OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifZiyod Salim oʻgʻli
Asar nomiMachta uchidagi odam (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Turk adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Ziyod Salim oʻgʻli
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonHikoyat Mahmudova
Hajm11KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/04/03
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Machta uchidagi odam (hikoya)
Ziyod Salim oʻgʻli

— Quloq sol! He-ey! Hoy, eshityapsanmi? Hoy! Jinni! Quloq sol, Shukur! Tush pastga! Machta uchidagi kallavaram, eshityapsanmi? U yerda nima qilyapsan? Jinni boʻlib qoldingmi, nima balo, nega u yoqqa chiqib olding? Ahmoqlarning ahmogʻi! Rasvo! Hayvon! Palid! Tush, deyapman! Otangning arvohini chirqillatishga majbur qilma, la’nati chulchut!

Kaltabaqay qoʻllarini xuddi qanotday lapanglatgancha kapitan Memed palubada u yoqdan-bu yoqqa pildirab yugurar, komanda a’zolari esa jur’atsiz qotgancha orqaroqda qimirlamay toʻplanib turishardi.

Qapitan Memed fokmachta atrofida pirillab aylanib, depsinib turar, boshini yuqori koʻtarganida esa chetdan qaragan odamga boʻyni yelkasiga qoʻshilib ketganga oʻxshardi.

Odamlar machtaning uchiga qarashdi: haqiqatanam machtaning qir uchidagi sharpa odammi yoki ularga shunday tuyulyaptimi?

Machta uchidagi odam esa deyarli bulutlar bilan ayqashib, yana bir necha soniyadan keyin xuddi ruh kabi osmoni falakka chiqib ketadiganga oʻxshardi.

Kapitan Memed koʻzi qinidan chiqqudek boʻlib machta tepasiga vahshatla tikilardi. Tepaga qarayverishdan foyda yoʻqligini tushunganidan keyin atrofida yigʻilib turganlarni koʻzdan kechirib, ular orasidan botsman Ayyubni topdi.
— Tepadagi yigit kim oʻzi? A? Kim deyapman?

Botsman Ayyub hammasiga bir oʻzi aybdordek, xokisor qiyofada turardi.
— Shukur bu. Shukurga bir balo boʻlganga oʻxshaydi.
— Unga nima jin uripti, la’nati Shukurga? Oʻzi nima boʻlyapti, deb soʻrayapman? Machtaning tepasida balo bormi ablahga?
— Men qayoqdan bilaman? Ertalab turib qarasak, u machtaga chiqib olibdi.
— Nima, u yoqqa kechasi chiqib olibdimi?
— Kim biladi deysiz.

Kapitan Memed asabiylashgancha, xuddi qafasga solingan yoʻlbarsdek bir yerda turolmay betoqatlanardi.

Erta tong. Dengiz ham osmon kabi shaffof rangda. Qilt etgan shamol yoʻq. Kema langar tashlagancha ohista tebranib turardi. Kambuzning trubasidan siyrak tutun chiqib turibdi. Kapitan Memed machta uchidan koʻz qirini uzmasdi. Birdan boʻyin tomirlari boʻrtib ketdi.
— Shukur! Hoy!
— Eshitaman, shef.

Yuqoridan, naq machtaning uchidan ovoz xuddi narigi dunyodan kelayotganday eshitilardi.
— Hali shoshmay tur, qoʻlimga tushasan-ku! Ertami, kechmi, bari bir pastga tushasan-ku! Oʻshanda bilasan! Mana koʻrasan, shoxingni shunday qayirib qoʻyayki!
— Bilaman, shef.
— Yanchib tashlayman!
— Yanchib tashlayvering, shef.
— Kulingni koʻkka sovuraman!

Kapitanning boʻynidagi tomirlari oʻqlogʻday-oʻqlogʻday boʻrtib ketdi.
— Qani, yaxshilikcha pastga tush, ablah!
— Jahlingiz chiqmasin, shef.
— Quloq sol!
— Eshitaman, shef.
— Agar hozir tushsang, senga hech narsa boʻlmaydi.

Gunohingdan oʻtaman. Xudo haqqi, rost, hammaning oldida aytyapman!

Kapitan Memed tonggi sukunat pardasini parchalab, yanada qattiqroq qichqirdi:
— Oxirgi marta soʻrayapman: tushasanmi yo yoʻqmi?
— Tushamanu, faqat-
— Nima faqat?
— Qoʻrqyapman.
— Machtaga chiqayotganingda nima haqda oʻylaganding?
— Unda endi tong yorishib kelayotgandi, shef. Gʻira-shirada unchalik qoʻrqinchli emas edi. Keyin boʻlsa, uyqusirab chiqqandim-
— Nima-nima?

Matros Shukur pastdagilarga eshitilsin, deb ovozini balandlatdi:
— Unda hali uyqum oʻchmagandi, shef-
— Endi uygʻonding-ku, tush.
— Shef.
— Nima demoqchisan?
— Agar tushsam, urmaysizmi?
— Tushsang — urmayman, tushmasang — kaltaklayman.
— Agar tushmasam qanaqa qilib kaltaklaysiz? Axir, men tepadamanku.
— Ha-a, ablah! Menga gap qaytarmoqchimisan qanjiqning oʻgʻli! Qayerda boʻlmagin, bari bir kulingni koʻkka sovuraman! Xoh jahannamda boʻlgin, xoh jannat-da, hamma yerdayam topamanu shunday dodingni beramanki.
— Qoʻrqyapman, shef. Nega hammanglar chumolidek kichkina boʻlib koʻrinyapsizlar?
— Nima deding?
— Bu yerdan hammanglar xuddi nuqtaga oʻxshab koʻrinyapsizlar, deyapman. Koʻnglingizga olmangu, shef, siz ham nuqtasiz.
— Gapni bas qilib, chaqqon-chaqqon tusha qol.
— Boshqa iloj yoʻq- Boshga tushganni koʻz koʻrarkan, shef- Qoʻrqinchli boʻlsa ham boshqa iloji boʻlmagandan keyin-
— Shunday qilsang olam guliston, qani, tusha qol.
— Tusholmayman, yuragim dov bermayapti, shef. Kapitan Memed quturib baqirdi:
— Tusholmaysanmi, ablah! Nima, seningcha, seni tushirish uchun oldingga chiqishimiz kerakmi? Qanday chiqqan boʻlsang, shunday tushaver!
— Sakrash kerak.
— Nima, nima deding?
— Sakrash kerak, deyapman, shef, boshqa iloji yoʻq Kapitan Memedning joni hiqildogʻiga kelganidan,

rangi oqarib ketdi.
— Nima balo, esingni yedingmi, palubaga sakraysanmi? Joningdan umiding bormi oʻzi!
— Palubaga emas, shef.
— Boʻlmasa qayerga?
— Dengizga.
— Dengizga?!
— Dengizga, shef.
— Quloq sol.
— Eshitaman, shef.
— Dengizga sakrayman, degan ahmoqona fikrni miyangdan chiqar. Qanday chiqqan boʻlsang, oʻshanday ohista tushib kelaver.
— Axir, men, dengizga sakrash uchun chiqqandim-da.
— Dengizga?
— Ha, dengizga. Mening bobom xuddi shunday sakragan.
— Qanaqa bobong.
— Mening bir bobom bor edi.
— Xoʻsh?
— Katerda suzardi, machtaning qir uchiga chiqib olardi.
— Xoʻsh?
— U yerdan suvga baliqday sakrardi.
— Xoʻsh, keyin-chi?
— Katerning tagidan suzib oʻtardi.
— Xoʻsh?
— Suzib oʻtib, boshqa tomondan shoʻngʻib chiqardi.
— Xoʻsh, nima boʻpti?
— U yetmish yoshda edi, shef.
— Nima deding?
— Yetmish yoshda edi, deyapman, men boʻlsam bobomning munosib nevarasiman.
— Quloq sol, Shukur.
— Eshitaman, shef.
— Sen menga bobong haqida afsona soʻqishni bas qil. Eski zamonlarda hammasi butunlay boshqacha boʻlgan, osh-ovqat ham boshqacha. Sen menga quloq sol.
— Eshitaman, shef.
— Hozirgi shaldir-shuldur ovqat bilan kursidan yiqilsang ham narigi dunyoga ravona boʻlishing turgan gap.
— Menga esa bu yerdan.
— Nima «bu yerdan?»
— Shoʻngʻish kerak.
— Hoy, ehtiyot boʻl!
— Mana shunday qilib, shoʻngʻiyapman.
— Eshityapsanmi, bas qil!
— Kema tagidan suzib oʻtyapman.
— Hoy!
— Va boshqa tomondan.
— Ehtiyot boʻl!
— Suv yuziga.

Kapitan Memed botsman Ayyubga jahlla tikildi.
— Axir, shaharlik paliddan haqiqiy matros chiqarmidi? Koʻngilsizlikdan boshqa hech gap yoʻq! Xoʻp, deylik, bobosi dengizchi yoki xudo biladi, kim boʻlgan. Otasi-chi? Otasi kim boʻlganligini kim biladi? Zahm yoki boshqa biror-bir kasalga mubtalomi yoki aroqxoʻr-mi, kim biladi? Genelev koʻchasiga langar tashlaganlarning haromi bolalari haqida yaramas ovozalar yurishi ma’lum-ku? Kunlardan bir kun ana shunday yaramas quturib machta uchiga chiqib oladi-da. Agar mabodo, xudo koʻrsatmasin, yiqilib mayib-sayib boʻlsa, uning uchun kim javob beradi? Albatta, yer yuzi yana bitta haromidan tozalanadi, bu ayni muddao. Lekin, soʻrab-surishtirishlar boshlanadi. Qani, ayting-chi kapitan: bu ablah nimadan oʻldi? A? Nega bu itvachcha machtaning qir uchiga chiqib oldi? Balki, sen kapitan, uni chogʻi kelmaydigan ish bilan qiynagandirsan? Xoʻsh, kapitan, qani javob bering-chi? Mana, siz, mening oʻrnimda nima deb javob bergan boʻlardingiz?

Ayyub boshini eggancha, xayolga choʻmdi. , — Men aytardimki.
— Nima derding?
— Men, bobosi bilan musobaqa oʻynayman deb, machtadan yiqilib oʻldi, deb aytardim.
— Qallang joyidami! Machtaning tepasida bobosi bilan musobaqa oʻynashga balo bormi? Kim ham bunga ishona qolardi? Hoy Shukur!
— Labbay, shef.
— Quloq sol. Men yana mana shu koʻpchilik odamning oldida aytyapman: agar bexarxasha oʻzing tushsang, xohlagan vaqtingda beistisno avans beraman, agar otpuska xohlasang, otpuska beraman.
— Shef.
— Xoʻsh, nima?
— Siz busiz ham baxillik qilmay doim berardingiz.
— Quloq sol, jahlimni chiqarsang ham tarsakilamayman, kaltaklamayman.
— Sizning shunday ham bekordan-bekorga uradigan odatingiz yoʻq. Tushadigan boʻlsam, boshqa shartim bor edi.

Kapitan Memed sevinib ketganidan koʻzini chaqchaytirdi.
— Ayyub rais: «Shukur — yaxshi matros»,— deb qichqirsin. Uning gapini butun kemadagilar, hamma matroslar eshitsin. Kapitan Memed yonida turgan Ayyubga oʻgirildi-da, shivirlab dedi: — Koʻngillari nimalarni tusaganini eshitdingmi? Aytganiday baqira qol, tushsin. Ayyub koʻzini qisib yuqoriga, soʻng kapitanga qaradi.
— Bekorlarni aytibdi, baqirib boʻpman.
— Esing joyidami oʻzi? Ogʻrimagan boshimga hali sen ham bormiding?
— Bari bir aytmayman.
— Nega endi qaysarlik qilyapsan?
— Chunki u yomon matros, shuning uchun ham xomtama boʻlmasin. Oʻlgudek dangasa.

Kapitan Memed botsmanning qulogʻiga shivirladi.
— Hechqisi yoʻq, sen baqirgin, nomiga qichqirgin, upastga tushsa boʻlgani. Agar mabodo yiqiladigan boʻlsa hammamizning ham qulogʻimiz tagida shavla qaynashi turgan gap. Yiqilib, sogʻ qolsa mayli-ya, itdek oʻladi-ketadi.
— Oʻlsa menga nima. La’nati chulchutdan qutulamiz-qoʻyamiz.
— Nima balo, hammalaring til biriktirib olganmisizlar, ablahlar? Portga yetib olaylik, hammalaringni haydamasammi! Hammalaring kemadan dab boʻllaring! Eshityapsanmi? Koʻzimga koʻrinsalaring sogʻ qoʻymayman! Hammalaringga koʻrsatib qoʻyaman!

Shukur yuqoridan turib baqirdi:
— Ayyub rais, qani ayta qol! Kapitan bobo kutib turganini koʻrmayapsanmi? Boʻlmasa, oʻzimni dengizga tashlayman.
— Oʻlsam ham sening aytganing boʻlmaydi!—deya qichqirdi unga javoban botsman.— Bobong, balki, yaxshi dengizchi boʻlsa boʻlgandir, lekin buning ishga hech qan-day aloqasi yoʻq. Sen boʻlsang, ota oʻgʻli, bizning ishga yaramaysan, tuban, ablah.

Yuqoridan eshitilayotgan Shukurning ovozi qat’iylik kasb etgan boʻlib, unda endi dadillik sezilardi;
— Endi vijdonim sof. Sakrayapman, shef!

Palubada turgan barcha odamlar— kapitan Memed, botsman Ayyub, matroslar— machta uchiga diqqat bilan qaraganicha qotib qoldilar.

Quyosh hali koʻtarilib ulgurmagan, lekin uning nurlari moviy bulutlar osha tushib turardi. Kapitan Memed koʻzini qisganicha yuqoriga qarardi. U yerda, yuqorida, machtaning qir uchida qandaydir odamning gʻimirlayotganini zoʻrgʻa ilgʻash mumkin edi: machtadan uning soyasi ajralganday boʻldimi, yoki koʻz jimirlashdimi, bilib boʻlmasdi.