OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Zoyir Ziyotov. Uylaning (hajviya)
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifZoyir Ziyotov
Asar nomiUylaning (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Zoyir Ziyotov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm9KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2013/07/03
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Uylaning (hajviya)
Zoyir Ziyotov

Anchadan buyon taniqli qiziqchi Xudoyberdi Ziyotovdan xabar ololmay yurib, bir kuni ataylab qidirib bordim. Borsam uyida nevaralaridan boshqa hech kim yoʻq.
— Katta otamiz kurortga ketgan, — deyishdi ular.

Yo tavba, deb oʻyladim, bu yangilik-ku, bir umr choʻponlik qilib yurib, bor-yoʻgʻi qistov bilan bir marta Toshkentga olib boruvdim. Haligi, balet teatri, xokkey tomoshasiga kiritganim esimda. Bu, kurortga borish tashabbusi kimdan chiqdi ekan?
— Katta otalaring kurortdan kelsa, mana bu telefon raqamiga qoʻngʻiroq qilib, menga xabar beringlar, Xudoyberdi akam kelib ketdi, sizga salom aytdi, denglar, — deb qaytib ketdim.

Koʻp oʻtmay qishloqdan qoʻngʻiroq boʻldi. Otaxon dam olishdan qaytib, elga osh berayotgan ekan.

Yoʻlga otlandim. Otaxonning suhbatini ham sogʻinib qolgan edim-da oʻzi. Uzoq yoʻl emasmi, qishloqqa kirib borganimda qosh qorayib qolgandi. Koʻpchilik kelib-ketib, davrada otaxonning tengdoshlari, suhbatdoshlari qolgan, gurung avjida.

Mening kelganimni yetkazishdi, shekilli, bir zumda oʻzi qarshimga peshvoz chiqdi.
— E-e-e-e, ulum Xudoyberdi! Qaylarga joʻgʻolib ketding. Senam birovdi sogʻinishdi bilasanmi oʻzing? Men seni izlab topolmasam, izlamagan jerim qomadi-ku, bolam, — dedilar.

Ozgina oʻpka-gina bilan quchoqlashib koʻrishdik. Bir-birimizdan hol-ahvol soʻrashgunimizcha bir laganda osh olib kelishdi.
— E-e-e-e, ulum, — dedi otaxon yana, eng yaqinlariga gapirib yurgan ohangda, — sen mendan jashirinib jurganingdan beri ham ancha voqt oʻtdi. Koʻp qiziq hangamalar boʻldi.
— Qiziq hangomalaringizni, oʻzingizni sogʻinib, ilgariroq ham kelib ketgan edim.
— Xabarim bor, sen oldingga qoʻygan oshdi jegin-da, choy ich, meni jangʻi hangomalarimdi eshitaman desang, soʻzimdi boʻlma.
— Gap bitta, — dedim men, — lekin kurortga borganingiz rostmi oʻzi? Hech ishongim kelmadi, oʻtgan safar Toshkentga borganingizda «kurort» desam ogʻiz ochirmagandingiz-ku, shunga hayronman.
— Qariyalardi jilidan xabaring bordir, — deb hikoyani boshladi otaxonimiz, — kattakonimiz qariyalardi duvosini olay dedima, bir kuni kurortga borasiz, deb qoldi.

Koʻp joʻl jurdik, ular aytkandanam koʻproq jurdig-ov, lekin qosh qorayganda kurort degan joyiga jetib keldik.

Hammamizdi bir katta zolga qamadi. Oylanasiga jumshoq oʻtirgʻichlar qoʻygʻon. Shulorgʻo hammamiz charchab oʻtirdik. Birovlar mulgibam oldi, menam ozgina mulgib oldim-u, lekin boshqalarga mulgiganimdi bildirmay, josh choʻponlarday tutib turdim oʻzimdi.

Oʻrtoliqda bir joshgina qiz bola, kelganlardi otasini otini aytib chaqira boshladi, chaqirilganlar ikkitasi bir boʻlib, uchtasi bir boʻlib bittadan kalit olib tarqala boshladi. «Ergashev» deb meni ham otamdi otini aytib chaqiruvdi, bordim. Qoʻlimga kalitti tutqazib, shoshmay turing dedi-da, yana «Ergasheva» deb bir kampirdi chaqirdi. «Birga kelganmisizlar» deb soʻrovdi, kampir mendan oldin «birga keldim» deb qoʻydi. Ikkalamizga bir xonani aytuvdi, men «E-e, desam», «E-e, demang, har biringizga bittadan xona berolmaymiz-ku, har ikkitangiz, uchtangiz bir xonada turasizlar», dedi holigi qiz.

Men bir narsa deyishga qoʻrqib, ha, juringlar xonamizga dedim. Bu kampir ham bir oʻzi kelishga qoʻrqqonma, bitta nebarasiyam bor jonida. Xonamizga kirsak, ikkita karavat borakan, uyam uncha kattamas, bir kishi zoʻrgʻa sigʻadi. Boshim qotib, koʻp oʻylab qoldim, ilgari birovlar kurortga borib kelganlarini aytib, hammani kuldirib jotardi. Shulardi oʻylab ketdim, bulardi tartibi shunday ekan-da, deb holigi qizga yana borib, bu kampir mening kampirim emas deyishga qoʻrqdim, bulardi tartibini buzip qoʻymayin yana dedim. Hech jerdi koʻrmagan, qoloq bir cholakan demasin deb, uyaldim.

Kampirga, nebara bilan birga jotib turinglar, devorga qarab teskari jotinglar, men bir aylanib kelay qani, silar uxlogʻondan keyin kelib jotarman, deb chiqib ketdim.

Kurort degani yaxshi bir joy ekan, doraxtlari koʻp, oʻtlari qurib qomagan, oʻzi ham tovdi oldida ekan. Choʻponligim esimga tushib, choponimdi jerga, oʻtti ustiga toʻshab, jonboshlab jotib koʻzim ilinibdi, yana koʻzimdi ochmasi tong otib qopti.

Xonaga qoytib kesam, kampiram nebarasi minan juvinib, oʻziga qarab uyagʻ-buyagʻini tuzatib turgʻanakan. Kampir deganim bunday qaragʻanda uncha kampirgayam oʻxshamaydi. Ishqilib, ayalminan kampirdi oʻrtaligʻidagi xotinga oʻxshaydi.
— Ertalab tursam joyingizda joʻgʻakansiz, boshqa jerda jotib kelyapsizmi? — dedi kampir.

Gaplariyam meni gaplarimga oʻxshaydi, «je»lab gapiradi, shunisi menga jaqdi pichi.

Ertalab ovqat beraykan, ovqat joyigʻa bordik. Har bala ovqat bor, aravachada ovqat tashiydiganlar ob kelaveradi, sen tanlab ob jeyvirasan. Zolda odam koʻp, hammaga shuncha ovqatti qayrdan jetkazarakan bular, bir kun jemasang, ikki kun jemasang, bu ovqatlardi, yana, pulam toʻlamasang, shunisini tushunmay, koʻbini otini men ham bilmaydigan ovqatlardi jeb qorindi toʻygʻozdim.

Ovqatdan keyin har qoysimizdi, har joyga davolashga boʻlib tashladi. «Menga vonnaga tushasiz», dedi haligi televizorda chiqadigan qizga oʻxshaydigan qiz. «Vonnang nima?», desam, «choʻmilish» — dedi. Kecha uydan chiqayotganda katta laganda choʻmilib keganman, desam ham qoʻymaydi.

Xullas, vonna degan jayga jetalab obbordi-da, bitta kursini koʻrsatib shu jerda oʻtirib turing, xonadan odam chiqsa, oʻzingiz kirasiz, ichkarida, xonada lungi bor, uni taqib olasizda, suv toʻldirilgan vonnaga kirib jotasiz, dedi haligi qiz.

Koʻp oʻtmay xonadan bir oʻris kampir chiqdi, haligi qiz aytgandi qildim. Kampir chiqqan xonaga tez kirdim, birovlar kirib qoʻymasin, dedim-da. Xonada haligi qiz aytgan lungi turgan ekan, menga ozgina kichkina keldi, shunday boʻlsa ham bir balo qilib kiyib oldim-da, aytgan vonnasiga kirib jottim. Bu, vonna degani bizlardagi lagandi kattasi boʻlar ekan, faqat rangi oppoq. Suvi issiqqina, joning jashnab, oʻzing bir pasta jasharib ketasan. Suviga bir balolar sogʻanma?

Bir payt eshik sharaqlab ochilib, boyagi oʻris kampir kelib, tepamda bir nimalar deb, shangʻillab, haligi men kiygan lungiga jopishsa boʻladimi!

Ey, betovfiq, uyating borma, jopishma menga, qitigʻim kelyapti, desam ham faqat «isnimi» deydi. Gapingga tushunmayapman, oʻzbekcha gapir desam ham yana lungiga jopishib «ne shuti, isnimi» deydi. Ochchigʻim keldi, shoʻtiymayman ham, isnimayman ham, teginma bu kurortti lungisi, qoʻlingdi tort, dedim.

Shu vaqt shovqindan shu yerda xizmat qib jurgan bir qiz kirib qoldi. Erkaklar laganda choʻmilayotgan jerda erkaklar xizmat qilmaydimi, axir? Yo tartibi shundaychamikan? Bor qizim bir erkagingdi chaqir, manovi betovfiqti mendan ajratib osin, dedim. Bir jigit darrov kirdi, shu jerda poylab turgʻanma? Buni gapini tushuntir, ayt — menga jopismasin desam, kampirminan bir balolardi chugʻurlashib, soʻng xo-xolab kuladi, gapiraman deydi-da yana kuladi. Kulma, axir, ulum, men kuladigan ahvolda emasman desam, otaxon bu kampirdi kalgutkasini nega kiyib oldingiz deb, yana xo-xolaydi. Kalguti nimasi, bilmadim...

Kiyimlarimdi kiyib haligi jigitga «Bir uqalagʻich topib ber», dedim.
— Xoʻp, yuring, — deb irshayadi-da — oʻzi sizga uqalagʻich nimaga kerak, kampiringizni oʻzingiz minan olib yuribsiz-ku, kechqurunlari uqalatmaysizmi u kishiga, — deydi.
— E-e, ulum, nima deyapsan, qonaqa kampirim, u meni kampirim emas, kampirim joʻq boʻlganiga jetti jil boʻgʻon, — dedim.
— Unda birovdi kampiri bilan nimaga bir xonada jotibsiz? — deydi.
— Jotqanim joʻq birovdi kampiriminan, toshqarida jotib chiqdim kechasi, — desam qornini ushlab xo-xolaydi.

Birovdi kampiriminan bir xonaga qomab qoʻyib, yana nimaga kulasan, ey bola desam, otangizni oti Ergashevmi? — dedi. Ergashev, desam, kampirning otasining oti ham Ergasheva-ku, sizlarni er-xotin deb bir xonaga joylashtirgandir-da, nega tushuntirmadingiz ularga? — deydi.
— Gapirishga qoʻymadi haligi televizorda chiqadigan qiz. Jur menminan, xonamdi boʻlak qib berasan, — deb xonamizga borsak, kampir nebarasi bilan oʻtirgan ekan. Bizlardi er-xotin deb bir xonaga joylashtirgan ekan, asli eringminan kesang jaxshi dam oladigan joyakan desam, «Erim joʻq boʻgʻanigʻa besh jil boʻgʻan boʻsa qanday qilib kelaman erimminan?», deydi kampir. «Jesirmisan?» desam, «Jesirman», deydi. Menam jetti jildan beri jesirman, dedim. Kampiri qurgʻur hali ham shoʻxligi bosilib boʻmaganakan chogʻi «Chappa qorab jotsangiz — shu jayda jotaversangiz ham mayli, bizar ham nebaramizminan devorga qarab jotaveramiz», deb hazillashadi qurgʻur.

Shu desang, juragimdi bir jeri jiz etdi, xonamdi boshqa qib chiqib ketdim-da, ullarimdi chaqirtirdim, ularga bor gapni aytib berdim, jetti jil kampirsiz qiyinchilik koʻrib jurganimdi oʻzlari ham bilib jurayidi, shekilli, maqsadimdi tez poyqashdi.

Ullarim mendanam choqqon chiqishdi, oʻrtaga odam qoʻyib, avval kampirdan, keyin uni bolalaridan rozilik olib, kurortdan qaytsam odamlardi chaqirib, osh damlab, mulloni chaqirib, nikohimizdi qiyib, bizlardi er-xotin qilib qoʻyishdi.

Hozir sen jiyatgan osh — shu toʻyding oshi, ulum, — deydi otaxon ogʻzi qulogʻida kulib. — Bu toʻy qoriyalar jilining tuhfasi boʻldi menga.