqmish boʻlgʻaylar. Mundoq harakotlarni oʻz xonlarigʻa mukarrar qil-dilar. Bu xabarni Sultonquli chinoqqim, otasi Xudoyberdi boʻqoqni moʻgʻullar orasida rioyat qilib edim, otasi burunroq oʻlub edi, oʻzi moʻgʻullar bila boʻlur edi, kelturdi. Yaxngi bordi, oʻz zl va ulusidin ayrilib, bu xabarni yetkurdi. Agarchi munda yaxshi bordi, vale soʻngra andoq qabohatlar qildikim, yuz muningdek xizmat qilsa yopqay. Nechukkim mazkur boʻlgʻusidur. Soʻnggʻi qabohatlari ham moʻgʻulluqning natijasidin edi.

Bizga xabar kelgach, beklarni yigʻib mashvarat qilildi, beklar arzgʻa yetkurdilarkim, bu juzviy ishdur, podshoh otlonmoqi ne ehtiyoj? Qosimbek jami' beklarni va cherikni boshlab borsun. Soʻz munga qaror topti. Sahl tuttilar, bu ra’y gʻalat ekandur. Bukuni Qosimbek beklarini va cherikni boshlab chiqti. Oralagʻuncha Tanbal xud kelib moʻgʻullargʻa qoʻshulgʻon ekandur.

Toiglasi erta bila Ilamish daryosining Yassi kechit otliq guzarini oʻtgach — oʻq roʻburoʻ boʻlurlar, yaxshi chopqulashurlar. Qosimbek oʻzi Sulton Muhammad argʻun bila roʻbaroʻ boʻlub, ikki-uch navbat chopqulab bosh chiqorgʻali qoʻymas. Gʻalaba yigitlar, chopqulashurlar, oxir shikast toparlar, Qosimbek, Ali Doʻst tagʻoyi, Ibrohim soru, Vays Logʻariy, Seydiy Qaro yana uch-toʻrt bek va ichkidin chiqtilar. Oʻzga aksar beklar va ichkilar ilikka tushtilar. Ilikka tushgan beklar va ichkilardin Ali Darveshbek, Mirim Logʻariy Toʻqabek, Tagʻoyibek, Muhammad Doʻst, Ali Doʻst, Mirshoh qavchin, Mirim Devon bu urushta ikki yigit tavri chopqulashurlar. Bizing soridin Ibrohim soruning inilaridin Samad otliq, alar soridin Hisoriy moʻgʻullardin Shahsuvor otliq roʻbaroʻ boʻlurlar. Shahsuvor andoq choparkim, dubulgʻadin oʻtub, Samadning bopshgʻa qilich Xeyli oʻlturur.

Bovujudi bu zaxm Samad andoq choparkim, Shahsuvorning boshidin kafi dastcha parcha soʻnggakni qilich olib ketar. Shahsuvorning dubulgʻasi yoʻq ekandur. Shahsuvorning boshini oʻydilar, yaxshi boʻldi. Samadning boshini oʻyar kishi yoʻq edi. Uch-toʻrt kuidin keyin oʻshul zaxm bila — oʻq bordi. Qazoqliqlardin va fzlokatlardin xalos boʻlub, yangla viloyat olgʻon mahalda ajab bevaqt pshkast edi.

Qanbar Ali moʻgʻulkim, bir rukni a’zam ul edi, Aidijoshga olgʻon chogʻda viloyatigʻa borib edi, yoʻq edi. Ushmuncha bila Tanbal Jahongirni olib kelib, Andijonning bir shar'isi Pushtai Ayshning olidagʻi oʻlangga tushti. Bir-ikki qatla Childuhtaron bila yasab, Pushtai Ayshning domanasigʻa keldi. Bizing'yigitlar mahallot va bogʻottin tashqari-oʻq yasab chiqtilar, ilgari kela olmadi, domanadin oʻq nari yondi. Ushbu navohigʻa kelganda tushgan beklardin Mirim Logʻariyni va Toʻqani oʻlturdi. Bir oygʻa yovuq bu teg rada oʻlturub, hech ish qila olmadi. Oʻsh sarigʻa boqa yondi. Oʻpgai Ibrohim sorugʻa berilib edi, aning kishisi anda edi, Oʻshni berkittilar.

Vaqoei sanai xamsa va tis'a mia[20]

Viloyotning otliq va yayoq cheriklariga qadagan bila tavochilar va muhassillar yiborildi. Qanbar Aligʻa va yana harne viloyatlargʻa borgʻon cheriklarga ehtimom bila tavochilar chopturubtur va ketmon va boltu va nekim boʻlgʻon cherik masolih va asbobigʻa ehtimomliq muhassillar tayin qilildi. Viloyattin cherikka qelur otliq va yayoqni surub, ul taraf, bu taraf ish — kuchga borgon navkar va sipohiyni yigʻishturub, tengriga tavakkul qilib, muharram oyining oʻn sekkizida Hofizbekning chorbogʻigʻa safar qildim. Bir-ikki kun chorbogʻda turub, qolgʻon asbob va olotni tayyor va mukammal qilib, Oʻsh sori muxoliflarning ustiga burongʻor va juvongʻor va gʻul va hirovul va otliq-yayoqni yasab, yasol bila-oʻq mutavajjih boʻlduk. Oʻshqa yaqin yetgan mahalda xabar topildikim, muxoliflar Oʻsh navohisida tura olmay, Raboti sarhang oʻrchini sarigʻakim Oʻshning shimolidur tortmish, ul axshom Lotkand kentta tushuldi.

Tonglasi yasab Oʻshdin oʻtganda xabar keldikim, muxoliflar Andijon sari bormish, biz ham Oʻzgand ustiga mutavajjuh boʻlduk. Oʻzumizdin ilgarrak Oʻzgand navohisini chopqali chopqunchi oyirduk. Muxoliflarkim, Andijongʻa borurlar, kscha bila xandaqqa kirib fasilgʻa shotu chogʻda qoʻrgʻondagʻilar tuyarlar. Hech ish qilolmay yondilar. Bizing chopkunchi ham borib Oʻzgand navohisinikim chopar, oncha nima iliklariga tushmay yonib keldilar.

Oʻsh qoʻrgʻonlaridin Mozu qoʻrgʻonidakim, ul orada rustliq bila mashhur qoʻrgʻondur. Tanbal inisi Xalilni ikki yuz-ikki yuz ellik kishi bila qoʻyub, ul qoʻrgʻonni berkitib edi, yonib kelib Mozu qoʻrgʻonigʻa urush solib zoʻr kelturduk. Mozu qoʻrgʻoni xeyli rust qoʻrgʻondur, shimol sarikim, soydur, xeyli baland voqe boʻlubtur. Agar soydin oʻq otsalar shoyadkim, fasilgʻa yetgay. Obduzdi ushbu tarafda voqe boʻlubtur. Qoʻrgʻondin quyigʻa boqa koʻchadek ikki tarafdin fasil qoʻporib kelturub suvgʻa yetkurubturlar. Pushta taraflari xandaqtur. Soygʻa yovuq uchun soy toshlaridin uluq-uluq qozondek toshlar qoʻrgʻongʻa chiqarib edilar. Ul miqdor ulugʻ toshlarkim, Mozu qoʻrgʻonida ottilar, ushmuncha qoʻrgon urushi boʻlub hech qoʻrgʻondin mundoq toshlar otmadilar. Abdulquddus koʻhbur Kattabekning ogʻasi fasil tubigʻa chiqib edi, fasildin andoq tosh urdilarkim, hech yeri yerga tegmay durust muallaq oshib: oʻshandoq baland yerdin qoʻrgʻonning xokrezining tubigacha yumalana-yumalana keldi, vale hech boʻshmadi. Oʻshul zamon — oʻqotlanib yurudi. Dutahi obduzdda Yor Ali Bilolning boshigʻa bir zarb tosh urdilar, boshini uchurdilar. Qalin kishi tosh bila zoe’ boʻldi. Sabohikim, urush solildi, choshtgohdin burunroq obduzd olildi. Axshomgʻacha urush edi. Obduzdkim olildi, boʻldura olmay tonglasigʻa amon tilab chiqtilar. Tanbalning inisi Xalil boshliq yetmish-sekson-yuz kishini band qilib Andijongʻa yiborildikim, ehtiyot bila saxlagʻaylar. Bizing ham beklarimiz va ichkilarimiz va oʻbdon kishilarimiz alarning bandigʻa tushub edi. Bu ish tavre voqe boʻldi.

Mozuni olib kelib Oʻshning kentlaridin Oʻnju Toʻba degan kentta tushuldi. Ul tarafdin Tanbal Andijondin yonib Raboti Sarhang oʻrchini kentlaridin Obi Xon degan yerga tushti. Bu ikki cherkning orasi bir yigʻoch yoʻl boʻlgʻay edi. Bu fursatta Qanbar Ali behuzurluq jihatidin Oʻshqa bordi. Bir oy — qirq kungacha oʻlturuldi, urush boʻlmadi. Vale har kunda bizning oshliqchi va alarning oshliqchisi otqulashurlar edi. Bu muddatta kechalar oʻrdu girdini mahkam ehtiyot qililur edi. Xandaq qozilur edi. Xandaq boʻlmagʻon yerda shox tutulur edi. Boʻlgʻon sipohi tamom yarogʻlanib, xandaq yoqasigʻa chiqarlar edi. Bovujudi muncha ehtiyot har uch-toʻrt kunda kecha bila cherikda bir gʻavgʻo va suron chiqar edi. Bir kun oshliqchining ilayiga Sayidibek tagʻoyi borib edi, gʻanimning kishisi zoʻrroq kelib, bayakbor urush asnosida Sayidibekni oldilar.

Ushbu yil, Xisravshoh Balx ustigʻa cherik borur xayoli bila Boysungʻur mirzoni tilab, Qunduzgʻa kelturub, Balx ustiga otlandi. Uyoqcha yetgan chogʻda Xisravshoh badbaxt kofiri ne’mat saltanat dagʻdagʻasi bilakim, saltanat andogʻ nokas, behunarlarga ne nav' yetgay! Ne asl, ne nasab, ne hunar, ne, asab, ne tadbir, ne shujoat, ne insof, ne adolat! Boysungʻur mirzoni beklari bila tutub, Boysungʻur mirzogʻa kerish solib, muharram oyining oʻni edikim, mundoq xushtab' va purfazilat va hasab na nasab bila orosta is, shohzodani shahid qildi. Beklari va ichkilaridin ham bir nechaii oʻlturdi.

Valodat va nasabi: valodati sekkiz yuz sekson ikkida, Hisor viloyatida edi. Sulton Mahmud mirzoning ikkinchi oʻgʻlidur, Sulton Mas'ud mirzodin kichik, Sulton Ali mirzo va Sulton Husayn va Sulton Vays mirzokim, Xonmirzo bila mashhurdur, ulugʻ, onasi Pashshabegim edi.

Shakl va shamoyili: ulugʻ koʻzluk, qoʻba yuzluk, oʻrta boʻyluq, turkman chehralik, malohatliq yigit edi.

Axloq va atvor: Adolatpesha va odmi va xushtab' va fazilatliq podshohzuda edi. Ustodi Sayid Mahmud shiiy ekandur. Bu jihattin Boysungʻur mirzo ham mat'un edi. Soʻngra dedilarkim, Samarqandta ul yamon aqidadin yonib, pok e’tiqod boʻlubtur. Xeyli chogʻirgʻa xirsi bor edi. Chogʻar ichmas mahalda namoz oʻtar edi. Saxovati va baxshishi e’tiqod bila edi. Nasx-ta’liq xatini xeyli xoʻb bitir edi. Naqqoshlikda ham iligi yomon emas edi. She’rni ham tavre aytur edi. «Odiliy» taxallus qilur edi., She’ri devon tartib qilgʻuncha boʻlmaydur edi. Bu matla’ aningdurkim:

Soyavor az notavony jo-bajo meoʻftam,
Gar nagiram roʻi devore zi po meoʻftam[21].

Samarqandta Boysungʻur mirzoning gʻazallari oncha shoe’durkim, kam uy boʻlgʻay edikim, mirzoning ashʼori ul uyda boʻlmagʻay edi.

Masoflari: ikki masof urushti. Bir qatla Sulton Mahmud xon bila. Avval taxtgʻa oʻlturgʻonida Sulton Mahmudxon Sulton Junayd barlos va ba’zining igʻvo va angizi jihatidin Samarqand olmoq doiyasi bila cherik tortib, Oqkoʻtaldin oʻtub, Raboti Sugʻd va Kanboy navohisigʻa keldi. Boysungʻur mirzo Samarqanddin chiqti. Kanboyda urushub, yaxshi bosti. Uch-toʻrt ming moʻgʻulning boʻynigʻa urdurdi. Haydar koʻkaltoshkim, xonning hall va aqdi edi, bu urushda oʻldi.

Yana bir martaba Buxoroda Sulton Ali mirzo bila urushub magʻlub boʻldi.

Viloyoti: otasi Sulton Mahmud mirzo Buxoroni berib edi. Otasidin soʻng otasining beklari yigʻilib, ittifoq bila Samarqandta podshoh qildilar. Buxoro ham necha mahalgʻacha muning devonigʻa doxil edi. Tarxonlar yogʻiyligʻidin soʻng aning tasarrufidin chiqti.. Men Samarqandni olgʻonda Xisravshohqa tortar bordi. Xisravshoh Hisorni olib berdi.

Andin hech avlod qolmadi. Xisravshohqa kelgan mahalda obogʻasi Sulton Xalil mirzoning qizini oldi. Oʻzga xotun va gʻumasi yoʻq edi. Andoq istiqbol bila saltanat qilmadikim, bir kishini oʻz elidin ulgʻaytib mu'tabar bek qilmish boʻlgʻay. Beklari ota-obogʻasining — oʻq beklari edi.

Boysungʻur mirzoning voqeasidin soʻng Sulton Ahmad qorovul Quchbekning otasi, ogʻa-inisi va koʻch va mutaalliqlari bila Qorategin viloyatidin chiqib, bizni deb keldi. Qanbar Alikim, Oʻshda behuzur edi, behuzurluqdin qoʻpub, ul ham keldi. Mundoq mahalda gʻayb koʻmagi Sulton Ahmad qorovul jamoati bila kelib, qotilgʻonni shugun tutub, sabohi-oʻq gʻanim ustiga yasab yuruduk. Obi Xonda turush bermay, yurtidin koʻchti. Ba’zi chodir va gilem va partoldek nimalari cherik eliga tushdi. Kelib aning yurtigʻa tushtuk.Ushbu axshomi Tanbal Jahongirni olib, oʻng yonimi dash evrulub, Xoʻbon degan keitgakim, Andijon sari yonimizda bizdin uch yigʻoch boʻlgʻay edi, kelib kirdi. Ertasiga biz ham burongʻor, juvongʻor, gʻul, hirovulni tartib qilib, kejim kiyib, yarogʻlanib, yasol yasab, toʻra koʻtargan yayoqlarni olimizgʻa solib, gʻanim ustiga yuruduk. Bizning burongʻor Ali Doʻst tagʻoyi edi, tavobei bila. Juvongʻor Ibrohim soru va Vays Logʻariy, Seydiy Qaro, Muhammad Ali Mubashshir, Xoja Kalonbekning ogʻasi Kichikbek, yana ba’zi ichkilar: Sulton Ahmad qorovulni va Kuchbekni ogʻa-inilari bila juvongʻorgʻa bitildi, Qosimbek gʻulda mening qoshimda edi. Irovul Qanbar Ali va yana ba’zi ichkilar edi.

Xoʻbonning sharqi-janub tarafidin Saqo otliq kentdakim, Xoʻbondin bir shar'iy boʻlgʻay, yetishib edukkim, gʻanim kishisi Xoʻbon kentidin yasab chiqti. Biz ham ildamroq — oʻqyuruduk: hazm va ehtiyotni mar'i tutub, toʻra va siyoqkim, tartib qililib edi, muqobala boʻlur mahalda keyin — oʻq qoldilar. Tengri inoyati bila alargʻa hech, ehtiyoj boʻlmadi. Yetgan bila burunroq bizning juvongʻor kishisi aning burongʻori bila ilik olishti. Xoja Kalonning ogʻasi Kichikbek anda yaxshi chopqullashti. Muhammad Ali Mubashshir ham. Kichikbektin soʻngra chopqullashti. Ushmuncha bila tob keltura olmay, yogʻiy qochti. Burongʻor bila irovulga pesho-pesh urush yetmadi. Qalin yigitlarni kelturdilar. Boʻyunlarigʻa buyurdikkim, urdilar. Bizning beklar Qosimbek va Ali Doʻstbek koʻpragi Ali Doʻst hazm va sardorligʻini rioyat qilib, qovgʻunchini yiroq yiborgali maslahat koʻrmadilar. Bu jihattin qalin kishisi ilikka tushmadi.

Xoʻbon kentiga — oʻq tushtuk. Mening avval masof urushi urush-qonim ushbu edi. Tengri taolo oʻz fazl va karami bila fath va zafar roʻzi qildi. Shugun tuttuk.

Tonglasigʻa-oʻq otamning onasi mening ulugʻ onam Shoh Sulton begim Andijondin keldi. Bu xayol bilakim, Jahongir agar ilikka tushgan boʻlsa, darxost qilgʻay. Choʻn qish yovuqlashib edi, yozida oshliq-toʻluk qolmaydur edi, Oʻzgand ustiga borurni maslahat koʻrmay, Andijongʻa murojaat qilindi. Necha kundin soʻng kengashib, soʻzni munga qaror berildikim, Andijonda qishlamoqdin gʻanim kishisiga hech zarar va osibi yetmas, balki oʻgʻurluq va qazoqliq bila kuchlanmagining ehtimoli bordur. Bir yerda qishlamoq kerakkim, cherik eli oshliqsizliqdan ojiz boʻlmagʻay va gʻanim kishisiga ham qabal yoʻsunluq ojizligʻi boʻlgʻay. Bu maslahat uchun Rabotak oʻrchinidakim, bu Rabotak oʻrchinini ikki suv orasi ham derlar, Armiyon va Noʻshob navohisida qishlamoq xayoli bila Andijondin koʻchub, mazkur boʻlgon kentlarning navohisigʻa kelib qishloq solduk.

Bu navohi yaxshi ovloq yerlar boʻlur. Ilamish daryosining yaqinidagi qalin changallarda bugʻu, maral va toʻnquz koʻp boʻlur. Ushoq-ushoq changallarida qirgʻovul va tovushqon qalin boʻlur. Pushtasida tulkusi bisyor boʻlur, darkamin boʻlur , tulkusi oʻzga yerning tulkusiga boqa yuguruk boʻlur. Bu qishlokda ekanda har ikki-uch kunda ovgʻa otlanur edim. Ulugʻ changallarni oʻrtab, bugʻu-maral ovlar eduk. Ushoq changallariga charga solib, qirgʻovulgʻa qush solib kezlar eduk. Qirgʻovullari behad semiz boʻlur.

To ul qishloqta eduk, qirgʻovul eti farovon edi. Ushbu qishloqta ekanda Xudoyberdi tugʻchikim, rioyat qilib bek qilib edim, ikki-uch qatla tushub, Tanbalning qazogʻini bosib, boshlar kesib kelturdi. Andijon va Oʻsh navoqisidin ham qazoq yigitlar ayyorliq bila tinmay borib, ilqilarin surub, kishilarni oʻlturub bisyor ojiz qildilar. Agar ul qishni oʻshul qishloqta oʻtkarilsa edi, koʻproq ehtimoli bu edikim, yozgʻacha urushsiz-oʻq buzulgʻaylar edi. Ushmundoq gʻanimni zabun va ojiz qilgʻon mahalda Qanbar Ali viloyatigʻa bormoqqa ijozat tiladi. Har necha bu hisoblarni xotir nishon qilib, man' Qilildi, koʻprak jahl qildi. Ajab yengil va betaammul mardak edi. Zarurat boʻldi, viloyatigʻa ijozat berildi. Burun viloyati Xoʻjand edi. Bu navbat Andijonni olgʻonda Isfara va Kandibodomni ham anga berildi. Bizning beklar orasida qalin viloyatliq va koʻp navkarlik Qanbar Ali edi. Hech kimning navkari va viloyati oncha emas edi. Qirq-ellik kun ul qishloqta eduk. Qanbar Alining taqribi bila ba’zi cherik eliga ham ruxsat berildi.

Oʻzumiz ham Andijongʻa kelduk. Bu muddattakim qishloqta va Andijonda eduk, Tanbalning kishisi tinmay xon qoshigʻa, Toshkandga borur edi va kelur edi. Ahmadbekkim, xonning oʻgʻli Sulton Muhammadning bek atkasi va xonning ulugʻ rioyat qilgʻon begi edi, Tanbalning tuqqan obogʻasi edi, Bek Telbakim, xonning eshikogʻasi edi, Tanbalning tuqqon ogʻasi edi, bora-kela xonni barin qildilarkim, Tanbalgʻa koʻmak yiborgʻay, koʻmakdin burunroq Bek Telbakim, to tugʻub edi, Moʻgʻulistonda edi, moʻgʻul orasida ulgʻayib edi, viloyatqa kirmaydur edi, viloyat podshohlarigʻa xizmat qilmaydur edi, xonlargʻa-oʻq xizmat qilib edi, koʻch va ahlu ayolini Toshkandta qoʻyub, oʻzi kelib inisi Tanbalgʻa qoʻshuldi.

Bu fursatta ajab hodisa dast berdi. Qosim Ajabnikim, Axsida oriyati qoʻyulub edi, oz-ogʻloq qazoq keyinicha chiqib, qavlab Bichrota bila Xoʻjand suyidin oʻtarda Tanbalning qalin kishisiga uchrab, ilikka tushti. Tanbal chun cherikimizning tarqogʻon xabarini topti va ogʻasi Bek Telba xon bila soʻzlashib kelib edi, koʻmak kelmakka mutaayyin mutayaqqin edi. Oʻzgandtin otlanib, Ikki suv orasigʻa keldi. Ushbu asnoda Kosondin tahqiq xabar keldikim, xon Tanbalning koʻmagiga oʻgʻli Sulton Muhammad Xoiikanikim, Sultonimgʻa mashhur edi, Ahmadbek bila tayin qilib, besh-olti ming cherik qoʻshubtur. Archakent yoʻli bila oshib kelib, Kosonpi qabadilar. Biz dagʻi yirokdagʻi kishimizgʻa boqmay, hozir kishimiz bila betavaqquf qishiing zarb sovugʻida tengriga tavakkul qilib, Andijondin Bandi Solor yoʻli bila Sultonim bila Ahmadbekiing ustiga otlanduk. Kechasi hech yerda turmay, tu.n qotib sabohi Axsiga tushtuk. Ul axshom mahkam qattiq sovuq edi. Andoqkim, ba’zining ilik-oyogʻin sovuq oldi. Koʻp kshnining quloqlari olmadek-olmadek qabarchugʻlanib edi. Axsida tavaqquf qilmay, Qosim Ajabning oʻrunigʻa Yorak tagʻoyini ham oriyati qoʻyub, Koson ustiga oʻttuk, Kosongʻa bir shar'i qolgʻonda xabar keldikim, Ahmadbsk xabar topib, Sultonim bila buzulgʻon yoʻsunluq ildam yondi.

Tanbal bizning otlangʻonimizni bilib, ogʻasigʻa koʻmak ilgʻab keladur ekandur. Kun ikki namoz orasi boʻlgʻay edikim, Tanbalning qarosi Navkand soridin paydo boʻldi. Ogʻasining mundoq yengil kelganidin va bizning mundoq ildam yetkanimizdin dong va mutahayyir boʻlub tura qoldi. Biz dedukkim, xudoy muni mundoq kelturdi, otining boʻyni qotib kelibtur, yurub ilik qoʻshgʻondin keyin tengri rost keltirsa birisi chiqmas, Vays Logʻariy va yana ba’zilar dedilarkim, kun kech boʻlubtur, bu kun boʻlmasa tongla qayongʻa borgʻusidur. Saboh har qanda boʻlsa, uchraturbiz, deb filhol ilik qoʻshmoqni saloh koʻrmaydilar. Ushmundoq qopuda kelgan gʻanim hech nav' mutazarrir boʻlmay ajrashti. Masal borkim, «Qonudagʻini qopmasa, qarigʻuncha qaygʻurur».

Bayt:

Korhoro ba vaqt boyad just,
Kori be vaqt sust boshad, sust[22].

Tonglagʻacha fursatni gʻanimat tutub, kechasiga hech yerda tushmay borib, Arxiyon qoʻrgʻonigʻa kirdilar. Ertasiga gʻanimning ustiga yurub, topmay, soʻngicha kelib, Arxiyon qoʻrgʻonini yovuq qabamoqning salohin topmay, bir shar'isida Gʻaznai Namangonga tushuldy. Oʻttuz-qirq kun biz bu yurtta eduk. Tanbal Arxiyon qoʻrgʻonida edi. Oz-oz kishi beridin borib, naridin kelib, ora yoʻlda, otqulashib yonar edi. Bir kecha shabixun keldilar. Oʻrduning tashqarisidin bir pora oʻq qoʻyub yondilar. Oʻrdu girdini xandaq qilib, shox tutub, ehtiyotlar qililib edi, hech ish qila olmadilar. Ushbu yurtta ekanda Qanbar Ali ikki-uch qatla yamonlab viloyatigʻa bormoqchi boʻldi. Bir qatla xud otlaiib tebrab edi, ba’zi beklarni yiborib tashvishlar bila yondurduk.

Bu asnoda Sayid Yusuf Majamiy Sulton Ahmad Tanbalgʻa kishi yiborib, anga boqti. Andijbn koʻhnoyalaridin Uygʻur Majam derlar, ikki koʻhpoyadur. Sayid Yusuf Majam aning ulugʻi edi, soʻngralar eshikda tanimoni boʻlub edi. Ishi ulugʻluqtin oʻtub edi. Beklik dagʻdagʻa va da’vosi bor edi. Agarchi hech kim bek kilmaydur edi, ajab munofiq va beposhna mardak edi. Men ushbu navbat Andijonni olgʻondin ushbu tarihqacha shoyadkim, ikki-uch qatla manga kirib Tanbalgʻa yogʻiqti ekii. Yana ikki-uch qatla Taibalgʻa kirib manga yogʻiqti ekin. Oxir yogʻiy boʻlgʻoni ushbu edi. Aning bila el va ulus va aymoq xeyli bor edi. Tanbalgʻa qoʻshulmasun, deb oralay otlanduk. Ora qoʻnub, Peshxoron navohisigʻa keldik. Peshxoron qoʻrgʻonigʻa Tanbalning kishisi kelib kirgan ekandur. Bizning ilgʻor beklari Ali Darveshbek va Kuchbek ogʻa-inisi bila Peshxoron eshigiga borib yaxshilar chopqulashtilar. Quchbek ogʻa-inisi bila yaxshilar bordilar. Ilklari aksari ishga tegdi.

Peshxoronning bir shar'isida bir balandi ustida tushtuk. Tanbal Jahongirni olib Peshxoron qoʻrgʻonini orqay tushti. Uch-toʻrt kundin soʻnt bizing muxolif beklarkim, Ali Doʻst va Qanbar Ali Sallox tavobe’ va lavohiqi bila boʻlgʻaylar, yarash soʻzini oragʻa sola kirishtilar. Mening va mening davlatxohlarimning bu yarashdin aslo ilm va xabarlari yoʻq edi va bizlar bu suratqa aslo rizo bermas erduk. Chun ikki ulugʻ bek bu ikki mardak edi, agar bularning soʻziga quloq solmay sulh boʻlmasa, oʻzga ehtimollari ham bor edi. Zarurat boʻldi, bu yoʻsun-luq sulh boʻldikim, Xoʻjand suvining Axsi tarafi viloyatlar Jahengir mirzogʻa taalluq boʻlgʻay, Andijon tarafi viloyatlar manga taalluq boʻlgʻay. Oʻzgandi ham koʻchlarini chiqorgʻondin soʻng bizing devonga qoʻygʻaylar. Viloyatlar qaror tongʻondin soʻng men va Jaxongir mirzo ittifoq qilib, Samarqand ustiga yurgaybiz. Samarqand taxti muyassar va musaxxar boʻlgoch, Andijoshsh Jahongir mirzogʻa berylgay. Soʻzni munga qaror berildi.

Jahongir mirzo va Tanbal tonglasigʻa kelib, rajab oyining avoxirida mulozamat qildilar. Ushbu muqarrar boʻlgʻoi yoʻsunluq ahd va gaartlar boʻldi. Jahongir mirzogʻa Axsi sari ruxsat berib oʻzum Aidij.ongʻa murojaat qildim, Andijongʻa kelgach, Tanbalning inisi Xalil va jam'ikim, bandta edilar, banddin chiqarib, xil'atlar kiydurub ruxsat berildi. Alar dagʻi banddagʻi beklarni va ichkilarnikim, Tagʻoyi bek va Muhammad Doʻst va Mnrshoh qavchii va Sayidiybek va Qosim Ajab va Mir Vays va Mirim devon boshligʻlar boʻlgʻay, bandtin chiqarib yibordilar.

Andijongʻa kelgandin soʻng Ali Doʻstning atvori tamom oʻzgacha boʻldi. Meiing bila qazoqliqlarda va mehnatlarda boʻlgʻon kshnilar bila yamon maosh qila kirishti. Avval Xalifagʻa ruxsat berdi. Andin soʻng Ibrohim Soruni va Vays Logʻariyni begunoh va bejihat tutturub, talatib viloyatlaridin ayirib ruxsat berdi. Qosimbek bila chirmashib yurar edi. Zohirda muni sanad qildikim, Xalifa va Ibrohim Xoja qozining havodorlaridur. Meidin intiqom olgʻurlaridur. Oʻgʻli Muhammad Doʻst xud podshohona bunyodlar qoʻydi. Suhbat va shilon va devon va dastgoh borchani salotin dasturi bila boshlaydi. Bu otaliq oʻgʻulluq Tanbalgʻa orqalanib, mundoq harakatlar bunyod qildilar.

Menda ham oncha ixtiyor va iqtidor qolmadikim,. bu nav' noma’qul harakatlardii bularni man' qila olgʻaymen. Ne jihatdinkim, Tanbaldek dushman muning orqa va himoyati, har se koʻpgullari tilar edi, andoq qilurlar edi. Ajab nozuk mahalli edi. Hech nima deb boʻlmas edi. Bu otaliq, oʻgʻulluqtin ul muddatda gʻalaba xorliqlar tortildi.

Sulton Ahmad mirzoning Oysha Sultonbegim otliq qizinikim, ota obogʻa tirik ekanda manga qalinliq qilib edilar, Xoʻjandta kelib edi, sha’bon oyida oldim. Avval olgʻonda agarchi mehrim yamon emas edi, vale avvali kadxudolik edi, hayo va qijob jihatidii har oʻn, oʻn besh, yigirma kunda bir navbat borur edim. Soʻngralar xud ul mehr ham qolmadi, vale hijob qanuz koʻprak boʻldi, bir oyda va qirq kunda onam xonim muhassilliqlar bila sura-sura, tashvishlar bila yiborur edi...

Ushbu yil Sulton Ali mirzo bila Muhammad Mazid tarxonning orasida muxolafat tushti. Sababi bu edikim, tarxoniylar asru koʻp e’tibor va ixtiyor boʻlub edilar. Buxoroni darbast Boqi olib edi. Buxoro sarkoridin donge kishigʻa bermas edi. Muhammad Mazid tarxon ham Samarqandta sohib ixtiyor tamom viloyatni oʻgʻlonlarigʻa va tavobe va lavohiqigʻa olib edi. Shahrdin har nima rotibakim, tayin qilib edilar, andin oʻzga bir fulus hech mamardin Sulton Ali mirzogʻa tegmas edi. Sulton Ali mirzo ulugʻ yigit boʻlub edi. Bularning mundoq maoshiga necha tahammul qilsun? Bir necha ichkilari bila Muhammad Mazid tarxonning qasdi maqomida boʻldi. Muhammad Mazid tarxon tuyub, navkar-savdari, tavobe va lavohiqi bila yana aning bila bor kishi bori beklar bila, misli: Sulton Husayn argʻun, Pir Ahmad argʻun Xoja Husayn, Uzun Hasanning inisi Qaro barlos, Solih Muhammad, yana ba’zi beklar va yigitlar bipa shahrdin chiqdi.

Ul fursatlarda xon mirzogʻa xon Muhammad Husayn doʻgʻlatni va Ahmadbekni va yapa qalin moʻgʻul beklarini qoʻshub Samarqand ustiga tayip qilib edi. Hofizbek doʻldoy va oʻgʻli Tohirbek xud xon mirzoning bek atkasi edilar. Hasan nabira va Hindubek va ba’zi yigitlar Hofizbek va Tohirbek muiosabati jihatidin Sulton Ali mirzodin qochib, Mirzo xon qoshigʻa borib edilar. Muhammad Mazid tarxon kishilar yiborib, Xon mirzom va moʻgʻul cherikini tilab, Shovdor navohisida Kelib, Mirzo xonni koʻrub, moʻgʻul beklari bila muloqot qildi.

Moʻgʻul beklarining Muhammad Mazid beklar bila yaxshigʻina ixtiloti chiqmadi. Balki Muhammad Mazid tarxonni tutar xayol ham qilgʻondurlar. Bu beklar anglab moʻgʻul cherikidnn bir bahona bila ayrildilar. Bular ayrilgʻoch moʻgʻul cheriki ham tura olmadi, yonib Yor yayloq tushganda, Sulton Ali mirzo oz kishi bilan Samarqanddin ilgʻob Xon mirzo bila moʻgʻul cheriki ustiga yetar, urusha ham olmaslar, buzulub qocharlar. Oxir chogʻda Sulton Ali mirzoping bir yaxshigʻina ipti bu boʻldikim, Muqammad Mazid tarxon va alar bu mirzolardin ma’yus boʻlub, moʻgʻul Abdulvahhobnikim, mundin burnaroq ham mening qopshmda bor edi, Andijon qabalida ham Xoja qozi bila yaxshi yakjihatliqlar qilib, jonlar tortib edi, manga yiborib meni tilabdurlar. Biz xud karobi bu muomala eduk.

Ushbu maslahat uchun sulh qilib, Samarqand ustiga yurumakka jozim eduk. Filhol Mir Moʻgʻulni Axsigʻa Jahongir mirzo qoshigʻa buljor bila yiborib, Samarqand ustiga otlanmoq boʻlduk. Zulqa’da oyida Samarqand ustiga cherik otlanib, ora ikki qoʻnub, Qubogʻa kelib tushtuk. Namozi digar xabar keldikim, Sulton Ahmad Tanbalning inisi Xalil kelib Oʻsh qoʻrgʻonini oʻgʻurlab olibdur. Tafsili budurkim , sulh boʻlgonda Tanbalning inisi Xalil boshliq bandilarni qoʻyulub edi. Nechukkim mazkur boʻldi. Tanbal Xalilni Oʻzgʻandagi koʻch va uruqini chiqormoq uchun yiborib edi, koʻch chiqormoq bahonasi bila borib, Oʻzgandga kirib, bu kun chiqay, tongla chiqay deb xiyal qilib, chiqmaydur edi. Biz cherik otlangʻoida fursat topib, Oʻsh xoli qolgʻonda kecha bila kelib, Oʻsh qoʻrgonini oʻgʻurlab olibtur.

Bu xabar bizga kelgach, turmoqning va yana bular bila chirmashmoqning maslahatini necha jihattin topmay, Samarqand sari-oʻq mutavajjih boʻlduq. Bir bukim, bizning sipohiy otogʻliq tamom cherik yarogʻini qilmoq uchun uyluk uyiga har sarigʻa tarqab edi. Sulhqa e’timod qilib, bularning bu makr va gʻadridin bexabar va gʻofil eduk. Yana bir bukim, Ali Doʻst va Qanbar Alidek ulugʻ beklarimizdin necha navbat harakatlar zohir boʻldikim, alargʻa e’timod qolmadi, nechukkim, mazkur boʻldi. Yaia bir bukim, Muhammad Mazid tarxon boshligʻ jami' Samarqand beklari meni tilay Mir Moʻgʻulni yiborib edilar. Samarqanddek poytaxt turgʻuncha, ne kiroyi ul qilgʻaykim, Andijondek yer uchun kishi avqot zoe’ qilgʻay.

Qubodin Margʻinongʻa kelildi. Quchbekning otasi Sulton Ahmadbekka Margʻinonni berilib edi. Aloyiq va avoyiq jihatidip mening bila ergasha olmay Margʻinonda qoldi. Oʻgʻli Quchbek bir-ikki ogʻa-inisi bila mening bila bordilar.

Ispara yoʻligʻa mutavajjih boʻlduk. Isparaning tavobii Mahan otliq kentga kelib tushtuk. Ittifoqoti hasanadin Qosim yana bek jamoati bila, Ali Doʻst jamoati bila Sayid Qosim yana bir pora qalin yigitlar bila ushbu axshom Mahanda ekanda buljor qilgʻondek borcha kelib qotildilar. Andin otlanib dashti Xasbon bila yurub, Choʻnon koʻprugidin oʻtub, Oʻratena keldim. Qanbar Ali oʻz viloyati Xoʻjandtin Tanbalgʻa e’timod qilib cherik maslahatini soʻzlasha Axsiga qelur. Bu voqea boʻlgʻoch, Tanbal ani band qilib olib viloyatlarining ustiga yurur. Ul bir turki masal bordurkim, «Inonmagʻil doʻstunggʻa, somon tiqar poʻstunggʻa». Yoʻlda keladurgonda yayoq qochib yuz tashvishlar bila Oʻratepaga keldi. Oʻratepada ekaida xabar keldikim, Shayboniyxon qal'ai Dabusida Boqi tarxonni bosib, Buxoro ustiga boribtur, Oʻratepadin Boʻrka yayloqi yoʻli bila Sangzorgʻa kelduk. Sangzor dorugʻasi qoʻrgʻonni berdi. Qanbar Ali chun tutturub, oldurub kelib edi, ani Sangzorda koʻyub oʻttuk. Kelib Xon yurtigʻa tushganda Muhammad Mazid tarxon boshliq Samarqand beklari kelib mulozamat qildilar. Samarqand tasxirining kayfiyatini bular bila mashvarat qilildi. Dedilarkim, Xoja Yahyo ham podshohning hohonidur. Agar Xoja barin boʻlsa, Samarqand bejangu jidol osonliq bila muyassar boʻlur. Bu jihattin necha navbat Xoja Yahyogʻa kishilar yiborib soʻzlashildi. Xoja Yahyo bizni Samarqandgʻa kiyurmakni jazm aytib yibormadi, vale ma’yus boʻlgudek soʻz ham aytmadi. Xon yurtidin koʻchub, Dargʻam yoqasigʻa kelduk. Dargʻam yoqasidin Xoja Yahyogʻa Xoja Muhammad Ali kitobdorni yiborildi. Xabar kelturdikim, kelsunlar, shahrni berurbiz. Dargʻamdin kechga yovuq otlanib, shahrgʻa mutavajjih boʻlduk.

Sulton Mahmud doʻldoy Sulton Muhammad doʻldoyning otasi yurttin-oʻq qochib borib, bu ittifoqdin alarni xabardor qilibtur, chun xabar toptilar, avval qilgʻon xayol muyassar boʻlmadi, yonib Dargʻam yoqasigʻa tushtuk. Ibrohim soruyi mingligʻkim, mening bir yaxshi rioyat qilgʻon begim edi, Ali Doʻst tutturub qovlatib edi, men Yor yayloqqa kelgan fursatda Sayid Yusufbekning ulugʻ oʻgʻli Muhammad Yusuf bila kelib mul.ozamat qildi. Bizning boyiri beklarimiz va ichkilarimizkim, Ali Doʻstning ziddi edilar, bularning ba’zisini qovlab, ba’zisini talab, ba’zisini tutturub edi, biror-biror yigʻilib keldilar.

Ali Doʻst zaif boʻlur edi. Ne uchunkim, Taibalni orqalanib manga va mening davlatxoqlarimgʻa jafo va azoblar qilur edi. Mening ham tab'im bu mardak bila yamon edi, ham infioldin va ham tavahhumdin tura olmadi, ruxsat tiladi. Men dagʻi minnat tuttum, ruxsat berdim. Ali Doʻst va Muhammad Doʻst oʻshul ruxsat olgʻon bila Tanbal qoshigʻa bordilar. Tanbalgʻa muqarrab boʻlub, gʻalaba yogʻiyliqlar va yamonliqlar bu otaliq, oʻgʻulluqtin zuhrga keldi. Bir-ikki yildin soʻng Ali Doʻstning iligiga qort chiqib oʻldi. Muhammad Doʻst oʻzbakka kirib edi. Filjumla yamon emas edi. Andin ham koʻrnamaklik qilib, qochib, Andijonning koʻh poyalarigʻa borib, yogʻiyliqlar va fitnalar angiz qildi. Oxir oʻzbak iligiga tushti. Koʻzlarini koʻr qildilar: «Koʻzlarini tuz tutti»ning bu ma’nisi bor emish.

Bulargʻa ruxsat bergandin soʻng Gʻuri barlosni bir necha yigitlar bila xabar uchun Buxoro sari yiborilib edi. Xabar keldikim, Shayboniyxon Buxoroni olib, Samarqand ustiga mutavajjih boʻldi. Ul navohida boʻlmoqni maslahat koʻrmay, Kesh sari azimat qilduk. Bu Samarqand beklarning aksar koʻchlari ham Keshda edi. Keshga kelgandin bir-ikki haftadin soʻng xabar keldikim, Sulton Ali mirzo Samarqandni Shayboniyxongʻa berdi. Tafsili budurkim. Sulton Ali mirzoning onasi Zuhrabegi ogʻa bmlmasligidin va beaqlligʻidin maxfiy Shayboniyxongʻa kigyi Sshborur, bu mazmun bilakim, Shayboniyxon ani olur boʻlsa, oʻgʻli Shayboniyxongʻa Samarqandni bergay. Otasining viloyatini olgʻondin soʻng Sulton Ali mirzogʻa bergay.

Bu ra’ydin Abu-Yusuf argʻunning xabari bor ekandur, balki bu ra’yni koʻrsatguchi oʻshul gʻaddor ekandur.

Vaqoei sanai sitta va tis'a mia[23]

Shayboniyxon ushbu xotunning va’dasi bila kelib, Bogʻi Maydongʻa tushti. Tush vaqtida Sulton Ali mirzo bek, begotigʻa, yigit-yalangiga, hech kimga xabar qilmay, hech kim bila kengashmay, bir necha yovugʻidagʻi kichik-kirim bila Chorraha darvozasidin Bogʻi Maydongʻa Shayboniyxon qoshigʻa bordi. Shayboniyxon xeyli yaxshi ham koʻrmadi. Koʻrushgandin soʻng quyi yonda oʻlturgʻuzdi. Xoja Yahyo mirzoning chiqqonini xabar topib, iztirobda boʻldi, hech chora topa olmay, Xoja ham chiqti, Shayboniyxon qoʻpmay-oʻq koʻrushti. Bir pora shikoyatomuz soʻzlar aytti. Xoja Yahyo qoʻpqonda Shayboniyxon ta’zim qilib koʻpti. Jon Ali Xoja Ali boyning oʻgʻli raboti Xojada edi. Mirzosining chiqgʻon xabarini eshitib, ul ham Shayboniyxon qoshigʻa keldi. Bu bedavlat xotun chun noqisi aql edi, erga tegar havosi bila oʻgʻlining xonumonin barbod berdi. Shayboniyxon bir zarra parvo ham qilmadi, balki gʻuma-gunchachicha ham koʻzga ilmadi.

Sulton Ali mirzo ham oʻz ishiga hayron va chiqqonidin behad pushaymon edi. Ba’zi yovuqlari kayfiyatni anglab, mirzoni olib qochmoq xayol qildilar. Sulton Ali mirzo rozi boʻlmadi, chun ajal yetib edi, qutulmadi. Temur Sulton bila tushar edi, toʻrt-besh kundin soʻng Qoʻlba oʻlangida oʻlturdilar. Bu besh kunluk oʻlar jon uchun yamon ot bila bordi. Xotun soʻziga kirib, oʻzini neknomlar chargasidin chiqardi. Mundoq kishining vaqoeni mundin ortuq bitib boʻlmas. Bu yoʻsunluq shane’ harakotni mundin ortuq eshitib boʻlmas.

Sulton Ali mirzoni oʻlturgandin soʻng Jon Alini ham mirzoni qoshigʻa yibordi.

Xoja Yahyodin chun Shayboniyxon mutavahhim edi, ikki oʻgʻli Xoja Muhammad Zikriyo va Xoja Boqi bila Xuroson sari ruxsat berdi. Keyin bir necha oʻzbak borib, hazrati Xojani iki yigit oʻgʻli bila Xoja Kordzan navohisida shahid qildilar. Shayboniyxonning soʻzi bu ekandurkim, Xojaning ishi mendin emas edi, Qanbar biy va Koʻpak biy qildilar. Bu andin yamonroq masal borkim: «Uzrash batar az gunoh» . Mundoq ishlarni beklar oʻz boshi bila xonidin va podshohidin bevuquf qila boshlasa, bas xonligʻigʻa va nodshohligʻigʻa ne e’tibor?

Samarqandni oʻzbak olgʻoch, Keshdin Hisor sari mutavajjih boʻlduk. Muhammad Mazid tarxon boshliq Samarqand beklari koʻch va ahlu ayollari bila biziing bila tebradilar. Chagʻoniyonning Chiltu oʻlangiga tushganda, Muhammad Mazid tarxon boshliq Samarqand beklari ayrilib borib, Xisravshohqa navkar boʻldilar.

Biz shahar va viloyattin mahrum, borur turarimiz noma’lum. Bovujudikim, Xisravshoh ne mikdor bizning xonvodagʻa hayflar oʻtkarib edi, chora topolmay, zarurattii aning viloyatining ichi bila-oʻq oʻttuk. Bir xayol qililib edikim, Qorategin va Alay bila oʻtub, kichik xon dodamgʻakim, Olachaxon boʻlgʻay borilgʻay, ul muyassar boʻlmadi. Kamrud bila yuqqori yurub, Sira toq dobonidin oshmoq boʻlduk. Navandok navohisigʻa yetganda, Xisravshohning navkari bir toʻqquz ot va bir toʻqquz parcha kelturdi. Kamrud ogʻzigʻa tushganda, Sherali choʻhra qochib Xisravshoh qoshigʻa bordi. Tonglasigʻa Qoʻchbek ayrilib Hisor bordi. Kamrud darasigʻa kirib yuqqori boqa yuruduk. Tangi va uchma yoʻllarda tund va tez koʻtallarda qalin ot va teva qoldi. Uch-toʻrt ora koʻnub, Sira toq koʻtaligʻa yettuk, koʻtal va ne nav' koʻtal, hargiz mundoq baland va tang koʻtal koʻrulgan emas, hech vaqt mundoq tangi va uchma yoʻllar bila yurulgan emas. Koʻp tashvish va suubat bila muxotara tangi va uchmalardin oʻtub, yuz ranj va mashaqqat bila muhliq baland va tang qoʻtallardin oshib, Fon navohisigʻa kelduk. Fon togʻlarining orasida bir ulugʻ koʻl tushubdur, muhiti taxminan bir shar'iy boʻlgʻoy, tavr koʻledur, gʻarobattin xoli emas.

Xabar topildikim, Ibrohim tarxon Sheroz qoʻrgʻonini berkitib oʻlturubtur. Yor yayloq qoʻrgʻonlarida ham Qanbar Ali va Abulqosim koʻhburkim, Xoja Diydorda edi, oʻzbak Samarqandni olgʻonda Xoja Diydorda tura olmay, Yor yayloqqa kelib quyigʻi qoʻrgʻonlarda edi, berkitib oʻlturubturlar. Fonni oʻng qoʻlda koʻyub Kashtud sari yuruduk. Fon maliki karam va saxovat va xizmatgorliq va insoniyat bila mashhur va ma’ruf edi, Sulton Mas'ud mirzo, Sulton Husayn mirzo Hisor ustiga kelganda, inisi Boysungʻur mirzogʻa Samarqandgʻa bu yoʻl bila borib edi. Fon maliki yetmish-sekson ot peshkash qildi. Oʻzga xizmatkorliqlarni ushbu yusunluq qildi. Manga bir furudroq ot yiborib, oʻzi ham kelmadi. Bizga yetganda saxovat bila mashhur boʻlgon el xasis boʻlur, muruvvat bila mazkur boʻlgʻon eliing muruvvati unutular. Xisravshoh kim, saxovat va karam bila ma’ruf va mashhur edi. Badiuz zamoi mirzogʻa ne nav' xizmatkorliqlar qilgʻoni mazkur boʻldi.

Ina Boqi tarxongʻa va oʻzga beklarga asru koʻp insoniyat va baxshishlar koʻrsatti. Ikki navbat aning viloyatidin uburumiz voqe boʻldi. Bizning abnoyi jinsimiz demayki, adno navkarimizga qilgʻon insonnyatni bizga qilmadi, balki navkarimizcha bizni koʻzga ilmadi.

Bayt:

Kim koʻrubtur, ey koʻngul, ahli jahondin yaxshiliq?
Kimki ondin yaxshi yoʻq, koʻz tutma ondin yaxshiliq.

Fondin oʻtgach Kashdud qoʻrgʻonida oʻzbak kishisi bor xayol qilib, Kashdud ustiga ilgʻaduk. Kashdud qoʻrgʻoni xud buzuq ekandur. Bu muddatta anda kishi oʻlturgʻon emas ekandur. Andin oʻtub Koʻhak suyining yoqasigʻa kelib tushtuk, Yorining toʻgʻrisidin Koʻhak suyidin koʻpruk bilan kechtuk. Qosimbek boshligʻ beklarni yibo rildikim, Raboti Xoja qoʻrgʻonini oʻgʻurlab olgʻaylar. Biz Yoridin oʻtub Shunqorxona togʻidin oshib, Yor yayloqqa kelduk. Raboti Xojagʻa borgʻon beklar shotu qoʻyar mahalda tutobturlar, yondurubturlar, ola olmay yoiib keldilar.

Qanbar Ali Sangzorda edi, kelib koʻrdi. Abulqosim koʻxbur va Ibrohim tarxon oʻbdoi kishilarini mulozamatqa yiborib, qulluq va ixlos izhorini qildilar. Yor yayloq keitlaridin Asfidak koʻrgʻonigʻa kelduk.

Ul fursatta Shayboniyxon Xoja Diydor navohisida oʻlturub edi. Uch-toʻrt ming oʻzbaki bor edi. Yana yerlik sipohiydin ham muncha chogʻliq kishi yigʻilib edi. Samarqand dorugʻaligʻini Jon-vafo mirzogʻa berib edi. Besh-olti yuz kishi bila Samarqand qoʻrgʻonining ichida edi. Hamza Sulton bila Mahdi sulton tavobe va lavohiqi bila Samarqandning yovugʻida Budana qoʻrugʻida oʻlturub edi.

Bizning kishimiz yaxshi va yamon ikki yuz qirq kishi edi. Bori beklar va yigit-yalang bila soʻzlashib, soʻzii munga qoʻydukkim, Shayboniyxon Samarqandni yaqinda olib, hanuz el anga va ul elga koʻngul toʻxtatmaydurlar, ushbu fursatta bir ish qila olsak xud qilgʻaybiz. Agar Samarqand qoʻrgʻonini shotu qoʻyub oʻgʻurluq bila olsak, Samarqand eli xud bizningdur. Ne chorasi bor? Agar bizga madad qilmasalar, oʻzbak uchun xud urushmagʻularidur. Samarqandni iliklagandin soʻng har ne tengrining xosti boʻlsa ul boʻlgʻusidur.

Bu qaror bila namozi peshindin soʻng Yor yayloqdin otlaiib, kecha tun qotib, yarim kecha Xon yurtigʻa yettuk. Ul oxshom el xabardor boʻlubtur deb qoʻrgʻoniing yovugʻigʻa kelmay, Xon yurtidin-oʻq yonildi. Tong otib edikim, Raboti Xojadin quyiroq Koʻhak suyini kechib yana Yor yayloq kelduk. Bir kun Asfidak qoʻrgʻonida jami' mchkilar misli Doʻst Nosir, Nuyon koʻkaltosh , Hon-quli Karimdod, Shayx Darvesh, Xisrav koʻkaltosh, Mirim Nosir bori hozir edilar, mening qoshimda oʻlturub edilar. Har tarafdin soʻz oʻtar edi. Dedimkim: «Keling, aytingkim, tengri rost keltursa, Samarqandni qachon olgʻaybiz?»—Ba’zi dedilarkim: «Yozgʻa olgʻaybiz», Ul mahal kech kuz edi. Ba’zi «bir oy-qirq kun», ba’zi «yigirma kun» dedilar. Nuyon koʻkaltosh dedikim: «Oʻn toʻrt kunda olurbiz», Teigri rost kelturdi, rost oʻn toʻrt kunda-oʻq Samarqandni olduk.

Oʻshul fursatta ajab tush koʻrdum. Tush koʻrarmankim, hazrati Xoja Ubaydullo kelmishlar, men istiqbollarigʻa chiqmishmen, Xoja kelib oʻlturdilar. Xojaning oligʻa gʻolibo betakallufroq dastorxon solmishlar. Bu jihattin hazrat xotirigʻa nima kelmish. Mullo Bobo mening sari boqib ishorat qiladur. Men ham imo bilan dedimkim, mendin emastur. Dasturxon solgʻuchi taqsir qilibtur. Xoja fahm qilib, bu uzr masmu' tushti. Qoʻptilar. Uzata chiqtim. Ushbu uyning dolonida oʻng qoʻlumdin yo soʻl qoʻlumdin tutub andoq koʻtardilarkim, bir oyogʻim yerdin qoʻpti. Turkiy dedilarkim: «Shayx maslahat berdi». Oʻshul necha kunda-oʻq Samarqandni oldim.

Bir-ikki kundin soʻng Asfidak qoʻrgʻonidin Vasmand qoʻrgʻonigʻa kelildi. Bovujudikim, bir qatla Samarqand navohisigʻa borib, tuydurub kelib eduk, yana tengriga tavakkul qilib, oʻshul xayol bila Vasmandtin, namozi peshiidin soʻng Samarqand ustiga ilgaduk. Xoja Abulmakorim ham hamrox, edi. Yarim kecha xiyovonning Puli Magʻokigʻa yetib, yetmish-sekson oʻbdon yigitlarni ilgari ayirdukkim, Gʻori Oshiqon toʻgʻrisidin shotu qoʻyub chiqib kelib, Firuza darvozasidagʻilarning ustiga yurub, darvozani iliklab bizga kishi yiborgʻaylar.

Bu yigitlar borib Gʻori Oshiqon toʻgʻrisidin shotu qoʻyub chiqibturlar. Hech kim tuymaydur. Andin Firuza darvozasigʻa kelib Fozil tarxonkim ul bek tarxonlardin emas, Turkistoniy savdogar tarxonlardin boʻlur. Shayboniyxongʻa Turkistonda xizmat qilib, rioyat topib edi, ustiga yururlar. Fozil tarxonni bir necha iavkari bila chopqulab oʻlturub, darvozaning qulfini boltu bila chopib, darvozani ochtilar.

Ushbu fursatta men yetgan bila-oʻq Firuza darvozasidin kirdim. Abulqosim koʻxbur oʻzi kelmaydur edi. Inisi Ahmad Qosimni oʻttuz-qirqcha navkari bila yiborib edi. Ibrohim tarxonning kishisi xud yoʻq edi. Shahrgʻa kirib xonaqohda oʻlturgʻonda Ahmad tarxon otliq inisi bir necha navkari bila keldi. Shahr eli hanuz uyquda erdilar. Doʻkondorlar doʻkonlaridin boqib tanib duo qilurlar edi. Andak fursattin soʻng shahr eli xabardor boʻldilar. Bizning elga va shahr eliga gʻarib bashoshat va nash'a edi. Telba itlardek oʻzbaklarni koʻcha soillarda tosh va tayoq bila oʻlturdilar. Taxminan toʻrt-besh yuz oʻzbakni ushbu dastur bila oʻlturdilar erkin.

Shahr dorugʻasi Jonvafo Xoja Ihyoning uylarida edi, qochib chiqib Shayboqhon qoshigʻa bordi. Darvozadin kirib madrasa va xonaqoh sari-oʻq yurudum. Kelib xonaqohning toqining ustida oʻlturdum. Tong otquncha tush-tushdin suroy edi va gʻavgʻo edi. Ba’zi xabardor boʻlgʻon arbob va doʻkondorlar kelib, nash'a va bagaoshatlar bila koʻrub, moqazari kelturub duolar qildilar.

Tong otqondin soʻng kabar keldikim, Ohanin darvozasida ikki darvozaning orasini oʻzbaklar berkitib urushadurlar. Fil-hol otlanib Ohanin darvozasigʻa. mutavajjih boʻldum. Mening bila oʻn-oʻn besh-yigirma kishi boʻlgʻay edi, el qallosh, yangi shahr ilikka tushubtur. Har kim kunjkolliqqa bir goʻshada magagʻul. Men yetguncha Ohanin darvozasidin oʻzbaklarni shahr eli urub chiqaribturlar. Shayboqxon bu xabarni topib, iztirob bila oftob chiqqanda yuz-yuz ellik kishi bila Ohanin darvozasigʻa yetib keldi. Gʻarib qopuda kelib edi. Vale mening bila knshi koʻp oz edi, nechukkim, mazkur boʻldi. Shayboqxon koʻrdikim, hech ish qila olmas, turmadi, bot-oʻq yondi.

Andin yonib kelib, arkta Boʻstonsarogʻa tushtim. Akobir va ashrof va shahr udugʻlari meni keyaib koʻrub, muborakbodligʻlar qildilar. Yuz qirq yilgʻa yovuq Samarqand noytaxti bizning xonavodada edi. Qandagʻi yot yogʻiy, oʻzbak kelib mutasarrif boʻlub edi. Ilikdin ketgan mulshi yana tengri berdi. Gʻorat va toroj topgan viloyat tasarrufumizgʻa kirdi.

Sulton Husayn mirzo ham Hiriyni ushbu yoʻsunluq gʻofilliqta olibtur. Vale ish bilur kishi olida ravshan va insofliq el qoshida mubayyandurkim, bu ish bnla ul ish orasida koʻp farq bordur. Avval bukim, Sulton Husayn myrzo koʻn ishlar koʻrgai, bisyor tajribalar kechurgan ulugʻ yoshliq podshoh edi. Ikkinchi bukim», gʻaiimi Yodgor Muhammad Nosir mirzo edi, oʻn yetti-oʻn sekkiz yoshliq betajriba oʻgʻlon edi. Uchunchi bukim, gʻanimning ichidin kayfiyot va holotni bilgan kishi Mir Ali miroxur mirzogʻa kishilar yiborib, gʻofilliqta gʻanim ustiga kelturdi. Toʻrtunchi bukim, gʻanimi qoʻrgʻonda emas edi. Bogʻi Zogʻonda edi. Sulton Husayn mirzo olgʻon mahadda Yodgor Muhammad mirzo va tavobei andoq ichkulukka tushgan ekandurlarkim, ul kecha Yodgor Muhammed mirzoning eshigida uch kishi ekandur, alar ham mast. Beshinchi bukim, ul martaba gʻofilliqta-oʻq keldi va oldi. Men Samarqand olgʻbnda, oʻn toʻqquz yoshta edim. Ne koʻp ish koʻrub edim, ne tajriba boʻlub edi. Ikkinchi bukim, mening gʻaiimim Shayboqxondek purtajriba va koʻp ish koʻrgan va ulugʻ yoshliq kishi edi. Uchinchi bukim, bizga Samarqanddin hech kishi kelmaydur edi. Agarchi shahr eli manga koʻngulluk edi, vale Shayboqxonning qoʻrqunchidin hech kishi bu xayolni qila olmas edi. Toʻrtunchi bukim, mening gʻanimim qoʻrgʻonda edi, ham qoʻrgʻonni olildi, ham gʻanimni qochuruldi. Beshinchi bukim, bir martaba Samarqand qasdigʻa kelib, gʻanimgʻa tuydurub, ikkinchi martaba kelganda tengri rost kelturdi, Samarqand fath boʻldi.

Bu degonlardin gʻaraz elga sangi kam urmoq emas, bayoni voqei bu edikim, mazkur boʻldi. Bu bitilganlardin maqsud oʻzini orttur-moq emas, rosti bu edikim, mastur boʻldi, Bu fathda shuaro garixlar aytib edilar. Ul jumladin bir bayt xotirda qolibtur.

Bayt:

Boz gufto xirad ki tarixash
Fathi Bobur bahodur ast, bidon[24].

Samarqand fathidin soʻng Shovdor va Sugʻd va tumonot yovugʻi qoʻrgʻonlar birar-birar maiga ruju' qila boshladilar. Ba’zi qoʻrgʻonlardin oʻzbak dorugʻalari tavahhum qilib, solib chiqtilar pa ba’zi qoʻrgʻonlar oʻzbak kishisini qovlab bizga kirdilar. Ba’zi dorugʻalarni tutub qoʻrgʻonlarni berkittilar. Ushbu fursatta Shayboqxonning va oʻzbaklarining koʻch va uruqlari Turkistondin keldilar. Shayboqxon Xoja Diydor va Aliobod navohisida edi. Qoʻrgʻonlarning mundoq kirganlarini va elning bu nav' rujuini koʻrub, oʻlturgʻon yeridin Buxoro sari koʻchti. Tengri inoyati bila Sugʻd va Miyonkol qoʻrgʻonlari uch-toʻrt oyda aksar bizga ruju' qildilar. Boqi tarxon ham fursat topib kelib, Qarshi qoʻrgʻonigʻa kirdi. Xuzor va Qarshi ham oʻzbak tasarrufidin chiqti. Qorakoʻlni ham Marvdin Abulmuhsin mirzoning kishisi kelib oldi. Ishimiz bisyor taraqqiy ustida boʻldi.

Mening volidalarim va koʻch va uruqlarim men Andijondin chiqgʻandin soʻngra yuz tashvish va mashaqqatlar bila Oʻratepa kelib edilar, kishi yiborib Samarqandgʻa kelturduk. Oʻshul necha kunda Sulton Ahmad mirzoning qizi Oyisha Sulton begimdinkim, avval mening aqdi nikohimgʻa kirgan bu edi, bir qiz, boʻldi. Faxrunnisogʻa mavsum boʻldi. Mening toʻngʻuch farzandim bu edi, ul tarixda men oʻn toʻqquz yoshta edim. Oʻshul bir oy qirq kunda-oʻq tengri rahmatigʻa bordi.

Samarqand fathidin soʻng karrot va marrot atrof va javonibdagʻi havonin va salotin va umaro va sarhadnishinlargʻa istimdod va istionat uchun mutavotir va mutaoqib elchilar va tavochilar bordilar va keldilar. Ba’zi bovujudi tajribalar sahl inkorliq qildilar. Ba’zidinkim, nisbat bu tabaqagʻa beadabliqlar va noxushluqlar voqe boʻlub edi, oʻz tavahhumlaridin tagʻoful qildilar. Ba’zilarkim, koʻmak yibordilar, mu'taddun-bih koʻmak emas edi. Nechukkim, har qaysi oʻz yerida mazkur boʻlgʻusidur.

Bu ikkinchi navbat Samarqandni olgʻonda, Alisherbek tirik edi. Bir navbat manga kitobati ham kelib edi. Men ham bir kitobat yiborib edim, orqasida turki bayt aytib, bitib yiborib edim. Javob kelguncha tafriqa va gʻavgʻo boʻldi.

Shayboqxon Samarqandni olgʻonda, Mullo Binoiyni mulozim qilib edi. Shayboqxon bila edi. Samarqand fathidin necha kundin soʻngra Samarqandgʻa keldi. Qosimbek andin badgumon boʻlub, Shahrsabz sari ruxsat berdi. Necha kundin soʻng chun fazilatliq kishi edi, gunohe sodir boʻlmaydur edi, Samarqandgʻa kelturduk. Doim qasida va gʻazal oʻtkarur edi. Navoda bir amal mening otimgʻa bogʻlab oʻtkardi. Oʻshul asnoda bir ruboiy aytib oʻtkardi:

Ruboiy:

Ne gʻalla maro k-azoʻ tavonam noʻshid,
Ne muhmali gʻalla to tavonam noʻshid.
Onro ki na xoʻrdanastu ne poʻshidan,
Dar ilmu hunar kujo tavonad koʻshid[25].

Ul fursatlarda birar, ikkirar bayt aytur edim. Vale gʻazal tugatmaydur edim. Birgina turki ruboiy aytib yibordim.

Ruboiy:

Ishlar bori koʻngulungdagʻidek boʻlgʻusidur,
In'omu vazifa bori buyrulgʻusidur.
Ul gʻallau muhmalki deb erding, berdim,
Muhmalgʻa boʻyu gʻalladin uy toʻlgʻusidur.

Mullo Binoiy bu ruboiyning soʻnggʻi misraining qofiysini radif qilib, oʻzga qofiya bila bir ruboiy aytib oʻtkardi:

Mirzomki shohi bahru bar boʻlgʻusidur,
Olamda hunar birla sar boʻlgʻusidur.
Bir muhmal uchun muncha inoyat boʻldi,
Musta’mal agar desam, nelar boʻlgʻusidur?

Ul fursatta Xoja Abulbaraka Firoqiy Shahrsabzdin Samarqandgʻa kelib edi. Dedikim, oʻshul radif va qofiyada aytmoq kerak edi. Bu ruboiyni Xoja Abulbaraka aytdi:

Ruboiy:

Bu javrki qildi davr soʻrulgʻusidur,
Sultoni karam bu uzrni qoʻlgʻusidur.
Toʻkulgan agarchi toʻlmas, ey soqiy,
Toʻkulgonimiz bu davrda toʻlgʻusidur.

Bu qishliqta ishimiz bisyor taraqqiyda edi. Shayboqxonning ishi tanazzulda edi. Bu asnoda bir-ikki ish yaramasroq boʻldi. Marvdin kelib Qorakoʻlni olgʻonlar toʻxtata olmadilar. Qorakoʻl yana oʻzbaklar tasarrufigʻa kirdi. Qal'ai Dabusida Ibrohim charxonning Ahmad tarxon otliq inisi edi. Shayboqxon kelib qabadi. Biz cherik yigʻib iste’dod tayyor qilgʻuncha, zoʻrlab oldi. Elni tamom qatli om qildi.

Men Samarqandni olgʻonda sanogʻliq ikki yuz qirq kishim bor edi. Besh-olti oyning orasida tengri taoloning inoyati bila oncha boʻldikim, Shayboqxondek kishi bila Saripulda masof urushtuk. Nechukkim, mazkur boʻlgʻusidur.

Atrof va javonibdagʻilardin: xondin Ayyub Bekchik va Qashqa Mahmud va borinlar toʻrt-besh yuz kishi koʻmakka kelib edi. Jahongir mirzodin Tanbalning inisi Xalil yuz-ikki yuz kishi bila koʻmakka kelib edi. Sulton Husayn mirzodek sohib tajribalik podshohdinkim, Shayboqxonning af'ol va atvorini mirzodin yaxshiroq kishi bilmas edi, hech kishi koʻmakka kelmadi. Badiuzzamon mirzodin ham kishi kelmadi. Hisravshoh xud oʻzining tavahhumidin kishi yibormadi. Chun bemiqdor yamonliqlar andin. iisbat bu xonavodagʻa voqe boʻlub edi, nschukkim, mazkur boʻldi, bizdin qoʻrqunchi koʻprak edi.

Shavvol oyida Shayboqxon bila urushmoq doiyasi bila safar qilib, Bogʻi Navgʻa chiqtim. Besh-olti kun Bogʻi Navda cherik yigʻilmoq va iste’dod tayyor boʻlmoq maslahati uchun oʻlturuldi. Bogʻi Navdin otlanib koʻch-barkoʻch mutavajjih boʻlduk. Saripuldin oʻtub tushtuk, oʻrdu girdini tamom shoh, xandaq bila ehtimom va ehtiyot qilib mazbut qilduk. Shayboqxon naridin kelib, Koja Kordzan navohisigʻa tushti. Ora taxminan bir yigʻoch boʻlgʻay edi. Toʻrt-besh kun bu yurtga oʻlturuldi. Bizning kishimiz va yogʻiy kishisi kunda naridin kelib, beridin borib, otqulashib urushurlar edi. Bir kun gʻanim kishisi koʻnrak keldi. Xeyli urush boʻldi. Hech tarafdin ortuqsiliq boʻlmadi. Bizning bir tugʻluq kishi yengilrak yonib xandaqqa kiribtur. Ba’zi Seydiy Qarobekning tugʻi edi, dedilar, Seydiy Qaro agarchi soʻziga oʻz edi, qilichigʻa zabunroq edi.

Ushbu avqotta bir kecha Shayboqxon shabixun keldi. Cherik girdini shox va xandaq bila mustahkam va mazbut qilinib edi, kelib hech ish qila olmadi. Xandaqning toshidin suron solib, bir pora oʻq qoʻyub yondilar. Urush ishiga men sa’y va ehtimom qildim. Qanbar Ali ham soiy edi. Boqi tarxon ming-ikki ming yarogʻliq kishi bila Keshga tushubtur, ikki kunda bizga qoʻshulur. Sayid Muhammad mirzo doʻgʻlat ham xon dodam qoshidii koʻmak kelib, ming-ming besh yuz kishi bila Diyul tushubtur, ora toʻrt yigʻoch yoʻldur. Sabohigʻa bizga qoʻshulur. Ushmundoq mahalda ta’jil qilduk, urushtuk.

Ba tundi sabuk dast burrad ba tegʻ,
Ba dandon gazad pushti dasti daregʻ[26].

Mening ehtimomimning jihati bu edikim, urush kuni sekkiz yulduz oraliqta edi, agar ul kundin- oʻtsa oʻn uch-oʻn toʻrt kungacha sekkiz yulduz gʻanim orqasi sari boʻlur edi. Ul mulohazalar hech ekaidur. Betaqrib ta’jil qilibturbiz. Sabohi urush doiyasi bila jibalanib, otlargʻa qejim. solib, burongʻor, juvongʻor, gʻul, irovul yasol yasab mutavajjih boʻlduk. Burongʻor Ibrohim soru, Ibrohim joniy, Abulqosim koʻhbur yana ba’zi beklar edi. Juvongʻor Muhammad Mazid, Ibrohim tarxon yana Samarqand beklaridin Sulton Husayn argʻun, Qaro barlos, Pir Ahmad, Xoja Husayn edi. Gʻoʻlda Qosimbek va yana ba’zi yovuq ichkilar edi. Irovul Qanbar Ali sallox, Banda Ali, Xoja Ali, Mirshoh qavchin, Sayid Qosim eshikogʻa, Xoldor, Banda Alining inisi Qoʻch X,aydar Qosimbekning oʻgʻli: boʻlgʻon oʻbdon yigitlarni va ichkilarni tamom irovulgʻa bitilib edi.

Bizkim yasob chiqtuk, gʻaiim ham oʻtrudin yasob naydo boʻldi. Burongʻor Mahmud Sulton, Jonibek Sulton, Temur sulton, juvongʻor Hamza sulton, Mahdi sulton, yana ba’zi sultonlar edi. Yasollar yovuq yetgach, gʻanimning burongʻorining uchi bizning orqamiz sari buruldi. Men ham yuzumni alar sari qildim. Bizning irovulkim, nekim boʻlgʻay, ish koʻrgan, qilich chopqon yigitlarni tamom irovulgʻa bitilib edi, oʻng qoʻl sari qoldi, Olimizda hech kishi qolmadi. Bovujudkim, ilgari kelgan kishilarni urub, yondurub, gʻulgʻa tiqduk. Anga yettikim, Shayboqxonning ba’zi qari ulugʻlari Shayboqxongʻa debturlarkim, yurumak kerak, turmokdin ish oʻtti.

Oʻzi toʻxtab turubtur.

Gʻanimning burongʻori bizning juvongʻorimizni bosib orqagʻa evruldi, irovul ham oʻng qoʻl sari qolib, olimiz yalang boʻldi. Keyindin va ilgaridin gʻanim kishisi zoʻrlab oʻq qoʻya kirishti.

Moʻgʻul cherikikim, koʻmakka kelib edi, urushqa xud toqatlari yoʻq edi. Urushmoqni qoʻyub bizning elni-oʻq talab, ottyn tushura kirishtilar.. Bir bu emas, hamisha badbaxt moʻgʻulning odati ushmundoqtur. Bossa ham oʻlja olur, bostursa ham oʻz eliny talab tushurub oʻlja olur.

Olimizdagʻilarni necha navbat zoʻrlab kelganda urub yondurduk. Ilgarimiz ham zoʻrladi, keyin evrulgan kishi ham kelyb bizning tugʻqa oʻq qoʻya kirishtilar. Ilgaridin, keyindin zoʻrladilar. Bizning elni tebrattilar.

Oʻzbakning urushta brgr uluq hunari ushbu toʻlgʻamadur, hech urushi toʻlgʻamasiz boʻlmas. Yana bir budurkim, ilgari va keyin bek va navkar tamom oʻq qoʻyub jilovluq keladurlar, yongʻonda ham parishon yonmay jilovluq yonadurlar.

Mening bila oʻn-oʻn ikki kishi qolib edi. Koʻhak daryosi yaqin edi. Burongʻorning uchi daryogʻa toʻqunub edi. Daryo sari-oʻq torttuk. Koʻhak daryosining kirgan mahalli edi, daryogʻa yetgan bila jibaliq, kechimlik-oʻq suvgʻa kirduk. Yarimidin koʻprak yayab-oʻk kelildi. Andin soʻngra uzdurma edi. Bir tirgaz otimi yer jibaliq, kejimlik ot uzdurub oʻttuk. Suvdin oʻtgach kejimni kesib tash-laduk. Suvdin shimol sarigʻakim oʻtuldi, yogʻiydin ajrashtuk. Vale yakka-yarimni talab tushurguchi, yalangochlaguchi tamom bu shum moʻgʻul edi. Ibrohim tarxonni va yana xeyli ubdon-oʻbdon yigitlarni moʻgʻul talab ottyn tushurub zoe’ qildilar. Koʻhak daryosining shimol tarafi bila Qulba navohisidin Koʻhak daryosini kechtuk. Ikki namoz orasi bor. edikim, Shayxzoda darvozasidin kirib prkka keldim. Ulugʻ-ulugʻ beqlar va yaxshi-yaxshi yigitlar, qalin kishi bu urushta talaf boʻldi. Ibrohim tarxon va Ibrohim goru va Ibrohim joniy, bu gʻaribturkim, bir urushta uch brohim otliq ulugʻ beklar talaf boʻldi. Yana Abulqosim koʻhbur, yana Haydar Qosimbekning ulugʻ oʻgʻli Xudoyberdi tugʻchi va Xudoyberdi barlos, va Sulton Ahmad Tanbalning inisi Xalilkim, burunroq necha qatla mazkur boʻlub edi, bu urushta talaf boʻldilar. Yana ba’zilar har sarigʻa qochtilar. Ul jumladin Muhammad Mazid tarxon Xisravshohgʻa Hisor va Qunduz sari bordi. Yana Qanbar Ali sallox moʻgʻulkim, ulugʻ rioyat qilgʻon begimiz ul edi, muncha rioyat topib edi, mundoq mahalda hamjihatliq qplmay, kelib Samarqandtin kuchini olib, bu ham Xisravshohgʻa yurdi. Yana ba’zi ichkilar va yigitlar, misli Karimdod, Xudodod turkman va Jonika koʻkaltosh va Mullr Boboyi Pashoiy Oʻratepa sari chiqtilar. Ul fursatta Mullo Bobo navkar amas edi, mehmon yoʻsunluq yurur edi. Yana ba’zilar, misli Shirim gagoyi jamoati bila bovujudkim, bizning bila Samarqandgʻa kirdi, mashvarat qilib oʻluk-tirikni Samarqand qoʻrgʻonining ichida koʻrub, qoʻrgʻonni berkitmak boʻlduk. Mening onam egachisi, spngli qoʻrgʻonda turub, boʻlgʻon koʻch va uruq va kishi-qarosinn Oʻratepaga chiqorib yiborib, oʻzi bir necha kishi-qarosi bila jarida qoʻrgʻonda turdi. Bir bu emas, doim mundoq qattiq ishlar tushganda mundoq yupqaliq va nohamjihatliqlar andin sodir boʻlgʻondur.

Tonglasigʻa Xoja Abulmakorim va Qosimbek va jami' beklar va ichkilar va soʻz tegar yigitlarni charlab mashvarat qilib, soʻzni qoʻrgʻonni berkitmakka va oʻluk-tirikni qoʻrgʻon ichida koʻrmakka qoʻyduk. Men va Qosimbek va yovugʻumdagʻi ichkilar va yigitlar bila koʻmak boʻlduk. Bu maslahat uchun shahrning oʻrtasida Ulugʻbek mirzoning madrasasining tomining ustida oq uy tikib oʻlturdum. Oʻzga beklarga va yigitlarga darvozalarda va girdo-gird qal'aning fasilida buljorlar uloshildi.

Ikki-uch kundin soʻng Shayboqxon kelib qoʻryundin yiroqroq tushti. Samarqandning mahalla-mahalla, koʻy-koʻy avbosh va yatimlari favj-favj yigʻilib, yatimona salavotlar chekib, madrasa eshigixa kelib, urushgʻa chiqarlar edi. Shayboqxon urushqakim otlanur edi, qoʻrgʻonning yovugʻigʻa ham kela olmas edi. Necha kun bu vatira bila oʻtti. Oʻq va qilich zaxm zarbini va masof va maydon qitol va harbini koʻrmagan avbosh va aytom bu muomaladin daler boʻlub yiroq-yiroq chiqa kirishtilar. Ish koʻrgan yigitlar mundoq besirfa chiqishlaridin man' qilsalar, ta’n qila kirishtilar.

Bir kun Shayboqxon Ohanin darvozasi sari urush kelturdi. Yatimlar chun daler boʻlub erdilar, doimgʻidek daler va yiroq chiqtilar. Bularning orqasigʻa ba’zi yigitlarni otliq chiqorildi. Ushturgardan tarafida koʻkaltoshlar va yovuq ichkilar chiqib erdilar, misli Shirim, Nuyon koʻkaltosh, Qulnazar tagʻoyi va Mazid va ba’zilar, andin bir-ikki-uch oʻzbak bulargʻa ot soldi. Qulnazar bila qilich olishtilar. Boʻlgʻon oʻzbaklar yayoqlab zoʻr kelturdilar. Shahr yatimlarini tebrattilar. Ohanin darvozasigʻa tmqtilar. Qoʻchbek va Mirshoh qavchin Xoja Xizr masjidining yonida tushub qoldilar. Yayoqlarni tebratgan bila ilgarigi otliqlari Xoja Xizrning masjidigʻa yigʻilib keldilar. Qoʻchbek chiqib, ushbu ilgari kelgan oʻzbaklar bila yaxshi chopqullashib namoyon ish qildi. Bori el boqib turub edi, quyigʻi qochqonlar xud qochmoqlari bila-oʻq boʻlub edilar. Oʻq otardin va urushqa turardin ish oʻtub edi. Men darvozaning ustidin novak otadur edim. Yana ba’zi yovugʻumdagʻilar oʻq otadur edilar. Yuqqorigʻi oʻqning zarbidin Xoja Xizr masjididin ilgari oʻta olmadilar. Oʻshandin-oʻq yondilar. Muhosara ovonida qoʻrgʻon fasilining ustida har kecha yurur eduk. Gohi men, gohi Qosimbek, gohi yana beklardin va ichkilardin evrulurlar edi. Firuza darvozasidin Shayxzoda darvozasigʻacha fasil ustidin ot bila yurusa boʻlur edi. Oʻzga yerlarda yayoq yurulur edi. Ba’zilarkim, yayoq yurub evrulurlar edi, bir evrulguncha tong otar edi.

Bir kun Shayboqxon Ohanin darvozasi bila Shayxzoda darvozasi orasida urush kelturdi, menkim koʻmak edim, urush munda boʻlgʻoch munda keldim. Gozuriston darvozasi bila Soʻzangaron darvozasi tarafidii parvo qilmaduk. Ul kuni Shayxzoda darvozasining ustidin oʻq uchida bir boʻz otliqning otini novak oʻqi bila yaxshi ottim. Oʻq bila-oʻq bordi. Bu oraliqta oncha zoʻr kelturdilarkim, Ushturgardan navohisida fasilning tubigacha keldilar. Biz munda xarbu zarbqa magagʻul, ul tarafdin tamom gofil: yigirma besh-yigirma olti kishi shotu tayyor qilgʻon ekaidurlarkim, har shotuning kengligi onchakim uch kishi, ikki kishi yon-dasha chiqa olgʻay. Yetti-sekkiz yuz oʻbdon yigitlarni bu shotular bila Gozuriston darvozasi bila Soʻzantaron darvozasining oraligʻi toʻgʻrisi pustura qoʻyub, oʻzi ul tarafdin urush solgʻon ekandur. Eli tamom bu taraf urushqa mashgʻul boʻlub, buljor xoli boʻlgʻon mahalda pusqon yerdin chiqib, ildam kelib, bu shotularni ikki darvozaning oraligʻi Muhammad Mazid tarxonning havlisining toʻgʻrisidin bir yoʻli oʻq fasilgʻa qoʻyarlar.

Koʻchbekning Muhammadquli qavchinning yana bir boʻlak yigitlarning buljori bu yer edi. Bu yigitlar Muhammad Mazid tarxonning havlisida boʻlurlar edi. Soʻzangaron darvozasi Qaro barlosning buljori edi. Gozuriston darvozasi Shirim tagʻoyining va ogʻa-inisining va Qutluq Xoja koʻkaltoshning buljori edi;

Qoʻchbek, Muhammadquli qavchin, Shoh Soʻfi, yana bir yigit yaxshilar borib mardonaliqlar qildilar. Fasil ustiga yogʻiy kishisi ba’zi chiqib edilar, ba’zi chmqmoqta edilar. Bu mazkur boʻlgʻon toʻrt kishi yugurib yetib chopqulagaa zarbi rost ura yurub, tushurub qochurdilar. Boridin Qoʻchbek yaxshiroq bordi. Qoʻchbekning birpisandida va namoyon ishi bu edi. Bu muhosarada ikki qatla xoʻblar iligi ishga tegdi. Qaro barlos ham Soʻzangaron darvozasi buljorida yolgʻuz qolib edi, ul ham yaxshi toʻxtadi. Qutluq Xoja koʻkaltosh va Qulnazar mirzo ham buljorlarida Gozuriston darvozasida edilar. Alar ham oz kishi bila yaxshi toʻxtab, koʻndalangdin lxshilar otquladilar. Yana bir navbat Qosimbek yigitlarni boshlab Soʻzangaron darvozasidin chiqib oʻzbaklarni Xoja Kafshirgacha qavlab, bir necha kishi tushurub bosh kesib keldi. Oshliq emdi inshgan chogʻ edi, hech kim yangi oshliq kiyurmaydur edi.

Muhosara ayyomi mumtad boʻldi. Elga bisyor tanqisliq boʻldi. Liga yettikim, faqir va miskin it etini, eshak etini yiya kirishtilar. Otqa boʻgʻuz kam yoft boʻldi. Daraxtlarning bargini otqa berurlar edi. Anda tajriba boʻldikim. bori yafroqlardin tut yafrogʻi va qaro yigʻoch yafrogʻi otqa sozvorroq emish. Ba’zi quruq yigʻochlarni randa qilib, taroshasini suvgʻa ibitib Otgʻa berurlar edi. Uch-toʻrt oygʻacha Shayboqxon qoʻrgʻonning yovugʻigʻa kelmay, iroqrokdin qoʻrgʻonni evrulub koʻchib yurur edi.

Bir oxshom el gofkl yarim kechagʻa yovuq Firuza darvozasi tarafida kelib, naqora cholib suron soldilar. Men madrasada edim, Bisyor taraddud va dagʻdagʻa boʻldi. Mundin soʻng har kecha kelib, naqora cholib suron solib gʻavgʻo qilur edilar.

Har necha atrof va javonibqa elchilar va kishilar yiborildi, hech kimdin koʻmak va madade yetishmadi. Ul mahaldakim, zoʻr va quvvatimiz bor edi, hech nav' shikast va nuqsone boʻlmaydur edi. Koʻmak va madad qilmadilar va mundoq mahalda xud ne hisbbbilan madad qilgʻaylar. Bularning umidi bila qabalda qal'adorliq qilmoq betaqrib ekandur.

Burungʻilar debturlarkim, qoʻrgʻon berkitmaklikka bosh kerak ikki qoʻl kerak, ikki bug kerak: bosh sardor boʻlgʻay. Ikki qoʻl ikki tarafdin kelur koʻmak va madad boʻlgʻay, Ikkp but qoʻrgʻonning suyi bila zaxirasi boʻlgʻay. Biz bu atrof javonibdagʻilardin koʻmak va madad koʻz tutarbiz, bular xud har qaysi bir oʻzga xayolda.

Sulton Husayn mirzodek mardona va sohib tajriba podshoh bizga madad qilmay va koʻmaklar berib, elchi yibormay, Shayboqxongʻa Kamoliddin Husayn Gozurgohiyni muhosara ovonida elchilikka yibordi,

Tanbal Andijondin Pisket navohisigʻa keldi. Xonni ham Ahmadbek va jami' Tanbalning muqobalasigʻa chiqordilar. Laklakon va Turak chorbogʻi navohisida roʻbaroʻ boʻldilar. Urush, turush boʻlmay, ajrashtilar, Sulton Mahmudxon urush kishisi emas edi. Sipohiylikdan bisyor oriy edi. Tanbal bila oʻtru boʻlgʻon chogʻ xondin bedilona aqvol va af'ol zohir boʻlur. Ahmadbek turk kishi edi, vale mardona va davlatxoh edi. Gʻarib durusht aytur, derkim, bu Tanbal. ne miqdor kishidurkim, muncha dagʻdagʻa va taraddud tortarsiz. Agar koʻzungiz qoʻrqsa, koʻzingizni bogʻlab yurub roʻbaroʻ boʻlaling.

Vaqoei sanai sabb va tis'a mia[27]

Muhosara imtidodi uzoqqa tortti. Zaxira va uzoq hech tarafdin kelmadi. Koʻmak va madad hech jonibdin yetishmadi. Snpohi ia raiyat navmid boʻlib, birar, ikkirar qoʻrgʻondin tashlab qocha kirishtilar. Shayboqxon qoʻrgʻon elining ojizligʻini anglab, kelib Gʻori Oshiqon navohisida tushti. Men ham Shayboqxonning roʻbaroʻsigʻa Koʻyi Poyonda Malik Muhammad mirzoning uylariga keldim. Ushbu kunlarda Uzun Hasan Xoja Husaynkim, Jahongir mirzonnng yogʻiyligʻigʻa va Samarqanddin chiqmogʻimizgʻa ul bois boʻlub edi, nechukkim burun mazkur boʻldi , oʻn-oʻn besh navkari bila kelib qoʻrgʻongʻa kirdi. Bu kirishi xeyli mardona kirish edi. Sipohi va shahriygʻa usrat va tanqis koʻprak boʻldi. Yovuq kishilar va moʻ'tabar kishilar fasildin tashlab qocha kirishti. Bek otogʻliqdin bir Vays Shayx, Vays Logʻariy bayri edilar, qochib tushtilar. Atrof va javonibtin bilkul ma’yus boʻlduq. Hech tarafdii umidvorliq, qolmadi. Ozuq va zaxira kam edi. Boʻlgʻoni ham tugandi. Hech tarafdin ozuq va zahira kelmadi.

Bu mahalda Shayboqxon sulh soʻzini oragʻa soldi. Agar bir tarafdin umndvorligʻ boʻlsa, yo zaxira boʻlsa, sulh soʻziga kim quloq solur erdi, Zarurat boʻldi, sulhguna qilib, kechadin ikki nakr boʻla yovushub edikim, Shayxzoda darvozasidin chiqildi. Volidam xonimni olib chiqtim. Yana ikki xotun kishi chiqti: biri Iechka xalifa edi, yana biri Minglik koʻkaltosh edi. Mening egachim Xonzoda begim ushbu chiqqonda Shayboqxonning iligiga tushti. Sugʻdning ulugʻ shox joʻylarigʻa qorongʻu kechada urunub yoʻl it-urub yuz tashvish bila tong otqonda Xoja Diydordin oʻtub, sunnat iaqtida Qarbugʻ pushtasigʻa yormoshtuk. Qorbugʻ pushtasining shimolidin Xudak kentining oyogʻi bila Iloi Oʻtini tuslab tebraduk. Yoʻlda borurda Qanbar Ali va Qosimbek bila ot tortishtuk. Mening otim oʻtti aning ogining qolgʻonini boqar xayol qilib qayrildim. Tang boʻshab ekandur, egar evruldi . Boshim bila yerga yiqildim, agarchi oʻshul zamon qoʻpub otlandim, vale aqlim oxshom gʻacha qarorigʻa kelmadi. Bu olamda oʻtgan vaqoe tush va xayoldek koʻzumga va koʻnglumga koʻrunur va kechar edi.

Kech namozi digar Ilon Oʻtida tushub, ot oʻlturub etini shishlab, kabob qilib, otni lahza tindurub otlanduk. Tongdin burunroq Xaliliya kentiga kelib tushtuk. Haliliyadin Dizak kelildi, ul fursatta Dizakta Hofiz Muhammadbek doʻldoyning oʻgʻli Tohir doʻldoy edi. Semiz etlar va mayda etmaklar arzon, chuchuk qovunlar va yaxshi uzumlar farovon. Andoq usrattin mundoq arzonliq va aidoq baliyattin mundoq amonliqqa kelduk.

Vahmu usrattin amone toptuq,
Yangi jon toza jahone toptuq.

Oʻlum dagʻdagʻasi xotirdin raf' boʻlib, ochliq shiddati eldin daf' boʻldi. Umrumizda muncha farogʻat qilmaydur eduk. Muddatul-umr amoiligʻ va arzonligʻ qadrini muncha bilmaydur eduk. Ishrat usrattin soʻng, farogʻat mashaqqattin keyin lazzatliqroq va yax shiroq koʻrunur. Toʻrt-besh navbat ushmundoq shiddattin rohatqa va mashaqqattnn farogʻatqa muntaqil boʻlubtur. Avvalgʻi i:ibat bu edi. Mundoq dushman balosidin va ochliq ibtilosidin xalos boʻlub, amonligʻ rohatigʻa va arzonligʻ farogʻatigʻa yetushtuk. Uch-toʻrt kun Dizakta istirohat qilduk. Andin soʻng Oʻratepa sari aznmat qilduk. Pashogʻar bir nima yoʻldin qaqasroqtur, chun muddati anda boʻlub edim, oʻtub borurda, borib ani sayr qildim. Pashogʻarning qoʻrgʻonida otun kim, muddati madid mening onam xonimgʻa mulozamat qilur edi, bu navbat uloqsizliqtin Samarqandta qolib edi, uchray tushti, koʻrushtum, soʻrdum. Samarqanddin bu yerga yayoq kelibtur. Mening onam xonimning singli Xoʻb Nigorxonim olami foniyni vido' qilgʻan ekandur. Oʻratepada xonimgʻa va menga eshigturdilar. Mening otamning onasi ham Andijonda vafot qilgʻon ekandur, ani ham munda eshitturdilar.

Xonim xon bobom shunqor boʻlgʻoli onalari, inilari, singillarinikim, Shohbegim va Sulton Mahmudxon va Nigorxonim va Davlat Sultonxonim boʻlgʻaylar, koʻrmaydurlar edi. Muforaqat imtidodi oʻn uch-oʻn toʻrt yilga tortib edi, tuqqonlarni koʻrgali Toshkandgʻa mutavajishh boʻldnlar.

Men Muhammad Husayn mirzo bila soʻzlashib, Oʻratepaning kentlaridin Daxkat degan yerda qishlamoq boʻldum. Borib uruqni Daxkatda koʻyub, bir necha kundin soʻng Shohbegimni va xon dodamni va urugʻ-qayashni koʻrgali men ham Toshkand azimati qildim. Borib Shohbegim va xon dodamgʻa mulozamat qilib, bir necha kun anda boʻldum. Mening onamning tuqqon egachisi Mehr Nigorxonim ham Samarqanddin keldilar. Mening onam xonim behuzur boʻldilar, xeyli yamon behuzurluq edi. Mahkam muxotara oʻtkardilar.

Hazrati Xojago Xoja Samarqanddin chiqib kelib, Farqatta oʻlturub edilar. Farqatqa borib Xojani koʻrdum. Umidvor edimki, xon dodam rioyat va inoyat maqomida boʻlub, viloyat va pargapa bergaylar. Oʻratsnani va’da qildilar. Muhammad Husayn mirzo bermadi. Bilmon oʻzlukidin bermadimu yo yuqqoridin ishorat boʻldimu?

Necha kundin keyin Daxkat Oʻratepaning koʻhnoya kentlaridindur, ulugʻ togʻning tubida tushubtur, bu togʻdin oʻtgach Mascho boʻlur. Eli agarchi sort va dehnishindur, vale agrokdsk gala va qamaliq ellardur. Daxkatning qoʻyini qirq ming chenarlar edi. Bu kentta raoyoning uylariga gushtuk. Men bir kaloitarining uyiga tushtum, qari kishi edi, oltmish-etmishda bor edi, vale onasi hanuz bor edi. Xeyli umr tonqon xotun edi, yuz oʻn bir yoshda edi. Temurbek Hindustongʻa kirganda bu xotunning uruq-qayashidii biri ul cherikka borib ekandur. Ul xogirida bor edi, hikoyat.qilur edi. Bir Daxkatda ushbu xotunning oʻzidin tuqqon va nabira va qiz nabira va nabirai nabira goʻqson olti kishi hozir edi. Oʻlganlari bila ikki yuz hisob qilurlar edi. Nabirasining nabirasi bir yigʻit yigirma besh-yigirma olti yoshlar, qop-qora saqolliq yigit edi.

Daxkatda ekaida Daxkatning gird va navohisidagʻi togʻlarni hamisha yayoq yurub, sayr qilur edim. Aksar yalang oyoq yurur edim. Yalang oyoq koʻp yurgandin oyoqlarim andoq boʻlub edikim, togʻ va tosh tafovut qilmas edi. Oʻshul sayr asnosida bir kun namozi dngar bila namozi shom orasida bir inichka nomushalxas yoʻl bila bir oʻy tushub boradur edi. Men dedimkim, bu yoʻl qaengʻa borur ekin? Oʻygʻa koʻz soling, oʻyni iturmang, to yoʻlning qay sari chiqari ma’lum boʻlgʻay. Xoja Asadullo zarofate qildi, dedimkim : «Gov gum shavad, chikor kunem»?[28]

Ushbu qish sipohilardin ba’zisi biziing bila qazoqliqlarda yuruy olmay. Andijongʻa bormoqqa ruxsat tiladilar. Qosimbsk mubolagʻalar bila arzgʻa yetkurdikim, chun bu kishi boradur. Jahongir mirzogʻa maxsusona oʻz kiyganingizni yiboring. Bir os boʻrkumni yibordim. Qosimbek yana mubolagʻa qildikim, Tanbalgʻa ham bir nima yiborsangiz ne boʻlgʻay? Agarchi rozi emas edim. Qosimbekning mubolagʻasm jihatidan Nuyon koʻkaltoshiing bir oʻguq yassi qilichinikim Samarqandta oʻzi uchun yasatib edi. Tanbalgʻa yiborildi. Meiing boshimgʻa gekkan qilich ushbu qilich —oʻq edi, nechukkim kelur yilning vaqoeida mazkur boʻlgʻusidur.

Necha kuidnn soʻng mening ulugʻ onam Esan Davlatbegimkim, Men Samarqanddin chiqqonda qolib edilar. Samarqandta qolgʻon koʻch-urugʻ va och va oruq bila keldilar. Ushbu qish oʻrtasida Shayboniyxon Xoʻjand soʻyini muz bila kechib, Shohruxiya va Piskent navohisini chopti. Xabar kelgach kishimizning ozligʻigʻa boqmay, chopa otlanduq. Xoʻjandning kuyigʻi kentlari Hashtiyak toʻgʻrisi bila mutavajjih boʻlduk. Mahkam zarb sovuq edi. Bu navohida Hodarvesh yoli oʻksumas, hamisha tund qoʻpar. Ul martabada sovuq edikim, oʻshul ikkn-uch kunda ikki-uch kishi bu orada sovuqning shiddatidin oʻlub edi. Manga gʻuslgʻa ehtiyoj edi. Bir ariq suyidakim yoqalari qalin muz toʻngʻub edi, oʻrtasi suvning tezligi jihatidin yax bogʻlamaydur edi, bu suvgʻa kirib gʻusl qildim. Oʻn olti qatla suvgʻa choʻmdum. Suvnnng sovuqligʻi xeyli ta’sir qildi. Tonglasi Hoʻjand suyini Xoslar toʻgʻrisidin muz ustidin oʻttuk. Suvdin oʻtub tunqatib, Piskentga kelduk.

Shayboqxon xud Shohruxiya navohisini - oʻq chopib yongʻondur. Ul fursatta Piskent Mulla Haydarning oʻgʻli Abdulmannonda edi. Abdulmannondin kichikrak Moʻ'min otliq bir yaramas va parishon oʻgʻli men Samarqandda ekanda mening qoshimgʻa kelib edi, filjumla rioyat qilib edim. Bilmon Nuyon koʻkaltosh Samarkandda aiing bila netavr yamon maosh qilur, bu... kiyna sax lab ekandur. Oʻzbek chopgʻunchisining yonilgʻon xabari kelgach, xon koshigʻa ketti.

Piskenttin koʻchub Oxangaron kentlarida uch-toʻrt kun tavaq quf qilduk. Samarqanddagʻi oshnolik bila mulla Haydarning oʻgʻli Moʻ'min Nuyon koʻkaltoshni va Ahmad Qosimni yana ba’zilarni ogʻizlagʻoni chorlar, menkim Piskenttin koʻchtum, bu jam' Piskentta qoldilar. Bu jamoatqa bir jar yoqasida suhbat berur Biz kelib Ohangaron kentlaridin Som-siyrak degan kentta tushtuk. Tonglasi xabar keldikim, Nuyon koʻkaltosh jardin mastliqta yiqilib oʻlibtur. Haqnazarnikim, Nuyonning tukqan tagʻoyisi edi, yana bir jam' bila yiborildi, borib Nuyonning yiqilgan sridin topib, ehtiyot qilnb, Nuyonni Piskentga tufroqqa gopshurub keldilar. Bular suhbat tutqon yerdin bir oʻq otimi bir baland jarning ostida Nuyonning oʻlugiii gopibdurlar. Ba’zigʻa gumon boʻldikim, Samarqanddagʻi kiynani saxlab, Moʻ'mpn Nuyongʻa qasd qildi. tahqiqini kishn bilmadi. Manga gʻarib ta’sir qildi, kam kishining favgigʻa muncha mutaassir boʻlub edim. Bir hafta-oʻn kungacha hamisha yigʻlardim. Favtining tarixi «favt shud Nuyon topildi.

Necha kundin soʻig yonib Daxkatga keldim. Yoz boʻla Shayboq-xonning Oʻratepa ustiga kelur xabari boʻldi. Daxkat tuz yer uchun Obburdan daboni bila Mascho koʻhistonigʻa oshtuk. Maschoning quyi-gi kenti Obburdandur. Bu Obburdandin quyiroq bir chashma t^shub-chur, bu chashma boshida mazoredur. Ushbu chashmadin yuqqori Mascho doxilidur. Quyi Palgʻargʻa taalluqdur. Ushbu chashma bovdida, chashma yoqasidagʻi toshyda qazib, bu uch baytni sabt ettim:

Shunidam ki Jamshedi farrux sirisht
Bu sarchashmae bar sange navisht:
«Barin chashma chun mo base dam zadand,
Biraftand to chashm barham zadand.
Giriftem olam ba mardiyu zoʻr,
Va lekin naburdem bo xud ba gur»[29].

Ul koʻhistonda bu rasmdurkim, toshqa qazib abyot va nimalar bitirlar. Ushbu Maschoda ekanda Mullo Hijriy shoir Hisor tarafidin kelib mulozamat qildi. Bu matla’ni ushul ayyomda aytib edim:

Takalluf har necha surat tutulsa ondin ortuqsen,
Seni jon derlar, ammo betakalluf jondin ortuqsen.

Shayboqxon Oʻratepaning gird va navohisigʻa kelib, bir pora buzuqchiliq qilib yondi. Shayboqxon Oʻrateianing ustida ekanda kishimizning ozligʻigʻa va yaroqsizligʻigʻa boqmay, Maschoda uruqni qoʻyub, Obboʻrdan dobonidan oshib, Daxkat navohisigʻa keldukkim, kecha erta yovuq sigʻinib, qopugʻa kelgan ishni taqsir qilmagʻaybiz. Shayboqxon bot oʻq yondi.

Yana dobon oshib Maschogʻa kelduk. Xotirgʻa kechtikim, mundogʻ togʻdin togʻqa aloxon va alomon, viloyatimiz yoʻq, yerimiz yoʻq, gurmaq betaqribdur, xon qoshigʻa Toshkandgaoʻq boraling. Qosimbek bu yurumoqqa rizo boʻlmadi. Qorabuloqda uch-toʻrt moʻgʻulni zabt va siyosat uchun oʻlturub edi, nechukkim mazkur boʻldi. Gʻolibo oʻshul jihatidin bormoqqa taraddud qildi. Har necha mubolagʻa qilduk, boʻlmadi. Ogʻa-ini va tavobe’ va lavohiqi bila Hisorgʻa tortti. Biz Obburdan koʻtali bila oshib, xon qoshigʻa, Toshkandga mutavajjih boʻlduk. Ushbu ayyomda Tanbal cherik tortib Ohangaron julgasiga keldi. Cherik ustida Muhammad doʻgʻlatkim, Muhammad Hisoriygʻa mashhur edi, yana inisi Sulton Husayn doʻgʻlat, Qanbar Lli salloh muttafiq boʻlub Tanbalgʻa qasd qilurlar. Bu muhimni Tanbalgʻa sezirgach, tura olmadilar, xon qoshigʻa qochib qeldilar.

Bizga qurbon iydi Shohruxiyada boʻldi. Betavaqquf oʻtub, xon qoshigʻa, Toshkandga bordim. Bu ruboiyni aytib edim, ma’mul qofiyasida taraddudim bor edi, ul mahalda she’r mustalaqotigʻa muncha tatabbu' qilmaydur edim, xon xushtab' kishi edi, she’r aytur edi, agarchi saru somonliq gʻazali kamroq edi, bu ruboiyii xongʻa oʻtkarib, taraddudimni arz qildim. Koʻngul tingʻudek shofiy javob topmadim, Gʻolibo she’r mustalahotigʻa kamroq tatabbu' qilgʻondurlar. Ruboiy budur:

Yod etmas emish kishini mehnatta kishi,
Shod etmas emish koʻngulni gʻurbatta kishi.
Koʻnglum bu gʻaribliqta shod oʻlmadi hech,
Gʻurbatta sevunmas emish, albatta, kishi.

Soʻngra ma’lum boʻldikim, turki lafzida mahal iqtizosi bila to va dol yana gʻayn va qof va kof bir-birlari bila mubaddal boʻlurlar emish.

Bir necha kundin soʻng Tanbal Oʻratepaning ustiga keldi. Bu xabar kelgach xon Toshkanddin cherik otlandi. Piskent bila Som-siyrakning orasida burongʻor va juvongʻorni yasol yasab edim, koʻrdilar. Moʻgʻul dasturi bila tugʻ bogʻladilar. Xon ottin tushti. Toʻqquz tugʻni xonning olida turgʻuzub, bir moʻgʻul bir oʻyning oʻrta iligiga bir uzun oqboʻzni bogʻlab, iligiga tutubdur. Yana uch parcha uzun boʻzni uch tugʻning tutasidin quyiroq bogʻlab, tugʻning yigʻochining ostidin olib kelturub, bir boʻzning uchini xon bosib turdi. Yana bir tuqqa bogʻlagʻon boʻzning uchini men bosib turdum. Yana bir boʻzning uchini Sulton Muhammad Xonika. Ul moʻgʻul boʻz bogʻlagʻon oʻyning oʻrta iligini iligiga olib, moʻgʻulcha nimalar deb tuqqa boqib ishorat qiladur, xon va tamom turgʻonlar tugʻ sorigʻa qimizlar sochadurlar. Nafirlarni va naqoralarnn bir yoʻli chaladurlar. Boʻlgʻon yasolda turgʻon cherik eli bir yoʻli suron soladurlar. Uch navbat ushmundoq qiladurlar. Andin soʻng otlanib, suron solib ushmuncha cherik davrin chopadurlar. Moʻgʻul orasida Chingizxonning tuzuki xologʻacha Chingizxon yasab qoʻygandek-oʻqtur.

Burongʻor burongʻorda, juvoigʻar juvongʻarda, gʻul gʻulda, har kim ota-otasidin qolgʻan yerida-oʻq gurar, burongʻor bila juvongʻarda har kimyushg e’tybori koʻpraktur, uch sariroq turarlar. Burongʻorda charosi bila bekichik urugʻnning hamisha uchqa chiqmoq talashlari bor. Ul-fursatta charosning tuman begisi Qashqa Mahmud edi, xeyli mardona yigit edi. Bekichik tumaniningkim, tumanga-oʻq mashhurdur, tumai begisn Ayyub Ya’qub edi, uchqa chiqmoq uchun urushtilar. Bir-birlariga qilichlar sugʻurushtilar. Oxir gʻolibo mundoq qaror toptikim, chargada birisi yuqqori gurgʻay. yasolda yana biri uchqa chiqqay. Tonglasigʻa Som-siyrak navohisini charga solib ovladilar. Kelib Turok chorbogʻiga tushuldi. Ul gʻazalekim, tugattim, ushbu kun ushbu yurtta tugattim. Ul tugangan gʻazal budur:

Jonimdin oʻzga yori vafodor topmadim,
Koʻnglumdin oʻzga mahrami asror topmadim.

Bu gʻazal yetti bayt turur. Mundin soʻng char gʻazalkim tugandi, ushul tartib bila-oʻq bitildi.

Mundii koʻch-bakoʻch Xoʻjand daryosining yoqasigʻa keldilar. Bnr kun sayr tariyqi bila suvdin oʻtub, osh pishurub, yigitlarni va chuhralarni shoʻxluqqa solduk. Ushbu kun mening takbandimning oltun qullobini oʻgʻurladilar. Tonglasigʻa-oʻq Xonquli Bayonquli bila Sulton Muhammad Vays qochib Tanbalgʻa bordilar. Varchagʻa gumon boʻldikim, bu harakag bulardin sodir boʻlubtur, agarchi gahqiq boʻlmadi. Ahmad Qosim koʻhbur ham ijozat tilab, Oʻratepaga bordi. Ul ham ushbu borgʻon bila kelmadi Tanbalgʻa bordi.


  1. Qaralsin: «Boburnoma» 1-qism, Soʻz boshi. T., 1948, 5—8 betlar (Bunda «Boburnoma» qoʻlyozmalari, nashri va turli tillarga tarjimalari va boshqalari haqida ma’lumot berilgan).
  2. Zahiriddin Muhammad Bobur: «Boburnoma», I—II qism, T., 1948—1949 nashrga tayyorlovchilar: P.Shamsiev, S. Mirzaev.
  3. Zahiriddin Muhammed Babur. Vekayi, Babur, Cilt I-II, Ankara.
  4. Baburname, zapiski Babura. Tashkent, 1958.
  5. asarda hamma sarlavhalardagi tarixlar arabcha berilgan. sarlavhalarning tarjimalari sahifa ostida koʻrsatib boriladi. mundarijada esa shu tarjimalar berildi, qavs orasidagi raqamlar hozirgi yil hisobidir. asarning boshlanishida sarlavha yoʻq, uni biz shartli ravishda qoʻydik, bu hozirgi yil hisobida 1493 yilga toʻgʻri keladi.
  6. Hamma narsa: xoh sof oltin, xoh kumush va xoh qoʻrgʻoshin boʻlsin, baribir oʻz asliga qaytadi.
  7. Qaytib kel, ey baxt qushi, sening toʻtiday xatlaringsiz mening suyaklarimni qargʻalar olib ketayozdi.
  8. Ey muhtasib, mastman, bugun mendan qoʻlingni tort, qachonki hushyor topsang, oʻsha kuni tekshir.
  9. Ichki yaralar dardidan hazar qil! Chuiki ichki yara axir yuzaga chiqadi. Qoʻldan kelganicha hech bir dilga ozor berma! Dildan chiqqan bir oh bir jahonni barbod qiladi.
  10. toʻqqiz yuzinchi (1494—1495) yil voqealari.
  11. Yomonlik qilganingdan keyin ofatlardan emin boʻlma, chunki tabiatning beradigan jazosi aniqdir.
  12. toʻqqiz yuz birinchi (1495—1496) yil voqealari.
  13. toʻqquz yuz ikkinchi (1496—1497)— yil voqealari.
  14. toʻqqiz yuz uchinchi (1497—1498)—yil voqealari.
  15. Ilm va aql dengizi boʻlgan Ulugʻbek dunyo va dinning tayanchi edi. Abbos qoʻlidin shahidlik bolini tatidi. «Abbos kusht» harflari oʻlim tarixi boʻldi. (Abbos oʻldirdi) harflarini «Abjad hisobi» bilan raqamga aylantirilsa, 853 hijriy (1449—1450) yil chiqadi.
  16. Otasini oʻldirgan (padarkush) podsho boʻlolmaydi, agar boʻlsa ham olti oyga yetmaydi.
  17. Abdullatif Jamshiddan shukuhli podsho edi, Faridun bilan Zardusht qullari qatori edi. Uni Bobo Husayn juma kechasi oʻq bilan oʻldirdi, oʻlim tarixini «Bobo Husayn kusht» deb yozgin. «Bobo Husayn oʻldirdi» harflarini «Abjad hisobi» bilan raqamga aylantirilsa, 854 hijriy, (1450—1451) yil chiqadi.
  18. «Gʻofil bu yerdan quvilgan, u yerdan ajralgan» (aro yoʻlda sarson boʻlib qolishdan kinoya).
  19. toʻqkiz yuz toʻrtinchi (1498—1499) yil voqealari.
  20. toʻqqiz yuz beshinchi (1499—1500) yil voqealari.
  21. Kuchsizlikdin soyaday u yer-bu yerga tushaman, agar devorni ushlamasam yiqilaman.
  22. Ishlar oʻz vaqtida bajarilishi kerak: vaqtida bajarilmagan ish sust boʻladi, sust.
  23. toʻqqiz yuz oltinchi (1500—1501) yil voqealari.
  24. Aql yana aytdiki, bilgil: uning tarixi «fathi Bobur bahodur» boʻlur. 905 (1499).
  25. Na yegulik gʻallam bor va na kiyinishga asragan kiyimim bor. Yeydigani, kiyadigani boʻlmagan kishi ilm va hunarga qanday urina olsin.
  26. Yengiltak achchigʻlanganda tigʻ bilan qoʻlin kesar, soʻngra afsus qoʻli orqasin tish bilan chaynar.
  27. toʻqqiz yuz yettinchi (1501 —1502) yil voqealari.
  28. Agar hoʻkiz yoʻqolsa, nima qilamiz? Yoki govgum boʻlsa, ya’ni qorongʻu tushib qolsa nima qilamiz? Bu yerda «govgum»ning ikkala ma’nosiga ham ishorat qilib lutf qilingan.
  29. Eshittimki, qutluq tabiatli Jamshid bir bulogʻ boshida tosh ustiga shunday deb yozgan ekan: bu bulogʻ tepasida bizlar singari koʻp kishilar kelib oʻlturdilar, ketdilar va yoʻq boʻldilar. Olamni mardlik va zoʻrlik bilan oldik, lekin oʻzimiz bilan goʻrga eltmadik.